Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA UYADOSH SO‘ZLARNI O‘QITISH'

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA UYADOSH SO‘ZLARNI O‘QITISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
6610
108
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uyadosh so’z / leksika / leksikologiya / bir mazmuniy guruh / xotirada oson saqlanadi / stilistik bo’yoqdorlik / synonyms / lexicon / lexicology / a semantic group / easy to remember / stylistic coloring

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sirojiddin Pardayev

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfida uyadosh so‘zlar berilgan. Lekin uyadosh so‘zlar haqida boshlang‘ich sinflarda ma’lumot berilmagani uchun bu mavzu o‘quvchilarga ozroq qiyinchilik tug‘dirishi tabiiy. Chunki bu ular uchun yangi tushunchadir. Bu mavzu o‘qituvchining bayoni, metodi asosida olib boriladi. Chunki, o‘quvchilar bunday tushunchaga quyi sinflarda ega bo‘lmaydi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga sodda, aniq, ravon qilib batafsil tushuntirishi kerak. Uyadosh so‘zlar bir turdagi narsa, belgi, voqea-hodisa, harakat ma’nolarini ifodalaydigan, bir mazmuniy guruhga mansub bo‘lgan so‘zlardir. Masalan: Kiyimlar: ko‘ylak, shim, kastum, do‘ppi. Ranglar: oq, sariq, qizil, yashil. Ruhiy holatni bildiruvchi harakat turlari: yig‘lamoq, kulmoq, xo‘rsinmoq. Uyadosh so‘zlar ham xuddi ma’nodosh so‘zlar (ma’nodosh so‘zlar o‘quvchilarga ma’lum, u haqida yetarlicha tushunchalari bor) kabi umumlashtiruvchi so‘zlarga ega. Faqat bunda stilistik bo‘yoqdorlik e’tiborga olinmaydi, balki bir xil tushunchani ifodalaydi. Yuqorida keltirilgan misoldagi buyumlar kiyim so‘ziga e’tibor bersak, hamma buyumlarni anglatuvchi ma’no xususiyatiga ega. Demak, ularda umumiy ma’no tashuvchi so‘zlar o‘quvchilarni diqqat markazida bo‘lishi kerak. Bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub bo‘lgan so‘zlar uyadosh so‘zlar deyiladi. Ushbu maqola mana shu haqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING WORDS IN SECONDARY SCHOOLS

In the 5th grade of comprehension schools, the words which related one group are given. However, the issue of words which according to a group was not taught in elementary school, therefore in natural for students to have less difficulty with this topic. Because this is a new concept for them. This topic is based on the teacher's statement and method. Because students don’t have that understanding in the lower grades. Therefore, the teacher should explain to the students by the simple way but they should explain specifically. Synonyms are words that belong to the same semantic group, meaning the same thing, sign, event, action. For example: Clothes: shirt, pants, suit, doppia. Colors: white, yellow, red, green. Words which express moral statement of a person: crying, laughing, sighing. Synonyms have the same generalizations as synonyms (students know synonyms and have enough understanding). In this case stylistic approaching is not suggested but it represents the same concept. If we pay attention for the words clothing in the example above, there is a meaning of all things. It means that the words that have a common meaning should be the focus of the students. Words that belong to the same semantic group (group) are called synonyms. This article is about that.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA UYADOSH SO‘ZLARNI O‘QITISH»

Scientific Journal Impact Factor

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA UYADOSH SO'ZLARNI O'QITISH

Annotatsiya: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinfida uyadosh so'zlar berilgan. Lekin uyadosh so 'zlar haqida boshlang'ich sinflarda ma 'lumot berilmagani uchun bu mavzu o 'quvchilarga ozroq qiyinchilik tug'dirishi tabiiy. Chunki bu ular uchun yangi tushunchadir.

Bu mavzu o'qituvchining bayoni, metodi asosida olib boriladi. Chunki, o'quvchilar bunday tushunchaga quyi sinflarda ega bo'lmaydi. Shuning uchun o'qituvchi o'quvchilarga sodda, aniq, ravon qilib batafsil tushuntirishi kerak. Uyadosh so'zlar bir turdagi narsa, belgi, voqea-hodisa, harakat ma 'nolarini ifodalaydigan, bir mazmuniy guruhga mansub bo 'lgan so'zlardir. Masalan: Kiyimlar: ko 'ylak, shim, kastum, do 'ppi. Ranglar: oq, sariq, qizil, yashil.

Ruhiy holatni bildiruvchi harakat turlari: yig'lamoq, kulmoq, xo 'rsinmoq.

Uyadosh so'zlar ham xuddi ma'nodosh so'zlar (ma'nodosh so'zlar o'quvchilarga ma'lum, u haqida yetarlicha tushunchalari bor) kabi umumlashtiruvchi so 'zlarga ega. Faqat bunda stilistik bo 'yoqdorlik e'tiborga olinmaydi, balki bir xil tushunchani ifodalaydi. Yuqorida keltirilgan misoldagi buyumlar kiyim so'ziga e'tibor bersak, hamma buyumlarni anglatuvchi ma'no xususiyatiga ega. Demak, ularda umumiy ma'no tashuvchi so'zlar o'quvchilarni diqqat markazida bo'lishi kerak. Bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub bo'lgan so 'zlar uyadosh so 'zlar deyiladi. Ushbu maqola mana shu haqda.

Kalit so'zlar: uyadosh so'z, leksika, leksikologiya, bir mazmuniy guruh, xotirada oson saqlanadi, stilistik bo 'yoqdorlik

Аннотация: В 5-м классе общеобразовательных школ даются слова, относящиеся к одной группе. Тем не менее, проблема слов, которым, по мнению группы, не обучали в начальной школе, поэтому, естественно, для учащихся возникнет меньше трудностей с этой темой. Потому что для них это новая концепция. Эта тема основана на утверждении и методе учителя. Потому что в младших классах учащиеся этого не понимают. Поэтому учитель должен объяснять ученикам простым способом, но они должны объяснять конкретно. Синонимы - это слова, принадлежащие к одной семантической группе, означающие одно и то же, знак, событие, действие. Например: Одежда: рубашка, брюки, костюм, доппия. Цвета: белый, желтый, красный,

Sirojiddin Pardayev SamDU magistranti

Scientific Journal Impact Factor

зеленый. Слова, выражающие моральное положение человека: плач, смех, вздох. Синонимы имеют те же обобщения, что и синонимы (учащиеся знают синонимы и достаточно понимают). В этом случае стилистический подход не предлагается, но представляет собой ту же концепцию. Если мы обратим внимание на слова «одежда» в приведенном выше примере, то все вещи имеют смысл. Это означает, что слова, имеющие общее значение, должны быть в центре внимания учащихся. Слова, принадлежащие к одной семантической группе (группе), называются синонимами. Эта статья об этом.

Ключевые слова: синонимы, лексика, лексикология, семантическая группа, легко запоминается, стилистическая окраска.

Abstract: In the 5th grade of comprehension schools, the words which related one group are given. However, the issue of words which according to a group was not taught in elementary school, therefore in natural for students to have less difficulty with this topic. Because this is a new concept for them. This topic is based on the teacher's statement and method. Because students don't have that understanding in the lower grades. Therefore, the teacher should explain to the students by the simple way but they should explain specifically . Synonyms are words that belong to the same semantic group, meaning the same thing, sign, event, action. For example: Clothes: shirt, pants, suit, doppia. Colors: white, yellow, red, green. Words which express moral statement of a person : crying, laughing, sighing. Synonyms have the same generalizations as synonyms (students know synonyms and have enough understanding ). In this case stylistic approaching is not suggested but it represents the same concept. If we pay attention for the words clothing in the example above, there is a meaning of all things. It means that the words that have a common meaning should be the focus of the students. Words that belong to the same semantic group (group) are called synonyms. This article is about that.

Keywords: synonyms, lexicon, lexicology, a semantic group, easy to remember, stylistic coloring

Tilimizdagi barcha so'zlar ongimizda ma'lum mazmuniy uyalarga birlashgan holda saqlanadi. Bu esa so'zlarning xotirada oson saqlash va nutq jarayonida oson foydalanish imkonini beradi. Shundan so'ng o'quvchilar mavzuni qay darajada tushungan-tushunmaganini ularga bir qancha topshiriqlar beramiz. Buning uchun, eng avvalo, "aqliy hujum" metodini qo'llagan holda, o'quvchilarga bir qancha savollar bilan murojaat qilamiz.

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

Scientific Journal Impact Factor

Ishda qiyosiy-chog'ishtirma, blits-so'rov, zinama-zina, eslab qol, klister, eng yaxshi savol, hot cheyr metodlardan foydalanilgan.

NATIJALAR. So'raladigan o'quvchilarni emas, shunchaki emas, balki, ma'lum bir maqsad bilan tanlash lozim. Deylik, iqtidorli o'quvchilardan ularni yanada hushyorlikka chaqirish uchun, yaxshi o'zlashtira olmaydiganlardan esa mavzuni qay darajada tushunganliklarini aniqlash maqsadida, tartibsiz o'quvchilardan ularni darsga jalb qilish uchun so'rash mumkin. Shunga qarab bugungi darsni qanday olib borishimiz kerakligi haqida tasavvurga ega bo'lamiz. Shu bilan bir qatorda o'tgan mavzuni bugungi mavzuga bog'lash orqali tizimli va izchil ish olib boramiz. Demak, o'quvchilarga quyidagi savollar orqali murojaat qilishimiz mumkin.

Savollar:

1. O'qituvchi: Shakldosh so'zlarni yana qanday nomlash mumkin?

O'quvchi: Omonim so'zlar.

2. O'qituvchi: Tut daraxtining ko'zi aniq ko'rib turardi. Ushbu gapda qanday ko'p ma'noli yoki omonim so'zlar ishtirok etgan?

O'quvchi: Ko'p ma'noli yoki omonim so'zlar ishtirok etyapti.

3. O'qituvchi: Ko'p ma'noli so'zlar bilan omonim so'zlarning qanday farqi

O'quvchi: Omonimlar bir necha so'z turkumi doirasida, ko'p ma'noli so'zlar esa bir turkum doirasida bo'ladi.

4. Uyadosh so'zlar deb nimaga aytiladi?

O'quvchi: Bir mazmuniy uyaga mansub bo'lgan so'zlar uyadosh so'zlar deyiladi.

Aynan shu savollarni ayrim o'quvchilardan so'ramasdan butun sinfdan yozma tarzda so'rash mumkin. Buning uchun "Ham chaqqonmiz, ham dono" ta'limiy o'yinini o'tkazamiz.

Bunda savollar soni 10 ta yoki undan ko'pqroq qilib, yopiq test ko'rinishida olamiz. O'qituvchi savollarni o'qiydi. O'quvchilar javoblarni yozib boraverishadi. So'ng qog'ozlar yig'ib olinadi. Bu hamma o'quvchilarni qisqa vaqt ichida baholash hamda o'tgan mavzu yuzasidan olgan bilimlari haqida real ma'lumotga ega bo'lish imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda teskorlikni, tez qabul qila olish ko'nikmalarin shakllantiradi. Keyin esa o'quvchilardan yangi mavzuni tushungan-tushunmaganliklari umumiy tarzda so'raladi. Bu mavzu yangi tushuncha bo'lganligi uchun agarda o'quvchilar tushunmagan bo'lsalar ularga yanada oddiyroq qilib tushuntiramiz yoki mavzuni o'zimiz soddaroq qilib xulosalaymiz.

Demak, uyadosh so'zlar bir uyaga mansub bo'lgan so'zlardir.

bor?

Scientific Journal Impact Factor

Buni tushuntirish uchun matematik formuladan foydalansak ham bo'ladi.

1. Ruchka+qalam+daftar=o'quv qurollari (uyasi).

2. Atirgul+lola+chinnigul=gullar (uyasi).

3. Qasida+g'azal+fard+ruboiy=she'riy janrlar (uyasi) [7, 214]

4. Saxovat+hayo+hilm+adolat=komil inson (uyasi) [12, 6707]

Yoki mavzuni yanda kengroq tushuntirish uchun quyidagi ko'rgazmali qurollardan foydalansak ham bo'ladi:

1. Plakatga chizilgan koptok, arg'imchoq, turnik kabilarni ko'rsatib, o'quvchilardan bular nima ekanligini va bularning barchasini biz qaysi uyaga kiritishimiz mumkinligini so'rashimiz mumkin.

O'qituvchi: Qani, o'quvchilar, siz doskada nimalarni ko'rib turibsiz? Bular

nima?

O'quvchilar: koptok, arg'imchoq.

O'qituvchi: Bularning barchasini biz qaysi uyaga kiritamiz?

O'quvchilar: Sport anjomlari.

O'qituvchi o'quvchilar bergan javobni doskaga yozib qo'yadi.

Shu tariqa o'quvchilarga mavzu iloji boricha soddaroq qilib tushuntiriladi. Shundan so'ng o'tilgan mavzuni mustahkamlash bo'yicha topshiriqlar beriladi.

Topshiriq. O'quvchilarni ikki guruhga bo'lib, ularga shahar va davlatlar uyasiga kiruvchi so'zlarni topish so'raladi. Bu topshiriqni bajarishda "Nilufargul" texnologiyasidan foydalansak ham bo'ladi. Buning uchun avval o'quvchilarga o'yin sharti tushuntiriladi. Ya'ni doskani ikkiga bo'lib, ikki tarafga ikkita asos chizamiz va unga 19 tadan gulbargchalar ham chiziladi.

Har bir guruhdan bittadan o'quvchi tanlanib olinadi. Har bir o'quvchiga o'z nilufargulidagi gulbargchalarni ko'proq shahar yoki davlat nomlarini yozish tushuntiriladi. Shartni bajarish uchun o'quvchilarga 2 daqiqa vaqt ajratiladi va o'yin oxirida g'olib guruh aniqlanadi va rag'batlantiriladi.

Topshiriqni quyidagicha bajarish mumkin:

I guruh. Shahar nomlari: Toshkent, Tokio, Rim, London, Nyu-York va boshqalar.

II guruh. Davlat nomlari: O'zbekiston, Xitoy va boshqalar.

Bu bilan o'quvchilarda geografiya bilan ona tili bog'liqligi aytiladi. Natijada ona tilining qanchalik qudratga ega ekanligi hamda ona tili tushunchalar kaliti ekanligi, usiz hech narsa qilib bo'lmasligini o'quvchilarga eslatib o'tish kerak.

Ona tili darslarida uyadosh so'zlar ustida ishlash, o'quvchi so'z zahirasini boyitish, ijodiy tafakkurini kengaytirish muayyan yo'nalishda izlanish va kashfiyot qilishga yo'l ochib berish bilan bir qatorda o'quvchi ongida bir uyaga, bir turga, bir

Scientific Journal Impact Factor

guruhga mansub so'zlar majmusi va ularni ajratib alohidalab leksik-semantik qurshov haqida ilk nazariy tushunchalar hosil qiladi.

Bilimlarni mustahkamlash uchun "Bugungi darsning eng faol guruhi va eng a'lochi o'quvchisi" o'yinini o'ynaymiz. Buning uchun eng avvalo, o'quvchilarni guruhlarga bo'lib olamiz. Tahminan 5-6 guruhlarga bo'lish maqsadga muvofiq. Eng yaxshi guruh va eng yaxshi o'quvchini aniqlash uchun o'quvchilarni bir necha xil topshiriqlarni bajarish asnosida aniqlab olamiz.

O'quvchilarga quyidagi shartlar e'lon qilinadi:

1. Blits-so'rov.

2. Zinama-zina.

3. Eslab qol.

4. Klaster.

5. Eng yaxshi savol.

6. Hot cheyr.

I bosqich. Blits-so'rov metodi. Bu metodda o'quvchilarga savollar beriladi. Ular savollarga "ha" yoki "yo'q" deb javob beradilar. Shuning uchun savollarni umumiy so'roq gaplar ko'rinishida berish kerak. Metodning ahamiyatli tomoni shundaki, yangi mavzu o'tilganda shu darsning o'zidayoq o'quvchilarning mavzuni qay darajada tushunganliklarini bilish mumkin. Bu metodda savollarga javob berish o'quvchilarga unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi. Savollar:

O'qituvchi: Uyadosh so'zlar leksikologiyada o'rganiladimi?

I guruh a'zosi: ha.

O'qituvchi: Uyadosh so'zi "qarama-qarshi" degan ma'noni bildiradimi?

II guruh a'zosi: yo'q.

O'qituvchi: Uyadoshlik hodisasi turli xil so'z turkumi doirasida uchraydimi?

III guruh a'zosi: yo'q.

O'qituvchi: Atirgul, rayxon so'zlariga yovvoyi gullar so'zi uyaboshi bo'la oladimi?

IV guruh a'zosi: yo'q.

O'qituvchi: Uyadosh xotirada oson saqlanishiga yordam beradimi?

V guruh a'zosi: ha.

O'qituvchi: Uyadosh so'zlar atamasi yunonchadan olinganmi?

VI guruh a'zosi: yo'q.

Bunday topshiriqlarni bajarish jarayonida o'quvchilarning uyadoshlik hodisasi haqidagi bilimlarini oshiradi va ularda fikrlash qobiliyatini, topqirlik, zukkolik kabi xususiyatlarini shakllantirishga yordam beradi. O'quvchilar olgan bilim va

Scientific Journal Impact Factor

ko'nikmalami yana tekshirib ko'rish uchun ularga quyidagi topshiriqni beramiz. Bu toshiriqni bajarishda "Zinama-zina" ta'limiy metodidan foydalanishimiz mumkin. Buning uchun avval 6 ga bo'lingan guruhlar yana 2 ga bo'linadi. Sababi bu mashg'ulot doskada bajariladi.

Dastlab doskaga birinchi uchtalik guruh a'zolari chiqishadi va avvaldan uyadosh so'zlar uchun tayyorlab qo'yilgan plakatlarni o'z bilimlariga tayangan holda bajarishadi. Shart quyidagicha bajariladi: I guruh a'zosi. Bosh kiyim uyasi:

Bosh kiyimlari

Ro'mol

Telpak

Do'ppi

Qalpoq

II guruh a'zosi. Oyoq kiyimlar uyasi:

Oyoq kiyimlari

Botinka

Krasofka

Tufli

Shippak

III guruh a'zosi. Qishki kiyimlar:

Qishki kiyimlar

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Sharf

Jemfer

Kurtka

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Palto

Xuddi shu tarzda keyingi guruh ham shartni bajaradi. Bunday topshiriqlar, eng avvalo, o'quvchüarni yangi mavzu yuzasidan to'liqroq ma'lumotga ega bo'lishiga hamda eng muhimi o'tilayotgan mavzu yuzasidan fundamental bilimlarni puxta egallashiga dasturul amal bo'ladi. Shundan so'ng eng faol guruh va eng a'lochi o'quvchini aniqlash maqsadida navbatdagi topshiriqni e'lon qilamiz. Ushbu topshiriq "Eslab qol" deb nomlanadi. Bunda o'qituvchi 20ga yaqin so'zlarni aytadi va har bir guruhdan bittadan a'zo chiqib, ular o'qituvchi aytgan so'zlarni doskaga yozadi va guruhning boshqa a'zolari yozilgan so'zlarni birma-bir aytib, ular qaysi uyaga kirishini ham aytib o'tishadi.

Shart quyidagicha bajariladi:

O'qituvchi. So'zlar: Lola, vilka, non, tut, parda, yomg'ir, daftar, g'isht, televizor, pamidor, no'xat, oqqush, sigir, gilos, palto, atirgul, upa, kitob, mo'yqalam.

I guruh a'zosi: Oqqush, lola, tut, parda, pamidor, no'xat.

Qolgan a'zolar: Oqqush - qushlar uyasi, lola - gullar uyasi, tut - mevalar uyasi, parda - uy jihozlari uyasi, pamidor - poliz ekinlari uyasi, no'xat - dukkaklilar uyasi.

II guruh a'zosi: Vilka, non, yomg'ir, g'isht, gilos, daftar.

Qolgan a'zolar: Vilka - oshxona jihozi, non - oziq-ovqat mahsuloti, g'isht -qurilish vositasi, gilos - meva, daftar - o'quv quroli.

III guruh a'zosi: Palto, oqqush, upa, kitob, tut, mo'yqalam, pamidor, no'xat.

Qolgan a'zolar: Palto - qishki kiyimlar uyasi, oqqush - qushlar uyasi, upa -

bo'yanish vositasi, tut - meva, mo'yqalam - rassomchilik jihozi, pamidor - poliz ekini, no'xat - dukkaklilar.

Mashg'ulotni davom ettirib, o'quvchilarga quyidagi topshiriqni beramiz. Bu topshiriqni bajarish jarayonida klaster ta'limiy metodidan ham foydalansak ham

Scientific Journal Impact Factor

bo'ladi. Bunda yuqoridagi so'zlardan foydalanamiz. Ya'ni yuqoridagi uyadosh so'zlarni asos qilib olamiz va uning atrofida shu uyaga kirvchi boshqa so'zlarni yozib chiqamiz (bu so'zlarning barchasi aylana diagramma ichida bo'ladi).

Bunday vositalar o'quvchilarda ma'lum bir uyaga mansub so'zarni o'z xotirasidan ko'proq qidirib topishga hamda, atrof muhitga shu bilan birga ularni tilimizda qanday ifodalanishiga ko'proq e'tibor berishimizga omil bo'ladi. II guruh. O'quv qurollari:

Scientific Journal Impact Factor

Bundan tashqari ushbu mashg'ulotlar o'quvchilar xotirasida yana ham ko'proq saqlanishida hamda, bunday so'zlarni o'z o'rnida ishlatib, o'z so'z boyligini oshirishga sabab bo'ladi. Shu tariqa o'quvchilar navbatdagi topshiriqni bajaradi.

Navbatdagi topshiriq esa "Eng yaxshi savol" deb nomlanadi. Chunki endi shart bir oz o'zgartirilib, guruhlar bir-biriga, o'zlariga-o'zlari savol beradilar va eng yaxshi savol bergan guruh aniqlanadi hamda o'qituvchi har bir shart ballarini hisoblab boradi. Barcha shartlar oxirida eng ko'p ball yig'gan guruh aniqlanadi hamda rag'batlantiriladi.

Shart quyidagicha bajarilishi mumkin:

I guruh: Uyadoshlik hodisasi bir mazmuniy uyaga mansub bo'lishi mumkinmi?

II guruh: yo'q. Uyadoshlik faqat bir mazmuniy uyaga mansub so'zlardir.

II guruh: Uyadoshlik hodisasining o'ziga xos xususiyati nima?

III guruh: Bunday so'zlar xotirada oson saqlanadi va nutqiy jarayonda ulardan oson foydalanish imkonini beradi.

III guruh: Uyadosh so'zlar tilshunoslikning qaysi bo'limida o'rganiladi?

IV guruh: leksikologiya bo'limida o'rganiladi.

Savol-javoblar shu tariqa davom etadi va har bir guruhning bali o'qituvchi tomonidan hisoblab boriladi. Bunday topshiriqlar yangi mavzuni takrorlash va bu orqali o'quvchilarning og'zaki nutqini shakllantirishga sabab bo'ladi. Mavzuni yanada mustahkamlash uchun o'quvchilarga yana quyidagi topshiriqni beramiz. Bu topshiriqni bajarishda "Hot cheyr" metodidan foydalanamiz.

"Hot cheyr" (qizg'in stul) metodining mohiyati shundan iboratki, doska oldiga bitta stol qo'yiladi. O'quvchilardan biri doskaga taklif qilinadi. O'tirgach o'qituvchi mavzuga oid savollar beradi. Savollar tezkor ko'rinishida ham, mantiqiy savollar ko'rinishida ham bo'lishi mumkin. Bundan tashqari stolda o'tirgan o'quvchiga boshqa o'quvchilar ham savollar berishi mumkin. O'yinda savollar tezkorlik bilan tushunarli qilib berilishi kerak. Savollar qizg'in tarzda amalga oshirilsa, o'yin shartiga mos tushadi.

Yuqoridagi blit-so'rov metodining savollarini bersak ham bo'ladi. Chunki, und savollar tezkorlik bilan berilishini talab qiladigan xarakterdadir. Bu metod o'quvchining o'ziga bo'lgan ishonchini oshiradi. Ko'pincha o'quvchilarda doskaga chiqqanda hayajonlanish tufayli savolga javob bera olmaslik holati ham kuztiladi. Aynan shuni oldini olishda "Hot cheyr" metodi qo'l keladi. O'quvchilar stolga o'tirib hayajonlarini bosib olgan holda, savollarga javob berishlari mumkin. Shu tariqa bir necha bosqichlardan iborat bo'lgan o'yin yakunlarini va eng faol guruh hamda ushbu guruhdagi eng a'lochi o'quvchi aniqlab olinadi va rag'batlantiriladi.

Scientific Journal Impact Factor

Bunday o'yin va topshiriqlar o'quvchilarni zukkolikka, topqirlikka o'rgatadi va bundan tashqari ular o'tilayotgan yangi mavzuni yana ko'proq va aniqroq tushunishga yordam beradi. Bu esa ularning og'zaki va yozma nutqini rivojlantirishga hamda boyitishga sabab bo'ladi.

Biz shuni ta'kidlab o'tishimiz kerakki, leksikologiyada o'rganiladigan uyadosh so'zlar mavzusini o'rganish jarayonida tildagi barcha so'zlar ongimizda ma'lum mazmuniy uyalarga birlashishi haqida ma'lumot berish bilan birgalikda bu so'zlardan nutq jarayonida ulardan unumli va o'z o'rnida foydalanish ko'nikmasini shakllantiradi va rivojlantiradi.

Uyadosh so'zlar leksikologiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu bobda uyadoshlar haqida ma'lumot berish bilan bir qatorda, uni qanday o'tish kerak, degan savolga ham javob berishga urinib ko'rdik. Bunda bir qator usul va metodlarni ko'rsatib o'tdikki, ular mavzuni tushuntirish va mustahkamlashda o'quvchilarga qo'l keladi.

Biz dars o'tishda tavsiya qilgan usullar o'quvchilarning dars jarayoniga bo'lgan qiziqishini orttirish bilan bir qatorda, ularda uyadoshlar haqida bilim va ko'nikmalarni shakllanishiga yordam beradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun. Ma'rifat gazetasi, 01.04.1998

2. Almamatov T., Yadgarov Q., Pochaeva G. O'zbek tili o'qitish metodikasi. Jizzax-2006.

3. Fayzullayev B., Abdullayev T. va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent-2002.

4. Jamolxonov H. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent-2005.

5. Jumaxo'jayev A. Istiqlol va ona tilimiz. Toshkent-1998.

6. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. T.: Sharq, 2001.

7. Khasanova Mashkhura Jumanovna. HISTORY OF ORIENTAL ODE. Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences. VOLUME 1 | ISSUE ISSN 2181-1784, 2021-№1, 214-218

8. Khasanova Mashkhura Jumanovna. The role of praises in the development of turkic odes. Journal of Critical Reviews. ISSN-2394-5125 Vol 7, Issue 7, 2020

9. Mahmudov N. Tilimizning tillo sandig'i. Toshkent-2012.

10. Mahmudov N. va boshqalar. Ona tili 5-sinflar uchun darslik. T.: Ma'naviyat-2007.

11. Mengliyev B., Xoliyorov O., Qodirova U. Ona tili. Qomus. Toshkent-2010.

XULOSA.

Scientific Journal Impact Factor

12. Muhiddinov M.K. System of Values and Sufis (The Image of Values and Sufis in the First Epics of "Khamsa"). International Journal of Psychosocial Rehabilitation // Vol. 24, Issue 05, 2020. -P. 6702-6712. ISSN: 1475-7192

13. M.K.Mukhiddinov. Love is the cleansing power. Science and Engineering Research Support Society. ISSN: 2005-4238 (Print);ISSN: 2207-6360

14. Muhiddinov M. Six centuries of uzbek higher education. polish science journal issue 6 (28) part 2 international science journal. 69-73

15. Nurmonov A. Tanlangan asarlar. II jild.

16. Nurmonov A., Ikromov I., Boynazarov F. Yangi pedagogik texnologiya asoslari. Toshkent-2007.

17. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi-2000.

18. Rahimova O. Ona tili darslarida interfaol metodlami qo'llash. TAT, 2003.

19. Sapayev Q. Hozirgi o'zbek tili. Toshkent-2009.

20. Takomillashtirilgan yangi tahrirdagi umumiy o'rta ta'limning Davlat ta'limi standarti. Toshkent-2010.

21. Umumiy o'rta ta'limning "Davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi". T.: Sharq, 1999. 1-maxsus sahifa.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.