Научная статья на тему 'ASALARILARNING BA’ZI TURDAGI ZARARKURANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI'

ASALARILARNING BA’ZI TURDAGI ZARARKURANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
612
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chumolilar / kanalar / sichqonlar / mum kuyasi / kurkunak / arixo‘r / qarqunoq / filant / qovoq ari. / ants / mites / mice / wax moth / wasp / wasp / wasp / philant / squash wasp.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — A. Soyibjonov

Asal-asalarilarning maxsuloti hisoblanadi. Arixonada asalarilar ko’pligi asalning ham miqdori oshishini ta’minlaydi. Lekin ba’zi turdagi zarakuranda va yirtqichlar asalarilarga jiddiy zarar keltiradi. Ushbu maqolada asalari zarakurandali va ulrga qarshi kurash choralari haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME TYPES OF PESTS OF BEES AND THEIR CONTROL MEASURES

It is a product of bees. The abundance of bees in the apiary ensures an increase in the amount of honey. But some types of insects and predators cause serious damage to bees. This article talks about measures to fight against bee stings and ulnar.

Текст научной работы на тему «ASALARILARNING BA’ZI TURDAGI ZARARKURANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI»

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ASALARILARNING BA'ZI TURDAGI ZARARKURANDALARI VA ULARGA

QARSHI KURASH CHORALARI Axmadillo Soyibjonov

Andijon qshloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.7317635

Annotatsiya. Asal-asalarilarning maxsuloti hisoblanadi. Arixonada asalarilar ko'pligi asalning ham miqdori oshishini ta'minlaydi. Lekin ba'zi turdagi zarakuranda va yirtqichlar asalarilarga jiddiy zarar keltiradi. Ushbu maqolada asalari zarakurandali va ulrga qarshi kurash choralari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: chumolilar, kanalar, sichqonlar, mum kuyasi, kurkunak, arixo'r, qarqunoq, filant, qovoq ari.

НЕКОТОРЫЕ ВИДЫ ВРЕДИТЕЛЕЙ ПЧЕЛ И МЕРЫ БОРЬБЫ С НИМИ

Аннотация. Это продукт пчел. Обилие пчел на пасеке обеспечивает увеличение количества меда. Но некоторые виды насекомых и хищников наносят пчелам серьезный вред. В данной статье рассказывается о мерах борьбы с пчелиным и локтевым укусами.

Ключевые слова: муравьи, клещи, мыши, восковая моль, оса, оса, оса, филант, кабачковая оса.

SOME TYPES OF PESTS OF BEES AND THEIR CONTROL MEASURES

Abstract. It is a product of bees. The abundance of bees in the apiary ensures an increase in the amount of honey. But some types of insects and predators cause serious damage to bees. This article talks about measures to fight against bee stings and ulnar.

Key words: ants, mites, mice, wax moth, wasp, wasp, wasp, philant, squash wasp.

Kirish

Asalarilar arixonadan tashqariga uchib chiqindilarida ularni har xil qushlar va hasharotlar poylab turadilar va ularni nobud qiladilar. Arixonalarga chumoli hujum qilib, ari uyasidagi asalni tashib ketadilar. Asalari tanasiga kanalar yopishib olib, qonini suradilar, asalari qurtchalariga zarar yetkazadilar. Kuz va qish fasllarida arixonalarga sichqonlar kirib asalarilarni bezovta qiladilar. Arixonadagi mumkatakli ramkalarini mum kuyasi shikastlaydi. Asalarichi bu zararkunandalarga qarshi sabr-toqat bilan kurash olib borishi kerak chunki ular asalarichilikka katta ziyon yetkazadilar.

Adabiyotlar taxlili va metodologiya

Mum kuyasi. Mum kuyasi ikki xil: katta va kichik bo'ladi. Kunduz kuni kapalaklar arixona teshikchalarida, maxsus matolar ichida yashirinib yotadi. Kechalari chiqib tuxum qo'yadilar. Urg'ochi kuya o'rtacha 12-15 kun yashaydi. Shu vaqt ichida arixonalarni yoriqchalariga, mumkatakli ramkalarga 700 ta gacha tuxum qo'yadi. 12 kun o'tgach bu tuxumdan mayda qurtchalar chiqadi. Havo qancha issiq bo'lsa, ular tezroq kapalakka aylanadi. Harorat past bo'lganida o'sish to'xtaydi va ular uyquga ketadi. Harorat +8 darajadan yuqori bo'lganida, uyg'onadi va normal hayot kechiradi. Havo Harorati -10° bo'lganida ular nobud bo'ladi[1]. Kuya mum bilan oziqlanadi.

Sichqonlar. Asalari oilalari bahor, yoz oylarida sichqonlarni uyasiga kirishiga yo'l qo'ymaydilar. Harorat sovuq bo'lganida, asalarilar bir-birini isitish uchun yig,ilib, «qish to'planinga» kirib g'uj bo'lib olishadi va arixonani himoya qila olmaydilar. Shu vaqtda arixona eshikchasi toraytirilmagan bo'lsa, sichqonlar kirib oladi va arilarga ziyon keltiradi.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Chumolilar - asalarilarning eng xavfli dushmanlaridan biridir. Chumolilar arixonadan asalni tashib ketadilar yoki arixonani issiq joyiga uya solib olishadi. Asalari oilasi kuchsiz bo'lsa, chumolilardan o'zlarini himoya qila olmaydilar.

Qushlar asalarilarga juda katta zarar yetkazadilar. Uchib chiqqan asalarilarning yo'liga kurkunak, arixo'r va qarqinoqdan iborat qushlar joylashib oladi va uchayotgan asalarilarning hammasini nobud qiladi.

Qarqunoq - yirtqich qush bo'lib hasharotlar va kichik hayvonlar bilan oziqlanadi.

Arixo'r - bu yirik yirtkich qush bo'lib, uzunligi 64 sm. Beli to'q qizgish, qorni och qizgish rangda bo'ladi. Ari, tukli ari va asalari bilan oziqlanadi[2].

Kurkinak - bu asalarichilikka katta zarar keltiradigan, chiroyli uzunligi 26 sm li qush. Tanasi va dumi ko'k-yashil, bo'yni sariq beli qizg'ish rangda bo'ladi. Bu qushlar arizor atrofiga joylashib, uchish vaqtida asalarini ushlab yeydi. Qarqunoq

Qovoq ari - arilar ichida eng yirigi bo'lib uzunligi 25-30 mm bo'ladi. Qovoq arilar daraxt kovaklarida yoki tom tagiga kul rangli maxsus qog'ozsifat in quradilar. Kuzda asalarilar g'ujga (qishki to'plam) to'planganlarida qovoq arilar asalari uyasiga kirib asalini yeb, ularning ko'p qismini nobud qiladi.

Filant boshi katta o'zi kichikroq ari bo'lib, uzunligi 16 mm (ba'zigi adabiyotlarda 18 mm)'3'. Yakka tarzda hayot kechiradi. Arining urg'ochisi asalarini o'ldirib, yotqizadi va qornini ezib jig'ildonidan chiqqari asal va gulshira bilan oziqlanadi. Arining erkagi asalarilarga zarar etkazmaydi, faqat gulshira bilan oziqlanadi.

Muhokama

Kuyalar mumkatakli ramkalarga, gulchangi, asal va asalarilarning qurtchalariga zarar yetkazadi.

Sichqonlar oziqa uchun qoldirilgan asalni, mumni yeb, asalarilarni bezovta qiladilar.

Qarqunoq arizorda uchuvchi asalarilarni ko'p miqdorda nobud

qiladi.

Arixo'r asalari uchish yo'nalishini poylab hujum qiladi va ko'p miqdordagi asalarilarni nobud qiladi. Ular tumshug'i bilan asalarini ko'ndalang ushlab, maydalab yutib yuboradilar. Arixo'rlar ovni faqatgina qorinlari to'yganda to'xtatadi.

Kurkinak bir necha kunda bir arizorni quritishi mumkin.

Arixo'r Filant - asalarini faqat asali uchun nobud qiladi, asalini so'rib

olganidan keyin tanachasini tashlab yuboradi.

Natija

Mum kuyasiga qarshi kurashish uchun arizorda faqat kuchli oilalarni asrash kerak. Arixonaning teshik joylarini berkitish kerak. Ramkalardan kuyalarni koqib tushirib arixonani toza tutiladi. Eski mumkatakli ramkalar yangilanadi. Tozalash natijasida chiqqari chiqindilarni kuydirib yuboriladi.

Sichqonlar arixonaga kirmasligi uchun uning eshikchasini toraytirib, bitta asalari o'tadigan yo'lakcha qoldirilishi kerak.

Chumolilarning uyasini yo'q qilish mumkin emas. Arixonani almashtirib, qoziqlariga moy surkab qo'yish kerak.

Qushlarni cho'chitish ham deyarli foyda bermaydi. Zararkunanda qushlar ko'payib ketganida, asalarixonalarni vaqtincha bu yerdan ko'chirib, uchuvchi asalarilarni saqlab qolish mumkin. Ko'pincha zararkunanda qushlar avgust oyining 20-kunidan boshlab sentyabrning 20-kunigacha bo'ladi.

Qarqunoqlarga qarshi kurashish choralari sifatida ularni cho'chitish, uyalarini vayron qilish

Kurkunaklarlarga qarshi kurash usuli: qushlarning uyasi ichiga y5

oltingugurt solish va uyaga kirish yo'lini to'sib qo'yish kerak.

Qovoq arilar bilan kurashda - ularning uyasini vayron qilib, urg'ochi qovoq arini o'idirish kerak. Undan tashqari arizorga sharob sirkasi qo'yilgan shisha idish qo'yilsa, uning hidi qovoq arilarni o'ziga JT rom etadi. Shisha ichiga tushgan qovoq arilar sharob sirkasida cho'kib ketadi. Bunday shisha idishni arizorga asalarilar uchishi to'xtaganidan Kurkunak

keyin qo'yish kerak. Ertalab asalarilar uchishi oldidan shisha idishini olib qo'yish kerak. Uning uyasini vayron qilganda ehtiyot bo'lish kerak chunki 10 ta qovoq ari chaqsa odam o'lishi mumkin.

Filantlarga qarshi kurashda ularning topilgan uyasini zaharli moddalar, ya'ni geksaxloran, DTT va boshqa zaharli moddalar bilan dorilash kerak.

Xulosa

Mumkatakli ramkalarni saqlashda, mum kuyasi kapalaklari kira olmaydigan yashiklar ishlatiladi. Kuya tushgan ramkalarning mumini eritib yuborish yoki 80% sirka kislotasi bilan dezinfeksiyalash kerak.

Arizor atrofiga sichqonlar uchun zaharli yem sepib qo'yish kerak.

Zararkuranda qushlarga qarshi kurashish usuli: uyalarini vayron qilib, qo'rqitib haydash lozim.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki asalarilarni himoya

qilishda ko'proq zararkurandalarni qo'rqitish yoki haydash usulida foydalanish kerak. Turli xildagi karnaylar qushlarni haydashda yordam bersa, sichqonlarni haydashda dafna barglari, sirka, ammiak va past chastotali tovush qurilmalaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Chunki qushlar, kemiruvchilar, hashoratlar ozuqa zanjiring bir qismi hisoblanadi. Ularni butunlay yo'q qilish tabiatga salbiy ta'sir o'tkazishi mumkin.

Filant

REFERENCES

1. "Asalari kasalliklari va zararkurandalari", Sh.N.Nasimov, Toshkent-2021. 175-b.

2. https://uztext.com/

3. https://bee.net.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.