Научная статья на тему 'PROPOLIS VA UNING QO‘LLANILISH AHAMIYATI HAMDA FOYDALI XUSUSIYATLARI'

PROPOLIS VA UNING QO‘LLANILISH AHAMIYATI HAMDA FOYDALI XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
propolis / qo‘llanilishi / rangi / olinishi / tarkibi / regeniratsiya / oqsil / ozuqa / o‘sish / rivojlanish / smola / efir moylari / yog‘lar / mineral tuzlar / vitaminlar / fermentlar / asalari yelimi / yopishqoqlilik / sarg‘ish-yashil / jigarrang / gul changi / vitaminlar / aramatik kislotalar / flavonoidlar / kumarinlar.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Rustamova Shaxzodaxon Alisher Qizi, O‘Ralova Jayrona O‘Tkir Qizi

Maqolamiz mazmuni shundan iboratki asalari yelimi ya’ni propolisasalarilar o‘simlik kurtaklarini ochilish arafasida to‘playdigan mahsuloti bo‘lib, mumdan tozalangan propolis tarkibida o‘simlik shirach ya’ni (smola) dan 50-55%, efir moyidan 10% , mum 30% bo‘lib, u mikroblarga qarshi kurashish xususiyatiga egadir. Proplisni asalarilar uya ichini lakalash uchun ishlatadi, uni biroz ko‘proq germetik uyga ega bo‘lish uchun muxirlab qo‘yishadi. Bundan maqsad esa uyani barqarorligini taminlash, uyni tebranishdan saqlash, uyaga kiruvchi parazitlarni oldini olishdan iborat. Propolis –bu tabiiy mahsulot antiviral, yallig‘lanishga qarshi va hatto antiseptik xususiyatga ega mahsulot. Tomoq infektsiyalari, dermis muammolari va oshqozon-ichak infektsiyalarini davolashga yordam beradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PROPOLIS VA UNING QO‘LLANILISH AHAMIYATI HAMDA FOYDALI XUSUSIYATLARI»

PROPOLIS VA UNING QO'LLANILISH AHAMIYATI HAMDA

FOYDALI XUSUSIYATLARI

1Rustamova Shaxzodaxon Alisher qizi, 2O'ralova Jayrona O'tkir qizi

1,2Toshkent Davlat agrar unversiteti Zooinjeneriya fakulteti asalarichilik yo'nalishi talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.11428896

Annotatsiya. Maqolamiz mazmuni shundan iboratki asalari yelimi ya'ni propolis-asalarilar o'simlik kurtaklarini ochilish arafasida to'playdigan mahsuloti bo'lib, mumdan tozalangan propolis tarkibida o'simlik shirach ya'ni (smola) dan 50-55%, efir moyidan 10% , mum 30% bo'lib, u mikroblarga qarshi kurashish xususiyatiga egadir. Proplisni asalarilar uya ichini lakalash uchun ishlatadi, uni biroz ko'proq germetik uyga ega bo'lish uchun muxirlab qo'yishadi. Bundan maqsadesa uyani barqarorligini taminlash, uyni tebranishdan saqlash, uyaga kiruvchi parazitlarni oldini olishdan iborat. Propolis —bu tabiiy mahsulot antiviral, yallig'lanishga qarshi va hatto antiseptikxususiyatga ega mahsulot. Tomoq infektsiyalari, dermis muammolari va oshqozon-ichak infektsiyalarini davolashga yordam beradi.

Kalit so'zlar: propolis, qo'llanilishi, rangi, olinishi, tarkibi,regeniratsiya, oqsil, ozuqa, o'sish, rivojlanish, smola, efir moylari, yog'lar, mineral tuzlar, vitaminlar, fermentlar,asalari yelimi, yopishqoqlilik, sarg'ish-yashil, jigarrang, gul changi, vitaminlar, aramatik kislotalar, flavonoidlar, kumarinlar.

Kirish. Propolis tarkibida 18 dan ortiq mikro va makro elementlar hamda fermentlar mavjud. Propolis yelimsimon modda bo'lib,uyadagi arilar kiradigan teshikchalarni kichraytirishda va ortiqcha teshikchlarni suvab berkitishda ishlatishadi. Inson salomatligi uchun asalarichilik maxsulotlaridan bir qator kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Farmaseftika sanoatida propolis (asalari yelimi) asalari suti, zaxri, gulchangi asosida ishlab chiqaruvchi biopreparatlari tibbiyoda katta ahamiyatga ega. Asalarichilik maxsulatlaridan biri bo'lgan propolisni asalarilar erta bahorda endigina ochilayotgan daraxt gullari kurtaklaridan (tol, terak, qayin,qayrag'och) va boshqa manbaalardagi smolasimon maddalardan yig'adi. Shu moddalardan propolis hosil bo'ladi. Propolisdan asalarilar arixonadagi har xil tirqishlarni sovuq havo kirmasligi uchun suvashadi, xar hil zararkunanda uyaga kirmasligi uchun tuynukni 3.5-10 mm gacha toraytirishda, ona asalari tuxum qo'yishi uchun romdagi inchalar ichini yaltiratishda, asalari oilasini ko'chirishda romlarning qo'zg'almasligida, uya ichki devorini dizinfeksiyalashda lakirovka qilish maqsa dida foyalaniladi. Propolis o'zining suv o'tkazmaslik xususiyati bilan asalari qutisi ochiq havoda har qanday yomg'ir va qorda ham uya ichiga namlikni o'tkazmaydi. Asalarixo'r zararkulandalar uya ichiga kirib qolguvdek bo'lsa, uni asalarilar chaqib o'ldiradi, uyadan chiqarib tashlashga kuchi yetmasa uni butun tanasini propolis bilan balzamlab tashlaydi, bunda o'lik zararkulanda ko'p yillar sasimaydi. Asalari uyasidagi bakteriosidkil muxitni saqlab turish uchun 20-30 gr propolis kifoyadir.Agar propolisni bakteriosidlik xususiyatlarining ta'siri havoga uchib ketsa,asalarilar uya devorini qaytadan balzamlab qo'yadi. Propolis yashil bazida sarg'imtir-yashil rangda bo'lib, havo isiganda yumshoq va sovuq payitda esa qotgan holatga o'tadi. O'tkir hidli, achchiq tax ir tamga ega. 70 gradusli etil spirtida,sirka va navshadil spirtlarida to'liq eriydi. Suvda ham erish xususiyatiga egadir. Propolisning tarkibi har xil bo'ladi. Masalan: asalarilar yashayotga joyning geografik joylashishiga, o'sadigan o'simlik turlariga va boshqa omillaga bog'liqdir. Umuman olganda u 50-55% propolis smolasi va balzamidan, 8-10% xushbo'y efir moylaridan, 30% gacha propolissimon mumdan va 5% gacha gulchanglardan iborat. Propolislangan mum tarkibida oz miqdorda proplis smolasi va efir moylari bo'ladi. SHuning uchun undan asal hidi emas, proplisga

xos hid anqib turadi. Shuning uchun uni bemalol asal hididan ajratib olish mumkun. O'zbekiston sharoitida har bir asalari oilasidan tog'li hududlarda 100-270 gr gacha va paxtachilik hududlarida esa 60-150 gr gacha propolis olish mumkun. Tarkibini chuqurroq o'ganadigan bo'lsak, asalari yelimi yoki propolis-yumshoq, yopishqoq, xushbo'y, nordon, sarg'ish-yashil yoki jigarrang moddadir.Tarkibida: smola, mum, efir moyi va gul changidan tashkil topgan. Bundan tashqari vitaminlar, aromatik kislotalar, flavonidlar, kumarinlar, polisaharidlar va boshqa moddalar bor. Asalari yelimi mikroblarni o'ldirish xususiytiga ega bo'lgani uchun teri kasalliklarida surtiladigan malhamlarga qo'shiladi. Xona haroratida, 20 gradusda uning tuzilishi biroz yopishqoqroq bo'lib, harorat tushganda esa u biroz qattiqlashishi haqida to'xtalib o'tgan edik, prapolis to'qimalarni reginratsiya jarayonini tezlashtirishda, kuyish asoratida paydo bo'lgan chandiqlarni kichraytirishda va og'riqni kamaytirishda, yog'larni kanservatsiya qilishda, endokrin bezlar faoliyatini yaxshilashda, zamburug'lar, bakteriyalar va virularni o'ldirishda, terini ultra binafsha nurlardan himoya qilishda va boshqa maqsadlarda keng foydalanamiz.Mumdan tozalangan prapolis tarkibida o'simlik shirach yog'idan 50-55% efir moyida 10% mum 30% bo'lib, prapolis suvda 23 gradusdan 90 gradusgacha 7-11% eriydi. Prapolis mahsulotini yig'ib olishni bahor

faslida amalga oshirsak maqsadga muvofiq bo'ladi.

Propolisning bialogik va foydali xususiyatlari. Asalarilarni bu mahsulotidan foydalanish hamma uchun keng tarqalgan dunyo qo'shiqchilari, ovozli

mutaxassislar, tomoqdagi doimiy infektsiyalarga chalingan bemorlar kop foydalanadi. Nafas olish tizimini yaxshilaydi, virusga qarshi va antibiotiklar ta'siri tufayli shamollashni va grippni davolaydi. U sovuqroq bo'lganida ovoz paychalari va tomoqni parvarish qilish uchun ishlatiladi. Undan tomog', faringit, saraton yoki laringit bilan og'riganda qo'llash mumnik. Ovqat hazim qilish muammollarini davolashda, oshqozon va yo'g'on ichak parvarishi, oshqozon yarasini keltirib chiqradigan Helicobacter pylori

bakteriyasiga qarshi kurashadida

qo'llaniladi[12]. uchraydigan kasalliklarga qarshi foydalanilib:

Ayollarda infektsiyali kurashishda ginekologik

muammolar, bachadon yaralari, mintaqadagi qichishish yoki qin yallig'lanishiga qarshi ta'sir qiladi. Propolis asal tarkibidagi B, C, H, PP, guruh vitaminlari-immunitetni oshiradi, miya faoliyatini yaxshilaydi, organizmni energiya bilan ta'minlaydi, to'qimlar va

shilliq pardalarning yallig'lanishini oldini oladi, qon ivish jarayonlariga ta'sir qiladi[10]. Foydali xususiyatlaridan yana biri adrenalinni samarali sarflashga yordam beradi, og'riqni qoldiruvchi ta'sirga ega, ta'sir qilingan to'qima hujayralarini tiklashda ishtirok etadi va ularni kislarod bilan ta'minlaydi, tanada zararli xolesterolinni olib tashlaydi, metabolizimni yaxshilaydi va barqarorlashtiradi, biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi, tanani yoshartirib, qarishni sekinlashtiradi, antioksidant vazifasini bajaradi, saraton hujayralari rivojlanishining oldini oladi va to'xtatadi.

Tabobatdagi ahamiyati hamda qo'llanilish tartibi. Peopolis o'ziga xos biologik xususiyatga egadir. Propolis mikroblarga qarshi kurashishda, sil, tif, salmonellto 'z va boshqa kasalliklarni qo'zg'atuvchilarga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Propolis streptomitsin va tetrosiklinlar ta'sirini kuchaytiradi. Propolis inson organizimining immunologik aktivligini oshiradi. Propolis bir hujayrali hayvonlarga (trixomonidlar), zamburug'larga (trixofitiya, epidormofatiya, kondiza) ta'sir qiladi. Regenratsiya va o'stirish funksiyasini kuchaytiradi, hujayralarni ko'paytiradi[1]. Propolis efirdagi ekstrakti o'sma to'qimalariga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Yallig'lanish kasalliklarini oldini oladi. Propolis tarkibidagi flavonoidlar qon tomirlarini mustahkamlaydi. Propolis radiasiyaga va rengen nurlariga qarshi tabiiy preparatlar tayyorlashda ishlatiladi, hamda immunitetni kuchaytiradi va chidamliligini oshiradi [2]. Zaxarlanishga qarshi preparat sifatida ta'sir qiladi. Sariq kasalligini davolashda ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Propolisni vitaminlar va fiziologik eritmalar bilan qo'llanilganda terining kapilyarligini mustahkamlaydi, ko'zni qorong'ilikka yaxshiroq o'rganishini, yiringlashishini davolaydi, qon ketishiga qarshi ta'sir qiladi, oranizmida xalesterinni pasaytiradi. Yangi va eski infeksiyalangan,sekin tuzaluvchi kuygan joy va yaralarni davolashda propolisdan foydalanish juda tez samara beradi. Kuygan yaraga propolisning 15% li mazini dokaga 3-4 katlam qilib, ustiga bosiladi. Bog'lov yaraga yopishib qolmaydi va uni 1-2 kundan so'ng almashtirish mumkun. Bu muolaja yara bitishiga ko'maklashadi , limfa va qon ayanishini yahshilashda va og'riq qoldirishga ta'sir qiladi. Surunkali varrikoz yaralarni davolashda propolisning 15-20%li mazidan bog'lashda foydalaniladi. Bog'lov har 2 kunda yangilanib turiladi[8]. Chipqonni davolashda toza propolis qulay shaklida qilinib chipqon ustiga qo'yladi va uni leykoplastr bilan yopishtiriladi.Chipqon yetilib , yumshoq holga kelib, ichidagi yiring chiqmagunicha olinmaydi. Teri kasalliklarida esa propolisni asal bilan aralashmasini kulcha holidagini ilitib qo'yiladi. Qo'l, oyoq va emiziklik onalarning ko'kragidagi yorilgan joylaridagi yoriqlarni davolashda propolis mazining 10-15% lisi bog'lam holida qo'yiladi [7]. Ekzema g'ribok (qo'tir) zamburug'ini ,chipqon karbunqulni davolashda propolis mazining 20% ligini, teri o'smasini (rak, saraton) kasalliklarini davolashda 30-40% ligidan foydalaniladi. Teri tuburkulyozini davolashda, propolisning 30-50% li mazidan uch oy mobaynida qo'llsh lozim. Soch to'kilishida boshning sochli qismiga popolisning 30% li mazini har kuni surish tavsiya etiladi. Bu mazni qo'llashda propolis ekstraktining spirtli holatida foydalanish lozim. O'pkaning sil kasalligida propolisli suvning ovqatdan bir soat oldin, bir osh qoshiqdan kuniga 4 mahal ichiladi [1]. Davolash muddati 5-10 oy bo'ladi. Har ikki oyda bir marta,ikki haftalik tanafus qilinadi. Arteryal bosimni kamaytirish va qonda xalesterin miqdorini pasaytirish uchun propolisning 30% spirtli eritmasini ichib turish tavsiya etiladi. Broxial astma, nafas yo'llarining shamollashida surunkali branxitni davolashda, propolisning spirtli aralashmasini 1/2 qismi shaftoli moyi, hamda 1/3 miqdordagi distrlangan suv bilan aralashmasini issiq bug' bilan ingalyatsiya qilinadi. Ikki oy o'tgach, muolajaani takrorlash lozim. To'g'ri ichaklarning yorilishi va bovosil (gemaro'y)ni davolash uchun propolisli shamcha yoki propolisning 20% mazini kuniga 2-3 marta qo'yiladi [3]. Muolaja davomida issiq vana qabul qilish tavsiya etiladi. Davolash davri 15-20 kundan

iborat.Oshqozon kasalligini davolashda propolisni ikki xil dori fo'rmasida, yani spirtli eritmasi va propolis moyidan foydalanish mumkun. Propolis eritmasini qabul qilgandan 4-5 kun o'tgach, odatda og'riqlar kamayadi, 10-12 kundan so'ng umuman yo'qoladi. Shuni takidlash lozimki, propolisni davolash maqsadida foydalanishda,albatta, shifokor maslahati talab eiladi[13]. Propolis uzoq vaqt saqlansa tarkibidagi oksidlar va to'yinmagan birikmalarning mikdori kamayib ketadi. Shuning uchun propolisni yig'ib olgandan so'ng uni tozalab farmaseftika zavodlariga dori -darmon tayyorlash uchun yuborish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek uy sharoitida saqlash uchun uni 200 gr xajmda, shariksimon dumaloq xolatida, pergament qog'ozida o'rab, salqin va qorong'i xonalarda hamda usti yopiq idishlarda saqlash tavsiya etiladi[15].

Xulosa. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki asalarilarning barcha maxsulotlari odam organizimi uchun juda foydali hisoblanib, boshqa maxsulatlari kabi propolis ham o'z navbatida foydali xususiyatlaridan tashqari noto'g'ri qo'llanilganda bir qancha zararli tomonlari ham mavjuddir. Masalan: bemorlarga to'g'ri tashxis qo'yilmagani uchun prapolisdan tayorlangan xar-hil mahsulotlarni organizmga qo'llanilganda terida har-xil allergik toshmalar toshishi, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, bosh og'rig'i, haroratni kotarilishi kabi salbiy ta'sirlar kelitirib chiqarishi mumkun .Prapolisdan tibbiyotda, farmaseftikada, parfimeriya maxsulatlarini tayyorlashda foydalanamiz. Bu maxsulotimizda odam organizimi uchun foydali bo'lgan bir qancha kimyoviy elementlardan: temir, kaliy, kalsiy,bir qancha izo elementlar bundan tashqari qon ivish jarayonlarida, imunitetni mustahkamlashda, to'qimlarni o'sishi va rivojlanishida, jigar va miya faoliyatini yaxshilashda ham bu mahsulotimizni o'rni beqiyos hisoblanadi. Propolis to'qimalarni regenratsiya jarayonini tezlashtirishda, kuygandan keyingi chandiqlarni kichraytirishda og'riqni qoldirishda, yog'larni kanservatsiya qilishda, endokirin bezlar faoliytini tiklashda, zamburug'lar, bakteriyalar va viruslarni o'ldirishda, terini ultira binafsha nurlardan ximoya qilishda kasalliklarni davolashda ishlatilishi bilan qimmatli xususiyatlarga ega hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Qahromonov B.A., Safarova F.E., Isomuhammedov S.Sh., Donayev X.A., Ergashev X.B.-"Asalarichilik asoslari" Toshkent-2021.-B 78-97.

2. Qahramonov B.A., Isamukhamedov S.Sh, Kuldasheva F.H, Doniyrov S.T, Rakhimjanova N.Z. Breeding indicators of Carniolan (Apis mellifera carnica Pollm) and Carpathy (Apismellifera carpatica) honey bees // E3S Web of Conferences 244, 02008 (2021) TPACEE-2021. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128403018 - P. 1-8.

3. Qahramanov B.A., Isamuhamedov S.Sh, Safarova F.E., Donaev X.A., Mamadov F.Q. Morphological features of the Carniolan (Apis mellifera carnica Pollm) and Carpathian (Apismellifera carpatica) breeds of honey bees // E3S Web of Conferences 284, 03018 (2021) TPACEE-2021. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128403018 - P. 1-7._

4. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh., Orifjjonov.J.R., Raimdjanova N.Z. Continuousand terms of work performed in artifikal mother bees// Prospects for the introduction ofinnovative tehnologies in the development ofagriculture.2021.05.07.https://jomals.escience.uz/index.php/conferences/issue/view/31.

5. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh., Donayev Kh.A. "Effective methods of bee pestcontrol" E3S Web of Conferences 381, 01012 (2023)AQUACULTURE 2022. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338101012. P. 1-8.

6. Kaxramanov B.A., Amirov A.I., Bosimova M.I. "Chemical Composition of Beekeeping Products, Use in Medicine and Importance in National Economy" Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. ISSN NO: 2771-8840 https://zienjournals.com Date of Publication: 17-04-2023.

7. Zokirjonova Ch.B., Kaxramanov B.A. "Oziqlantirish turlari, asalari oilasi mahsuldorligini oshirishdagi ahamiyati" Journal of Advanced Research and Stability Volume: 03 Issue: 02 |fab - 2023 ISSN: 2181-2608. www.sciencebox.uz

8. Kakhramanov B.A., Akmalkhanov T.Sh., Soatov U.R. "Influence of bee family care on honey productivity in hives of different constructions" E3S Web of Conferences 381, 01009 (2023) AQUACULTURE-2022. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338101009 - P. 1-6.

9. KaxpaMaHOB Б.А., Орифжонов Ж.Р. "Озиклантириш усулларини асалари оиласи мах,сулдорлигини оширишдаги ахдмияти" Ж. "Узбекистан аграр фани хабарномаси" Тошкент-2022 й.№6/2. (6) махсус сон. 6.-78-80.Nurmatovbaxtiyor868@gmail.com

10. Orifjonov J.R., Kakhramanov B.A., Isamuxamedov S.Sh., Raximjanova N.Z., Chuleui Jung "The effects of hives structure on the establishment and productivity of carpathian honey bee (apis mellifera carpatia) in Uzbekistan". The 39 th Congress and international Symposium of Apicultural Society of Korea. Andong-2023.https://www.andong.ak.kr, RNAI: agroRNA@genolution 1.com, Sales@genolution 1.com - P. 27-34. 12. ^храманов Б.А. "Морфометрические особенности пчел Краинской и Карпатской

пород в Узбекистане" Ж. Пчеловодство №6, 2023 год, 62-64 стр beejournal@gmail.com

13. Тураев О.С., ^храманов Б.А. "Асалариларнинг заракунандалари, касалликлари ва уларга карши кураш чоралари". Дарслик LESSON PRESS.MCHJ. Тошкент 2023 й, 368.б

14. Kaxраманов Б.А., Исамухамедов С.Ш., Орифжонов Ж.Р., Рахимжонова Н.З. "Краина (Apis mellifera carnica Pollm) ва Карпат (Apis mellifera carpatica) асалари зотларидан суньий усулда она асалари етиштириш курсаткичлари". "Чорвачилик ва наслчилик иши". Тошкент-2021 й.№6. б.-45-48. chorvador@list.ru.

15. Qahramonov B.A., Bosimova M.I, Erdanova G.M, Mamasharipova M.A, "Propolis va uning xususiyatlari" b 1-3. https://doi.org/10.5281/zenodo.10874778.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.