ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-156-161
XURMO MEVASINI INFRAQIZIL NUR YORDAMIDA KONVEKTIV IIKS-2/32 LIVADIYA USKUNASIDA QURITISH USULLARI
Abduqodir Muhammadievich Nazarov
Toshkent davlat agrar universiteti mustaqil tadqiqotchisi
ANNOTATSIYA
Xurmo mevasini vatani Xitoy bo'lib u Yevropaga 19 asrda kirib kelgan. Uni "Olov rang quyosh" va Xitoy shaftolisi" ham deb atashadi. Fuyu va Tamopon boFshoy navlari standart navimiz Xiakumeni quritilgan mahsulot chiqishi bo'yicha 27,8 - 28,8 % ni tashkil qildi. Boshqa navlar ichidan Zendji-marudan biroz nazorat navimizga yaqin ya'ni 24,8 % quritilgan maqsulot olishga erishildi. Bundan tashqari uning tarkibida S va R, kaliy, temir, fosfor, glyukoza, saxaroza, kaFtsiy va magniylar mavjud bo'lib inson organizmi uchun foydali hisoblanada.
Kalit so'zlar: Xurmo "Olov rang quyosh", Xitoy shaftolisi, Fuyu va Tamopon, Zendji-marudan, Xiakumeni, S va R, kaliy, temir, fosfor, glyukoza, saxaroza.
ABSTRACT
The homeland of the date palm is China, which entered Europe in the 19th century. It is also known as the "Fire Sun" and the Chinese Peach. Fuyu and Tamopon bolshoi varieties accounted for 27.8-28.8% of the output of our standard variety Xiakume dried product. Among other varieties, 24.8% of dried products were obtained from Zendji-maru, which is slightly closer to our control variety. In addition, it contains S and R, potassium, iron, phosphorus, glucose, sucrose, calcium and magnesium, which are useful for the human body.
Keywords: Palm "Fire-colored sun", Chinese peach, Fuyu and Tamopon, Zenji-marudan, Xiakumeni, S and R, potassium, iron, phosphorus, glucose, sucrose.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini to'g'risida qonuniga ko'ra keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo'jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi sub'ektlar o'rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-156-161
qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq ho'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Xurmo mevasi — subtropik o'simlik bo'lib, uning juda ko'p turlari bor. Xurmo yovvoyi holda Xitoyda o'sib, undan Yaponiya va MDH davlatlarga
keltirilgan. Gruziya, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirim va Qora dengiz qirg'oqlarida o'sadi. U barg to'kuvchi, 6-12 m baland o'suvchi, bir yoki ikki jinsli o'simlik. Gullari bir yillik novdalarda paydo bo'ladi.
Xurmo mevasi turiga va naviga qarab shakli, rangi va mazasini o'zgartiradi. Mevasi xo'lligida yeyiladi, kishi salomatligi uchun juda foydalidir.
Mevalari avval taxirrroq bo'lib, bir oz yetilib pishgandan keyin shirin bo'ladi. Urug'ini ekish va payvand qilish yo'li bilan ko'paytiriladi.
Ekilgandan so'ng 3-4 yilda hosilga kiradi. Subtropik o'simliklar ichida sovuqqa chidamli hisoblanadi. Ko'pchiligi chetdan changlanadi.
Mevasi bir yillik novdalarining uchida tugadi, noyabr oyida pishadi. Ko'pchilik navlarning mevasi terib olingandan keyin pishib yetiladi. Mevasi bog' qaychida qirqib olinib, keyin meva bandi bilan o'zib olinadi.
Xurmo ko'pda yer tanlamaydi, lekin unumdor tuproqli yerlarda yaxshi o'sib, mo'l hosil beradi. Xurmo mevasini ho'lligida va quritib iste'mol qilinadi.
Undan tashqari mevasi har xil murabbo kabi shirinliklar tayyorlashda ishlatiladi. Xurmo daraxtlari 18°S sovuqqa bardosh berishi mumkin. Sovuq 20°S yetganda uning bir yillik novdalari undan ham oshsa yer ustki qismi kuchli zararlanadi. Quruq havoga ancha chidamli, lekin tuproqda nam yetarlibo'lmaganda mevasini to'kib yuboradi. U yorug'sevar o'simlik. O'zbekiston sharoitida xurmozorlar barpo qilish ishlari fevral oyidan boshlandi.
Xurmozor asosan Toshkent viloyati va Surxondaryo viloyatida va Farg'ona vodiysida ko'proq tarqalgan. Lekin keying yillarda havaskorlar yordamida qishi sovuq bo'ladigan viloyat tomorqalarda ham ko'paytirishga kirishildi.
Xurmo quritish. Xurmo mamlakatimiz uchun nisbatan yangi o'simlik. Uning respublikamizda yetishtirila boshlaganiga uncha ko'p bo'lmaganligi sababli xurmo quritish yalpi rivojlanishga ulgurmagan. Xurmo mevalarini quritish ham istiqbolli soha hisoblanadi. Chunki xurmo mevalari tarkibida qand moddasining ko'pligi bilan mevali ekinlar orasida o'ziga xos o'ringa ega (Bo'riev X.CH, Rizaev R.M., 1996).
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-156-161
Quruq mahsulot tayyorlashning texnologik jarayonlari - uzish, tashish, saqlash, navlarga ajratish, yuvish, mevalarni kesish, dudlash, quritish, namini baravarlash, qutilarga joylab, saqlashga ko'yishdan iborat. Xurmo navlar Tamopan, Zenji-maru, Xiakume va Shing navlari qo'ritishga mos keladi.
Tadqiqotlar Toshkent Davlat Agrar Universitetining Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash kafedrasi laboratoriyasida 2 xil usulda olib borildi:
I .Butun holatda archilgan holatda quritish;
II. Parrak qilib kesib quritish;
Tadqiqot natijalari. Ushbu tajribamizda ham xurmo mevasini quritish uchun O'zbekiston respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo'jalik ekinlari davlat reestriga kiritilgan Zendji-maru, Xiakume, Tamopon boPshoy va introduktsiya qilingan Sheng, Fuyu, hamda Korolek xurmo navlaridan foydalanildi. Bu tanlangan navlarimiz asosan quruq moddasi 16% dan yuqori va mevasi qattiqligi jihatdan ajralib turadi. Tadqiqotimizda xurmoning Xiakume navi nazorat sifatida olindi.Tajribalar laboratoriya sharoitida elektr quritkichda o'tkazildi. Dastlabki variantimizda 6 ta xurmo navlarining mevalaridan quritish uchun 12 tadan 20 tagacha tanlab olindi va taroziga tortib o'lchab olindi. Har bir takroriylik uchun ham xuddi shunday tarzda xurmo mevalari ajratib olindi. Tajriba uchun ajratib olingan xurmo mevalari po'sti archilib alohida laboratoriya tarozisida tortib olindi. Keyingi bosqichda oldindan tayyorlab qo'yilgan patnislarga butunligicha terib chiqildi va infraqizil nur yordamidagi konvektiv quritishga 40-450S da quritish uchun joylashtirildi. Ushbu haroratda xurmo mevalari 12 soat davomida quritildi. Tajribadan olingan natijalar quyidagi jadvalimizda aks etgan(l-Jadval).
Xurmo mevasini butun holatda elektr quritkichda quritish natijalari.
1-Jadval
№ Xurmo navlari Quritishga qo'yilgan xurmolar soni, dona Quritishga qo'yilgan xurmo mevalarining og'irligi, gr Quritilgan mahsulot chiqish miqdori, gr Quritishga ketgan vaqt, soat
1 Xiakume (nazorat) 10 1720 450 24
2 Zendji-maru 17 1650 410 24
3 Tamopon boF shoy 12 1420 395 24
4 Sheng 12 1570 300 24
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-156-161
5 Fuyu 11 1250 360 24
6 Korolek 13 1412 330 24
Tadqiqot davomida barcha xurmo navlari quritilgan mahsulot chiqishi bo'yicha turli ko'rsatkichlarga ega bo'lishdi. Tajribada qatnashayotgan Fuyu va Tamopon boFshoy navlari standart navimiz Xiakume (nazorat)ni ortda qoldirib quritilgan mahsulot chiqishi bo'yicha 27,8 - 28,8 % ni tashkil qildi. Nazorat navimizda esa quritilgan mahsulot chiqish miqdori 26,1 % dan iborat bo'ldi. Tadqiqot davomida o'rganilgan boshqa navlar ichidan Zendji-marudan biroz nazorat navimizga yaqin ya'ni 24,8 % quritilgan maqsulot olishga erishildi. Quritilgan mahsulot chiqishi bo'yicha eng past natija Korolek - 19,1 % va Sheng - 23,3% navlarida kuzatildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tadqiqotimiz davomida xurmo mevasini quritishda ikkinchi variant ya'ni parrak qilib kesib elektr quritkich uskunasida quritish bo'yicha olib borilgan tajriba natijalariga ko'ra eng yaxshi quritilgan mahsulot chiqish miqdori bo'yicha Xiakume (nazorat) - 25,9 % va Zendji-maru - 25,0% navlarida kuzatildi. Keyingi o'rinlarni Korolek va Fuyu navlari egallab 24,0 % dan 24,4 % gacha quritilgan mahsulot olishga erishildi.
Xurmo mevasini parrak qilib kesib elektr quritkichda quritish natijalari.
2. Jadval.
№ Xurmo navlari Quritishga qo'yilgan xurmolar soni, dona Quritishga qo'yilgan xurmo mevalarining og'irligi, gr Quritilgan mahsulot chiqish miqdori, gr Quritishga ketgan vaqt, soat
1 Xiakume (nazorat) 10 1850 480 24
2 Zendji-maru 17 1600 400 24
3 Tamopon bol" shoy 10 3100 720 24
4 Sheng 13 1500 340 24
5 Fuyu 12 1250 300 24
6 Korolek 15 1310 320 24
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-156-161
Quritilgan mahsulot chiqish miqdori bo'yicha eng past ko'rsatkich Sheng va Tamopon boFshoy navlrida kuzatildi. Yuqoridagi olib borilgan tajribamizni fizik-kimyoviy ko'rsatkichlari shakar miqdori 20-22%, S vitamini - 15.39 mg /%, kaliy -100, natriy - 12,9, kaltsiy - 16,6, magniy - 9,3 va temir - 0,6. Shuni ham ta'kidlash kerakki, xurmo mevasi tarkibida yod miqdori yuqori - 0,63 mg%, tashkil etadi. Quritilgan xurmo tanovvul qilish oshqozon-ichak trakti, jigar faoliyati, ko'rish qobiliyatini yaxshilaydi, buyrakdagi toshlardan xalos etadi, yurak faoliyatini
mustahkamlaydi, gipertoniya va shishlarga qarshi, anemiya, yo'talga qarshi kurashadi va teri jinsiy bezlar faoliyatini tartibga soladi.
2-rasm Qo'ritish pichlarida olib borilgan tajriba.
Keyingi vaqtlarda xurmo mevalaridan sukat, ya'ni dastlab shakarlab, so'ngra quritilgan mevalar ishlab chiqarish keng urf bo'lmoqda. Buning uchun xurmo mevalari yuqoridagi singari terib olinadi, dastlabki ishlov beriladi, yuviladi va to'g'raladi. So'ngra to'g'ralgan mevalar 15-20 foizli shakarli suvda 20-25 daqiqa qaynatib olinadi va oftobda 5-6 kun quritiladi.
Bunday mevalar o'zining shirin va xush ta'mi bilan alohida ajralib turadi. Quritilgan xurmo mevalari boshqa barcha quritilgan mevalar singari salqin omborlarda maxsus karton qutilar yoki kraft qoplarga joylanib, sovutiladigan omborlarda 0-5 daraja haroratda va havoning nisbiy namligi 65 foizdan yuqori bo'lmagan o'y sharoitlarda saqlanadi (Trisvyatskiy L. A, Lesik B. V, Kurtina V. N. 1991).
XULOSA
O'tkazilgan ikki yillik tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-156-161
kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, tajriba o'tkazilgan ikki yil davomida xurmo mevasin elektr quritkich uskunasida butun holatda quritish bo'yicha o'tkazilgan tajribada Fuyu va Tamopon boPshoy navlari standart navimiz Xiakume (nazorat)ni ortda qoldirib quritilgan mahsulot chiqishi bo'yicha 27,8 - 28,8 % ni tashkil qildi.
Tadqiqotimiznig ikkinchi variantida ikki yillik tajribalarimizda ya'ni xurmo mevasini elektr quritkich uskunasida parrak qilib quritish bo'yicha o'tkazilgan tajribada eng yaxshi quritilgan mahsulot chiqish miqdori bo'yicha Xiakume (nazorat) - 25,9 % va Zendji-maru - 25,0% navlarida kuzatildi.
REFERENCES
1. Buriev X., Rizaev R. Meva-uzum mahsulotlari biokimyosi va texnologiyasi. T.: «Mexnat», 1996.
2. Buriev X., Juraev R., Alimov O. Meva-sabzavotlarni saklash va ularga dastlabki ishlov berish. T.: «Mexnat», 2002.
3. Oripov R.O. va bosh. Kishlok xujaligi mahsulotlarini saklash va kayta ishlash texnologiyasi. T.: «Mexnat», 1991.
4. Ostonakulov T.E., Narzieva S.X. Mevachilik asoslari. Ukuv kullanma. T.: 2010.
5. Buznashvidi P.SH., Ustinnikov V.D., Stepanov V.N. Ekstrudirovannie produkti Pishevaya promishlennosf. 1990. ? 2. S.41.
6. Burtsev A.V. Sovershenstvovanie texnologii ekstrudirovannix produktov na osnove rostitePnogo i jivotnogo sirya. Avtoref. Diss. Kand. Texn. Nauk. -Krasnodar: KubGTU, 2003. - 24s.
7. Vasilenko V.N. Razrabotka i nauchnoe obosnovanie sposoba polucheniya ekstrudiprovannix goroxovix palochek s belkovoy dobavkoy. Avtogref Diss. Kand. Texn. Nauk. - Voronej: VGTA . 2003. - 17s.