Научная статья на тему 'MEVA VA REZAVOR MEVA EKINLARIDA SELEKSIYA ISHLARI'

MEVA VA REZAVOR MEVA EKINLARIDA SELEKSIYA ISHLARI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
510
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chang / urug’chi / duragay / changlanish / seleksiya / ekologiya. / dust / seed / hybrid / pollination / selection / ecology.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Anvarbekova, Charos Anvarbek Qizi

Seleksiyada chatishtirish uchun ota-ona juftlarini tanlash prinsiplari. Atsetokarmin eritmasida chang donachalarining ranglanishi. Chang donachalarini urug‘chi tumshuqchasida o‘stirib ko‘rish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SELECTION WORKS IN FRUIT AND VEGETABLE CROPS

Principles of selection of parent pairs for crossbreeding in selection. Coloring of powder grains in acetocarmine solution. Growing dust grains in the seed pods.

Текст научной работы на тему «MEVA VA REZAVOR MEVA EKINLARIDA SELEKSIYA ISHLARI»

Scientific Journal Impact Factor

MEVA VA REZAVOR MEVA EKINLARIDA SELEKSIYA ISHLARI

Annotatsiya: Seleksiyada chatishtirish uchun ota-ona juftlarini tanlash prinsiplari. Atsetokarmin eritmasida chang donachalarining ranglanishi. Chang donachalarini urug 'chi tumshuqchasida o'stirib ko'rish.

Kalitso'zlar: chang, urug'chi, duragay, changlanish, seleksiya, ekologiya.

SELECTION WORKS IN FRUIT AND VEGETABLE CROPS

Anvarbekova Charos Anvarbek qizi Tashkent State Agrarian University 3rd year student

Absrtact: Principles of selection of parent pairs for crossbreeding in selection. Coloring of powder grains in acetocarmine solution. Growing dust grains in the seed pods.

Keywords: dust, seed, hybrid, pollination, selection, ecology.

СЕЛЕКЦИОННЫЕ РАБОТЫ НА ФРУКТОВЫХ И ОВОЩНЫХ

КУЛЬТУРАХ

Анварбекова Чарос Анварбек кизи Ташкентский Государственный Аграрный Университет

Студент 3 курса

Аннотация: Принципы отбора родительских пар для скрещивания при селекции. Окрашивание зерен порошка в растворе ацетокармина. Выращивание пылинок в семенных коробках.

Ключевые слова: пыль, семена, гибрид, опыление, селекция, экология.

Duragaylash seleksiyada, dastlabki, material yaratishning asosiy usullaridan biridir. Duragaylash dastavval ota-ona juftlarini tanlashdan boshlanadi. Duragaylashning muvaffaqiyati ota-ona juftlarini to'g'ri tanlashga bog'liq.Duragay organizm o'z ota-onasining irsiyati asosida vujudgakeladi, lekin belgi va xususiyatlari bilan ma'lum darajada farq qiladi. Buning qonuniyatlarini tushunish uchun chatishtirishga olingan o'simliklaming belgilari muayyan sharoitda bo'g'indan bo'g'inga qanday o'tishini bilish kerak.

Anvarbekova Charos Anvarbek qizi Toshkent davlat agrar universiteti 3-bosqich talabasi

KIRISH

1561

Scientific Journal Impact Factor

Seleksiyada chatishtirish uchun ota-ona juftlarini tanlash prinsiplari:

1. Ekologo-geografik prinsip.

2. Hosil elementlariga qarab tanlash.

3. Ayrim rivojlanish fazalarining davomiyligiga qarab.

4. Kasallik va zararkunandalarga chidamliligiga qarab.

5. Diallel chatishtirishlar asosida.

Bu usullar yordamida ota-ona juftlari tanlangach,chatishtirishlar o'tkaziladi. Buning uchun chatishtirish tartibini bilish kerak.Chatishtirish tartibi o'simlik gulining tuzilishi (bir yoki ikki jinsli, oddiy gul yoki tupgul), gullash biologiyasi (ochiq yoki yopiq gullash) va changlanish xiliga (o£zidan yoki chet dan changlanish) bog'liq.

Chatishtirish uchun birinchi navbatda o'simlikning gullash davri davomiyligi, gulning ochilish xossasini, changchi va urug'chining hayotchanligi, changning qancha vaqt saqlanishini hisobga olish lozim. Chunki bu xususiyatlar turli navlarda tuproq-iqlim hamda ob-havo sharoitiga qarab har xil bo'ladi.

Sun'iy chatishtirish tartibi bir-biri bilan uzviy bog'liq ravishda va ketma-ket bajariladigan 3 xil ishdan iborat:

— gulni chatishtirish uchun tanlash va changlashga tayyorlash;

— ona sifatida olingan o'simlik gulini bichish (kastratsiya);

— changlash.

Chatishtirish uchun eng yaxshi rivojlangan navga xos sog'lom o'simliklar tanlab olinadi. Har bir o'simlikda chatishtirish uchun yaxshi rivojlangan gullar qoldi riladi, boshqalari yulib tashlanadi (daraxt ekinlarida novdadagi).

Ushbu ishda bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik, obyektivlik usulidan foydalanilgan bo'lib, mavzuni yoritishda tavsifiy, qiyosiy metodlardan foydalanilgan. Tadqiqot jarayonida meva va rezavor meva ekinlarida seleksiya ishlari obyektiv yoritilgan holda, mavzuning dolzarbligini bayon qilishda . D.T.Abdukarimov, T.S.Safarov, T.E. Ostonaqulovlarning "Dala ekinlar seleksiyasi, urug'chiligi va genetika asoslari" nomli asari metodologik manba sifatida olindi.

Ko'pchilik o'simliklarda gullar gulto'plamlarda joylashgan bo'ladi va har xil rivojlangan bo'ladi, bir vaqtda ochilmaydi, ulardan hosil bo'lgan urug'lar ham bir xil sifatli bo'lmaydi. Shuning uchun ham ulardan yuqori sifatli duragaylar olish uchun chatishtirish vaqtida barcha choralami ko'rish kerak. Ana shunday

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

1562

Scientific Journal Impact Factor

tadbirlardan biri tupgulni chatishtirishga tayyorlashdir. Meva ekinlarining to'pgu-lida markaziy gul (yaxshi rivojlanadi) qoldirilib, keraksiz gullar qaychi yoki qisqich (pinset) yordamida olib tashlanadi.

So'ngra gul o'zidan changlanib qolmasligi uchun ona o'simlikdagi gulning changdonlari terib olinadi. Changdonlarni yulish vaqtida urug'chiga shikast yetkazmaslik choralarini ko'rish kerak.Novdadagi kerakli gullar bichib bo'lingach, unga darhol suvda ivimaydigan, yorug'likni yaxshi o'tkazadigan yupqa pergament qog'ozlardan yasalgan xaltacha (izolyatorlar) kiygiziladi. Xaltachaga qalam bilan gul bichilgan kun va bu ishga mas'ul kishining familiyasi yozib qo'yiladi.Bichilgan gullar voyaga yetgan, yaxshi rivojlangan sog'lom ota o'simlikdan yig'ib olingan changlar bilan changlatiladi.Changlar silkitish usuli bilan, changdonlarni yig'ish usulida, ba'zi o'simliklarda esa novda bilan kesib olinib, suvga solib qo'yish usullari bilan yig'iladi (shisha idishlarda) va quruq, quyosh tegmaydigan sharoitda 18—22 ° S haroratda saqlanadi.Gullar yetilgach, changlar ularga uchi kengaytirilgan ignalar, cho'tkalar, yumshoq rezinalar orqali solinadi.Changlatilgandan keyin izolyatorlar yana kiygizib qo'yiladi va tushib ketmasligi uchun mis simlardan paxta qo'yib, asta bog'lab qo'yiladi.Changlanish (urug'lanish) bo'lgan yoki bo'lmaganligini bilish uchun 3—6 kundan keyin qog'oz xaltachaga ustidan gullar yonboshidan sekin barmoqlar bilan bosib ko'riladi. Agar barmoq novdaga tegmasa changlanish o£tgan hisoblanadi. Aksincha bo'lsa,changlanish takrorlanadi.

Changlash turlari:

1. Erkin changlash.

2. Majburiy changlash.

3. Cheklangan erkin changlash.

Ikki jinsli gulli o'simliklarda (anor, anjir, yong'oq) chatishtirishlar bichishsiz amalga oshiriladi.Hasharotlar yordamida changlanadigan o'simliklarda umumiy izolyator ichiga hasharotlar qo'yiladi, shamol yordamida changlanadigan o'simliklarda maxsus puflanadigan moslamalar qo'yiladi.

Izolyatsiya usullari:

Masofa izolyatsiyasi — chatishtirishdagi o'simliklar ma'lum masofada alohida maydonlarda ekiladi.

Vaqt izolyatsiyasi — keraksiz formalardan changlanishi mumkin o'simliklar bir-biri bilan changlanmasligi uchun har xil vaqtda ekilishi lozim.

1563

Scientific Journal Impact Factor

Chang donachasi sifatini aniqlash usullari va uning ahamiyati. Chang donachalarini nam kamerada o'stirish. D. A.Tarankovskiy usulida chang donachalarini nam kamerada ocstirish usuli, asetokarmin eritmasida changlarning ranglanishi va changlami urugcchi tumshuqchasida o'stirib ko'rish asosida chang sifatini aniqlash usullari. Bu usullarning ahamiyati va mohiyati.

Chatishtirishlardan oldin chang donachasining urug'chi tumshuqchasida o'sa olish qobiliyatini aniqlash uchun chang donachasining sifati tekshirib ko'riladi. Buning uchun chang donachasi urug'chi tumshuqchasida o'stirib ko'rish, saxaroza yoki glukoza eritmasida o 'stirib ko'rish, asetokarmin ta'sirida ranglanishi va chang fermentlari (piroksidaza, suksindegidraza)ning aktivligini tekshirib ko'rishga asoslangan usullar qo'llaniladi. Bu usullarning hech qaysisi ham hamma ekinlar uchun qo'llaniladigan universal xarakterga ega emas. Shuning uchun ham bularning biri yaxshi samara bermasa, boshqasini qo'llash kerak.

Van-Tigem usulida chang donachalarini nam kamerada o'stirish: Mikroskopda qarash uchun moslangan qoplama oyna ustiga shisha tayoqcha yordamida saxaroza bilan agar-agar eritmasidan bir tomchi quyiladi. Eritma harorati, havo haroratidan 2— 5° S yuqori bo'ladi. Uning ustiga skalpel bilan chang donachalari sepilib, oynacha ag'darilib chang donachalarini o'stirish kamerasiga qo'yiladi. Namlikni saqlash uchun kamera ustiga distillangan suv tomiziladi. Kamera harorati 22—26°S bo'lgan termostatga qo'yilib har bir soatda chang donachasining o'sganligi kuzatib turiladi. 0 'sgan va o'smagan chang donachalari sanaladi. Bunda chang o'simtasi uning diametriga teng bo'lishi kerak. Chang donachalari uchun ozuqa muhiti sifatida 0,5—1% agar-agarning distillangan suvdagi eritmasiga 5—40% saxaroza (uning konsentratsiyasi ko'p meva va rezavor meva ekinlari uchun 10—15%) solinadi. Agar saxaroza boclmasa toza quritilgan shakardan ham foydalanish mumkin. Eritmani ma'lum darajada qizdirish kerak (bunda ko'p qizdirib yubormaslik kerak). Eritma har kuni yoki bir kundan keyin tayyorlanib turishi kerak (yangiligicha qo'llaniladi).Chang donachasining o'sishini tezlatish maqsadida eritma ichiga yangi uzilgan changlanayotgan o'simlikning urug'chisini ham qo'shish mumkin.Chang donachasini o ' stirish davomida harorat 12—26 °S bo'lishi kerak. O'sgan chang donalari sonidan tashqari chang naychasining uzunligi foizlarda va ballarda aniqlanadi.

Meva va rezavor meva ekinlarida chang naychasining uzunligi (chang diametriga nisbatan)

Ballar

Urug'li

meva

Danakli

meva

1564

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

ekinlarida ekinlarida

1 — juda qisqa 10 ta chang donasi diametriga teng 1 ta chang donasi diametriga teng

2 — qisqa 21-30 5-10

4 — uzun 30-40 11-20

5 — juda uzun 41 dan ziyod 20 va ziyod

Bu usul haqiqiy chang donachasining sifatining pastroq natijasini ko'rsatadi, sun'iy ozuqa muhitida yaxshi o'smaydigan ekinlarni chang donachalari uchun qo'llab bo'lmaydi.D.A.Tarankovskiy usulida chang donachalarini nam kameralarda o'stirish. Predmet oynachaga 3—4 tomchi eritma quyilib chang sepiladi. Ulaming namligini saqlash uchun bakteriologik chashkalarga filtr qog'ozlar solinib, ular namlanadi va unga oynachalar solinadi.Hisob-kitob ishlari oldingi usuldek.

Atsetokarmin eritmasida chang donachalarining ranglanishi: predmet oynachaga 3—5 tomchi atsetokarmin eritmasi quyilib, chang sepiladi, tomchilar qoplama oynacha bilan sekin yopiladi va 30 daqiqadan bir soatgacha qo'yiladi. Keyin chang donachasi sifati aniqlanadi. Agar oynacha 2—3 marta yoqilgan spirtovka ustidan olib o'tilsa, bu vaqtni biroz kamaytirish mumkin. Normal chang donalari asetokarmin eritmasida qizil rangga bo'yaladi.

Chang donachalarini urug'chi tumshuqchasida o'stirib ko'rish.Oldin changlanadigan g'unchalar bichiladi va izolyatsiya qilinadi. 1—2 kundan keyin changlanadi. Yetarli natijalar olish uchun urug'li o'simliklarda 20-30 ta, danakli o'simliklarda 15—25 ta, rezavor mevalarda 8—10 ta gulni changlatish yetarli bo'ladi. 12, 24, 36, 48, 60, 72 soatdan keyin gullar uzib olinadi. Ular kapron xaltachalarga etiketkalar bilan solinib, formalin yoki etil spirtining glitserin (7/3) eritmasida to tekshirilguncha saqlanadi. Predmet oynachaga ko'k metilen eritmasidan (1/1000 — 1/10000) quyib, uning usti-dan urug'chi qo'yilib, so'ng qoplama oynacha qo'yib eziladi. Agar urug'chilar katta bo'lsa, ular maydalanadi.

Bunda chang donalari va naychasi moviy yoki ko'k rangga bo'yaladi, urug'chi to'qimalari esa ranglanmaydi. Shunga asoslanib o'sgan va o'smagan chang donalari sanalib, foizlari hisoblanadi. Changning urug'chida o'sishini kuzatish uchun ML—2 mikroskopi yordamida (changlatilgandan keyin 12, 24, 36 soatdan keyin) urug'chi Kamua eritmasi bilan ishlanadi. Bunda faqat chang naychasi och sariq — yashil rangga kiradi. Bu esa changning o'sishi davomida kuzatish imkonini

1565

Scientific Journal Impact Factor

beradi. O'sgan chang donalarining flauoroxrom akridin eritmasida malla- rangga kirishi, generativ hujayra va sporalarni ko'rish imkonini beradi.

Ba'zi oddiy usullarda yashovchanligini yo'qotgandek ko'ringan chang donachalari boshqa nozikroq usullarda changlash qobiliyati-ni yo'qotmaganligini ko'rsatadi. Chang donachalarining bo'yalishi yoki uning o'sa olish qobiliyati ulaming sifat belgisidir.

Har bir kombinatsiyadan pishib yetilishi bilan mevalar yig'ib olinadi, sanalib natijalar judvalga yozib boriladi. Laboratoriya sharoitida meva belgilari yoziladi: pishish vaqti, kattaligi, massasi, shakli, rangi va boshqa morfologik va degustatsion belgilari qayd etilib, navning tipik belgilariga changlovchi navning ta'siri o'rganiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Abdukarimov D.T., Safarov T.S., Ostonaqulov T.E. «Dala ekinlar seleksiyasi, urug'chiligi va genetika asoslari». Toshkent, «Mehnat», 1989-y.

2. Bo'riev X.Ch. «Sabzavot ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi». Toshkent,1999-y.

3. Bo'riev X.Ch., Boymatov K., Jo'rayev R. «Meva va rezavor meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligi». Toshkent, «Mehnat», 2001-y.

4.. Mirzayev M.M., Sobirov M.K. "Bog'dorchilik". Toshkent, "Mehnat",1987-y.

XULOSA

1566

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.