Hamrayeva H.K.
Jizzax davlatpedagogika instituti qoshidagi 1-son akademik litseyi "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi katta o'qituvchisi
O^zbekiston, Jizzax
SERQIRRA IJOD SAHIFALARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada xalqimizning sevimli farzandi, ijodkor, xalqparvar inson-Sharof Rashidov Rashidovichning 2020 yilda nashr etilgan yangi "Sevgi bilan g'olibman har on" she'riy to'plami haqida batafsil fikr yuritilgan. Shuningdek, maqola adabiyotshunoslar, o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda keng omma uchun sodda, xalqona tilda yozilgan.
Kalit so'zlar: adabiyot, so'z san'ati, badiiy so'z, xalqona uslub, she 'r, she 'riy to'plam, qofiya, doston, ballada.
Hamrayeva H.K. senior lecturer
Under the Jizzakh State Pedagogical Institute department of uzbek language and literature
Academic Lyceum No. 1 Uzbekistan, Jizzakh
EXTRAORDINARY CREATION PAGES
Annotation: This article describes in detail the new poetry collection of Sharaf Rashidov Rashidovich "With love I win every moment", which was published in 2020. In addition, the article is written in a simple, folk language for literary critics, students studying the Uzbek language and literature, as well as for the general public.
Keywords: literature, word art, artistic word, folk style, poem, poetry collection, rhyme, epic, ballad.
Yuqorida keltirilgan misralar Sh.Rashidovning "Ishq qo'ydim" nomli she'ridan olingan bo'lib, adibning 2020-yilda nashrdan chiqqan "Sevgi bilan g'olibman har on" she'riy to'plamidan o'rin olgan. Ushbu Ikkinchi jahon urushidagi g'alabamizning 75 yilligi hamda shoir bilan 40 yil hayot yo'llarida hamnafas bo'lgan rafiqasi Xursanoy Rashidova tavalludining 100 yilligiga munosib sovg'a sifatida nashr etilgan to'plamga shoirlikka da'vo qilmagan, lekin barmoq vazni bilan bir qatorda aruz vaznida ham qator nazm na'munalarini yarata olgan muallifning 44 ta she'ri, shoir Asqad Muxtor bilan hamkorlikda qoralangan "Suv va nur" dostoni, shuningdek, "Kelinchak" balladasi kiritilgan. Kitobxonlarga yengillik tug'dirish uchun har satri ham krill, ham lotin alifbosida yozilgan to'plamdagi yana bir o'ziga xos yangilik - sof
insoniy sevgi va sadoqat tuyg'ularini madh etuvchi she'rlarga keng o'rin berilganligidir.
Urush mavzusida o'nlab o'tli she'rlar yaratgan, ikki bora "Qizil Yulduz" ordeni bilan taqdirlangan muallifining ushbu she'riy to'plamida o'z turmush o'rtog'i Xursanoy Rashidovaga bag'ishlab yozgan she'rlariga ham alohida sahifa ajratilgan bo'lib, mazkur to'plamda muallifning o'quvchilarga yaxshi tanish bo'lgan, qo'shiqlarga aylanib qalblarimizga kirib borgan mashhur estrada xonandalari Shahzoda, Shohjahon Jo'rayev, Saodat Qobulovalar tomonidan kuylangan "Yor kelur", "Bog'bon qizi", "Dugonalar bormisiz" kabi she'rlari bilan bir qatorda shoirning ijodiy arxividan topilgan, hali e'lon qilinmagan ijodiy na'munalari ham kiritilganligi ahamiyatlidir. Urush davriday og'ir va mashaqqatli yillarda sinalgan, toblangan sevgi (Sh. Rashidov og'ir yaralangan hamda ruhan qiynalgan pallalarda o'ziga suyanchiq va tirgak bo'la olgan matonatli umr yo'ldoshidan ko'p bora minnador ekanligini o'zi ham bir necha suhbatlarda ta'kidlab o'tgan) to'g'risida Prezide ntimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev shunday fikr bildirgan: "Sharof Rashidovning "Ikki dil dostoni" asarini hammamiz sevib o'qiganmiz. Mening nazarimda, chinakam sevgi va sadoqat dostoni bo'lmish bu asarda Sharof aka va u kishining mehribon rafiqasi, oqila va munis o'zbek ayoli Xursanoy opaning ibratli hayoti va taqdiri mujassam bo'lgandek tuyuladi. Haqiqadan ham, bu matonali ayol umr bo'yi Sharof Rashidov bilan hamnafas bo'lib, hayotning barcha sinovlariga bardosh berib, eng og'ir damlarda ham umr yo'ldoshiga sodiq bo'lib yashadi. Bunday bebaho fazilatlari bilan mushtipar opamiz xalqimiz o'rtasida chinakam vafo va sadoqat timsoliga aylandi..." [1] Xalqimizda shunday gap borki, har
bir buyuk erkakning ortida uni qo'llab turuvchi kuchli ayol bo'larkan. Darhaqiqat, Sh. Rashidov ham o'zining matonatli ayolining sevgisi doimo, har qanday vaziyatda ham hamroh bo'lganligini she'rlarida yaqqol ifoda etgan edi:
-Biz etamiz yovlarni tor-mor,-Dedi go'zal,- Sizga ot tayyor. Va tanimga yugurdi darmon, Menga bo'ldi qiz sevgisi yor Yigit kishi tog'asiga o'xshaydi,-degan gap bor xalqimizda. Darhaqiqat, Sharof otamiz ham tog'aga, ya'nikim, o'zbek she'riyati darg'alari uchun tom ma'noda ustoz sanalgan, zabardast shoirlarimizga o'rni kelganda yo'l-yo'riq ko'rsatgan, o'zining hur fikri, bemisl tasvirlari, jonli timsollari bilan adabiyoimizda o'z o'rniga, o'z so'ziga ega bo'lgan ijodkor Hamid Olimjonni hayotda doimiy maslahatchi, ijodda esa ustoz deb bilgan. Bu ,albatta, tog'a-jiyanning asarlaridagi hamohanglikdan yaqqol seziladi. Masalan, Hamid Olimjonning "Yaqinlik" she'ri shunday boshlangan:
Yigit urushga ketdi, Orqasida yor qoldi, Yuragi o't ichida, Ko'zlari xummor qoldi. [2] Yuqoridagi ikki bandni qayta o'qib ko'radigan bo'lsak, har ikkalasida jizzaxcha shaxt, xalqona uslub usuvor ekanligi seziladi. Hattoki, qofialar
hamohang: Sharof Rashidov tor-mor,tayyor,yor, H.Olimjon esa yor va xummor ohangdosh so'zlarini tanlaganlar. Shuningdek, she'rlarda ifoda etilmoqchi bo'lgan fikrlar ham mushtarak: jang maydonida qon kechayotgan er-yigitlar ortida ularning yo'llariga intizor, g'alaba bilan sog'-u salomat ortga qaytishlariga umidvor, sadoqatli hamda vafodor yor-ayollari bor ekanligi, umuman olganda, urush davridagi dog'uli hayot. Bu mavzudagi she'rlar Sharof Rashidov nazmining asosini tashkil etishi bejizga emas, albatta. 1941-yil boshlangan urush ko'plar qatori yosh talaba yigit bo'lgan adimizning ham hayotiy rejalarini butunlay o'zgartirib yuboradi. Yaqinlari tomonidan ta'kidlanishicha, urush davridagi hayoti haqida ko'p gapirishni yoqtirmagan bo'lsa-da, o'z hislarini boricha she'rlarida ifodalashga uringandir:
Fikrim senga jang qil, madorim! Qayrab olgan yarog'ing bo'lay, Qon ichida o'rtog'ing bo'lay, Jang qil meni madorim, yorim!
Vatanparvarlikka undovchi yana bir ijodiy namunadan ham ko'rinib turibdiki, poetik mahorat egasi she'riyatdagi badiiy san'atlarni yaxshi tushunganki, o'rnida va samarali foydalana olgan. Masalan, qayrab olgan yarog'ing bo'lay, qon ichida o'rtog'ing bo'lay misralari ta'did san'atiga misol bo'lsa, Jang qil, madorim! Jang qil meni madorim, yorim! satrlarida esa ta'sirchanlikni oshirish maqsadida takrir san'atidan o'rinli foydalanilgandir. Shu asnosida o'sha- murakkab, og'ir sharoitlarda, qonli janglar paytida yigitlar qalbida vatanparvarlik tuyg'usini jo'sh urdirishga, shijoatli, yurtga mehr va sadoqatli bo'lish, el sha'nini saqlash uchun o'z joninida tikishga-da tayyor turishga undagandir. Bu kabi ta'sirchan nutqiy ifodalar H. Olimjon ijodida ham talaygina:
Hozir bo'lsin fashizm yer tagida chirishga, Mana biz ko'kka uchdik tepasidan qirishga, Odamzod guvohimiz qoyil qolsin bu ishga Dushmanlarni yer bilan yakson qilar chog' keldi.
"G'alaba qo'shig'i" she'ridan ushbu bandni ko'chirdim-u, qani edi hozir ham Hamid Olimjon, Sh. Rashidovlar oramizda bo'lishganida , deb o'ylab qoldim. Shu kunlarda nafaqat butun dunyo, balki yurtimiz boshidan kechirayotgan, jahon urushlari qatori juda ko'p odamning yostig'ini quritib ulgurgan dard bu - Covid so'zini yuqoridagi fashizm atamasi o'rniga qo'yib o'qib ko'rdim. Ayni kasallikni yengish arafasida turgan paytimiz kuzgi barg misol to'kilishga tayyor, titrab turgan dillarga umid bag'ishlovchi motivatsion misralar paydo bo'larmidi? Kasallikni tezroq yenggan, mustaqil yurtimizda nishonlanayotgan bayram tadbirlari va sayillarda oilaviy, farzandlarimizning jajji qo'lchalaridan yetaklab ko'chalarda emin-erkin sayr etish baxti ertaroq nasib etgan bo'lar edi ehtimol... Ustoz-shogird qalbida ertangi
osuda kunlarga, nurli kelajakka bo'lgan ishonch tuyg'ulari shunchalar kuchli bo'lgan ekanki, bunga misol qilib qator misralarni keltirish mumkin:
Fashistning bag'rini teshgan nayzangni Birma-bir surtarlar o'z ko'zlariga,
Oryol shahri uchun sen qilgan jangni Yillarcha so'zlarlar yosh-u qariga.
Izingni o'padi sog'ingan yerlar, Mehr-u vafo bilan qaraydi senga. Yo'lingga chiqadi Barchin kelinlar, Qadim dostonlarni solib esingga.
H.Olimjon "Uchrashuv"
she'ridan
Xuddi shu mavzudagi Sh. Rashidov qalamiga mansub bandlardan keltirib o'tmoqchiman:
Yillar o'tar, asrlar o'tar Jangchi nomi doim bo'lar yod... Shu mard jangchi o'tgan ellarda Porloq hayot bo'lajak bunyod
"Jangchi" she'ridan
Shu o'lkada bashariy tilak, Shunda orzu yuksalar, o'sar. Qonli jangda qildik g'alaba, Baxtli kunga bo'lib muyassar
"Bayram tongi" she'ridan
Adibimizning musaffo osmon ostida yashash umidi mujassam "Yor kelur", "Uyalma", "Kelsang", "Shirin xayol kelarmish", "Umr bahori", "Uxla, qo'zim", "Sevgi bilan kabi ko'tarinki ruhdagi she'rlari borki, ularning o'z paytida jangchilarimizga ma'naviy madad bo'lganligi sababidan mana shunday tinch, dorilomon kunlarga yetgan bolsak ne ajab, azizlar.
Vitaliy Ozerov 1981-yilda yozgan Sh. Rashidov haqidagi "Xalq hayotining ilhombaxsh qudrati" maqolasida shunday fikrlar keltirgan edi: ".. .Sh. Rashidov she'r yoza boshladi. Uning ko'zlari va tuyg'ulari o'tkirlashdi, yuragiga ilhom shabadalari oqdi. She'rlarida xalq qo'shiqchilik yo'llarining, H.Olimjon lirikasining ta'siri bilinib turardi. Shoir o'z she'rlarida hayotni, ona yerning go'zalliklarini, inson mehnati samaralarini sharafladi, o'zi sevgan o'lkani mana shunday bir bunyodkor kabi his qildi va o'zini o'lka bog'larini yaratuvchilar safida ko'rishni istadi...
Sharof Rashidovning butun ijodiyotiga uning quyidagi satrlarini epigraf qilib olish mumkin:
Ajdodlarning haqqi uchun cho'lni bo'ston aylaymiz, Kanal qazib dasht-u cho'lni biz guliston aylaymiz. Lenin nomin tilga olib urgaymiz ishda javlon, Tashna cho'lda hayot kular, bo'lur o'lkam guliston [3]
Shukrki, orzular ijobat bo'lib, tinch zamonda yashayapmiz, yoshlarga e'tibor kuchaygan, imkoniyatlar eshigi ochilgan, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich xalqparvar inson. Bunday munosabat dastlab Sharof otamiz
tomonidan amalga oshirilgani sabab, balki, internet sahifalarida hozirgi Prezidentimiz Sharof Rashidov ishlarining davomchisimi? kabi savollar ko'payib qolgandir.
Hozirda Muhtaram Prezidentimizning mehribonliklaridan qaddi baland, qadri baland yosh iqtidor egalarining e'tirofiga qiyosan O'zbekiston xalq shoiri Omon Matjonning adabiyotga endigina qadam qo'ygan pallalarida Sh. Rashidovdan shunday yuksak e'tibor ko'rib, qalbi cheksiz g'ururga to'lib qoralagan misralarini keltirib o'tishni joiz deb bildim: Sizni O'zbekiston Otasi deydilar, Sizning million-million farzandingiz bor. Ziji Ko'ragondek har ish kuningiz-Ming bitta yulduzning tashvishi bisyor.
Dahosi yo'q xalqning ahvoli ayon, Sizni o'zbek xalqi bekorga sevmas. Shu oliy mavqeda shu Alpomish qad, Shu nurli siymongiz porlab tursa, bas!
1982-yil
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, o'z yurti uchun xizmat qilib charchamagan, Vatani nomini ulug'lab yashagan, el manfaati uchun jonini fido etgan benazir inson, xalqimiz bugun munosib izzat-hurmat bilan yod etayotgan ardoqli adibimizning yangi kitobi o'quvchilar uchun munosib sovg'a bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi, albatta. Jizzaximizning faxrli farzandi Sharof Rashidovning nomi qalblarimizdan abadiy o'chmaydi, o'z vatani va xalqi uchun chekkan zahmatlari hamda qilgan barcha xizmatlari toabad qalbimizda qolajak...
Adabiyotlar ro'yxati:
1."Sevgi bilan g'olibman har on"!:she'rlar to'plami/Sh.Rashidov/Toshkent. "Niso Poligraf" nashriyoti. 2020.
2. H.Olimjon, Xayolimda bo'lding uzun kun". "Yangi asr avlodi", 2019.
3. Sharof Rashidov Rashidovich. "Asarlar"/ 1 -jild.T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1981.
4. Sharof Rashidov Rashidovich. "Asarlar"/ 3-jild.T.: Adadabiyot va san'at nashriyoti, 1981.
5. "Nur nazar siymo" Maqola. Omon Matjon. Adabiyot va san'at gazetasi. 44-son. 1982.