Научная статья на тему 'DEYL KORNEGI QALAMIGA MANSUB “BIZ BILMAGAN LINKOLN” (“LINKOLN THE UNKNOWN”) ASARIDAGI GRAMMATIK TAHLILLARNING INGLIZ TILIDAN O’ZBEK TILIGA TARJIMASIDAGI MUAMMOLARI'

DEYL KORNEGI QALAMIGA MANSUB “BIZ BILMAGAN LINKOLN” (“LINKOLN THE UNKNOWN”) ASARIDAGI GRAMMATIK TAHLILLARNING INGLIZ TILIDAN O’ZBEK TILIGA TARJIMASIDAGI MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
89
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
morfologiya / ot / sifat / son / fe‟l / olmosh / qo‟shimchalar. / morphology / noun / adjective / number / verb / rhyme / suffixes.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Zarnigor Kamoliddinovna Xamroyeva

Mazkur maqola Deyl Karnegi tomonidan yozilgan "Biz bilmagan Linkoln" ("Linkoln the unknown") asaridagi grammatik tahlillarning ingliz tilidan o‟zbek tiliga tarjimasi va ularning mohiyatiga lingvistik nuqtai nazaridan o‟quvchi uni anglashi uchun ta‟sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda tahlil qilinadi. Obyekt sifatida tanlangan gaplar va so‟zlar grammatik jihat yordamida tahlil qilinadi. Asardagi jumlalarga morfologik transformatsiya usullar bilan tarjima qilish uchun qoliplar taklif qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

“LINCOLN WE DON'T KNOW” BY DALE CORNEGY (“LINCOLN THE UNKNOWN”) PROBLEMS OF GRAMMAR ANALYSIS TRANSLATION FROM ENGLISH TO UZBEK LANGUAGE

This article analyzes the translation of grammatical analyzes from Dale Carnegie's "Lincoln the Unknown" from English into Uzbek and their essence from a linguistic point of view, taking into account the factors influencing the reader's understanding. Sentences and words selected as objects are analyzed grammatically. Templates have been proposed to translate the sentences in the work by morphological transformation methods

Текст научной работы на тему «DEYL KORNEGI QALAMIGA MANSUB “BIZ BILMAGAN LINKOLN” (“LINKOLN THE UNKNOWN”) ASARIDAGI GRAMMATIK TAHLILLARNING INGLIZ TILIDAN O’ZBEK TILIGA TARJIMASIDAGI MUAMMOLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-553-557

DEYL KORNEGI QALAMIGA MANSUB "BIZ BILMAGAN LINKOLN" ("LINKOLN THE UNKNOWN") ASARIDAGI GRAMMATIK TAHLILLARNING INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMASIDAGI

MUAMMOLARI

Zarnigor Kamoliddinovna Xamroyeva

Termiz davlat universtiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo'nalishi talabasi E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola Deyl Karnegi tomonidan yozilgan "Biz bilmagan Linkoln" ("Linkoln the unknown") asaridagi grammatik tahlillarning ingliz tilidan o 'zbek tiliga tarjimasi va ularning mohiyatiga lingvistik nuqtai nazaridan o'quvchi uni anglashi uchun ta'sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda tahlil qilinadi. Obyekt sifatida tanlangan gaplar va so'zlar grammatik jihat yordamida tahlil qilinadi. Asardagi jumlalarga morfologik transformatsiya usullar bilan tarjima qilish uchun qoliplar taklif qilindi.

Kalitso'zlar: morfologiya, ot, sifat, son, fe'l, olmosh, qo'shimchalar.

"LINCOLN WE DON'T KNOW" BY DALE CORNEGY ("LINCOLN THE UNKNOWN") PROBLEMS OF GRAMMAR ANALYSIS TRANSLATION FROM ENGLISH TO UZBEK LANGUAGE

ABSTRACT

This article analyzes the translation of grammatical analyzes from Dale Carnegie's "Lincoln the Unknown" from English into Uzbek and their essence from a linguistic point of view, taking into account the factors influencing the reader's understanding. Sentences and words selected as objects are analyzed grammatically. Templates have been proposed to translate the sentences in the work by morphological transformation methods.

Keywords: morphology, noun, adjective, number, verb, rhyme, suffixes.

KIRISH

Mazkur maqola Deyl Karnegi tomonidan yozilgan "Biz bilmagan Linkoln" 1932-yilda yozilgan Avraam Linkolnning tarjimai holi. U Deyl Karnegi va Associates

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-553-557

tomonidan nashr etilgan va Deyl Karnegi kursida mukofot sifatida berilgan. Fermer bolasi Avraam Linkoln Qo'shma Shtatlar prezidenti bo'lib, u kitob olish uchun eng uzoq masofalarni ham bosib o'tadi. O'qish uning chorak asr davomidagi asosiy ishtiyoqidir. U birinchi muhabbatidan ayrilib, butun umr aza tutadi. U dastlab Oq uydagi hamkasblari bilan baxtli yashaydi. Keyinchalik janub bilan urush mobaynida ikkinchi sevgisi bilan turmush qurib, turmush qiyinchiliklari bilan hayot kechiradi.

Mustaqillik davridan boshlab o'zbek adabiyotida barcha tur va janrlar qatori badiiy tarjima amaliyotida ham o'sish-o'zgarishlar yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Ayniqsa, asliyat tilidan tarjima izga tushayotgani quvonarli hol. Bu borada yoshlarning o'z iqtidorini sinovdan o'tkazayotgani, Sharq va G'arb xalqlari adabiyoti namunalarini bevosita ona tilimizga o'girishga dadil kirishayotgani katta umid uyg'otadi [1].

Ayni paytda o'zbek adabiyoti durdonalarini xorijiy tillarga tarjima qilish bobida ham yoshlar yaxshigina tashabbus ko'rsatmoqda. Bu sohadagi ishlarning izchil tus olganini O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Badiiy tarjima va xalqaro aloqalar bo'limining respublikamizdagi yosh ijodkorlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida poytaxt va viloyatlardagi oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlikda "Yosh tarjimonlar maktabi"ni tashkil etgani, yosh tarjimonlarning ilk tarjima asarlari "Adib" nashriyotida chop etilayotgani, "Jahon adabiyoti" jurnalining muntazam chiqib turgani va amalga oshirilgan boshqa ko'plab tadbirlar misolida ko'rish mumkin. Zero, o'zbek adabiyoti namunalarini chet tillariga, jahon adabiyoti sara asarlarini ona tilimizga munosib tarzda tarjima qilib taqdim etishdek sharafli vazifa bugungi navqiron avlodning iqtidori, g'ayrat-shijoatiga bog'liqligi sir emas.

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar, "Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch", "Adabiyotga e'tibor — ma'naviyatga, kelajakka e'tibor" kitoblarida aytilgan fikr-mulohazalar, tavsiyalardan kelib chiqsak, bugungi adabiy jarayonda badiiy tarjimaning o'rni, tarjimashunoslik, tarjima tanqidi sohalaridagi yutuq va kamchiliklarni tahlil, talqin etish, muayyan xulosalar chiqarib olish kun tartibidagi muhim vazifalar sirasidan ekaniga iqror bo'lamiz [2].

ADABIYOTLAR TAXLILI VA TADQIQOT METADOLOGIYASI

Mazkur maqola uchun tadqiqot davomida tarjima qiyosiy adabiyot, qarama qarshi tavsifli tarjima va lingvistik atamalarning izohli tahlili, adabiyotning stilistik tahlili ko'rib, o'rganilib chiqildi [3]. Ushbu tadqiqot uchun, "Tarjimashunoslik terminlarining ko'p tilli lug'at-ma'lumotnomasi" qo'llanmasidan foydalanildi [4].

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-553-557

NATIJA

Ushbu maqolada ko'rib chiqilgan jumlalar asarda eng ko'p qo'llangan gaplar bo'lib, qo'llanilganlarning beshtasi tahlil qilindi. Tahlil jarayonida bu gaplarni o'quvchi tushunmasligi tabiiy, chunki bu gaplar o'zbek tiliga tarjima qilishda ba'zi bir muammolarga sabab bo'ladi. Ushbu maqolada bu gaplarni tushunish uchun asliyat tilidagi asar atroflicha ko'rib chiqiladi. Asarni tarjima qilish jarayonining birinchi va asosiy masalasi grammatika edi. Ingliz tili grammatikasi - bu ingliz tilidagi iboralar tuzilishi. Bunga so'zlar, iboralar, gaplar va jumlalarning tuzilishi kiradi [5] Britaniyacha ingliz, amerikacha ingliz va avstraliya ingliz tillarining standart shakllari o'rtasida grammatika bo'yicha ma'lum farqlar mavjud, ammo ular leksik va talaffuzdagi farqlar bilan solishtirganda sezilmaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, tadqiqot mavzusi bo'lgan bu asar Amerika ingliz tilisida yozilgan.

MUHOKAMA

Asardagi tahlil qilingan jumlalar morfologik qoidalar asosida ko'rib chiqildi.

Ya'ni har bir so'z turkumlari hech qanday o'zgarishsiz qo'llangan.

Morfologik tahlil: "The old histories record that Ann and her husband brought the first hogs into Kentucky, the first ducks and the first spinning-wheel".

-Tarixiy ma „lumotlarga ko „ra Anna va uning eri ilk cho 'chqalarni, o 'rdaklarni va ip yigiruvchi g'ildirakni Kentukkiga olib kelgan.

1-Jadval

LEKSEMALAR MORFOLOGIK TAHLIL

1. Tarixiy Ot+sifat yasovchi qo'shimcha

2. Malumotlarga Ot+shakl yasovchi qo'shimcha+jo'nalish kelishigi

3. Ko'ra Ko'makchi

4. Anna Ot

5. Va Bog'lovchi qo'shimchasi

6. Uning Olmo sh+qaratqich

7. Eri Ot+egalik

8. Cho'chqalarni Ot+ko' plik+tushum

9. O'rdaklarni Ot+ko' plik+tushum

10. Va Bog'lovchi

11. Ilk Sifat

12. Ip Ot

13. Yigiruvchi Fe'l+ot yasovchi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-553-557

14. G'ildirakni Ot+tushum

15. Kentukkiga Ot+jo'nalish

16. Olib kelgan Qo'shma fe'l

It was a tremendous discovery, and housewives traveled as far as a hundred 150 miles to sit in her cabin and learn the new art.

Bu juda katta kashfiyot edi va uy bekalari o 'z kabinasida o 'tirish va yangi san 'atni o 'rganish uchun 150 milya(1milya 1.5kilometr) masofani bosib o 'tardi.

LEKSEMALAR MORFOLOGIK TAHLIL

1. Bu Olmosh

2. Juda Ravish

3. Kashfiyot Ot

4. Edi To'liqsiz fe'l

5. Va Bog'lovchi

6. Uy Ot

7. Bekalari Ot+shakl yasovchi

8. Uning Olmosh+qaratqich

9. Kabinasida Ot+egalik+kelishik

10. O'tirish Fe'l+harakat nomi

11. Va Bog'lovchi

12. Yangi Sifat

13. San'at Ot

14. O'rganish Fe'l+harakat nomi

15. Uchun Ko'makchi

16. 150 Son

17. Milya Son

18. Masofani Ot+tushum

19. Bosib Fe'l+ko'makchi

20. O'tishdi Fe'l+harakat nomi+zamon

XULOSA

Ushbu maqoladagi asarning mohiyati shundaki, chekka bir qishloqni shakllantirgan o'rtahol fermer oilasidan chiqqan va yoshligidanoq juda katta qiyinchiliklarga duch kelgan, natijada prezidentlik lavozimiga ko'tarilgan Avraam

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-553-557

Linkoln to'g'risida so'z yuritiladi. Noma'lum Linkoln o'zini har qanday o'quvchi uchun osonlik bilan ochib beradi. Kitob Linkolnning shajarasi, ayniqsa onalar tomoni haqida bir oz ma'lumot berish bilan boshlanadi va uning bolalikdan Oq uygacha bo'lgan sayohatini chiroyli tasvirlaydi. Asarda uning eng mashhur nutqlarini yoki uning qismlarini, masalan, "Gettisburg nutqi" va ikkinchi rasmiy nutqini topasiz. Linkoln haqida havaskor yoki biluvchi bo'lishingizdan qat'i nazar, bu kitob tarixdagi barcha davrlarning eng muhim odamlaridan biri bo'lgan Avraam Linkoln haqidagi eng qiziqarli o'qish bo'lishiga ishonaman.

REFERENCES

1. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/suhbatlar/tariima-nazariyasi-va-tanqidi-muammolari-davra-suhbati

2. Kamoljnovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING FANTASTIK ASARLARIDAGI ANTROPONIMLARNING LINGVO-PERSPEKTIV MUAMMOLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 334-343.

3. "Tarjimashunoslik terminlarining ko'p tilli lug'at-ma'lumotnomasi" Namangan 2013

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.