Научная статья на тему 'DЕNDRОFIL KОKSIDLAR ENTОMОFAGLARINING TADQIQIGA DОIR (SHARQIY FARG‘ОNA HUDUDI MISОLIDA)'

DЕNDRОFIL KОKSIDLAR ENTОMОFAGLARINING TADQIQIGA DОIR (SHARQIY FARG‘ОNA HUDUDI MISОLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

160
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dеndrоfil kоksid / entоmоfag / “entоmоfag-xo„jayin” / “parazitxo„jayin” / biоlоgiya / entоmоkоmplеks / dendrophagous coccid / entomophage / «entomophage-host» / «parasite-host» / biology / entomocomplex.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Islomjon Ilkhomjonovich Zokirov, Dilafruz Raxmоnjоnоvna Kapizоva

Farg`ona vodiysi hududida daraxt va butalarda yashovchi kоksidlarning 18 turi o„rganildi. Ular asоsan bоg„ agrotsenoziga jiddiy zarar kеltiradi. Izlanishlar natijasida kоksidlarda entоmоfaglarning 14 turi qayd etilib, ulardan 3 turi yirtqich, 9 turi parazit hamda 2 turi esa o„ta parazit ekanligi aniqlandi. Entоmоfaglarning kоksidlar bilan оziqlanish xususiyatlariga ko„ra “parazit-xo„jayin” va “yirtqich-o„lja” munоsabatlar tizimlari shakllangan. Natijada dеndrоfaunada prоdutsеnt-kоnsumеnt-rеdutsеnt tizimidagi ikkilamchi оzuqa zanjiri yuzaga kеlgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

18 species of coccid in trees and bushes were studied in the territory of Fergana valley. They mainly seriously damage the garden agrotsenosis. The research found 14 types of entomophages in coccid species, 3 species were predstors, 9 species were parasites, and 2 species determined to be extreme parasites. According to the feeding properties of entomophagous with coccid, the ";parasite-host" and "predator-prey" relationship systems are formed. The result has a secondary food chain in the producer-consumer-reducer system in the dendrofauna.

Текст научной работы на тему «DЕNDRОFIL KОKSIDLAR ENTОMОFAGLARINING TADQIQIGA DОIR (SHARQIY FARG‘ОNA HUDUDI MISОLIDA)»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-47-54

DENDROFIL KOKSIDLAR ENTOMOFAGLARINING TADQIQIGA DOIR (SHARQIY FARG'ONA HUDUDI MISOLIDA)

Islomjon Ilkhomjonovich Zokirov

Farg'ona davlat universiteti biologiya kafedrasi dotsenti

Dilafruz Raxmonjonovna Kapizova

Andijon davlat tibbiyot instituti assistеnti, mustaqil izlanuvchi

ANNOTATSIYA

Farg'ona vodiysi hududida daraxt va butalarda yashovchi kоksidlarning 18 turi o'rganildi. Ular asоsan bоg' agrotsenoziga jiddiy zarar kеltiradi. Izlanishlar natijasida kоksidlarda entоmоfaglarning 14 turi qayd etilib, ulardan 3 turi yirtqich, 9 turi parazit hamda 2 turi esa o„ta parazit ekanligi aniqlandi. Entоmоfaglarning kоksidlar bilan oziqlanish xususiyatlariga ko'ra "parazit-xo'jayin" va "yirtqich-o'lja" munosabatlar tizimlari shakllangan. Natijada dendrofaunada produtsent-konsument-redutsent tizimidagi ikkilamchi ozuqa zanjiri yuzaga kelgan.

Kalit so'zlarlar: dendrofil koksid, entomofag, "entomofag-xo'jayin", "parazit-xo'jayin", biologiya, entomokompleks.

ABSTRACT

18 species of coccid in trees and bushes were studied in the territory of Fergana valley. They mainly seriously damage the garden agrotsenosis. The research found 14 types of entomophages in coccid species, 3 species were predstors, 9 species were parasites, and 2 species determined to be extreme parasites. According to the feeding properties of entomophagous with coccid, the "parasite-host" and "predator-prey" relationship systems are formed. The result has a secondary food chain in the producer-consumer-reducer system in the dendrofauna.

Keywords: dendrophagous coccid, entomophage, «entomophage-host», «parasite-host», biology, entomocomplex.

KIRISH

Yildan-yilga daraxt va butalarga koksidlarning salbiy tasiri ortib borib, bog'dorchilikka va o'rmonchilikka sezilarli iqtisodiy zarar yetkazmoqda [7].

Ko'plab olimlarning takidlashicha, zararkunanda hasharotlarga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqishda ularning tanasida tekinxo'rlik va

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-47-54

yirtqichlik bilan hayot kechiruvchi entomofaglarni aniqlash, ularni o'z xo'jayinlari bilan bog'lanishdagi hayotiy jarayonlarni tadqiq etish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi [1, 5, 6, 11, 12, 13, 14].

Shundan kelib chiqib, koksidlarning entomofaglarini keng ko'lamli tadqiq etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ushbu maqolada Sharqiy Farg'ona hududlari mevali bog'larida uchrovchi koksidlar hamda ularning entomofaglariga doir tadqiqot natijalari keltirilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ilmiy manbalarda O'zbekistonda uchrovchi mevali bog'lar koksidlari tur tarkibi, tarqalishi va bioekologiyasiga doir malumotlar uchraydi [2, 3, 4, 9]. Lekin ularning entomofaglari haqida ilmiy dalillar ko'lami bir muncha chegaralangan. Mavjud malumotlar ham o'tgan asrga tegishli [6].

Izlanishlar 2018-2020 yillar davomida Sharqiy Farg'onaning tekislik, adir, tog' oldi, o'rta tog' mintaqalari, madaniy va tabiiy landshaftlarida individual hamda kompleks faunistik ekspeditsiyalar asosida olib borildi. Koksidlarni yig'ish va saqlashda umumiy qabul qilingan koksidologik uslublar [1, 3, 10] hamda entomofaglarni aniqlashda hasharotlar aniqlagichi, qator ilmiy manbalardan foydalanildi [2, 3, 8, 10]. Tabiatda va laboratoriya sharoitlarida, asosan mevali bog'lardagi akatsiya soxtaqalqondori (Parthenolecanium corni Bouche), bujmaygan soxtaqalqondor (Eulecanium rugulosum Arch.), binafsha rang qalqondor (Parlatoria oleae (Colvee), qizil gigant qurt (Drosicha turkestanica Arch.), olma unsimon qurti (Phenacoccus mespili Sign.), olxo'ri soxtaqalqondori (Sphaerolecanium prunastri Fonsc.) va pista yostiqsimon qurti (Anapulvinaria pistaciae Bodenh.)ning entomofaglari muntazam kuzatib borildi va ularda uchrovchi parazit hamda yirqichlar hisobga olindi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Entomofaglar tabiatda va laboratoriya sharoitlarida muntazam kuzatib borildi. Tadqiqotlar natijasida koksidlar hasharotlar sinfiga mansub qattiq qanotlilar, pardasimon qanotlilar va ikki qanotlilar kabi turkumlarga kiruvchi entomofaglar tomonidan zararlanishi aniqlandi. Quyida SHarqiy Farg'ona hududida uchratilgan ayrim koksidlarning entomofaglari to'g'risidagi malumotlar havola etilmoqda.

Cryptochaetum sp. - kriptoxetum (paxta paraziti). Qizil gigant qurt (Drosicha turkestanica Arch.) koksidining entomofagi. Shimoliy Farg'ona sharoitida qizil gigant qurtning entomofaglari Cryptoshaetiidae oilasidan Cryptochaetum sp. ekanligi

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-47-54

aniqlandi. Kriptoxetum turi qizil gigant qurtiga tuxumlari bilan oziqlanuvchi pashsha avlodi vakili bo'lib, uning lichinkalari gigant qurt qo'ygan tuxumlar bilan oziqlanishi qayd etildi. Iyunning dastlabki o'n kunligida pashsha urg'ochisi o'z tuxumlarini gigant qurtning urg'ochilari tanasiga qo'ydi. Zararlangan qizil gigant qurtlarning tanasi qalin oq g'ubor bilan qoplangani kuzatildi (14-17.VI.2019, Andijon, Oltinko'l). Voyaga yetgan imagolar qurt tanasidan iyunning so'nggi dekadasida uchib chiqishi aniqlandi (24-28.VI.2019, Andijon, Buloqboshi).

Microterys sp. - mikroteris pardaqanotlilarning Encyrtidae oilasiga mansub bo'lib, uning lichinkalari pista yostiqsimon qurti (Anapulvinaria pistaciae Bodenh.jning tuxumlari bilan oziqlanadi. 2018 yilning iyunt oyida yostiqsimon tuxum xaltasidan mikroterisning bir nechta vakillari chiqqani aniqlandi (16-21.VI.2018, Andijon). Mikroteris - ko'plab soxtaqalqondorlarda qayd etildi. Uning lichinkalari ovisaka qo'yilgan tuxumlarda oziqlanishi va pista yostiqsimon qurti soni jiddiy pasayishiga tasir qilmasligi kuzatildi.

Leucopis annulipes Ztt. - leykopis. Pista yostiqsimon qurti (Anapulvinaria pistaciae Bodenh.)ning jiddiy yirtqichlaridan hisoblanadi. Leykopislar tuxumlarini yostiqsimon qurtning tuxum xaltasiga qo'yishi kuzatildi va xo'jayinning tuxum xaltasi ichida rivojlanishi aniqlandi. Lichinkalar tuxum xaltasi ichidagi tuxumlar bilan oziqlanadi. So'ng ular pillaga aylandi. Rubsovning kuzatishiga ko'ra, rivojlanish jarayonida leykopisning bitta lichinkada ovisakadagi barcha (600-1200 ta gacha) tuxumlarni yeb tugatgan. Lichinkaning tuxumdan to pillaga o'ralish davrigacha rivojlanishi 11-12 kun davomida kechdi. Andijonda olib borgan kuzatishlarimizda leykopis pista yostiqsimon soxtaqalqondorini sonining kamayishiga sezilarli tasir etishi kuzatildi (1-5.V.2018-2020, Andijon). Pista yostiqsimon qurtining tuxum qo'yish davrida parazitlar faolligi ortdi.

Yostiqsimon qurtning tuxum xaltasiga leykopisning uchib chiqishi 2018 yil mayning 2-3 dekadalarida kuzatildi. Qrim sharoitida leykopisning samaradorligi 1030 % orasida bo'lgan bo'lsa, bizning kuzatishlarimizda esa uning samaradorligi ancha yuqori (20-45%) ko'rsatkichni tashkil etdi.

Leucopis annulipes Ztt. pashshasi avval unsimon qurtlarning yirtqichi hisoblangan. Olib borgan izlanishlarimiz leykopis unsimon qurtlar bilan bir qatorda boshqa ko'plab soxtaqalqondorlar uchun ham yirtqich ekanligi aniqlandi.

Leykopis lichinkalari tuxumdonlarda soxtaqalqondorlar urg'ochisi tanasida rivojlanadi, u xo'jayini qo'ygan tuxum bilan oziqlanadi. Leykopisning xo'jayin tanasidan uchib chiqishi mo'ttadil issiq oylar isishi bilan boshlandi. Olin natijalarga

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-47-54

ko'ra akatsiya soxtaqalqondorning bir urg'ochisi tanasiga leykopis qo'ygan tuxumlar soni 10-15 taga qadar yetib bordi.

Farg'ona vodiysi sharoitida akatsiya soxtaqalqondori qo'ygan tuxumlar orasida leykopis akatsiya soxtaqalqondori lichinkalari aprelning oxirida va mayda qayd etildi. Leykopis akatsiya soxtaqalqondori tuxumlari bilan oziqlanib, bir oyga yaqin rivojlanadi. Odatda uning xo'jayin urg'ochisi tanasida 1-2, bazan 4 tagacha lichinkalari uchraydi, so'ngra ular soxta pillaga aylanadi. Ko'p holatlarda ularning bir donasi pillaga aylanadi. Laboratoriya sharoitlarida ajratib qo'yilgan lichinkalar ularga berilgan soxtaqalqondorning tuxumini yeyishda davom etaveradi. Shuningdek, g'umbakka aylanayotgan leykopis lichinkalari tuproqda va daraxt po'stlog'ida kuzatildi.

Akatsiya soxtaqalqondori tuxumi sonining kamaytirishda leykopis lichinkalarining o'rni muhimdir. Ular vodiy sharoitida 25-30% gacha biologik samaradorlikni ko'rsatishi malum bo'ldi.

Hyperaspis sp. - giperaspis koksidlar, shiralar va boshqa hasharotlarning yirtqichi. Farg'ona vodiysi sharoitida yetuk giperaspis qo'ng'izlari aprelning ikkinchi yarmi va may oyida paydo bo'ladi. Juftlashishdan so'ng urg'ochilari yostiqsimon qurt tuxumdonlariga bittadan tuxum qo'yadi. Birinchi yoshdagi tuxumdan chiqqan lichinklar yostiqsimon qurtning tuxumi bilan oziqlanadi. Ular bitta tuxumdon ichidagi tuxumlarni yeb bo'lib, boshqa yangi tuxum xaltalar ichiga o'tadi. Bir lichinka rivojlanishi yakunlaguncha yostiqsimon qurt 50 ga yaqin tuxumdonlar zarur bo'ladi. Yostiqsimon qurtning tanasida giperaspisning katta yoshdagi lichinkalari iyunning ikkinchi dekadasida ham qayd etildi. Laboratoriya sharoitlarida bir dona giperaspis lichinkasi bir sutka mobaynida pista yostiqsimon qurtining bitta tuxum xaltasidagi barcha tuxumlarini yeb tugatishi aniqlandi. Oziqlanishni yakunlagan lichinkalar iyunb oyining uchinchi dekadasida soxtaqalqondorlarning tuxumdonlari ichida g'umbakka aylanadi. G'umbakdan yetuk yoshli qo'ng'izlarning chiqishi 2019 yili yunb oyida qayd qilindi.

Chilocorus bipustulatus (Linnaeus, 1758) - Coccinellidae (Koksinellidlar) oilasi. Xilokorus ikkinchi yoshdagi pista yostiqsimon qurtning lichinkalari koloniyasida 2019 yilning avgustida qayd etildi (14-21.VIII.2019, Andijon, Oltinko'l).

Xilokorus ko'plab koksid turlarining lichinka va urg'ochilar bilan oziqlanadi. U qo'ng'iz bosqichida po'stloq yoriqlarida va ko'zdan yashirin joylarda qishlaydi.

Mart va aprelb oylarida faollashadi, aqatsiya soxtaqalqondori (Parthenolecanium corni Bouche) lichinkalari bilan oziqlanadi. Andijon sharoitida bu parazitning akatsiya

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-47-54

soxtaqalqondori miqdori pasayishidagi ulushi yuqori emas, chunki u asosan qalqondorlar va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi.

Coccophagus lycimnia (Walk.) - kokkofagus olxo'ri soxta qalqondori (Sphaerolecanium prunastri Fonsc.)ning (ikkinchi yosh lichinkalari va urg'ochilari) tekinxo'ridir. Lichinkalari kokkofagus xo'jayinining lichinkasi tanasida qishlaydi. Qishlashdan chiqqan lichinkalar rivojlanishda lavom etib g'umbakka aylanadi. Olxo'ri soxtaqalqondorining zararlangan lichinkalari zararlanmaganlaridan o'zining qoramtir ranggi bilan ajralib turadi (2018. Andijon, Asaka). SHarqiy Farg'ona sharoitida kokkofagusning mo'miyolashgan lichinkalari aprelb oyining ikkinchi yarmidan uchray boshlaydi va voyaga yetganlari soxtaqalqondor tanasidan aprelning ikkinchi dekadasi oxirida uchib chiqa boshlaydi. Soxtaqalqondorlarning kokkofagus bilan zararlanishi 10 %, bazan 30-35% ni tashkil etdi. Uchib chiqqan tekinxo'rlar soxtaqalqondorlarning yosh va voyaga yetgan urg'ochilarini zararlaydi.

Bu tur (kokkofagus) uchun akatsiya soxtaqalqondori (Parthenolecanium corni Bouche.) ham xo'jayin hisoblanadi. Parazit qalqondorning ikkinchi yoshli lichinkalari tanasida qishlaydi. Akatsiya soxtaqalqondorining kokkofagus bilan zararlangan lichinkalari erta bahorda tashqi ko'rinishidan zararlanmaganlaridan farq qilmaydi. Ammo parazit lichinkalari rivojlanishi bilan, ular mo'miyolashadi va qorayib, yaltiroqlashadi. Vodiy sharoitida kokkofagus akatsiya soxtaqalqondorining ikkinchi yosh lichinkalari va yosh urg'ochilarini zararlab, 3 yoki 4 avlod beradi.

Kokkofagus akatsiya soxtaqalqondori soni kamayishida muhim rolb o'ynamaydi. U o'z xo'jaynini ikkinchi yoshdagi lichinkalarini 5-10% atrofida zararlaydi.

Coccophagus lycimnia (Walk.) turi ikkinchi yoshdagi bujmaygan soxtaqalqondor (Eulecanium rugulosum Arch.)da ham parazitlik qiladi. Uning lichinkalari qishlovchi xo'jayin lichinkalarining tanasida qishlaydi. Bahorda kunlar isishi bilan ularning rivojlanishi tezlashadi. Oziqlanishni tugatib ular zararkunanda lichinkasi ichida g'umbakka aylanadi. Farg'ona vodiysi sharoitida ular 2-yoshdagi lichinkalardan va aprelning ikkinchi dekadasida uchib chiqadi.

Metaphicus melonostomatus (Timb.) - metafikus ikkinchi yoshdagi olxo'ri soxtaqalqondori lichinkalarining birlamchi tekinxo'ridir. Metafikus ikkinchi yoshdagi lichinka davrini xo'jayin lichinka tanasida o'tkazadi. Metafikusning xo'jayin tanasidan uchib chiqishi aprelning oxiri va mayning birinchi o'n kunligida kuzatildi. Odatda, metafikus urg'ochilari rivojlangan gonadalari bilan uchib chiqadi va xo'jayin tanasidan chiqishi bilanoq soxtaqalqondorni zararlay boshlashi malum bo'ldi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-47-54

Mikroterys hortulanus (Erd.) - Mikroteris Farg'ona vodiysidagi olxo'ri soxta qalqondorida parazitlik qiladi. U voyaga yetgan urg'ochi bosqichida xo'jayin tanasida qishlaydi, ular bahorda qishlagan joylaridan chiqib, qo'shimcha oziqlanishga o'tadi. Bu vaqt mobaynida ularning gonadalari rivojlanadi. Andijon hududida mikrotarisning oziqlanuvchi lichinkalari soxtaqalqondor tanasida mayning uchinchi dekadasida kuzatildi.

Vodiy sharoitida zararkunandaning mikroteris bilan zararlanish foizi o'zgarib turadi. Vodiyning pastekislik hududlarida tekinxo'rning biologik samaradorligi 18-30 % gacha bo'lishi qayd etildi. Ammo Arslonbobda olib borilgan kuzatishlarga ko'ra, bu ko'rsatkich 52-84% tashkil etdi.

Tetrastichus gallerucae Fonscolmbe. - tetrastixus ko'plab soxtaqalqondorlar, jumladan olxo'ri soxtaqalqondorining ham ikkilamchi parazitidir. Parazitning lichinkalari birlamchi tekinxo'rlarning lichinkalari va g'umbaklari hisobiga rivojlanib, bazan ularning sonini 18-20% yoki undan ham pastga tushirib yuboradi. Tetrastixus oxirgi yoshdagi lichinka bosqichida mikroteris g'umbaklar mumiyolarida qishlaydi. Arslonbobdan yig'ilgan olxo'ri soxtaqalqondori koloniyasida mikroterisning chiqishi laboratoriya sharoitlarida martning ikkinchi dekadasidap qayd etildi (13-15.III. Arslonbob). Olxo'ri soxtaqalqondori koloniyasida mikroterisning nobud bo'lgan g'umbaklarida oxirgi yoshdagi tetrastixus lichinkalarini bo'lishi aniqlandi.

Pachineuron solitarum Hart. - paxinevron birlamchi tekinxo'rlarning lichinkalarida tekinxo'rlik qiladi. U metafikus, kokkofagus va boshqalarning lichinka va g'umbaklarini zararlaydi va ularning sonini 50% gacha boshqarib turishi mumkin.

Aphytis proclia (Wlk.) - afitis binafsha rang qalqondor (Parlatoria oleae (Colvee)ning paraziti sifatida qayd etildi. Uning lichinkalari qalqondorning urg'ochisini so'rib yashaydi. Katta yoshdagi lichinkalari limonsimon - sarg'ish rangda, ko'rinib turadi. Kuzatishlardan malum bo'ldiki, afitisning turli yoshdagi lichinkalari urg'ochi xo'jayinning orqa qismida qishlaydi.

Metaphycus sp. - metafikus lichinkalar akatsiya soxtaqalqondori lichinkalarida qishlaydi. Metafikus xo'jayinining lichinkalaridan voyaga yetib uchib chiqishi may oyining o'rtalarida ro'y beradi. Metafikus bilan zararlangan akatsiya soxtaqalqondorining mo'miyolashgan lichinkalari sarg'ish-yashil rangi bilan ajralib turadi.

Metaphycus melonostomatus (Timb.) - metafikus bujmaygan soxtaqalqondor (Eulecanium rugulosum Arch.) ikkinchi yoshdagi lichinkalari va yosh urg'ochilarini zararlaydi. Uning lichinkalari bujmaygan soxtaqalqondor tanasida qishlaydi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-47-54

Farg'ona vodiysida tekinxo'r xo'jayini tanasidan aprelning oxiri mayning o'rtalaridan boshlab uchib chiqishi aniqlandi. Parazitning biologik samaradorligi past ko'rsatkichni tashkil etadi (5-8%).

Blastotrix scenographica (Sugn.) - blastotriks bujmaygan soxtaqalqondorning (Eulecanium rugulosum Arch.) samarali tekinxo'ridir. Uning lichinkalari ikkinchi yoshdagi lichinkalarida qishlaydi. Blastotriks xo'jayin lichinkalaridan uchib chiqishi aprelb oyining ikkinchi dekadasida qayd etildi. Ommaviy uchishi aprelning o'rtasi va uchinchi dekadasida kuzatiladi. Bu tekinxo'rning soxtaqalqondor urg'ochisi zararlash ko'rsatkichi 35% ga qadar yetib borishi malum bo'ldi.

XULOSA

Sharqiy Farg'ona sharoitida dendrofil koksidlarning 14 turga mansub entomofaglari qayd etildi. Dendroflorada entomofaglarning koksidlar bilan oziqlanish xususiyatlari o'ziga xos "entomofag-xo'jayin" tizimi shakllanishiga olib keladi. Dondrofag koksidlar entomofaglarining ekologik-faunistik tavsifiga ko'ra, yirtqich va parazit hasharotlar o'simlik zararkunandalari bilan bir necha yo'nalishdagi trofik aloqalarni namoyon etadi. Xususan, Sharqiy Farg'ona hududida o'rganilgan turlardan koksidlar bilan oziqlanuvchi entomofaglarning 3 turi (L.annulipes, Hyperaspis sp., C.bipustulatus) yirtqich, 9 turi (Cryptochaetum sp., Microterys sp., C.lycimnia, M.melonostomatus, M.hortulanus, A.proclia, Metaphycus sp., M.melonostomatus, B.scenographica) parazit hamda 2 turi (P.solitarum, T.gallerucae) esa o'ta parazitlardir. Aniqlangan yirtqichlar urg'ochi hasharot tanasi, lichinkasi, tuxumdoni yoki tuxum xaltasi bilan oziqlansa, lokalizatsiya joyiga ko'ra parazitlarning 5 turi (Cryptochaetum sp., C.lycimnia, M.hortulanus, A.proclia, M.melonostomatus, B.scenographica) urg'ochi koksid tanasi, 6 turi (C.lycimnia, M.melonostomatus, T.gallerucae, Metaphycus sp., M.melonostomatus, B.scenographica) lichinka tanasi, 1 turi (Microterys sp.) tuxum xaltasi, shuningdek 2 turi (P.solitarum, T.gallerucae) esa birlamchi tekinxo'rlarning lichinkalari va g'umbaklariga ziyon yetkazadi.

Zararli va foydali hasharotlarning entomokompleksdagi turli yo'nalishdagi oziqlanish xususiyati asosida ekotizimda turlararo bir-biri bilan doimiy bog'liqlik va raqobat yuzaga keladi. YA'ni o'simlikdagi organizmlar o'rtasida produtsent ^ konsument va konsument ^ redutsent tartibda trofik juftliklar shakllanadi. Bu esa, o'z navbatida, ayni o'simlik ekotizimi ozuqa zanjirining kengayishiga hamda produtsent-konsument-redutsent tizimidagi ikkilamchi ozuqa zanjirining shakllanishiga olib keladi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-47-54

REFERENCES

1. Абдрашитова Н.И., Габрид Н.В. Методическое пособие по сбору, изучению и определению кокцид и тлей деревьев и кустарников Кыргызстана. -Бишкек, 2005. -82 с.

2. Бозоров Б. Б., Бобоев Т., 1970 Фиолетовая щитовка и ее энтомофаги в условиях Таджикистана. Изв. АН Тадж. ССР , отд. Биолог. Наук, 4/41/,64-68.

3. Борхсениус Н.С. Сбор и изучение червецов и щитовок в помощь аботающим на полезащитных лесных полосах.- М-Л.: Издателство Академии наук СССР, 1950. - 152 с.

4. Де Бах П. (ред.). Биологическая борьба с вредными насекомыми и сорняками. Перевод с английского. - М.: Колос, 1968. - 616 с.

5. Зокиров И. И. и др. Узунмуйлов кунгизларнинг (Coleoptera: Cerambycidae) озука усимликлари билан биоценотик алокалари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 349-355.

6. Зокиров К. Фауна и биология червецов и щитовок (Homoptera, Coccoidea) и их энтомофагов культурных и диких полодовых растений в Ферганской долине.: Дисс. канд. биол. наук. - Ташкент, 1972. - 194 с.

7. Капизова Д.Р., Зокиров И.И., Зокиров К., Собиров О.Т. Шаркий Фаргона шароитидаги дендрофил кокцидлар энтомофагларининг биоэкологик хусусиятлари // АДУ. Илмий хабарнома. Scientific Bulletin. Series: Biological Research. 2020/8 (52). - Б. 41-52.

8. Плавильщиков Н.Н. Определитель насекомых. - М., 1950. - 542 с.

9. Собиров О.Т., Шакарбоев Э.Б., Хусанов А.К. Сосущие вредители (Insecta, Homoptera) ивовых юго-востока Центральной Азии // Российский паразитологический журнал. Том 12. Выпуск 4. Москва, 2018. - С. 50-58.

10. Тобиас В.И. Паразитические насекомые-энтомофаги, их биологические особенности и типы паразитизма. - СПб.: Зоологический ин-т РАН, 2004. - 149 с.

11. Akbarovich M. A., Ilkhomjonovich Z. I., Sharibjonovich S. D. Ecological-Faunistic Analysis of Longhorn Beetles (Coleoptera: Cerambycidae) of Fergana Valley //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. - 2021. - С. 6819-6830.

12. Zokirov I.I., Azimov D.A. The Fauna of Insects of Vegetables and Melons of Central Fergana, Especially Its Distribution and Ecology // International Journal of Science and Research. (IJSR). - India, Raipur, 2019. - V. 8, Issue 8. - Р. 930-937.

13. Zokirov I.I., Mirzayeva G.S., Abdullayeva D. R. Ecological and Faunistic Review of Entomocomplexes of Adyr Zones of the Fergana Valley // International Journal of Science and Research (IJSR). Volume 8 Issue 10, October 2019. -P. 1231-1234.

14. Zokirov I.I., Mansurkhodjaeva M.U., Akhmedova Z.Y., Khashimova M. Kh., Turaeva Z.R. Phytophagous insects of vegetable and melon agrocenosis of Central Fergana. International Journal of Agriculture, Environment and Bioresearch (IJAEB), 2020, Vol. 5, No. 02, pp. 64-71.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.