Научная статья на тему 'MEVA BOG’I BARPO QILISH VA MEVA DARAXTLARINI O`TKAZISH'

MEVA BOG’I BARPO QILISH VA MEVA DARAXTLARINI O`TKAZISH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
5183
264
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
meva turlari / bog’dorchilik / anjir / anor / xurmo / uzum / daraxt turi va navi / kvartallar / ko’chat ildizi. / fruit species / horticulture / figs / pomegranates / dates / grapes / tree species and varieties / quarters / seedling roots.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Nigora Farhod Qizi Umirzoqova

Ushbu maqolada bog’dorchilik, bog’ barpo etish, ertapishar va serhosil navlarni tanlash, bog’ barpo qilish uchun joy tanlash xususida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATION OF ORCHARDS AND TRANSFER OF FRUIT TREES

This article deals with horticulture, gardening, selection of early and high-yielding varieties, selection of places for gardening.

Текст научной работы на тему «MEVA BOG’I BARPO QILISH VA MEVA DARAXTLARINI O`TKAZISH»

MEVA BOG'I BARPO QILISH VA MEVA DARAXTLARINI OTKAZISH

Nigora Farhod qizi Umirzoqova

Toshkent davlat agrar universiteti "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik" fakulteti 2-kurs

talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bog'dorchilik, bog' barpo etish, ertapishar va serhosil navlarni tanlash, bog' barpo qilish uchun joy tanlash xususida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: meva turlari, bog'dorchilik, anjir, anor, xurmo, uzum, daraxt turi va navi, kvartallar, ko'chat ildizi.

ORGANIZATION OF ORCHARDS AND TRANSFER OF FRUIT TREES

Nigora Farhod kizi Umirzakova

Tashkent State Agrarian University "Fruit and vegetable growing and viticulture"

faculty 2nd year student

ABSTRACT

This article deals with horticulture, gardening, selection of early and high-yielding varieties, selection of places for gardening.

Keywords: fruit species, horticulture, figs, pomegranates, dates, grapes, tree species and varieties, quarters, seedling roots.

KIRISH

Bog' uchun joy tanlashda iqlim sharoitlari, ayniqsa temperatura faktori hal qiluvchi ahamiyatga ega. O'zbekistonda o'stiriladigan meva turlari respublikaning deyarli barcha tumanlarida o'sadi va hosil beradi.

O'zbekiston vodiylaridagi tumanlarda bog' uchun joy ajratishda qancha yog'in yogishi aytarli ahamiyatga ega emas, chunki bog'lar sun'iy yo'l bilan sug'oriladi.

Bog' uchun joy tanlashda joyning past-balandligi muhim ahamiyatga ega, chunki u bog'ning ayrim uchastkalarida mikroiqlim hosil qiladi. Sug'oriladigan tekis yerlarda, har 1000 m.da ko'pi bilan 4-8 m nishab bo'lgan uchastkalarni tanlash tavsiya qilinadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekistonda shimoliy va g'arbiy tog' yon bagirlar bog' barpo qilish uchun eng qulay joylardir. Sharqiy va janubiy yonbag'irlar bog' barpo qilish uchun yaroqli bo'lmaydi. Bunday yon bag'irlarini, odatda, anjir, anor, xurmo, unabi va boshqa issiqsevar hamda qurg'oqchilikka chidamli turlar egallaydi.

Tuproq va tuproq osti. O'zbekiston tuprog'ining ko'pchilik qismi bog' barpo qilish uchun yaroqlidir. Tuproqning bog' barpo qilishga yaroqliligini meva o'simliklarining yo'ldoshlariga ham qarab aniqlanadi. Masalan, yong'oq, qayrag'och, terak, shumtol, akatsiya, dub, tol va boshqalar yaxshi o'sgan yerlarda bog'lar barpo qilish mumkin.

Ko'pchilik meva turlari xaydalma qatlami o'rtacha va yengil qumoq tuproq bo'lgan madaniylashgan bo'z tuproqlarda eng yaxshi hosil beradi.

Ildizlari chuqur joylashadigan meva turlari (olma, nok, gilos va boshqalar) tuproq gorizonti kamida 2,0-2,5 m bo'lgan, danak meva turlari esa (o'rik, shaftoli, bodom va boshqalar) tuproq gorizonti kamida 1,0-1,5 m bo'lganida yaxshi o'sib mo'l hosil beradi.

Sizot suvlar. Sizot suvi yuza joylashgan yerlar meva o'simliklari, ayniqsa, chuqur ildiz otadigan daraxtlar uchun deyarli qulay emas. Bog' barpo qilish uchun sizot suvlar yer satxidan kamida 2,0-2,5 m, ayrim meva turlari (olxo'ri, olcha, paradizkaga payvand qilingan olma, jiyda) uchun esa 1-1,5 m, sho'r tuproqlarda 2,5-3,0 m chuqurda joylashgan uchastkalar ajratiladi. Dengiz satxidan 1000-1500 m balandlikdagi tog'oldi va tog'li zonadagina sun'iy sug'orilmaydigan bog'lar barpo qilish mumkin.

2.Bog' maydonini tashkil qilish. Ixtisoslashtirilmagan xo'jaliklarda sanoat miqyosidagi bog'lar, odatda 25-30 ga dan kam bo'lmasligi kerak.

Ixtisoslashtirilgan bog'dorchilik xo'jaliklarda meva bog'lar o'rtacha 2 ming gektarga, umumiy yer maydoni esa 2,5-3,0 ming gektarga yaqin bo'lishi kerak.

Bog' uchun uchastka ajratilgandan keyin uning territoriyasi rasmiylashtiriladi: bog' chegarasi belgilanadi, uy-joy va ishlab chiqarish binolari qurish belgilanadi, ariq va zovur (tashlama)lar, yo'llar, ixota daraxtlar loyixasi tuziladi. Katta maydonlar 25-30 ga, kichikroq bog'larda esa 10-15 gektarli kvartallarga ajratiladi. Kvartallarning chegaralari magistral (katta) yo'llar, kanallar, ixota daraxtzorlarga to'g'rilanadi. Odatda, har kvartalda 2-3 muddatda pishadigan bir xil meva navi o'tkaziladi. Ko'p mehnat talab qiladigan, tez buziladigan va uzoq joylarga yuborishga unchalik chidamli bo' lmagan meva turlari (qulupnay, anjir va boshqalar) aholi yashaydigan joylarga yaqin o'tkazilishi kerak.

MUHOKAMA

Kvartallar eni 10-12 m.li yo'llar bilan bir-biridan ajratiladi, ular magistral yo'l bilan bog'langan bo'ladi.

Kvartallar ichidagi yo'llarning eni 8-10 m bo'ladi.

3.Tur va navlarni tanlash. Har bir mevali daraxt tur va navi tuproq iqlimga nisbatan o'ziga xos talabchan bo'ladi. Ana shu talablarga muvofiq O'zbekiston territoriyasi tabiiy va iqlim sharoitiga qarab 26 mintaqa va 4 ta kichik mintaqaga ajratilgan. Ularning har birida meva turlari va navlar foiz hisobidagi nisbatda ko'paytiriladi. Ishlab chiqarish tajribasi va ilmiy tekshirish muassasalari ma'lumotlariga

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

qarab har bir mintaqa uchun foiz hisobida tur va navlar tumanlashtirilgan. Har bir mevachilik mintaqasi uchun tanlangan tur va navlar standart sortiment deb ataladi va bog' barpo qilishda mana shu standart sortimentlarga rioya qilinadi (bu tuman qishloq xo'jalik boshqarmalarida bo'ladi).

Bog'da tur va navlarni joylashtirish. Har bir tur va hatto har bir navning tashqi muhitga bo'lgan talabi turlicha bo'ladi. Shu sababli ularni parvarish qilish agrotexnikasi tabaqalashtirilgan bo'lishi lozim. Bunga erishish uchun turlar alohida-alohida uchastkalarga va hatto kvartallarga, navlar esa alohida qatorlarga o'tkazilishi kerak.

NATIJA

Navlar shunday tanlanishi lozimki, ular o'zaro changlanib, butun vegetatsiya davri davomida bog'dan bir me'yorda hosil chikib tursin. Bog'dagi asosiy urug'lilar 3-5 navdan, danaklilar 3-4, boshqalari 2-3 navdan iborat bo'lib, ular har xil muddatlarda pishadigan bo'lishi lozim. O'z-o'zidan changlanadigan navlar ham chetdan changlanganda mo'l va sifatli hosil beradi, ularning to'la changlanishi uchun har 10-12 asosiy qatordan keyin 1-2 qator 2-3 xil changlovchi nav o'tkaziladi.

4. Bog'da meva daraxtlarini joylashtirish usuli. Meva daraxtlarini bog'da joylashtirishda ularning o'sishi va hosil berishiga zarar yetkazmagan holda o'simliklarning oziqlanish maydonidan imkoni boricha to'laroq foydalanish ko'zda tutiladi.

Tekislik zonada meva daraxtlari kvadrat, to'g'ri burchak va shaxmat usulida joylashtiriladi.

Kvadrat usuli juda ko'p qo'llaniladi. Bunda qator orasi va qatorlardagi tuplar orasi teng bo'ladi.

To'g'ri burchak usulida qatorlar orasi qatorlardagi daraxtlar orasiga nisbatan birmuncha (2-3 m) kengroq qoldiriladi. Okibatda 1 ga yerga kvadrat usulidagiga qaraganda ko'proq daraxt o'tkaziladi.

Daraxtlarni shaxmat (uchburchak) usulida joylashtirish. Bu usulda daraxtlar uchburchak yoki oltiburchak tepalariga o'tkaziladi. Bunda bir gektar yerga kvadrat va to'g'ri burchak usulda joylashtirilgandagiga qaraganda ko'proq daraxt o'tkazish mumkin, lekin bog' ishlarini mexanizatsiyalashtirish qiyinlashadi. Sanoat asosida barpo qilingan bog'larda bu usul istiqbolsizdir.

Qo'sh qatorlab ekish usulini professor P.G.Shitt iqlimi kontinental tumanlarda o'tkaziladigan daraxtlar uchun tavsiya etadi.

Ko'chatlarni uyalarga o'tkazish usuli. O'rta Osiyo chala cho'llarida qo'llaniladi.

Meva daraxtlarini o'tkazish qalinligi. Meva daraxtlari shunday qalinlikda o'tkazilishi kerak, bunda ularning maksimal darajada yuqori hosil berishi, mevalarning sifati yaxshi bo'lishi, shuningdek shamol, garmselga va sovuq hamda qora sovuqlarga

chidamli bo'lishi, tuproqni ishlash va daraxtlarni parvarish qilish ishlarini mexanizatsiyalashtirish imkoni yaratilishi ta'minlansin.

Yerni ko'chat o'tkazishga tayyorlash. Bog' barpo qilishdan oldin yer ko'chat o'tkazishga sifatli tayyorlangandagina o'simliklar sog'lom va baquvvat rivojlanishi mumkin. Yerni ekishga tayyorlash - uni tekislash, haydash, o'g'itlash va boshqalardan iborat.

5. Bog' uchastkasini rejalash. Katta maydonlarda bog' barpo qilishda ayrim kvartallarning katta-kichikligi, ularning qanday joylashishi, tegishli binolarning o'rni va ularga boradigan yo'llar belgilab qo'yiladi.

Har bir kvartal burchaklariga kvartal nomi yozilgan stolbalar ko'miladi. Daraxt qatorlari suv yaxshi yuradigan eng qulay nishab bo'ylab olinadi. qator iloji boricha sharqdan g'arbga qarab, doimiy shamollar bo'lib turadigan tumanlarda esa shamol esadigan tomonga qaratib olingani ma'qul. Ixota daraxtlar esa shamolga perpendikulyar o'tkazilishi kerak. Bog' maydondan asosiy ariqqa yoki magistral yo'lga qaratib rejalanadi.

Rejalash uchun: yer o'lchaydigan lenta yoki ruletka, kamida 110 m uzunlikdagi 2 ta tros, uzunligi 3 m gacha diametri 5-8 sm li 15-20 ta yog'och qoziqlar, trosni tortish uchun uzunligi 1 m gacha, diametri 2-3 sm keladigan 2 ta temir qoziq, har 5-10 gektar yerga ko'chat o'tkazish hisobidan uzunligi 1 m keladigan 400 ta qoziqcha va uzunligi 24 m li 2 ta chizimcha zarur.

Chuqurlar kovlash. Kuzda chuqurlar ko'chat o'tkazishdan ikki xafta ilgari, bahorda o'tkazilganda esa kuzda kovlab qo'yiladi. Sug'oriladigan bo'z tuproqli yerlarda ularning kengligi 60-75 sm va chuqurligi 60-70 sm qilinadi: kam unumli shag'al toshli tuproqlarda chuqurlarning eni 1,5 m ga yetkaziladi.

Chuqur kovlanganda daraxt o'tkaziladigan nuqtani yo'qotib qo'ymaslik va to'g'ri chiziq bo'ylab o'tkazishni buzmaslik uchun uzunligi 1,5-2 m, ekish taxtasidan foydalaniladi.

XULOSA

Ko'chat o'tkazish muddatlari. Mahalliy iqlim sharoiti va tashkiliy ishlarga qarab meva daraxtlari odatda kuzda yoki bahorda o'tkaziladi. Kuzgi daraxt o'tkazish xazonrezgilikdan keyin noyabr boshlarida boshlanib, qora sovuqlar tushgunga qadar davom etadi. Bahorda esa ko'chatlar kurtak yozgunga qadar, tuproqning holatiga qarab, ya'ni janubiy tumanlarda 20-25 martgacha, shimoliy tumanlarda 10-15 aprelgacha o'tkazish mumkin.

Ko'chat o'tkazish texnikasi. Ko'chat o'tkazish oldidan chuqurga tuproq t ashlanib do'ngcha hosil qilinadi. Ko'chat o'tkazish taxtasini kontrol qoziqlarga kiritiladi, taxtaning o'rtasidagi o'yiqqa ko'chat qo'yiladi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

Ko'chatni ikki ishchi o'tkazadi. Bin ko'chatni olib, ildizlarini tuproq uyumi ustiga tarab qo'yadi. Ikkinchi ishchi chuqur atrofiga bir tekis qilib yumshoq tuproq tashlaydi.

Ko'chat o'tkazilganida ildiz bug'zi og'ir tuproqli uchastkalarda yer yuzidan 5-6 sm, yengil tuproqli uchastkalarda esa 4-5 sm yuqori qilib ko'milshi lozim. Ko'chat o'tkazilgandan keyin ketma-ket sug'oriladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Oliy majlis qonunlar tuplami.1,2 qism 1998.

2. A.A.Ro'bakov,S.A.Ostrouxova - «O'bekiston mevachiligi» T.: «O'qituvchi», 1981.

3. A.A.Ro'bakov, S.A.Ostrouxova - «Plodovodstvo O'zbekistana». T.: «O' qituvchi» ,1972.

4. V.A.Kolesnikov - «Plodovodstvo» M.: «Kolos» 1985.

5. V.A.Kolesnikov - «Praktikum po plodovodstvu» M.: « Kolos» 1971.

6. A.G.Martinenko - «Praktikum po plodovodstvu» T.: «Matbuot», 1982.

7. M.M.Mirzaev, M.K.Sobirov - «Bog'dorchilik» T.: «Mehnat» 1987.

8. V.M.Kurennoy, V.F.Koltunov - «Plodovodstvo» M.: «Agropromizdat» 1985.

9. O.K.Afanasev - «Intensivnoe sadovodstvo» T.: «O'qituvchi» 1975.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.