Научная статья на тему 'TANGACHAQANOTLILAR, YA’NI KAPALAKLAR (LEPIDOPTERA) TURKUMI VAKILLARINING BIO-EKOLOGIK XUSUSIYATLARI'

TANGACHAQANOTLILAR, YA’NI KAPALAKLAR (LEPIDOPTERA) TURKUMI VAKILLARINING BIO-EKOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
1438
121
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Lepidoptera / tangachaqanotli / Pieris brassicae / Nymphalidae / Aparia erataegi / Bombyci mori / Helionis obsolete / Tineidae.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Egamberdiyev M.X, Rustamova L.Q, Murodova H.Z

Kapalaklarning pardasimon qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan. Kapalaklar qanotining chiroyli rangda bo‘lishi ana shu tangachalardagi pigmentga bog‘liq. Og‘iz organlari so‘ruvchi xartumdan iborat. Xartum spiral shaklda boshining ostida taxlanib turadi. Bosh qismida bir juft murakkab ko‘zlari va har xil shakldagi mo‘ylovlari bor

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TANGACHAQANOTLILAR, YA’NI KAPALAKLAR (LEPIDOPTERA) TURKUMI VAKILLARINING BIO-EKOLOGIK XUSUSIYATLARI»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. TANGACHAQANOTLILAR, YA'NI KAPALAKLAR (LEPIDOPTERA) TURKUMI VAKILLARINING BIO-EKOLOGIK XUSUSIYATLARI Egamberdiyev M.X. Rustamova L.Q. Murodova H.Z Namangan davlat Universiteti E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Kapalaklarning pardasimon qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan. Kapalaklar qanotining chiroyli rangda bo'lishi ana shu tangachalardagi pigmentga bog'liq. Og'iz organlari so'ruvchi xartumdan iborat. Xartum spiral shaklda boshining ostida taxlanib turadi. Bosh qismida bir juft murakkab ko'zlari va har xil shakldagi mo'ylovlari bor.

Kalit so'zlar: Lepidoptera, tangachaqanotli, Pieris brassicae, Nymphalidae, Aparia erataegi, Bombyci mori, Helionis obsolete, Tineidae.

Kapalaklar, tangachaqanotlilar (Lepidoptera) - to'liq metamorfoz bilan rivojlangan hasharotlar turkumi. Mezazoy erasining boshlarida kelib chiqqan, asosiy oilalari paleogenning boshlarida shakllangan. Qazilma qoldiqlari, asosan, bo'r davridan ma'lum.

Kapalaklarning pardasimon qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan. Kapalaklar qanotining chiroyli rangda bo'lishi ana shu tangachalardagi pigmentga bog'liq. Og'iz organlari so'ruvchi xartumdan iborat. Xartum spiral shaklda boshining ostida taxlanib turadi. Bosh qismida bir juft murakkab ko'zlari va har xil shakldagi mo'ylovlari bor. Qurtlarida uch juft ko'krak oyoqlaridan tashqari 3-5 juft soxta qorin oyoqlari ham bo'ladi. Soxta oyoqlar bo'g'imlarga bo'linmaganligi bilan ko'krakdagi haqiqiy yurish oyoqlaridan farq qiladi. Ko'pchilik kapalaklarning lichinkasi ochiq yashaydi, bir qancha turlari tuproqda va o'simlik to'qimalarida hayot kechiradi. Voyaga yetgan kapalaklar gul shirasini so'rib oziqlanadi. Bir qancha kapalaklarning og'iz organlari reduksiyaga uchragan, voyaga yetgan davrida oziqlanmaydi. Qurtlar o'simlik to'qimalari bilan oziqlanadi. Ular orasida mevali daraxtlar va ekinlarga ziyon keltiradigan turlari ko'p uchraydi.

Kapalaklar sutkaning qaysi davrida faol hayot kechirishiga ko'ra kunduzgi va tungi kapalaklarga bo'linadi. Kunduzgi kapalaklar uchishi, oziqlanishi, ko'payishi sutkaning yorug' davriga to'g'ri keladi. Kech kirishi bilan ular pana joy topib, yashirinib olishi bilan bir-biridan xarakterlanadi[1].

Tangachaqanotlilar turkumi vakillarining biologiyasi. Tangachaqanotlilar tabiatda juda keng tarqalgan. Ular 10000 dan ortiq turni o'z ichiga oladi. 70 ga yaqin oilalarga ajratiladi. Quyida asosiy oilalarning vakillari bilan tanishib chiqamiz.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Oq kapalaklar (Pieridae) oilasiga mansub kapalaklarning qanotlari oqish yoki sarg'ish bo'ladi. Oq kapalaklar (karam kapalagi - Pieris brassicae) ning qurtlari karam, turp, sholg'om va boshqa karamdoshlar oilasiga mansub bo'lgan o'simlillarga zarar yetkazadi. Bu oilaga shaffof qanotli do'lana kapalagi (Aparia erataegi) ham kiradi. Kapalakning qurti do'lana daraxtiga ziyon yetkazadi. Yoz faslida dalalarda nimfalidlar - Nymphalidae oilasiga mansub bo'lgan yirik rangdor sadafdor kapalaklar, Satyridae oilasiga mansub kulrang baxmal kapalaklar ko'p uchraydi.

Haqiqiy ipak o'rovchi (Bombysidae) oilasiga mansub kapalaklarning og'iz organlari rivojlanmagan. Bu kapalaklar tropic iqlimda tarqalgan. Ulardan tut ipak qurti (Bombyci mori) ipak tola olish uchun boqiladi. Tut ipak qurti bundan 3.5-5 ming yil avval xonakilashtirilgan. Hozir tabiatda uchramaydi. O'rta Osiyo, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Janubiy Yevropa va boshqa bir qancha hududlarda boqiladi.

Barg o'rovchilar (Tortrisidae) oilasi kapalaklarining qurtlari barg o'raydi yoki mevalarning ichida yashaydi. Keng tarqalgan olma mevaxo'ri - Laspeyresia pomonella mayda tungi kapalak bo'lib, qurtlari olma, olxo'ri, banan, nok, o'rik mevalarini qurtlatib, bog'dorchilikka katta ziyon keltiradi. Kapalak barglarga 100 ga yaqin tuxum qo'yadi. Olma mevaxo'rining bir mavsumda 2-3 nasli rivojlanadi. Birinchi nasli bahor oylari oxiri yozning boshida, ikkinchi nasli yozda yetishib chiqadi. Kuzga kelib qurtlar daraxt poyasining pastki qismida yoki tuproqda qishlaydi. Ulardan kelgusi yil bahorda kapalaklar yetishib chiqadi.

Tunlamlar - Noctuidae kapalaklar orasida eng yirik oila bo'lib, 30 mingdan ortiq turni o'z ichiga oladi. Kapalaklar ko'rimsiz, kulrang yoki qo'ng'ir rangli bo'ladi. Qurtlari o'simliklarning havfli zararkunandasi hisblanadi. Kuzgi tunlam(ko'k qurt) Agrotis segetum g'o'za, makkajo'xori, kungaboqar va boshqa ekinlarni zararlaydi. Ko'sak qurti (Helionis obsolete) go'za, makkajo'xori va boshqa ekinlarga katta ziyon yetkazadi.

To'lqinqanotlilar (Orgyidae) oilasi kapalaklarining xartumi rivojlanmagan. Qurtlar tanasi uzun tuklar bilan qoplangan. Turli o'simliklarning barglari bilan oziqlanadi. G'umbagi o'simlik qoldiqlari ostida yupqa pilla ichida rivojlanadi. Juftsiz ipak qurti (Ocneria dispar) turli mevali va mevasiz daraxtlarga katta zarar yetkazadi.

Asl kuyalar (Tineidae) oilasi vakillarining qurtlari jundan to'qilgan kiyim, mebel, don va muzey kolleksiyalariga ziyon keltiradi. Qurtlarning bosh qismida tuklar tartibsiz joylashgan. Kapalaklari ko'rimsiz oqish rangli, og'iz organlari rivojlanmagan[2].

Qizil kitobga kiritilgan ayrim tangachaqanotlilar bio-ekologiyasi va xususiyatlari. Tangachaqanotlilar turkumining noyob va soni kamayib borayotgan bir qancha turlari O'zbekiston Respublikasining "Qizil kitobi" ga kiritilgan. Quyida ayrim vakillarining bio-ekologik xususiyatlari ko'rsatib o'tilgan.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Rasmi

Maqomi

Tarqalishi

Cheklovchi omillar

Muhofaza choralari

Yer yuzida yo'q bo'lib ketgan

Farg'ona lokal endemik turi.

Farg'ona vodiysining janubidagi Beshariq atrofida uchragan.

Cho'ldagi quruq yerlarning o'zlashtirilishi, yashash joylarida qishloqlar qurilishi.

Ko' rilmaga n

Zaif, tabiatan kam tarqalgan G'arbiy Tyan-Shan endemik turi.

G'arbiy Tyan-Shan,

O'zbekistonda Ugom, Qorjontov, Piskom, Ko'ksuv, Chotqol, Qurama tog' tizmalarida: Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston.

Chorva mollarining o'tlashi natijasida soni

kamayishi(ozuqa o'simliklar va qurtlarning toptalishi), imagolarining nazoratsiz terilishi.

Chotqol

qo'riqxona

si va

Ugom-

Chotqol

milliy

tabiat

bog'ida

muhofazag

a olingan.

Zaif, qisqarib

borayotgan,

mozaik

tarqalgan

Shimoliy

Turkiston va

Janubiy

Turkiston-

Afg'oniston

kenja turlari.

G'arbiy Tyan-Shan, G'arbiy Pomir-Oloy. Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston, Kavkazorti, G'arbiy Osiyo, Janubiy Yevropada -boshqa kenja turlari.

Chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari ko'p foydalanish va pichan tayyorlash, endoparazitizm.

Chotqol,

Nurota

qo'riqxonal

ari va

Ugom-

Chotqol

milliy

tabiat

bog'ida

muhofaza

ostiga

olingan.

Zaif, kamayib

borayotgan,

kamyob

tarqalgan

endemik va tor

endemik tog'

turi

hisoblanadi.

O'rta Osiyo tog'lari. O'zbekistonda: Chotqol, Piskom, Ugom, Qorjontov, Qurama tog' tizmalari, Oloy,

Chorva mollarining me'yorsiz darajada o'tlatilishi natijasida ushbu turlar yashaydigan joylarda ularning qurtlari va ozuqa

Hisor va

Chotqol

qo'riqxonal

arida

hamda

Ugom-

Chotqol

milliy

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Zarafshon,Turkist on, Boysuntog', Xisor.

o'simliklarining toptalishi.

tabiat bog'ida muhofazag a olingan.

Janubi-G'arbiy Palearktika turning yo'q bo'lib ketayotgan, lokal tarqalgan Eron janubiy Turkiston kenja turi.

Bobotog'

tog'idagi Katta-

Bismil massivi.

O'zbekistondan

tashqarida:

Tojikiston,

Janubiy

Turkmaniston va Eron.

Xo'jalik(qurilish) faoliyati va chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari ko'p foydalanish hisobiga ozuqa o' simligining nobdud qilinishi.

Yashash

joylarini

muhofaza

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

qilish

lozim.

Zaif, tabiatan

kamyob, lokal

tarqalgan

janubiy-g'arbiy

Palearktika

turi.

Qorjontov, Nurota t.t. O'zbekistondan tashqarida: Qozog'iston va Turkmaniston janubi, Qirg'iziston, Rossiyaning Yevropa qismi, Qrim, Kavkazorti, Turkiya.

Xo'jalik faoliyati oqibatida yashash joylarining vayron qilinishi, yaylovlardan haddan tashqari ko'p foydalanish.

Nurota

qo'riqxona

sida va

Ugom-

Chotqol

milliy

tabiat

bog'ida

muhofazag

a olingan.

Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan Janubiy Turon endemik turi.

Surxandaryoning

ko'kaydi,

Oqqo'rg'on q. va

Zarafshonning

Samarqand sh.

Yaqinidagi

qayirlari.

Markaziy

Farg'ona.

Xo'jalik faoliyati oqibatida to'qaylarning hamda ozuqa o'simligining yo'q qilinishi.

Zarafshon milliy tabiat bog'I va

Qizilqum

qo'riqxona

sida

muhofaza

ostiga

olingan.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. Tangachaqanotlilar turkumi hasharotlar sinfi vakillari orasidagi tabiatda juda ko'p tarqalgan turkum hisoblanadi. Tangachaqanotlilarning turli xil ekologik muhitda har-xil turlari uchraydi. Masalan, suluv ninachi oqmas suv havzalarida, halqali ninachi vohalarda yashashga moslashgan. Tangachaqanotlilar hilma-xil bo'lishiga qarmay, tabiatda kam va yo'qolish xavfi ostida bo'lgan turlari ham uchraydi. Bu esa bugungi kundagi entomologlarning dolzarb muammosi bo'lib kelmoqda. Mutaxasislar tomonidan Qizil kitobga kiritilgan kapalak turlarini muhofaza qilish, ularni keng ko'lamda ko'payishga yordam berish, ular uchun maxsus bog'lar, pitomniklar tashkil etish lozim. Tangachaqanotlilarning foydali turlaridan sanoat, oziq-ovqat, tikuvchilikda foydalanib kelinmoqda, Ularni asrash va himoya qilish, turlarini ko'paytirish sanoatimiz istiqboliga katta foyda keltiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mavlyanov O.M. Toshmanov N.J. Sanayeva L.Sh. Zoologiya(Umurtqasiz hayvonlar). Toshkent "Voris-Nashriyot"2013. B.145

2. Mavlonov.O. Xurramov. SH. Eshonova.X. "Umurtqasizlar zoologiyasi". Toshkent. "O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti" 2006. B.395

3. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. O'zbekiston Respublikasi Ekologiya Va Atrof- Muhitni Muhofaza Qilish Qavlat Qo'mitasi. O'zb.Res. "Qizil Kitobi" II jild. Toshkent.2019. B.56-80

4. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

5. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

6. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

7. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

8. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

9. Сaрдoржoн ^д^жт Ynm Сaлoйдинoв. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181 -2454-2022-3-280-285

10. Astanaliev E. T. O. The Process Of Electronic Document Management In The System Of Railway Automation And Telemechanics //The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research. - 2021. - Т. 3. - №. 05. - С. 76-80.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.