Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONNING TURLI HUDUDLARIDAN OLINGAN PROPOLISNING ANTIOKSIDANT AKTIVLIGI'

O‘ZBEKISTONNING TURLI HUDUDLARIDAN OLINGAN PROPOLISNING ANTIOKSIDANT AKTIVLIGI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekiston / propolis / ekstraksiya usullari / 70% etil sperti / antioksidant aktivlik / TFC / DPPH test / flavonoidlar.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Donayev Husniddin Abdialimavich, O‘Roqboyeva Muxlisa Xasan Qizi, Bosimova Madina Isoq Qizi, Hyeon Jeong, Seon Seok Jun

Maqolada O‘zbekistonning turli hududlaridan olingan propolis mahsulotlarining antioksidant darajasi va komponentlarini baholashga qaratilgan bo‘lib, TFC (umumiy flavonoid miqdori) va DPPH tajribalari yordamida amalga oshirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONNING TURLI HUDUDLARIDAN OLINGAN PROPOLISNING ANTIOKSIDANT AKTIVLIGI»

УДК. 638.1.15.

O'ZBEKISTONNING TURLI HUDUDLARIDAN OLINGAN PROPOLISNING ANTIOKSIDANT AKTIVLIGI

1Donayev Husniddin Abdialimavich, 2O'roqboyeva Muxlisa Xasan qizi, 3Bosimova Madina Isoq qizi, 4Hyeon Jeong, 5Seon Seok Jun

1,2,3Toshkent davlat agrar universiteti 4,5Andong milliy universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11428481 Annotasiya. Maqolada O 'zbekistonning turli hududlaridan olingan propolis mahsulotlarining antioksidant darajasi va komponentlarini baholashga qaratilgan bo'lib, TFC (umumiy flavonoid miqdori) va DPPH tajribalari yordamida amalga oshirildi.

Kalit so'zlar: O'zbekiston, propolis, ekstraksiya usullari, 70% etil sperti, antioksidant aktivlik, TFC, DPPH test, flavonoidlar.

Abstract. This study aims to evaluate the antioxidant level and yield of propolis products collected from various regions of Uzbekistan using TFC (total flavonoid content) and DPPH assays.

Keywords: Uzbekistan, propolis, extraction methods, 70% ethanol, antioxidant activity, TFC, DPPH test, flavonoids.

Kirish. Propolis (umumiy nomlar: asalari yelimi, uyaning chiqindisi) - bu asalarilar tomonidan daraxtlar va o't o'simliklaridan yig'ilgan sekretsiyalar yoki qatronlar, shilimshiqlar, gullar, mevalar, shoxlardan olingan saqichlar yordamida ishlab chiqariladigan tabiiy qatron aralashmasi [1,2,3,5,25,26]. Tarixan, propolis odamlar tomonidan turli kasalliklarni davolashda va asalarilar tomonidan uyadagi yoriqlarni yopish, uyada bakteriyalar va zamburug'larning past konsentratsiyasini saqlash hamda koloniyaga bostirib kirgandan keyin o'ldirilgan hayvonlarni balzamlash uchun ishlatilgan [10,11,12,13.21,22,23]. Propolis ko'plab davolovchi moddalarni o'z ichiga oladi, masalan: antiviral, yallig'lanishga qarshi, saratonga qarshi, mikroblarga qarshi va bakteriyalarga qarshi moddalar [6,7,8,9.24,28]. Propolis qadimdan turli maqsadlarda qo'llanilib kelingan. Qadimgi Misr, Gretsiya va Rimda propolisdan davolovchi vosita sifatida foydalanishgan. Propolisning terapevtik xususiyatlari orasida antiviral, yallig'lanishga qarshi, antibakterial va zamburug'larga qarshi ta'sirlar ham mavjud [14,15,16,17]. Propolisning kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlari asalarilar yashaydigan hududga, o'simlik manbalariga va yig'ish usullariga bog'liq. Shu sababli, turli hududlardan olingan propolis namunalari turli xil biokimyoviy xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin [18,19,20].

Tadqiqotning materiali va uslubi. Propolis namunalarini O'zbekistonning turli hududlaridan va Koreyadan yig'ib olindi. Quyidagi jadvalda namunalar va ularninga tegishli hududlari keltirilgan:

1-jadval. Propolis namunalari olingan hududlar

Na'muna Hudud Davlat

1 Toshkent Uzbekistan

2 Toshkent Uzbekistan

3 Toshkent Uzbekistan

4 Toshkent Uzbekistan

5 Toshkent Uzbekistan

6 Navoiy Uzbekistan

7-1 Sirdaryo va Jizzakh Uzbekistan

7-2 Sirdaryo va Jizzakh Uzbekistan

8 Andong Korea

Propolis namunalarining hosildorligi, umumiy flavonoid miqdori (TFC) va antioksidant faolligi (DPPH) quyidagi usullar yordamida o'lchandi:

Komponentlar. Propolis namunalarining ekstraksiyasi va hosildorlikni hisoblash uchun 10gr propolisning azot bilan muzlatib kukun qilingani va 70% etil sperti ishlatildi. Namuna tayyorlash, aralashtirish va ajratish uchun (shaking incubator) vakuum kolba va rotatsion bug'lanish apparati ishlatildi.

Umumiy flavonoid miqdori (TFC): Propolis ekstrakti kolorimetrik usul bilan spektrofotometrda tahlil qilindi.

1-rasm. Propolis ekstrakti kolorimetrik usul bilan spektrofotometrda tahlil qilish.

Antioksidant faollik (DPPH): Oldindan tayyorlangan proplis ekstraktining DPPH testi yordamida antioksidant faolligi o'lchandi.

Tadqiqot natijalari. O'zbekistonning turli hududlaridan olingan propolisning antioksidant potentsialini baholash, shuningdek, uning tibbiyot, farmatsevtika va ozuqa qo'shimchalari uchun yaroqliligini aniqlashdir. Ushbu tadqiqot davomida propolisning umumiy flavonoid miqdori (TFC) va DPPH testi yordamida antioksidant faolligi o'lchandi. Bu natijalar propolisning turli kasalliklarni davolashda qo'llanilish imkoniyatlarini kengaytiradi va uning iqtisodiy ahamiyatini oshiradi.

Komponentlar (%). Ushbu jadvalda O'zbekiston va Koreyaning turli hududlaridan yig'ilgan propolis namunalarining hosildorligi ko'rsatilgan. Natijalar propolisning ekstraksiya qilingan miqdorini foizda ifodalaydi. Va unga ko'ra Toshkent viloyatidan olingan 5 na'munada yuqori komponentlar miqdoriga ega. Eng past ko'rsatkich esa Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridan olingan namunalarda qayd etildi.

2-jadval Propolisning komponentlar miqdori (%)

Davlat Hudud Na'muna Komponentlar (%)

UZBEKISTAN Tashkent 1 30,94 ± 0,43

2 20,83 ± 0,21

3 64,73 ± 0,35

4 20,28 ± 0,12

5 68,64 ± 0,86

Total 36,57 ± 22,53

Navoiy 6 61,00 ± 0,18

7-1 19,46 ± 0,44

Sirdaryo, Jizzakh 7-2 14,03 ± 0,12

Total 16,74 ± 2,99

Korea Andong 8 44,41 ± 0,58

Propolisning komponentlari (Yield) (%): O'zbekistonning turli hududlaridan olingan propolis namunalarining komponentlarda katta farqlarni aniqladik. Koreya propolisining komponentlari esa o'rtacha darajada bo'lib, O'zbekistonning ayrim hududlaridan olingan namunalarga nisbatan pastroq yoki yuqoriroq. Turli hududlarda o'simliklarning xilma-xilligi va iqlim sharoitlari propolisning hosildorligiga ta'sir qiladi. O'simliklarning xilma-xilligi asalarilar uchun turli manbalarni taqdim etadi, bu esa propolisning tarkibiga va hosildorligiga ta 'sir qiladi. Koreyadagi yuqori namlik darajasi va iqlim sharoitlari propolis komponentini kamaytiradi. Chunki yuqori namlik flavonoidlar va boshqa komponentlarning saqlanishiga ta 'sir qiladi. Asalarilarning turli hududlardagi xatti-harakatlari va propolis yig'ish usullari ham component miqdori ga ta'sir qilishi mumkin. O'zbekistonning turli hududlaridagi farqlar asalarilarning propolis yig'ish usullari bilan bog' liq.

Ushbu jadvalda propolisning umumiy flavonoid miqdori (TFC), (%) o'lchovlari keltirilgan. Bu o'lchov propolisning biofaol birikmalari haqida ma'lumot beradi. Unga ko'ra eng yaxshi natija Toshkent 5 namunasida 33,57 ko'rishimiz mumkin. Ushbu ko'rsatkich Sirdaryo viloyatida 24,14 bulgan bo'lsa Uzbekiston buyicha o'rtacha 28,1 foizni tashkil qildi. Koreadan olingan namunalar buyicha o'rtacha 18,61 foizni tashkil qildi.

3-jadval. Propolisning Umumiy flavonoid miqtori (TFC), (%)

Davlat Hudud Na'muna (TFC) (%)

Uzbekiston Tashkent 1 30,00 ± 1,06

2 25,99 ± 2,90

3 30,40 ± 3,90

4 25,85 ± 0,98

5 33,57 ± 2,03

Total 29,16 ± 3,66

Navoiy 6 25,35 ± 1,30

Sirdaryo, Jizzakh 7-1 24,14 ± 0,80

7-2 26,72 ± 2,93

Total 27,07 ± 3,32

Korea Andong 8 18,61 ± 1,54

Propolisdagi umumiy flavonoid miqdori (TFC): Koreya namunalaridagi TFC (%) miqdori O'zbekiston namunalaridan ancha past chiqdi. Sababi birinchidan, Koreyadan faqat bitta namuna olindi, bu esa tahlillarni taqqoslashni qiyinlashtirdi. Ikkinchidan, Koreya havosidagi yuqori namlik darajasi flavonoidlarning saqlanishiga ta'sir qilishi aniqlandi. Namlik flavonoidlarning oksidlanishiga olib kelishi va ularning miqdorini kamaytirishi mumkin. O'zbekistonning turli hududlaridan olingan propolis namunalarida TFC darajasi orasidagi farq unchalik katta emas. Bu bir nechta omillarga bog'liq bo'lishi mumkin: ularga iqlimdagi o'xshashlikni, propolis yig'ib olinishi mumkin bo'lgan o'simlik manbaalarini va asalari zotlarini bir biriga yaqin ekanligini misol qilishimiz mumkin.

Propolisning antioksidant faolligi (DPPH) (%): DPPH testi yordamida o'lchandi. Bu o'lchov propolisning erkin radikallarni neytrallash qobiliyati bilan bog'liq bo'lib, qancha ko'p radikallar neytrallansa, uning antioksidantlik darajasi shuncha yuqori bo'ladi.

4-jadval. Propolisning antioksidant faolligi (DPPH), (%)

Davlat Hudud Namuna DPPH aktivligi (%)

Uzbekiston Toshkent 1 38.18±2.49

2 33.85±0.79

3 31.97±2.93

4 33.12±1.86

5 34.75±6.99

Total 34.37±3.80

Navoiy 6 35.08±1.58

7-1 41.70±2.36

Sirdaryo, Jizzakh 7-2 36.71±2.94

Total 39.21±3.63

Korea Andong 8 35.24±0.49

Antioksidant faollik (DPPH) (%): DPPH testi yordamida o'lchandi propolisning antioksidant faolligi turli hududlarda sezilarli darajada farqlanadi. Propolisning antioksidant faolligi flavonoidlar va polifenollar kabi bioactiv moddalar miqdoriga bog'liq. O'zbekiston va Koreyaning turli hududlarida o'simliklarning xilma-xilligi propolisning kimyoviy tarkibiga ta'sir qiladi, bu esa antioksidant faollikda ko'zga tashlanadi. Propolisni ekstraksiya qilish sharoitlari va ishlatilgan usullar (masalan, etanolning konsentratsiyasi, ekstraksiya vaqti) natijalarga ta'sir qilishi mumkin. Bu kabi labaratoriya sharoitidagi omillar natijalar o'rtasidagi farqlarni oshiradi. Turli iqlimiy sharoitlar va asalarilarning oziqlanishi propolisning antioksidant faolligiga ta'sir qiladi.

Xulosa. Koreya va O'zbekisatondagi propolis o'rtasidagi farqlarga geografik, iqlimdagi farqlar, o'simliklardagi xilma-xillik, asalarilarning oziqlanish manbaalari va darajalari sabab bo'lgan. Bu propolisning kimyoviy tarkibini va uning antioksidantligini tashkil qiluvchi

biokomponentlar faolligini aniqlashga, saqlanishi bilan bogliq jarayonlarni tushunishga va

shifobaxshlik xususiyatlarini qayd etib borishga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Kaxramanov B.A., Safarova F.E., Isamuxamedov S.Sh., Donaev X.A., Ergashev X.B. "Asalarichilik asoslari" (o'quv qo'llanma). Toshkent, 2021.-B 78-97.

2. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh, Kuldasheva F.H, Doniyrov S.T, Rakhimjanova N.Z. "Breeding indicators of Carniolan (Apis mellifera carnica Pollm) and Carpathy (Apis mellifera carpatica) honey bees" E3S Web of Conferences 244, 02008 (2021) TPACEE-2021. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128403018 - P. 1-8.

3. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh, Safarova F.E., Donaev Kh.A., Mamadov F.Q. "Morphological features of the Carniolan (Apis mellifera carnica Pollm) and Carpathian (Apis mellifera carpatica) breeds of honey bees" E3S Web of Conferences 284, 03018 (2021) TPACEE-2021. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128403018 - R. 1-7.

4. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh., Donayev Kh.A. "Effective methods of bee pest control" E3S Web of Conferences 381, 01012 (2023) AQUACULTURE 2022. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338101012. P. 1-8.

5. Kaxramanov B.A., Erdanova G.M., Bosimova M.I., Mamasharipova M. A., "Propolis va uning xususiyatlari" "Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari" respublika ilmiy-amaliy anjumani 2024-yil 26-mart.

6. Kakhramanov B.A., Akmalkhanov T.Sh., Soatov U.R. "Influence of bee family care on honey productivity in hives of different constructions" E3S Web of Conferences 381, 01009 (2023) AQUACULTURE-2022. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338101009 - P. 1-6.

7. Orifjonov J.R., Kakhramanov B.A., Isamuxamedov S.Sh., Raximjanova N.Z., Chuleui Jung "The effects of hives structure on the establishment and productivity of carpathian honey bee (apis mellifera carpatia) in Uzbekistan". The 39 th Congress and international Symposium of Apicultural Society of Korea. Andong-2023.https://www.andong.ak.kr, RNAI:agroRNA@genolution 1.com, Sales@genolution 1.com - P. 27-34.

8. Minheyeok Kwon, Kakhramanov B.A., Chuleui Jung, Eui-Joon Kil. "Investigation of honey bee viruses in Uzbekistan using high throughput sequencing". The 39 th Congress and international Symposium of Apicultural Society of Korea. Andong-2023. https://www.andong.ak.kr, www. genoluti on.co.kr, RNAI:agroRNA@genolution 1.com, Sales@genolution 1.com - P. 67-70.

9. Kaxramanov B.A. "Morfometricheskie osobennosti pchel Krainskoy i Karpatskoy porod v Uzbekistane" J. Pchelovodstvo №6, 2023 god, 62-64 str beejournal@gmail.com

10. Kaxramanov B.A., Isamuxamedov S.Sh., Orifjonov J.R., Raximjonova N.Z. "Kraina (Apis mellifera carnica Pollm) va Karpat (Apis mellifera carpatica) asalari zotlaridan suniy usulda ona asalari yetishtirish ko'rsatkichlari". "Chorvachilik va naslchilik ishi". Toshkent-2021 y.№6. b.-45-48. chorvador@list.ru.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.