Научная статья на тему 'ASAL VA ASALARICHILIK MAHSULOTLARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI'

ASAL VA ASALARICHILIK MAHSULOTLARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Животноводство и молочное дело»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Asal / tarkib / pad / gul changi / propolis / asal sirkasi.

Аннотация научной статьи по животноводству и молочному делу, автор научной работы — Suyarqulov Sherali Rustambekovich, Raximov Madaminjon Alijonovich, Xoldarov Xatamjon Mo‘Ydinovich

Maqolada asal va asalarichilik mahsulotlaridan qandolatchilikda, kosmetikada va farmatsevtika sanoatida foydalanish texnologiyasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASAL VA ASALARICHILIK MAHSULOTLARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI»

ASAL VA ASALARICHILIK MAHSULOTLARIDAN FOYDALANISH

TEXNOLOGIYASI

1Suyarqulov Sherali Rustambekovich, 2Raximov Madaminjon Alijonovich, 3Xoldarov

Xatamjon Mo'ydinovich

1Farg'ona viloyati Asalarichilar uyushmasi raisi 2Farg'ona davlat universiteti dotsenti, q.x.f.n.

3TDTU Qo'qon filiali katta o'qituvchisi, q.x.f.n. https://doi.org/10.5281/zenodo.11208208

Annotatsiya. Maqolada asal va asalarichilik mahsulotlaridan qandolatchilikda, kosmetikada va farmatsevtika sanoatida foydalanish texnologiyasi yoritilgan.

Kalit so'zlar: Asal, tarkib, pad, gul changi, propolis, asal sirkasi.

Kirish. Asal-asalari mahsuloti bo'lib, eng foydali ne'matlardan biridir. Asalning tarkibida odam organizmida tez hazm bo'ladigan 80 % meva va uzum qandi bo'ladi. Bu qandlardan tashqari oz miqdorda oqsil, temir, fosfor va boshqa moddalar bor. Bu moddalar suyaklarning o'sishi va qonning me'orda yurib turishi uchun zarurdir. Asal organizmni mustahkamlaydi. Ayniqsa yosh bolalar uchun foydali.

Tadqiqot ob'ekti. Aholi, tadbirkor va fermer xo'jaligidagi asalari oilalari, asal beruvchi manbalar, asalari mahsulotlari.

Tadqiqot natijalari. Asalning tarkibida juda oz miqdorda kislotalar, buyoq mineral hamda asalga maxsus xid beradigan xushbo'y moddalar bo'ladi. Asal och, suvdek tiniq rangdan qoramtir ranggacha bo'ladi. Uning mazasi va xushbo'y hidi nozik mayin, juda yoqimli hamda o'tkir yoqimsiz bo'ladi. Asalda qamish shakari qancha ko'p bo'lib, qiyom moddalari oz bo'lsa, u tezroq kristallanadi. Agar qamish shakari kam lekin qiyom moddalari ko'p bo'lsa, asal uzoq vaqtda kristallanadi. Asalning quyuq holga keltirish uchun suyuq asalga kristallanib qolgan asaldan qo'shiladi. Suyuq asalning 1 kg ga kristallangan asaldan 1 g qo'shilsa asal 3-4 sutkada quyuqlashadi. Quyuqlashgan asalni suyultirish mumkin. Buning uchun asal qo'shdevorli idishda qizdiriladi. Asal kuyib qolmasligi uchun, idishning devorlari o'rtasiga suv quyiladi. Asalni suyultirishda 65 darajagacha qizdirish kerak chunki 65 darajadan yuqori qizdirilganida asalning tarkibidagi moddalar parchalanib ketadi va sifati buziladi. Asalning sifatini saqlash uchun uni og'zi berkitilgan idishga solib, qishda salqin, o'ta sovuq bo'lmagan quruq xonada saqlash lozim. Xonaning harorati besh darajadan past bo'lmasligi lozim. Agar xonada namlik bo'lsa, asal namni o'ziga tortib, achib qoladi. Asal achiy boshlasa uni suyultirish kerak. Asalni saqlash uchun har xil idishlar: bochkalar, flyagalar va xokazolar ishlatiladi. Ular alyumindan, plastmassadan yoki yog'ochdan tayyorlangan bo'lishi lozim. Eng yaxshi asal saqlovchi idish - quruq yog'ochdan ishlangan idish hisoblanadi. Asal mumkatakdan ajratilmay, ramkasi bilan ham saqlanadi. Biroq mumli asal iste'mol qilinganida anchagina mum behuda ketkaziladi. Ramkali asal qish yoki bahorda oziqasi qolmagan asalari oilalariga berish uchun saqlanadi. Asalning yetilganligini bilish uchun mumkatakli ramkalarni ko'tarib olib ko'rish kerak. Asalli ramkalar yarningacha mumqopqoq bilan koplangan bo'lsa yoki gorizontal holatda ramka aylantirilganida asal tomchilamasa u yetilgan hisoblanadi. Ochiq qurtchalari bor ramkalarning asalini ajratish uchun olib bo'lmaydi. Asal - tog', o'rmon, dala asallariga ajratiladi. Bu asallar har xil o'simliklardan, yilning har xil davrlarida olinganligi uchun uning kimyoviy tarkibi ham turlicha. Asalning tarkibida 16- 20 % suv bo'ladi. Asal bir xil o'simliklardan olingan bo'lsa «monoflerniy» unga shu o'simlikning nomi beriladi. Agar asal har xil - «polifler» o'simliklaridan olingan bo'lsa - gul asali

deyiladi. Asal ramkalardan asalajratgich yordamida olingan vaqtda suyuq bo'ladi. U idishlarga qo'yilgandan so'ng, birmuncha vaqt o'tgach qotib qoladi. Asalning suyuq holatidan qattiq holatga aylanishi - cho'kib, shakarlanib yoki kristallanib qolish deb ataladi. Kristallanish ba'zi asallarda tezroq ba'zilarda esa sekinroq bo'ladi. Qiyom esa kristallanmaydi.

Pad asal- bu o'simlik shirasiga xech aloqasi bo'lmagan, asosari hasharotlar mahsulotidir. Daraxtdagi bitlar va qurtchalar o'z tanasidan juda ko'p miqdorda shirin suyuqlik ajratadi. Ba'zi o'simliklarning tanalari zaharlanganda chiqib turadigan shira hamda buzilgan meva shirasini ham asalarilar to'playdi. Pad qiyom shirasini asalarilar ko'proq kuzda, tabiatda gulshirasi kam bo'lganida to'playdi. Pad asalini qishlovga asalarilar uchun qoldirish yaramaydi, chunki qishlov vaqtida asalarilarning ichini o'tkazib yuboradi. Yosh tajribasiz asalarichining pad asalini aniqlashi qiyin bo'lishi mumkin, malakali asalarichi buni juda osonlik bilan farq qila oladi. Shuning uchun bunday tajribasiz asalarichiga pad asalini aniqlashda ohakli va spirtli reaksiya usuli yordam beradi.

Ohakli reaksiya uchun idish olib unga 1 qism asal va 1 qism suv solib aralashtiriladi, ustiga 2 qism ohakli suv qo'yib qaynatiladi. Pad asali qo'ng'ir parchalar hosil qiladi. Spirtli reaksiyada 1 qism asalni 1 qism suvda aralashtirib ustiga 10 qism sharob spirti qo'yiladi. Suv loyqalanadi, bu pad asali borligidan darak beradi.

Gulchangi yig'ish-asalarilar tanasining eng muhim tarkibiy qismlari asosari oqsil va oqsil moddalaridan iborat. Asalarilarga oqsil moddali ovqat berilmasa, ularning vazni kamayadi, urchish qobiliyati yuqoladi, ari tobora nimjonlashadi va nobud bo'ladi. Mana shuning uchun, oqsil moddalar asalari ovqatining eng zarur qismlaridan biri hisoblanadi. Asalari oilasi normal rivojlanishi uchun yetarli miqdorda gulchangni olib kelishi kerak. Ular oqsil moddani gulchangi-dan oladi. Oqsil moddasi yetarli bo'lmasa, asalarilar tarbiyalayotgan avlodi ham kamayib ketadi. Asalarilar gulchang bilan asaldan ishchi va erkak asalarilarning uch kunlik qurtchalarini boqish uchun oziqa tayyorlaydi. Asalari gullardan shira yig'ish vaqtida gulchangi uning tanasiga yopishib qoladi. Bu gulchangni asalarilar oyoqlari bilan supurib, uni shira bilan xo'llab, so'nga orqa oyoqchalardagi savatchalariga bir xil vaznda joylashtiradi. Arixonaga keltirilgan gulchangni asalarilar mumkatakchalarga joylab, ustiga asal bostiradi. Ustiga asal bostirilgan perga aynimaydi. Asalari oilasi rivojlanishi uchun, bir mavsumda 25 kg atrofida gulchang iste'mol qiladi. Katakchalariga joylashtirilgan gulchang perga deb ataladi. Serchang gulli o'simliklarni topib kelgan asalarilar ham raqs tushib bu haqida oilaga habar beradilar.

Propolis - yelimga o'xshash yopipqoq moddadan iborat. Propolisning kelib chiqishi ilgan aniq o'rganilmagan. Bu masalada ikki xil fikr yuritilgan. Birinchisi, asalari gulchang bilan ovqatlanganida chang po'stlogida bo'ladigan malhamga o'xshash moddani qusadi va u modda mum bilan aralashib propolisni hosil qiladi. Ikkinchi fikr - asalarilar yopishqoq yelimni daraxt tanasidan, kurtaklaridan oladi. Bu yelimga mum, gulchangi qo'shib propolis yaratadi. Asalarining propolis ajratadigan so'lagi yo'qligi aniqlanganligi uchun, asalarilar propolisni daraxtlar tanasidan, kurtaklaridan olish fikri to'g'ri deb hisoblanadi. Propolisni, asalarilar kuz faslida sovuq tushishi arafasida, arixonaning hamma yoriqchalarini suvash uchun ishlatadi. Arixona eshikchalarini, bir necha tor yo'l qoldirib, boshqa qismini propolis bilan berkitib qo'yadi. Shuningdeq asalarilar propolisni katakchalarni yaltiratish uchun ham ishlatadi. Zararkunandalar: masalan, sichqon arixonaga kirib o'lib qolsada asalarilar uni propolis bilan suvab qo'yadi. Propolis bilan suvalgan sichqon o'ligi aynimaydi. Bahor kelishi bilan asalarichi arixonaning ramkalari ustidagi, eshikchalardagi propolisni sotish uchun yig'ib oladi. Eng toza propolis arixona eshikchalarini ichki tomonidan olinadi. Ramkalar ustidagi propolis yig'ilganida mum bilan aralashib qoladi. Propolis mumdan tozalash uchun suvga solinganida, mum suv betiga qalqib

chiqadi. Propolisning rangi och sariqdan to'q qo'g'ir tusgacha bo'ladi. Propolis tarkibi har xil bo'lib u asalarilar yashayotgan joyda o'sadigan o'simliklarga bog'liq. Propolis 50-55 % propolis smolasi va balzamlardan, 8-10 % xushbo'y efir moyidan, 30 % gacha propolislangan mumdan va 5 % gulchangidan tashkil topgan. U tibbiyotda, kosmetikada ishlatiladi. Ona suti- ishchi asalarilarining so'lak bezlaridan ishlanib chiqadi. Ona suti juda to'yimli va tez xazm bo'ladi. Ona asalari tuxum qo'yib yo'rganida, ishchi arilar ona arini yonida yurib hartuinchalari yordamida uni oziqdantiradi. Qurtchalarining hamma turlari (ona ari, erkak va ishchi arilar) tuxumdan chiqqandan keyin faqat 3 kun ona suti bilan, ishchi va erkak ari qurtchalari uchinchi kundan boshlab gulchang va asal aralashmasi bilan boqiladi. Urug'langan tuxum doimo ona suti bilan boqilganligi uchun undan ona ari yetilib chiqadi. Ona suti tibbiyot va kosmetikada keng ishlatiladi. Ona sutini yig'ish ancha noqulayliklar yaratadi. Uni yig'ish uchun normal oilaning ona arisini olib yetimlatish kerak. Yetim oila onadonlar ko'rishga kirishadi. Onadondagi qurtchani boqish uchun qo'yilgan sutni kichkina oyna qoshiqcha bilan olib qoraytirilgan oynali idishga solinadi. Mum-mahsulotining 80 foizi sun'iy mumparda tayyorlash uchun ishlatiladi. Qolgan taxminari 20 % ini xalq ho'jaligida ishlatiladi. Olinish usuliga qarab mum: arizor mumi, presslangan mum, ekstraksion va oqartirilgan xillarga bo'linadi. Eng oliy nav - arizor mumi hisoblanadi. Eritilmagan xom mum quyidagi navlarga bo'linadi: 1-nav - oq sariq rangli bo'lib, perga, asal va boshqa chet narsalar aralashmagan, kuya tushmagan va mog'orlanmagan quruq bo'ladi. Yorug'likka tutib qaraganda, katakchalarning tublari k''rinib turadi. Bunday xom mum tarkibida 70 % atrofida sof mum bo'ladi; 2-nav - xom mum to'q jigarrang yoki qoramtir tusda bo'lib, gulchangi, asal va boshqa chet narsalar aralashmagan bo'ladi. Yorug'likda katakchalarning tubi ko'rinib turadi. Tarkibida 55-65 % atrofida sof mum bo'ladi; 3-navga - qora tusdagi yorug'likka tutib qaraganda, katakchalarning tubi ko'rinmagan, quruq asalsiz, mum kapalagi tushmagan mog'orlanmagan xom mum kiradi. Tarkibida 40-55 % atrofida sof mum bo'ladi. 3-nav talablariga to'g'ri kelmaydigan eritilmagan xom mum arizorda eritilmay, merva qatoriga qo'shilgani yaxshi. Xom mumni suvda eritib, presslab mumi olingandan keyin qolgan chiqindilar merva deb ataladi. Suvsiz eritilsa «vitopka» deyiladi. Xom mumlarni eritish uchun har bir arizorda quyoshda, suvda va bug'da eritadigan asboblar bo'lishi kerak. Birinchi navli xom mumni quyosh eritgich asbobida eritish kerak. Arizorda bu usulda olingan mum birinchi navli mum hisoblanadi. 1-navli mumni rangi ok va och sariq bo'lib, xech qanday begona aralashmalar bo'lmaydi. Bu mumni sindirib ko'rganda, hamma qismi bir xil rangda bo'ladi; 2-navli xom mumni va quyoshda eritilgan mumni chiqindisini bug'li eritkichda eritish kerak. Bu usulda eritilgan mum to'q sariq yoki och qo'ng'ir rangda bo'lib, sindirilganida tagi tukroq bo'lib, cho'kma borligi bilinib turadi; 3-navli xom mumlarni va bug'li eritkichda qolgan chiqindilarni presslash yo'li bilan qayta ishlaganda ko'proq mum ajratish mumkin. Buning uchun xom mumni xaltaga solib suvda qaynatiladi, so'nga bir-biriga oshiq-moshiq bilan ulangan ikkita taxta orasiga olib qisiladi. Xaltacha yorilib ketmasligi uchun birdaniga katta kuch bilan qismaslik kerak. Pressni asta-sekin ezib borilsa xom-ashyodagi mumning hammasi chiqib suv bilan birga ostidagi idishga tushadi. Eng oson va qulay usul - bu mumni elakdan o'tkazish. Yaxshi qaynatilgan xom mumni suv bilan birga tur orqali tindirgichga -«ostidagi idishga» o'tkaziladi. To'r chiqindilarni ushlab qoladi. Bir sutka ichida tindirgichdagi mum qotgan holatga kelib, suvdan ajraydi. Mumning sifatini yaxshilash uchun yomg'ir suvi ishlatiladi. Temir idishlaridan foydalanmaslik kerak. Mumning rangi qancha oq bo'lsa, sifati shuncha yaxshi bo'ladi. Tabiiy (natural) ari mumi 65° darajada eriydi. Isitish davomida 100° darajaga ko'tarilsa, eritilayotgan mum to'lqinlanadi, lekin qaynamaydi. Bu mumdagi suvning chiqish holati. Mumning namligi qancha oz bo'lsa, sifati shuncha yaxshi bo'ladi. Xom mum

tarkibida: mum, ari pillasi, gulchangi, asal qoldiqlari, ari qurtchalarining axlati - mervani tashkil qiladi. «Vitopka» dan mum mervaga qaraganda ko'proq chiqadi. Xom mum, «Vitopka» va mervalar uzoq saqlanganda ulardagi sof mumning ancha qismi nobud bo'ladi. Bu mahsulotni asosari mum kuyasi buzadi. Shuning uchun xom mumlarni tezroq eritib, mumini olish kerak chiqindisini biolaboratoriyaga topshirish mumkin. Asal, bol-ishchi asalarilar o'simliklar gulidagi shira (nektar)ni organizmida qayta ishlash yo'li b-n hosil qiladigan shirin suyuqlik. Asalarilar asalni uya kataklariga o'zlari uchun oziq qilib g'amlaydi. Asal o'z tarkibiga ko'ra nektardan farq qiladi. Asalda 80% dan ko'proq uglevodlar (glyukoza, fruktoza), 0,4% kul, 13-20% suv bo'ladi. Asalda inson uchun foydali moddalarning 70 dan ortiq turi bor. Shuningdek, asalda mineral moddalar: kalsiy, natriy, kaliy va b.; mikroelementlar, organik kislotalardan olma, limon kislotalari, vitaminlar (V2, V6, RR, S, E, K) borligi aniqlangan. Tabiatdan olinish manbaiga ko'ra gul (nektar) asal va shira (o'simlik barglari va poyalaridan ajraladigan shira) asalga bo'linadi. Guldan olingan asal ham o'simlik turiga qarab beda, yantoq, kungaboqar, g'o'za va b.ga ajraladi. Asal o'zining ta'mi, hidi, rangi jihatidan, shuningdek qaysi faslda qanday o'simlik gulidan yig'ilganligiga va joyi (tog', o'rmon, vodiy)ga qarab ham farqlanadi. Eng yaxshi asal - tog' asali, chunki u turli dorivor gullardan yig'iladi. Oq akatsiya, beda, olma, shaftoli va b. O'simliklar gulidan to'plangan asal ham sifatli, oftob kam tushadigan o'rmon gullari va etishgarishda turli zaharli dorilar sepiladigan texnika o'simliklari, mas, fa, kanopdan olingan asal ancha sifatsiz hisoblanadi. Asal mumkataklardan maxsus asalajratkich moslamalar b-n ajratib olinadi. Asal Qimmatli oziq-ovqat mahsuloti, uning 1 kg da o'rtacha 3200 kaloriya energiya bor. Asaldan tibbiyotda qadimdan doridarmon sifatida foydalanilgan. Hozir farmatsevtika sanoatida turli doridarmonlar ishlab chiqariladi. Asalning o'zi turli kasalliklarga parhez va davo vositasi tarzida beriladi. 20-asrning 60- yillaridan boshlab tibbiyotda asal b-n davolash usullari - apiterapiya shakllandi. Asal oziq-ovqat sanoatida ham ishlatiladi.

Asal sirkasi-asal idishlari yuvindisidan tayyorlanadigan sirka. Asal sirkasi lazzatli, undan asalning xushbo'y hidi keladi. Asal sirkasini tayyorlash: 10 litr yuvindi sharbatga achitqi va qattiq non burdalari solinadi, aralashtirib, iliq joyga qo'yiladi. Bijg'ish tugagach, tindirib shisha idishlarga quyiladi. Shuningdek, asal sharbatiga vino va qora non burdalarini qo'shib (1:1) ham sirka tayyorlash mumkin. Asal sirkasi oziq-ovqat sifatida oddiy sirka qatorida ishlatiladi.

Asalari elimi, propolis - yumshoq, yopishqoq, xushbo'y, nordon, sarg'ish-yashil yoki jigarrang modda; smola, mum, efir moyi va gul changidan tashkil topgan. Tarkibida vitaminlar, aromatik kislotalar, flavo-noidlar, kumarinlar, polisaxaridlar va b. moddalar bor. Asalari yelimi mikroblarni o'ldirish xususiyatiga ega bo'lgani uchun teri kasalliklarida surtiladigan malhamlarga qo'shiladi.

Asalari zahari-apitoksin (lot. Apis-asalari, yun. Toxikon-zahar)-ishchi asalarilar tanasidagi ipsimon bezlari ajratadigan o'tkir hidli achchiq, och sariq, shaffof suyuqlik. A.z. tarkibida biologik faol moddalar, fermentlar, erkin aminokislotalar, chumoli, xlorid, ortofosfat kislotalari, gistamin, xolin, triptofan, oltingugurt, magniy fosfat va b. moddalar bor. A.z. tarkibidagi ta'sir qiluvchi moddalar gistamin glikozidi, lipidlar, hayvonot saponinlariga yaqin turadigan moddalardan iborat. Zichligi 1,313. Suvda tez, chumoli kislotada va 60°li spirtda sekin eriydi. Asalari chaqqanda 0,2-0,3 mg zahar ajratadi.

Xulosa. Asalari chaqqan joyda qattiq og'riq va shish paydo bo'ladi. Asalari chaqqan joyga darhol validol eritmasi yoki sarimsoq kesib surtilsa, og'riq qoladi, shish paydo bo'lmaydi. A.z.dan tibbiyotda radikulit va bod kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Bunda organizm bevosita asalarilarga chaktiriladi yoki tarkibida A.z. bo'lgan dorilar qo'llaniladi. Bu preparatlardan bronxial

astma, gipertoniya kasalliklarini davolashda ham foydalanish mumkin. Bod va radikulitni davolashda tarkibida A.z. bo'lgan virapin (1 g virapinda 0,15 mg A.z. bo'ladi) surtma holida qo'llaniladi. Tarkibida A.z. bor dorilardan qon tomirlarini kengaytirish va moddalar almashinuvini yaxshilashda foydalaniladi.

Asalari mumi — ishchi asalarilar mum bezlarida ishlab chiqaradigan yog'simon suyuqlik. As.m. mum oynachalarida joylashgan mayda teshikchalar orqali tashqariga chiqib, havo ta'sirida qotadi va och sariq plastinka ko'rinishga keladi. Mumni faqat yosh arilar (10 — 20 kungacha bo'lgan yoshdagi) ishlab chiqaradi. Mavsum davomida bitta oila 0,8 — 2 kg gacha mum i.ch.i mumkin. Mum tarkibida 300 dan oshiq elementlar bo'lgan murakkab aralashma bo'lib, ular murakkab efirlar aralashmasi (75% gacha), yog' kislotalari, uglevodorodlar va b.dan iborat. Mum vitaminga boy (asalari uyasidan olingan 100 g mumda 4096 ME A vitamini bor). Solishtirma massasi 0,956 — 0,969. 62 — 72° da eriydi. Suvda erimaydi, efir, xloroform, benzol, benzin, skipidar moyida oson eriydi. Mumdan yangi asalari oilalari uchun mumparda tayyorlanadi, asosan, kosmetikada, oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda va texnikada ishlatiladi.

REFERENCES

1. Alijonovich R. M., Madumarovna N. M. QISHLOQ XO 'JALIGI BIOTEXNOLOGIYASI //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. Special Issue 6. - С. 315-317.

2. Рахимов М. А., Азизов Р. О. У. ГЕНЕТИЧЕСКИЙ ПОТЕНЦИАЛ КРУПНОГО РОГАТОГО CKOTA //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. Special Issue 6. - С. 600-603.

3. Raximov M., Nurmatova M. МОРФОЛОГИЧЕСКИЙ И БИОХИМИЧЕСКИЙ СОСТАВ КРОВИ БЫЧКОВ КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА //Science and innovation. - 2022. -Т. 1. - №. D8. - С. 12-16.

4. Рахимов М. РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ГЕНЕТИЧЕСКИХ РЕСУРСОВ ПРИ ВЫРАЩИВАНИИ СКОТА НА МЯСА //Scientific journal of the Fergana State University. - 2023. - №. 1. - С. 158-161.

5. Alijonovich R. M. et al. EFFICIENT BEEF PRODUCTION TECHNOLOGY //Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities. - 2023. - Т. 2. - №. 4. - С. 259-263.

6. Raximov M., Saminov A. Aholi tomorqa xo 'jaliklarida va himoyalangan joylarda sabzavot yetishtirishning jadal texnologiyasi //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - С. 231-236.

7. Комилов, Р., Рахимов, М., & ^айдарова, М. (2023). ФАРЕОНА ВОДИЙСИ ШИМОЛИЙ БУЗ ТУПРО^ЛАРНИНГ АГРОКИМЁВИЙ ВА АГРОФИЗИКАВИЙ ХОССАЛАРИ. Journal of new century innovations, 38(2), 118-122.

8. Хайдаров, М., Комилов, Р., Рахимов, М., & Хайдарова, М. (2023). АГРОФИЗИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА СЕРОЗЕМОВ СЕВЕРА ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ. Journal of new century innovations, 38(2), 128-130.

9. Хайдаров, М., Комилов, Р., Рахимов, М., & Хайдарова, М. (2023). АМИНОКИСЛОТНЫЙ СОСТАВ ЦЕЛИННЫХ И ОРОШАЕМЫХ СЕРОЗЕМОВ СЕВЕРА ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ. Journal of new century innovations, 38(2), 123-127.

10. Рахимов М., Абдурасулов Х. Интенсивная технология откорма молодняка привозного скота //Scientific journal of the Fergana State University. - 2018. - №. 6. - С. 42-42.

11. Alijonovich, Rakhimov Madaminjon, and Javxarov Oybek Zulfikharovich. "Organization of full-value feeding of dairy cows in farm." Gospodarka iInnowacje. 24 (2022): 840-843.

12. 12.Рахимов M. А. Резервы повышения мясной продуктивности бычков крупного рогатого скота при откорме //Агро илм. - С. 66-68.

13. 13.Raximov M. мясная продуктивность бычков привозного скота //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - С. 189-192.

14. Рахимов M. А. Mясная продуктивность и качество мяса бычков черно-пестрой, швицкой пород и помесей черно-пестрой х красной эстон-ской при интенсивной технологии производства говядины//Авто-реф. дисс. на соиск. учен. степ. канд. с.-х. наук.-Иовосибирск, 1989.-20 с. - 1989.

15. Raximov, M., Muydinov, X., Abdullayeva, G., & Komiljonov, A. (2021, July). Peculiarities of the influence of climatic conditions on the morphological and biochemical composition of the blood of bulls of transported cattle. In Конференции.

16. Рахимов M. А. Влияние технологии кормления на рост и развитие бычков, выращиваемых на мясо //Жур. Агро илм, Ташкент. - 2021. - Т. 5. - С. 65.

17. Рахимов M., Mуйдинов Х., Комилжонов А. Интенсивная технология выращивания телок привозного скота //Scientific journal of the Fergana State University. - 2021. - №. 2. - С. 26-26.

18. Комилов Р. M., Рахимов M. А., Хайдаров M. M. A^K^OH BИЛOЯТИHИHГ ОС ТУСЛИ БУЗ ТУПРО^ЛАРИ ШАРОИТИДА A^H^OH-35 ВА УЗПИТИ-201 F1^ HABЛAРИHИ КУЧАТ ^АЛ^ЛИГИГА БOFЛЩ ХЩДА ЧИЛПИШ УТКAЗИШHИHГ ПАХТА Х,ОСИЛИГА ВА ЧИГИТ MOЙДOРЛИГИГA ТАЪСИРИ //denmark" theoretical and practical foundations of scientific progress in modern society". -2023. - Т. 14. - №. 1.

19. Mo'ydinovich, Xoldarov Xatamjon. "ZILZILA SABABLARI VA UNING OQIBATLARI." QO 'QON UNIVERSITETIXABARNOMASI (2023): 349-353.

20. Xoldarov Xatamjon Mo'ydinovich.OQAVA SUVLARNI TOZALASH USULLARI International Multidisciplinary Journal of Universal Scientific Prospectives ... 2023/12/18 т.1 /2.с.70-77

21. XX Mo'ydinovich RESPUBLIKADAGI EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH Science Promotion 1 (1), 18-22

22. Xoldarov Xatamjon Mo'ydinovich. OZBEKISTONDA ATMOSFERA HAVOSI IFLOSLANISHINING IJTIMOIY-EKOLOGIK OQIBATLARI. Science Promotion. 2023/10/23 1(1),14-17.

23. Xoldarov Xatamjon Mo'ydinovich THE IMPORTANCE OF STUDY EXCURSIONS FOR SCHOOL STUDENTS. Intent Research Scientific Journal. 2023/10/11. 2(10).75-82.

24. Xoldarov Xatamjon Mo'ydinovich. Ecological Problems In Uzbekistan And Their Elimination 2023/9/28.т.54. 52-54

25. Xatamjon Xoldarov. TALABALARNING INNOVATSION KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA TEXNOLOGIK LOYIHALARDAN FOYDALANISH Журнал: Союз Hауки и Oбразования,2023/5/26 5(2).22-23.

26. Xatamjon Mo'Ydinovich Xoldarov. O'ZBEKISTON HUDUDIDAGI EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.2023. 3(2). 603-606.

27. Maqsadjon Murodjon O'G'Li Tuxtasinov, Abdumannon Kodirjonovich Jumakulov, Xatamjon Mo'Ydinovich Xoldarov. TALABALARNINGMUSIQA VA SAN'ATGA BO'LGAN QIZIQISHLARINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY TEXNIK VA ELEKTRON VOSITALARDAN FOYDALANISH. Oriental Art and Culture. 2022. 3(2).354-359

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.