Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-69-73
"ANNA FRANKNING XOTIRA DAFTARI" ASARIDAGI ANTROPONIMLARNI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDAGIMUAMMOLARI
Feruza Ergash qizi Allaberdiyeva
Termiz Davlat Universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo'nalishi E-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Mazkur maqola Anne Frank tomonidan yozilgan "Anna Frankning xotira daftari"asari tarkibidagi antroponimlarning ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjimasi va ularning mohiyati lingvistik nuqtai nazardan o'quvchi uni anglashi uchun ta'sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda tahlil qilingan. Obyekt sifatida tanlangan ismlar asoson insonlar nomlari bo'lib, bu ismlar o'quvchilar uchun begona emas. Shu sababli maqolada tarjimon ularni o'zbek tiliga o'girishdan oldin etimologik, leksikologik, semantik va fonetik tahlil qilish uchun qoliplar taklif qilingan.
Kalit so'zlar: Avtobiografik asar, antroponim, ingliz-o'zbek tarjima, transformatsiya, semantika.
PROBLEMS OF TRANSLATING ANTHROPONYMS FROM ENGLISH INTO UZBEK IN "THE DIARY OF ANNE FRANK"
ABSTRACT
This article analyzes the translation of anthroponyms from English into Uzbek and their essence from the linguistic pointof view of the factors influencing the reader's understanding of the work "Anna Frank's memory book" Written By Anne Frank. The names chosen as the object are mostly human names, and these names are not unfamiliar to students. For this reason, the article suggested templates for etymological, lexical, semantic, and phonetic analysis before they were translated into Uzbek by the translator.
Keywords: Auto biographical work, antrophonym, English-Uzbek translation, transformation, semantics
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-69-73
KIRISH
Maqola obyekti sifatida tanlangan "Anna Frankning xotira daftari" asari muallifi Anne Frank asarlari o'zbek o'quvchilari uchun hali begona. 1942 yil 12-iyun kuni 13 yoshga to'lganligi uchun dafta olgandan keyin Anne Frank deyarli darhol Amsterdamdagi hayotini yozishni boshladi. Garchi ushbu kitob aslida avtograflarni o'z ichiga olgan bo'lsa-da, Anne uni jurnal sifatida ishlatishga qaror qildi Anne Frankning kundalik yozuvlari u Kitti deb nomlagan xayoliy do'stiga yuboriladi. Garchi bu belgi haqiqiy odam atrofida bo'lgan bo'lsa-da, Anne o'zining kundaligi va Kitti o'rnini bosadigan narsa deb bilgan. Anne Frank Germaniyada fashistlarning ta'qib qilinishini oldini olish uchun 1934 yilda oilasi bilan Amsterdamga qochib ketgan. Afsuski, nemislar 1940 yilda Gollandiyani bosib olishdi va tez orada antisemitizm siyosatini amalga oshirishni boshladilar. O'zining tajribalarini yozib, Anne Frank yahudiy xalqiga qarshi qilingan muntazam hujumlarni hujjatlashtirdi va natsistlar rejimi tomonidan yaratilgan antisemi tqonunlarini batafsil bayon etdi. Urushdan keyin uning ijodi tarixchilar va keng jamoatchilik uchun bebaho manbaga aylandi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Maqola uchun tadqiqot davomida qiyosiy adabiyotlar, lingvistik atamalarning qarama-qarshi va tavsifli tarjima hamda badiiy tarjimaning stilistik tahlillari o'rganildi .Muallif Mat Heygning yaratuvchanlik qobiliyati tadqiqotda nazariy jihatdan muqarrar savollarga zamin yaratadi. Natijalarga uch xil qarash bilan nazar tashlash mumkin. Birinchidan, nomlar tarjima qilinishi kerakmi yoki ayrim tarjimonlar ularni tarjima qilganmi, agar shunday bo'lsa, tarjima tiliga qanday tarjima qilinganini tekshirish. Ikkinchidan , obyektlarni tarjima qilish uchun ishlatiladigan strategiya va usullarni ko'rib chiqish va yechimni ko'rsatish. Uchinchidan, inglizcha-inglizcha taqqoslash va zidlash orqali ismlarning semantik yoki tavsifiy ma'nosini o'rganishdan iborat. Antroponimlar etimologiyasi va orfografik transformatsiyaga uchraganligi hamda tarjimonning qarashlari orqali tahlil qilinadi.
NATIJALAR VA MUHOKAMALAR
Ushbu maqolada bir nechta atroponimlar leksikologik, semantik, etimologik, morfologik va boshqa xususiyatlariga ko'ra tahlil qilindi. Antroponimlarni tarjima qilishda ularning etimologiyasi bilan tanishib chiqilib liksoniy xususiyatlari o'rganib chiqildi. Ularning lingvistik, ekstralingvistik xususiyatlari, strukturasi, grammatik
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-69-73
xususiyatlari tadqiq etildi.
Asarda "Mummy" and "Daddy" so'zlari oddiygina "oyi", "dada" deb emas biroz badiiy bo'yoqdorlik qo'shilib "Oyijon" va "Dadajon" deb tarjima qilingan ya'ni "jon" qo'shimchasi qo'shilishi bilan so'zning badiiyligi oshgan va bu so'zlar morfologik transformatsiyaga uchragan.
Asarning birinchi betidagi "we are going to be great pals"gapidagi "great" so'zi aslida o'zbek tilida "katta, ulkan" deb tarjima qilinsa-da, .Bu bilan so'zning lekin bu yerda ajoyib degan tarjimani berayapti, ya'ni "pals"" do'stlar" so'zini yanada kuchaytirish uchun, badiiy bo'yoqdorligi oshirib kelgan turkumi o'zgarib ketishiga ahamiyatsiz bo'lgan ya'ni sifat-sifat shaklida qolgan. Asardagi "lovely" so'zi aslida "yoqimli", "xushbichim", "go'zal" degan ma'noni bildirsa-da, ammo bu yerda gapni kuchaytirish ma'nosida "yoqimli vaqt, xushbichim vaqt, go'zal vaqt" ning o'rniga "ajoyib vaqt" shaklida tarjima qilingan. Asarda ma'nolar uyg'unligi bir-biriga mos kelishi uchun asardagi "guess" "taxmin, o'ylab ko'rmoq" so'zi tarjima jarayonida tushirib qoldirilgan. Asarda "in my heart" birikmasida "heart" aslida "yurak" ya'ni "mening yuragimda" deb tarjima qilinishining o'rniga mening qalbimda tarzida o'zbek tiliga o'girilgan, bo'yoqdorlikni oshirish uchun yurak -qalbga o'zgartirilib, ya'ni mening qalbimda shaklida tarjima qilingan. Asardagi "in shops which bear the plascard Jewish shop" gapidagi so'zi aslida "ayiq olib yurmoq", "olib bormoq" deb tarjima qilinsada lekin gapni ma'nosini chiqarish uchun "xarid qilmoq" deb tarjima qilingan va bu bilan bu yerda ikkita transformatsiya yuzaga kelgan ma'no almashinishi ayiq so'zi "xarid qilmoqqa ya'ni semantiktransformatsiya so'z turkumi almashinishi bilan ya'ni ot fe'l so'z turkumiga o'zgarishi bilan morfologik transformatsiya yuzaga kelgan. Bu so'zni tarixi bilan qiziqadigan bo'lsak bu so'z dastlab "Bheus" shaklida hind-yevropa tilida "Beur" shaklida esa Nemistilida qo'llanilgan ingliz tiliga esa dastlab "bere" shaklida kirib kelgan bo'lib hozirgi kunda bear shaklida ishlatilinib kelinmoqda. Asarda qo'llanilgan "indoors" so'zi aslida ichkarida deb tarjima qilinsada lekin ma'no moskelishi uchun uyda deb tarjima qilingan ya'ni semantik transformatsiya yuzaga kelgan. "Indoors" so'zi dastlab "dher" shaklida hind-yevropa tilida, "duruz" shaklida esa nemis tilida qo'l "indoors" shaklida ishlatilib kelinmoqda.
XULOSA
Anne Frankning kundaligi 60 yildan ortiq vaqt davomida nashr etilgan va dunyodagi millionlab odamlarga ilhom berishda davom etmoqda. Anna Frankning
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-69-73
kundalik yozuvlari u Kitti deb nomlagan xayoliy do'stiga yuboriladi. Garchi bu belgi haqiqiy odam atrofida bo'lgan bo'lsa-da, Anne o'zining kundaligi va Kitti o'rnini bosadigan narsa deb bilgan. Gollandiyalik qiz Anna Frankning kundaligi -fashizmning vahshiyligi haqidagi eng mashhur va ta'sirli hujjatlardan biri uning ismini butun dunyoga mashhur qildi. Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, maqola ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilish jarayonida so'zlarda yuzaga kelgan o'zgarishlar va muammolari haqida bayon qilingan.
REFERNCES
1. Frank, A. (2010). Anne Frank: The diary of a young girl. New York.
2. http://www.hachette.com/en/maison/azbooka-atticus
3. http://www.merriamwebster.com/dictionary/querulous
4. Solijonov J.K. Garri Potter vaAfsungarlartoshi. - Termiz: Surxon-Nashr.
5. Begmatov E. Ism chiroyi. Toshkent: 1994. 90 b.
6. Oxford University. Oxford Dictionary of Current English. - USA: Oxford University press, 2006
7. Худайкулов, А. Э. (2011). Семантическая адаптация некоторых английских заимствованных слов в русских письменных памятниках xvii-xix веков. Вестник Челябинского государственного университета, (28), 134-137.
8. Jo'ramurodova, Z., & Solijonov, J. (2022, April). JK ROULINGNING "BIDL QISSANAVIS ERTAKLARI"("THE TALES OF BEEDLE THE BARD") ASARIDAGI ANTROPONIMLARNING O'ZBEK TILIDAN INGLIZ TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLARI. In МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ.:" СОВРЕМЕННЫЕ ФИЛОЛОГИЧЕСКИЕ ПАРАДИГМЫ: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ ТРАДИЦИЙ И ИННОВАЦИЙ II" (Vol. 2, No. 18.03, pp. 554-560). https://doi.org/10.47100/nuu.v2i18.03.115
9. Qodirovna, A. Z., &Kamoljonovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING, GARRI POTTER VA AFSUNGARLAR TOSHP'ROMANIDAGI SEHRGARLAR OBRAZINI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHNING LINGVO-PERSPEKTIV TAHLILI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 176-180. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-176-180
10. Kamoljnovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING FANTASTIK ASARLARIDAGI ANTROPONIMLARNING LINGVO-PERSPEKTIV MUAMMOLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-69-73
(CARJIS), 2(1), 334-343. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-1-334-343 11. "Rajabova, M. (2022, April). JEK LONDON QALAMIGA MANSUB "AJDODLAR CHORLOVI" ASARIDAGI ANTROPONIMLARNING INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLAR. In МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ:" СОВРЕМЕННЫЕ ФИЛОЛОГИЧЕСКИЕ ПАРАДИГМЫ: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ ТРАДИЦИЙ И ИННОВАЦИЙ II" (Vol. 2, No. 18.03, pp. 134-140)."