Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
HALIMA XUDOYBERDIYEVA BADIIY KONSEPSIYASIDA MAVZU HAMDA
BADIIY TASVIR MASALALARI
Zulayxo Ochilovna Berdiyeva
Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi Adabiyotshunoslik kafedrasi 2-bosqich magistranti
Ilmiy rahbar: f.f.d., professor B. Y. Yo'ldoshev
Hozirgi davr o'zbek she'riyatining rivojlanish hamda takomillashuvida iste'dodli shoiramiz Halima Xudoyberdiyeva ijodining ahamiyatini o'rganish. Shoiraning mavzu tanlash va badiiy tasvir tamoyillaridan foydalanish mahoratini tadqiq etishdan iborat.
Tayanch so'zlar: konsepsiya, badiiy konsepsiya, uslubiy yangilanish, mavzu, badiiy tasvir, obraz, lirik qahramon, kechinma, badiiyat.
To study the role of the work of our talented poet Halima Khudoiberdiyeva in the development and improvement of modern Uzbek poetry. Is to explore the poet's skill in using the principles of artistic representation.
Keywords: concept, artistic concept, methodological update, theme, artistic image, image, lyrical hero, experience, art.
Har bir davr adabiyotda mohiyati, ma'no-mazmuni bilan o'z nafasini qoldiradi. Hozirgi davr o'zbek she'riyati ham adabiyotimiz gulshanida o'zining salmoqli o'rniga egadir. Bugunning shoir va shoiralari she'riy asar yaratishda butunlay yangicha ruh va kayfiyat bilan qalam tebratmoqdalar. Yaratilayotgan har bir yangi ijod mahsuli shaxs ruhiyati, uning ichki kechinmalarining yorqin ifodachisi bo'ladi. Istiqlol davr she'riyatinig boshqa davrlar she'riyatidan farqli jihati shundaki, bu davr she'riyatida milliy o'zlikni anglash, erkin fikrlash ruhi yetakchilik qiladi. Bu davr she'riyatida o'zining ta'sirchan va be'takror she'rlari bilan she'riyat ixlosmandlari qalbidan chuqur o'rin egallagan iste'dodli shoiramiz Halima Xudoyberdiyeva ijodini o'rganish tadqiqot ishimizda nazarda tutiladi.
ANNOTATSIYA
TOPICS AND ARTICAL IMAGE ISSUES IN HALIMA KHUDOIBERDIYEVA'S ARTICAL CONCEPT
ABSTRACT
KIRISH
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
Ushbu maqolada adabiyotimizning eng betakror janri bo'lgan lirik asarlar, bugungi kun she'riyatining o'ziga xos jihatlari haqida yirik adabiyotshunos olimlarning fikrlariga tayangan holda iste'dodli shoiramiz Halima Xudoyberdiyevaning ijod na'munalarini badiiy konseptual xususiyatlarini tahlil qilamiz. Bu jarayonda ilmiy bilishning mantiqiylik, psixologik izchillik hamda tavsifiy yondashuvlaridan foydalanamiz.
Adabiyot insonning ko'ngil ko'zini ravshanlashtiruvchi, uning yurakdagi tuyg'ularining in'ikosidir. U o'zi yaralayotgan paytda inson qalbidagi dard-u quvonchi bilan dunyoga keladi. Ustoz Abdulla Qahhor ta'kidlagandek: "Adabiyot-ko'ngil ishi samarasi. Tuyg'usiz ilhomsiz yozilgan asar changlanmagan gulga o'xshaydi-meva tugmaydi. Ko'ngil rozi bo'lgan asargina kitobxonning ko'ngliga yo'l topadi, kitobxonning ko'nglida meva tugadi "1.
She'riyatda badiiy konsepsiya muammosi juda ham muhim ahamiyatga ega. Har bir davr adabiyotda o'zining nodir, sara ijod na'munalari bilan o'z izini qoldiradi. Mustaqillik davri o'zbek she'riyati ham adabiyotimiz gulshanida o'zining salmoqli o'rniga egadir. Bugunning shoir va shoiralari she'riy ijod mahsuli yaratishda butunlay yangicha ruh va kayfiyat bilan qalam tebratmoqdalar. Yaratilayotgan har bir yangi ijod mahsuli shaxs ruhiyati uning ichki kechinmalarining yorqin ifodachisi bo'ladi. Hozirgi davr she'riyatining boshqa davrlar she'riyatidan farqli jihati shundaki, bu davr she'riyatida milliy o'zlikni anglash, erkin fikrlash ruhi yetakchilik qiladi. Hozirgi davr o'zbek she'riyati badiiy konsepsion rivojlanish jarayonida. Bu jarayon juda ham tez hamda mazmunan boy tarzda amalga oshmoqda.
Mustaqillik davr o'zbek she'riyatiga nazar solar ekanmiz, yangicha ruh, yangicha yondashuvlar, erkin va hur fikrlar oqimi, hayotdan zavqlanib yashash, vatanga bo'lgan muhabbat, insoniy tuyg'ular tarannumi, muhabbat va sadoqat tuyg'ularining rangin satrlar ila qalamga olinganiga guvoh bo'lamiz. Bugungi o'zbek she'riyatidagi
badiiy konsepsion qarashlar an'anaviy tasvir uslubidan farq qiluvchi yangicha obrazlar, kutilmagan ramziy ifodalar, qochirimlar, tazod va paradokslar, eng muhimi, betakror serohang, serma'no ifodalar bilan ifodalanadi. Fikrning ixcham, lo'nda shaklda ifodalanishi, zamonamiz va zamondoshimiz ruhiy olamini yangi jihatlardan uslubiy tadqiq etish- insonning bezovta ruhini, dardlarini, tasvirlash borasida erishgan yutuqlari o'zbek she'riyati yangicha konsepsion qarashlar va sarhadlarni kashf etayotganligidan dalolatdir.
1 A. Qahhor " Yoshlar bilan suhbat"- Toshkent,1968.-B.140.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
Konsepsiya-(lot. conception- tizim)-biror bir sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar;
Adabiyotda-biror asarning asosiy g'oyasi.
Badiiy konsepsiya-badiiy asar mohiyatini, ijodkorning "meni" ni ifoda etadi.
Biroq badiiy asar konsepsiyasi ayrim holatlarda muallifning subyektiv qarashlaridan keng qamrovli bo'lishi mumkin. Ba'zan muallif mo'ljaliga zid holat yuz bersa ham, mohiyat e'tibori bilan asar o'z konsepsiyasiga ko'ra muallifning badiiy-estetik olamiga tegishli bo'ladi.
Hozirgi davr zamonaviy o'zbek she'riyatida badiiy konsepsiya badiiy asar mohiyatini, ijodkorning "meni" ni ifoda etadi. O'quvchining ma'naviy-ruhiy saviyasi, tarixiy shart-sharoitdan kelib chiqib lirik asar konsepsiyasi alohida ta'kidlab, ochiq-oydin ifoda etiladi.
Adabiyotda inson va borliq tabiatiga ko'ra konsepsiya asarning, ijod mahsulining san'at, adabiyot, madaniyat tarixidagi o'rnini hamda o'quvchilar ommasiga ta'sir etish darajasini belgilaydi. Endilikda uslubiy yondashuvlar, ramzlar, timsollar, metaforalar asosida mushohada yuritish va badiiy umumlashmalarda falsafiy teranlikka intilish hozirgi davr she'riy madaniyatining galdagi ustuvor xususiyatlaridan hisoblanadi.
Badiiy umumlashtirilgan uslubiy yondashuvlar, ramziy obrazlilik bu she'riyatning bosh fazilatiga aylandi.
She'riyatda badiiy konsepsion qarashlar, yondashuvlar yaratilayotgan yangi ijod mahsullarining yanada jozibador, mazmunli, ta'sirchan bo'lishini ta'minlaydi.
"She'riyatda poetik janr va shakllardagi izlanishlar qanchalik ko'p bo'lsa, badiiy-ilmiy fikrni ifodalash usullari, yo'llari shunchalik kengligini ko'rsatadi. Shoir va shoiralarimiz salohiyatining daraja-miqyosini tasdiqlaydi. Zero, janr va shakliy izlanishlar badiiy-falsafiy, ijtimoiy-axloqiy mazmunni berish barobarida, salohiyatning imkoniyatlarini ham ko'rsatadi"2.
Ushbu satrlar zamonaviy o'zbek she'riyatida go'zal, benazir va betakror badiiyat na'munalarini yaratgan iste'dodli shoira Halima Xudoyberdiyevaning "Vatan jim turadi,, she'ridan olingan, tosh, kurtak, quyosh obrazlariga yuklatilgan badiiy fikr Vatan
2 Otamurodova M. Istiqlol davri she'riyatining o'ziga xos xususiyatlari. ( Bitiruv malakaviy ishi.) Urganch-2019.
Vatan jim turadi, ammo u haqda Tog'dan tushib kelgan tosh so'z aytadi. Bir sadolar kelar jim-jim kurtakdan, Osmondan kelgan quyosh so'z aytadi
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
tushunchasini butkul yangicha talqin etishga olib kelgan. Vatanning nomidan tosh, kurtak, quyoshning so'z aytishi, ya'ni vatanning betakror, benazir maskan ekanligi uning tabiatida ham o'z aksini topganligi bilan izohlanadi. She'rning nechog'lik asl she'rligini, badiiy-estetik salohiyatini poetik obrazlar zimmasidagi ohorli mazmun belgilashiga yana bir karra ishonch hosil qilamiz.
Halima Xudoyberdiyeva she'riyatining mavzu ko'lami keng, teran. Uning she'rlarida ona-Vatan, ota-ona, ayol va bola mavzulari ustuvorlik qiladi. Halima Xudoyberdiyeva ruhiyati bu ayol qalbi matonati, yashash uchun kurashdagi jasorati! U faqat o'xshatish emas. Bu she'riyat ayol qalbi nidosi bo'lib jarang
"U bag'irdor she'rlari barobarida, hayotda bir ruhoniy iqlim ham yarata olgan ijodkordir. Biz uning mavzusi saflana-saflana, tovlana-tovlana, dam laylivash, dam majnunvash, dam yassaviyona, dam mashrabdek sollanib hayot, ijod hamda nafosat mintaqalarini adl-dov egallagan asarlari timsolida "Halima Ruhiyati"
-5
degan fasona maydonga chiqdi, deb aytolamiz" .
Halima Xudoyberdiyeva ijodida chaqmoq kabi chaqnagan, momaqaldiroqdek gumburlagan, seldek toshib kelgan she'rlar talaygina. Lekin shoiraning mana shunday she'rlari orasida ayol muhabbati, uning qudrati, nozik qalb egasi ekanligini ko'rsatuvchi she'rlar alohida mavqega ega. Halima Xudoyberdiyeva inson yuragiga yaqin mavzularning yangi-yangi qirralarini ocha boradi. U Nodirabegim, Uvaysiy, To'marislar qiyofasiga kirdi. Shoira o'z she'rlarida "yurak shoirasiman...ayol muqaddas!-dedi hamda ayol uchun sha'ni-shavkati uchun madhiyalar aytdi. Ayolni ojizalik puchmoqlaridan chiqazib, tarannum etdi. Bu kabi jihatlar shoira she'riyatining eng ulug', o'ta ta'sirchan g'oyasiga aylandi. Bu holat esa shoira ijodida juda katta ijtimoiy aks sado berdi.
Shoira ijodining gultojiga aylangan "Muqaddas ayol" she'ridan olingan yuqoridagi parchani o'qiganda ta'sirlanmagan, yuragi larzaga kelmagan inson bo'lmasa kerak. Adabiy asarlarning eng ta'sirchani, eng go'zali, eng jozibalisi ayol qalbiga atalgani, ona mehr-muhabbatini tarannum etganidir. Adabiyotdagi ayollar obrazi, u millatning fitratiga, davr ruhiga muvofiq aks etadi hamda idrok qilinadi.
3 Ibrohim G'afurov. "Halima ruhoniyati" m. "Xalq so'zi" 2019-y.22-fevral.
sochadi.
Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo'ldi, Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo'ldi. Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo'ldi, Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q
Shu boisdan ham, bir xil sharoitda, bir xil harakat qiladigan xarakterlar ham turli adabiyotlarda har xil gavdalanadi. Ushbu misralarda shoira ayol obraziga haykal qo'yadi. Ayol iffati, ibo-hayosi, ma'naviy go'zalligi, unga otilgan toshlarga, malomatlarga qaramay uning pokiza va muqaddas ekanligini ta'sirchan satrlar orqali tasvirlab beradi.
Halima Xudoyberdiyeva she'rlariga teranroq razm solsak, biron-bir she'ri boshqalarnikiga o'xshamaydi. Uning she'rlarida qalbdan taralayotgan ayol muhabbati, mehri mujassamdir. Ayol bu ona, yaratuvchi, buyuk hilqat egasi. Uning qalbi nozik va shu noziklik qa'rida buyuklik mujassamdir. Ayol qalbining butun go'zalligini, tarovatini ayolgina yaxshi his qila oladi.
Agar inson ongi-shuuri, aql-tafakkurining hayotdagi oliy holati haqiqatni anglab yetish bo'lsa, dunyoni bilishga yo'naltirilgan iroda kuchlarining oxir-oqibati adolatning zafari, tantanasidir. Aksar shoirlar, odam tiynati va tabiatini, voqelik xossalarini qanday ko'rsa, shu taxlitda jonlantirishga moyil.
Halima Xudoyberdiyeva talqinida o'zbek xalqiga xos bo'lgan milliylik, o'zbekona g'urur, o'zbek ayolining matonati, ota-onaga bo'lgan hurmat, vatanga bo'lgan sadoqat tuyg'ulari aks etgan. Bu tuyg'ularning barchasi shoiraning qalb tubida potrab chiqqan buloq kabi juda ta'sirchan, hayajonlidir.
Zulfiya xonim: "His-tuyg'u Halimada shu qadar yaxlit, shu qadar haqiqiy kattaki, ko'zlarida oftob yonib, saraton kezadi qonida" deb ta'riflagan edilar. Ustoz bu fikrlarni bildirayotgan vaqtlarida naqadar haq ekanlar. Halima Xudoyberdiyevaning turli mavzularda yarim asrdan ortiq davrda hayrat qalami bilan yozilgan asarlari "Ilk sevgi", "Chaman", "Oq olmalar", "Suyanch tog'larim",
"Bobo quyosh", "Muqaddas ayol", "Bu kunlarga yetganlar bor", "Sadoqat", "To'marisning aytgani" va boshqa shular kabi kitoblari, turkum asarlarida Zulfiya xonim ta'rifidagi yaxlitlik, kattalik, oftob va saraton to'la badiiy tarzda aks etgan.
Shoira ko'z o'ngida dunyo va hayot yaxlit holda gavdalandi. Uning she'rlarida bu dunyo va hayot insonga bus-butun holda qadrlash, asrash, sevish, ardoqlash, inson shu dunyoda o'zini namoyon qiladi degan fikr-mulohazalar yorqin va ta'sirchan chizgilar orqali tasvirlangan.
Yuqoridagi misralar Halima Xudoyberdiyevaning "Shunchaki" deb nomlangan she'ridan olingan bo'lib, unda shoiraning butun hayot yo'li, dunyoga, hayotga bo'lgan teran hamda falsafiy mushohadalari o'z aksini topgan. Shoira shunchaki yashamadi,
Shunchaki yozmoqchi, ko'ngil to'lmaydi, Shunchaki yozmoqqa bormaydi qo'lim. Shunchaki yozganga chidab bo'lmaydi. Shunchaki yozmoq bu- shoirga o'lim.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
shunchaki yozmadi. Uning yozganlari hayot haqiqatlarini, umr so'qmoqlarining turli past-balandliklarini ifodalab berdi. U hayotdan, xalqdan olgan borini she'rga solib, ta'sirchan va ohorli tarzda yana xalqqa qaytardi. "Shunchaki yozmoq bu-shoirga o'lim" deya xitob qildi, hamda o'zbek she'riyatining haqiqiy fidoiysi, jonkuyar shoirasi sifatida elning ardog'iga erishdi.
Halima Xudoyberdiyevaning ilk she'riy kitobi bo'lmish "Ilk muhabbat" kitobidan o'rin olgan yuqoridagi she'rda muhabbat mavzusi qalamga olingan. Shoira talqiniga ko'ra, muhabbat yoniq siymodir. Uning tafti, haroratini sochlarimizga oq tushgan, keksaygan vaqtimizda ham his etamiz, esga olamiz. Umr oqar daryo misoli oqib, o'tib ketarkan, huddi fasllar ya'ni inson umri fasllari o'tib ketayotgandek tuyuladi.
Shoiraning ilk she'rlaridan birida yuzi pishish oldidan momiqlangan oq olmalarni ko'ramiz. Oq olmalar yetilgan bog'ni tasvirlab, shoira birdan otasini yodga oladi. Bekor emasdir ularning otani eslatishi, qalamning qudrati oq olmadan ota siymosiga ko'chishi. Bu yerda erta otadan yetim qolgan qizchaning ma'sum hamda dunyoga sig'dirib bo'lmaydigan sog'inchi, bu bog'ni yaratgan ota mehnatining go'zalligi-yu, bu go'zallikning navrasta qizga meros qolganligi tasviri juda ta'sirchan chizgilar orqali tasvirlangan.
Hozirgi davr o'zbek she'riyatida badiiy tasvir tamoyillaridan keng o'rinda foydalanib kelinmoqda. She'riyatda qalam tebratib kelayotgan mahoratli ijodkorlarlarimiz, shoir va shoiralarimiz ijodida badiiy tasvir tamoyillari alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda adabiyotimiz gulshanida o'zining betakror she'rlari bilan kitobxonlar ko'nglidan joy olib kelayotgan is'tedodli shoiramiz Halima Xudoyberdiyeva ijodida ham badiiy tasvir tamoyillari o'zining salmoqli o'rniga egadir. Halima Xudoyberdiyeva she'rlarining mavzulari rang-barang, obrazlari esa yangi hamda kitobxonga tanish. U faqat ko'ngildan, ruhdan, samoviy mavzulardan so'z ochmaydi. Vaqti kelsa, yerga tushirib, voqelikning tanish, ayni vaqtda e'tibordan chetda qolayotgan nuqtalarini topadiki, beixtiyor hushyor tortasiz. Shunga ko'ra ham shoira ijodida badiiy tasvir juda mohirona uslubda ochib berilganiga guvoh bo'lishingi mumkin.
Oqarganda sochlar eslaymiz, Sarxush bahor, kuz o'tganini. Kimlarnidir rad etganmiz biz, Kimlar bizni rad etganini...
Agar qattiq nonni ivitmoq bo'lsak, Orzu ivitolmas. Ivitar ko'zyosh. Shundayam ko'zyoshlar tinmay quyulsa, Yumshab, erib oqsa ko'krakdagi tosh. Gar qurigan bo'lsa ko'zing yoshlari,
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q
Gar unutgan bo'lsa ko'zligini ko'z. Unda suvlar bilan ko'zing yoshlagin. Unda dodlab, dunyo mahravini buz! Va qattiq nondan ham umidingni uz.
Halima Xudoyberdiyevaning yuqorida keltirib o'tilgan "Qattiq non" she'rida tasvirlangan holat bevosita kitobxonni o'yga toldiradi, mushohadaga chorlaydi. Shoira tasvirga olgan holat bevosita ijtimoiy muhit ta'siri bilan bog'liqdir. "Qattiq non"ni faqatgina ko'zyosh erita olishi tasviri juda ta'sirchan tarzda qalamga olingan. Bu misralarni o'qigan kitobxon dilining tub- tubidan, qiyinchilik va mashaqqatlarga sabr-toqat bilan chidagan, ammo bu mashaqqatlar juda og'riqli hamda azobli ekanligi, lirik qahramonning endi hech narsadan umidi qolmaganligi holatini his etadi. Atrofida bo'layotgan voqea-hodisalarga befarq, sovuqqonlik bilan qaragan kimsalarning yuragi "ko'krakdagi tosh" deya tasvirlangan.
Tasviriylik asosida obraz yaratishga intilish, lirikaning inson his-kechinmalarini ifodalash maqsadiga xizmat qiladi. Hozirgi zamon she'riyati lirikaga ko'rish orqali idrok etiladigan, tasviriy san'atga xos usullarni ham olib kirdi. Bu jihatdan shoira Halima Xudoyberdiyeva she'rlariga yana yuzlanamiz. Halima Xudoyberdiyeva tabiatni huddi rassomlar kabi o'ziga xos tarzda ko'ra oladi. U huddi rassom singari ko'rganini o'zi his qilganidek tasvirlashga qodir ijodkor. Fikrimizga dalil sifatida shoira qalamiga mansub bir she'riy parchani keltiramiz.
Daraxtlar sezadi kuzni, Kirarlar bir-birin pinjiga.
Bizlar kira olmaymiz do'stning Sunbuladay ishq sog'inchiga. Titroq tushar hatto terakka Kunduzu tun titraydi tolmay.
Odam ketaveradi yakka Sochlarining qorasi qolmay.
Odatda tabiat,voqelik tasviri lirik asarda metaforik, ramziy xarakterga ega bo'ladi. Masalan, A.Oripovning "Bahor kunlarida kuzning havosi", Shavkat Rahmonning "Tungi manzara" she'rlarida tabiat tasviri lirik qahramon his -kechinlalarini ifodalovchi tasvir sifatida namoyon bo'ladi, badiiy tasvir ifodaning uzviy bir qismi bo'lib keladi. Bunda tasvirlanayotgan narsa muallifning izohlarisiz ham ramz vazifasini o'taydi4. Halima Xudoyberdiyevaning yuqoridagi she'rida esa boshqacharoq holatga duch kelamiz. Bunda "daraxtlar kirarlar bir-birin pinjiga", "titroq tushar
4 Quronov S. Hozirgi she'riyatning tasviriy imkoniyatlari haqida.2010-y.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q
terakka" kabi jonlantirish sa'natining betakror na'munalari qo'llangan. Jonlantirish sa'nati orqali insonlarga xos bo'lgan xususiyatlarni tabiat hodisalari tasviri orqali berilganligini ko'rishimiz mumkin. Bu sa'nat she'rning badiiy qimmatini va ta'sir kuchini oshirishga xizmat qilgan.
Halima Xudoyberdiyeva she'rlarida aks etgan obrazlarning aksariyati vizuallik xususiyatiga ega bo'lib, ularda tasviriylik ustuvorlik qiladi. Ijodkor tabiatning ma'lum bir manzarasini tasvirlar ekan, bu real manzaraning aynan olingan nusxasi his-tuyg'u ta'sirida badiiy talqin qilinadi. Tasvir ta'sirchan obrazlar bilan boyitilar ekan, uni ko'rayotgan o'quvchi xuddi rassom chizgan surat qarshisidagi zavqli hissiyotni tuyadi. Shoiraning "Baxmal" she'rida tabiat tasviri juda jonli va tabiiy yo'sinda ochib berilgan.
She'rda Baxmal tumanining tabiati, xushhavo va musaffo havosi, mevalar g'arq pishib yotgan betakror bog'lari, musaffo osmoni, Sangzorning tez oqar suvlari, Ko'kjarning chim bosgan yerlari asosiy tasvir obyektlari sifatida keltirib o'tilgan. Ushbu jannatmakon joyning tabiati tasviri orqali uning qadimiy diyor ekanligiga ham urg'u berilgan. She'rni o'qir ekansiz, ko'z o'ngingizda tabiatning ajoyib mo'jizasi, betakror tasviri jonli tarzda aks etgandek bo'ladi. Borliq, voqea-hodisalarning bunday mohirona tasvirini haqiqiy ijodkorgina tasvirlay oladi. "Jilg'alar poygasi", "Toshlar gurungi" birikmalari orqali jonlantirish sa'natidan tasvir usuli sifatida foydalanilgan. "Toshlar gurungi" birikmasida toshlarning tilga kirib bir-biri bilan gurunglashishi esa adabiyotda, xususan, she'riyatda ko'p qo'llaniladigan intoq(nutq bilan bog'liq-narsa va hodisalarni nutq egasi qilib ko'rsatish), san'ati na'munasidir.
Tirqirab kelarkan tegsa bariga, Yo'lidan adashib qumlar qayrilar. Tegib tegmay o'tsa yaproqlariga, Janona daraxtlar hushdan ayrilar.
Ushbu parcha ham Halima Xudoyberdiyeva ijodidan o'rin olgan she'rlardan biri bo'lib, "Kechagi shamol" deb nomlangan she'rdan olingan. Bu misralarda ham tabiat tasviri ifodalangan bo'lib, "janona daraxtlar", "yo'lidan adashgan qumlar" kabi
Baxmal bog'larida yeru, osmon ko'k, Olmalar gohi goh to'kilar tap-tap.
Sangzor suvlariday tez oqar suv yo'q-Uchib borayotgan toylarga o'xshab. Ko'kjarning sel olgan jarlarida chim, Jilg'alar poygasi, toshlar gurungi,
Menga tuyuldi-ki, Baxmal-ko'p qadim, Tog'da toshlari ham toza, burungi.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q
musavvirona tasvir uslublaridan foydalanilgan. Shamolning daraxt yaproqlariga tegib-tegmay esishi va bu holat daraxtlarning hushdan ayrilishiga sabab bo'lishi tasviri orqali shoira bahor manzarasini tasvirlashga harakat qilgan. Ya'ni shamolning mayin esishi, daraxtlar gulga kirganda ularning yaproqlari mayin esgan shamol ta'sirida ohista tebranishi holati ta'sirchan bo'yoqlarda tasvirlab berilgan. She'riyat bo'stonida bunday ajoyib hamda san'atkorona ruh mujassam bo'lgan ijod na'munalari talaygina. Kitobxon ularni o'qish borabarida asl she'rlarning, asl totini ham his etadi. Hozirgi davr o'zbek she'riyati ana shunday takrorlanmas tasvir uslublari, mavzu hamda talqinlar rang-barangligi, inson kechinmalarining, hissiyotlarining ta'sirchan tasviri bilan xarakterlanadi.
Hozirgi davr o'zbek she'riyatida badiiy tasvirning asosini uslubiy va shakliy izlanishlar natijasi bo'lgan qarashlar, badiiy tafakkurning yangilanishi, inson qalbi hamda uning ruhiy kechinmalari tasviri tashkil qilganligiga bevosita guvoh bo'ldik. Bu tasvir tamoyillari ayni damda she'riyatimiz rivoji hamda kamoloti uchun muhim omil vazifasini bajaradi.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlashimiz lozimki, hozirgi davr o'zbek she'riyatida badiiy konsepsiya o'zining salmoqli o'rniga egadir. Asl iste'dod sohibasi bo'lgan Halima Xudoyberdiyeva ijodini tadqiq etish jarayonida shoira ijodida bir qancha ustuvor qarashlar, tamoyillar tizimiga duch keldik. Shoira she'riyatida asosan milliylik, obrazlilik, poetik til me'yorlari tamoyillari, bundan tashqari vatanparvarlik, bag'rikenglik kabi ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan konsepsion qarashlar yetakchilik qiladi. Halima Xudoyberdiyeva she'rlarining mavzu mundarijasi, uslubiy izlanishlardagi yangiliklari, she'rlarida asosan talqinga olingan yondashuvlar tadqiq etildi. Halima Xudoyberdiyeva she'rlarida qahramon ruhiyatini tasvirlashda o'ziga xos yo'nalish ko'zga tashlanadi. Ya'ni uning talqinida hijron azobida qiynalayotgan yurak, qiynalsada bu holatdan shikoyat etmaydi, nolimaydi, aksincha u har doim yorning kelishidan, bu hijron azobi bir kun nihoyasiga yetishidan umid qilib yashaydi. Shoira she'rlarining mavzu mundarijasi hamda badiiy tasviri o'zgacha. Ushbu ijod na'munalari hali uzoq yillab she'riyat ixlosmandlari qalbida yashaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik..1-tom.-T: "Fan", 1978.
2. Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik. 2-tom. -T: "Fan" 1979.
3. A. Qahhor " Yoshlar bilan suhbat"- Toshkent,1968.-B.140.
4. Otamurodova M. Istiqlol davri she'riyatining o'ziga xos xususiyatlari. ( Bitiruv malakaviy ishi.) Urganch-2019.
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
5. Ibrohim G'afurov. "Halima rahoniyati" m. "Xalq so'zi" 2019-y.22-fevral.
6. Quronov S. Hozirgi she'riyatning tasviriy imkoniyatlari haqida.2010-y.
7. Tojiboyeva L.Hozirgi o'zbek she'riyatida ruhiy kechinma va badiiy ifoda.2014.
8. Halima Xudoyberdiyeva "Ilk muhabbat" kitobi. 1968-y.B-11.
9. Halima Xudoyberdiyeva "Chaman", she'riy to'plam. B.-36.
10. Ibrohim G'afurov. "Daryoning ovozi" T."O'zbekiston" 2012-y. B.-7.
11. www.ziyouz.com
12. www.xurshid davronkutubxonasi
13. https://t.me/Akrom_Malik_rasmiy.