Научная статья на тему 'OLMA O’SIMLIGI KO’CHATLARINI VEGETATIV KO’PAYTIRISHNING MORFO-BIOLOGIK VA XO’JALIK XUSUSIYATLARINING TASNIFI'

OLMA O’SIMLIGI KO’CHATLARINI VEGETATIV KO’PAYTIRISHNING MORFO-BIOLOGIK VA XO’JALIK XUSUSIYATLARINING TASNIFI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1980
130
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Olma / payvandtaglar / MM111 / MM106 / MM111 / Tyanshan olmalari / parxesh / payvand / vegetativ

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Charos Anvarbek Qizi Anvarbekova

Olma ko’chati yetishtirishda madaniy olma navlari. MM-106 payvandtagli daraxtlarning o’sish kuchi. Olma daraxtlari aprel oyining oxiri, may oyining boshlarida gullab,mevasi avgust oyida pisha boshlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLMA O’SIMLIGI KO’CHATLARINI VEGETATIV KO’PAYTIRISHNING MORFO-BIOLOGIK VA XO’JALIK XUSUSIYATLARINING TASNIFI»

OLMA O'SIMLIGI KO'CHATLARINI VEGETATIV KO'PAYTIRISHNING MORFO-BIOLOGIK VA XO'JALIK XUSUSIYATLARINING TASNIFI

Charos Anvarbek qizi Anvarbekova

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Olma ko'chati yetishtirishda madaniy olma navlari. MM-106 payvandtagli daraxtlarning o'sish kuchi. Olma daraxtlari aprel oyining oxiri, may oyining boshlarida gullab,mevasi avgust oyida pisha boshlaydi.

Kalit so'zlar: Olma, payvandtaglar, MM111, MM106, MM111, Tyanshan olmalari, parxesh, payvand, vegetativ.

KIRISH

Olma ko'chati yetishtirishda madaniy olma navlaridan R.Simirenko ,Oq Rozmarin,Kandil snap,Qishki oltin olma (Parmen zimniy zolotoy) daraxtlarining mevasidan olingan urug'lar kuchli o'suvchi payvandtaglar yetishtirish uchun foydalaniladi.Kuchsiz va o'rtacha payvandtaglar parxesh yo'li bilan ko'paytiriladi.Urug'idan va vegetativ usulda yetishtirilgan payvandtaglarga asosiy standart va yangi istiqbolli olma navlaridan qalamchalar tayyorlanib kurtak payvand qilinadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Madaniy olmazorlari bo'lgan xo'jaliklarda to'kilgan olmalardan qoqi qilish vaqtida urug' tayyorlanadi. O'zbekistonda olma urug'i Tyanshan tog' tizimining qiyaliklarida yovvoyi holda o'sadigan Siversa olmasidan olinadi.Yovvoyi olmazorlar dengiz sathidan 800-2500m balandlikdagi shimoliy,shimoli-sharqiy tog' qiyaliklarida joylashgan.Olma daraxtlari aprel oyining oxiri,may oyining boshlarida gullab,mevasi avgust oyida pisha boshlaydi.Olmaning har donasi 10-100 gramm,mazasi nordon va shirin.Katta yoshdagi daraxtlarning balandligi 10-15 metrga yetib,qurg'oqchilikka chidamli.Kavkazdan keltirilgan olmaning payvandtaglariga nisbatan o'sishini yozda oldinroq to'xtatadi.

Xazorasp olmasi ko'proq Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasida uchraydi.Boboarab olmasi esa Turkmanistonning Ashxobod viloyatida o'sadi.Bu olma daraxtlarining bo'yi 4-5 mga keladi.Ildizi yer yuziga yaqin joylashadi,sizot suvi ko'tarilishi natijasida ildiz zararlanadi,kelgusida sizot suvi pasayishi bilan u tezda

qayta tiklanishi ham mumkin.Turkman olmasi issiqqa hamda sho'rga ancha chidamli,tuproqda 0,03 % xlorid tuzi bo'lganida ham o'saveradi.BUVITIning Jizzax filiali tomonidan olib borilgan ko'p yillik tajriba va kuzatishlar natijasida Boboarab olmasining urug'idan yetishtirilgan bir yashar nihollar tuproqda xlor miqdori 0,0135 -0,0273% bo'lganligida ham yaxshi o'sib Xitoy va Sivers olmalariga nisbatan kuzda payvandtaglar soni 1,2-1,6 marta ko'proq saqlanib qolgan,ya'ni Kavkaz olmasiga nisbatan uch marta ko'proq payvandtag yetishtirilgan.Turkman olmasining o'suv davri qisqa,u erta uyg'onadi.Bu olma ildizini parxish qilish va ildizidan chiqadigan bachki novdalar orqali ko'payishi oson.Bir yashar olma ko'chati ekilganidan keyin uchinchi-to'rtinchi yili hosilga kiradi.Olmaning bu navini sizot suvi yer yuziga yaqin,sho'rxok tuproqlarda o'stirsa bo'ladi.

Quyidagi MM1n,MM106,MM1n payvandtaglarga payvandlangan kurtaklarning 8-12% nobud bo'lgan.Qolgan payvandtaglarda bu ko'rsatkich 2-4% dan oshmagan.Yoz mobaynida MM105 va MM111 tiplaridagi kurtaklarning nisbatan ko'proq nobud bo'lishiga sabab ularning ildiz va novdalarining mo'rtligidandir(tuproqqa ishlov berish vaqtida mexanik sinish),MM111 tipida esa uning ayrim madaniy navlar (mazkur holatda Starkrimson va Golden Delishes navlari) bilan yaxshi mos kelmasligi natijasida payvandustning payvandtagga birikkan joyidan sinib ketishi kuzatiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Har xil kuchsiz o'suvchi payvandtaglarning ularga payvand qilingan madaniy navlar ko'chatlarining o'sishi va rivojlanishiga ta'sirini ifodalovchi ma'lumotlar alohida qiziqish uyg'otadi.

Har xil payvandtagdagi u yoki bu nav,shuningdek,bitta payvandtagdagi har xil navlar ko'chatlarining o'sish kuchidagi farq har xil payvandtag tiplari va navlarning biologik xususiyatlari hamda ularning payvand komponentlari sifatidagi bir-biriga bo'lgan ta'siri bilan bog'liqdir.

Sezilarli farqlarni o'sish kuchi har xil payvandtaglar va payvandust kurtaklarning shoxlanishga moyillikni keltirib chiqaradi.Olma daraxtlarining tez hosilga kirishi va hosildorligi faqatgina har xil payvandtaglarda emas,balki bitta payvandtagdagi har xil navlar chegarasida ham o'zaro farqlandi.Binobarin,o'rganilgan barcha payvandtaglarda hosil berishning dastlabki yillarida eng yuqori hosildorlik Renet Simirenko va Golden Delishesda,birmuncha pastroq mahsuldorlik esa Starkrimson va Jonatan navlarida qayd etildi.

Shunday qilib, har xil navlar daraxtlarning qiyosiy mahsuldorligi (yosh bog'larda ularning vegetativ o'sishi har xil bo'lsa ham) barcha payvandtaglarda deyarli o'zgarmaydi. Tyanshan olmasi seryog'in,dengiz sathidan 800-2500 m balandlikdagi tog'larda (Jung'or, Zayl va Talas olatog'lari,Ugam, Pskom, Chotqol va Farg'ona tog' tizimlari,Pomir-Oloy tog', qisman Hisor, Zarafshon hamda Turkman tog' tizimlarida)ko'p tarqalgan. Tyanshan olmasining katta-katta massivlari Terenti, Balkani soylarida va Lensi daryosi qirg'oqlarida uchraydi.Ular morfologik belgilari,ya'ni daraxtining kattaligi,shox-shabbasining shakli(formasi),barglari hamda mevalarining shakli jihatidan juda xilma-xildir.

Mevasi xilma-xil,diametrik 30,eng yiriklariniki 40 mm.Shakli yassiroq-dumaloq,kamdan-kam oval-tuxumsimon bo'ladi,rangi har xil;oq,sariq,sarg'ish,yashil-ko'k rangli olmalar qizarmaydi,ba'zilari qizil va to'q-qizil bo'lib,sidirg'a yoki taram-taram tovlanib turadi.Eti oq,ko'kish-oq,sarg'ish-oq va pushti ranglarda.Mazasi nordon,shirin-nordon,shirin va taxir-qimizak.

Tyanshan olmalari avgust oyining ikkinchi yarmida pisha boshlaydi,sentabrning ikkinchi yarmida esa batamom pishib yetiladi.Tyanshan olmasidan seleksiya ishlarida foydalanib olmaning Samarqand to'ng'ichi, Zarafshon pushtisi, Saratoni, Registoni, Afrosiyobi, Farg'ona go'zali, So'x malikasi kabi navlari yetishtiriladi. Bularning ko'pchiligi ertapishar navlar hisoblanadi.Qizil bargli jaydari Qizil olma va G'ulja olmasi ham payvandtagbop sifatida foydalaniladi.Bu olmalar sovuqqa juda chidamli. Navdor olmalardan, Oq Rozmarin urug'idan chiqqan niholchalar yaxshi payvandtag hisoblanadi.Bunga ulangan olma daraxti ancha baland o'sadi va mo'l hosil beradi. Qishki oltin olma (Parmen zimniy zolotoy), Kandil sinap,Napoleon,Toshkent borovinkasi R.Smirenko olmalari urug'idan yetishtirilgan niholga payvand qilinganida daraxti o'rtacha kattalikda o'sadi, hosili ham o'rtacha bo'ladi.Vegetativ usulda ko'paytiriladigan olma payvandtaglari ustida O'zbekistonda keng doirada BUVITIda ilmiy ishlar olib borilgan,shunga muvofiq pakan olma daraxtlarini ko'paytirish uchun paradiskaning 9 tipi tavsiya qilingan.Dusenning 2 tipi yaxshi hisoblanadi. O'zbekistonning ko'pchilik ko'chatchilik xo'jaliklarida va ilmi tashkilotlarida pakana payvantaglar yetishtiriladigan maxsus bog'lar tashkil qilingan.Birinchi marta pakana dusen va paradizka (Rayka) tipidagi olma payvandtagilari kolleksiyasi Angiliyadagi Ist Molling tajriba stansiyasi tomonidan tashkil qilingan bo'lib,1936-yili 70 xil vegetativ usulda ko'payadigan payvandtaglar o'sish xususiyatiga qarab bir necha guruhlarga bo'lib chiqilgan.Eng kuchsiz payvandtaglar 8-9 tiplari,yarim pakana bo'ylilar guruhiga 2,3,4,5 va 8 tiplari,kuchli

o'suvchilarga 1,6,11,14,15 tipdagi va eng kuchli o'suvchi pakana payvandtaglar guruhiga 12,13 va 16 tiplari kiritilgan.

Hozir vegetativ usulda ko'payadigan 27ta eng yaxshi payvandtag ajratildi.1921-yillarda (Angliya) vegetativ usulda ko'payadigan 101-115 tipdagi payvandtag ajratilib, shulardan 102,104,106 va 111 tipidagilari yaxshi deb topilgan.vegetativ usulda ko'payadigan pakana payvandtaglar bilan birinchi marta I.V.Michurin shug'ullana boshlagan.1901-yili I.V.Michurin paradizkani Xitoy olmasi bilan chatishtirish natijasida sovuqqa chidamli yarim pakana Michurin paradizkasini yetishtirgan.

Dusen uncha katta bo'lmagan, bo'yi 4-6 m keladigan daraxtdir, ildiz bachkilari chiqarmaydi, lekin ildiz bo'g'zidan novdachalar o'sib chiqadi. Novda va shoxchalar qoramtir timqora bo'lib,oq dog'lar bilan qoplangan. Ekilganidan keyin uchinchi-to'rtinchi yili hosilga kiradi,sovuqqa paradizkaga nisbatan ancha chidamli. O'sishdan ancha erta to'xtab, kuzgi sovuqlar boshlangunicha daraxt sovuqqa bardosh bera oladigan bo'lib qoladi. Paradizka sust o'sadi, umri ham qisqa bo'ladi. Ildiz atrofidan ildiz bachkilari o'sib chiqadi.Novda va shoxchalari ingichka och-yashil va och-qizg'ish qo'ng'ir rangda Dusenga nisbatan barvaqt hosilga kiradi,serhosil,mevasi yirik,shirin bo'ladi. Dusen 2 qurg'oqchilikka,sovuqqa chidamli, sernam,tuproq namiga ancha ta'sirchan,name ko'p zichlashibqolgan tuproqlarda sust o'sadi,parxish qilinganida kam ildiz payvandtaglar paydo qiladi.Janubiy zonada joylashgan ko'chatzorlarda payvandtaglar bilan yaxshi tutashadi,shuning uchun ko'chatlar yaxshi o'sib mo'l hosil beradi.Bachki novdalarni kam chiqaradi.Payvandtaglarning 89 tiplari paradizka,4 va 5 tiplaridusen guruppasiga mansubdir.

ParadizkaS. Sovuqqa chidamsiz, kuchsiz pakana payvandtag bo'lib,ildizi mayda va mo'rt bo'lganligidan yetiltirilgan daraxtlar shamolda,ayniqsa zahlatib sug'orilganida,bir tomonga qiyshayishi yoki sinib ketishi mumkin. Shuning uchun bu payvandtagda o'stiriladigan olma ko'chatlarini shamol tegmaydigan,kichkina shamoldan to'silgan tomorqa maydonlarida o'stirish tavsiya etiladi.Paradizka 9 tipiga payvand qilingan olma daraxtlari kamroq hosil berganligi uchun uni o'rtaliq payvand qilishda ishlatish mumkin.

Paradizka 9. Asosan bu payvandtag Moldaviyada,Gruziyada va Qrimda ko'p tarqalgan,keying yillarda MDH da keng tarqatila boshlandi. Bu payvandtagning ildizi yer betida yaxshiroq o'sganligi uchun ayrim qattiq qora sovuqlardan kuchli shikastlanishi mumkin.

Paradizka S. tipiga nisbatan paradizka 9 tipidagi nihollarga payvand qilib yetishtirilgan daraxtlar shamolga,sovuqqa ancha chidamliligi bilan ham ajralib

turadi.Serhosil bog'larda novdalar parxish qilinganida payvandtaglar yaxshi ildiz otganligi uchun serildiz payvandtaglar soni ham ko'payadi. O'zbekistonda 1979-yillargacha BUVITIda olib borilgan ko'p yillik ilmiy-tadqiqot ishlari natijasiga ko'ra vegetativ usulda yaxshi ko'payadigan paradizkaning pakana 9 tipi,yarim pakana bo'yli bo'lib o'suvchi M 7 va MM 106,o'rta bo'yli M2 va kuchli o'sadigan 2 raqamli payvandtaglar yaxshi hisoblanadi.

MM-106 o'rta bo'yli payvandtag, qon bitiga chidamli,Severniy razvedchik navli olmani M-1 payvandtagi bilan chatishtirilishi natijasida Angilyaning Moling-Merton tajriba stansiyasida yaratilgan.O'zbekistonga yaqinda kirib kelgan.2011-yili BUVITI xo'jaliklari shu payvandtagda 450 ming donadan ortiq ko'chat yetkazishdi.2012-yili bu raqam bir milliondan ortgan.2011-yili Ukrainadan 200 ming dona payvandtag olib kelib,xo'jaliklarda mavjud payvandtag ona bog'larni yangilash va nav tozaligini ta'minlash maqsadida shu payvandtagdan ona bog'lari yaratildi.

Yevropa mamlakatlari bilan bir qatorda

Qozog'iston,Toj ikiston,Turkmaniston,Ozarbayj on,Qirg'izistonda ham bu payvandtagdan keng foydalanishyapti. Bu payvandtag past bo'yli bog'larda barcha mamlakatlarda yetakchi o;ringa ega.Ona bog'larning to'plari yarim yoyiq o'sadi va ba'zi haddan ziyod o'sgan novdalar mayda shoxchalar bilan qoplangan bo'ladi.Bu payvandtag novdalari kuchli ildiz hosil qilish xususiyatiga ega.Shuning uchun ildiz otgan novdalar ko'chatxonada o'z;arini yaxshi namoyon etadi,yaxshi o'sadi va rivojlanadi,ulardan sifatli standart ko'chat hosil bo'ladi.Bir ona tupidan 15-20 dan,yaxshi agrotexnika olib borilsa,undan ham ko'proq,sifatli payvandtag olish mumkin.MM-106 payvandtagli daraxtlarning o'sish kuchi M-7 payvandtagli daraxtlarga qaraganda kuchliroq.Ildizlari gorizontal joylashgan va ancha chuqur tushadi,elastic(sinuvchan emas).Bu daraxtlarni tuproqda yaxshi joylashishiga sabab bo'ladi.Shu bilan bir vaqtda bu payvandtagli daraxtlar og'ir va tuproq qatlamli qalin bo'lgan yerlardaham yaxshi o'sadi.MM-106 payvandtagda o'suvchi navlar boshqa past bo'yli payvandtagda o'suvchi navlarga nisbatan ertaroq hosilga kiradi.Birinchi mahsuldor hosilni uchinchi-to'rtinchi yiliyoq bera boshlaydi va mahsuldorligini,to'g'ri agrotexnik tadbirlari qo'llanilsa,tez oshirib boradi.Bu payvandtagning ona bog'ida,ko'chatxonada va bog'da sermahsulligi uni O'zbekiston sharoitida sug'oriladigan yerlarda keng qo'llash zarurligidan ishora beradi.

MM-102 bu payvandtag turi Severniy razvedchik olma navini M-1 payvandtag turini chatishtirish natijasida hosil bo'lgan past bo'yli tur.Payvandtagning ona tupi anchagina yaxshi ildiz oladigan novdalar hosil qiladi.O'sib yog'onlashib ketadigannovdalar soni kam. Ko'chat xonada bu payvandtagdagi ko'chatlar soni

chiqishi yuqori.Ko'pgina navlar bilan uyg'unlik darajasi yuqori. Qon biti kasalligiga chidamli. MM-102 payvandtagga ulangan daraxtlarning bo'yi M-7 patvandtagga ulangan daraxtlarga yaqin.Tuproqqa o'rnashish darajasi yuqori. Bu payvandtagga ulangan daraxtlar erta hosilga kiradi,hosildorlik yuqori.Ishlab chiqarishda sinash uchun ahamiyatli.O'rta bo'ylilar.M-2 (Dusen2) juda ahamiyatli payvandtag,qurg'oqchilikka chidamliligi bilan ajralib turadi.Bu payvandtagga ulangan daraxtlar erta hosilga kiradi,hosildorligi yuqori.Yevropa mamlakatlarida va AQSH da keng tarqalgan.Ukraina,Shimoliy Kavkaz va Kavkaz ortidagi regionlarda asosiy o'rta bo'yli payvandtag sifatida tavsiya etilgan.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda yuqorida sanab o'tilgan meva navlarini ko'paytirish yurtimizning iqtisodiyotiga va qolavyersa agrar sohasiga juda katta foyda keltiradi.

REFERENCES

1. Sh.Rajametov,LNormuratov,"Meva,rezavor meva vat ok ko'chatzorlarini tashkil etish" "Toshkent"- 2018. 72-75 bet

2. E.Xolmurodov,M.A.Zuparov,R.K.Sattarov "Qishloq xo'jalik fitopatalogiyasi" Toshkent-2014. 448-449,461-462 betlar.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ."Harakatlar strategiyasi" 2017-yil.

4. www.Mirishkor.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.