Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA ASALARICHILIKNI RIVOJLANTIRISH VA UNING AHAMIYATI'

O‘ZBEKISTONDA ASALARICHILIKNI RIVOJLANTIRISH VA UNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
706
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
asalari oilasi / qutili asalari / uyada ish bajaruvchi ishchi asalarilar / dalaga uchuvchi ishchi asalarilar / razvedkaga chiquvchi asalarilar / ona ari / suniy chiqarilgan ona ari / tabiiy chiqgan ona ari / erkak ari / asal / gulchang / perga / prapolis / mum / asalari zaxari / asalasri suti. / bee family / box bees / worker bees in the hive / field worker bees / scout bees / queen bee / artificially released queen bee / naturally released queen bee / male bee / honey / pollen / perga / propolis / wax / bee venom / royal jelly.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — R. Jamolov, B. Abduvaliyev, Z Ma’murova

Maqolada bugungi kunda O’zbekistonda asalarichilikka bo‘lgan talab va uning shifobaxsh maxsuloti bo‘lgan asal va asalari mahsulotlari (mum, prapolis, guulchangi (perga), asalari suti va zaxari) yetishtirishga oqilona ixtisoslashuvini saqlab qolish, mustaqil respublikamizning kun sayin bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davrida iqtisodiyotimizning asosini tashkil etadi. Respublikamiz asalarichilari oldiga har bir asalari oilasining mahsuldorligini oshirish hisobiga asal va asalari mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirishga qat’iy vazifasi qo’yilganligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF BEEKEEPING IN UZBEKISTAN AND ITS SIGNIFICANCE

In the article today, the demand for beekeeping in Uzbekistan and the preservation of reasonable specialization in the production of honey and bee products (wax, propolis, bee pollen, bee milk and nectar), which are medicinal products, are the daily market of our independent republic. It forms the basis of our economy in the transition period. It was explained that the beekeepers of our republic have a strict task to increase the production of honey and bee products at the expense of increasing the productivity of each bee colony.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA ASALARICHILIKNI RIVOJLANTIRISH VA UNING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTONDA ASALARICHILIKNI RIVOJLANTIRISH VA UNING AHAMIYATI

Jamolov R.Q.

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi Abduvaliyev B.A.

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi Ma'murova Z.F.

Farg'ona davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo. 7398822

Annotatsiya. Maqolada bugungi kunda O'zbekistonda asalarichilikka bo 'lgan talab va uning shifobaxsh maxsuloti bo'lgan asal va asalari mahsulotlari (mum, prapolis, guulchangi (perga), asalari suti va zaxari) yetishtirishga oqilona ixtisoslashuvini saqlab qolish, mustaqil respublikamizning kun sayin bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan davrida iqtisodiyotimizning asosini tashkil etadi. Respublikamiz asalarichilari oldiga har bir asalari oilasining mahsuldorligini oshirish hisobiga asal va asalari mahsulotlarini yetishtirishni ko'paytirishga qat'iy vazifasi qo'yilganligi yoritilgan.

Kalit so 'zlar: asalari oilasi, qutili asalari, uyada ish bajaruvchi ishchi asalarilar, dalaga uchuvchi ishchi asalarilar, razvedkaga chiquvchi asalarilar, ona ari, suniy chiqarilgan ona ari, tabiiy chiqgan ona ari, erkak ari, asal, gulchang, perga, prapolis, mum, asalari zaxari, asalasri suti.

РАЗВИТИЕ ПЧЕЛОВОДСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ И ЕГО ЗНАЧЕНИЕ

Аннотация. В статье сегодня востребованность пчеловодства в Узбекистане и сохранение разумной специализации на производстве меда и продуктов пчеловодства (воск, прополис, перга, пчелиное молочко и нектар), которые являются лекарственными продуктами, являются повседневным рынком. нашей независимой республики, составляет основу нашей экономики в переходный период. Было разъяснено, что перед пчеловодами нашей республики стоит строгая задача по увеличению производства меда и продуктов пчеловодства за счет увеличения продуктивности каждой пчелиной семьи.

Ключевые слова: пчелиная семья, пчелы-коробочки, рабочие пчелы в улье, пчелы-полевики, пчелы-разведчики, матка, искусственно выпущенная матка, естественно выпущенная матка, пчелиный самец, мед, пыльца, перга, прополис, воск, пчелиный яд. , маточное молочко.

DEVELOPMENT OF BEEKEEPING IN UZBEKISTAN AND ITS SIGNIFICANCE

Abstract. In the article today, the demand for beekeeping in Uzbekistan and the preservation of reasonable specialization in the production of honey and bee products (wax, propolis, bee pollen, bee milk and nectar), which are medicinal products, are the daily market of our independent republic. It forms the basis of our economy in the transition period. It was explained that the beekeepers of our republic have a strict task to increase the production of honey and bee products at the expense of increasing the productivity of each bee colony.

Keywords: bee family, box bees, worker bees in the hive, field worker bees, scout bees, queen bee, artificially released queen bee, naturally released queen bee, male bee, honey, pollen, perga, propolis, wax, bee venom, royal jelly.

KIRISH

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Asalari yetti xazinaning biri - deydi xalqimiz. Asalarilar ko'plab shifobahsh asal, mum, propolis, gulchangi to'plashi bilan hamda ayni paytda qishloq xo'jalik ekinlarini, ayniqsa bog'dorchilik, sabzavotchilik, issiqxona xo'jaliklari va paxtachilikni rivojlantirishga katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu boisdan ham, u qishloq xo'jaligida serdaromad sohalardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda O'zbekistonda asalarichilikka bo'lgan talab va uning shifobaxsh maxsuloti bo'lgan asal va asalari mahsulotlari (mum, prapolis, guulchangi (perga), asalari suti va zaxari) yetishtirishga oqilona ixtisoslashuvini saqlab qolish, mustaqil respublikamizningkun sayin bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan davrida iqtisodiyotimizning asosini tashkil etadi. Respublikamiz asalarichilari oldiga xar bir asalari oilasining mahsuldorligini oshirish hisobiga asal va asalari mahsulotlarini yetishtirishni ko'paytirishga qat'iy vazifasi qo'yilgan. Buning uchun har bir asalarichidan va har bir rahbardan, asalari oilasini zooveterinariya qoidalari asosida parvarishlab, asalarilarni tez-tez serasal o'simliklar o'sadigan joylarga ko'chirib turishni talab qiladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Asalarilarning foydali va serdaromad tomonlari shundaki, ular o'simlik gullarini chetdan changlatish yo'li bilan ekinlar, hosildorligini 20-45 % gacha oshirishga sabab bo'ladi. Respublikamiz sharoitida esa g'o'za, bog'lar, beda va dukkakli o'simliklar, ozuqabop hamda poliz ekinlari maydonlari kengayib borishi tufayli, qishloq xo'jalik ekinlarini changlatishda asalarilarning ahamiyati kun sayin ortib bormoqda.

Asalarilarning ana shunday beminnat xizmatlarini va u dehqonlarning qanotli yordamchisi ekanligini hisobga olib, hukumatimiz keyinigi yillarda asalarichilikni respublikada yanada rivojantirish to'g'risida ko'pgina qarorlar qabul qildi.

Shu jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidenting 2017-yil 16 oktyabrdagi "Respublikamizda asalarichilik tarmog'ining yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi - 3327 soli qarori qabul qilindi. Bu qaror yordamida respublikamizda asalarichilik tarmogI jadal rivojlandi, uning moddiy-texnika ta'minoti, kadrlar bilan ta'minlash ishlari mustahkamlandi.

Respublikamizda sosial va iqtisodiy rivojlantirishning 2026 yilgacha bo'lgan davrga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlarida ham asalarichilikni jadal usulda rivojlantirish mo'ljallangan. Mamlakat oziq-ovqat dasturini amalga oshirishda ham asalarichilik katta ahamiyatga egadir.

«Asalarichilik asoslari» fani, bu asalarilar hayotini va uni qishloq xo'jaligi tarmog'ida keltirayotgan foydasini o'rganuvchi fandir. Asalarichilik asoslari fani qishloq xo'jalik fanlari orasida tez sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan tarmog'i bo'lib, uning o'zi ayni paytda qator mustaqil ilmiy bo'limlarga bo'linganligi e'tiborga molik.

Binobarin, mazkur darslikda respublikada asalarichilikning rivojlanish taraqqiyoti tarixini, istiqlol mafkurasi asosida, yaxlit bir tizim sifatida o'rganishga e'tibor qaratilgan.

Ma'lumki, qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurtlari va kasb-xunar maktablarida «Asalarichilik asoslari» fani bo'yicha tuzilgan darslik shu paytgacha yo'qligi ham, bu sohani talabalarga puxta o'rganishni qiyinlashtirmoqda. Shu bois «Asalarichilik asoslari» fanining yangi milliy mafkura nuqtai nazaridan, talabalarga yetkazish, mazkur darsliknin asosiy mundarijasini tashkil etadi.

"Asalarichilik asoslari" bu nazariy fan, u asalarichilikning amaliy sohalarini ilmiy asosi bo'lib xizmat qiladi. Bu fanning asosiy vazifasi asalarilarning qishloq xo'jaligi va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

xalq xo'jaligiidagi ahamiyatini o'rganish va o'rgatish bilan birga, asalarilarning tana va ichki organlarining tuzilishi, hayot kechirishining o'ziga xosligi va tashqi o'simliklar olami bilan bog'liqligi, ilmiy darajada yoritilgan hamda issiq iqlim sharoitida asalari oilasini boqish texnologiyasining o'ziga xosligi, ilmiy asoslangan holda ishlab chiqilgan.

Asalarilarning tuzilishidagi o'ziga xos belgilarini va ko'chma asalarichilikda ular o'zgacha muhitga tez moslanishi bilan odamlarga va qishloq xo'jaligi uchun qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini o'rganish muhimdir. Asalarilarning biologik xususiyatlarini chuqurroq o'rganish, bu albatta selektsiya - naslchilik ishlarida, ularning zot sifatida xo'jalik foydali xususiyatlarini saqlab qolish va undan keng foydalanish imkoniyatini beradi.

Asalarilarga bo'lgan qiziqish qadim zamonlardan boshlangan. Ularga dastlab uni asaliga, shirin yegulik sifatida qaralgan bo'lsa, keyinchalik chorvachilik va dehqonchilik ishlari rivojlangach, asalarilarga bo'lgan qiziqish, yanada ortib borgan. Ma'lum bo'lishicha, asalarichilik dastavval faqatgina Osiyo, Afrika, Yevropada tarqalgan. Taraqqiyotning va fanning boshqa sohalari kabi asalarichilik ham XVI asrdan boshlab keskin rivojlana boshlangan.

Respublikamizning ajoyib tabiati va iqlim sharoiti, qishloq xo'jaligining barcha sohalari kabi asalarichilikning ham muvaffakiyatili rivojlantirish imkonini beradi. Cheksiz maydonlardagi o'tloqlarimiz, rang-barang adiru qirlarimiz, bepayon paxtazorlarimiz, bog' va gulzorlarimiz, asalarilar uchun ajoyib ozuqa manbai hisoblanadi. Shunga qaramay, xozirgi vaqtda xalq xo'jaligining bu tarmog'ining rivojlanish salmog'i, aholining kundan-kunga ortib borayotgan talablariga yetarli darajada javob bera olmaydi.

Asalarichilikning qishloq xo'jalik ekinlari hosilini oshirishdagi ahamiyati yanada katta. Ma'lumki, dunyodagi 80% gulli o'simliklar, chetdan changlanadilar. Ana shu o'simliklarning chetdan changlanishida, asalarilarasosiy rol o'ynaydi, chunki boshqa xil changlatuvchi hasharotlar soni juda kam va ularni kerakli paytda ekinlarni changlantirishga ko'chirib bo'lmasligi oqibatida, asalarilar bunga juda mos keladi. Asalarilarni xohlagan paytda, kerakli o'simliklarni chetdan changlantirishda foydalanish mumkin.

Asalarilar tufayli chetdan changlanadigan beda va dukkakli o'simliklar hosili 3035%, kungaboqar 40-45%, mevali daraxtlar 50-60% va poliz ekinlari esa 70-80% gacha oshganligi aniqlangan. (Suyarkulov Sh)

Asalarilar yotdamida changlatishda, ayniqsa g'o'zalarning chetdan changlanishida va ularning hosildorligini oshirishdagi ahamiyati yanada katta. Tajribalarning ko'rsatishicha, asalarilar yordamida changlangan g'o'za maydonlarining hosili 15-25% gacha ortganligi va ularning ko'sagi yirik bo'lib, pishib yetilish tezlashganligi kuzatilgan. Respublikamizdagi asalarichilar tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, paxta maydonlariga joylashtirilgan har bir asalari oilasidan 20-30 kg gacha asal olinmoqda. Demak paxtachilikda hosildorlikni oshirish uchun har bir paxta dalasida asalari oilasini joylashtirish kerak bo'ladi. Asalarilar qancha ko'p bo'lsa, undan olinadigan asal ham va qishloq xo'jalik ekinlari hosili ham shuncha ko'p bo'ladi.

Shu sababdan asalarichilikning har tomonlama foydali va daromadli ekanligi ko'rinib turibdi. Shunday ekan, bu sohaga yetarli ahamiyat berish vauni har tomonlama rivojlantirish dolzarb masala hisoblanadi.

Respublikada asalarichilik soxasini sanoat asosidagi ishlab chiqarishga o'tkazish bilan, asalarichilikni boshqarishning yangi oqilona usullarini ishlab chiqish, asalarichilikda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

og'ir qo'l mehnatlarini mexanizatsiyalash katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun asalari oilasini rejali ko'paytirish, erta bahordan cho'l va tog' etaklarida ko'chirish va serasal o'simliklardan oqilona foydalanish, ko'chma asalarichilikni rejali texnologiyalar asosida, ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

Respublikada asalari oilasini rivojlantirish maqsadida, asal yetishtirishning tezkor texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish, fan va texnika yutuqlarini, ilg'or tajribalarni asalarichilikka joriy etishni davr taqozo etmoqda. Asalarilarning yangi zotlarini yaratish va naslini yaxshilash borasida, ish olib borish ham muhim masalalardandir.

MUHOKAMA

Ozbekiston hududida asalarichilar oldida turgan vazifalardan yana biri, asalari kasaliklari va zararkunandalari bilan doimiy kurash olib borishdir. Hozirgi kungacha juda xavfli yuqumli kasallik bo'lgan Amerika va Yevropa chirish kasalligi, varroatoz va akarapidoz kana kasalliklari, mum parvonasini yo'qotish masalalari, to'la-to'kis hal qilinmagan, boshqa yirtqich xasharotlar va qushlarga qarshi kurashning amaliy tadbirlari ishlab chiqilmagan, asalarilarning turli kasalliklarini profilaktika qilish va sanitariya -veterinariya nazorati to'la yo'lga qo'yilmagan.

Asalarichilikka ixtisoslashgan xo'jaliklar faqatgina asal hosiliga qarab turmasliklari kerak. Buning uchun erta bahordan iqlim sharoitiga moslashgan ona asalari va paketli asalarilar yetishtirib, sotib turishlari kerak. Bundan tashqari asalari suti va zahri ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir. Chunki hozirgi kunda I gr asalari zahri, jahon bozorida IGG va I kg asalari suti esa IGGG AQSH dollariga tengdir, bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishda, xo'jalik katta iqtisodiy foyda ko'radi.

Propolis esa halq tabobatida juda ko'p kasalliklarni, jumladan, undan turli hil malhamlar, spirtli eritmalar, ekstraktlar tayyorlab, davolashda ishlatiladi. Propolisdan turli teri, tish kasalliklarini davolashda keng foydalaniladi.

Asalari mumi o'zining shifobahshlik xususiyatlari bilan birga, elektr va radiotexnikada tengi yo'q, aniq o'lchaydigan asboblarni izolatsiya qilish materialidir. Quyuvchilik ishiga mum aniq detallar va san'at buyumlarini quyish uchun ishlatiladi. Ayni vaqtda asalari mumi halq xo'jaligining juda ko'p sohalarida, chunonchi, aviatsiya, avtomobilb, oyna, ko'n, qog'oz, to'qimachilik sanoatlarida xam keng ishlatiladi.

Asalarichilik mahsulotlaridan kosmetikada xam keng foydalanadilar. Keyingi o'n yilliklarda ko'pgina mamlakatlarda tabiat in'omlari bo'lgan ba'zi bir mahsulotlarning tarkibidagi biologik faol moddalarning shifobaxshlik xususiyatlariga alohida e'tibor berilmoqda. Huddi shunday maqsadda, asalarichilik mahsulotlari tarkibidagi biologik faol moddalaridan kosmetikada har hil dori-darmonlar tayyorlashda ajoyib manbaa bo'lib xizmat qilishini aniqladilar. Shu tariqa asalarichilik mahsulotlaridan har hil kremlar, shampunlar, tish pastalari, sovunlar, pamadalar tayyorlash keng yo'lgaqo'yilgan.

Asaldan oziq-ovqat sanoatida keng foydalanadilar. Xususan, asaldan qandolatchilikda har hil konfetlar, holvalar, pechenelar, tortlar, kekslar, muzqaymoqlar, bodroqlar tayyorlashda, shuningdek, asalli salqin va chanqov bosti ichimliklar tayyorlashda keng foydalanadilar. Bular inson organizmidagi ko'pgina xastaliklarni ham tezda davolaydi.

Asalarichilik mahsulotlaridan vinochilik sanoatida ham keng foydalanib kelinmoqda. Odatda vino uzum va boshqa xil mevaladan tayyorlanadi. Lekin asaldan tayyorlangan vinolar, o'zining ta'mi va xo'shbo'yligi bilan, hammani o'ziga maftun etadi. Asalarichilik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

mahsulotlari bo'lgan asal va propolisdan tayyorlangan xar xil dorilar veterinariyada chorva

mollarida uchraydigan ko'pgina kasalliklarni davolashda mohirona ishlatib kelinmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 oktyabrdagi "Respublikamizda asalarichilik tarmog'ini yana rivojlantirish chora-tadbirlari to'risida"gi PQ-3327-sonli qarori. "Qishloq xayoti" gazetasi. 2017 yil 17 oktyabr.

2. Gulov A.N., Borodachev A.V., Beryozin A.S. Vozrast trutney i kachestvo trutney. J. "Pchelovodstvo", 2015, №4, str. 24-26.

3. Gulov A.N., Borodachev A.V. Kachestvo spermi i otsenka otsovskix semeney. J. "Pchelovodstvo", 2016, №10, sr. 25-26.

4. R.Jamolov., O.To'rayev, D.Xatamova. "Asalarichilik asoslari", Farg'ona "Classik", 2022.

5. Jamolov R., Boboyev B., O'Ktamjonov S. Farg 'ona vodiysida ona asalari yetishtirishning asalarichilikni rivojlantirishdagi va oila mahsuldorligini oshirishdagi ahamiyati //Science and innovation. - 2022. - т. 1. - №. d7. - с. 43-49.

6. Kushmatovich, J. R., Safarovich, T. O., Rustamovna, J. D., Pardaevich, A. T. (2022). The effect of artificial insemination of queen bees in the fergana valley on its ovulation. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(6), 1-5.

7. Jamolov, R., Azizov, R., O'ktamova, Z. (2022). Asalari oilalarining tinch yo 'l bilan ona asalarini almashtirishi va ona asalari sifatiga ta'sir etuvchi omillar. science and innovation, 1(d7), 229-233.

8. To'raev O.S., Mavlanov S.I., Kaxramonov B.K. va boshq. O'zbekiston sharoitida ona asalarini sun'iy usulda urug'lantirish afzalliklari. "Respublika chorvachiligini rivojlantirish istiqbollari" mavzusdagi ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. Toshkent, 2019, 251-255 betlar.

9. Zokirova, S. K., Jamolov, R. K., Boboyev, B., & Kodirova, N. (2021). Determination of the agrophysical properties of the soil. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(9), 1083-1085.

10. Jamolov, R. Q., Xatamova, D. M., & Xolmatova, M. A. (2022). ASALARICHILIK VA UNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 644-649.

11. Jamolov, R., Tolipova, X., Oxunova, D. (2022). O 'ZBEKISTON IQLIM SHAROITIDA ASALARILARNING VORROATOZ KANA KASALLIGI VA UNGA QARSHI KURASHISH USULLARI. Science and innovation, 1(D7), 50-55.

12. Jamolov, R. Q., Xatamova, D. M., & Xolmatova, M. A. (2022). ASALARILAR OILASINING YASHASH TARZI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 666-671.

13. Jamolov, R., Abdullayeva, G., Haydarova, N., & Teshaboyev, N. (2021, July). THE ROLE OF WATER AND SALT IN THE LIFE OF BEES. In Конференции.

14. Qoshmatovich, J. R. (2022). TECHNOLOGY OF FEEDING FAMILIES OF BEES IN DIFFERENT TYPES OF HOUSEHOLDS IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(3), 295-301.

15. Kushmatovich, J. R. (2022). THE ROLE OF BEE POLLINATION IN UZBEKISTAN AND ITS ROLE IN INCREASING PRODUCTIVITY. PEDAGOGS jurnali, 12(2), 176-179.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.