Научная статья на тему 'ASALARI OILALARINING RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARI'

ASALARI OILALARINING RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «Животноводство и молочное дело»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
asalari / o‘sish va rivojlanish / ona asalari / tuxum / ob-havo / oy / dona / nasl / kvadrat / oila / yo‘lakchalar / mahsulot / mavsum / o‘zgarishlar

Аннотация научной статьи по животноводству и молочному делу, автор научной работы — Orifjonov Jasur Rustamovich, Kakhramanov Boymakhmat Abduazizovich, Muxammadjonov Barkamal Barxayotjon O‘G‘Li, Chuleni Jung, Sun-Ho Kwon

Maqolada asalari oilalari rivojlanishining mavsumiy o‘zgarishlari, ona asalarining kunlik tuxum qo‘yishi va oiladagi nasl miqdorini o‘zgarib turishi, oila sifati kabi ko‘rsatkichlar o‘rganib chiqildi va qiyosiy tajribalar asosida tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASALARI OILALARINING RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARI»

UDK. 638.1.15

3

1,2,3Toshkent davlat agrar universiteti 4,5Andong milliy universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11428934

Annotasiya. Maqolada asalari oilalari rivojlanishining mavsumiy o'zgarishlari, ona asalarining kunlik tuxum qo'yishi va oiladagi nasl miqdorini o'zgarib turishi, oila sifati kabi ko'rsatkichlar o'rganib chiqildi va qiyosiy tajribalar asosida tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: asalari, o'sish va rivojlanish, ona asalari, tuxum, ob-havo, oy, dona, nasl, kvadrat, oila, yo'lakchalar, mahsulot, mavsum, o'zgarishlar.

Аннотaция. В статье на основе сравнительных экспериментов были изучены и проанализированы такие показатели, как сезонные изменения в развитии пчелиных семей, ежедневная яйцекладка пчелиных маток и изменение количества приплода в семье, качество семьи.

Ключевые слова: пчела, рост и развитие, пчеломатка, яйцо, погода, месяс, штук, потомство, квадрат, семья, дорожки, продукт, сезон, изменения.

Annotation. In the article, indicators such as seasonal changes in the development of bee families, daily egg laying of queen bees and changing the amount of offspring in the Family, Family quality were studied and analyzed on the basis of comparative experiments.

Keywords: bee, growth and development, queen Bee, egg, weather, moon, piece, offspring, square, family, sidewalks, product, season, changes.

KIRISh. Toshkent viloyatining tog' oldi sharoitida asalarichilikni rivojlantirish, oilalar mahsuldorligini oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir [1,2,3.4].

Respublikada asalarichilikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Xususan, asalarichilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari soni yil sayin ko'payib bormoqda. Ularga xizmat ko'rsatish madaniyati tubdan o'zgarmoqda, sohani sanoat texnologiyasi asosida rivojlantirish yo'llari izlanmoqda [5,6,7.8].

Respublikada tez sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida asalarichilikni tashkil etish va asalari oilasini boqish texnologiyasini modernizatsiyalash va shu yo'l bilan oila mahsuldorligini oshirish yo'llarini izlash, bunda asalari oilasida erta bahordan boshlab bajariladigan eng mayda texnologik jarayonlarini yangi texnologiya asosida amalga oshirishdan iboratdir [9,10,11.12].

Respublikamizda tog' oldi xududlarda, asalari oilasini o'sishi va rivojlanishi, unga ta'sir etadigan ichki va tashqi omillarning oila mahsuldorligiga ta'siri kabi muhim texnologik jarayonlar juda kam o'rganilgan [13,14,15.16].

Shu maqsadda, asalari oilalarini tezkor texnologiya asosida boqish asosida, ularni tog' oldi xududlarda boqishning oila mahsuldorligini oshirishga ta'sir etadigan texnologiyani ilmiy asoslarini o'rganish bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni o'tkazish muhimligidan dalolat beradi [17].

Tog' oldi xududlarida serasal o'simliklar ko'pligi tufayli, asalari oilasining rivojlanishiga va mahsuldorligiga katta ahamiyatga ega bo'lgani uchun, ular yuqori maxsulli asalari oilasini vujudga keltiradi. Shuningdek, mahsulot ishlab chiqarilishini ko'paytirishga ijobiy ta'sir etadi. Tog' oldi

xududlarida asalari hayoti bir tekisda o'tadi, yangi avlod yetishadi, ozuqa uchun gulchangi va asal to'playdi. Erta bahordan to kech kuzgacha asalari oilasining bir qismi yosh avlodlar bila n band bo'ladi [2,5,9].

II. TADQIQOTNING MATERIALI VA USLUBI. Tadqiqotlar 2023-2024 yillarda Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanidagi Yangi Qurg'on MFY "Safinabonu-Mexrangiz" MChJning asalarichilik xo'jaligi va Soyliq MFY "Al-Baxrom Soxibkorlar" fermer xujaligi asalarizorlarida olib borildi.

Tadqiqotlar davrida bir xillik asosida tajriba va nazorat guruhlari tashkil etildi. Tadqiqotlar davrida asalari oilalarini o'sishi va rivojlanish parametrlari asalarichilik ilmiy-tadqiqot instituti uslubi asosida o'rganildi. (Taranov G.F. 1971). Unda ona asalarining tuxum qo'yish darajasi, oila kuchi har 12 kunda ramka-setka yordamida o'lchab hisoblab borildi. Ramka-setkadagi katakchalar hajmi 5x5 sm bo'lib, uning har bir katakchasiga 100 ta asalari nasli joylashgan bo'ladi.

Olingan ma'lumotlarga Styudent mezonlari yordamida, Ye.K. Merkureva (1970, 1991) uslubi bo'yicha, (R) qiymat darajasiga ko'ra statistik ishlov berildi, hisob-kitob ishlari MS OFFICE (Microsoft Excel) dasturlari bo'yicha kompyuterda korrelyatsiya qilindi.

TADQIQOT NATIJALARI.Tadqiqotlar davrida 10 tadan asalari oilalarining o'sishi va rivojlanishi tajribalar asosida o'rganildi. Buning uchun har bir asalari uyasida ona asalarining kunlik tuxum qo'yish darajasi, oila mahsuldorligi, ko'ch ajratib chiqarishi, asal va mum yetishtirishi, qishlovdan oldin oila kuchi, qishlov davrida ozuqa sarfi, qishlov davrida asalari o'limi va bahorda oilaning o'sishi va rivojlanishi kabi ko'rsatkichlar o'rganildi.

Ona asalarining kunlik tuxum qo'yish darajasi to'g'risida ma'lumotlar quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval. Ona asalarining kunlik tuxum qo'yish darajasi (dona hisobida)

Tadqiqot o'tkazilgan vaqt n lim X±Sx Cv,%

28.02.2023 10 441-836 638,3±9,1 4,51

11.03.2023 10 559-1309 934,2±8,4 25,40

23.03.2023 10 755-1376 1065,5±80,8 24,0

04.04.2023 10 1650-2083 1822,5±29,5 3,01

16.04.2023 10 1850-2509 2121,6±30,9 3,21

28.04.2023 10 2415-2687 2558,3±48,5 4,31

10.05.2023 10 2187-2353 2257,5±64,4 3,30

22.05.2023 10 2204-2770 2380,8±70,1 4,16

1-jadval ma'lumotlaridan ko'rinayaptiki, ona asalarilar, har qanday ob-havo sharoitida ham kunlik tuxum qo'yish darajasi erta bahordan boshlab o'zgarib borgan. Dastlab 2023 yil 28 fevralda, uning kunlik tuxum qo'yishi 638 donani tashkil etgan bo'lsa, aprel oyida u 2121 donani va 22 mayda esa bu ko'rsatkich 2380 donani tashkil etganligi aniqlandi. Bu esa 2023 yildagi eng yuqori ko'rsatkich bo'lib xisoblanadi.

Xuddi shunday 2023-2024 yillarda asalari oilasini mavsumiy o'sishi va rivojlanishi ham hisobga olindi. Bular quyidagi 2-jadvalda o'z aksini topgan.

2-jadval. Asalari oilasini o'sishi va rivojlanishi (kvadrat hisobida)

Tadqiqot n Yo'lakcha soni lim X±Sx Cv,%

o'tkazilgan vaqt (yo'lakcha)

28.02.2023 10 4,8 67,1-75,7 76,6±11,4 9,11

11.03.2023 10 5,6 65,5-75,4 112,1±18,5 8,74

23.03.2023 10 6,3 99,5-170,5 127,8±21,0 19,0

04.04.2023 10 6,5 198,1-250,1 238,7±9,1 13,5

16.04.2023 10 8,2 237,4-289,1 254,6±21,6 18,4

28.04.2023 10 8,1 289,8-322,5 287,4±13,5 20,9

10.05.2023 10 8,4 262,5-282,4 270,3±22,5 21,5

22.05.2023 10 8,4 313,6-230,9 288,7±30,1 22,5

2-jadval ma'lumotlaridan ko'rinayaptiki, asalari oilalari mavsum davomic a doimiy o'si

va rivojlanishda bo'ldi. 28 fevralda o'tkazilgan dastlabki tekshirishlarda, asalari oilasidagi yo'lakchalar soni 4,8 tani tashkil etgan bo'lsa, may oyiga kelib 8,4 tani tashkil etganligi aniqlandi. Xuddi shunday, oiladagi asalarilar ham dastlabki oyda 1,4 kg.ni tashkil etgan bo'lsa, may oyiga kelib, uning miqdori 2,5 kg.ni tashkil etgan. Bu esa oilada doimo o'sish bo'lganligini va asalari naslini parvarish qilinganida ham o'z aksini topdi.

Fevral oxirida asalari oilasini o'sishi 76,6 ta kvadratni tashkil etgan bo'lsa, may oyiga kelib u 288,7 ta kvadratni tashkil etdi.

III. XULOSA. Tog' oldi sharoitida, asalari oilasini o'sishi va rivojlanishi, unga ta'sir etadigan ichki va tashqi omillarning oila mahsuldorligiga ta'siri atroflicha tahlil qilindi. Tog' oldi sharoitida serasal o'simliklar ko'pligi tufayli, asalari oilasining o'sishi va rivojlanishi hamda mahsuldorligi yuqori ko'rsatkichga ega bo'ldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Kaxramanov B.A., Safarova F.E., Isamuxamedov S.Sh., Donaev X.A., Ergashev X.B. "Asalarichilik asoslari" (o'quv qo'llanma). Toshkent, 2021.-B 78-97.

2. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh, Kuldasheva F.H, Doniyrov S.T, Rakhimjanova N.Z. "Breeding indicators of Carniolan (Apis mellifera carnica Pollm) and Carpathy (Apis mellifera carpatica) honey bees" E3S Web of Conferences 244, 02008 (2021) TPACEE-2021. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128403018 - P. 1-8.

3. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh, Safarova F.E., Donaev Kh.A., Mamadov F.Q. "Morphological features of the Carniolan (Apis mellifera carnica Pollm) and Carpathian (Apis mellifera carpatica) breeds of honey bees" E3S Web of Conferences 284, 03018 (2021) TPACEE-2021. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128403018 - R. 1-7.

4. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh., Orifjonov.J.R., Raimdjanova N.Z. "Continuous and terms of work performed in artifikal mother bees" Prospects for the introduction of innovative tehnologies in the development of agriculture. 2021. 05.07. https://jornals.e -science.uz/index.php/conferences/issue/view/31.

5. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh., Donayev Kh.A. "Effective methods of bee pest control" E3S Web of Conferences 381, 01012 (2023) AQUACULTURE 2022. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338101012. P. 1-8.

6. Kaxramanov B.A., Amirov A.I., Bosimova M.I. "Chemical Composition of Beekeeping Products, Use in Medicine and Importance in National Economy" Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. ISSN NO: 2771-8840 https://zienjournals.com Date of Publication: 17-04-2023.

7. Zokirjonova Ch.B., Kaxramanov B.A. "Oziqlantirish turlari, asalari oilasi mahsuldorligini oshirishdagi ahamiyati" Journal of Advanced Research and Stability Volume: 03 Issue: 02 | fab - 2023 ISSN: 2181-2608. www.sciencebox.uz

8. Kakhramanov B.A., Akmalkhanov T.Sh., Soatov U.R. "Influence of bee family care on honey productivity in hives of different constructions" E3S Web of Conferences 381, 01009 (2023) AQUACULTURE-2022. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338101009 - P. 1-6.

9. Kaxramanov B.A., Orifjonov J.R. "Oziqlantirish usullarini asalari oilasi mahsuldorligini oshirishdagi ahamiyati" J. "O'zbekiston agrar fani xabarnomasi" Toshkent-2022 y.№6/2. (6) maxsus son. b.-78-80. Nurmatovbaxtiyor868@gmail.com

10. Orifjonov J.R., Kakhramanov B.A., Isamuxamedov S.Sh., Raximjanova N.Z., Chuleui Jung "The effects of hives structure on the establishment and productivity of carpathian honey bee (apis mellifera carpatia) in Uzbekistan". The 39 th Congress and international Symposium of Apicultural Society of Korea. Andong-2023.https://www.andong.ak.kr, RNAI:agroRNA@genolution 1.com, Sales@genolution 1.com - P. 27-34.

11. Minheyeok Kwon, Kakhramanov B.A., Chuleui Jung, Eui-Joon Kil. "Investigation of honey bee viruses in Uzbekistan using high throughput sequencing". The 39 th Congress and international Symposium of Apicultural Society of Korea. Andong-2023. https://www.andong.ak.kr, www. genoluti on.co.kr, RNAI:agroRNA@genolution 1.com, Sales@genolution 1.com - P. 67-70.

12. Kaxramanov B.A. "Morfometricheskie osobennosti pchel Krainskoy i Karpatskoy porod v Uzbekistane" J. Pchelovodstvo №6, 2023 god, 62-64 str beejournal@gmail.com

13. Kaxramanov B.A., Isamuxamedov S.Sh., Orifjonov J.R., Raximjonova N.Z. "Kraina (Apis mellifera carnica Pollm) va Karpat (Apis mellifera carpatica) asalari zotlaridan suniy usulda ona asalari yetishtirish ko'rsatkichlari". "Chorvachilik va naslchilik ishi". Toshkent-2021 y.№6. b.-45-48. chorvador@list.ru.

14. Kaxramanov B.A., Dosmuxamedova M.X., Bosimova M.I., "Asalari mumi va uning xususiyatlari" qishloq xo'jaligi va veterinariya fanlarining dolzarb masalalari № 1 (1)-2024.30-38 b. scienceproblems.uz@gmail.com

15. Kaxramanov B.A., Erdanova G.M., Bosimova M.I., "Asalari suti va uning xususiyatlari" International scientific journal science and innovation special issue: "transformation of education: the role of women in the development of science", february 16, 2024.

16. Kaxramanov B.A., Bosimova M.I., Erdanova G.M., Donaev X.A. "Gulchangi va uning xususiyatlari". "Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari" respublika ilmiy-amaliy anjumani 2024-yil 26-mart.

17. Kaxramanov B.A., Erdanova G.M., Bosimova M.I., Mamasharipova M. A., "Propolis va uning xususiyatlari" "Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari" respublika ilmiy-amaliy anjumani 2024-yil 26-mart.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.