Научная статья на тему 'ANORNING XUSUSIYATLARI, NAVLARI HAMDA PARVARISHLASH'

ANORNING XUSUSIYATLARI, NAVLARI HAMDA PARVARISHLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1248
92
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qizil anor / achchiq dona / qozoqi anor / tuyatish / ulfi / desertnuy / payvand / qalamcha / ko’chat. / Red pomegranate / Bitter pomegranate / Kazakh pomegranate / Tuyatish / Ulfi / Desertnuy / graft / cuttings / seedlings.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Charos Anvarbek Qizi Anvarbekova

Yovvoyi anor mevalaridan limon kislotasi olinadi. Anor daraxtiga o’rgimchakkana zararkunandasi tushadi. Anor ko’chatlari bir-biridan 4 x 2 m oraliqda, lalmikor yerlarda o’stirilganda esa 5 x 4 m oralatib o’tqaziladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FEATURES, VARIETIES AND CARE OF POMEGRANATES

Citric acid is extracted from wild pomegranate fruits. A spider pest lands on a pomegranate tree. Pomegranate seedlings are planted at a distance of 4 x 2 m from each other, and when grown on arable land at a distance of 5 x 4 m.

Текст научной работы на тему «ANORNING XUSUSIYATLARI, NAVLARI HAMDA PARVARISHLASH»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021 ISSN: 2181-1601

ANORNING XUSUSIYATLARI, NAVLARI HAMDA PARVARISHLASH

Charos Anvarbek qizi Anvarbekova

Toshkent davlat agrar universiteti 3-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Yovvoyi anor mevalaridan limon kislotasi olinadi. Anor daraxtiga o'rgimchakkana zararkunandasi tushadi. Anor ko'chatlari bir-biridan 4 x 2 m oraliqda, lalmikor yerlarda o'stirilganda esa 5 x 4 m oralatib o'tqaziladi.

Kalit so'zlar: Qizil anor, achchiq dona, qozoqi anor, tuyatish, ulfi, desertnuy, payvand, qalamcha, ko'chat.

FEATURES, VARIETIES AND CARE OF POMEGRANATES

Charos Anvarbek kizi Anvarbekova

rc\

Tashkent State Agrarian University 3rd year student ABSTRACT

Citric acid is extracted from wild pomegranate fruits. A spider pest lands on a pomegranate tree. Pomegranate seedlings are planted at a distance of 4 x 2 m from each other, and when grown on arable land at a distance of 5 x 4 m.

Keywords: Red pomegranate, Bitter pomegranate, Kazakh pomegranate, Tuyatish, Ulfi, Desertnuy, graft, cuttings, seedlings.

Anorning ahamiyati:Anor mevasi tarkibida 8-21 % gacha shakar, 0,5-5 % gacha turli kislotalar, 6 mg % gacha S vitamini bor.Anor mevasi tarkibidagi kislota miqdori bo'yicha quyidagi uch guruhga:

- 0,9 % gacha bo'lsa - shirin;

- 0,9-1,8 % gacha yarimshirin;

- 1,8 % dan ortiq bo'lsa achchiq anorga bo'ladi. Anordan konditer sanoatida va tibbiyotda foydalaniladi. Anor po„chog„ida, shox-shabbasida va ildizida oshlovchi (32%) va bo„yoq moddalari ko'p bo'lganligidan oshlovchi modda sifatida kalava ip,gazlamalami bo'yashda hamda siyoh tayyorlashda ishlatiladi.Yovvoyi anor mevalaridan limon kislotasi olinadi (tarkibida 4-9 % gacha bo'ladi). Urug'i tarkibida 12-17 % oziq-ovqatda ishlatiladigan moy olinadi. Ingichka novdalaridan pishiq savatlar to'qiladi.Anor suvi tarkibida tannidlar va temir moddasi ko'pligi tufayli undan ateroskleroz va boshqa kasalliklami,po'chog'i va ildizi qaynatmasidan esa oshqozon-ichak, yurak-tomir,angina,astma, tutqanoq kabi kasalliklami davolashda foydalaniladi.Anor suvi ishtahani ochadi, undan xushxo'r ichimlik tayyorlanadi.Guli

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021 ISSN: 2181-1601

juda chiroyli bo'lgani uchun manzarali o'simlik sifatida ham ekiladi.Ekish uchun tavsiya etiladigan anor navlari:Qizil anor,Achchiq dona,Qozoqi anor, Tuyatish, Ulfi, Desertnuy va h.k.Ko'chatlarni ekishga tayyorlash va ekish.Anor ko'chatlari asosan bahorda - mart oyi oxiri aprel oyi boshlarida ekiladi.Ko'chatlar ekiladigan o'ralaming chuqurligi 60 sm, kengligi 75 sm gacha bo'ladi. Ko'chatlar ekishdan oldin yerlar chuqur 40-50 sm chuqurlikda plantajli pluglar bilan ag'darib haydalishi lozim.Ekish sxemasi va sho'rlangan va botqoqlashgan yerlarda yaxshi o'smaydi. Anor ko'chatlari bir-biridan 4 x 2 m oraliqda, lalmikor yerlarda o'stirilganda esa 5 x 4 m oralatib o'tqaziladi. Anor chetdan changlanadigan o'simlik, lekin o'z-o'zidan ham changlana oladi. Shuning uchun, anoming har xil navlarini aralashtirib ekish hosildorlikni oshiradi.Ko'chat ekish uchun chuqurligi va kengligi 50x50 sm bo'lgan chuqurchalar kovlanadi. Chuqur qazishda tuproq ustki qismining 20-25 sm qatlami o'raning bir tomoniga olib, qolgan qismi ikkinchi tomoniga olib qo'yiladi. Ko'chatni ekishdan oldin tayyorlab qo'yilgan shaltoqqa (yangi mol go'ngi tuproq bilan 1:1 nisbatda aralashtirilib, qaymoqsimon massa tayyorlanadi) botirib olinadi so'ngra ekiladi.Ko'chat o'raga tik qo„yilib, oldin olingan tuproq chuqur tagiga solinib ko'miladi. Ko'chat ekilgandan so'ng har bir chuqurga suv quyiladi.Bunda tuproq zichlanib,ko'chat yaxshi ko'karadi.Tuproq cho'kkandan so'ng ko'chat atrofiga tuproq solib to'ldiriladi. Ko'chatlar tuproq namligiga qarab sug'orib turiladi.

Parvarishlash. Ko'chatlar ekilgandan so'ng jo'yaklab sug'oriladi. Sug'orilgandan 2-3 kun o'tgach, ko'chatlar to'g'rilab chiqiladi va zarur bo'lsa, ular tagiga tuproq tortiladi. Anor ko'chatlari o'tqazilgan dastlabki yili vegetatsiya davri davomida 10-12 marta (gektariga 600-700 m3 hisobida) sug'oriladi.Anorlar tuprog'ining namligi dala nam sig'imiga nisbatan 75-80 % da saqlanadi. Oxirgi suv oktabming birinchi o'n kunligida beriladi. Har galgi sug'orishdan so'ng tuproq yetilishi bilan sug'orish egatlari va o'simlik taglari hamda qator oralari yumshatiladi. O'simlik qator oralari yoz davomida 4-5 marta yumshatiladi. Kuzda anor tuplari yostiqcha olinib tuproq bilan ko'miladi.Qishda qattiq sovuq botmaydigan va harorat 15-16° C dan pastga tushmaydigan,janubiy hududlarda anor tuplari ko'milmay o'stiriladi. Dastlabki ikki yil davomida qator oralari qora shudgorligicha qoldiriladi,undan keyingi yillar qator oralariga siderat ekinlami ekish maqsadga muvofiq bo'ladi.Anor qishga ko„miladigan subtropik ekin turi bo'lganligi uchun uni butasimon shakllantirish eng maqbul hisoblanadi. Bunda asosiy 3 ta yirik shox qoldiriladi.Yirik shoxlar yerga nisbatan 45 gradus qiyalikda shakllantiriladi.Vaqt o'tishi bilan hosil tupning markazidan chetga chiqa boshlaydi, shuning uchun novdalami qisqartirish talab etiladi.Tomorqadagi anor tuplariga 250-300 g azotli, 200220 gfosforli va 180-200 g kaliyli o'g'itlar sof holda solinishi tavsiya qilinadi. Azot o'g'iti ikkiga bo'lib, 30-40 foizi kuzda, qolganiaprel va iyul oylarida teng miqdorda solinadi. Har 2-3 yilda o'rtacha 50-60 kg chirigan go'ng solish hosildorlikning oshishiga

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

ijobiy tasir etadi.Bo'z tuproqlarda anor o'suv davri mobaynida 6-10 marta,shag'alli yerlarda 10-12 marotaba sug'oriladi.

Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Anor daraxtiga o'rgimchakkana zararkunandasi tushadi.O'rgimchakkanaga qarshi Perfekto 17,5 % sus.k. (10 sotixga15-20 ml) purkaladi.Uzum qurtiga qarshi erta bahorda Karate 5% em.k. (10 sotixga50 ml) preparati purkaladi. Ushbu preparatlar bo'lmaganda tamakiqaynatmasidan foydalanish ham mumkin.

Hosilni yig'ishtirish. Anor navlari kuz oylarida pishib yetiladi.Ular qo'l bilan uzilib, yashiklarga joylanadi. Anor mevalari turlishikastlanishlarga chidamli bo'lgani uchun ularni uzoq muddatsaqlash va qator-qator qilib joylash mumkin.

Iqtisodiy samaradorligi:Anor daraxti 10 sotix tomorqaga 4x2m sxemada ekiladigan bo'lsa, 125 dona ko'chat ketadi. 125 dona ko'chatimiz 3-4 yildan so'ng hosilga kirib, 1 dona anor daraxtidan o'rtacha naviga qarab 10 kg hosil olinadigan bo'lsa, jami 1250 kg hosil olishimiz mumkin. 1250 kg anorni o'rtacha 8 000 so'mdan sotadigan bo'lsak 10 000 000 so'm daromad keltiradi.

Anor navlari:Qizil anor.Po'sti to'q qizil yoki qizil,mahalliy nav.Mevasi o'rtacha yirik.Doni to'q qizil, yirik, po'sti yupqa,undan 50— 55 foiz sharbat chiqadi.Mevasi yaxshi, nordon-shirin,bir tupidan 30—35 kg gacha hosil olinadi. AsosanO 'zbekistonda ko'p tarqalgan.

Achchiq dona.Mevasi o'rtachadan yirikroq (300—400 g), kumush rang, sariq. Sharbati to'q qizil, mazasi nordon-shirin. Mevasidan 40—45 foiz sharbat chiqadi. Oktyabrda pishadi, 6—7 oy saqlanadi. Serhosil, har tupidan 40 kg gacha hosil olinadi.

REFERENCES

1. Sh.Rajametov,LNormuratov,"Meva,rezavor meva vat ok ko'chatzorlarini tashkil etish" "Toshkent"- 2018. 72-75 bet

2. E.Xolmurodov,M.A.Zuparov,R.K.Sattarov "Qishloq xo'jalik fitopatalogiyasi" Toshkent-2014. 448-449,461-462 betlar.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ."Harakatlar strategiyasi" 2017-yil.

4. www.Mirishkor.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.