Научная статья на тему 'TEXNIK EKINLARGA ZARAR KELTIRADIGAN ZARARKUNANDALARGA BIOLOGIK QARSHI KURASH SAMARADORLIGI'

TEXNIK EKINLARGA ZARAR KELTIRADIGAN ZARARKUNANDALARGA BIOLOGIK QARSHI KURASH SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
188
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Kuzgi tunlam zararkunandasi / morfologiyasi / ta’rifi / xayot kechirishi / zarari va karshi kurash choralari

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — U.Qarshiyeva, M.Kubayeva

Ildiz qurti 34 ta o‘simliklar oilasiga mansub bo‘lgan yuzlab turdagi o‘simliklargalarga zarar yetkazadi. Uning eng xush ko‘rgan o‘simligi g‘o‘za, beda, qand lavlagi, makkajo‘xori, g‘alla va poliz ekinlari yosh nihollari, begona o‘tlardan sho‘ra, pechak o‘t va boshqalar xisoblanadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEXNIK EKINLARGA ZARAR KELTIRADIGAN ZARARKUNANDALARGA BIOLOGIK QARSHI KURASH SAMARADORLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

TEXNIK EKINLARGA ZARAR KELTIRADIGAN ZARARKUNANDALARGA BIOLOGIK

QARSHI KURASH SAMARADORLIGI 1U.Qarshiyeva, 2M.Kubayeva

Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot institute, q/x.f.d.

Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti, stajor tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.8002141

Annotatsiya.Ildiz qurti 34 ta o'simliklar oilasiga mansub bo'lgan yuzlab turdagi o'simliklargalarga zarar yetkazadi. Uning eng xush ko'rgan o'simligi g'o'za, beda, qand lavlagi, makkajo'xori, g 'alla va poliz ekinlari yosh nihollari, begona o'tlardan sho'ra, pechak o't va boshqalar xisoblanadi.

Kalit so'zlar: Kuzgi tunlam zararkunandasi, morfologiyasi,ta'rifi, xayot kechirishi, zarari va karshi kurash choralari.

Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Bugungi kunda dunyoda 1,6 mlrd. gektar sug'oriladigan maydonda dehqonchilik qilinib, 8 mlrd. aholini turli-xil mahsulotlari bilan ta'minlanib kelinadi. Aholi ehtiyojini qondirishda ekin maydonlaridan turli xil maxsulotlarni mo'l va sifatli yetishtirish uchun donli, tolali, moyli va boshqa ekin turlarini biologik usullarda yetishtirish orqali ekobio mahsulot ishlab chiqarish agrotexnalogiyalarni qishloq xo'jaligida ishlab chiqish lozim bo'ladi.

Dunyoda ishlab chiqarish hajmining yuqoriligi bo'yicha o'simlik moyini yetkazib berishda Braziliya, AQSh, Argentina, Hindiston va Xitoy mamlakatlari yetakchilik qilsa, tolali ekin g'o'zani 80 ta mamlakatda ekib yetishtiriladi. Tola yetishtirish bo'yicha Xitoy yetakchi hisoblanadi (25%). Ikkinchi Hindiston (18%). Keyingi o'rinlarni AQSh, Pokiston, Braziliya davlatlari egallaydi.

Bug'doy esa yer yuzidagi sug'oriladigan maydonlarning 13,5%, dukkakli ekinlar 14,5% ni tashkil qiladi. Qolaversa, keyingi yillarda Kanada, AQSh, Angliya, Ispaniya, Daniya, Shvesiya, Italiya va boshqa mamlakatlarda halq xo'jaligi uchun don, chorva mollari uchun yem-xashak miqdorini oshirish maqsadida fermerlar orasida "Kinoa" hamda "Amarant" ekinlarini ekish tobora ommalashib bormoqda.

Respublikamizda mustaqillik yillarida texnik ekinlar, xususan g'o'za, soya va mosh yetishtirishda kasallik va zararkunandalarga karshi kurashda maqbul agrotexnologiyalarini ishlab chiqish bo'yicha keng qamrovli tadbirlar amalga oshirildi. Buning natijasida texnik ekinlardan yuqori va sifatli mahsulot olishga erishildi.

Tadqiqotning maqsadi.Qashqadaryo viloyati sharoitida texnik ekinlarni yetishtirish davomida zararkunandalarga qarshi kurashda iqtisodiy jihatdan samarali bo'lgan biologik kurash tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.

Qashqadaryo viloyati sharoitida texnik ekinlarga zarar keltiradigan tunlamlarning umumiy va asosiy turlarini aniqlash, texnik ekinlarga zarar keltiradigan tunlamlarning rivojlanish siklini aniqlash,texnik ekinlarga zarar keltiradigan tunlamlarning rivojlanish bosqichlarida biologik vositalar qo'llashning samarali muddatlarini ishlab chiqish orqali qarshi kurash agro tadbirlarini ishlab chiqish tadqiqotning vazifalari xisoblanadi.

Tadqiqotning ob'ekti sifatida Qashqadaryo viloyatida yetishtiriladigan texnik ekinlar ya'ni, g'o'za, soya va mosh ekinlariga zarar yetkazadigan tunlamlar majmui olingan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Tadqiqot predmeti texnik ekinlarga zarar keltiradigan tunlamlar rivojlanish siklini aniqlash, biologik kurash vositalarini qo'llash muddatlarini belgilash hisoblanadi.

Tadqiqot usullari. Tadqiqot umumiy entomologiya hamda qishloq xo'jalik entomologiyasida keng foydalanadigan barcha uslublar yordamida bajarilgan. Makkajo'xori o'simligining zararkunandalarini biologik xususiyatlarini o'rganishda V.O.Xomyakova, V.I.Voynyak, N.B.Bondarenko va boshqalar uslublaridan. Biologik ob'ektlarni o'rganish va ulardan foydalanishda N.V.Bondarenko, X.R.Mirzalieva va Sh.T.Xo'jaevlarva boshqalarning uslubiy ko'rsatmalaridan foydalanib, olingan natijalar B.A.Dospexov usuli bo'yicha dispersion tahlil qilinadi.

KUZGI TUNLAM (Agrotis segetum Schiff.), ko'k qurt tunlami tunlamlar turkumiga mansubzararkunandakapalak.Ko'zgekinlar,g'o'za, qand lavlagi,kungaboqar, makkajo'xori vab.( 150turdagi o'simliklar) maysalarini zararlaydigan xavfli zararkunanda. Afrika, Yevrosiyo, shu jumladan, O'rta Osiyoda tarqalgan. O'rta Osiyoda g'o'za (35% gacha), makkajo'xori maysalariga (12— 18%), beda, kungaboqarga, begona o'tlardan sho'ra, pechako't va b. ga katta zarar yetkazadi. Qanotlari yoyilganda 34—45 mm. oldingi qanotlari och-qo'ng'irdan qoramtir tusgacha. Tuxumi sutsimon oq; 2—3 kun o'tgach, ularda qizg'ish doirachalar paydo bo'ladi, qurtlari chiqishidan oldin esa tuxumi qorayadi. Qurtlari tuproqning 10—25 sm chuqurligida qishlaydi. Kapalaklarning eng ko'p uchib chiqishi va juda ko'p miqdorda tuxum qo'yishi havo harorati 12—20° bo'lganida kuzatiladi. Tuxumlarini tarqoq holda o'simlik bargining orqasiga qo'yadi. 4—15 kundan keyin tuxumdan chiqadi, ular kunduzi tuproqda yashirinib yotadi, tunda yuzaga chiqib, maysa va yosh niholdar tanasi, kurtagi, nishini kemiradi, barglarini teshib tashlaydi.

Ildiz qurtlari unib chiqayotgan g'o'za nihollarini shikastlab, urug' palla barglarni kemirib teshadi. Ko'pincha yosh nihollarni ildiz bo'g'zi yaqinidan poyani kemiradi, ba'zan maysaning yer ustki qismini to'la yeb bitiradi. Katta yoshdagi kurtlari 5sm gacha bo'lib, ko'kish-kulrang. Ildiz qurti yetuk qurt xolida tuproqning 10-15 sm chuqurligida qishlab chiqadi. Erta bahorda ya'ni mart oyining 2-3 o'n kunligida qishlab chiqqan ildiz qurti sutkalik xarorat 100S dan oshganda tuproqning ustki qatlamiga ko'tarilib 5-6 sm chuqurlikda g'umbakka aylanadi. G'umbagi och-qo'ng'ir bo'lib, buyi 1,5-2sm ga yetadi. Ob-havo sharoitiga qarab baxorda 15 kundan 30 kungacha g'umbak holida yashaydi. Bunda foydali xarorat yig'indisi 1500S darajasiga yetganda g'umbakdan kapalaklar uchib chiqa boshlaydi. Kapalagi qanot yozganda 4 sm gacha boradi.

Ildiz qurti kapalaklari aprel oyining ikkinchi o'n kunligi boshlarida uchib chiqib, qo'shimcha gul nektarlari bilan oziqlanadi va 3-5 kundan so'ng yakka-yakka xolda begona o'tlarga ayniqsa sho'raga, pechakka, ituzumga, g'o'zaga xatto kesaklar ustiga tuxum qo'ya boshlaydi. Ular tuxum qo'yish uchun o'tlar siyrak, ayniqsa, tez qiziydigan yengil tuproqli dalalarni tanlaydi, tuxumini ituzumning yosh ko'chatlariga qo'yishni yoqtiradi. Bir dona urg'ochi kapalak o'rtacha 500-800 donagacha, ayrimlari esa 1800 donagacha tuxum qo'yadi.

Yangi qo'yilgan tuxumlar oq bo'ladi. Kapalak tuxumi 500S foydali xarorat olgandan so'ng, ulardan mayda qurtlar chiqadi. Baxorda qurtlar 25-30 kun xayot kechiradi. Kech ekilgan, rivojlanishdan orqada qolgan maydonlardagi yosh g'o'za nihollarini qirqib tashlaydi va to'la ko'chat olishga imkoniyat bo'lmaydi. G'o'zaga ildiz qurtining asosan 1- avlodi zarar.Keyingi avlodlaridan baxorda buzib ekilgan va kechki sabzavot-poliz hamda takroriy ekinlar qattiq zarar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

ko'radi. G'o'za nihollari poyasi qotgandan so'ng zarar yetkaza olmaydi. Mavsum davomida ildiz qurti 4-5 ta avlod beradi.

Ildiz qurtini tuxumlik davrida trixogramma qo'llab yo'qotish eng oson, arzon va samarali usuli xisoblanadi. Buning uchun aprel oyining birinchi o'n kunligida xar 5 gektar maydonga 1 donadan ildiz qurti feramon tutqichlari qo'yiladi. Ildiz qurti kapalaklari feramon tutqichga tushishni boshlagandan so'ng 3-4 kundan keyin 10x10 sxemada trixogrammani xar 4-5 kunda qo'llaniladi.Kurtlari tuprokning nam va kuruk kavatlaridagi kismida 30-40 kun yashaydi va shu vakt mobaynida besh marta pust tashlaydi. Oltinchi yoshdagi kurt oziklanib bulgach, tuprokdagi inida gumbakka aylanadi.Bir kechada urtacha 3-4 kapalak ilinsa, trixogramma kuyish uchun signal bulib xisoblanadi. Feromon tutkichga bir kechada 15 tadan kup kapalak kelib tushsa va bunday vaziyat 3-4 kun davom etsa dalaga maxsus kurash choralari olib borilishi kerak. Zararkunandaga karshi biomaxsulotni tarkatishda trixogrammani ertalab va kechkurun , xar 10 m da bir xar gektariga 0,6-1,0 g sarflab; brakond xar gektarining 20 ta joyiga tunlam kurtining zichligiga karab (1:10 -15) sxemada tarkatiladi.

Ilmiy manbalarda dala sharoitida g'o'za, sabzavot- poliz ekinlarida (oltinko'zni) bitlarga 1:10 nisbatda qo'llash tavsiya etilgan. Biz 1:20, 1:10 va 1:5 nisbatlarda qo'lladik. Qo'llashdan oldin bitlarning tur tarkibini aniqladik va ular bitlarga qarshi qo'llanishda muhim inobatga olindi.

1-Jadval

Oltinko'z qo'llashning biologik samaradorligi

Oltinko'z ni bitlarga nisbati Har o'simlikdagi bitlar miqdori, dona Biologik samaradorlik %

Oltin ko'z qo'yishdan oldin Oltin ko'z quyilgandan so'ng kunlar

3 5 7 14 3 5 7 14

Nazorat 24 31 39 44 62

1:20 22 19 15 13 8 14 32 41 63

1:10 25 17 13 9 5 15 35 55 75

1:5 25 20 14 10 3 20 44 60 88

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, oltinko'zni 1:10 va 1:5 nisbatlarda qo'llaganimizda biologik samaradorlik 1:20 nisbatga nisbatan ancha yuqori bo'ladi va 77-88% ni tashkil etadi va hosildorlikka ham ijobiy ta'sir qilganligi kuzatildi.

Xulosa

Ildiz qurtlariga qarshi biologik kurashda oltinko'z entomofagining qo'llanilishi yaxshi samara berdi. Oltinko'zni 1:10 va 1:5 nisbatlarda qo'llaganilda biologik samaradorlik 1:20 nisbatga nisbatan ancha yuqori bo'ladi va 77-88% ni tashkil etdi..Oltinko'z qo'llash me'yorlari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

(nisbatlari) o'z navbatida 5,3-17% qo'shimcha hosil olishni ta'minlaydi, bu holat 0,5-1,6 s/ga qo'shimcha hosil bilan ifodalandi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, paxta ekinlarini ikki pallali begona o'tlardan to'liq tozalash paxta ekinlarida kuzgi tunlam tuxumlarining keskin kamayishiga yordam beradi.

REFERENCES

1. Sh.T. Xujaev, O.A. Sulaymanov -Umumiy va kishlok xujalik entomologiyasi xamda uygunlashgan ximoya kilish tizimining asosolari. Toshkent 2013

2. . Sh.X.Tuxtaev, R.Yunusov - Yorug'lik tutqich qopqonlariga hasharotlarning uchib kelishi. Buxoro davlat universiteti ilmiy axborotlari, №4-2004y.

3. Xudoyqulov A.M. "Ildiz kemiruvchi kuzgi va undov tunlamlariga qarshi samarali kurash tadbirlari" T. "Agroilm." 2016 y. Maxsus son. 62-63 betlar.

4. Xo'jaev Sh.T. "O'simliklarni g'unlashgan himoya qilish tizimi va uning tarkibidagi biologik usulning tuzilishi va mohiyati."T.: Munisdesigngroup, 2013.-B.4- 98

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.