Научная статья на тему 'G‘O‘ZANING CHANGLANISHIDA ASALARILARNING ROLI'

G‘O‘ZANING CHANGLANISHIDA ASALARILARNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
g‘o‘za / paxta / asalari / changlanish / shira / hosildorlik.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Abdullayeva Gulnora Alijonovna, Nabiyev Ravshanbek Rustamjon O‘G‘Li, Mamanabiyev Isroiljon Rustamjon O‘G‘Li

Maqolada asalarilarning paxtani chetdan changlashidagi roli, asalarilar yordamida changlanish natijasida hosildorlikning 20-25 % yuqori bo‘lishi, asalarilar bilan chetdan changlash masalasini paxta hosildorligini oshiruvchi agrotexnika tadbirlari qatoriga qo‘yish mumkinligi haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «G‘O‘ZANING CHANGLANISHIDA ASALARILARNING ROLI»

G'O'ZANING CHANGLANISHIDA ASALARILARNING ROLI 1Abdullayeva Gulnora Alijonovna, 2Nabiyev Ravshanbek Rustamjon o'g'li, 3Mamanabiyev

Isroiljon Rustamjon o'g'li

1Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti 2'3Farg'ona davlat universiteti talabalasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11204109

Annotatsiya. Maqolada asalarilarning paxtani chetdan changlashidagi roli, asalarilar yordamida changlanish natijasida hosildorlikning 20-25 % yuqori bo'lishi, asalarilar bilan chetdan changlash masalasini paxta hosildorligini oshiruvchi agrotexnika tadbirlari qatoriga qo'yish mumkinligi haqidagi ma'lumotlar bayon etilgan.

Kalitso'zlar. g'o'za, paxta, asalari, changlanish, shira, hosildorlik.

Аннотация. Пчелы активно участвуют в опылении хлопка. в результате опыления с помощью пчел урожайность выше на 20-25%. Поэтому опыление пчелами можно включить в число агротехнических мероприятий, повышающих урожайность хлопчатника.

Ключевые слова: хлопок, хлопок, пчелы, опыление, тля, продуктивность.

Abstract. Bees actively participate in pollination of cotton. as a result of pollination with the help of bees, the yield is 20-25% higher. Therefore, pollination with bees can be included among grotechnical measures that increase cotton productivity.

Keywords: cotton, cotton, bees, pollination, aphids, productivity.

Kirish. Asalarichilik va paxtachilik - yuzaki qaraganda bu ikki sohaning o'zaro aloqadorligi yo'qdek tuyiladi. Aslida esa unday emas. go'zal tabiatimizning tirik mavjudotlari hisoblangan hasharotlar - asalarilar va g'o'za o'simligining gullari orasida ulkan "bog'lanishlar" mavjud. Respublikamizning ajoyib tabiati va iqlim sharoiti qishloq xo'jaligining barcha sohalari kabi asalarichilikni ham muvaffiqiyatli ravishda rivojlantirish imkonini beradi. Cheksiz maydonlardagi tabiiy o'tloqlarimiz, rang - barang qir - adirlarimiz, bepoyon paxtazorlarimiz, keng maydonlardagi bog'lar va gulzorlarimiz asalarilar uchun ajoyib oziq manbai hisoblanadi. Shunga qaramay, hozirgi vaqtda bu xo'jalik tarmog'ining rivojlanish salmog'i xalqimizning kundan -kunga ortib borayotgan talablariga etarli darajada javob berolmaydi.

Klassik tabiatshunoslikning asoschilari Ch.Darvin, K.A.Timiryazov va I.V. Michurinlar o'simlik gullari bilan yovvoyi hasharotlarning bir-birlariga bog'liq ekanligi to'g'risida qimmatli fikrlarni bayon qilganlar. Yuksak o'simliklar (murakkab morfologik tuzilishga ega bo'lgan, poyaga va bargga differensiatsiyalangan o'simliklar) gullarining tuzilishi va ularning chetdan changlovchi hasharotlar bilan o'zaro bog'liqligi Ch.Darvin asarlarida ham o'z ifodasini topgan.

Ma'lumki hozirgi paytda butun dunyodagi yuksak o'simliklarning 80 % ini chetdan changlanuvchi turlar tashkil qiladi. Ma'lumotlarga ko'ra, o'simliklarning yer yuzida tez tarqalishi va uning hozirgi holatiga kelishida hasharotlarning, ayniqsa, asalarilarning ahamiyati g'oyat kattadir.

Tadqiqot ob'ekti. Farg'ona viloyatidagi paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari, ular ekin maydonlaridagi paxta o'simligi.

Tadqiqot natijalari. G'o'za shu nomli avlodga va gulxayridoshlar oilasiga mansub ko'p yillik, bizning sharoitimizda esa bir yillik o'simlik hisoblanadi. Gullari to'g'ri, besh a'zoli. Kosachasi beshta bargchalardan tashkil topgan. Tojibarglari ham beshta. Changchilari ko'p va ularning ipchalari bir birlari bilan tutashib ketgan. Kosachasi odatda ikki qavatli. Urug'chisi

ko'sak holida. Gulbarglari (gullari) katta- katta, sariq va oqish rangli. Barglari 3-5 va 7 panjali. G'o'za har xil sharoitda bog'liq holda iyun oyining oxirlarida gullay boshlaydi. Uning qiyg'os gullashi esa iyulning birinchi dekadasidan boshlanadi. Demak, asalarichilarimiz o'z xo'jaliklari paxta maydonlari atrofiga 10-15 iyullardan kechikmasdan olib kelishlari lozim. Asalari xo'jaliklari joylashtirilgan maydonlarning atrofiga ham o'rta tolali, ham ingichka tolali paxta navlari ekilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Ilg'or asalarichilarning ta'kidlashlariga qaraganda bu ikki xil tup paxtaning bo'lishi olinadigan asal miqdorini birmuncha oshirar ekan. Buni amalga qo'llash qiyin, albatta. Chunki bizda har xil tuman va viloyatning iqlim sharoitiga moslashgan va ixtisoslashtirilgan navlar ekiladi. Shunga qaramay ayrim tumanlarda ham o'rta tolali, ham ingichka tolali paxta navlari ekiladi. Shunday tumanlarda albatta, asalari xo'jaliklarini tashqil qilish kerak. Bizga ma'lumki, g'o'za gullari ertalab soat 8-9 lardan ochila boshlaydi, shunga ko'ra asalarilar ham ularning gullariga xuddi shu soatlardan boshlab qatnay boshlaydilar. Ertalab hali gul to'liq ochilmaydi, shira ham shu sababli ko'p ajralmaydi. Bu paytlarda tabiiyki, asalarilarning g'o'zaga qatnashi sust bo'ladi. G'o'za gullari kunning o'rtalariga kelib to'liq ochiladi, shira ham shu paytdan ko'p ajrala boshlaydi. Asalarilar shu paytdan boshlab to kech 6 - 7 largacha eng ko'p shira to'playdi.

G'o'za gullari tomonidan ajraladigan shiraning ajralish dinamikasi ham harakterlidir. Hali g'o'za gullari g'uncha holidayoq shira ajrala boshlaydi. Shiraning eng ko'p ajralishi soat 10 -11 lardan kech soat 5- 6 largacha davom etadi. Shuni aytish kerakki, ingichka tolali paxta navlarining shira miqdori o'rta tolalilarnikiga qaraganda bir necha marta yuqori bo'ladi. Ingichka tolali paxta navlarining shakar miqdori o'rta tolalilarnikiga nisbatan ancha past bo'ladi. Shiradagi shakar miqdori ertalab 20- 22% bo'lsa, kechga borib u 40 -45% etadi. Shunday qilib, har ikki xil g'o'za navlari ham O'zbekiston sharoitida yaxshi shira ajratadi. Bunday paxta dalalariga yaqin joylashgan asalari oilasi 20 - 30 kg asal yig'adi.

Asalarilar paxtani chetdan changlashda faol ishtirok etadi. Asalarilarning paxtani chetdan changlatishi bilan bog'liq masalalar paxtakor tumanlarda bir necha bor tekshirib ko'rilgan. Bunday tajribalar O'zbekiston, Ozarbayjon va Qozog'iston sharoitlarida yaxshi natijalar berdi. Tajribalar shuni ko'rsatdiki, asalarilar yordamida changlanish natijasida hosildorlik 20-25 % yuqori bo'ladi. Demak asalarilar bilan chetdan changlash masalasini paxta hosildorligini oshiruvchi agrotexnika tadbirlari qatoriga qo'yish mumkin.

Asalarilar changlatishining g'o'za hosildorligiga ta'siri

Ko'rsatgichlar O'lchov birligi Gullarni tutib qolishi Asalarilarning ta'siri %

Nazorat ochiq % Tajriba yopiq %

Ko'sak soni Dona 369 257 +43,6

Gullarni to'kilishi Dona 79 148 -87

1 ta chanoqdagi paxta vazni Gramm 5,12 4,54 +12,8

1000 ta chigitni vazni Gramm 114,4 99,1 +15

Yog' miqdori % 20,0 19,54 +2,3

Tolani uzunligi Dyuym 1,03 1,07 -3,8

Tola chiqishi % 32,2 32,5 -1,0

Tolani mikroneyr, mic Ta 4,6 4,4 -

G'o'za hosildorligi asalarilar changlatishi yordamic a 4,8 ts/ga oshadi. Demak, asalarichilik

shunday muhim ahamiyatli xo'jalik tarmog'iki, uni rivojlantirish va hosildorligini oshirish, asalarilar biologiyasini o'rganib, ularga etarli sharoit yaratish va ularni boy va to'yimli ozuqa bilan

ta'minlash zarur va muhimdir. Bu ularning hayotini yaxshilaydi va o'z navbatida, ulardan olinadigan qimmatli, shifobaxsh mahsulotlarni ko'plab olishga zamin tayyorlaydi.

Asalarilar nafaqat asal olish uchungina emas balki, ular ko'plab gulli o'simliklarni changlanishi uchun ham zarurdir.

Xulosa. Ma'lumki, g'o'zaning ingichka tolali navlarining asalarichilikdagi ahamiyati g'oyat kattadir. Bu masala to'g'risida hech mubolag'asiz aytish mumkinki, ingichka tolali paxta navlari asalarichiligimizning asosiy oziq manbai va asosiy asal olish zahiralaridan biri hisoblanadi. Bu navlarning gullari katta bo'lib, juda ko'p gul shira ajratadilar, undan olingan asalning sifati birmuncha yuqori bo'ladi.

Ular asosan iyun oyining oxirlari va iyulning boshlarida gullay boshlaydi. Ularning o'rta tolali navlardan farqi shuki, bu nav g'o'zalari bir gektar maydonga boshqa g'o'zalarga nisbatan ko'proq joylashadi. Bu g'o'za navlari har gektar maydonga o'rta hisobda 90 -100 ming tupdan to'g'ri keladi. Har bir tupdagi o'rtacha gul soni ham ancha yuqori (25 -30 tadan). Ma'lum bo'lishicha, shira ajralish normal davom etgan yillari har bir gulning shira miqdori o'rta hisobda 25 - 30 mg ni, har gektar maydon hisobiga esa 80 - 100 kg ni tashkil qiladi. Kuzatish olib borgan yillar monaynida bu navlarning gullariga asalarilar erta sahardan to qorong'u tushgunga qadar ko'nganini ko'rdik. Bu navlar qiyg'os gullagan paytlarda shu dalalarga joylashtirilgan asalarilar oilasi har kuni 1,5 - 2 kg dan "hosil" olib kelishi aniqlandi.

REFERENCES

1. G'.H.Hamidov, M.X.Akbarova, M.A.Davidov, M.R.Holiqulov O'ZBEKISTON ASALLI O'SIMLIKLARI VA ASALARICHILIKNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI O'quv qo'llanma Farg'ona 2021.

2. Xamidov G'. O'zbekistonning asalli o'simliklari. Toshkent 1977.

3. Xamidov G'. Asalarichilik va paxtachilik. Toshkent 1976.

4. Абдуллаева Г. А. P. OSTREATUS НИ УРУЕЛИК МИЦЕЛИЙСИНИ ЕТИШТИРИШ //FINLAND" MODERN SCIENTIFIC RESEARCH: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS". - 2023. - Т. 14. - №. 1.

5. ^ Давронов, Н Тешабоев МИКРОЭЛЕМЕНТЛИ УЕИТЛАРНИ УСИМЛИКНИ БАРГИ ОР^АЛИ ^УЛЛАШНИНГ ЕУЗАНИ 1000 ДОНА ЧИГИТ ВАЗНИ ХДМДА БИР КУСАКДАГИ ПАХТА ВАЗНИ НИНГ УЗГАРИШИГА ТАЪСИРИ Science and innovation, 2023 - Т.2. - №. 8. - С. 489-492.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.