Научная статья на тему 'INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMADA TRANSLITERATSIYA USULIDAN FOYDALANISH (“STIV JOBS” ASARI MISOLIDA)'

INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMADA TRANSLITERATSIYA USULIDAN FOYDALANISH (“STIV JOBS” ASARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
611
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Leksikologiya / leksika / leksema / o‟zlashma so‟zlar / neologizmlar / etimologik ma‟no / semantik ma‟no. / Lexicology / vocabulary / lexeme / assimilation words / neologisms / etymological meaning / semantic meaning

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shahriniso Axrorovna G'Oyibnazarova, Juraali Kamoljnovich Solijonov

Mazkur ilmiy maqoladan ko„zlangan maqsad Uolter Ayzekson tomonidan yozilgan “Stiv Jobs” asari tarkibidagi leksemalarni ingliz tilidan o‟zbek tiliga tarjimasida transliteratsiya usulidan foydalanishni tahlil qilishdan iborat. Bir qancha tilshunos olimlarimiz tomonidan leksikologiyani tadqiq etish borasida bir qancha vazifalar belgilangan bo‟lib, keyingi vazifa o‟zbek tilining sistemaviy lug‟atini yaratish etib rejalashtirilgan. Ushbu maqola esa namuna sifatida mazkur asardagi neologizmlarning asli va hozirgi qo‟llanilish doirasi hamda shu kabi jihatlarini ochib beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING TRANSLITERATION IN ENGLISH-UZBEK TRANSLATION (WITH THE EXAMPLE OF THE BOOK STEVE JOBS)

The purpose of this paper is to analyze the use of transliteration in the translation of lexemes from English into Uzbek in the work of Steve Jobs, written by Walter Isaacson. A number of our linguists have set a number of tasks for the study of lexicology, and the next task is to create a systematic dictionary of the Uzbek language. As an example, this article reveals the origins and current scope of neologisms in this work, as well as similar aspects.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMADA TRANSLITERATSIYA USULIDAN FOYDALANISH (“STIV JOBS” ASARI MISOLIDA)»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-59-62

INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMADA TRANSLITERATSIYA USULIDAN FOYDALANISH ("STIV JOBS" ASARI MISOLIDA)

Shahriniso Axrorovna G'oyibnazarova

Termiz davlat universiteti Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati talabasi E-mail: [email protected]

Juraali Kamoljnovich Solijonov

Termiz davlat universiteti E-mail: stuard [email protected] UDK 81.2/.4481.25

ANNOTATSIYA

Mazkur ilmiy maqoladan ko'zlangan maqsad Uolter Ayzekson tomonidan yozilgan "Stiv Jobs" asari tarkibidagi leksemalarni ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjimasida transliteratsiya usulidan foydalanishni tahlil qilishdan iborat. Bir qancha tilshunos olimlarimiz tomonidan leksikologiyani tadqiq etish borasida bir qancha vazifalar belgilangan bo'lib, keyingi vazifa o'zbek tilining sistemaviy lug'atini yaratish etib rejalashtirilgan. Ushbu maqola esa namuna sifatida mazkur asardagi neologizmlarning asli va hozirgi qo'llanilish doirasi hamda shu kabi jihatlarini ochib beradi.

Kalit so'zlar: Leksikologiya, leksika, leksema, o'zlashma so'zlar, neologizmlar, etimologik ma'no, semantik ma'no.

USING TRANSLITERATION IN ENGLISH-UZBEK TRANSLATION (WITH THE EXAMPLE OF THE BOOK STEVE JOBS)

ABSTRACT

The purpose of this paper is to analyze the use of transliteration in the translation of lexemes from English into Uzbek in the work of Steve Jobs, written by Walter Isaacson. A number of our linguists have set a number of tasks for the study of lexicology, and the next task is to create a systematic dictionary of the Uzbek language. As an example, this article reveals the origins and current scope of neologisms in this work, as well as similar aspects.

Keywords: Lexicology, vocabulary, lexeme, assimilation words, neologisms, etymological meaning, semantic meaning.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-59-62

KIRISH

Fan hamisha rivojlanish va taraqqiyotda. Bugungi kunda u misli ko'rilmagan darajada jadal tus oldi. O'zlikni anglashda tilning roli muhimdir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov bu haqida shunday degan edilar: "... ajdodlardan o'tib kelayotgan ona-tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur. Ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o'ta muhim sohalarda ona tilimizning qo'llanish doirasini kengaytirish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so'z bilan aytganda, o'zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o'zlikni, Vatan tuyg'usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz", deya ta'kidlagan edilar. Tilning jamiyat bilan hamnafas yuradigan, undagi o'zgarishlarni o'zida aks ettirishni talab etadigan muhim bo'limi leksika hisoblanadi. Leksika tildagi o'zgarishlarni o'zidan boshqa doiralarga kengroq aks ettiradi.

Agarda hozirgi dunyoga nazar tashlasak, bizni o'rab turgan kurrai zamin zamonaviy texnologiyalar qurshovida ekanligiga guvoh bo'lamiz. Boshqa tarafdan esa davlatlar o'rtasidagi kuchli geopolitik siyosat ham globallashuv jarayoninig jiddiy tus olishiga sabab bo'lmoqda. Ayni damda jamiyat taraqqiyoti, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va davlatlararo siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning kengayishi natijasida tillararo so'zlarning biridan boshqasiga o'tishi jadallashmoqda. Bu jarayon ham bevosita o'zbek tiliga ta'sir qilmoqda va o'zbek tili leksikasi o'zlashma so'zlar -neologizmlar hisobiga boyishiga xizmat qilmoqda.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI

Neologizmlar - yunoncha, neos- "yangi", logos-"so'z" so'zlarining jamlanmasi bo'lib, jamiyat taraqqiyoti, hayotning talab-ehtiyoji bilan paydo bo'lgan yangi narsa va tushunchalarni ifodalovchi so'zlardir. Neologizmlar avvaliga noodatiy so'zdek bo'ladi, lekin ko'p qo'llanilishi hisobiga "yangilik" xususiyatini yo'qotadi va faol so'zlar qatoriga o'tadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yana shunday neologizmlar borki, kundalik hayotda qo'llanilishi uchun ehtiyoj paydo bo'lgan, lekin O'zbek tilining izohli lug'atidan joy olmagan. Ulardan misol keltirib quyidagilarni aytolamiz: koka-kola, mini-market, gipermarket, chizburger, xot-dog, netbuk, sensor, fleshxotira, planshet va h.k.

Asarda uchragan ba'zi neologizmlarni izohi bilan keltiriladigan bo'lsa :

Submadaniyat (subculture)- katta madaniyatdagi madaniy guruh, ko'pincha katta madaniyat vakillari bilan farq qiladigan e'tiqod yoki manfaatlarga ega.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-59-62

Interfeys (interface) - birinchi ma'nosi ikkita tizim, subyektlar, tashkilotlar va boshqalar uchrashadigan va o'zaro ta'sir qiladigan nuqta. Masalan, "Buxgalteriya va qonun o'rtasidagi interfeys". Ikkinchi ma'nosi foydalanuvchiga kompyuter bilan muloqot qilish imkonini beruvchi qurilma yoki dastur. Masalan, "grafik foydalanuvchi interfeysi".

Gik (ingliz tilida: geek) - birinchi ma'nosi, modaga mos kelmaydigan yoki ijtimoiy jihatdan qobiliyatsiz inson. Ikkinchi ma'nosi karnaval yoki sirkdagi ijrochi, uning shousi g'alati harakatlardan iborat.

Kontrmadaniyat (counterculture) - hayot tarzi va hukmron ijtimoiy me'yorga zid yoki unga zid bo'lgan munosabatlar majmui. Masalan, 60-yillarning kontrmadaniyat idealistlari.

Tendensiya - birinchi ma'nosi taraqqiyot yo'nalishi, biror narsaga qiziqish. Ikkinchi ma'nosi ma'lum o'y - mulohaza, tasvir yoki asarning asosiy mazmuni ya'ni g'oyasi.

Kibernetika - axborotni qabul qilish, saqlash, uni qayta ishlash, hamda undan turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shug'ullanadigan fan.

Bu so'zlarning ba'zilari O'zbek tili izohli lug'atiga kiritilgan, ba'zilari esa hali ham kiritilmagan. Ammo so'zlashuv jarayoniga kirib kelgan.

Yana bu asardagi neologizmlarga misollar keltiriladigan bo'lsa: Sxema, katalog, pleyer, xakker, montaj, korpus, konnektor va shu kabi bir qancha neologizmlar keltirilgan.O'zbek tili leksikasiga o'zlashish sezilarli darajada ta'sir qilgan. 20 dan ortiq til o'zlashmalari mavjud. Shuningdek, tilimizda uncha faol bo'lmagan tillarning o'zlashmalari ham uchrab turadi. O'zbek tili leksikasidan o'rin olgan inglizcha o'zlashma so'zlar semantikasidagi o'zgarishlar sezilarli darajada bo'lib, ular polisemantik xususiyatga ega bo'lishidan tashqari, ta'sirchan ifodalashi va tinglovchiga ma'noni tez yetkazib berishi bo'yicha yetakchi mavqe egallaydi. Shu sababli ham neologizmlarni, jumladan, sport, harbiy, oziq-ovqat, kiyim-kechak va barcha sohalarga doir o'zlashma so'zlarni o'z o'rnida va ma'nosiga xos qo'llasak ham o'rinli bo'ladi, ham so'zlovchi nutqining ta'sirchan, aniq va ilmiyligiga xizmat qiladi.

XULOSA

Xulosa o'rnida keltirish mumkinki, neologizmlar jamiyat va davr ehtiyoji bilan paydo bo'ladi va qo'llanilishi bo'yicha doimiylik tusini oladi. Ingliz tilidan kirib kelgan o'zlashma so'zlarning barchasining muqobil variant yo'qligi sababli hech qanday o'zgarishsiz qo'llaniladi. Ayrim o'zlashma so'zlar esa tilimizdagi izohli lug'atlarga kiritilmagan. 2 xil qo'llanilayotgan neologizmlar imlo bo'yicha ko'pgina xatoliklarga sabab bo'lishi mumkin. Shu sababli ularning faqatgina bitta ma'noda qo'llanilishini ta'minlash lozim.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-59-62

REFERENCES

1. Karimov I.A. —Yuksak ma=naviyat - yengilmas kuchll. - Toshkent:Ma'naviyat, 2008. B. - 87.

2. Madina Mexriddin Qizi Yo'Lchiyeva, Sevinch Umid Qizi Abdixamitova, & Maftuna Shermatovna Omonova (2022). INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA KIRIB KELGAN BIR NECHA NEOLOGIZMLAR TAHLILI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2 (1), 438-443. doi: 10.24412/2181-2454-2022-1438-443

3. Стив Жобс / У. Айзексон. - Тошкент:«М^1» nashriyoti, 2019.

4. Steve Jobs | W. Isaacson. - First Simon & Schuster hardcover edition November 2011.

5. Jo'ramurodova, Z., & Solijonov, J. (2022, April). JK ROULINGNING "BIDL QISSANAVIS ERTAKLARI"("THE TALES OF BEEDLE THE BARD") ASARIDAGI ANTROPONIMLARNING O'ZBEK TILIDAN INGLIZ TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLARI. In МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ.:" СОВРЕМЕННЫЕ ФИЛОЛОГИЧЕСКИЕ ПАРАДИГМЫ: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ ТРАДИЦИЙ И ИННОВАЦИЙ II" (Vol. 2, No. 18.03, pp. 554560). https://doi.org/10.47100/nuu.v2i18.03.115

6. Qodirovna, A. Z., & Kamoljonovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING, GARRI POTTER VA AFSUNGARLAR TOSHP'ROMANIDAGI SEHRGARLAR OBRAZINI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHNING LINGVO-PERSPEKTIV TAHLILI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 176-180. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-176-180

7. Kamoljnovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING FANTASTIK ASARLARIDAGI ANTROPONIMLARNING LINGVO-PERSPEKTIV MUAMMOLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 334-343. https://doi.org/10.24412/2181 -2454-2022-1 -334-343

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.