Научная статья на тему 'FARMOYISH HUJJATLARINING AYRIM LINGVISTIK XUSUSIYATLARI'

FARMOYISH HUJJATLARINING AYRIM LINGVISTIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3458
165
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rasmiy uslub / farmoyish hujjatlari / buyruq / buyruqdan ko„chirma / farmoyish / ko„rsatma / leksika.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mehribon Faxriddin Qizi Shodiyeva

Ushbu maqolada farmoyish hujjatlari, ularning lingvistik jihatlari haqida, leksik va morfologik xususiyatlari yuzasidan qisqacha ma‟lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARMOYISH HUJJATLARINING AYRIM LINGVISTIK XUSUSIYATLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-558-562

FARMOYISH HUJJATLARINING AYRIM LINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Mehribon Faxriddin qizi Shodiyeva

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti (Lingvistika o'zbek tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada farmoyish hujjatlari, ularning lingvistik jihatlari haqida, leksik va morfologik xususiyatlari yuzasidan qisqacha ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: rasmiy uslub, farmoyish hujjatlari, buyruq, buyruqdan ko'chirma, farmoyish, ko'rsatma, leksika.

KIRISH

Rasmiy uslub, hayotimizning barcha jabhalarida o'ziga xos xarakteriga hamda o'rniga egadir. Rasmiy uslubning asosini ish yuritish hujjatlarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shuning uchun ham rasmiy uslubni "hujjatlar" , "hujjatlar yuritish uslubi" deya atash mumkin. Hujjatlar hayotimizni ma'lum darajada tartibga solib turadi. Ularga turmushimizning har jabhasida duch kelishimiz mumkin. Hujjatlar mazmunan va shaklan turli tumandir. Rasmiy ish yuritish hujjatlari bir necha turlarga bo'linadi. Ulardan biri farmoyish hujjatlari hisoblanadi. Farmoyish hujjatlari rahbarlar tomonidan chiqariladigan buyruq, buyruqdan ko'chirma, farmoyish hamda ko'rsatma kabi hujjatlari bo'lib, ular rahbariyatning, tashkilot yoki korxonaning boshqaruv qarorlarini rasmiylashtiradigan, qonuniylashtiradigan hujjatlar sanaladi. Biror bir tashkilot yoki korxonaning faoliyati ularni tayyorlash va nashr etishsiz amalga oshirilmaydi va rasmiy kuchga ham ega bo'lmaydi. Shuning uchun ushbu hujjatlarni tayyorlashda katta e'tibor va ehtiyotkorlik talab etiladi.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI

Farmoyish hujjatlari sirasiga kiruvchi buyruq muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo'llaniladi. Buyruqdan ko'chirma buyruqning ma'lum bir qismining aynan keltirilishidir. Buyruqdan ko'chirma asl hujjatning farmoyish qismidan oldingi barcha qismlarini o'z ichiga oladi. Farmoyish qismidan esa faqatgina aniq holat uchun zarur bo'lgan ma'lumot olinadi. Farmoyish amaliy masalalar yuzasidan tayyorlanadigan hujjatdir. Uning amal qilish muddati chegaralangan bo'ladi. Ko'rsatma idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yo'riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-558-562

bog'liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat1.

"Leksik" atamasi "lug'at" degan ma'noni anglatadi (yunoncha leksikos so'z bilan bog'liq). So'z tilning asosiy semantik va tarkibiy til birligi sanaladi hamda so'z tilning eng muhim nominativ birligidir, chunki u borliqdagi narsa-buyumlarni, predmet sifatida tasavvur qilinadigan mavhum tushunchalarni, harakat-holatni, rang-tus, maza-ta'm, hajm-miqdor, xislat kabi belgi-xususiyatlarni nomlaydi. So'z matnning asosiy "g'ishti" hisoblanadi, ya'ni har qanday fikr yoki matnni qurishda biz to'g'ri, mos so'zni qidiramiz. Har qanday rasmiy hujjat matnlarida so'zlarni munosibini tanlash va o'z o'rnida qo'llash o'ziga xos xususiyatlarga egadir. Chunki leksik tarkibda hujjatli matnlar turli xil cheklovlarga duch kelishi mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Farmoyish hujjatlari tarkibiga kiruvchi buyruq, ko'rsatma, buyruqdan ko'chirma hamda farmoyish, umuman, rasmiy uslub doirasida yozilgan hujjatlarning barchasida adabiy til normalariga qat'iy rioya etiladi, jumladan, uslubiy bo'yoqlarsiz, tushunarsizliklardan yiroq bo'ladi, badiiy tasvir vositalari, shevaga oid so'z va iboralar, ekspressiv-emotsional so'zlar boshqa uslublarda bo'lgani kabi qo'llanilmaydi. Rasmiy uslubning og'zaki turida ham adabiy til normalariga amal qilish lozim bo'ladi. Quyida farmoyish hujjatlarining leksik va morfologik xususiyatlarini tahlil qilishga harakat qilamiz.

Farmoyish hujjatlari matnida so'zlarni qo'llashda ularning har qanday leksik xususiyatlariga ahamiyat berish lozim:

- so'z ma'nosini to'g'ri tanlash;

- so'zlar doim o'z ma'nosida qo'llash, ko'chma ma'noli so'zlardan foydalanmaslik;

- ma'no ko'chishi hodisasi (metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik va kinoya) bo'lmasligi;

- tasviriy ifodalarni (deyarli) qo'llamaslik;

- barqaror birikmalar (frazeologizmlar, maqol va matallar, aforizmlar) siz;

- qo'llanilishi davri va doirasi chegaralangan leksikaga oid so'zlar, bo'yoqdor leksikaga doir so'zlar (badnafs, qiltiriq, oraz; badbashara, muttaham, bashara) dan yiroq bo'lishi.

1 Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. - Toshkent, O'zME, 2020. - 155-bet.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-558-562

Yuqorida sanab o'tilganlarning hech bo'lmaganda birining hujjat matnlarida bo'lishi stilistik va leksik xatolarga olib kelishi mumkin.

Ta'kidlash joizki, hujjatlar matni morfologik jihatdan ham o'ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu ham barcha rasmiy ish hujjatlarida aniqlikning birinchi o'rinda turishini ko'rsatib beradi, ya'ni hech qanaqa jozibadorlik va mujmallikka, mavhumlikka yo'l qo'yilmaydi. Hujjatlar matnida so'z turkumlarining deyarli barchasi ishtirok etadi. Barcha turdagi hujjat matnlarida ot so'z turkumidagi so'zlar, harakat nomi shaklidagi so'zlar faol qo'llaniladi Xususan, farmoyish hujjatlari matnida qo'llangan fe'llarga diqqat qilamiz:

- buyruqda: buyuraman; qabul qilinsin, chiqarilsin, kiritilsin, ta'minlasin, tasdiqlansin, kuchga kiritilsin, ko'paytirilsin va hokazo;

- farmoyishda: ajratsin, yuklansin, hal qilsinlar, qabul qilinsin, rozilik berilsin, qo'llab-quvvatlansin, ko'zda tutilsin, tavsiya etilsin va hokazo;

- ko'rsatmada: tavsiya etaman, yuklayman, qoplansin, belgilansin, ajratish

zarur.

Hujjatchilikda farmoyish hujjatlari orasida eng ko'p foydalaniladigan hujjat -bu buyruqdir. Ushbu ma'muriy hujjat nomidan ham ko'rinib turibdiki, siz, men, har bir shaxs, yoinki jamoa qat'iy bajarishi, bo'ysunishi lozim bo'lgan huquqiy va qonuniy hujjat. Boshqa hujjatlardan uni ajratib turuvchi jihat, buyruqda doimo "buyuraman" so'zining mavjudligidir. Buyurmoq fe'lining lug'aviy ma'nosini tahlil qilamiz:

Buyurmoq. 1. Istak-talabni bajarishga ko'rsatma bermoq; buyruq bermoq, amr, farmon qilmoq.

2. Biror narsani tayyorlab berish uchun murojaat qilmoq; buyurtma bermoq, buyurtirmoq.

3. Topshirmoq, bermoq (qonun yo'li bilan).

4. tib.Tavsiya qilmoq, yozib bermoq, (dori-darmon, parhez va shu kabilar haqida).

6. Taqdir qilmoq; xohlamoq, istamoq2.

Ko'rishimiz mumkinki, ularning barchasi buyurish, da'vat, hukm, bajarilishi va ijrosi ta'minlanishi shart va qat'iy bo'lgan ishlar borasida, rasmiy doirada ish yuritish bilan bog'liq vaziyatlarda (boshqa holatlarda ham) qo'llanishi lozim bo'lgan fe'l shaklidir.

"O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 544-son "Yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash

2 O'zbek tilining izohli lug'ati. Birinchi jild. - Toshkent, O'zME, 2006. E-mail: [email protected]

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-558-562

va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini joriy etish chora-tadbirlari to 'g 'risida "gi qaroriga asosan buyuraman:"

Buyruqda qo'llanilgan fe'llar (buyuraman fe'li bundan mustasno) orttirma va majhul nisbat (bajaruvchi shaxsga qarab) da, bo'lishli shaklda, buyruq maylida ifodalangan. Farmoyishda ham fe'llar xuddi shu shaklda uchraydi. Hujjatlar ichida faqatgina buyruqda "buyuraman" fe'li qo'llaniladi. Boshqa farmoyish hujjatlarida esa uning qo'llanilganligi kuzatilmaydi. Xususan, buyurmoq fe'li hozirgi zamon, aniq nisbat, xabar maylida, birinchi shaxs birlik tarzida qo'llaniladi, buyruqning yakka shaxs tomonidan "buyuraman" tarzida ifodalanishi esa berilayotgan vazifa yoki topshiriqning ijrosi qat'iy ta'minlanishini, bajarilishini nazarda tutadi. Buyurmoq fe'lining -a ko'rsatkichli hozirgi kelasi zamon shakli bilan ifodalanishida ikki holatni payqash mumkin: buyruqning bayon etilishi vaqti uni chiqargan shaxs uchun kelasi zamon ma'nosiga ega bo'ladi. Buyruq matni farmoyish qismining tegishli bandlarida esa (bo'shatmoq, ta'minlamoq, amalga oshirmoq, ko'chirmoq, o'tkazmoq kabi faoliyat-jarayon anglatuvchi turli fe'llar ishlatiladi. Bu fe'llar faqat majhul nisbat, 3-shaxs birlikdagi buyruq-istak mayli shaklida (bo'shatilsin, bajarilsin, ta'minlansin, amalga oshirilsin, yuklatilsin) qo'llaniladi. Hujjatda chiqarilgan buyruqning kim tomonidan bajarilishini e'lon qilish muhim ahamiyat kasb etmaydi, balki uning mohiyati aynan nimadan iborat ekanligini ma'lum qilish va birma-bir sanab qayd etish maqsadi ko'zda tutiladi. Shu bois ko'rsatilgan fe'llar majhul nisbat shaklida qo'llaniladi. Ushbu fe'llarning 3-shaxs birlik shaklida kelishi ham buyruqdagi

"5

bajaruvchining kim ekanligini aniq ko'rsatish shart emasligidan dalolat beradi . Bu ham uning o'ziga xos xususiyatlaridan biri sanaladi.

Farmoyishda -sh (-ish) maqsadida, -sh (-ish) uchun ko'makchili qurilmalari keng qo'llaniladi. Ushbu ko'makchili qurilmalar hujjatdan ko'zlangan maqsadni emas, hujjatni shakllantirish uchun asos bo'lgan adresant maqsadini ifoda etadi. Bu holatda hujjatdan ko'zlangan asosiy maqsad umumiy matn mazmunidan anglashiladi. "Xorazm viloyatining sanoat salohiyatini yanada rivojlantirish hamda kimyo sanoatiga to 'g 'ridan to 'g 'ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida: " (bajarilishi kerak bo 'lgan ishlar sanab o 'tiladi, tasdiqlansin, yuklatilsin, amalga oshirilsin va shu kabi fe'l shakllari ishtirok etadi).

XULOSA

E'tibor qaratishimiz joizki, ko'rsatmada buyurish ohangidagi fe'llardan, "tavsiya etaman", "yuklayman" kabi fe'llar uchraydi. Mazkur hujjatda ma'lum bir

3 Lutfullayeva D. Rasmiy ish hujjatlari matnida pragmatik maqsadning ifodalanishi. Toshkent, O'zbek tili va adabiyoti

jurnali.

2019/3, 23-24-betlar.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-558-562

qaroming ijrosi ta'minlanishi bilan bog'liq bo'lgan jarayonlarda yoki kimningdir zimmasiga biror bir vazifa yuklatilganda uning bajarilishi zarur bo'lganda va boshqa holatlarda qo'llaniladi. Lekin uning ijrosining ta'minlanishi ham shart va zarurligi hujjat mazmunidan sezilib turadi.

Barcha farmoyish hujjatlari qonun hujjatlariga qat'iy muvofiq bo'lishi lozim, ularning hech birida qonunchilik va normativ hujjatlarga zid bo'lgan qoidalar bo 'lishi mumkin emas. Xususan, farcha turdagi farmoyish hujjatlarini tayyorlash bir-biridan farq qilmaydi. Bu ham o'ziga yarasha ancha murakkab jarayon bo'lib, hujjatlarni rasmiylashtirishning yakuniy bosqichidagi farqlarga egadir. Shuning uchun ham ularni tayyorlashda, mas'uliyat bilan yondashish kerak bo'ladi.

REFERENCES

1. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. -Toshkent - "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" , 2020.

2. Keldiyorova G., Ablayeva N. O'zbek tilida ish yuritish. Toshkent. 2009.

3. Lutfullayeva D. Rasmiy ish hujjatlari matnida pragmatik maqsadning ifodalanishi. "O'zbek tili va adabiyoti" jurnali. Maqola. 3-son, 2019.

4. Xalilova M. O'zbek tili stilistiasi asoslari. Farg'ona. 2009.

5. Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo'ng'urov R., Rustamov H. O'zbek tili stilistikasi. - Toshkent: O'qituvchi. 1983.

6. O'zbek tilining izohli lug'ati. Birinchi jild. - Toshkent, O'zME, 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.