Научная статья на тему 'G‘AFUR G‘ULOM ASARLARINING YURISTLAR HAYOTIDAGI O‘RNI'

G‘AFUR G‘ULOM ASARLARINING YURISTLAR HAYOTIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1274
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijod / vatabparvarlik / xalq / “Mushtum” / “Ko„kan” / “Turksib yo„llarida” / “Dinamo”.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Suhrob Shuxrat O‘G‘Li Abdixafizov

Mazkur maqolada O„zbekiston davlat arbobi, xalq yozuvchisi G„afur G„ulom ijodi haqida batafsil ma‟lumotlar bayon etilib tahlil qilingan. Shuningdek, yozuvchi ijodida vatanga bo„lgan muhabbat, vatanparvarlik ruhiyati oshirish uchun olib borgan ijodiy faoliyati haqida fikr-mulohazalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «G‘AFUR G‘ULOM ASARLARINING YURISTLAR HAYOTIDAGI O‘RNI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-33-37

G'AFUR G'ULOM ASARLARINING YURISTLAR HAYOTIDAGI O'RNI

Suhrob Shuxrat o'g'li Abdixafizov

Toshkent davlat yuridik universiteti 4-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada O'zbekiston davlat arbobi, xalq yozuvchisi G'afur G'ulom ijodi haqida batafsil ma'lumotlar bayon etilib tahlil qilingan. Shuningdek, yozuvchi ijodida vatanga bo'lgan muhabbat, vatanparvarlik ruhiyati oshirish uchun olib borgan ijodiy faoliyati haqida fikr-mulohazalar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: ijod, vatabparvarlik, xalq, "Mushtum", "Ko'kan", "Turksib yo'llarida", "Dinamo"

KIRISH

G'afur G'ulom O'zbek adabiyotining mashhur namoyondalaridan biri, Ittifoq Davlat va Lenin mukofotlarining laureate, O'zbekiston davlat arbobi hisoblanadi. Bizga tarixdan ma'lumki G'afur G'ulom bolalik chog'laridan juda ko'p qiyinchiliklarga duch kelgan. To'qqiz yoshida otasidan yetim qolgan G'afur avval eski maktabda, so'ngra rus-tuzem maktabida ta'lim oldi. U Oktabr to'ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, "yangi usul"dagi maktablarda o'qituvchilik qildi. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so'ng "Kambag'al dehqon", "Qizil O'zbekiston", "Sharq haqiqati" ro'znoma muharririyatlarida ishladi. Ro'znoma uning uchun dorilfunun rolini o'ynadi, xalq hayotini o'rganish, unda faol aralashish yo'lida muhim vosita bo'ldi. Chunki G'afur G'ulom vatanparvar, xalqsevar, fidoyi bir el farzandi bo'lgan.

Uning mamlakatni himoya qilish haqidagi tantanavor qasidalari, o'tmish sarqitlarini qoralovchi hajviy she'rlari va xalqning kundalik ijodiy mehnatini olqishlovchi asarlaridan jamlangan "Dinamo" va "Tirik qo'shiqlar" nomli dastlabki she'riy to'plamlari 1931-1932 yillarda chop etildi. Shoir liro-epik janrlarida (19301935) "Ko'kan" poemasini, "To'y", "Ikki vasiqa" balladalarini yaratdi.

Biroq, shoirning bir qator she'rlarida, xususan, biz ko'p yillar kollektivlashtirish mavzusidagi eng yirik liroepik janrdagi asar deb maqtab kelgan "Ko'kan" poemasi hozirgi kun talablari darajasida emasligi sezilib qoldi. Jumladan, poemada boshdan oyoq maqtalgan kollektivlashtirish siyosati ma'lum ijobiy natijalari qatorida cheksiz zulm - fojealarga ham sabab bo'lganligi bor bo'yicha realistik

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-33-37

ifodalanmagan edi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

G'afur G'ulom 20-yillardagi she'rlarida asosiy etiborini yangi jamiyatni qaror topib kelayotgan yangicha munosabatlarini, talablarini kuylashga, eskilik deb baholanayotgan tushunchalarini tanqid etishga qaratdi. Bu davr she'rlarida badiiylikdan ko'ra bayonchilik, ehtirozdan ko'ra e'tirof ustunlik qiluvchi she'rlar ham talaygina edi.

Xalq va Davlat hayotini aks ettirish 30-yillardan shoir asarlarining yetakchi xususiyatlariga aylana bordi. Mazkur xususiyat, ayniqsa, "Turksib yo'llarida" she'ri va "Ko'kan" dostonida yaqqol ko'zga tashlandi. "Ko'kan" dostoni 20-yillar oxiri, 30-yillar boshlaridagi davr va xalq hayotini badiiy aks ettirdi. Ayni vaqtda shu tamoyilni kuchaytirish va mustahkamlashda muhim mafkuraviy rol o'ynaydi. To'g'ri, jamoa xo'jaligiga o'tish va o'tkazishda majbur qilish, shuningdek, ko'pdan-ko'p o'rtahol xonadonlarning xonavayron bo'lishi ham ro'y berdi. Lekin bu kamchilik, xato va cheklanishlar bilan bir vaqtda, jamoa xo'jaligi o'zbek dehqoni muayyan qatlamining taqdirida, uning oyoqqa turishida, xo'jaligining tiklanishida ijobiy rol ham o'ynaganini e'tiborga olsak, doston o'zbek dehqoni tafakkuri, dunyoqarashi va yashash tarzidagi keskin o'zgarishlarning badiiy hujjati tarzida ahamiyatlidir.

G'afur G'ulom butun umri davomida ko'pdan-ko'p she'rlar, dostonlar yozdi. Sho'ro siyosati va komfirqa mafkurasi tasirida el-yurtni yuksak ko'tarinkilik ruhida yashash va mehnat qilishga chorladi. Yaxshilik, ezgulik, birodarlik, do'stlikni ulug'ladi. Ulug' maqsad va fikr yo'lida xalqni, ommani safarbarlikka da'vat qildi. Kelajakda katta umidlar bilan qarashga undadi. Bular uning asarlariga xos b o'lgan muhim xususiyatlardir.

Mustaqillik davri o'tmish tarixiga yaqindan haqiqat ko'zgusida boqishni taqozo etgach, bunday nuqsonlar ma'lum bo'lib qoldi. Xuddi shunday hol uni partiya, ona Vatan, V.I.Lenin, Oktyabr haqidagi she'rlarida ham seziladi. Shu tufayli shoir ijodini zarracha kamsitmagan holda unga tanqidiy yondashishni taqozo etadi. 30-yillar G'afur G'ulom hikoya, ocherk, felyetonlar qatori "Netay", "Yodgor", "Tirilgan murda" kabi qissalarini ham o'z kitobxoniga taqdim etdi.

Urushda qozonilgan g'alaba to'g'risida har kim har xil yozishi tabiiy hol. Kimdir bu g'alabani ko'tarinki ohang, ko'tarinki so'z bilan ifoda q iladi. Kimningdir ichiga sig'magan quvonchi g'alabani olqishlash shaklida qog'ozga to'kiladi. G'afur G'ulom ijodiy tafakkuriga faylasufona mulohazakorlik, kichik tuyulgan hayotiy detallardan katta umumlashmalar yasay olish xos edi. Bu noyob fazilatlar shoirning

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-33-37

1945-yilda fashizm ustidan qozonilgan g'alaba munosabati bilan yozgan «Vaqt» she'rida yaqqol ifodasini topdi. Shoir mazkur she'rda lahza(sekund)ning mohiyatiga nazar tashlaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Darhaqiqat, yuzaki qaraganda, lahza nima? Ko'z ochib yumguncha o'tadigan fursat. Go'yo e'tiborga, diqqatga arzimaydi. O'z umrini poyonsiz deb o'ylaydigan aksariyat odamlar uchun lahzaning sariq chaqalik qimmati bo'lmasligi ham mumkin. Biroq... Biroq shoir ijodiy tafakkuri butun insoniyat hayoti - uning quvonch-u tashvishlari, hatto qismati ham mana shu lahzalarga jo ekanini favqulodda misollar bilan isbotlab beradi:

Bir onning bahosin o'lchamoq uchun

Oltindan taroz-u, olmosdan tosh oz.

Hayotning abadiy qonuniyatlarini anglagan, his qilgan odam uchun behuda lahzaning o'zi yo'q va o'lishi ham mumkin emas. Zero, inson necha yil umr ko'rishidan qat'i nazar, bu umrning asosini mana shu lahzalar tashkil qiladi. Buyuk qahramonliklar ham, isnodli sharmandaliklar ham ayni lahzalar oralig'ida ro'y beradi. O'zini, o'zligini unutgan odam bir lahzada yo'l qo'ygan xatosi, qo'rqoqligi, shijoatsizligi tufayli umrbod yuzi qora bo'lib qolishi hech gap emas. Va aksincha, Amir Temurdek, Jaloliddin Manguberdidek, Bobur Mirzodek bobolarimizning shon-shavkati aynan bir lahzada qabul qilgan qat'iy qarorlari, biror lahza unutmaganlari -yurtga sadoqatlari tufayli abadiyatga daxldor bo'ldi.

Endi ayting-chi, ular kabi jo'mard insonlarning umri, faoliyati, millat taraqqiyotiga qo'shgan hissalarini oltindan yasalgan tarozi-yu olmosdan qilingan tosh bilan o'lchab bo'ladimi?!

G'alaba amri-la mag'lub nemisning

Generali qo'l qo'ydi. Uch sekund faqat...

Shu mal'un imzoda odamlar o'qir

Million yil fashistning umriga la'nat.

Ikkinchi jahon urushining barcha tafsilotlari, u keltirgan kulfatlar to'g'risida batafsil ma'lumot olasiz.

Hozir esa shuni eslatib o'tamizki, insoniyat tarixidagi eng dahshatli hodisa bo'lgan bu urush 70 milliondan ortiq kishining umriga zavol bo'ldi. Minglab shahar va qishloqlar, Yevropa, Afrika, Osiyo qit'asining eng noyob madaniy yodgorliklari shu urush olovida kuyib kulga aylandi. Qanchadan-qancha bolalar o'z ota-onalaridan, ota-onalar esa farzandlaridan ajrab, hayotlari sarson-sargardonlikda o'tdi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-33-37

Bu urush yetkazgan jarohatlar o'rni hali-hamon bitgani yo'q. Hali-hamon Yaponiyaga tashlangan atom bombalarining zahri avlodlar tan-u joniga, atrof-muhitga ozor bermoqda...

Holbuki... Holbuki, fashizmning o'z mag'lubiyatini tan olib, german armiyasining so'zsiz taslim bo'lishi to'g'risidagi hujjatga imzo chekishi uchun uch sekund vaqt talab qilindi, xolos. Biroq shu uch sekundga yetib kelish insoniyatga qanchalar qimmatga tushganini bir tasavvur qilib ko'ring-a. Darvoqe, 1939-yil 1-sentabrda Ikkinchi jahon urushini boshlash - Polshaga hujum qilish to'g'risidagi qarorni qabul qilishga

ham, balki uch sekund kifoya qilgandir. Shoir dunyoda shuhrat qozonmoqning yo'llari ko'p ekani, biroq bu yo'llarning biri odamni sharmandali shuhratga olib kelsa, boshqasi abadiyatga olib borishini quyma satrlarda eslatadi:

Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek

Diana ma'budin yoqmoq shart emas.

Darhaqiqat, o'z davrining buyuk mutafakkirlari goh ilm-fan, goh san'at, goh falsafada ulkan natijalarga erishayotganidan ichi kuygan Gerostrat degan kimsa odamlar uni ham doimiy yodlab-yo'qlab turishlarini xohlab qoladi. Bunga arzirli biror ish qo'lidan kelishiga ko'zi yetmay, ulkan buzg'unchilik, vahshiylikka qo'l uradi. Dunyo arxitekturasining noyob namunalaridan biri bo'lgan Diana ma'badi -ibodatxonasiga o't qo'yadi. Qarabsizki, hali-hamon Gerostratning nomini ham insoniyat eslashga majbur.

Lekin bu eslov-yo'qlovning qimmati va ahamiyati qanchalik?

Hamma gap mana shunda!

Shukrki, insoniyatga xotira degan ulkan saboq - xazina ato etilgan. U o'zining baxt-u iqboli yo'lida kurashgan ulug'lar bilan birga, odamzod tirikligiga xavf-u qo'rqinch solgan yovuz kimsalarni ham unutmaydi. Ularning qilmishlari takrorlanishidan ogoh turadi. Faylasuf shoir G'afur G'ulom o'zining mo'jazgina asari - «Vaqt» she'ri bilan lahzaga abadiy haykal qo'ydi, deb bemalol aytsak bo'ladi! Bu she'r bag'riga jo bo'lgan mantiq va ma'no, san'at va sayqal ko'lamini anglamoq uchun, qarangki, asrlar talab qilinmoqda. Chinakam she'riyatning, adabiyotning mo'jizaviy qudrati, balki mana shundadir.

XULOSA

Ulug' Vatan urushi yillarida shoir o'z ijodining butun haroratini fashist bosqinchilariga qarshi kurashayotgan xalqqa, uningmuqarrar g'alabasiga bag'ishladi. U "Sen yetim emassan", "Oltin medal", "Kuzatish", "Vaqt", "Sog'inish" kabi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-33-37

she'rlarini ijod qildi, publitsistik ocherk va maqolalar yozib, xalqni jang va mehnat g'alabasiga otlantirdi. So'nggi yillarda G'afur G'ulomning 20 ga yaqin she'riy to'plamlari chop etildi. Ayniqsa, shoirpning "Kuzatish", "Sen yetim emassan", "Qish", "Bizning ko'chada ham bayrham bo'lajak", "Vaqt", "Onalar" singari asarlarida dunyo xalqlarini fashizm vabosidan xalos etgan jangchilarimning mardona kurashlari tasvirlangan. G'afur G'ulom urush yillarida yozilgan she'rlaridan jamlangan "Sharqdan kelayotirman" to'plami uchun 1946 yili Ittifoq "Davlat mukofoti"ga sazovor bo'ldi. Adibga vafotidan so'ng "Lenin va Sharq" mavzusidagi asarlari uchun "Lenin" mukofoti (1973) berildi. G'afur G'ulom o'z davrida "Hurmat belgisi" (1944), uch marta "Mehnat Qizil Bayroq" ordeni (1937, 1951, 1961), "Lenin" ordeni (1949), medallar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.

G'afur G'ulom so'nggi nafasigacha ijod etdi, mehnat qildi. Uzoq yillar davomida O'zbekiston Fanlar akademiyasining til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo'lib ishladi. Badiiy asarlar bilan bir qatorda ko'plab ilmiy maqolalar yozdi, tarjimalar qildi. O'zining asarlari ham o'nlab tillarga o'girildi. 60 yillik yubileyi munosabati bilan unga "O'zbekiston xalq shoiri" faxriy unvoni berildi. Shoirning ko'pgina asarlari qardosh xalqlar, Osiyo va Yevropa tillariga tarjima qilingan. O'zbek she'riyatining otashin jarchisi, ulkan san'atkori G'afur G'ulom milliy adabiyotimizning rivojiga katta hissa qo'shgan adibdir.

REFERENCES

1. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G'ulomova, Sh.Yo'ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil. -300 bet.

2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to'plami. TDPU, Toshkent, 2009-yil. -240 bet.

3. Jumaboyev M. O'zbek bolalar adabiyoti. -T.: O'qituvchi, 2002, -290 bet.

4. Jumaboyev M Bolalar adabiyoti. -T.: O'qituvchi, 2011, 260 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.