Научная статья на тему 'ASALARICHILIK MAXSULOTLARINI SANOAT TEXNOLOGIYASIDAGI FERMER XO‘JALIKLARI ASOSIDA YETISHTIRISH VA QAYTA ISHLASH'

ASALARICHILIK MAXSULOTLARINI SANOAT TEXNOLOGIYASIDAGI FERMER XO‘JALIKLARI ASOSIDA YETISHTIRISH VA QAYTA ISHLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
710
98
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
asalari oilasi / asal olish texnologiyasi / shakar asali / ozuqa / mum katak. / bee family / honey extraction technology / sugar honey / feed / wax cage.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Rustamova, L.Q., Murodova, X.Z.

Ushbu maqolada asalarichilikni xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, bu sohada olib borilayotgan islohotlar, asal olish texnalogiyalarini ishlab chiqish, yetishtirish, qayta ishlash, asalarichilik boshqa fermer xoʻjaliklaridan afzalliklari haqida soʻz boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRODUCTION AND PROCESSING OF BEE PRODUCTION ON THE BASIS OF INDUSTRIAL TECHNOLOGY FARMS

This article discusses the importance of beekeeping in the national economy, the ongoing reforms in this area, the development, cultivation, processing of honey, the advantages of beekeeping over other farms are discussed.

Текст научной работы на тему «ASALARICHILIK MAXSULOTLARINI SANOAT TEXNOLOGIYASIDAGI FERMER XO‘JALIKLARI ASOSIDA YETISHTIRISH VA QAYTA ISHLASH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ASALARICHILIK MAXSULOTLARINI SANOAT TEXNOLOGIYASIDAGI FERMER XO'JALIKLARI ASOSIDA YETISHTIRISH VA QAYTA

ISHLASH

Rustamova L.Q. Murodova.X.Z.

Namangan davlat universiteti

Ushbu maqolada asalarichilikni xalq xojaligidagi ahamiyati, bu sohada olib borilayotgan islohotlar, asal olish texnalogiyalarini ishlab chiqish, yetishtirish, qayta ishlash, asalarichilik boshqa fermer xo'jaliklaridan afzaUiklari haqida so Z boradi.

Kalit so'zlar: asalari oilasi, asal olish texnologiyasi, shakar asali, ozuqa, mum katak.

This article discusses the importance of beekeeping in the national economy, the ongoing reforms in this area, the development, cultivation, processing of honey, the advantages of beekeeping over other farms are discussed.

Keywords: bee family, honey extraction technology, sugar honey, feed, wax cage.

В данной статье рассматривается значение пчеловодства в народном хозяйстве, проводимые реформы в этой сфере, разработка, выращивание, переработка технологий производства меда, обсуждаются преимущества пчеловодства перед другими хозяйствами.

Ключевые слова: пчелиная семья, технология производства меда, сахарный мед, корма, восковая клетка.

Asalarichilik - qishloq xo'jaligining tarmoqlaridan biri, asalarilami asal, mum va boshqa mahsulotlar (asalari suti, asalari yelimi, asalari zahari va boshqalar) olish, shuningdek qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun ularni changlatish maqsadlarida boqishga asoslangan. Asalarichilik fermer xo'jaliklarini tashkil etish va yuritish fani qishloq xo'jaligida tez sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan fermer xo'jaliklarining huquqiy va tashkiliy tomonlarini, asalari oilasini boqishda ilg'or texnologiyalarni qo'llash va mahsuldorlikni oshirish yo'llarini va yuqori sifatli mahsulot yetishtirishni o'rgatadi.

ANNOTATSIYA

ABCTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Asalarichilikning asosiy maqsadi respublikamizda oziq-ovqat dasturini amalga oshirish bo'yicha hukumat tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarni o'rganishdan iborat.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Asalarichilik - qishloq xo'jaligining eng qadimgi tarmoqlaridan biri. Bu haqidagi dastlabki ma'lumotlar eramizdan avvalgi Misr tibbiyotiga oid asarlarda, zardushtiylarning muqaddas «Avesto»sida, hindlarning «Hayot» kitobida, tibbiyotga oid «Jud-ji» kitobida uchraydi.

Ispaniyadagi Aran g'oridan topilgan arxeologik ma'lumotlarga kura A. Miloddan avvalgi 10 - 5-ming yilliklarda ham mavjud bo'lgan degan tax-minlar bor. "Tavrot", "Bibliya" kabi diniy kitoblarda ham A. To'g'risida ma'lumotlar keltiriladi. A. Tarixida bir necha bosqichlar bo'lgan. Dastlab odamlar asalni o'rmon va tog'larda daraxtlarning kovaklari, toshlar yoriqlari, g'orlarga uya qo'ygan asalarilardan olganlar. Bun-day A. Terimchilik va ovchilikning bir turi hisoblangan. 1814-yilda rus asalarichisi P. I. Prokopovich romli asalari qutisini, 1865-yilda chex asalarichisi F. Grushka asalajratgichni kashf etishi bilan ko'pgina mamlakatlarda A. Serdaromad tarmoqqa aylandi. 20-asrning 20-yillaridan maxsus A. Xo'jaliklari paydo bo'ldi.A. Yer yuzasining barcha qit'alarida tarqalgan. BMT ma'lumotlariga ko'ra 1970-yillar boshida jahonda 40 mln.ga yaqin asalari uya (oilalari) mavjud bo'lgan. Jahon mamlakatlarida A. Aso-san 3 yo'nalishda rivojlanmoqda: asal olish; ekinlarni changlatish; boshqa xo'jaliklarga tarqatish uchun eng yaxshi asalari zotlarining ona arisini yetishtirish (ona asalari yetishtiruvchi xo'jaliklar) va asalari oilalarini ko'paytirish. A. Rossiya, Ukraina, AQSH, Meksika, Turkiya, Fransiyada ayniqsa, rivojlangan. 1887-yilda tuzilgan "Api-mondiya" Xalqaro asalarichilik tash-kiloti asalarichilar o'rtasida xalqaro aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo'shib kelmoqda. Bu tashkilot A.ga bagashlangan simpoziumlar, kongres-slar, ko'rgazmalar o'tkazadi, 1966-yildan maxsus xalqaro "Apiacta" jurnali nashr etadi.O'zbekistonda asalarichilik mahsulotlari qadimdan oziq-ovqat va doridarmon sifatida ma'lum bo'lsada, asalarilarni qutilarda boqish 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Turkistonga dastlabki asalari oilalari 1841-yilda Qozog'istonning Semipalatinsk viloya-tidan keltirilgan.19-asrning 2-yarmida Turkistonga o'rta rus asalarisi, Kavkaz kulrang tog' asalarisi, ukrain dasht asalarisi va boshqa olib kelingan va O'zbekistonda biol.si hamda foydali xo'jalik belgilari bilan ajdodlaridan farq qiladigan asalarilar po-pulyatsiyasi vujudga keldi. O'zbekiston Respublikasida 154 ming asalari oilasi (kutisi) bor. Ixtisos-lashtirilgan asalarichilik xo'jaliklari tashkil etilgan. Qishloq va suv

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

xo'jaligi vazirligi tizimida 48 asalarichilik xo'jaligi (88 ming asalari oilasi), shu jumladan, "Asal" uyushmasi (1975 - 96 yillarda respublika IIB) bor (1998). Resbuplika korxonalarida, "O'zmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi tarkibida ham asalarichilik xo'jaliklari bor. Asalarichilik bilan 20 - 50 (90%) yoki 50 - 150 (10%) quti asalarisi bo'lgan xususiy asalchilar ham shug'ullanadi. Mavsumda ikki marta - may-iyun (bahorgi) va avgust-sentabrda (yozgi) asal olinadi. 1996-yil 17,1 ming-tasal, 187 t mumlarda tayyorlandi. Respu-blikada yiliga 20 ming t dan ko'proq asal tayyorlash imkoniyatlari bor. Asalarilar asosan ko'chma usulda boqiladi. Asalarilardan qishloq xo'jaligi ekinlarini (g'o'za, mahsar, kanop, urug'lik beda va boshqalar) changlatishda foydalaniladi. Asalarilar bilan changla-tish g'o'za hosildorligini o'rtacha 5,1 - 5,9 s/ga oshirishi aniqlangan

Asalarichilikda innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda soha mahsuldorligini oshirishda oziqlar sifatiga e'tibor qaratish va bunda zamonaviy usullarni qo'llash lozim. Arilar kasallanmasligi uchun ularni sog'lomlashtirish ozig'I bilan boqish katta ahamiyatga ega. Bunday oziq arilar kasallanmasidan oldin beriladi. Agar o'tgan mavsumda asalarilar chirish yoki nozematoz kasalligi bilan kasallangan bo'lsa, keyingi yilgi mavsumda ari oilalariga oqsilli oziqqa dori qo'shib berish usullari zarur bo'ladi.

Arilarga xamirsimon oziqning har kilogrammiga 1-2,5 million birlik hisobida biomitsin, tetratsiklin, streptotsid dorilaridan qo'shib berilsa, ular chirish kasalligi bilan kasallanmaydi. Ko'rsatilgan dorilarning qaysi biridan qancha miqdorda qo'shish kerakligini veterinar bilan maslahatlashish kerak. Arixonalardagi arilar nozematoz kasalligi bilan kuchli zararlangan bo'lsa, u holda oziqning bir kilogrammiga 4-8 g fumagillin (qancha miqdorda qo'shilishi arilar qay darajada xavfli kasallanganligiga qarab aniqlanadi) qo'shib beriladi. Ari oilalariga sog'lomlashtirish maqsadida berilgan asal va qand upasining aralashmasidan tayyorlangan va dori qo'shilgan xamirsimon oziqning bir kilogrammini kuchli ari oilalari 7-10 kun davomida iste'mol qilib tugatadi, demak, shuncha kun davomida arilar davolanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'simliklar gullab, arilar uyalariga sharbat keltira boshlashlari bilan arilarning uyalariga suv keltirishi kamayadi. Agarda tabiatdan kuchli sharbat kelib tursa, u holda arilar uyalariga butunlay suv keltirishni to'xtatadi, chunki ular sharbat tarkibidagi suvning hisobiga o'zlarining suvga bo'lgan talabini qondiradi. Asalarichilikda asalari oilasining mahsuldor bo'lishi o'tgan yili arilarning qishlashi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uchun jamg'arilgan oziqqa, kelasi yili ari oilasining asal to'plashi esa shu yili asosiy sharbat to'plash mavsumida qancha ko'p va sifatli oziq jamg'arilganligiga bog'liq bo'ladi. Yetarli va sifatli oziq jamg'arilganida ari oilalari muvaffaqiyatli qishlab chiqib, bahorda yaxshi rivojlanadi.

Yuqoridagi fikrlarni to'g'riligini tasdiqlash uchun o'tkazgan tajribamiz natijalari quyidagi 1- jadvalda keltirilgan.

Qishlovga qoldirilgan oziq asalning mahsuldorlikka ta'siri 1-jadval

Guruh. Asalari oilasi soni (ta) Qishlovga qoldirilgan asal (kg) Asalarilar yiqqan asal (kg)

I 10 7.3 8.1

II 10 10.5 12.7

III 10 20.2 32.4

Tahlil natijalariga ko'ra, uyada eng ko'p oziq zaxirasi bo'lgan oilalar bir mavsumda eng ko'p miqdorda asal yig'adi. Oziq sifatida shakar sharbatidan foydalanilganida, birinchidan shakar asalga nisbatan bir necha barobar arzon turadi,ikkinchidan, shakar asali bilan oziqlangan arilar qishloq xo'jaligi zararkunandasi bo'lgan shira hasharotlarining axlat tariqasida ajratgan shirinsimon suyuqliklaridan tashkil topgan qora asalni iste'mol qilishdan xoli bo'ladi.

Asalarichilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari asalarichilik mahsuldorligini oshirishda yuqorida keltirilgan an'anaviy oziqlar sifatini oshirgan holda, asalarilarni oziqlantirishda zamonaviy usullarni qo'llash natijasida yuqori samaradorlikka erishadilar.

XULOSA

Asalarichilik azaldan rivojlanib kelayotgan fermer xo'jaligi hisoblanadi. Asalari yetishtirish fermerchiligidagi asalarilarning yuqumli kasalliklardan himoya qilish usullari ishlab chiqarildi va sun'iy ona ari yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqildiberildi.Ushbu maqolada qishlov natijasida olingan ma'lumotlarga ko'ra, uyada eng ko'p zaxira holdagi ozuqa moddasi bo'lgan arilar oilasida mavsum davomida eng ko'p asal yig'adi. Buni hisobga olgan holda asal olish texnologiyalarni qo'llab ustalardan eng ko'p asal olish va uni xalqqa yetkazish usullari ko'rsatib berildi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03/1-348-Sonli «Respublikada 2009-2011- yillarda asalarichilik sohasini Rivojlantirish bo'yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar» Dasturi. - T., 2009- yil 3- mart.

2. Kraxotin N. F. O'zbekistonda asalarichilik. - T.: Mehnat, 1991.

3. Isamuhamedov A. I. Asalarichilik. - T.: O'qituvchi, 1995.

4. Крахотин Н. Ф. Календарь пчеловода. - М.,1989.

5. Авестесян А.Г..Пчеловодетва.-М.А.С.Нуждин.Основы пчеловодства. - М., 1988.

6. Akmalxonov T. Sh.. Asalarichilik. Ma'ruza matnlari. - T., 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.