Научная статья на тему 'ASALARI BILAN ISHLASH QOIDALARI. ASALARIGA JOY TANLASH VA ULARNING OILASINI BAHOLASH'

ASALARI BILAN ISHLASH QOIDALARI. ASALARIGA JOY TANLASH VA ULARNING OILASINI BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

CC BY
608
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Asalari / ona asalari / asalari oilasi / uya / mumparda / ramka / gulshira. / Bees / mother bees / bee family / hive / beehive / frame / beehive.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Po‘latov, Sarvar Mustafoyevich, Qo‘chqorov, Abdukarim Nuriddinovich, Aminova, Shoira Furqat Qizi

Asalarichi asalari oilasi bilan ishlash uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rish lozim. Asalarichi qish mavsumida asalari uchun kerakli bo‘ladigan barcha jihozlarni, yangi ramka, mumparda, asalari qutisi va boshqa ish qurollarini tayyorlab qo‘yishi lozim. Aks holda bahorda asalari oilasiga qarov o‘tkazish davrida, qilinadigan ishlarni bajarishga vaqt bo‘lmasligi mumkin. Asalarilar uchun tanlangan maydonchalarda asalari oilalarini joylashtirishga alohida eʻtibor berish lozim. Ular birtekisda, shaxmat usulida qatorlab qo‘yilishi kerak va uyadagi qo‘yilgan raqamlar ochiq ko‘rinishi lozim. Asalari qutilari quyosh nuridan himoyalanishi hamda asalarilarni mo‘ljal olib uchishiga yordam beruvchi daraxtlar, inshootlar bo‘lishi kerak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RULES OF WORKING WITH BEES. CHOOSING A PLACE FOR BEES AND ASSESSING THEIR FAMILY

The beekeeper must be prepared in advance to work with the bee family. The beekeeper has to prepare all the necessary equipment for the bees during the winter, a new frame, a canopy, a beehive and other tools. Otherwise, in the spring, when caring for the bee family, there may not be time to do the work. Particular attention should be paid to the placement of bee colonies in selected areas for bees. They should be arranged evenly, in a checkerboard pattern, and the numbers in the nest should be visible. Beehives should be protected from sunlight and have trees and structures to help bees fly.

Текст научной работы на тему «ASALARI BILAN ISHLASH QOIDALARI. ASALARIGA JOY TANLASH VA ULARNING OILASINI BAHOLASH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ASALARI BILAN ISHLASH QOIDALARI. ASALARIGA JOY TANLASH VA

ULARNING OILASINI BAHOLASH

Po'latov Sarvar Mustafoyevich, Qo'chqorov Abdukarim Nuriddinovich, Aminova Shoira Furqat qizi,

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universitetining Toshkent filiali

Asalarichi asalari oilasi bilan ishlash uchun oldindan tayyorgarlikko'rish lozim. Asalarichi qish mavsumida asalari uchun kerakli bo 'ladigan barcha jihozlarni, yangi ramka, mumparda, asalari qutisi va boshqa ish qurollarini tayyorlab qo 'yishi lozim. Aks holda bahorda asalari oilasiga qarov o'tkazish davrida, qilinadigan ishlarni bajarishga vaqt bo 'lmasligi mumkin.

Asalarilar uchun tanlangan maydonchalarda asalari oilalarini joylashtirishga alohida e'tibor berish lozim. Ular birtekisda, shaxmat usulida qatorlab qo'yilishi kerak va uyadagi qo 'yilgan raqamlar ochiq ko'rinishi lozim. Asalari qutilari quyosh nuridan himoyalanishi hamda asalarilarni mo'ljal olib uchishiga yordam beruvchi daraxtlar, inshootlar bo 'lishi kerak.

Kalit so'zlar: Asalari, ona asalari, asalari oilasi, uya, mumparda, ramka, gulshira.

Пчеловод должен быть заранее подготовлен к работе с пчелиной семьей. Пчеловод должен заготовить для пчел на зиму все необходимое оборудование, новую рамку, навес, улей и другие инструменты. Иначе весной при уходе за пчелиной семьей может не хватить времени на выполнение работы.

Особое внимание следует уделить размещению пчелиных семей на выделенных для пчел участках. Они должны располагаться ровно, в шахматном порядке, а цифры в гнезде должны быть видны. Ульи должны быть защищены от солнечного света и иметь деревья и конструкции, помогающие пчелам летать.

Ключевые слова: Пчелы, пчеломатки, пчелиная семья, улей, улей, рамка,

улей.

The beekeeper must be prepared in advance to work with the bee family. The beekeeper has to prepare all the necessary equipment for the bees during the winter,

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

a new frame, a canopy, a beehive and other tools. Otherwise, in the spring, when caring for the bee family, there may not be time to do the work.

Particular attention should be paid to the placement of bee colonies in selected areas for bees. They should be arranged evenly, in a checkerboard pattern, and the numbers in the nest should be visible. Beehives should be protected from sunlight and have trees and structures to help bees fly.

Keywords: Bees, mother bees, bee family, hive, beehive, frame, beehive.

Asalari bilan ishlash qoidalari. Bu davrda, avvalo barcha qoidalarga amal qilinishi, asalari oilasi tinchini buzmaslik, (havo harorati past bo'lganda, tabiatda gulshira kelmayotganda) ularni ortiqcha qo'zg'atmaslik lozim, aks holda, asalarilar bezovtalanib, ko'proq chaqib olishi mumkin. Shuning uchun ham asalari qutisini ohistalik bilan ochib, uyani taqillatmasdan, quti ustidagi qopqoqni olish lozim. Shuningdek, havo harorati past bo'lgan, salqin kunlarda, kuchli shamol esib turganda asalarilar bilan ishlash mumkin emas. Chunki salqin havo va shamol uyadagi haroratga salbiy ta'sir etib, yosh naslni shamollatib, ularni kasal qilib qo'yishi mumkin.

Asalari oilasiga qarov o'tkazilayotgan paytda tashqi harorat +14 0Cdan past bo'lmasligi lozim. Agarda asalari uyasidagi yopqich matoni ko'tarib ko'rganingizda, oilaning umumiy ahvoli qoniqarli bo'lsa, u holda uni to'liq tekshirib o'tirmaslik kerak. Chunki bunday oilalarda ona asalari yetarli miqdorda tuxum qo'yayotgan

Asalari oilasini kechki paytlarda ko'rib chiqish mumkin emas, chunki asalarilar bezovtalanib, ular uya devorlarida, asalarichining kiyimlarida o'rmalab yurib, qorong'i tushgandan so'ng, uyalariga qaytib kirolmasligi mumkin.

Asalari oilasini tekshirishdan oldin asalarichi qo'llarini tozalab yuvishi, har xil qo'lansa hid kelmaydigan (piyoz, sarimsoq, benzin, kerosin, atir, ter hidi) oq yoki qora tusdagi kiyimlarni kiyishi lozim. Shunday qilinganda asalarilar kam bezovtalanadi va chaqishga harakat qilmaydi.

Asalari oilasini tekshirishdan oldin tutatkich asbobini yoqib oling, asalari qutisidagi uchish tuynuklaridan 2-3 marta tutun yuboring, oradan 2-3 daqiqa vaqt o'tgach, uya qopqog'ini olib, uyadagi yopqich matoni bir chekkasini qayirib, uyadagi ramkalarni bir chekkasidan olib, tekshirishga kirishing.

Asalari oilasini tekshirayotgan vaqtda, uyadagi uchish tuynuklari oldini to'smasdan, asalarichi uyaning yon tarafida turib ishlashi kerak, aks holda asalarilar bezovtalanib, o'z uyasiga kirolmasdan, asalarichini chaqishga harakat qiladi.

KIRISH

bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shuningdek, ramkalarni ko'rib chiqayotganda, ramkalar asalari uyasi ustida turishi lozim. Aks holda ramkadan tushib qolgan yosh asalarilar yerga tushib qolishi va ularni asalarichi bosib o'ldirishi mumkin.

Asalari oilasini tekshirayotgan davrda daladan gulshira kam kelayotgan bo'lsa, qo'shni uyalardagi asalarilar o'g'irlikka kelishi mumkin. Bunday davrda asalarilar ko'proq bezovtalanadi. Shuning uchun ham tekshirishni darhol to'xtatib, asalarizorning boshqa qatoridan boshlash kerak. Bunday hol yana takrorlansa, tekshiruv ishlarini to'xtatish lozim.

Asalari uyasidan olingan ramkalardan asalarilarni supirib tushirish maqsadida maxsus cho'tkalardan, g'oz patidan yoki bir tutam boylangan ko'k maysa o'tlaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, asalari romida yosh asalari nasli yoki toza keltirilgan gulshiralari bo'lmasa, u holda ramkaning ikki tomonidagi yelkasidan mahkam ushlab, yengilgina silkitib, romdagi asalarilarni tushirish mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Dalada gulshira bo'lmagan davrda asalari oilasini ochib, unga qarov o'tkazishda juda ehtiyot bo'lish kerak. Chunki ochiq qoldirilgan asalari oilasidan asal hidi tez anqib chiqadi va qo'shni uyalardan o'g'ri asalarilarni o'ziga jalb etadi.

Odatda asalari oilasidagi uchuvchi dala asalarilari o'z navbatida bir-biriga o'xshamaydigan, ikki xil, ya'ni ayg'oqchi va shira to'plovchi asalarilarga bo'linadi. Ayg'oqchi asalarilar daladan shiraga boy oziq manbalarni qidirib topadi, shira to'plovchi asalarilar esa shira manbalaridan shira to'plab, uyasiga olib keladi. Ayg'oqchi asalarilar daladagi o'simlik gullarining yorqin rangini va uning o'tkir hidini hamda asalarilarning g'uvillagan, yangroq tovushini tez payqab oladi. Chunki ularda hid bilish a'zolari kuchli rivojlangan. Har bir asalari oilasida uyasini qo'riqlovchi o'nlab asalarilar mavjud, ular uyadagi uchish tuynuklari oldida turib, begona asalarilarni uyasiga kiritmaydi. Lekin ba'zan bir o'g'ri asalarilar hujumiga bardosh berolmagan "qo'riqchi" asalarilar nobud bo'ladi, o'g'ri asalarilar uyaga kirib, ona asalarni o'ldiradi va uyadagi bor asalni o'g'irlab ketadi. O'g'irlikning oldi olinmasa, asalarizordagi ko'pgina asalari oilalari o'g'ri asalarilar tomonidan qirib tashlanishi mumkin.

O'g'ri asalarilarga qarshi kurash uchun quyidagi qoidalarga rioya etish maqsadga muvofiqdir:

1. Asalari qutisidagi barcha teshik, tirqishlar suvalib chiqiladi. Uyadagi uchish tuynuklari esa 2-3 ta asalari sig'adigan darajada, 1-1,5 sm.gacha toraytiriladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. Asalari oilasiga qarov o'tkazayotgan davrda uya atrofida asal tomgan joy bo'lmasligi kerak, chunki asal hidi o'g'ri asalarilarni o'ziga tez jalb etadi. Bunday paytda tomchilangan asal joyiga tuproq sepiladi yoki kerosinli latta bilan artib olinadi.

3. O'g'irlik sodir etilayotgan asalari uyasidagi qo'nish taxtachalari ustiga kerosin surtib chiqiladi yoki kerosinda ho'llangan latta qo'yiladi. O'g'ri asalarilar kerosin hididan qo'rqib, uyaga kirolmaydi.

Asalarilarga joy tanlash. Asalari oilasiga bahorgi birinchi qarov o'tkazish ishlari quyoshli kunlarda, havo harorati +14+15 0Cdan past bo'lmagan davrda o'tkaziladi. Bahorgi qarov o'tkazishning asosiy maqsadi shundan iboratki, unda asalari oilasining qishlovdan keyingi holati aniqlanib, asalari oilasining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib beriladi.

Har bir asalari oilasining holati tekshirilib, uning kuchi (ramkalarini asalari bilan to'liq qoplanganligi), ona asalarining borligi, ramkalardagi ochiq va yopiq nasllarning soni, uyadagi ozuqa asal miqdori, asalari uyasi holati (uyaning quruqligi, ifloslanganligi, o'lik asalarilar miqdori) kabi ko'rsatkichlar hisobga olinadi va ular maxsus jurnalga qayd etib boriladi.

Asalari oilasini bahorgi qarov o'tkazish davrida uyadagi ramkalarni to'liq olmasligi ham mumkin, chunki yaxshi rivojlangan oilalarda ona asalari ramkalari to'liq, sifatli tuxum qo'yganligi kuzatiladi. Uyadagi asalarilar va uning naslini, ozuqa asalni uyadagi ramkalarni ozgina ko'tarib, ko'z bilan chamalab ko'riladi. Asalari oilasida normal holat kuzatilsa, ya'ni har xil yoshdagi nasl va tuxum bo'lsa, demak, oiladagi ona asalari talab darajasida, uni qidirib ko'rish shart emas.

Shuningdek, ramkalar ustidagi mumni va propolisni ham iskana bilan qirib olmaslik lozim. Bu ishni keyinroq, havo isib ketganda, uyadagi mumlar ancha yumshab qolgan davrda bajarish kerak. Bahorgi qarovlar o'tkazilgandan so'ng, barcha bajarilgan ishlarni asalarizor jurnaliga yozib boring.

Ozuqasi kam bo'lgan asalari oilalariga asal ozuqali va gulchangli ramkalardan beriladi, har bir oilaga o'rtacha 8-10 kg ozuqa asal va 1-2 ta ramkada gulchang bo'lishiga erishiladi. Ortiqcha ramkalar, ifloslangan, noto'g'ri to'qilgan, qiyshiq, bo'sh ramkalarni asalari uyasidan olish, asalari uyasini yostiqchalar bilan yaxshilab isitish kerak. Chunki bahorning salqin kunlarida asalarilar issiqqa juda muhtoj bo'ladi.

Asalari oilasini baholash. O'zbekistonning tabiiy iqlim sharoiti serasal o'simliklarni ko'paytirish va asalari oilasini tezkor texnologiyalar asosida boqish uchun qulaydir. Asalarichilik sohasi qishloq xo'jaligining muhim tarmog'i bo'lib, nafaqat asal va asalarichilik mahsulotlari yetishtirishni, balki turli xil qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligini oshirishni ham nazarda tutadi. Respublikamiz sharoitida

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

birgina paxta dalalarida, g'o'za gullagan davrda bir milliondan ziyod asalari oilasini boqish mumkin.

Mahalliy asalari zotlarining mahsuldorlik va sifat mezonlarini oshirish uchun ularni yetarli darajada sinovdan o'tkazib baholash hamda samaradorligini yuksaltirish yo'llarini o'rganish zarur. Bu borada asalarichiga ilmiy-amaliy qo'llanmalar, tavsiyanomalar va boshqa me'yoriy-texnik hujjatlar yaqindan ko'makdosh bo'ladi.

Baholashning maqsadi. Asalari oilasini xo'jalik foydali xususiyatlarini, belgilarini, mahsuldorligiyu nasliy sifatlarini o'rganib, tegishlicha tahlil etish, selektsiya - naslchilik ishlari uchun nodir nasl qiymatiga ega bo'lgan asalari oilalarini shakllantirish baholashning asosiy maqsadidir. Asalarichilikda baholash ikki yo'l bilan amalga oshiriladi, birinchidan, asalari oilasini baholashda uning mahsuldorligiga baho berilsa, ikkinchidan, asosiy e'tibor ona asalarining tuxum qo'yish qobiliyatiga qaratiladi.

Asalari oilasining mum mahsuldorligini aniqlash uchun oiladagi mum pardalaridan yangidan to'qilgan romlar hisobga olinadi. Mumpardalarini yangidan to'qish uchun asalarilar unga qo'shimcha 60 g mum sarflaydi. Mumpardasiz tayyorlangan yangi romlarga esa 120 g mum sarflanadi. Bundan tashqari, asalari oilasidan yil davomida romlar chekkasida qurilgan har xil mumli "tilchalar", romlar ustidan qirib olingan mum qirindilari, asalli romlardan kesib olingan mum qoldiqlari ham hisobga olinadi.

Kuz va bahorda asalari oilasidagi romlarda qolgan oziqa-asal miqdori aniqlanadi. Undagi farq qish faslida ozuqaning qancha mikdorda sarflanganini bildiradi. Asalari oilasidagi oziqa asali aniq miqdorini bilish uchun kuz va bahorda, qo'l tarozi yordamida romlardagi asalni o'lchab borish maqsadga muvofiqdir, Bundan tashqari, kuz va bahorda asalari oilasidagi romlar oralig'idagi (yo'lakchalar) asalarilar soni hisobga olinadi, ularning farqidan esa qishlov davrida oilada nobud bo'lgan asalarilar sonini bilish mumkin.

Shuningdek, asalari oilasini ko'zdan kechirish davrida asalarilarda "ich ketish" kasalligidan qolgan belgilar bor-yo'qligi hisobga olinib, ular "kuchli", "o'rta", "kuchsiz", deb baholanadi hamda asalari uyasidagi namlik, uyadagi romlarning mog'or bosganlik darajasi hisobga olinadi va shu belgilar asosida asalari oilasining qishga chidamlilik darajasi aniqlanadi. Asalari oilasining ko'ch ajratishga moyilligi ko'p hollarda asalarichiga qo'shimcha muammolarni keltirib chiqaradi va oila mahsuldorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham ko'ch ajratmaydigan yoki kam ko'ch ajratadigan asalari oilalarini tanlash lozim. Shu bois har bir asalari

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

oilasidagi ko'ch onadonlar soni, nechta ko'ch ajralib chiqqanligi, vaqti va miqdorini hisoblab, maxsus jurnalga tegishli yozuvlar kiritib boriladi.

Asalarizorda har doim yuqumli va boshqa xil yuqumsiz kasalliklarga qarshi sanitariya-gigiena tadbirlarini o'tkazib turish lozim. Asalari oilasining tinchliksevarlik xususiyati muhim selektsion belgilardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham asalarizordagi barcha asalari oilalarini o'rganib chiqib, har qaysi asalari oilasini hujumkorligi, tajovuzkor yoki uning tinchliksevarligi to'g'risida jurnalga tegishli yozuvlar qayd etib boriladi.

Ona asalarini baholash. Asalari oilasi yuqori mahsuldor bo'lsa, demak, bu ona asalarining yuqori sifatliligini bildiradi. Yaxshi sifatli yosh ona asalari asalari romi bo'ylab bir tekisda, romdagi barcha katakchalarga tuxum qo'yadi. Eski, qarib qolgan ona asalari esa, aksincha, rom bo'ylab katakchalarga notekis holda, bo'sh katakchalarni o'rtaga qoldirib, to'rsimon shaklda tuxum qo'yib ketadi. Bunday holatning oldini olish uchun eski ona asalarini almashtirib, uning o'rniga yuqori mahsuldor oiladan yetishtirilgan, yosh va sifatli ona asalarini oilaga o'tkazish lozim. Yosh ona asalari sifatsiz bo'lib, ular notekis tuxum qo'ysa, bunday ona asalarilarni ham boshqa yosh ona asalariga almashtiriladi.

Eski va nuqsonli ona asalarini oilada almashtirish uchun urug'langan va urug'lanmagan ona asalarilardan foydalaniladi. Asalari oilasini baholash asalarichilikka ixtisoslashgan naslchilik fermer xo'jaliklarida, tovar asal ishlab chiqaruvchi xo'jaliklarda har yili kuz faslida o'tkaziladi. Barcha xo'jaliklarda asalari oilalari ikki qismga: naslchilik va mahsulot ishlab chiqaruvchi guruhlarga bo'linadi.

Naslchilik guruhiga - asalarichilikka ixtisoslashgan naslchilik xo'jaliklari kiradi. Asalari oilalarining selektsiya guruhini (naslchilik yadrosi) kengaytirish, ona asalari, erkak asalari va yangi oilalarni yetishtirish maqsadida 20-25 % mikdorda selektsiya guruhi tashkil qilinadi. Asalari oilasini baholash joriy yilning asal to'plashida ishtirok etgan va qishlovdan muvaffaqiyatli o'tgan sog'lom asalari oilalarida o'tkaziladi. Tovar asal ishlab chiqaruvchi xo'jaliklarda (nasl yadrosini yaratishda) barcha asalari oilalari baholanadi va 10-15% naslli yadro yaratiladi.

Nasldorlik, asal mahsuldorligi, oila kuchiga doir tegishli baholash ma'lumotlari va asalari oilalarining qishlovga chidamlilik ma'lumotlari yil davomida yig'ib boriladi. Asalari oilalarini baholash uchun maxsus guruh tuziladi. Asalari oilasini baholash kunduz kuni, quruq va ochiq havoda, tashqi harorat +15 °S dan kam bo'lmagan sharoitda o'tkaziladi. Asalari oilasini baholashda (uning zotdorligi, eksterer belgilari va biologik xususiyatlari bo'yicha) uchta asosiy ko'rsatkichlari -asal mahsuldorligi, oila kuchi va qishga chidamliligi aniqlanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shuningdek, asalari oilasining nasllilik xususiyatini besh balli shkala bo'yicha aniqlanadi. Bunda asalari oilasini barcha belgilari - nasl qoldirish uchun tanlash, asalari oilasini yaroqsizga chiqarish, bonitirovka ma'lumotlari asosida ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar, zootexnikaviy hisob-kitoblar hamda bonitirovka natijasi asosida o'tkaziladigan tadbirlar asos qilib olinadi.

Shunday qilib, har yilgi o'tkaziladigan baholash natijasida asalarizorda eng sifatli tarkibga ega bo'lgan asalari oilalari to'planib qoladi. Shu bilan ularning sinfiyligi aniqlangandan so'ng asalarizorda selektsiya-naslchilik rejalarini tuzishga kirishiladi va asalari oilasi yoki uning selektsiya liniyalarining (populyatsiyalari) parametrlari belgilanadi.

REFERENCES

1. To'rayev O.S. Asalarilarning ko'ch ajratish xususiyatlari. Toshkent-2020.

2. Qaxramanov B., Safarova F.E., Isomuxammedov S.I., Donayev X.A., Ergashev X.B. Asalarichilik asoslari. Toshkent-2020.

3. To'rayev O.S. Asalarichilik xo'jaliklarida naslchilik ishlari. Toshkent-2020

4. Minzafarov M.K., Muzafarova N.N. Boshlovchi asalarilachilar uchun. Toshkent-

XULOSA

2020

5. Jo'rayeva D. Asalarichilik. Tasvir nashriyoti. Toshkent-2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.