Научная статья на тему 'ВАЖНОСТЬ ПЕРЕПОНЧАТОКРЫЛЫХ'

ВАЖНОСТЬ ПЕРЕПОНЧАТОКРЫЛЫХ Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
108
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
НАСЕКОМЫЕ / ПАУКИ / ПЧЕЛЫ / МУРАВЬИ / РАСТЕНИЯ
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ВАЖНОСТЬ ПЕРЕПОНЧАТОКРЫЛЫХ»

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2020. № 2-6 (101)

УДК 591

М.Р. Казоцова, Г.М. Ибрагимова ВАЖНОСТЬ ПЕРЕПОНЧАТОКРЫЛЫХ

В статье представлена информация о важности значение пере-пончатокрътых.

Ключевые слова: насекомые, пауки, пчелы, муравьи, растения.

Pardaqanotlilar hasharotlarning eng yirik turkumlaridan biri; ba'zi ma'lumotlarga ko'ra 150-300 mingga yaqin turni o 'z ichiga oladi. Ular orasida har xil ekinlar va o'rmon zararkunandalari hamda juda foydali turlari bor. Bu hasharotlarning ikkala juft qanoti ham shaffof bo'lib, pardasimon to'rlangan, ya'ni uzunasiga va ko'ndalangiga joylashgan tomirlari bir qancha katakchalarni hosil qiladi. Oldingi qanotlari orqa qanotlaridan ancha yirikroq bo'ladi. Ayrim pardaqanotlilarning voyaga yetgan davrida qanotlari bo'lmaydi. Pardaqanotlilar har xil kattalikda; og'iz organlari kemiruvchi-so'ruvchi yoki kemiruvchi tipda bo'ladi. Ko'zlari yirik, murakkab tuzilgan. Urg'ochi hasharotlar qornining uchida tuxum qo'ygichi bo'ladi. Zaharli pardaqanotlilarda bu organ sanchuvchi nayzaga aylangan. Nayza zahar ishlab chiqaruvchi maxsus bezlar bilan bog'langan.

Asalarilar. Asalarilar jamoa bo'lib yashovchi hasharot hisoblanadi. Asalari oilasi 10000 -50000, ba'zan 100 000 gacha ishchi, bitta ona (malikasi), bir necha yuz erkak arilar-trutenlardan tashkil to 'pgan (52-rasm). Oilada barcha arilar bitta onaning nasli hisoblanadi. Ona ari va erkaklari ishchi arilarga nisbatan ancha yirik bo'ladi, ona arining qorin qismi yaxshi rivojlangan, qanotlari kalta. Ona ari bilan ishchi arilarning qoni qismining uchida chaquvchi nayzasi bor. Erkak arilarning mo 'ylovi va ko'zlari yirik bo'lib, bu ularga ona arining hidi va ko'rinishiga qarab uni oson to'pishga imkon beradi. Erkak arilarda zahar bezlari va nayzasi rivojlanmagan. Ishchi arilar - jinsiy jihatdan voyaga etmagan urg'ochi arilardir. Ularning butun tanasi va boshi kalta tuklarbilan qoplangan. Boshining ikki yonida fasetkali ikkita murakkab ko'zi, ular orasida esa uchta oddiy ko'zchalari joylashgan. Boshining oldingi tomonida joylashganbir juft mo'ylovi hid bilish organi hisoblanadi. Ishchi arilar gul hidi va rangini ajrata oladi. Ularning murakkab ko'zlari sariq va ko'k ranglarni, shuningdek odam ko'zi ajrata olmaydigan ultrabinafsha nurlarni ham yaxshi ajrata oladi, lekin qizil rangni farqlay olmaydi. Ishchi arilarning yuqorigi jag'lari kemiruvchi tipda bo'lib, arilar ular yordamida mum katakchalar tayyorlaydi va chandonlardagi gul changini oladi.

Pardaqanotlilar tabiatda va inson hayotida beqiyos katta ahamiyatga ega. Ko'pchilik arisimonlar gul nektari va changini yig'ish bilan birga o'simliklarni changlatib hosildorlikni oshiradi. Bir qancha o'simliklar asosan arilar yordamida changlanadi. Chumolilar, ayniqsa sariq o'rmon chumolisi zararkunanda hasharotlarni qiradi. Hasharotlar tuxumi va qurtlarida parazitlik qiluvchi yaydoqchilar tabiatda zararkunanda hasharotlarni sonini cheklab turadi. Yaydoqchilarni ekinlar zararkunandalariga qarshi kurash maqsadida biolaboratoriyalarda ko'paytiriladi. Ayrim chumolilar, masalan xonadonlarda keng tarqalgan sariq fir'avn chumolisi uydagi shirinlik va yog'da pishirilgan mahsulotlar, qir chumolisi omborxonadagi donlar bilan oziqlanishi, qora boq chumolisi esa o'simliklarning ashad-diy zararkunandasi hisoblangan shiralar ajratadigan shirani yalab, ularni qo'riqlashi tufayli ziyon keltiradi.

Ko'pchilik hasharotlar tirik o'simlik to'qimalari bilan oziqlanadi. Lekin ularning hammasini zararkunanda deyish mumkin emas. Aksincha, ular tabiatda moddalar aylanishining eng muhim zvenosi hisoblanadi. Bu jihatdan ularni o'txo'r umurtqali hayvonlarga o'xshatish mumkin. O'z navbatida, hasharotlarning o'zi ham boshqa hayvonlar (masalan, qushlar, sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar, hasharotxo'r sut emizuvchi-lar, yirtqich hasharotlar) uchun oziq manbai hisoblanadi. Hasharotlarsiz umurtqali va umurtqasizhayvonlarning ko'pchiligi hayot kechira olmagan bo'lardi.

O'simliklarning changlani- shida gul nektari bilan oziqlanuvchi hasharotlar katta ahamiyatga ega. Bir qancha o'simliklar (grechixa, kungaboqar, beda, sebarga, qoqio't, anjir, olma, qovun, tarvuz, qovoq, no'xot, mosh, loviya, bangidevona va boshqalar) asosan hasharotlar yordamida changlanadi. Boshqa ko'pchilik gulli o'simliklar ham hasharotlar bilan changlanganda mo'l hosil beradi. Beda faqat yakka yashaydigan arilar yordamida changlanadi. Pahmoq arilar sebarganing asosiy changlatuvchisi hisoblanadi. O'tgan asrda Evropadan Yangi Zelandiyaga em-xashak uchun sebarga keltirib ekilgan. Lekin yangi sharoitda sebargani changlatuvchi hasharotlarning bo'lma-ganligi sababli urug' olib bo'lmasligi ma'lum bo'lgandan so'ng. Bu erga Evropadan pahmoq arilar ham ko'chirib keltirilgan edi. Changlatuvchi hasharotlar orasida asalarilar eng muhim o'rin tutadi. Chunki ularni boshqajoylarga ko'chirib borish qulay hisoblanadi. Asalarilar juda ko'p o'simliklarning asosiy changlatuvchisi hisoblanadi. O'simliklarni changlatishda pardaqanotlilar bilan birga gullarda oziqlanuvchi hamma hasharotlar, jumladan ikkiqanotlilar va kapalaklar ham ishtirok etadi. Changlatuvchi hasharotlar bo'lmaganida edi, juda ko'p o'simliklar guli urug' tugmasligi sababli yo'qolib kyetgan bo'lar edi. Tabiatda ko'pchilik qo'ng'izlar va ikki qanotlilar qurtlari hayvonlarning tezagi bilan oziqlanadi.

© М.Р. Казоцова, Г.М. Ибрагимова

Вестник магистратуры. 2020. № 2-6 (101)

ISSN 2223-4047

Qishloq xo'jalik ekinlarining xavfli zararkunandalari qatoriga Osiyo chigirtkasi, to'qay chigirtkasi, turkman chigirtkasi, yarim qattiq qanotlilardan xasva, beda qandalasini, teng qanotlilardan har xil shiralarni, qattiq qanotlilardan kolorado qo'ng'izi va bargxo'r qo'ng'izlarni, bir qancha tunlam kapalaklarni (g'o'za tunlami, olma mevaxo'ri, karadrino) ko'rsatish mumkin. Oziq-ovqat omborlarida saqlanadigan g'alla va un mahsulotlarida turli qo'ng'izlar va tunlam kapalaklari ko'payib zarar etkazadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Имомова Ш.М., Хасанова М.М., Холиева Д.Х. Использование дидактических игр при подготовке к занятиям по генетике// Ученый XXI вeкa. № 11 (24), 2016. С.59.

КАЗОЦОВА МЕХРИНИСО РАХМАТОВНА - преподаватель биологии, школа №25 Вобкентского района Бухарской области, Узбекистан.

ИБРАГИМОВА ГУЛРУХМУХАММАДОВНА - преподаватель биологии, школа №25 Вобкентского района Бухарской области, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.