Научная статья на тему 'ASALARI KASALLIKLARI VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARINI TASHKIL ETISH'

ASALARI KASALLIKLARI VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
965
235
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
asalari oilasi / infeksion kasalliklar / invazion kasalliklar / nomzematoz / zararkuranda hasharotlar / pestitsidlar / dezinfeksiya / integral himoya qilish usuli.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Murodova Hilola Zafarjon Qizi

Ushbu maqolada asalarichilik fermer va sanoat xo’jaligidagi infeksion va invazion kasalliklari va unga samarali yechimlarni qo’llash, zararkuranda turlarni o’rganish mobaynida ularni fermer va sanoat xo’jaligida biologik, kimyoviy va mexanik usullarni o’rganib, kushandalarni oldini olish va xalqimizga sifatli asal yetishtirish haqida soʻz yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASALARI KASALLIKLARI VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARINI TASHKIL ETISH»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

ASALARIKASALLIKLARI VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARINI

>

TASHKIL ETISH

I )>*

Murodova Hilola Zafarjon qizi

Namangan Davlat Universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.6718907

' t

тъ

1>

Annotatsiya: Ushbu maqolada asalarichilik fermer va sanoat xo'jaligidagi

I

infeksion va invazion kasalliklari va unga samarali yechimlarni qo'llash, zararkuranda turlarni o'rganish mobaynida ularni fermer va sanoat xo'jaligida biologik, kimyoviy va mexanik usullarni o'rganib, kushandalarni oldini olish va xalqimizga sifatli asal yetishtirish haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar asalari oilasi, infeksion kasalliklar, invazion kasalliklar, nomzematoz, zararkuranda hasharotlar, pestitsidlar, dezinfeksiya, integral himoya qilish usuli.

Abctract: This article discusses infectious and invasive diseases in beekeeping and industrial farming and the application of effective solutions to it, the study of pest species in biological and chemical and mechanical methods in agriculture and

»

industry, the prevention of bee stings and the cultivation of quality honey for our people. We are talking about.

Keywords bee family, infectious diseases, invasive diseases, nomzematosis, pests, pesticides, disinfection, integrated protection method.

Аннотация: В данной статье рассматриваются инфекционные и инвазионные болезни в пчеловодстве и промышленном животноводстве и

применение эффективных средств борьбы с ней, изучение видов вредителем

_

биологическими и химико-механическими методами в сельском хозяйстве и промышленности, профилактика укусов пчел и выращивание качественного

»

меда для наш народ.Мы говорим о.

Ключевые пчелиная семья, инфекционные болезни, инвазионные болезни, номзематоз, вредители, пестициды, дезинфекция, комплексный метод защиты.

* . •

*

A nnln-iM г» 11 n m 111 1Л гг гч г» гг ' 1 m 1 i п т т г» In Imi lrr» n n 11 il г» rv n r> 1-х 1 n m I 11 1 m iïji î m /-I n n

Asalari oilasining sog'lomligi, u yoki bu kasalliklarga chidamliligi tuxumdan

ш

chiqqan lichinka va yetuk asalarilarni doimiy ravishda ko'rib chiqish va veterinariya-bakteriologik laboratoriyalarda tahlil qilish yo'li bilan aniqlanadi. Nasldor oilalar esa mutloq sog'lom bo'lishi kerak. Asalarilar har xil kasalliklar bilan kasallanishi

if-'

! И*

mumkin. Ular infeksion, invazion va yuqumsiz kasalliklarga bo'linadi. Infeksion kasalliklarning qo'zg'atuvchisi kelib chiqishi o'simlikda bo'lgan bakteriya, virus va

rvcijcu11141 cil 1111 ig w Zjg aiuvvmoi jvv^iiu v^i 11 i л 11 w j 111 п i rvvaci uu igciii ucirviv^i i_y ci, v 11 uj vci

zamburug'lardir. Invazion kasalliklarning qo'zg'atuvchilari bir hujayrali va ko'p

U :________ ^ ^ „ • 1___n-1 1_____, • -, • • ,___^ „u _

hujayrali parazit hayvonlardir. Yuqumsiz kasalliklar asalari oilasining hayoti uchun

Ы> 3 ]> <}>

a » j

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

kerak bo'lgan sharoitlarning buzilishi natijasida kelib chiqadi. Agarda bu sharoit

#

>

tiklansa, kasallik yo'q bo'lib ketadi. Asalari oilalarini sog'aytirish uchun kasallikni o'z vaqtida aniqlab, unga qarshi kurashda davolash, sanitariya va profilaktika tadbirlarining to'liq majmuasini qo'llash kerak. Asalari zararkurandalari asalarilarni yo'q qiluvchi va shu tufayli asalarichilik xo'jaliklariga katta zarar yetkazuvchi hayvonlar.

Zararkurandalar turli xil sistematik guruhlarga bo'lingan bo'lib, ularning orasida sutemizuvchilar, qushlar,sudralib yuruvchilar va amflbiyalar, antropod hasharotlar,

> 1 ./ o'rgimchaklar, santipidlar bor. Zararkurandalar turli xil zonalarda tarqalgan bo'lib, umumiy olganda asalarichilikka katta zarar yetkazadi. Lekin, har bir guruh zararkurandalarining asalarilariga keltirishi mumkin bo'lgan zarari ushbu guruhning biologik xususiyatlari va tarqalish darajasiga bog'liq.

Asalarichilik tarmog'ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, tarmoqda naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, asalarichilik xo'jaliklari faoliyati

fio-moroHAflimm Anninon onnl mnlifiiilrv+lnri 1 onl nK Anmoricn nmmi irn +nrlnrtr\i xrnnnnn

samaradorligini oshirish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini yanada

ko'paytirish, asalni qayta ishlash bo'yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, asalarichilik sohasidagi ilg'or tajribalarni respublikamizning barcha hududlarida tatbiq etish maqsadida

»

m?

Prezidentimiz 2017-yil PQ-3327 sonli qarorida O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi hamda Aksiyadorlik-tijorat "Aloqabank"ning (keyingi o'rinlarda AT "Aloqabank" deb ataladi) "O'zbekiston asalarichilari" uyushmasini (keyingi o'rinlarda Uyushma deb ataladi) tashkil etish

to'g'risidagi qarorni farmoyish qildi va bu amaliyotda tatbiq qilindi.[1]

1Z r\ ' r\ 1 n 1 1 1nno1ni*1fn-rivl-ni f~\ ' rrro n 1 O Ii irr» oooln n Al1n1nt*1t11 1"\ o T n n oIT! nrli

Ko'p yillik asalarichilik tarixini o'rganish va asalari oilalarini parvarishlash, rivojlantirish, asal olishni ko'paytirish borasida quyidagi insonlar mehnatini eslab o'tish lozim.

1.1814-yili Ukrainalik asalarichi Pyotr Ivanovich Prokopovich asalarilar hayotini, daraxt g'ovaklarida mumkatak inchalarining joylashishi, mumkatak inchalar tortishi kabi xususiyatlarini o'rganib, dunyoda birinchi bo'lib, ramkalar joylashtirib, ari oilasi boqiladigan asalari uyasini yaratdi.

2. 1827-yili nemis asalarichisi Iogan Mering birinchi bo'lib asalari inchalarini tag qiyomni tushiradigan mumparda varoqlarini ramkalarga yaratgan.Mumparda

varaqalarini ramkalarga solib asalari oilalariga qo'yilsa, asalarilar mumpardaga

j "1 > ^^ ^ 1 ">.

asalari inchalari devorlarini olti qirrali qilib tortadilar.

3.1865 -yil Chexoslovakiyalik asalarichi Frans Grush markazdan qochish kuchi

mumkatak ramkalaridagi asalni olish moslamasini yaratdi va asalari

zararkurandalarini o'rgandi.[2:4]

• > >

>q ] q )> >

U>,* ^ «KQS

WiW к/

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

Va yana ko'pgina olimlar asalari va ularni ko'payishi, rivojlanishi, ularga xavfli

>

kasalliklarni davolash choralarini ishlab chiqishdi.

Asalarilarni zararkurandalarini aniqlash va ularni oldini olishdagi samarali usullardan biologik, kimyoviy, mexanik va yana integral himoya qilish hisoblanadi.Integral himoya usulining asosiy vazifasi ishlov berish vositalari, usullari, muddatlarini zararkunanda hasharotlar va kasallik qo'zg'atuvchilarni ko'plab yo'qotadigan, shu bilan birga ularning kushandalari — entomofaglarda zarar yetkazmaydiganlarini tanlashdan hamda odam, issiqqonli hayvonlar, asalari, ipak

J J О ~ 1

kurti va boshlarni pestitsidlarning zaharli ta'siridan himoya qilish choralarini izlab topishdan iborat. Hozirgi zamon tushunchasiga ko'ra, integral himoya usuli — ma'lum agrobiotsenoz doirasida ichki va populyasiyalararo munosabatlarni boshqaruvchi sistemadir.Asalarilarga zararkurandalar xavf solganda integral himoya usulini qo'llash taqazo etadi.[5]

Yevropa chirish kasalligi. Yevropa chirish kasalligi yuqumli kasallik bo'lib, avvalo ochiq, so'ngra yopiq naslda bo'ladi. Kasallik, asosan, asalarining tuxumdan

chiqqan naslini shikastlantiradi, erkak naslini kamroq zararlantiradi. Kasallanish lichinkalar tuxumdan chiqqach, 3-4 kundan keyin boshlanadi. Kasallikning kelib chiqishiga ob-havoning bulutligi, namli bo'lishi, arixonaning sovuqda qolishi,

m?

oziqning yetarli bo'lmasligi va shunga o'xshash asalari oilasining kuchsizlantiradigan omillar sabab bo'ladi. Bu kasallikni pluton sreptokokklari qo'zg'atadi. Kasallik qo'zg'atuvchi streptokokklar pergada butun qish, mumkatak va asalda yil davomida saqlanib qolishi mumkin.

Kasallik tarqalish yo'llari. Kasal asalari oilalari kasallikni tarqatuvchi asosiy manba hisoblanadi. Kasal bo'lgan butun oila asalarilari kasallikni qo'zg'atuvchi P j> streptokokkni olib yuruvchilar bo'ladi. Chunki bunday oilada pluton streptokokklari asalarida, asalda, perga va mum inlarda bo'ladi.Lichinkalar zaharlangan asal va perga bilan oziqlanadi. Ona asalari Yevropa chirish kasalligini o'zining nasliga yuqtiradi. Bir oiladan ikkinchi oilaga kasallik o'g'ri ishchi asalarilar, erkak arilar, umumiy suv idishi orqali va rom almashtirish vaqtida o'tishi mumkin.[3:76]

Kasallik tashxisi. Kasallik klinik belgilari va patologik materialni laboratoriyada tekshirish asosida aniqlanadi. J-jt

I \<1V TA 1 fl V« IX nnnllllT" Л О/ 1-1 TГ\ r> I 1 11 1л 1 1 ГГ ' T T 7Г> О О/_ 11 Л71 11 Г» Г7 1 /Л 14 ПП1 11 1 1 il 11

Davolash. Kasallik 4 % li formalin bug'I va 2 % li xinozol eritmasi bilan

ш

dezinfeksiya qilinadi. Farmalin bug'i 30 minutdan keyin, xinozol eritmasi 10

minutdan keyin kasallik qo'zg'atuvchilariga ta'sir qiladi. Kasallikni davolashning eng

i 1 > ^^ \ 1 > samarli usuli uni endigina boshlangan vaqtda aniqlashdir. Kasallik endigina

if-'

! И*

boshlangan bo'lsa, uni davolash shu joyning o'zida olib boriladi. Kasallik eskirgan sayin uni davolash qiyinlashadi. Davolash faqat eski inlarni olib tashalash, asalarilarni dezinfeksiya qilingan uyalarga ko'chirish, asalni haydash, arixonalarni

isitish uchun yopilgan materiallarni almatirish va shu kabi ishlardan iborat. Bu * : j*

: * ^ * n>

* : >

й*

*ф:

>>

#ф>

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

^ >3> 1

Я>

>3» Ы у! Й> #ф>

>j*

>

Я* Ы>

! Я>

i )

)W J>

] >4>

Щ »

ш >>

#ф> >>>

>€>

i >j> Ы >

i >j>

* - >

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

kasallikni davolashda qo'llaniladigan vositalaг sulfodimizen va antibiotik preparatlardir. Bu preparatlar asalarilarni oziqlantirish uchun ishlatiladigan davolash siroplari yoki suv eritmalari holida ishlatiladi. Suv eritmalar asalari uyalariga sepiladi. Davolash siropini tayyorlash uchun quyidagi preparatlardan birini olish mumkin: norsulfazol natriy, sanazin, sulfantrol, sultsimid, streptomitsin, terromitsin, tetratsiklin va hokazo.

Kurash choralari. Yevropa chiгish kasalligi gacha bo'lgan hududlaгga kaгantin e'lon qilinadi. Yevropa chiгish kasalligi yo'q qilinganidan keyin Ыг yil o'tgach arixona karantindan chiqadi.

Invazion kasalliklar va ularni davolash

Nozematoz. Bu asalarilarning yuqumli kasalligi bo'lib, uni apis nozemasi qo'zg'atadi. Nozematoz bilan katta asalaгilaг, ona va erkak arilaг kasallanadi, lichinkalaгga esa ta'sir qilmaydi. Kasallikni qo'zg'atuvchi nozema apis bir hujayrali organizm bo'lib, asalarining o'rta ichagida parazitlik qiladi. Bu yerga u zararlangan oziq bilan tushadi. Nozema sporalar hosil qilib o'sishi natijasida amyobalar chiqadi.

Kasallikning tarqalish yo'llari. Kasallikning manbayi kasal asalarilardir. Ular asal, perga, uyalar va suvni o'zining chiqindi axlati orqali nozematoz bilan zararlantiradi. Kasallik sog'lom oilaga umumiy suv idishlaridan, dezinfeksiya qilinmay qo'yilgan inlardan, inventar va boshqalardan o'tishi mumkin.[3:80]

Davolash usullari.Nozematoz kasalligini davolash uchun fumagillin, organik kislotalar (sirka, shovul yoki rovoch)dan foydalaniladi. Fumagillin sirop holida bir oilaga 1 l hisobidan tayyorlanadi. Bu eritma 30 °C gacha sovitilgan qand siropiga quyiladi, so'ngra aralashtirilib, asalarilar oziqlantiriladi. Sirka kislotasi sho'r oziq tariqasida beriladi. Shovul bilan rovoch nordon oziq hisobida ishlatiladi.

Kurash choralari. Nozematoz bilan kasallangan arixonalar karantin qilinadi. Nozematoz shunday kasallikki, u bilan kurashishni har yili tinmay olib borish kerak: bu bir vaqtning o'zida ham davolash, ham sanitariya-profilaktika tadbirlarini o'tkazishdir. Buning uchun arixona va inventariar yaxshilab dezinfeksiya qilinadi. Arixona va unga solinadigan taxtacha quyidagicha dezinfeksiya qilinadi: ular mum va propolis (asalari yelimi)dan tozalanadi.

Ishqorning issiq eritmasi (600 gr elangan kul yoki 200 gr kir sodasi) bir chelak suvda eritiladi. Uyadagi asalarilarning najasi, qotib qolgan dog'lar yuviladi, quriganidan keyin uyaning ichi va tirqishlari kavsharlash lampasi bilan qizarguncha kuydiriladi. (1 -rasm)

J

i ш

i+i > i>p

m >

i

q

*ф>

S

J>3* >

Щ >

*ф>

)Й*й

siMír

34

Ц >p

¡ >3 : Ы >

q щъ q

WiW к/

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

1- Rasm. Invazion kasallik qo'zg'atuvchilari:

Chapdan: vorotoz kasalligi qo'zg'atuvchisi, varroa yakobson kanasi; yuqorida urg'ochi kananing ustki va ostki tomonidan ko'rinishi.

------ & — ---------— — —

O'rta qismidan: akrapidoz kasalligini qo'zg'atuvchi akarapis vudi kanasining

аи j

erkak va urg'ochisi; pastda kanalar bilan zararlangan trexea.

O'ngdan: braulez kasalligini qo'zg'atuvchi braula parazit kanasi; yuqorida urg'ochi kananing ustki va ostki tomonidan ko'rinishi; pastda urg'ochi kananing ona

V

! И*

ari tanasida parazitlik qilishi.

Asalari zararkunandalari va yirtqichlariga arixo'r tilllarang kurkuray qushi, sorokoputi qushi, sudralib yuruvchilar, sariq tusli yirik yirtqich yovvoyi va oddiy arilar, ninachilar, kemiruvchilar, chumolilar, mog'or zamburug'i, asal va perga iste'mol qiluvchi kapalaklar, kichik va katta asalari parvonasi, asalari bo'risi (filant), ola mayka qo'ng'izi, 4 juft oyoqli kanalar va boshqa zararkunandalar kiradi. [4]

Tajribali asalarichi asalarilarning sog'lig'i va farovonligini ta'minlash

nrnl nn AniliV-ni mmrnrTnrmrnlli A! 1К Krvrir n ггпглт м тлочлит-т Ki I о rl 1 v niminrv îinniin î I

asalarichilikni muvaffaqiyatli olib borish garovi ekanligini biladi. Shuning uchun u

>

*

xavfli zararkunandalar aniqlanganda o'z vaqtida choralar ko'rish uchun har doim o'zi qilyotgan ishlarni xatti-harakatlarini kuzatib boradi. Profilaktik tadbirlarni muntazam ravishda amalga oshirish asalarichilikni xavfsiz saqlashga yordam beradi:

-Faqat kuchli asalarichilik koloniyalarini saqlash; -Asalarilarni oziq-ovqat va issiqlik bilan etarli darajada ta'minlash; -Uyalarni vaqti-vaqti bilan tozalash, quritish, shamollatish va ta'mirlash; -Quyoshda izolyatsiyani quritish;

-Qattiq oyoq yoki kerosinda uylarning oyoqlarini moylash;

-Suv va chumolilar uyasidan uzoqlashadigan asalarichilik xonasini o'rnatish;

-Izolyatsiyalovchi materialning davriy dezinfektsiyasi;

-Kovaklarni oltingugurtli gaz bilan tozalash;

-Zararkunandalarni oldini olish uchun teshiklarga maxsus to'siqlar yoki to'rlarni o'rnatish;

-Uylarning ostidan o'tlarni yulish.

Maslahat! Kiruvchi teshiklarni, uyalarni, hasharotlarni va zararkunandalarni qidirishda asalarichilik atrofida muntazam ravishda yurish ham asalarichilik

J-jt

ЛИ ПЛ n 11 r>nnl n 1*1 Л lu 11 Irlrn Г-» П »*r> V Г71 П Л1Л 1 11 ГГ Г» I /~1 1 111 Г» I 1 ГЧ 11 11 /Л I'D П 1

koloniyalariga va umuman asalarichilikka zarar etkazishning oldini olish chorasi

ш

hisoblanadi.

Asalarilarning dushmanlari asalarichilikka yetkazishi mumkin bo'lgan zararni tiklash mumkin emas va asalarichilik oilalarining o'limiga olib keladi. Buning oldini

îf-'

! и*

olish uchun siz barcha mumkin bo'lgan zararkunandalarni bilishingiz va o'z vaqtida kerakli choralarni ko'rishingiz kerak. Shunda asalarichilik asalarichiga nafaqat foyda

keltiradi, balki bajarilgan ishdan zavq keltiradi.

i >-;> Ъ-4 >

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

References:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil noyabr oyida PQ-2237 sonli qarori.

2. N. F. Kraxotin. O'zbekistonda asalarichilik. - T.: Mehnat, 1991.

3. R.X. Asalarichilik fermer xo'jaliklarini tashkil etish va yuritish "Noshir" nashriyoti Toshkent-2016

4. https://uz.psichapter.net/3931-bee-pests.html

5. https : //uz.m. wikipedia.org/wiki/Integral_himoya_usuli

*<b> >*

-^fV-liT }»--^SfV-^ï f.—

36

jW^ У

q ж**

ЩУ>

Ш

* I '

>

5*М >

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

q > > >

л ) j

Ы:>

q

Ы >

Ы >

m > *

q

>

q > >

q q

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.