Научная статья на тему 'ASALARILARDA ENG KO‘P UCHRAYDIGAN VIRUSLAR VA ULARNI ANIQLASH TEXNOLOGIYASI'

ASALARILARDA ENG KO‘P UCHRAYDIGAN VIRUSLAR VA ULARNI ANIQLASH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
viruslar / deformatsiyalangan qanot / falaj / onadon / RNK / DNK / promer / sentrafuga / RT-PSR / agar-agar / eritma / qo‘shimcha moddalar

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Chuleni Jung, Eui-Joon Kil, Menhyouk Kwon, Kakhramanov.B.A, Abdurahimov. A. A

Maqolada asalarilar va ularning kanalarida eng ko‘p uchraydigan viruslar, ularni aniqlash texnologiyasi hamda boshqa shtamplari bilan taqqoslash haqida malumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASALARILARDA ENG KO‘P UCHRAYDIGAN VIRUSLAR VA ULARNI ANIQLASH TEXNOLOGIYASI»

УДК. 638.1:15:578

ASALARILARDA ENG KO'P UCHRAYDIGAN VIRUSLAR VA ULARNI ANIQLASH TEXNOLOGIYASI

*Chuleni Jung, 2Eui-Joon Kil, 3Menhyouk Kwon, 4Kakhramanov Boymakhmat Abduazizovich, 5Abdurahimov Abdulaziz Abdujalil o'g'li,

6Sobirov Sohibxon Shomirxon o'g'li

1,2,3Andong milliy universiteti 4,5,6Toshkent davlat agrar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11428185

Annotatsiya. Maqolada asalarilar va ularning kanalarida eng ko 'p uchraydigan viruslar, ularni aniqlash texnologiyasi hamda boshqa shtamplari bilan taqqoslash haqida malumotlar keltirilgan.

Kalit so 'zlar: viruslar, deformatsiyalangan qanot, falaj, onadon, RNK, DNK, promer, sentrafuga, RT-PSR, agar-agar, eritma, qo 'shimcha moddalar.

Аннотация. В статье представлена информация о наиболее распространенных вирусах у пчел и их клещей, технология их обнаружения, а также сравнение с другими штаммами.

Ключевые слова: вирусы, деформированное крыло, паралич, материнство, РНК, ДНК, промер, центрифуга, РТ-ПЦР, гель агар-агар, различные вещества.

Abstract. The article provides information about the most common viruses in bees and their ticks, their detection technology, as well as comparison with other strains.

Keywords: viruses, deformed wing, paralysis, motherhood, RNA, DNA, marker, centrifuge, RT-PCR, agar-agar, solution, additive substances.

KIRISH. Bugungi kunda zamonaviy asalarichilikda virusli infektsiyalar jiddiy muammolardan biri bo'lib, ular asalari oilalarining kamaeshi yoki butunlay nobud bolishiga olib keladi. Hozirgi kunga qadar asalarilar RNK sida (Apis mellifera) 20 ga yaqin viruslar aniqlangan. Viruslar buyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan [1,2,3,4,5]. ma'lumotlariga ko'ra ular asosan Dicistroviridae, Iflaviridae, Nodaviridae oilalariga tegishlidir. Bundan tashqari asalarilarning DNK sida ham viruslar mavjud: iridovirus (Iridoviridae oilasi), asalari oilalarining o'limiga olib kelishi mumkin [6,7,8,12] asalari uchish a'zolari qanotlarining halokatli falaj virusi (Aphid Lethal Paralysis virus, Dicistroviridae oilasi) va boshqalar shular jumlasidandir.

Asalarilarda uchraydigan viruslar orasida eng keng tarqalganlari quyidagilardir: deformatsiyalangan qanot virusi (DWV), o'tkir asalari falaji virusi (ABPV), surunkali asalari falaji virusi (CBPV), qopli chirigan asalari avlodi virusi (sacbrood virus, SBV), qora rangli chirigan onadon virusi (black queen cell virus, BQCV), Isroil o'tkir falaji virusi (IAPV), va Kashmir ari virusi (KBV) bulib hisoblanadi. Viruslar asalarilar (Apis mellifera L.) tanasida saqlanib qolishi mumkin va klinik belgilarni keltirib chiqarmaydi, ammo asalarilar oilasi asosiy virusli infektsiyalarning "o'tkazuvchisi" bo'lgan Varroa kanalari bilan zararlanganda [9,10,11,13] viruslar o'ta xavfli bo'lib, alohida oilalar hatto butun xo'jalikdagi asalari oilalarini o'limiga olib keladi.

TADQIQOTNING MATERIALI VA USLUBI. Tadqiqotlar "O'zbekistonda Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda Smart-AI: Aqlli asalari oilasi tizim texnologiyasini qo'llash hamda asalarichilik resurslarini rivojlantirish va takomillashtirish" mavzusidagi halqaro loyiha doirasida amalga oshirildi:

Asalarilarda uchraydigan viruslar va ularni aniqlash uchun Toshkent viloyatining Bustonliq, Parkent, Toshkent, Qibray va Zangi-ota tumanlaridagi asalarichilik xo'jaliklari hamda Toshkent davlat agrar universiteti o'quv tajriba xo'jaligida parvarish qilinayotgan ishchi asalarilardan har bir xo'jalikdan 300-400 donadan namunalar olindi.

Namunalar laboratoriya tekshirivini o'tkazish uchun Janubiy Koreyaning Andong milliy universitetiga olib borildi. Universitetning "Asalari zararkunandalari va kasalliklarining molekulyar diagnostikasi" laboratoriyasida asalarilarda uchraydigan 7 xil deformatsiyalangan qanot virusi (DWV), o'tkir asalari falaji virusi (ABPV), surunkali asalari falaji virusi (CBPV), qopli chirigan asalari avlodi virusi (sacbrood virus, SBV), qora rangli chirigan onadon virusi (black queen cell virus, BQCV), Isroil o'tkir falaji virusi (IAPV), va Kashmir ari virusi ustida tadqiqot ishlari olib borildi hamda boshqa shtamplari bilan taqqoslandi.

TADQIQOT NATIJALARI. Asalarilarda eng ko'p uchraydigan viruslar va ularni aniqlash texnologiyasi quyidagi tartibda olib borildi. RT teskari transkripsiyani bildiradi. PSRda shablon DNKga kerak, ammo bizning namunalarimizda bu RNK. Shuning uchun biz RNKni sDNK ga aylantirish uchun RT bosqichini bajardik. Shablonni denaturatsiya, tavlanish va kengaytirishning uch bosqichli sikl yordamida takrorlandi va uni namunadagi maqsad ichida aniqlandi.

1.rasm. Asalaridan RNKni ajratib olish

Asalaridan 10 ta namuna olib spirtda tozalaymiz. So'ngra namunalarni maxsus paketga solib 10 ml disterlangan suv qo'shamiz, Paketni 40 s homoginezga qo'yib maydalaymiz, keyin Tayyor bo'lgan maxsulotni boshqa 1,5 ml probirkaga olamiz va sentrafugaga 17000 g 3 min, 4 C0ga qo'yamiz. Suyuqlikni to'kib tashlaymiz va tagida quyqa qoladi. Unga 500 ml trizol q o'shamiz va uni maxsus mashinada 4 sekund aralashtiramiz va 3 minut xona haroratida kutamiz. Keyin unga xloraforim 100 ml qo'shamiz va uni qo'l orqali aralashtiramiz so'ngra uni sentrafugaga 12000 RPM 15 minute 4 C0ga qo'yamiz. Probirkada 3 xil rang hosil bo'ladi (2-rasm).

1-RNK shaffof

2-DNK och pushti

3-lipid va yog'lar qizil rangda

2-rasm. Probirkada 3 xil rang ko'rinishi

RNK ni boshqa 1,5 ml probirkaga ajratib olib 250 ml isopropanol qo'shildi va yana sentirafugaga 10 minut 12000 g 10 minut 4 Cga qo'yiladi. RNK PROBIRKA tagiga cho'kib qoladi suyuqlikni to'kib olgach etanolni 75% li eritmasi bilan RNKni yuviladi so'ngra etanolni quritiladi va unga 20 ml chuqur tozalangan suv quyiladi. Eritmani konsentratsiyasini aniqlash uchun nanodropdan (3-rasm) foydalanamiz.

3-rasm. Nanodrop aparati Eritmani konsentratsiyasi jadval-1

Asalari namunasi Consentratsiya Birligi

Asalari 1 4793.6 ng/ml

Asalari 2 5725.9 ng/ml

Asalari 3 2970.2 ng/ml

Asalari 4 5636.7 ng/ml

Asalari 5 4312.6 ng/ml

Kana namunalaridagi eritmani konsentratsiyasi 2-jadval

Kana nomi Consentratsiya Birligi

Treipealeps 390.4 ng/ml

Varroa 506.16 ng/ml

RNK TARKIBIDAGI VIRUSLARNI ANIQLASH. Birinchi navbatda biz primer haqida bilib olishimiz zarur. Primer - bu ma'lum bir virusning RNK sidagi boshlang'ich va tugashidagi olingan nuklotitlar hisoblanadi. Uning shtamplari ko'p bo'lganligi uchun sayitdan malumotlarni olamiz (4-rasm)

4-rasm. Virus shtamplarini sayitda ko'rinishi.

Keyingi bosqichda master mix tayyorlab olamiz. Buning uchun bizga primer (f,r), premix, suv kerek va hammasini aralashtirib, asalari RNKsini qo'shamiz va PSR mashinga joylaymiz. PSR mashinasi virusni aniqlash uchun 2 soatdan ko'proq vaqt olishi mumkin. Bu vaqt oralig'ida 1%li agrar-agar gelli eritmasi tayyorlanadi. PSR dan olingan namunalarni agar-agar geliga qo'yamiz va uni eliktrosis aparatiga 25 daqiqaga qo'yamiz. Oxirgi bosqich virusni bio-rad mashinasida tekshiriladi (5-rasm).

5-rasm. Qora rangli chirigan onadon virusi (BQCV) O'lchami - 370

Alomatlari: sarg'ish ona asalari lichinkalari xaltasimon ko'rinishga ega bulib, SBVga o'xshaydi va vaqt o'tishi bilan to'q jigarrangga aylanadi. Infektsiyalangan lichinkalar jigarrangga aylanadi va o'ladi. Ona asalari hujayralarida to'q jigarrangdan qora rangga o'tib boradi.

6-rasm. Isroil o'tkir falaj virusi (IAPV) Olchami - 870

Alomatlari: qaltirash, uchish qobiliyatining yo'qligi, sekin-asta qorayish, ko'krak va qorin bo'shlig'idan tuklarning yo'qolishi yerda va o't ustida yuqoriga emaklash, yuqori infektsiyali asalarilar uchun tez o'limga olib keladi.

Virusni tekshirish. Odatda ko'p olimlar asalarilarda viruslarni aniqlashgan lekin viruslar turli xulq-atvorga ega. Shuning uchun ularni qolgan viruslar bilan solishtirishimiz kerak. Buning uchun yana maxsus saytdagi nuklotid blastga kirib tekshirishimiz mumkin.

XULOSA. Viruslarga qarshi kurashning zamonaviy usullaridan foydalangan holda kompleks yondashuv, viruslarga chidamli asalari zotlarini tanlash, shuningdek, asalarilarni virusli infektsiyalarga qarshi davolash, zooveterinariya qoidalariga rioya qilish asalari oilalarining barqaror rivojlanishini ta'minlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYHATI

1. Abebe, W., & Puskur, R. (2011). Beekeeping sub sector challenges and constraints in Atsbi Wemberta District of eastern zone, Tigray Region, Ethiopia. Journal of Agricultural Extension and Rural Development, 3(1), 8-12. E3S Web of Conferences 381, 01009 (2023) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338101009 AQUACULTURE 2022 6

2. Bailey L., Ball. B.V. THE HONEY BEE // Honey Bee Pathology. - Elsevier, 1991.- С. 3-9.

3. Esteban Domingo, Cristina Escarmis, Ester Lazaro, Susanna C. Manrubia. Quasispecies dynamics and RNA virus extinction (англ.) Virus Research. - 2005-02. - Vol. 107, iss. 2. - P.129-139. - doi:10.1016/j.virusres.2004.11.003. Архивировано 30 декабря 2022 г.

4. Dino P. McMahon, Myrsini E. Natsopoulou, Vincent Doublet, Matthias Fürst, Silvio Weging, Mark J. F. Brown, Andreas Gogol-Döring, Robert J. Paxton. Elevated virulence of an emerging viral genotype as a driver of honeybee loss (англ.) // Proceedings of the Royal Society B: Biological Sciences. - 2016-06-29. - Vol. 283, iss. 1833.-P.20160811. - ISSN 09628452. - doi:10.1098/rspb.2016.0811.Архивировано 19 янв.2022 г

5. Myrsini E. Natsopoulou, Dino P. McMahon, Vincent Doublet, Eva Frey, Peter Rosenkranz, Robert J. Paxton.The virulent, emerging genotype B of Deformed wing virus is closely linked to overwinter honeybee worker loss (англ.у/Scientific Reports.2017-07-12-Vol.7 iss.1 - ISSN 2045-2322.- doi:10.1038/s41598-017-05596-3. Архивировано 27 апр. 2023 г.

6. Gideon J Mordecai, Lena Wilfert, Stephen J Martin, Ian M Jones, Declan C Schroeder. Diversity in a honey bee pathogen: first report of a third master variant of the

Deformed Wing Virus quasispecies (англ.) // The ISME Journal. - 2016-05. - Vol. 10, iss. 5- P.12641273.- ISSN17517362.- doi:10.1038/ismej.2015.178. Архивировано 18 янв.2024 г

7. Luke Woodford, David J Evans. Deformed wing virus: using reverse genetics to tackle unanswered questions about the most important viral pathogen of honey bees // FEMS MicrobiologyReviews. -2020-12-15. - Т.45, вып.4. - ISSN 1574

6976. - doi:10.1093/femsre/fuaa070.

8. Stephen J. Martin, Andrea C. Highfield, Laura Brettell, Ethel M. Villalobos, Giles E. Budge, Michelle Powell, Scott Nikaido, Declan C. Schroeder. Global Honey Bee Viral Landscape Altered by a Parasitic Mite // Science. - 2012-06-08. - Т. 336, вып. 6086. - С. 13041306. - ISSN 0036-8075. - doi:10.1126/science.1220941.

9. Sebastian Gisder, Elke Genersch. Direct Evidence for Infection of Varroa destructor Mites with the Bee-Pathogenic Deformed Wing Virus Variant B, but Not Variant A, via Fluorescence In Situ Hybridization Analysis (англ.) // Journal of Virology / Julie K. Pfeiffer. -2021-02-10. - Vol. 95, iss. 5. - ISSN 0022-538X. - doi:10.1128/JVI.01786-20. Архивировано 10 декабря 2023 года.

10. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh., Orifjonov.J.R., Raimdjanova N.Z. Continuous and terms of work performed in artifikal mother bees // Prospects for the introduction of innovative tehnologies in the development of agriculture. 2021. 05.07. https://jornals.e -science.uz/index.php/conferences/issue/view/31.

11. Kakhramanov B.A., Safarova F.E., Isamukhamedov S.Sh., Donaev X.A., Ergashev X.B. Basics of beekeeping. - Tashkent, 2021. - B. 78-97.3.

12. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh, Kuldasheva F.H, Donyrov S.T, Rakhimjanova N.Z. Breeding indicators of Carniolan (Apis mellifera carnica Pollm) and Carpathy (Apis mellifera carpatica) honey bees // E3S Web of Conferences 244, 02008 (2021) TPACEE-2021. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128403018 - P. 1-8.

13. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh, Safarova F.E., Donaev Kh.A., Mamadov F.Q. Morphological features of the Carniolan (Apis mellifera carnica Pollm) and Carpathian (Apis mellifera carpatica) breeds of honey bees // E3S Web of Conferences 284, 03018 (2021) TPACEE-2021. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128403018 - Р. 1-7.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.