Научная статья на тему 'MEVA VA REZAVOR MEVA O’SIMLIKLARINI KO’PAYTIRISHNI BIOLOGIK ASOSLARI VA MEVA KO’CHATLARINI YETISHTIRISH'

MEVA VA REZAVOR MEVA O’SIMLIKLARINI KO’PAYTIRISHNI BIOLOGIK ASOSLARI VA MEVA KO’CHATLARINI YETISHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
6231
296
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
ho’l meva / rezavor mevalar / mevaning foydalari / xushbuy moddalar / ildiz / novda. / raw fruit / berries / fruit benefits / fragrances / root / twig.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Nigora Farhod Qizi Umirzoqova

Hoʻl meva va rezavor mevalar inson organizmi uchun zarur moddalarga boydir. Ularda uglevod, kislota, minerallar, vitamin, oshlovchi, pektin va xushbuy moddalar bor. Ulardan baʼzilari, masalan, yong’oq tarkibida oqsil va moy ham boʻladi. Meva va rezavor mevalar yoqimli taʼm va hidga ega boʻlib, kishi organizmida oson xazm boʻladi. Ushbu maqolada shu kabi mevalar va ularni ko’paytirish usullari xususida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BIOLOGICAL BASIS OF FRUIT AND VEGETABLE PROCESSING OF FRUIT PLANTS AND GROWING OF FRUIT PLANTS

Fresh fruits and berries are rich in nutrients for the human body. They contain carbohydrates, acids, minerals, vitamins, nutrients, pectin and flavorings. Some of them, such as nuts, also contain protein and fat. Fruits and berries have a pleasant taste and aroma and are easily digested by the human body. This article discusses similar fruits and how to grow them.

Текст научной работы на тему «MEVA VA REZAVOR MEVA O’SIMLIKLARINI KO’PAYTIRISHNI BIOLOGIK ASOSLARI VA MEVA KO’CHATLARINI YETISHTIRISH»

MEVA VA REZAVOR MEVA O'SIMLIKLARINI KO'PAYTIRISHNI BIOLOGIK ASOSLARI VA MEVA KO'CHATLARINI YETISHTIRISH

Nigora Farhod qizi Umirzoqova

Toshkent davlat agrar universiteti "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik" fakulteti 2-kurs

talabasi

ANNOTATSIYA

Ho'l meva va rezavor mevalar inson organizmi uchun zarur moddalarga boydir. Ularda uglevod, kislota, minerallar, vitamin, oshlovchi, pektin va xushbuy moddalar bor. Ulardan ba'zilari, masalan, yong'oq tarkibida oqsil va moy ham bo'ladi.

Meva va rezavor mevalar yoqimli ta'm va hidga ega bo'lib, kishi organizmida oson xazm bo'ladi. Ushbu maqolada shu kabi mevalar va ularni ko'paytirish usullari xususida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: ho'l meva, rezavor mevalar, mevaning foydalari, xushbuy moddalar, ildiz, novda.

BIOLOGICAL BASIS OF FRUIT AND VEGETABLE PROCESSING OF FRUIT PLANTS AND GROWING OF FRUIT PLANTS

Nigora Farhod kizi Umirzakova

Tashkent State Agrarian University "Fruit and vegetable growing and viticulture"

faculty 2nd year student

ABSTRACT

Fresh fruits and berries are rich in nutrients for the human body. They contain carbohydrates, acids, minerals, vitamins, nutrients, pectin and flavorings. Some of them, such as nuts, also contain protein and fat.

Fruits and berries have a pleasant taste and aroma and are easily digested by the human body. This article discusses similar fruits and how to grow them. Keywords: raw fruit, berries, fruit benefits, fragrances, root, twig.

KIRISH

Meva va rezavor-meva o'simliklarini jinsiy (urug'dan) va jinssiz (vegetativ) yo'l bilan ko'paytirish. Yangi navlar chiqarish va payvandtaglar yetishtirish uchun jinsiy ko'paytirish, yangi bog'lar barpo qilishda esa jinssiz ko'paytirish usulidan foydalaniladi. Ko'pgina meva va rezavor- meva o'simliklari chetdan changlanib, urug' beradi, bu urug'lar ikki individ belgilarni o'zida saqlaydi, bunday o'simliklardan o'stirilgan o'simliklar duragay bo'ladi. Amalda meva va rezavor-meva o'simliklarini

vegetativ usulda ko'paytrish keng qo'llaniladi. Uning asosida o'simlikning yashash qobiliyatiga ega bo'lgan ma'lum qismi - novdasi, ildizi, bargi va hatto to'qima bo'lakchasidan butun organizmni tiklash (regeneratsiya) qobiliyati yotadi. Organlarning bu qismlari ona o'simlikda ildiz chiqaradigan ildiz boshlang'ichini tiklaydi, kurtagidan esa barg chiqaradigan novda beradi. Vegetativ usulda ko'paytirishda o'simlik nisbatan sof holda saqlanadi, unga ona o'simlikning belgilari va xususiyatlari o'tadi. Jinsiy yo'l bilan ko'paytirilganda esa ham onalik, ham otalik, ba'zan esa eng qadimgi ajdodlarining belgilariga ega bo'lgan duragay olinadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Vegetativ yo'l bilan ko'paytirishning juda ko'p usullari bo'lib, bulardan quyidagi gruppasini ajratish mumkin :

a) novda va ildizlarni qismlarga bo'lib(gajak) larini ildiz bachkisi, tuplarni bo'lish, qalamcha va ildiz qalamchasini ekish, parxish qilish va boshqalardan ko 'paytirish ; b) payvand qilib ko'paytirish (transplantatsiya).

Madaniy o'simliklarning ko'pi payvand qilish yo'li bilan ko'paytiriladi. Bunda qalamcha yoki kurtak holida (payvando'st) bir o'simlikni (madaniy nav) tuproqda urug'idan chikib o'sayotgan boshqa o'simlikka (payvandtagga) payvand qilinadi. Bunday holda madaniy o'simlik boshqa o'simlik ildizi (payvandtag) da o'sadi. Novda yoki ildiz bo'lakchasidan ildiz otgan o'simliklar o'z ildiziga ega bo'ladi.

Payvand qilishning bir necha usuli bor: kurtak yoki ko'zchadan payvand qilish (meva o'simliklarini ko'paytirishning asosiy usuli hisoblanadi); qo'ndirma payvand, po'stloq ichiga egarcha shaklida o'rnatish, qalamcha payvand, yorma payvand, yarim yorma payvand, yon tomoni kesikli payvand, qo'sh payvand (ablaktirovka) va hokazo, jami 150 dan ortiq usuli bor.

Ko'chatzorning ahamiyati va vazifalari. Maxsus ajratilgan uchastkalarda meva, rezavor-meva, manzarali o'simliklar ko'chati ko'paytiriladigan xo'jalik yoki uning bir qismi meva daraxtlari ko'chatzori deyiladi. Tovar xususiyati yuqori bo'lgan qimmatli navlar chiqarish va sanoat mikyosida meva yetishtiriladigan bog'lar barpo qilish sur'ati, o'tkaziladigan ko'chatning miqdoriga, sifatiga ko'p jihatdan bog'liqdir.

Meva ko'chatzorining vazifasi - ko'chat yetishtirishning progressiv usullarini qo'llanib va ishlab chiqarish protsesslarida mexanizatsiyadan keng foydalanib, ma'lum zona uchun rayonlashtirilgan, arzon va yuqori sifatli, tegishli tur va navga xos ko'chatlar yetishtirishdan iborat.

Namunali ko'chatzorlar tashkil qilmasdan turib bog'dorchilikni rivojlantirish mumkin emas. Meva ko'chatzori mevachilikning holatini viloyat, tuman, xo'jalik bog'laridagi o'simliklarning tur va nav tarkibini belgilaydi. Meva ko'chatzorida bog' va mevazorlar barpo qilish hamda ularni remont qilish uchun standart talablariga javob beradigan, rayon sharoitiga mos keladigan shu bilan birga aholining ho'l va quruq

mevalarga, oziq-ovqat sanoatini esa xom ashyoga bo'lgan talabini qondira oladigan tur va navlardan iborat ko'chatlar yetishtirilishi zarur. Shu bilan birga yetishtiriladigan navlar serhosil, mazkur rayon sharoitiga (sovuqqa, qurg'oqchilikka, sho'rhoqqa va boshqalarga) chidamli, mevalari yuqori sifatli. Shuningdek kasallik va zararkunandalarga chidamli bo'lishi kerak.

MUHOKAMA

Ko'chatzorning tiplari va asosiy qismlari. Tabiiy va iqtisodiy sharoitlari o'xshashligi bilan xarakterlanadigan har bir mevachilik zonasi o'zining ko'chatzoriga ega bo'lishi lozim. Tuproq-iqlim sharoiti juda yaxshi bo'lgan rayonlardan keltirilgan ko'chatlardan ekib barpo qilingan bog' va mevazorlar nobud bo'ladi yoki ularning hosildorligi nihoyatda past bo'ladi.

Meva ko'chatzorida quyidagi bo'lim va uchastkalar bo'ladi:

1. Ko'paytirish uchastkasi. Bunga urug' ekiladigan bo'lim yoki urug' ko'chatzori va klon payvandtagli (vegetativ yo 'l bilan ko 'paytiriladigan) ona ko 'chatzori kiradi.

Bu yerda ko'chatzorning navbatdagi yangi dalasini barpo qilish uchun urug' mevali daraxt turlarining kamdan-kam xollarda danak mevali o 'simliklarning - olcha, gilos hamda antipkalar payvandtaglari o 'stiriladi.

2. Shakl berish uchastkasi. U ikki bo'limdan iborat: payvand qilingan va payvand qilinmagan ko 'chatlardan iborat. Bu uchastkada ikki va ora-sira uchta dala - birinchi, ikkinchi va uchinchi dala, ba 'zan nolinchi dala bo 'ladi.

Birinchi dalaga urug' ko'chatlar ko'chatzorida yetishtiriladigan urug' mevalilarning payvandtaglari (bir yillik urug' ko'chatlar) o'tkaziladi. Danak mevalilarning birinchi dalasiga tez o'suvchi sifatida urug'dan ekib o'stiriladi.

Ikkinchi dalada payvand qilingan kurtaklardan urug' ko'chatlari - bir yillik ko'chatlar yetishtiriladi, bu yerda ularga shakl beriladi va shu yili boqqa o'tkazish uchun kovlab olinadi. Agar urug' mevalilarning ko'chatlari biror belgilariga ko'ra standartga to'g'ri kelmasa (bu xol kamdan-kam uchraydi), bunda ularni yetiltirish uchun ko'chatzorning uchinchi dalasida yana bir yil qoldiriladi va ikki yillik bo'lganda kovlab olinib tegishli joylarga yuboriladi.

Anjir, anor, smorodina, tok ko'chatlari yetishtiriladigan meva turlari bo'limlarida ildiz bachkilaridan, novdalardan va ildiz qalamchalaridan, parxishlardan, gajak va boshqalardan ko'chatlar yetishtiriladi.

Meva daraxtlari uchun asosiy payvandtaglar. Payvandtaglar kelib chiqishiga ko'ra; yovvoyi va madaniy xillarga bo'linadi: ko'paytirish usuliga ko'ra - urug' ko'chatdan va vegetativ yo'l bilan ko'paytiriladigan turlar ( klon formalari) ga; o'sish kuchiga ko'ra - kuchli o'sadigan va o'rtacha - kuchsiz o'sadigan turlarga bo'linadi.

Kuchli o'sadigan payvandtaglar asosan urug'idan: o'rtacha - kuchsizlari esa vegetativ usulda ko'paytiriladi. Urug'dan ko'paytirilganda biologik xususiyatlariga

o'sishi, tashqi muhitga chidamliligi va hokazo, ko'ra payvandtaglar bir xil bo'lmaydi. Shuning uchun ularni tanlash kerak. Vegetativ payvandtaglar u xususiyatlari va belgilariga ko'ra bir xil bo'ladi.

NATIJA

Quyidagi payvandtaglar olma uchun eng yaxshi hisoblanadi.

Mahalliy Sivers olmasi. Uning ko'pgina tur xillaridan Olma-ota va Chimyon olma xillari eng yaxshi payvandtag hisoblanadi.

Nok uchun payvandtaglar. Mahalliy yovvoyi, o'rmon nok. Bu nokning ko'p tur -xillari Chimyon tog'laridagi o'rmon massivlarida o'sadi. Bu payvandtag kuchli o'sadigan, qishga chidamli, ildiz sistemasi yerga chuqur kiradigan o'q ildizli madaniy navlar payvand qilinganda yaxshi tutib ketadi va uzoq yashaydi.

Behi uchun payvandtaglar. Mahalliy tur behining urug' ko'chatlari behi uchun eng yaxshi payvandtag hisoblanadi. Bulardan Namangan viloyati uchun Shirin va Nordon, Farg'ona viloyati uchun oddiy Quva (Chilgi behi), Buxoro viloyati uchun Turush, Xorazm viloyati uchun Almurut behi, Samarqand viloyati uchun yirik mevali Samarqand navlari tavsiya etiladi.

Olcha va gilos uchun payvandtaglar. Olchani payvandlash uchun antipka, magalebka, magaleb olchasi, xush bo'y olcha navlari eng yaxshi payvandtag hisoblanadi. Bu navlarning ildiz sistemasi baquvvat bo'lib, qurg'oqchilikka juda chidamli bo'ladi.

Olxo'ri uchun payvandtaglar. Olxo'ri uchun (mahalliy) Sug'diyon olchasi eng yaxshi payvandtag bo'ladi. U har qanday yerga ham yaxshi moslashadi.

O'rik uchun payvandtaglar. O'rik uchun o'rikning mahalliy klonlari (hashaki o'rik) dan yetishtirilgan urug' ko'chatlar eng yaxshi payvandtag hisoblanadi.

Shaftoli uchun payvandtaglar. Mahalliy shaftolilardan oq shaftoli urug' ko'chatlari eng yaxshi payvandtag hisoblanadi. Sho'rga chidamli payvandtag sifatida Xorazm nav shaftolisi tavsiya etiladi. Bu navning ko'chatlari sizot suvlari yuza bo'lgan yerlarda ham yaxshi o'sadi.

XULOSA

Bodom uchun payvandtaglar. Shirin bodom uchun oddiy bodom yaxshi payvandtag bo'ladi. U asosan lalmi, sershag'al va toshli tuproqda o'sadi.

Yong'oq uchun uning mahalliy qishga chidamli navlari payvandtag bo'lib xizmat qilishi mumkin.

Xurmo uchun Kavkaz va virgin xurmolari payvandtag bo'la oladi.

Xitoy xurmosi uchun unabining mevasi mayda mahalliy navlari va 1-mayda mevali nordon navlari payvandtag bo'lishi mumkin.1-mayda mevali nordon navning urug'i tez unib chiqadi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Oliy majlis qonunlar tuplami.1,2 qism 1998.

2. A.A.Ro'bakov,S.A.Ostrouxova - «O'bekiston mevachiligi» T.: «O'qituvchi», 1981.

3. A.A.Ro'bakov, S.A.Ostrouxova - «Plodovodstvo O'zbekistana». T.: « O' qituvchi» ,1972.

4. V.A.Kolesnikov - «Plodovodstvo» M.: «Kolos» 1985.

5. V.A.Kolesnikov - «Praktikum po plodovodstvu» M.: « Kolos» 1971.

6. A.G.Martinenko - «Praktikum po plodovodstvu» T.: «Matbuot», 1982.

7. M.M.Mirzaev, M.K.Sobirov - «Bog'dorchilik» T.: «Mehnat» 1987.

8. V.M.Kurennoy, V.F.Koltunov - «Plodovodstvo» M.: «Agropromizdat» 1985.

9. O.K.Afanasev - «Intensivnoe sadovodstvo» T.: «O'qituvchi» 1975.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.