ZULFIYAXONIM XAYOTI VA IJODI TOGRISIDA!
Tosheva Shoxida Ximmatovna
TTA Tibbiy-profilaktika Fakulteti talabasi
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 06-yanvar 2024 yil Ma'qullandi: 10-yanvar 2024 yil Nashr qilindi: 16-yanvar 2024 yil
KEY WORDS
shoiramiz, iqtidorli, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi, yorqin rassom,sharq ayoli, jamiyatdagi, Davlat mukofoti,nashriyot,
vatanparvarlik, shoirona,baxt, diyor, aspirantura, dolzarb, me'ros, pedagogika, falsafiy idrok, Mustaqillik yillari, haykal,
dissertatsiya, go'zal, voyaga yetish, tinimsiz mexnat, kamtarin shaxs, geolog, xuquqshunos, jurnalist, O'zbek va rus filologiyasi.
Ma qolada xalqimizning sevimli shoirasining faoliyati,ijodi va erishgan yutuqlari
(mukofotlari),tarjimalari (nashr qilingan
asarlari),mashxur shoirlarning Zulfiyaxonim tug'risidagi flkirlari,oilasi va oila azolari (turmush o'rtog'i,qizi,kuyovi va nabirasi tug'risida) ma'lumot keltirilgan.
▼# # %
/ —
oilasida tavallud topganlar. 1996-yilning 1-avgustida vafot etadilar.„Zulfiya"nomi bilan tanilgan taniqli va iqtidorli o'zbek shoirasi,jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi,yorqin rassom,oddiy inson qalbini o'tkir his qilgan - mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng
Sevimli shoiramiz Zulfiya Isroilova 1915-yilning 1-mart kuni Toshkentda hunarmand
huquqi uchun mardonavor kurashgan ayol Zulfiya 1965 yili O'zbekiston xalq shoirasi, 1968 yili Javoharla'l Neru, 1970 yili Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti, 1971 yili Xalqaro Nilufar mukofotiga, 1977 yili Bolgariyaning "Kirill va Mefodiy" ordeniga, shuningdek, 1984 yili shoiralar ichida birinchi bo'lib Mehnat qahramoni unvoniga sazovor bo'lgan.
1932 yil 17 yoshni qarshi olganida, uning "Hayot sahifalari" nomli ilk she'riy to'plami omma yuzini ko'rdi. Bular — yoshlar, do'stlik, inson qalbining go'zalligi haqidagi she'rlar edi. So'ngra, she'rlari, dostonlari va hikoyalari e'tirof qilinib, turli nashrlarda alohida kitoblar ko'rinishida chop etila boshlagan. 1938 yildan u turli yirik nashriyotlarda ishlaydi, respublika va respublikalar aro har xil tashkilotlar a'zosiga aylanadi.
Vataniga, ona yeriga bo'lgan muhabbati - vatanparvarlikning oliy tuyg'usi bo'lib, harbiy janglarning saodatli yakuniga ishonch bilan birlashadi - bu shunchaki, Zulfiyaning shoirona qalbiga xos o'ylargina emas, balki o'zbek xalqining tabiatiga xos milliy fe'l-atvor qirralari bo'lib, shoiraning she'rlarida yorqin ifodalangan. Shoira Vatanidan tashqaridagi baxtni tan olmaydi, xatto u yer yaxshiroq bo'lsa ham: "Axir, baxt ona diyoridagina tirikdir".
1931-yil Xotin-qizlar pedagogika bilim yurtiga o'qishga kirib, 1934-yil tugatgan. 1935-yil O'zbekiston SSR Fanlar qo'mitasi qoshidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasiga o'qishga kirgan.
1938-1940 yillarda Yoshlar va o'smirlar adabiyoti nashriyotida muharrir, O'zbekiston davlat nashriyotida bo'lim mudiri 1941-1950, „O'zbekiston xotin-qizlari" (qarang „Saodat" jurnali) jurnalida bo'lim mudiri 1950-1953, bosh muharrir 1954—1985 bo'lib ishlagan. Uning ilk she'ri 1931-yilda „Ishchi" gazetasida bosilgan. Dastlab 1932 yil „Hayot varaqalari" she'rlar to'plami nashr etilgan. Shundan keyin uning „Temiroy" 1934, „She'rlar", „Qizlar qo'shig'i" 1939 she'riy kitoblari e'lon qilingan. Zulfiy she'riy ijodining porlashi „Uni Farhod der edilar" 1943, „Hijron kunlarida" 1944 va „Hulkar" 1947 to'plamlari bilan bog'liq. Ayniqsa, Hamid Olimjonning bevaqt vafotidan keyin 1944 yozilgan, ruhiy silsilalar va qalb iztiroblari bilan to'la she'rlar Zulfiya ijodida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'lganidan darak beradi. U shaxsiy fojiasi tasviri orqali Ikkinchi jahon urushidan katta talafot va yo'qotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodalaydi.
1950-yillarning 2-yarmida u Osiyo va Afrika yozuvchilarining tinchlik va xalqaro birdamlik shiori ostida o'tgan harakatida faol qatnashib, jahonning ko'pgina mamlakatlarida bo'ldi. Hindiston, Misr, Yaponiya va qo'shni respublikalarga qilgan safari shoira ijodida chuqur iz qoldirdi. „Mushoira", „O'g'lim, sira bo'lmaydi urush", „Qozog'iston o'lanlari", „Men chizolmagan surat" singari she'rlari Zulfiyaga shuhrat keltirdi. Zulfiya she'rlarida tasvir etilayotgan hayot ko'lami kengayb, ijodiga xorijiy xalqlar hayoti manzaralari ham kirib keldi. 70-yil lardan boshlab uning ijodidagi milliy hayot tasvirida yangi ranglar kamalagi paydo bo'ldi, haqqoniylik va his-hayajon kuchaydi. „O'ylar" 1965 she'riy guldastasi bilan boshlangan voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili „Visol" 1972, „Yillar, yillar..." 1975 she'riy kitoblarida davom etib, shoira ijodida chinakam badiiy yuksalish davri boshlanganini namoyish etdi. U yana doston janriga qaytib, ustoz Oybekning so'nggi safariga bag'ishlangan „Quyoshli qalam" 1970 dostonini yaratdi. Ayni paytda shoira bolalarga bag'ishlangan turkum she'rlar ham yozdi „Lolaqizg'aldoq", 1975.
Zulfiya hayotining muhim bir qismini Hamid Olimjonning adabiy merosini o'rganish va nashr etish ishiga bag'ishladi. Ana shu jarayonning uzviy qismi sifatida u shoirning „Semurg' yoki Parizod va Bunyod" dostoni asosida qo'g'irchoq teatri uchun „Semurg'" pyesasi (S. Somova bilan hamkorlikda) hamda „Zaynab va Omon" operasi librettosini yozdi.
Mustaqillik yillarida ibratli hayot kechirgan, keng ijtimoiy faoliyat olib borgan shoira Zulfiya betakror iste'dodi, Vatanga muhabbati, olijanob insoniy fazilatlari, xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirishdagi xizmatlari uchun yuksak hurmat va e'zozga sazovor bo'ldi. O'zbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini e'tiborga olib 1999 yili Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta'sis etdi.
Shoiraning turmush o'rtog'i: Hamid Olimjon (Hamid Olimjonovich Azimov) 1909-yil 12-dekabr, lizzax - 1944-yil 3-iyul, Toshkent; „Forobiy" qabristoniga qayta dafn etilgan -o'zbek shoiri, adabiyotshunosi va jamoat arbobi. Lirik she'rlari bilan 20 asr o'zbek adabiyotiga munosib hissa qo'shgan. 30-yillarda shodlik va baxt kuychisi sifatida tanilgan. O'zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a'zosi 1943. Boshlang'ich ta'limdan so'ng 20-yillarning oxirida Samarqanddagi bilim yurtida 1923-1928, Pedagogika akademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida 1928-1931 o'qigan va ayni paytda „Zarafshon" gazetasida bo'lim mudiri 1926-1927. „Yoshlar" gazetasida 1931, „Qurilish" va „Sovet adabiyoti" jurnallarida
mas'ul kotib, Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim 1932-1934, Til va adabiyot instituti 1934-1937 va O'quvpedagogika nashriyotida bo'lim mudiri 19381939, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida mas'ul kotib 1939-1944.Hamid Olimjon 35 yoshida avtomobil halokati natijasida vafot etgan. Toshkent metropoliteni bekatlaridan biri, Yozuvchilar uyushmasining Adabiyotchilar uyi, Samarqanddagi viloyat teatriga Hamid Olimjon nomi berilgan. Toshkent shahrida shoir nomi bilan atalgan maydonda unga haykal o'rnatilgan 1990. Ushbu hudud yaqinidagi mahalla ham adib nomi bilan ataladi.
Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim oilasida qizlari Xulkar Olimjonova 1937 yilda dunyoga keldilar. Xulkar Olimjonova o'z xayotlariga quydagicha ta'rif beradilar: " Qiyin yillar bo'lishiga qaramay, buvilarim, otam - onam, qarindoshlar mexrida tuyib o'sdim. Maktabni bitirganimda ham shu muhit ta'sirida (geolog, xuquqshunos, jurnalist bo'ling orzulari xam bor edi) adabiyotga qiziqishim ustun keldi. 1954 yilda Moskva Davlat universitetining filologiya fakultetiga o'qishga kirdim. Lekin to'rtinchi kursda Toshkentga qaytib, ToshDU o'zbek filologiyasi fakultetida o'qishni davom ettirdim. Ayam "O'zbeknstonda yashab ishlash uchun o'zbek tilini, o'zimizning adabiyotimizni o'rganish kerak. Rus adabiyoti mutaxassislari butun ittifoqda ko'p", — dedilar. Qaytdim... Nazarimda o'sha davrda dorilfununda juda ko'p kuchli, ajoyib olimlar, ustozlar ishlar edi. Men taniqli olimlar ma'ruzalarini tingladim, ularning maslaxatlari bilan tilni o'rgandim, talabchan ustozlar raxbarligida shakllandim. Diplom ishimga xurmatli Ozod Sharafuddinov, Fanlar akademiyasida nomzodlik dissertatsiyamga akademik I. O. Sultonov rahbarlik qilinganidan faxrlanaman. O'ylab qarasam, Hamid Sulaymon, G'ulom Karimov, Matyoqub Qo'shjonov va yana juda ko'p, xar biri ma'rifat, ilm darg'asi bo'lgan olimlar bilan yonma - yon xizmat qilibman. Xalqimizda "daraxt bir joyda ko'karadi" degan naql bor. 1957 yildan 1996 yilgacha umrim, ishlarim, o'ylarim, ustoz va do'stlarim — hammasi ToshDU — O'zbekiston Milliy universiteti bilan bog'liq ekan. O'zbek va rus filologiyasi, jurnalistika, sharqshunoslik fakultetlarida o'qituvchi bo'ldim, ilmiy kengash va jamoat ishlarida qatnashdim. Hozir "domla" deb menga murojaat qilganlar orasida — ma'naviyatimiz, madaniyatimiz sohasida xizmat qilayotganlar davrasida olimlar, shoiru yozuvchilar, jurnalistlar bor".
Zulfiya xonim kuyovlari Omonbek Toshmuhamedov to'g'risida qizlari Xulkar Olimjonova qisqacha quydagi tariflarni keltirganlar: Umr yo'ldoshim Omonbek Toshmuhamedov (1932 — 2001 yillar) tarixchi olim, yaxshi ustoz, kamtarin shaxs, butun faoliyati O'zbekiston Milliy universiteti bilan bog'liq edi. Undan ham men ko'p narsani o'rgandim. To'rt farzandim, olti nevaram — "tole'dan tortiq".
ZULFIYA ABDULLA ORIPOV E'tirofida: Ajoyib shoira opamiz. Eng avvalo, muhtaram Zulfiya opamizni kattayu kichik adiblar qatori men ham chin dildan muborakbod etaman. Zulfiya opa deganda daf'atan ko'z oldimizda turfa chechaklar bilan ziynatlangan bir chamanzor namoyon bo'ladi. Bu gulzor go'zal she'riyatning muattar bo'ylari bilan orolangandir.
Fazilatlar sarchashmasida Zulfiya opaning shoiralik iqtidori turar ekan, bu iqtidor shoiramizning nomini jahonga tanitgan oliy belgidir. Zulfiya opa suhbatlarida, maqolalarida o'zlarini g'oyatda kamtarin tutib, kam ijod qilganliklarini chiroyli bir nadomat bilan aytib turadilar. Bu gaplar chindan ham kamtarlik va samimiyat tufayli aytilgan. Lekin gap miqdorda emasligi barchamizga ayon-ku. Zulfiya she'riyatining salmog'i uning ancha murakkab yillarda ham chinakam poeziya sifatlariga sodiq qola olganligi bilan belgilanadi. Masalan, adabiyotda sxematizmga o'xshash ohanglar avj olgan yillarda Zulfiyaning Hamid Olimjon xotirasiga
bag'ishlangan, chuqur insoniylik bilan sug'orilgan dardchil she'rlari yaratildi. Bu she'rlarga o'z vaqtida bir oz hadiksirab qaragan tanqidchilar ham uchragan. Balki o'sha yillarda shundoq hollar bo'lishi tabiiydir. Lekin davr va adabiyot taraqqiyoti she'riyatimizni shonli yo'lga -Zulfiya ijodini bezab turgan she'riy turkumlar yo'liga olib chiqdi. Zulfiya opaning keyingi yillarda yaratgan she'rlarida esa falsafiylik g'oyatda teranlashib borayotir. Bu kabi fazilatlar poeziyaning o'lmasligini ta'minlaydigan noyob unsurlardir. Ijodiy safarlarda yurgan paytlarimiz, qardosh mamlakatlardagi adabiy suhbatlar chog'ida jahonning eng atoqli shoirlari bizdan Zulfiya opamiz haqida so'raganlarida, u kishiga samimiy salomlarini yetkazishni iltimos qilganlarida, Zulfiya opadek ajoyib inson bilan hamyurt ekanligingdan faxrlanib ketasan kishi.
XURSHID DAVRON.Unutmayman,unutolmayman. Men Zulfiya opani ilk marotiba 1968yilning kuzida Samarqandning 2500 yilligi nishonlangan kunlarda ko'rganman. Shahar markazidagi madaniyat bog'ining yonginasida joylashgan yangi kinoteatrda katta mushoira bo'lgan, Qaysin Quliev, Zulfiya opa, Rasul Hamzatov, David KuguFtinov, Yevgeniy Yevtushenko va boshqa mehmon shoirlar she'rlar o'qigan davrada orzular quchog'ida yashnab o'tirganman. Majlis so'ngida shoirlarga guldastalar tutganda, «Hovlimizda shuncha gulu nega olib kelmadim» deb pushaymon bo'lganim hali-hanuz esimdan ketganiyo'q...
Hozir ham xotiramda turibdi: Zulfiya opa meni ilk uchrashgan chog'idayoq mahkam quchoqlagan, «Sizdan Hamid Olimjonning isi keladi, siz ham she'ringizda «va»ni ko'p ishlatasiz» deb mehr bilan tikilgan, keyin qo'limdan ushlab o'sha paytda yozuvchilar uyushmasining unutilmas rahbari Sarvar Azimov xonasiga boshlab kirgan va Sarvar akaga «Sarvarjon, bugundan boshlab menga nimayaxshilik qilmoqchi bo'lsangiz, mana shuyigitga qilasiz» degan edi. Shundaygapni unutib bo'ladimi? Unutadigan odamning ko'zi ko'r bo'lishi kerak emasmi!
O'sha ilk uchrashuvdan keyin men ofset fabrikasi yonidan kirib ketiladigan mahalladagi Zulfiya opa xonadoniga ikki-uch marta borganman. Har gal borganimda opa she'r o'qitar, ammo she'rlarimga baho bermas, faqat qisqagina «Yaxshi» der edi,xolos. Faqat bir marta Anna Axmatovadan qilgan tarjimalarimni tinglab, ularni «Saodat» jurnaliga olib boring» degan edi. Bir necha oy o'tmay jurnalda Anna Axmatovaning «Marsiya» dostoni va bir necha she'rlari mening tarjimamda e'lon qilingan edi.
Zulfiya opaning taqdim etilayotgan maqolasi ham shunchaki paydo bo'lmagan. O'shayili dashnoq Gdlyan rahbarligida «Paxta ishi» Sharof Rashidov o'limidan keyin yana avjiga chiqqan, O'zbekiston kompartiyasining XVI plenumidan keyin respublikadagi mafkura siyosati, aslida qatag'oni kuchaygandan-kuchaygan, kompartiyaning mafkura tizimini boshqargan Ra'no Abdullaeva o'zbek adiblarini, eng avvalo, Navro'zni va ona tili maqomini tiklashga kirishgan yosh shoirlarga qarshi keskin kurash boshlagan, ularning to'plamlarini nashriyotlar rejasidan o'chirishga amru farmon bergan edi. Kitobi to'xtatilganlar qatorida men ham bor edim. Fidoyi shoira Qutlibeka xatti-harakati bilan Zulfiya opaning meni himoya qilgan ushbu maqolasi ana shunday olatasir paytda yozilgan edi. Holbuki, necha ko'zga ko'ringan, zabardast munaqqid «akaxonlarimiz» qalamlarini «qilich»ga aylantirib tengdoshlarimga beayov tashlangan, adabiyotimiz tarixida oldin ham bo'lib o'tgan uyatsizlikning yangi pallasi avjida edi. Bu uyatstiz «adabiyotshunoslar» shu jumladan menga ham «millatchiligi seziladi», «Temurni madh etishga urinadi», «avlodlarni bir-biriga qarama-qarshi qo'ymoqchi bo'ladi» degan siyosiy ayblar tirkab, yangi to'plamim qo'lyozmasiga ichki, ya'niyashirin taqrizlaryozib, ur kaltak-sur kaltak qilishar va bu uyatsiz ishlaridan behad rohatlanishardi. Shunday bir paytda Zulfiya opaning
maqolasi menga ma'naviy suyanchiq bo'ldi. Men umrimning so'nggi lahzasigacha Opaning bu mehrli jasoratini unutmayman. Unutolmayman.
ZULFIYA Siymosi: IBROHIM G'OFUROV
Menga Zulfiya she'riyati boshdan oyoq qirrador bo'lib tuyuladi. Bunda har bir so'z, qofiya, ibora, jumla qirrador. Zulfiya chaqmoq tashbehiga tez-tez murojaat etadi. Nega? Chunki uning she'ri intiutiv tarzda qirradorlikka intiladi. Chaqmoq qirrador. Olmos qirrador. Ildiz qirrador. Bular qirrador bo'lmasaydi hayot degan narsani yaratmasdi. Ayni zamonda, ayni soatda, ayni soniyada tug'ilgan go'dakning shu zamon va soniyadagi butun dunyoning ishlariga daxldorligi bo'ladi. Chunki odamzot bitta, tole va quyosh bitta. Ishonmasangiz, istagan vaqtda osmonga qarang: hammasi ko'rinib turibdi. Ichki ko'zlar barini to'xtovsiz ilg'aydi.
Har birimizning yorug' olamga kelishimizdan ketishimizgacha tasodifmikin? Tasodiflar qo'shilib, birlashib qonuniyatga aylanmasmikin?
Shoira Zulfiyaning dunyoga kelishi, shoir va xalqaro miqyosdagi jamoat arbobi bo'lib yetilishi tasodifmikin?
Zulfiya tug'ilganda, o'lkada ijtimoiy fikr shakllanish pallasiga kirgandi.Zulfiya tavallud topgan katta qo'rg'on xonadonda zamon voqealari qizg'in muhokama qilinardi, gazetalar o'qilardi, karvonlar qabul qilinardi, zero ular bu xonadon ustaxonasida tayyorlangan temir-cho'yan-po'lat-tunuka mahsulotlar o'zining sifati, pishiqligi, uzoq xizmat qilishi bilan dovruq qozongandi. Juda katta temirchilik ustaxonasida ish doim qizg'in edi. Ishga yaroqli barcha xesh-aqrabolar, mahallalik shogirdlar bunda sidqidildan xizmat qilishardi. Zulfiyaning qulog'iga Hadicha aya aytgan jonuzor allalar bilan birga ustaxonaning daranglagan chaqmoq sadolari ham to'xtamay kirgan. Shuning uchun "o't", "chaqmoq", "alanga" va barcha o't bilan bog'liq obrazlar, tashbehlar uning uchun tug'ma va tabiiy.
Mashhur Amerika tilshunosi Noam Chomskiy "Til va tafakkur" ("Yazbik i mbishleniye», M, 1972) kitobida tilshunoslikda yangi -g'oyalarni ilgari surarkan, ular bilan birga yangidan yangi terminlar va ilmiy tushunchalarni ham qo'llaydi. Ular, chunonchi, "vrojdennaya umstvennaya struktura", "vrojdennaya ideya", "ovladeniye znaniyem i povedeniyem" ( "tug'ma aqliy tuzilma", "tug'ma g'oya". "bilim va xulqni egallash" singari) kishini til falsafasi bilan bog'liq tarzda juda qattiq o'ylatadi. Bularning tagiga yetib borish oson bo'lmasa ham, ular o'z ilmiy jozibasiga ega. Zulfiyada shunday tug'ma aqliy tuzilma tushunchasi bilan aniq izohlanadigan badiiy hodisalar oz emas. Tug'ma xususiyatga ega obrazlar va fikrlash tarzi oz emas. Falsafada ratsionalizm va syurratsionalizm yo'nalishining otasi frantsuz faylasufi Bashlyar biron san'atkor o'z ijodida ma'lum bir stixiyali obrazlarga muntazam va ko'p murojaat etayotgan bo'lsa, bu uning yuragida kompleks harakat qilayotganligini bildiradi. Shu kompleksni topilsa, badiiy asarni yaxshi tushunish mumkin. Asar shu kompleks orqali yaxlitlik kasb etadi. Agar kompleks bo'lmasa, o'zakdan mahrum asar g'ayrishuurga yetib bormaydi va sovuq uydirma, soxta bo'lib tuyuladi. Bashlyar tabiat asosidagi to'rt unsur -suv, o't, havo, tuproqni - tasavvur gormonlari deb ataydi. Ushbu stixiyalar ongda o'z dinamik harakatiga ega. Ular obrazlar to'dalari (uyurlari)ni harakatga soladi. Ular borliqni intim tarzda o'zlashtirish va o'zgartirishga yordam beradi, katta sintezni yuzaga chiqaradi va tasavvurni muntazam tusga kiritadi. Shoirona yagonalik va xayol quvvati shulardan hosil bo'ladi.
Intizomli qat'iyat, qirrador intizom Zulfiya siymosida tom kamolga yetmadimi? Zulfiyaning intizomi ilhom yaratardi. Bu noyob, shukuhli, she'riyat parvozidagi intizom edi, U she'riyatda falsafaga, falsafiy g'oyaga aylangandi.
Uning siymosida so'z bilan ifodalanmagan, aytilmagan qimmatlar chamasi, aytilgan va ifodalanganlaridan beqiyos ko'proq. Uni o'rtagan, qiynagan, og'ir iztiroblar iskanjasiga solgan hollar - uni erkalagan, sharaflagan, ardoqlagan, she'riyat gultojini boshiga kiydirgan hollardan ko'proq edi.
Xulosa: Zulfiya xonim xayotlari va ijodlariga bo'lgan qiziqishim ularning xayotiy tajribalari, tinimsiz xarakatlari, qilgan mexnatlari, insoniyliklariyu yengilmas irodalari menga o'rnak bulib turadi. Ularning xayotlari va ijodlariga bo'lgan xurmat va chuqur extirom bizning oliy o'quv yurtimiz ya'niy "Toshkent Tibbiyot Akademiyasi"da o'zgacha qadrlanadi va ularni xotirlab ijodlariga qiziqgan barcha talabalar o'zgacha (xar - xil) yo'nalishda ko'plab qiziqarli tadbirlar uyushtirib turishadi. Bunday oqila, go'zal ayollar o'zlarining g'amxo'rligi, mehribonligi qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Barchamiz uchun aziz mo'tabar bo'lgan ayol zoti haqida so'z yuritar ekanmiz, bizni dunyoga keltirgan va oq sut berib voyaga yetkazgan ayol-ona siymosini doimo ulug'lab, ardoqlab yashaymiz. Va O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning 10.06.1999 y. PF-2326-son "Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta'sis etish bo'yicha takliflarni qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi Farmonida ularga bo'lgan yuksak xurmatlarni ko'plab takliflar orqali namoyon etib "Ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom ko'rsatish, ozod va obod yurtimiz kelajagi bo'lgan har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos o'rnini yana bir bor e'tirof etish, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, san'at, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, tengdoshlarining milliy istiqlol g'oyalari va madaniy-ma'naviy qadriyatlarga e'tiqodining yuksalishi yo'lidagi ibratli faoliyati, keng ko'lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini rag'batlantirish maqsadida: talaba qizlarga kuplab imkoniyatlar yaratib berdilar.
O'zbekiston Respublikasining ikkinchi Prezidenti Shavkat Miramonovich Mirziyoyev Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta'sis etish bo'yicha takliflarni qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi Farmonga yangiliklar kiritib "Mamlakatimizda xotin-qizlarni e'zozlash, ularning jamiyatdagi o'rni va nufuzini oshirish, orzu-intilishlarini qo'llab-quvvatlash, o'zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o'rnak bo'lib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarayotgan, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, o'z g'oya va tashabbuslarini ilgari surayotgan, ijtimoiy hayotda faollik ko'rsatayotgan qizlarni munosib rag'batlantirish maqsadida: yangicha qarorlar kiritdilar.
Ayolni e'zozlash, ayolga ehtirom ko'rsatish xalqimizga xos oliyjanob qadriyat hisoblanadi. Shu jihatdan qalbimiz, yuragimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun aziz va mehribon ayollarning xizmatlarini hech narsa bilan qiyoslab, baholab bo'lmaydi. Ayollarning mehr-muhabbat, vafo va sadoqati, fidoyiligi sababli hayotimiz charog'on, hamisha yaxshilik va ezgulikka intilgan o'zbek ayoli go'zallik timsolidir. O'zbek ayolining shaklu shamoyili siyrati, ma'naviyat olamida ibo-hayo, andisha, sabr va ma'tonat sifatida namoyon bo'ladi. Bunday ayolarning farzandlari, dono, aqilli bo'lib voyaga yetadilar. Biz jahon tarixida o'z nomi, o'rni bilan mashhur bo'lgan juda ko'p ayollar; To'maris, Saroy Mulkxonim, Nodirabegim, Gulbadanbegim, Zebunisobegim,
Jahon otin Uvaysiy, Anbar otin, Zulfiya, Saida kabi shoira-yu fozilalarimizdan faxrlanamiz. Zulfiyaxonimning mazmunli hayoti va ijodidan bahramand bo'lib, yaratish va bunyodkorlik ishlari bilan shug'ullanish barcha yoshlarning muqaddas burchidir. Bu borada juda katta, ulkan va foydali ishlarni rejalashtirish va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida tinimsiz mehnat qilish, o'qish talab etiladiki, natijada Zulfiyaxonimning milliy merosiga nisbatan ixlosimiz oshaveradi.
Adabiyotlar:
1. "Bahor keldi seni so'roqlab". Zulfiya. 2015.
2. "Muhabbat saroyida qolganlar". Muhtaram Ulug'ova. 2016.
3. kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/xotiram-siniqlari-zulfiya.html
4.Sultonova M., Ijod sahifalari, Toshkent, 1975; Zulfiya [bibliografiya], Toshkent, 1977; Sultonova M., Zulfiya, Toshkent, 1985; Ibrohimov M., Quyoshli she'riyat ijodkori, Toshkent, 198б