Научная статья на тему 'G’OFUR G’ULOM IJODINING NAZARIY TAHLILI'

G’OFUR G’ULOM IJODINING NAZARIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
7699
463
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy adabiyot / yozuvchi / nasr / she‘riyat / Shum bola / Yodgor / Netay / Qayg‘u.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Suhrob Shuxrat O‘g‘li Abdixafizov

Mazkur maqolada mashhur yozuvchi O‘zbek xalqining sevimli yozuvchisi G‘ofur G‘ulom ijodining nazariy asosi yoritib berilgan. Shuningdek, yozuvchining hayot yo‘li, ijodi haqida batafsil ma‘lumotlar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «G’OFUR G’ULOM IJODINING NAZARIY TAHLILI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-27-32

G'OFUR G'ULOM IJODINING NAZARIY TAHLILI

Suhrob Shuxrat o'g'li Abdixafizov

Toshkent davlat yuridik universiteti 4-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada mashhur yozuvchi O'zbek xalqining sevimli yozuvchisi G'ofur G'ulom ijodining nazariy asosi yoritib berilgan. Shuningdek, yozuvchining hayot yo'li, ijodi haqida batafsil ma'lumotlar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: badiiy adabiyot, yozuvchi, nasr, she'riyat, Shum bola, Yodgor, Netay, Qayg'u.

KIRISH

O'zbek xalqining taniqli va sevimli yozuvchisi G'ofur G'ulomning she'riyati va nasrida o'zbek xalqi tarixi o'zining badiiy timsolini topgan. Yozuvchining ijodi rang-barang — she'rlar, qo'shiqlar, dostonlar, qasidalar, hikoyalar, qissalar. G'ofur G'ulomning urushdan keyingi davrdagi ijodi o'zbek adabiyoti rivojida beqiyos o'rin tutgan.G'afur G'ulom, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini o'zbek tiliga mohirona tarjimasi bilan mashhur.G'afur G'ulom 1903 yil ning 10 may kuni Toshkentda, deqhonlar oilasida tug'ilgan. Uning otasi savodxon bo'lgan. U o'zbek va tojik mumtoz adabiyotini o'qigan, rus tilini bilgan, o'zi ham she'rlar yozgan. Uning uyiga Muqimiy, Furqat, Asiriy, Xislat va boshqa shoirlar kelib turgan 1916 yilning kuzida G'ofur o'qishga kiradi. Onasining vafotidan so'ng (otasi avvalroq vafot etgan), u ishlashga majbur bo'lgan. Ko'plab kasblarda o'zini sinab ko'rgach, u nihoyat, matbaaga harf teruvchi bo'lib ishga kiradi, so'ngra, pedagogik kurslarda tahsil oladi. 1919 yildan 1927 yilgacha u o'qituvchi, maktab direktori, Ma'naviyat uyushmasi ishchilari raisi bo'lib ishlaydi, bolalar uyini tashkil etishda faol ishtirok etadi. 1923 yildan G'.G'ulomning adabiy faoliyati boshlanadi. She'rlar, dostonlar, ocherklar, hajviy hikoyalar va qissalari gazeta va jurnallarda chop etila boshlaydi. 1923 yil yozilgan "Feliks farzandlari" she'rida yetim bolalar haqida gapirarkan, unda yozuvchi o'z hayotini ifodalaydi, "Maorif va o'qituvchi" oynomasida esa "Go'zallik qayerda" nomli ikkinchi she'ri nashr qilinali. Birin-ketin she'riy to'plamlari bosmadan chiqadi: "Dinamo", "Xitoy suratlari", "Biz sizlar bilan tirikmiz", "Jonli qo'shiqlar", "Sizga", "Sovg'a", "Tong qo'shig'i", "Qo'qon" dostoni va boshqalar.G'afur G'ulomning 30-yil boshlarida yozilgan she'rlarida yangi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-27-32

shakllarga burilish seziladi, bunga mumtoz rus tilini o'rganashi ham muhim darajada ta'sir ko'rsatgan. Bundan tashqari, sanoatning o'sishi, Turksib temir yo'l magistralining qurilishi kabi uning ona yurtida sodir bo'layotgan ajoyib o'zgarishlarni ta'riflash uchun yangi lug'at boyligi, yangi she'riy bo'yoqlar, yangi ohang va vazn talab etilgan."Dinamo" (1931), "Tirik qo'shiqlar" (1932) — yosh shoirning yo'nalishi yorqin namoyon bo'lgan birinchi she'riy to'plamlari.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Shoirning boqiy hayot, mangu ko'k daraxt haqidagi "Qish va qor" (1929), "Non" (1931), "Toshkent" (1933), "Qutbda saylovlar" (1937), "Men - Yahudiyman" (1941), "Qish" (1941), "Xotin" (1942), "Afsuski, afsusni qo'shib ko'mmadi" (1945), —Bog'" (1934), "Qayg'u" (1942), "Kuz keldi" (1945), "Kuzgi ko'chatlar" (1948) kabi she'rlarida umuminsoniylik, insonparvarlik mavzulari o'z aksini topdi.Ko'pgina she'rlarida sharq donishmandi - ota timsoli mavjud: "Sen yetim emassan" (1942), "Qayg'u" (1942), "Biri biriga shogird, biri biriga ustod" (1950), "Sizlarga - yoshlar" (1947), "Bahor taronalari" (1948) va boshqalar. "Netay" (1930), "Yodgor" (1936), "Shum bola" (1936-1962) qissalari va "Shariat nayranglari" (1930), "Mening o'g'rigina bolam" (1965) hikoyalarida chinakam xalq qahramonlari, milliyligimiz tavsirlangan. Urush yillarida G'ofur G'ulom "Sen yetim emassan", "Seni kutyapman, o'g'lim!", "Vaqt", "Kuzatish", "Ayol", "Bizning ko'chada ham bayram bo'lajak" kabi ajoyib she'rlar yaratgan. "Seni kutyapman, o'g'lim!" she'rida shoir front ortida o'zlarining qahramonona mehnatlari orqali dushman ustidan g'alabani yaqinlashtirgan otalarning sabri va kuchini madh etadi.

Mushkul kunlarda insonlarning bolalarga bo'lgan muhabbati buyuk ma'no kasb etgan. Bu - ota-onasini yo'qotib, oddiy odamlarning sidqidildan qilgan g'amxo'rligi haqida so'z boruvchi ajoyib "Sen yetim emassan" she'rida yaqqol seziladi. Shoirning urush yillarida yozilgan "Bahaybat", "G'alabachilar qo'shig'i", "Vaqt", "Xotin" she'rlari yuqori fuqarolik she'riyatining namunalari hisoblanadi. Ular "Sharqdan kelmoqdaman" to'plamidan joy olgan. Urushdan keyingi yillar G'ufur G'ulom bir qator she'riy to'plamlarini nashrdan chiqaradi: "Yangi she'rlar", "O'zbekiston olovlari", "Onalar", "O'zbek xalq g'ururi", "Tong qo'shig'i", "Yashasin, tinchlik!", "Bu - sening imzoing" Ushbu to'plamlardan joy olgan she'rlarda shoir tinchlik davrining muhim savollariga javob topishga, o'zbek xalqining mehnat faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini ko'rsatishga intiladi. Asarlarining qahramonlari — dunyo ishlari va osoyishta mehnat bilan band sobiq askar. G'ofur G'ulom — tinchlik, do'stlik va xalq baxtining jo'shqin kurashchisi. Shoir tinchlik

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-27-32

uchun kurashga bag'ishlangan to'plam yaratgan. Ulardan eng yaxshilari: "Dunyo minbaridan", "Yashasin, tinchlik!", "Bu — sening imzoing" va boshqalar. G'afur G'ulom, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini o'zbek tiliga mohirona tarjimasi, shuningdek, adabiyotshunoslik va publitsistik maqolalari bilan mashhur.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

G'ofur G'ulomning dunyo qarashi va badiiy didining shakllanishida Vladimir Mayakovskiy asarlari katta ta'sir ko'rsatgan. G'ofur G'ulom o'zining maqolalaridan birida shunday yozadi: "Men... rus mumtoz ijodkorlarini bilaman va ularni sevaman va ularning ko'plab asarlarini ona tilimga tarjima qildim. Lekin "men uchun vazn, lug'at, timsol, she'rning ohang tuzilishi sohalarida eng serqirra va cheksiz imkoniyatlarni ochgan" Mayakovskiyning shogirdiman, deyishni istayman". Mayakovskiy satirasidagi darg'azab, tanqidiy kinoya, lirikasidagi bag'oyat ulkan tuyg'u kuchidan tashqari, men o'zimda... uning usullarining dovyurak notiqlik kuchini, metaforalar jasorati, mubolag'alar ifodaliligini jamdashga harakat qildim. Hatto, usulli, ohangli va ma'no ifodaliligini oshiruvchi she'r qurilishidan ham o'zbek she'r tuzimida foydalanishimga to'g'ri keldi". Bular G'ofur G'ulomning ko'plab she'rlarida namoyondir, masalan: "Turksib yo'llarida", "Ona yer", "Yashasin, tinchlik!" G'ofur G'ulom ijodining urushdan keyingi davri o'zbek adabiyoti rivojida muhim o'rin egalladi. Urushdan avvalgi davrlarda uning she'rlarida urushdan oldin ular tomonidan yaratilgan narsalarni qo'lda qurol bilan himoya qilayotgan, yerda tinchlik istayotgan odamlarning ichki kechinmalari va o'y-xayollari tasvirlangan. Shoirning urushdan keyingi davr lirikasi uning urush yillar lirikasining mantiqiy davomi va rivoji hisoblanadi, "Unutma, Vatan seni kutmoqda!" va "G'alaba bayrami" she'rlari — shoirning mazkur ikki ijodiy davrining bog'lovchi halqasi kabidir.

G'afur G'ulomning pedagogik qarashlari bugun milliy pedagogikamiz merosimiz tarkibiy qismiga aylandi. Unda bolalar xulqidagi zararli odatlarni bartaraf etishga oid fikrlar haqida o'tgan asrning 20 - yillaridayoq bong urilgan edi. Adib ijodiga nazar tashlar ekanmiz, u o'z davrida bolalar orasida zararli odatlarning kuchayib borayotganligidan aziyat chekadi.U zararli odatlarning kelib chiqish sabablarini bolalar yashayotgan muhitning o'zidan izlaydi. Uning fikricha, "maorif tizimi pillapoyalarida o'tirgan mansabdorlarning aybi bilan minglab bolalar umumta'limga jalb etilmay qolmoqda "

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-27-32

... Maorifning vakillari Qalandarday tentirab,

Eshiklarni qoqadi - Rasmiyat Faqat,...

... Minglab-minglab Ahmadjon

Rasmiyatdan ishga o'tish Muddatiga boqadi...

Ma'lumki, o'tgan asrning 20-30 yillarida milliy nizolar, urush, qurg'oqchilik tufayli sobiq shurolar davlatida yuz minglab bolalar boqimsiz qolgan edi. Natijada mamlakatda bolalar qarovsizligi avjiga chiqdi. Maktab, oila nazoratidan chetda qolgan minglab bolalar zararli odatlarni "ko'cha maktabi"dan o'rganib oldilar. Bolalar qonunbuzarligining g'oyat kuchayishi davlat va keng jamoatchilikni tashvishga soldi. Shuning uchun shoir bunday boqimsiz bolalar taqdiridan tashvilanib, "Taklif qilaman" she'rida shunday degan edi:

Shuyoshgina o'spiringa qarangiz: "Yosh boshidan kashanda Qanday orsiz, sharmanda, Bobosiday ko'ksovlanar, Ko 'p esiz!" -deyarsiz ...Haligacha Maktab, o'qish ungayot...

Shoir o'z asarlarida zararli odatlar inson tanasi uchun hech bir zarurat emasligini ta'kidlaydi. Jumladan, spirtli ichimliklar, ko'knor, tamaki, nos, nasha, qora dori iste'mol qilish g'oyat zararli ekanligidan yoshlarni ogoh etadi. Bunday zaruratsiz narsalarni iste'mol qilish, ularga organizmni o'rgatish oxir-oqibatda inson sog'lig'ini izdan chiqarishini ta'kidlaydi.

G'afur G'ulom butun umri davomida ko'pdan-ko'p she'rlar, dostonlar yozdi. Sho'ro siyosati va komfirqa mafkurasi ta'sirida el-yurtni yuksak ko'tarinkilik ruhida yashash va mehnat qilishga chorladi. Yaxshilik, ezgulik, birodarlik, do'stlikni ulug'ladi. Ulug' maqsad va fikr yo'lida xalqni, ommani safarbarlikka da'vat qildi. Kelajakda katta umidlar bilan qarashga undadi. Bular uning asarlariga xos bo'lgan muhim xususiyatlardir.

Mana shu xususiyatlarni badiiy tarannum etishda lirik qahramonning chuqur o'y-mushohadalari-yu, uning donishmandligidan tortib, shu donishmandlikni namoyon etuvchi obrazlar vositasidagi rang-baranglik, serqatlamlik, ko'pma'nolilik, purhikmatlilik, bir so'z bilan aytganda, falsafiylik shoir ijodining muhim belgisi sifatida namoyon bo'ladi.

Aziz asrimizning aziz onlari Aziz odamlardan so'raydi qadrin

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-27-32

Fursat g'animatdir, shoh satrlar-la Bezamoq chog'idir umr daftarin.

(«Vaqt» she'ridan)

G'afur G'ulomning ba'zi she'rlari tarixiy hodisalar, ma'lumotlar va shaxslar obrazini aks ettirish asosiga qurilgan. Bunday asarlar tarixning badiiy solnomasi, tarixiy shaxs taqsdiri, qiyofasining in'ikosi qadar aniqlik kasb etadi «Turksib yo'llarida», «Hamza xotirasi', «Insoniyat tarixining birinchi kosmonavtiga» sh'erlariga shunday xususiyat xosdir.

G'afur G'ulom Sharq va G'arb tarixi, falsafasi, madaniyatini favqulodda chuqur bilgan alloma kishi edi. Shu bois uning aksar she'rlarida Injilu Qurondan tortib Bobil, gotik naqshlar-u kattayu-kichik tarixiy hodisalar, ma'lumotlar, u yoki bu shaxs, ular bilan aloqador faktlar,jahon xalqalrining urf-odatlaridagi chizgilari, tarixiy joy nomlari bilan aloqador fikrlar asarning badiiy to'qimasiga singdirib yuboriladi.

G'afur G'ulom butun ijodi davomida taqvim tarzida ko 'plab she 'rlaryozdi.

1-may, 7-oktabr, Konstitutsiya kuni, partiya va komsomol syezdlari, adabiy o'n kunliklar, sotsialistik musobaqa, paxta rejasining bajarilishi singari kundalik, o'tkinchi hodisa va voqealarga bag'ishlangan bunday she'rlar adabiyot tarixida ham , muallif ijodida ham sezilarli iz qoldirmadi. Bu hol shoirning o'ziga ham sir emas edi. Zero, bunday she'rlarning ko'pi o'zlarini hurmat qilgan shoirlarning nainki «Tanlangan asarlari», hatto muntazam chiqib turgan to'plamlariga ham kiritilmas edi. G'.G'ulom ham bundan istisno emas. Biroq shuni ham ta'kidlash lozimki, g'afurona buyuklik va donishmandlik bilan sug'orilgan falsafiy obrazlar uning taqvim she'rlarida ham uchrab turadi.

XULOSA

G'afur G'ulom so'nggi nafasigacha ijod etdi, mehnat qildi. Uzoq yillar davomida O'zbekiston Fanlar akademiyasining til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo'lib ishladi. Badiiy asarlar bilan bir qatorda ko'plab ilmiy maqolalar yozdi, tarjimalar qildi. O'zining asarlari ham o'nlab tillarga o'girildi.

Mehnatlari evaziga u O'zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a'zo etib saylandi. Respublika Oily kengashiga deputat bo'ldi. Unga «Ozbekiston xalq shoiri» yuksak unvoni berildi. Badiiy asarlari sovetlar mamlakatining eng yuksak mukofotlariga sazovor bo'ldi. Uning o'n ikki jilddan iborat mukammal asarlar to'plami bosilib chiqdi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-27-32

REFERENCES

1. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G'ulomova, Sh.Yo'ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil. -300 bet.

2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to'plami. TDPU, Toshkent, 2009-yil. -240 bet.

3. Jumaboyev M. O'zbek bolalar adabiyoti. -T.: O'qituvchi, 2002, -290 bet.

4. Jumaboyev M Bolalar adabiyoti. -T.: O'qituvchi, 2011, 260 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.