Научная статья на тему 'ASALARICHILIK VA UNING AHAMIYATI'

ASALARICHILIK VA UNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

CC BY
977
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’simliklar / chetdan changlanish / asalarilar / hosil / beda / dukkakli o’simliklar / kungaboqar / mevali daraxtlar / poliz ekinlari / g’o’za maydonlari. / растения / опыление со стороны / пчелы / урожай / люцерна / бобовые / подсолнечник / фруктовые деревья / бахчевые культуры / гусиные поля.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Jamolov, R.Q., Xatamova, D.M., Xolmatova, M.A.

Dunyoda 80% o’simliklar chetdan changlanadilar va bunda asalarilar asosiy rol o’ynaydi. Asalarilar tufayli hosil beda va dukkakli o’simliklarda 35-40%, kungaboqarda 45-50%, mevali daraxtlarda 50-60% va poliz ekinlarida 100% gacha, g’o’za maydonlarida 10-23% gacha ortganligi kuzatilgan. Hozirda har bir asalari oilasidan 30-40 kg gacha asal olinmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПЧЕЛОВОДСТВО И ЕГО ЗНАЧЕНИЕ

В мире 80% растений опыляются извне, и пчелы играют в этом ключевую роль. Из-за пчел урожайность увеличилась на 35-40% у люцерны и бобовых, на 45-50% у подсолнечника, на 50-60% у фруктовых деревьев и на 100% у бахчевых культур и на 10-23% у гусиных полей. В настоящее время с каждой пчелиной семьи получают по 30-40 кг меда.

Текст научной работы на тему «ASALARICHILIK VA UNING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ASALARICHILIK VA UNING AHAMIYATI

R.Q.Jamolov, D.M.Xatamova, M.A.Xolmatova

Fa^'ona davlat univerateti o'qituvchilari

ABSTRACT

Dunyoda 80% o 'simliklar chetdan changlanadilar va bunda asalarilar asosiy rol o'ynaydi. Asalarilar tufayli hosil beda va dukkakli o'simliklarda 35-40%, kungaboqarda 45-50%, mevali daraxtlarda 50-60% va poliz ekinlarida 100% gacha, g'o'za maydonlarida 10-23% gacha ortganligi kuzatilgan. Hozirda har bir asalari oilasidan 30-40 kg gacha asal olinmoqda.

Kalit so'zlar: o'simliklar, chetdan changlanish, asalarilar, hosil, beda, dukkakli o 'simliklar, kungaboqar, mevali daraxtlar, poliz ekinlari, g'o 'za maydonlari.

АННОТАЦИЯ

В мире 80% растений опыляются извне, и пчелы играют в этом ключевую роль. Из-за пчел урожайность увеличилась на 35-40% у люцерны и бобовых, на 45-50% у подсолнечника, на 50-60% у фруктовых деревьев и на 100% у бахчевых культур и на 10-23% у гусиных полей. В настоящее время с каждой пчелиной семьи получают по 30-40 кг меда.

Ключевые слова: растения, опыление со стороны, пчелы, урожай, люцерна, бобовые, подсолнечник, фруктовые деревья, бахчевые культуры, гусиные поля.

KIRISH

Asalari yetti xazinaning biri - deydi dono xalqimiz. Bu haq gap! Asalarilar ko'plab shifobahsh asal, mum, propolis, gulchangi to'plashi bilan ayn i paytda qishloq xo'jalik ekinlarini, ayniqsa paxtachilikni rivojlantirishga katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu boisdan ham u qishloq xo'jaligida serdaromad sohalardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda O'zbekistonda asalarichilikka bo'lgan talab va uning shifobaxsh maxsuloti bo'lgan asal yetishtirishga oqilona ixtisoslashuvini saqlab qolish, mustaqil respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan davrida kun sayin iqtisodiyotimizning asosini tashkil etadi. Respublikamiz asalarichilari oldiga har bir asalari oilasining mahsuldorligini oshirish hisobiga asal yetishtirishni ko'paytirish qat'iy vazifasi qo'yilgan. Buning uchun har bir asalarichidan va har bir rahbardan, asalari oilasini zooveterinariya qoidalari asosida parvarishlab, asalarilarni tez-tez serasal o'simliklar o'sadigan joylarga ko'chirib turishni talab qiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Asalarilaming foydali va serdaromad tomonlari shundaki, ular o'simlik gullarini chetdan changlatish yo'li bilan ekinlar hosildorligini 10-60 % gacha oshirishga sabab bo'ladi. Respublikamiz sharoitida esa g'o'za, beda va dukkakli o'simliklar, ozuqabop hamda poliz ekinlari maydonlari kengayib borishi tufayli, qishloq xo'jalik ekinlarini changlatishda asalarilarning ahamiyati kun sayin ortib bormoqda [1].

Asalarilarning ana shunday beminnat xizmatlarini va u dehqonlarning qanotli yordamchisi ekanligini hisobga olib, hukumatimiz keyinigi yillarda asalarichilikni respublikada yanada rivojantirish to'g'risida ko'pgina qarorlar qabul qildi. Shu munosabat bilan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 -yil 16 oktyabrdagi "Respublikamizda asalarichilik tarmog'ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi - 3327 sonli qarori qabul qilindi. Bu qaror yordamida respublikamizda asalarichilik bir muncha rivojlandi, uning moddiy-texnika ta'minoti, kadrlar bilan ta'minlash ishlari mustahkamlandi.

Respublikamizda sotsial va iqtisodiy rivojlantirishning 2026 yilgacha bo'lgan davrga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlarida ham asalarichilikni jadal usulda rivojlantirish mo'ljallangan. Mamlakat oziq-ovqat dasturini amalga oshirishda ham asalarichilik katta ahamiyatga egadir [2].

Respublikada asalarichilikning rivojlanish taraqqiyoti va tarixi, istiqlol mafkurasi asosida, yaxlit bir tizim sifatida o'rganishga e'tibor qaratildi. Asalarichilik qishloq xo'jaligining tez sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan tarmog'i bo'lib, uning o'zi ayni paytda qator mustaqil ilmiy bo'limlarga bo'linganligi e'tiborga molik.

Ma'lumki, qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurtlari va kasb-xunar kollejlarida asalarichilik bo'yicha tuzilgan darslik shu paytgacha yo'qligi ham, bu sohani talabalarga puxta o'rganishni qiyinlashtirmoqda. Asalarilarning tuzilishidagi o'ziga xos belgilarini va ko'chma asalarichilikda ular o'zgacha muhitga tez moslanishi bilan odamlarga va qishloq xo'jaligi uchun qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini o'rganish muhimdir. Asalarilarning biologik xususiyatlarini chuqurroq o'rganish, bu albatta selektsiya - naslchilik ishlarida, ularning zot sifatida xo'jalik foydali xususiyatlarini saqlab qolish va undan keng foydalanish imkoniyatini beradi [3].

Asalarilarga bo'lgan qiziqish qadim zamonlardan boshlangan. Ularga dastlab uni asaliga, shirin yegulik sifatida qaralgan bo'lsa, keyinchalik chorvachilik va dehqonchilik ishlari rivojlangach, asalarilarga bo'lgan qiziqish, yanada ortib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

borgan. Shunda, ular foydali hasharotlar borligiga ishonch hosil qilganlar, natijada, odamlar asalarilarning foydasini tushunib, ularni xonakilashtirganlar, ya'ni asalarilarni maxsus loy, qamishdan to'qilgan va daraxt g'o'lalari ichini o'yib yasalgan uyalarga ko'chirganlar.

Ma'lum bo'lishicha, asalarichilik dastavval faqatgina Osiyo, Afrika, Yevropada tarqalgan. Taraqqiyotning va fanning boshqa sohalari kabi asalarichilik ham XVI asrdan boshlab keskin rivojlana boshlangan.

Respublikamizning ajoyib tabiati va iqlim sharoiti, qishloq xo'jaligining barcha sohalari kabi asalarichilikning ham muvoffaqiyatli rivojlantirish imkonini beradi. Cheksiz maydonlardagi o'tloqlarimiz, rang-barang adiru qirlarimiz, bepoyon paxtazorlarimiz, keng maydonlarni ishg'ol etgan bog' va gulzorlarimiz, asalarilar uchun ajoyib ozuqa manbai hisoblanadi. Shunga qaramay, hozirgi vaqtda xalq xo'jaligi tarmog'ining rivojlanish salmog'i, axolining kundan-kunga ortib borayotgan talablariga yetarli darajada javob bera olmaydi.

Asalarichilikning qishloq xo'jalik ekinlari hosilini oshirishdagi ahamiyati yanada katta. Ma'lumki, dunyodagi 80% gulli o'simliklar, chetdan changlanadilar. Ana shu o'simliklarning chetdan changlanishida, asalarilar asosiy rol o'ynaydi, chunki boshqa xil changlatuvchi hasharotlar soni juda kam va ularni kerakli paytda ekinlarni changlantirishga ko'chirib bo'lmasligi tufayli, asalarilar bunga juda mos keladi. Asalarilardan xohlagan paytda, kerakli o'simliklarni chetdan changlantirishda foydalanish mumkin.

Asalarilar tufayli chetdan changlanadigan beda va dukkakli o'simliklar hosili 35-40%, kungaboqar 45-50%, mevali daraxtlar 50-60% va poliz ekinlari esa 100% gacha oshganligi aniqlangan [4].

Asalarilarning, ayniqsa g'o'zalarning chetdan changlanishida va ularning hosildorligining oshirishdagi ahamiyati yanada katta. Tajribalardan shular aniqlanganki, asalarilar yordamida changlangan g'o'za maydonlarining hosili 1023% gacha ortganligi va ularning ko'sagi yirik bo'lgan va pishib yetilish tezlashganligi kuzatilgan. Respublikamizdagi asalarichilar tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, paxta maydonlariga joylashtirilgan har bir asalari oilasidan 30-40 kg gacha asal olinmoqda. Demak paxtachilikda hosildorlikni oshirish uchun har bir paxta dalasida asalari oilasini joylashtirish kerak bo'ladi. Asalarilar qancha ko'p bo'lsa, undan olinadigan asal ham va qishloq xo'jalik ekinlari hosili ham shuncha ko'p bo'ladi [5].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bulardan asalarichilikning har tomonlama foydali va daromadli ekanligi ko'rinib turibdi. Shunday ekan, bu sohada yetarli ahamiyat berish va uni har tomonlama rivojlantirish lozim.

Respublikada asalarichilikni sanoat asosidagi ishlab chiqarishga o'tkazish bilan, asalarichilikni boshqarishning yangi oqilona usullarini ishlab chiqish, asalarichilikda og'ir qo'l mehnatlarini mexanizatsiyalash katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun asalari oilasini rejali ko'paytirish, erta bahordan cho'l va tog' etaklarida ko'chirish va serasal o'simliklardan oqilona foydalanish, ko'chma asalarichilikni rejali texnologiyalar asosida, ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir [6].

Asalarichilik maxsulotlarini ma'lum darajada ko'paytirishga qaratilgan kompleks tadbirlarning ishlab chiqilishi, asalarichilik xo'jaliklarida amalga oshirilayotgan tadbirlarga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadigan ko'chma asalarichilik, alohida ahamiyatga ega.

Respublikada asalari oilasini rivojlantirish maqsadida, asal yetishtirishning tezkor texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish, fan va texnika yutuqlarini, ilg'or tajribalarni asalarichilikka joriy etishni davr taqozo etmoqda. Asalarilarning yangi zotlarini yaratish va naslini yaxshilash borasida, ish olib borish ham muhim masalalardandir. Shuni ta'kidlab o'tish zarurki, respublikamizda yetishtirilayotgan ona asalarilarning ko'pchiligi kam mahsul bo'lib qolmoqda.

Asalarichilar oldida turgan vazifalardan yana biri, asalari kasalliklari va zararkunandalari bilan doimiy kurash olib borishdir. Hozirgi kungacha juda havfli yuqumli kasallik bo'lgan Amerika va Yevropa chirishi, varroatoz kasalliklari, mum parvonasini yo'qotish masalalari to'la-to'kis hal qilinmagan. Boshqa yirtqich xasharotlar va qushlarga qarshi kurashning amaliy tadbirlari ishlab chiqilmagan, asalarilarning turli kasalliklarini profilaktika qilish va sanitariya -veterinariya nazorati to'la yo'lga qo'yilmagan.

Asalarichilik fermer xo'jaliklari faqatgina bitta asal hosiliga qarab turmasliklari kerak. Buning uchun erta bahordan ona asalari va paketli asalarilar yetishtirib, sotib turishlari kerak. Bundan tashqari asalari suti va zahri ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir. Chunki, hozirgi kunda 1 gr asalari zahri jahon bozorida 100 AQSH dollariga va 1 kg asalari suti esa 1000 AQSH dollariga tengdir va bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishda, xo'jalik katta iqtisodiy foyda ko'radi.

Propolis esa halq tabobatida juda ko'p kasalliklarni, jumladan, undan turli hil malhamlar, spirtli eritmalar, ekstraktlar tayyorlab, davolashda ishlatiladi. Propolisdan turli teri, tish kasalliklarini davolashda keng foydalaniladi [7].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Asalari mumi o'zining shifobahshlik xususiyatlari bilan birga, elektr va radiotexnikada tengi yo'q, aniq o'lchaydigan asboblarni izolatsiya qilish materialidir. Quyuvchilik ishida mum aniq detallar va san'at buyumlarini quyish uchun ishlatiladi. Ayni vaqtda asalari mumi halq xo'jaligining juda ko'p sohalarida, chunonchi, aviatsiya, avtomobil, oyna, ko'n, qog'oz, to'qimachilik sanoatlarida ham keng ishlatiladi.

Asalarichilik mahsulotlaridan kosmetikada ham keng foydalanadilar. Keyingi o'n yilliklarda ko'pgina mamlakatlarda tabiat in'omlari bo'lgan ba'zi bir mahsulotlarning tarkibidagi biologik faol moddalarning shifobaxshlik xususiyatlariga alohida e'tibor berilmoqda. Huddi shunday maqsadda, asalarichilik mahsulotlari tarkibidagi biologik faol moddalaridan kosmetikada har hil dori-darmonlar tayyorlashda ajoyib manbaa bo'lib xizmat qilishini aniqladilar. SHu tariqa asalarichilik mahsulotlaridan har hil kremlar, shampunlar, tish pastalari, sovunlar, lab bo'yoqlar tayyorlash keng yo'lga qo'yilgan.

Asaldan oziq-ovqat sanoatida keng foydalanadilar. Xususan, asaldan qandolatchilikda har hil konfetlar, holvalar, pechenyelar, tortlar, kekslar, muzqaymoqlar, bodroqlar tayyorlashda, shuningdek, asalli salqin va chanqov bosti ichimliklar tayyorlashda keng foydalanadilar. Bular inson organizmidagi ko'pgina xastaliklarni ham tezda davolaydi.

Asalarichilik mahsulotlaridan vinochilik sanoatida ham keng foydalanib kelinmoqda. Odatda vino uzum va boshqa xil mevaladan tayyorlanadi. Lekin asaldan tayyorlangan vinolar, o'zining ta'mi va xo'shbo'yligi bilan, hammani o'ziga maftun etadi. Asalarichilik mahsulotlari bo'lgan asal va propolisdan tayyorlangan har xil dorilar veterinariyada chorva mollarida uchraydigan ko'pgina kasalliklarni davolashda mohirona ishlatib kelinmoqda.

Endilikda mustaqil respublikamiz asalarichilari oldida, mavjud qiyinchiliklarni yengib, asalarichilikka keng yo'l ochib berish va uni rivojlantirishda keng qamrovli dastur tayyorlab, ishlab chiqarishga joriy etishdir.

REFERENCES

1. KpaxoTHH H.O. Y3ÔeKHCTOHga acanapHHHnHK. TomKern\ "MexHaT" 1991.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 oktyabrdagi "Respublikamizda asalarichilik tarmog'ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi - 3327 sonli qarori.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. Isamuhamedov A.I. Nikadamboev X.K. Asalarichilikni rivojlantirish asoslari. Toshkent. «Sharq» nashriyoti, 2013.

4. Тyраев О.С. Теxнология содержание пчелиные семей в xлопкосиощей зон Бyxарского области. Aвтореферат канд. диссертации. 2006.

5. Т7раев О.С. Aсалари оиласини бокиш теxнологияси. «Узбекистон кишлок xyжалиги» журн^ЛИ. 1992, № 8-9.

6. Qaxramonov В., Isamuhamedov A., Ballasov U., Ergashev S., To'raev O.S. SHaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarida asalari oilalarini parvarishlash. Toshkent, 2009.

7. Т7раев О. Умаров К. Бyxоро вилоятида асалари захри олиш теxнологияси. "Кишлок xyжалигида экологик мyаммолар" xалкаро илмий-амалий анжyман материаллари туплши. Бyxоро, 2003.

8. Карабаева, Р. Б., Ибрагимов, А. А., & Назаров, О. M. (2020). mMro^^^^ СОСТАВ ЭФИРНОГО MАСЛА PRUNUS PERSICA VAR. NECTARINA, ПРОИЗРАСТАЮЩЕГО В УЗБЕКИСТАНЕ. Химия растительного сырья, (4), 165-170.

9. Карабаева, Р. Б., Ибрагимов, А. А., & Назаров, О. M. (2020). ОПРЕДЕЛЕНИЕ СОДЕРЖАНИЯ ЛИПИДОВ И КИСЛОТ В MАСЛЕ ЯДЕР КОСТОЧЕК ДВУХ ОБРАЗЦОВ PRUNUS PERSICA VAR. NECTARINA. Universum: химия и биология, (12-1 (78)), 51-55.

10. Карабаева, Р. Б., Ибрагимов, А. А., & Назаров, О. M. (2020). Определение содержания xимическиx элементов и аминокислот в Prunus persica var. Nectarina. Universum: химия и биология, (9 (75)), 15-18.

11. Карабаева, Р. Б., Ханабатова, M. Т. К., & Абдyллаева, M. К. (2022). ОПРЕДЕЛЕНИЕ ЖИРНОКИСЛОТНОГО СОСТАВА MАСЛА ЯДЕР СЕMЯН PRUNUS DULCIS VAR. AMARA. Universum: химия и биология, (6-2 (96)), 3032.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.