Научная статья на тему 'ASALARILARNING ZAXAR BEZLARI VA NISHINING TUZILISHI'

ASALARILARNING ZAXAR BEZLARI VA NISHINING TUZILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
salazka / zahar bezi / zahar qopchasi / stilet / zahar nayzasi / katta zaxardon / kichik zaxardon.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Isroilov Sardorbek Uktamjon O‘g‘li, Ravshanbekov Diyorbek O‘tkirbek O‘gli, Sun-Ho Kwon, Hyunha Oh

Ushbu maqolada asalarilarning zaxar bezlari va nish a‘zolarining tuzilishi haqida ma‘lumot keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASALARILARNING ZAXAR BEZLARI VA NISHINING TUZILISHI»

УДК. 638.155

ASALARILARNING ZAXAR BEZLARI VA NISHINING

TUZILISHI

1Isroilov Sardorbek Uktamjon o'g'li, 2Ravshanbekov Diyorbek O'tkirbek o'g'li,

3Sun-Ho Kwon, 4Hyunha Oh

1Toshkent davlat agrar universiteti 2Andong milliy universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11428688

Annotatsiya. Ushbu maqolada asalarilarning zaxar bezlari va nish a 'zolarining tuzilishi haqida ma 'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlari: salazka, zahar bezi, zahar qopchasi, stilet, zahar nayzasi, katta zaxardon, kichik zaxardon.

Аннотация. В статье описаны о пчелином яде, ядаветая железа. Использование пчелиного яда в приготавлении разных лекарств. Приведены данные об опытах эффективности использование пчелинного яда.

Ключевые слова: пчелиный яд, жало, взятие пчелиного яда, обмен веществ, стеллет, болезни, болшой и маленкий пчеленная жилиза.

KIRISH. Yer yuzida hali sut emizuvchi hayvonlar paydo bo'lishidan oldin, asalarilar paydo bo'lganligi to'g'risida tarix sahifalarida ko'pgina ma'lumotlar bor. Asta-sekinlik bilan asalarilar ham o'zini dushmandan himoya qilish instinkti paydo bo'la boshlaydi. Asalari o'zini himoya qilishda, dushmanga nishini sanchishi, natijada nishdan xoli bo'lishi, bu uzoq davrlardagi evolyusion moslashish oqibatidir. Shuning uchun asalari nishidagi ilgakchalar sutemizuvchi hayvonlar paydo bo'lishidan oldin hosil bo'lgan va juda uzoq tarixga ega hisoblanadi.

Asalarilarning zaxar bezlari va nishining a'zolari juda ham murakkab tuzilgan. Asalarining himoya aparatining markaziy qismi salazka oddiy qilib aytganda harakatlanmaydigan qism egallagan. Bu salazkadan bir juft o'simta va plastinka boshlanadi. Salazkaga esa (stilet) harakatlanadigan qism o'simtasi yondoshgan. Salazkadagi o'qning o'yilgan yo'nalishi bo'ylab, stilet harakat qiladi. Stiletning orqa tomoni sezish tukchalari bilan qoplangan ikkita yumshoq plastinkalar yordamida berkilib turadi. Tinch turgan arining nish a'zosi ko'zga ko'rinmaydi chunki u qorinning oxirgi halqasida joylashgan bo'lib qorin bo'shlig'iga kirib turadi.

1-rasm. Asalari nish azosining tuzilishi

1. Katta zahar bezi 2. Kichik zahar bezi, 3. Zahar qopchasi, 4. Burchakka tortuvchi muskullar 5. Nayzasi stilet (harakatlanuvchi qism) 6. Harakatlantiruvchi muskullar 7. Plastinkalarni tortuvchi

Tadqiqotning materiali va uslubi. Biz Koreyaning Andong milliy universitetda o'tkazgan amalyot davrimizda asalarilarning zahar bezlari, zahar qopchasi, nishini tuzilishi va harakatlanishini labaratoriyada o'rgandik. Asalarining himoya aparatining markaziy qismi salazka oddiyqilib aytganda harakatlanmaydigan qism egallagan. Bu salazkadan bir juft o'simta va plastinka boshlanadi. Salazkaga esa (stilet) harakatlanadigan qism o'simtasi yondoshgan. Stiletning orqa tomoni sezish tukchalari bilan qoplangan. Tinch turgan arining nish a'zosi ko'zga ko'rinmaydi chunki u qorinning oxirgi halqasida joylashgan bo'lib qorin bo'shlig'iga kirib turishi va zahar bezlari haqida malumotlar tupladik.

Tadqiqot natijalari. Asalari chaqqanda (stilet) nayza qismi salazka bo'ylab harakatlanib tashqariga chiqadi va tanaga sanchiladi. Chaqqan paytda asalari nishidan 0,4-0,8 mg gacha zahar oqib chiqadi. Asalari chaqqandan so'ng arining nayzasida nishning harakatiga teskari tartibda joylashgan tukchalar nishni sug'urib olishga yo'l qo'ymaydi va oqibatda asalari uchishga harakat qilganda asalarining nayza aparati sanchilgan joyda uzilib qoladi va nayzasi uzilib qolgan asalari biroz vaqt o'tgandan keyin o'lib qoladi. Asalarilarda shunday qobilyat borki asalari nishi uzilib qolgandan keyin ham sanchilishda davom etaveradi, chumki nayza himoya organi harakatlanmaydigan va harakatlanadigan stilet qismga yopishgan muskullar harakatlanishini davom ettiraveradi. Asalarilar chaqqanda ta'sir etadigan zaxar katta zaxar bezlarining to'qimalarida ishlab chiqiladi.

Asalarilarda ikki xil zahar bezlari bo'ladi, bular katta va kichik zahar bezlari hisoblanadi. Ona asalarilarning zahar bezlarining uzunligi 30-49 mm, ishchi asalarilarda esa 9-20 mm bo'ladi. Asalarining katta zahar bezi ishlab chiqaradigan zaharli suyuqligi kislotalik va kichik zahar bezi suyuqligi esa ishqoriy xususiyatga ega. Bu har ikkala zaharli moddalarning birgalikdagi ta'siri organizmda kuchli ta'sir etadi, bu zaharli moddalar alohida-alohida ta'sir ettirilsa, ular hech qanday ahamiyatga ega bo'lmaydi.

Katta zahar bezi: Katta zahar bezi uzun, ipsimon va ikkiga ajralgan naychali qismdan hamda kengaygan joy zahar to'planadigan idishsimon rezervuardan iborat. Ipsimon qismida zahar suyuqligi ishlab chiqariladi. Asalari chaqmaguncha bu zahar rezervuarlarda saqlanadi.

Kichik zahar bezi: qisqa naycha bo'lib, chanachani asosiga ochiladi. Asalari zahar bezlarining suyuqligi chanachaning pastki qismidagi tarnovcha orqali, jarohatlangan joyga tushadi. Asalari odam yoki boshqa sut emizuvchilarga nishini sanchgan vaqtda harakatlanuvchi

mushaklar 8. Plastinkalarni uzatuvchi mushaklar.

2-rasm. Asalarining nishini va zahar qopchasini olib tekshirish jarayoni

nish, o'zining ilmoqchalari tufayli jarohatga sanchilib qoladi va nishini chiqarib ololmaydi, natijada nishi uzilib qoladi va biroz vaqt o'tgach nobud bo'ladi. Asalari hayotining 2 -3 kunida, uning zahar bezlarida juda oz miqdorda zahar to'planishi aniqlangan. 6-7 kunlarida esa zahar to'planishi, bir muncha oshadi va asalari qorinchasidagi zahardon, zahar moddasiga ancha to'lib boradi. Zahar miqdorining eng ko'p ishlab chiqaradigan davri, bu asalari hayotining 11 -16 kunlari hisoblanadi. Shundan so'ng ishchi asalarilar o'z uyasini qo'riqlash va soqchilik qilish kabi davrlarga o'tadi va uning zahardoni to'liq zahar moddasiga to'lgan davr hisoblanadi.

Xulosa. Asalarilarda asosan 11-16 kunligida zahar bezlari eng ko'p ishlaydigan davri ya'ni yetilgan davri hisoblanadi. Asalarining katta zahar bezi ishlab chiqaradigan zaharli suyuqligi kislotalik va kichik zahar bezi suyuqligi esa ishqoriy xususiyatga ega. Asalari zahri tibbiyotimizda revmatizm va boshqa ko'plab kasalliklarini davolashda yaxshi natijalar bermoqda va hozirgi kunda asalari zahri - apitoksin jahon tibbiyoti olamida juda keng ishlatilib kelinmoqda. Asalarilarni chaqishidan saqlanish maqsadida, insonlar boshiga yuz niqobi va egnida karjomalar kiyishi, asalarilar bilan osoyishta muamola qilishi va gigiena, sanitariya qoidalariga rioya qilishimiz lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Kaxramanov B.A., Safarova F.E., Isamuxamedov S.Sh., Donaev X.A., Ergashev X.B. "Asalarichilik asoslari" (o'quv qo'llanma). Toshkent, 2021.-B 78-97.

2. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh, Kuldasheva F.H, Doniyrov S.T, Rakhimjanova N.Z. "Breeding indicators of Carniolan (Apis mellifera carnica Pollm) and Carpathy (Apis mellifera carpatica) honey bees" E3S Web of Conferences 244, 02008 (2021) TPACEE-2021. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128403018 - P. 1-8.

3. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh, Safarova F.E., Donaev Kh.A., Mamadov F.Q. "Morphological features of the Carniolan (Apis mellifera carnica Pollm) and Carpathian (Apis mellifera carpatica) breeds of honey bees" E3S Web of Conferences 284, 03018 (2021) TPACEE-2021. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128403018 - R. 1-7.

4. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh., Orifjonov.J.R., Raimdjanova N.Z. "Continuous and terms of work performed in artifikal mother bees" Prospects for the introduction of innovative tehnologies in the development of agriculture. 2021. 05.07. Ошибка! Недопустимый объект гиперссылки..

5. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh., Donayev Kh.A. "Effective methods of bee pest control" E3S Web of Conferences 381, 01012 (2023) AQUACULTURE 2022. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338101012. P. 1-8.

6. Kaxramanov B.A., Erdanova G.M., Bosimova M.I., Mamasharipova M. A., "Propolis va uning xususiyatlari" "Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari" respublika ilmiy-amaliy anjumani 2024-yil 26-mart.

7. Kakhramanov B.A., Akmalkhanov T.Sh., Soatov U.R. "Influence of bee family care on honey productivity in hives of different constructions" E3S Web of Conferences 381, 01009 (2023) AQUACULTURE-2022. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338101009 - P. 1-6.

7. Kaxramanov B.A., Orifjonov J.R. "Oziqlantirish usullarini asalari oilasi mahsuldorligini oshirishdagi ahamiyati" J. "O'zbekiston agrar fani xabarnomasi" Toshkent-2022 y.№6/2. (6) maxsus son. b.-78-80.Nurmatovbaxtiyor868@gmail.com

8. Orifjonov J.R., Kakhramanov B.A., Isamuxamedov S.Sh., Raximjanova N.Z., Chuleui Jung "The effects of hives structure on the establishment and productivity of carpathian honey bee

(apis mellifera carpatia) in Uzbekistan". The 39 th Congress and international Symposium of Apicultural Society of Korea. Andong-2023.https://www.andong.ak.kr, RNAI:agroRNA@genolution l.com, Sales@genolution l.com - P. 27-34.

9. Кахраманов Б.А. "Морфометрические особенности пчел Краинской и Карпатской пород в Узбекистане" Ж. Пчеловодство №6, 2023 год, 62-64 стр beejournal@gmail.com

10. Kaxramanov B.A., Isamuxamedov S.Sh., Orifjonov J.R., Raximjonova N.Z. "Kraina (Apis mellifera carnica Pollm) va Karpat (Apis mellifera carpatica) asalari zotlaridan suniy usulda ona asalari yetishtirish ko'rsatkichlari". "Chorvachilik va naslchilik ishi". Toshkent-2021 y.№6. b.-45-48. chorvador@list.ru.

11. Kaxramanov B.A., Dosmuxamedova M.X., Bosimova M.I., "Asalari mumi va uning xususiyatlari" qishloq xo'jaligi va veterinariya fanlarining dolzarb masalalari № 1 (1)-2024.30-38 b. scienceproblems.uz@gmail.com.

12. Kaxramanov B.A., Erdanova G.M., Bosimova M.I., "Asalari suti va uning xususiyatlari" International scientific journal science and innovation special issue: "transformation of education: the role of women in the development of science", february 16, 2024.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.