Научная статья на тему 'MEVACHILIK VA UZUMCHILIKNI XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI'

MEVACHILIK VA UZUMCHILIKNI XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
4493
196
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
uzumchilik / meva / rezavor meva / tok o’simliklari / fan-texnika yutuqlari / zararli hashoratlar / vitaminlar / organik kislota / mineral moddalar. / viticulture / fruit / berries / vines / scientific and technical achievements / pests / vitamins / organic acids / minerals.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Nigora Farhod Qizi Umirzoqova

Mevachilik qishloq xoʻjaligi ning meva, uzum va rezavor mevalarni yetishtiradigan muhim sohasi. Aholining meva va meva mahsulotlariga, sanoatning meva xom ashyosiga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF FRUIT AND VITICULTURE IN THE NATIONAL ECONOMY

Fruit growing is an important branch of agriculture that grows fruits, grapes and berries. It serves to meet the needs of the population in fruits and berry products, and in the raw materials of the fruit industry.

Текст научной работы на тему «MEVACHILIK VA UZUMCHILIKNI XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

MEVACHILIK VA UZUMCHILIKNI XALQ XO'JALIGIDAGI AHAMIYATI

Nigora Farhod qizi Umirzoqova

Toshkent davlat agrar universiteti "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik" fakulteti 2-kurs

talabasi

ANNOTATSIYA

Mevachilik qishloq xo'jaligi ning meva, uzum va rezavor mevalami yetishtiradigan muhim sohasi. Aholining meva va meva mahsulotlariga, sanoatning meva xom ashyosiga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: uzumchilik, meva, rezavor meva, tok o'simliklari, fan-texnika yutuqlari, zararli hashoratlar, vitaminlar, organik kislota, mineral moddalar.

THE IMPORTANCE OF FRUIT AND VITICULTURE IN THE NATIONAL

ECONOMY

Nigora Farhod kizi Umirzakova

Tashkent State Agrarian University "Fruit and vegetable growing and viticulture"

faculty 2nd year student

ABSTRACT

Fruit growing is an important branch of agriculture that grows fruits, grapes and berries. It serves to meet the needs of the population in fruits and berry products, and in the raw materials of the fruit industry.

Keywords: viticulture, fruit, berries, vines, scientific and technical achievements, pests, vitamins, organic acids, minerals.

KIRISH

Mevachilik va uzumchilik fanini o'qitishdan maqsad -meva, rezavor meva, tok o'simliklari o'sish-rivojlanish xususiyatlarini, ularning hayotidagi mavjud qonuniyatlarni, o'sish rivojlanish va mahsuldorligiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni o'rganish. Shu bilimlar asosida mazkur o'simliklar hayotidagi qonuniyatlardan kelib chiqib ekin o'stirilayotgan joyning turli tomonlarini hisobga olib sifatli va mo'l hosil yetishtirish borasidagi eng so'nggi fan-texnika yutuqlari bilan tanishtirish.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shuningdek sohani fan sifatida hamda qishloq xo'jaligining muhim bir tarmog'i sifatida shakllanish tarixi, hozirgi ahvoli va istiqbolda rivojlanish yo'llari bilan talabalarni tanishtirishdan iboratdir.

Mevachilik va uzumchilik fanining vazifalariga qo'yidagilar kiradi:

• meva, rezavor meva, tok o'simliklarini marfo - biologik xususiyatlarini;

• ularning o'sishi, rivojlanishi va mahsldorligidagi mavjud qonuniyatlarni;

• o'simliklarga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni guruhlari, turlari va ularning o'simliklar xayotidagi axamiyatini o'rgatadi;

• mazkur o'simliklarni jahon bo'ylab, Respublikamiz, xususan Farg'ona vodiysi sharoitida samarali hisoblangan va keng tarqalgan turlari, ularning navlari bilan tanishtirish;

• Meva, rezavor meva, tok o'simliklarini ko'paytirish xususiyatlari, meva bog'i va tokzor barpo qilish ko'chatlarini yetishtirish agrotexnologiyasini o'rganish.

Meva, rezavor meva, tok o'simliklaridan mo'l va yuqori sifatli, noan'anaviy turlarni Respublikamiz, xususan Farg'ona vodiysi viloyatlari sharoitlariga moslashtirishda, shuningdek sovuqqa, saqlashga, tashishga, kasallik va zararli hashoratlarga chidamli yangi navlarni yaratishda, ilg'or sohibkor bog'bonlar va ilmiy tadqiqot muassasalarining o'rni xaqida malumotlar berishdan iboratdir.

Meva rezevor-meva o'simliklari deb - sersuv, sershira, vitaminlar va organik kislota, mineral moddalar hamda odam organizmi uchun foydali bo'lgan turli xil birikmalarga boy mevalari shuningdek urug' (mag'iz)lari, yangiligicha va qayta ishlangan (birlamchi, dastlabki, chuqur) holda iste'molga ishlatiladigan ko'p yillik o'simliklarga aytiladi.

Meva, rezavor meva, tok o'simliklari juda xilma-xil bo'lib, yer yuzida 200 dan ziyodroq turi mavjud va 10 mingdan ko'proq navi ekiladi. Bular o'zlarining yer ustki qismining tuzilishiga yashash davri davomiyligiga ko'ra daraxtlar, butalar, chala butalar va o'tsimon o'simliklar guruhiga, ishlab chiqarish belgilari va biologik xususiyatlariga ko'ra urug'li mevalar, danakli mevalar, yong'oq mevalilar, subtropik va sitrus mevalar, rezavor mevalar guruhiga; gulining tuzilishiga ko'ra guli bir uyli ikki jinsli, guli bir uyli ayrim jinsli , guli ikki uyli, ayrim jinsli o'simliklar guruhlariga bo'lib o'rganiladi.

MUHOKAMA

Meva, rezavor meva, tok o'simliklari hamda ularning ahamiyati katta, chunki mazkur o'simliklar halqimizni qadim zamonlardan beri asosiy oziq ovqat manbai bo'lib hisoblanadi.

Meva, rezavor meva, tok o'simliklari mahsulotlari tarkibida odam organizmini me'yorida faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan uglevodlar ya'ni fruktoza, saxaroza va glyukoza shakllidagi qandlar, turli xildagi organik kislotalar, oqsillar, moddalar, pektinlar, moylar, oshlovchi, ta'm beruvchi aramotik birikmalar, ma'dan tuzlar, fermentlar, vitaminlar va boshqa zarur elementlar bor. Mazkur moddalar meva, rezavor meva, uzum tarkibida shunday tartibdaki, ularni organizm oson o'zlashtiradi,

shuningdek ular bir-biri bilan shunday munosabatda va mutanosib miqdorda bo'lib, ular organizmni tetiklashtirib, unga tez ta'sir ko'rsata oladigan holatda bo'ladi. Bundan tashqari mazkur mahsulotlar tarkibidagi zaruriy modda va birikmalarning o'rnini boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagilari bilan qoplash yoki almashtirish mumkin emas.

Shu ma'noda meva, rezavor meva, uzum mahsulotlari oziq mahsuloti sifatida g'oyat qadrlidir.

NATIJA

Shuningdek Markaziy Osiyo, Respublikamiz va Farg'ona vodiysi viloyatlari sharoitlarida yetishtirilgan meva, uzum mahsulotlarini dastlabki va chuqur qayta ishlash natijasida olingan quritilgan, konservalangan yoki kopsentrat mahsulotlari o'zining sershilaligi, xushta'mligi va etdorigi bilan qadim zamonlarda ham hozirgi paytda ham qardosh, qo'shni va hamkor millatlaru davlatlarning e'tiboriga tushgan. Shuningdek boshqa halqlarning e'tiborini tortgan narsa shuki Respublikamiz sharoitida yetishtirilgan mahsulotlar ularga nisbatan ertaroq pishib yetilishi, saqlashga va tashishga chidamli navlarining mavjudligidir.

Bularning barchasi meva, rezavor meva uzumlarning tovar sifatidagi ahamiyatini belgilaydi.

Meva, rezavor meva, uzumning ayrim turlari urug'laridan oziq-ovqat va texnik maqsadlarda foydalanish uchun grek yong'og'i, bodom, o'rik, shaftoli, uzum urug'laridan moy olishda; grek yong'og'i , anor, tut daraxtlari po'stlog'i, bargi, meva po'stidan tanin ishlab chiqarishda, shuningdek qimmatli bo'yoqlar olishda; anor, xondon pista, o'rik danagidan tush olishda yong'oq mag'zi qobig'i yog'ochligidan faollashtirilgan ko'mir, tayyorlashda keng foydalaniladi.

Ayrim meva daraxtlari yog'ochi mebel ishlab chiqarishda qimmatbaho ashyo hisoblanadi (o'rik. nok, xurmo daraxtlari yog'ochi).

Meva, rezavor meva, tok o'simliklarining sanitar-gigiena nuqtayi nazardan ham ahamiyati katta. Chunki 1 ga bog'dagi o'simliklar yozda 200 kishi nafas olib chiqarishi mumkin bo'lgan 8 kg karbanat angidirid gazini yutadi. Katta yoshdagi 1 tup daraxt bir kunda 2 kg atrofida kislorod ajratib chiqaradi. Yozning issiq kunlarida daraxtlar ostida havodagi changlar miqdori, ochiq joy havosidagi changlarga nisbatan o'rtacha 40% ga, qish kunlarida esa 35-37% ga kam bo'ladi. Yozning jazirama issiq kunlarida bog'larning soya-salqinida havoning nisbiy namligi, o'simliklardagi transpiratsiya tufayli 30-40% ga yuqori bo'lsa havo harorati 6-10 0S ga past bo'ladi. Shuningdek daraxtlar va butalar shahar sharoitida shovqin-suronni 26 % ini yutsa, 74% ini qaytarib kishilar asab tizimiga tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatishi olimlar tomonidan isbotlangan.

O'zbekiston viloyatlarida mevali o'simliklarni tarqalgan zonalari va ularga qisqacha tavsifnoma berish. O'zbekistonda bog'lar maydoni 1998-1999 yilda 227 ming

gektarni tashkil etadi. Bog'lar asosan quyidagi oblastlarda joylashgan: Toshkent viloyatida 34,7 ming., Farg'ona viloyatida 32,9 ming., Namangan viloyatida 30,3 ming., Andijon viloyatida 27,3 ming., Samarqand viloyatida 21,0 ming., Buxoro viloyatida 10,4 ming., Qashqadaryo viloyatida 17,8 ming., Jizzax viloyatida 11,7 ming., Surxondaryo viloyatida 12,0 ming., Xorazm viloyatida 13,6 ming., Qoraqalpog'iston Respublikasida 5,1 ming. bog'lar bor.

Toshkent viloyatida asosan urug'li mevalar, Farg'ona vohasida o'rikning yaxshi navlari, Surxondaryo va Farg'ona vohasida anor, anjir, xurmo va chilonjiyda kabi issiqsevar mevalar ko'p ekilgan. Sug'oriladigan barcha zonalarda yangi bog'larni ham rivojlantirish rejalashtirilgan. Bog'dorchilikni rivojlantirish uchun Qarshida, Amudaryo vohasida va Mirzacho'l zonalarida katta imkoniyatlar bor. respublikamizning tog'li rayonlarida ham bog'dorchilikni rivojlantirish imkoniyatlari katta. Agar bog'dorchilik uchun yaxshi zonalar tanlanib, yerlar agrotexnika qoidalariga muvofiq ishlansa, bu yerlardan yuqori hosil olish mumkin.

Hozirgi paytda respublikamizda Uzmevasabzavot - Xolding kompaniyasi tuzildi, 27 firma uning safiga kirdi, 89 ta xo'jaliklar Xolding kompaniyasi qayta ishlash korxonalarini xom ashyo bilan ta'minlab kelmoqda. Keyingi yillarda bog'dorchilikda urug'li meva daraxtlari ko'proq ekilishi natijasida danakli mevazorlar maydoni oldingi yillarga nisbatan bir muncha o'zgardi. Hozirgi paytda danakli meva bog'larni ularni ko'chatini ko'paytirish borasida katta ishlar olib borilmoqda. Respublikada yetishtirilayotgan ho'l mevaning 69,7% ist'emol qilinadi, 6,8% dan konserva, 4,4% quritiladi, 4,4% respublikadan tashqariga realizatsiya qilinadi, qolgan qismidan har xil ichimliklar tayyorlanadi

4. Mevachilikni rivojlantirishda ilmiy-tekshirish muassasalarini roli. O'zbekistonda bog'dorchilikni rivojlantirishga 1855 yilda tashkil etilgan. Rossiya bog'dorchilik filiali katta ijobiy ta'sir ko'rsatdi. 1889 yilda Turkiston qishloq xo'jalik akademiyasi tashkil etildi va bunga ko'p yillar mobaynida bog'dorchilikni rivojlantirishga katta hissa qo'shgan ko'zga ko'ringan yirik olim, akademik Rixard Rixardovich Shreder rais qilib saylandi. 1917 yillarga kelganda hozirgi O'zbekiston xududida bor yo'g'i 22 ming gektarga yaqin bog'lar mavjud edi.

XULOSA

Respublikamizda mevachilikni yanada rivojlantirishda ilmiy muassasalar va o'quv yurtlari: akademik R.R.Shreder nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ishlab chiqarish birlashmasi, uning filiallari: O'zbekiston O'simlikshunoslik instituti (VIR) ning O'rta Osiyo bo'limi: Toshkent, Samarqand qishloq xo'jalik institutlarining mevachilik va uzumchilik kafedralari katta yordam bermoqda.

Lekin shuni aytish kerakki, hozirgi paytda yetishtirilayotgan bog'dorchilik mahsulotlari aholini o'sib borayotgan talabini qondira olmayapti. Madomiki shunday

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

ekan, endigi vazifa fan yutuqlari va ilg'or tajribalami ishlab chiqarishga keng joriy qilish bilan yaqin yillar ichida mavjud mevali bog'lar hosilini gektar boshiga kamida 100-120 s.ga yetkazish kerak.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Oliy majlis qonunlar tuplami.1,2 qism 1998.

2. A.A.Ro'bakov,S.A.Ostrouxova - «O'bekiston mevachiligi» T.: «O'qituvchi», 1981.

3. A.A.Ro'bakov, S.A.Ostrouxova - «Plodovodstvo O'zbekistana». T.: « O' qituvchi» ,1972.

4. V.A.Kolesnikov - «Plodovodstvo» M.: «Kolos» 1985.

5. V.A.Kolesnikov - «Praktikum po plodovodstvu» M.: « Kolos» 1971.

6. A.G.Martinenko - «Praktikum po plodovodstvu» T.: «Matbuot», 1982.

7. M.M.Mirzaev, M.K.Sobirov - «Bog'dorchilik» T.: «Mehnat» 1987.

8. V.M.Kurennoy, V.F.Koltunov - «Plodovodstvo» M.: «Agropromizdat» 1985.

9. O.K.Afanasev - «Intensivnoe sadovodstvo» T.: «O'qituvchi» 1975.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.