Научная статья на тему 'MEMUAR, BAG‘ISHLOV VA MARSIYALARDA RAHBAR MULOQOT XULQIGA XOS QIRRALARNING NAMOYON BO‘LISHI'

MEMUAR, BAG‘ISHLOV VA MARSIYALARDA RAHBAR MULOQOT XULQIGA XOS QIRRALARNING NAMOYON BO‘LISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
699
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
memuar / bag‘ishlov / marsiya / nutq / muloqot xulqi / rahbar. / memoir / dedication / lament / speech / communication behavior / leader.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mo‘minov, Sh

Maqolada insonning kimligini tezda bilib bo‘lmagani kabi rahbar muloqot xulqi ham yillar davomida ma’lum bo‘lishligi, sobiq rahbarlar muloqot xulqidagi ibratli tomonlarni bilib olishda memuar, bag‘ishlov va marsiyalarning o‘rni katta ekanligi misollar yordamida yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEMORIES, DEDICATIONS AND MOURNINGS OF LEADERS

The article highlights the fact that the behavior of a leader has been known for years, as well as the role of memoirs, dedications and mourning in learning the exemplary aspects of the communication behavior of former leaders.

Текст научной работы на тему «MEMUAR, BAG‘ISHLOV VA MARSIYALARDA RAHBAR MULOQOT XULQIGA XOS QIRRALARNING NAMOYON BO‘LISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MEMUAR, BAG'ISHLOV VA MARSIYALARDA RAHBAR MULOQOT XULQIGA XOS QIRRALARNING NAMOYON BO'LISHI

Maqolada insonning kimligini tezda bilib bo 'Imagani kabi rahbar muloqot xulqi ham yillar davomida ma'lum bo'lishligi, sobiq rahbarlar muloqot xulqidagi ibratli tomonlarni bilib olishda memuar, bag'ishlov va marsiyalarning o'rni katta ekanligi misollaryordamida yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: memuar, bag'ishlov, marsiya, nutq, muloqot xulqi, rahbar.

В статье подчеркивается тот факт, что поведение вождя известно много лет, а также роль воспоминаний, посвящений и траура в изучении образцовых аспектов коммуникативного поведения бывших вождей.

Ключевые слова: мемуары, посвящение, плач, речь, коммуникативное поведение, вождь.

The article highlights the fact that the behavior of a leader has been known for years, as well as the role of memoirs, dedications and mourning in learning the exemplary aspects of the communication behavior offormer leaders.

Keywords: memoir, dedication, lament, speech, communication behavior, leader.

Insonning diliga yashiringan chin so'zni bilib olish uchun yil^ ke^ bo'lgani kabi, rahbar muloqot xulqiga xos hamma jihatlami ham biráaniga bilib bo'lmaydi. Baland-pastliklardan iborat turmushning turli vaziyatlarida rahbarlar muloqot xulqi haqiqiy holatlari ham ayon bo'lib boradi. "Oldingdan oqqan suvning qadri yo'q" deganlaridek, ba'zan haг kuni bñga ko'rishib turadigan, tuman, viloyat va hatto respubika miqyosidagi lavozimlaráa гahbaг bo'lib ishlaganlar olamdan o'tganlaridan keyin u^ haqda yozilgan maraya, bag'ishlov va memuaгlaгdaг ko'praq ma'lumotto olamiz. Ushbu maqolamiz aynan mana shu mavzuga qaratilgan.

MEMUAR lotin tilidan fransuz tiliga va undan o'zbek tiliga o'tib o'zlashgan so'z bo'lib, mémoires - xotira, eslash kabi ma'nollami anglatuvchi o'tmish haqida, esdaliklar shaklida yozilgan adabiy asar [8, 579]; adabiyotshunoslik tili bilan

Sh. Mo'minov,

FarDU tayanch doktoranti. [email protected]

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

aytganda "muallifning o'tmishda o'zi besita ishtirok etgan yoki shohidi bo'lgan voqealar haqidagi xotiralari bayon qilinuvchi adabiy asar" [8,109] dir.

Memuar asarlarining yaratilishi Sharq adabiyotida qadimiy an'analarga borib taqaladi. Bunday asarlar sirasiga Amir Temurning "Temur tuzuklari", Nosir Hisravning "Safarnoma", Zayniddin Vosifiynnng "Badoe ul-vaqoe", Boburning "Boburnoma" kabi asarlar yorqin misol bo'la oladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Buyuk sohibqiron bobokalonimiz Amir Tumurning "Temur tuzuklari" keng ma'nodagi axloq-odobga, kengashlarga, boshqaruv san'atiga, so'z qudratiga oid asar bo'lib, uning birinchi maqolasia muallif quyidagi fikrlarni bayon etadi: "O'zga mamlakatlarni zabrtetish, ularni idora qilish, g'anim lashkarlarini sindirish, dushmanni tuzoqqa ilintirish, muholiflarni (ko'nglini ovlab) do'stga aylantirish, do'st-dushman orasida muomala, muroosayu madora qilish xususida ushbu tadbir va kengashlarni qo'lladim..." [5,14]. Buyuk sarkarda bobokalonimiz tomonidan yozib qoldirilga bu bebaho memuar asarning mavzumizga aloqador qirralari haqida «"Temur tuzuklari"da so'z qudrati haqida» batafsil ma'lumot berishga harakat qilganmiz [3].

Dunyo miqyosida olib qaraydigan bo'lsak, keyingi davrlarda Amerika Qo'shma Shtatlarining tarixiy rivojlanishini belgilab bergan to'rtta prezidentdan biri hisoblangan Avraam Linkolnning "Ozodlik manbai. Gettisberg murojaati", yana bir AQSh prezidenti Franklin Ruzveltning "Kamin oldidagi suhbatlar. Inqiroz, oligarxlar va urush haqida", Koreya Respublikasi sobiq prezidenti Li Myon Bakning "Mo''jiza sodir bo'lmaydi" nomli esdaliklari bugungi kunga kelib tpik memuar asarlar sirasiga aylandi.

Dunyo tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, bir qancha turli davlat rahbarlari faoliyatlarini yakunlash jarayonida memuar asarlar yozib qoldiradilar. Mazkur asarlarda bevosita ularning siyosiy jarayonlardagi fikr va mulohazalari, qolaversa, o'z shaxsiy hayotlarida ro'y bergan ba'zi voqea va hodisalar haqida ham hikoya qilinadi.

Biz uchun eng muhimi shundaki, ushbu turdagi kitoblardan rahbar muloqot xulqining ko'plab o'ziga xos qirralarini hayotiy misollar, aniq dalillar orqali bilib olamiz. Jumladan, AQSh prezidenti Avraam Linkoln quyi qatlamdan chiqqan prezident sifatida barcha bilimlarini tirishqoqlik va uzluksiz o'z ustida ishlash orqali o'zlashtirgan. U o'zining yuksak axloqiy tamoyillari va ishontira olish qobiliyati bilan xalqini tabiiy va jonli nutqi bilan ilhomlantirib, mamlakat iqtisodiyotining jadal

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

rivojlanishiga hissa qo'shdi va natijada AQSh uzoq vaqt davomida dunyodagi eng dinamik rivojlanayotgan mamlakatga aylandi.

"Ozodlik manbai. Gettisberg murojaati" kitobida Avraam Linkolnning asosiy nutqlari va maqolalari, uning tarjimai holi, inauguratsiya nutqlari va xalqqa qilingan murojaatlari bor. Kitob Avraam Linkoln, uning sheriklari va raqiblarining hayoti davomidagi suratlari, AQSh fuqarolik urushi davridagi hujjatli va badiiy materiallar bilan boyitilgan.

Franklin Ruzvelt "Buyuk depressiya" davrida AQShni boshqargan va uni uzoq davom etgan inqirozdan olib chiqishga muvaffaq bo'lgan davlat rahbari hisoblanadi. Amerikaliklarda kelajakka ishonchini uyg'otish uchun, u shaxsan o'zi xalqqa davom etayotgan islohotlar va hukumat rejalarining ma'nosini tushuntirishga qaror qilgan. Ruzvelt Amerika xalqiga to'g'ridan-to'g'ri radio xabarlari orqali murojaat qilib kelgan. Bu nutqlar tarixga "Kamin oldidagi suhbatlar" nomi bilan kirdi. Ruzvelt o'n ikki yillik boshqaruvining oxirigacha odamlarga murojaat qilib kelgan. AQSh 32-prezidentining eng yaxshi nutqlari "Kamin oldidagi suhbatlar. Inqiroz, oligarxlar va urush haqida" nomli kitobda to'plangan.

Li Myon Bakning "Mo''jiza sodir bo'lmaydi" nomli asarini o'qish orqali ko'chada meva sotib kun ko'rgan, nimjon bir bola avval yirik kompaniya prezidenti, pirovardida Koreya Respublikasining Prezidenti darajasigacha ko'tarilgani va uning hayotida so'z qudratli vosita rolini o'ynaganligini bilib olamiz [Qarang: 1].

Taniqli adib va tarjimon Asil Rashidovning "Akam haqida" nomli memuarida mavzumizga oid quyidagi qimmatli fikrlarni o'qiymiz: "...Sharof Rashidov birovlarga qarata biron narsa uloqtirish u yoqda tursin, hatto ovozini ko'tarib muomala qiladigan yoki ko'nglida kek saqlab qovoq uyadiganlardan emas edi. Aksincha, tabiatan farishtaday bir inson edi, doimo katta-yu kichik bilan ochiq chehra, iliq tabassum bilan quchoq ochib ko'rishardi" [4, 27]. Kitobning boshqa sahifasida yana quyidagi fikrlar keltiriladi: "Sh. Rashidovdagi uncha-muncha odamlarga nasib etmagan fazilatlardan biri - insonga ishonish, insonni ulug'lash, ikki og'iz shirin so'z bilan o'z suhbatdoshini qayta kashf etganday, sehrlab, qalbini tog'dek ko'tarib, ilhomlantirib yuboruvchi joziba kuchi edi. Bu u kishidagi noyob faziatlardan deb bilaman..." [4,

Asil Rashidov O'zA muxbiriga bergan intervyusida ham tug'ishgan akasi, davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidovning faoliyatida so'z, nutq qanchalar ahamiyatli bo'lganligi haqidagi fikrlarini davom ettirib, yana quyidagilarni bayon etadi: "Sharof akam va Xursandoy yangamizning nikoh to'yini aniq eslayman: mamlakat og'ir ahvolni boshdan kechirayotgan, yigitlarimiz frontda jon olib-jon berayotgan paytda

23].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uylanayotganidan xijolat bo'lganmi, haytovur, milliy odatlarimizga sal mos kelmasa ham, kuyov bola o'z to'yida nutq so'zlagan, barchani shunday og'ir pallada dushmanga qarshi bir musht bo'lib birlashishga undagan edi. Uning fikri-zikri doimo el-yurt tashvishi bilan band edi" [10, 12].

O'zagi BAXSh (fors-tojikcha "bermoq", "bag'ishlamoq") so'zidan olingan [7,80] bo'lib, boshqalarga, zamondoshlari, ko'proq mashhur tarixiy shaxslarga atab yozilgan asarlar BAG'IShLOVLAR (rus.posvishenie) [9, 68]da, arabcha yig'lamoq, aza tutmoq, achinmoq ma'nolarini anglatib, biror kishining vafoti munosabati bilan uning fazilatlarini e'tirof etish, vafotidan afsuslanish mazmunida yoziladigan lirik janr - MARSIYa [9, 162]da ham marsiya va bag'ishlov adresatlarining ko'pgina insoniy xislatlari qatori muloqot xulqidagi o'ziga xosliklar ham namoyon bo'ladi. Jumladan, O'zbekiston Qahramoni, xaplq shoiri Abdulla Oripovning O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov vafoti munosabai bilan yozgan marsiyasida quyidagi sartlarni o'qiymiz:

Bir xabar tarqaldi, Yarim tun edi,

Go'yo g'am seliga botdim, yo'qoldim. Kimdir yo'lboshchidan ayrildik dedi, Men-chi, aziz do'stdan ayrilib qoldim. Kimning xayoliga kelmishdir axir, Birdan qulab tushsa buyuk bir chinor. Alam bo'g'zimizda achchiq va taxir, Bu g'amning na cheki na chegarasi bor. Ketdi nogahonda aytmay biror so'z, Hijron oloviga barchani tashlab. O'zbek osmonida so'ndi cho'ng yulduz, Katta-yu kichikning ko'zini yoshlab. Biz — noqis bandalar, o'ylamay goho, Boshimiz silagan qo'lni tishladik. Yuz yillab teskari aylandi dunyo, O'z emas, o'zgalar uchun ishladik. Biz — ojiz bandalar, anglamay turib, Birovning zabonin sanadik afzal. Shu yurt daholarin bilib va ko'rib, Begona zotlarga yasadik haykal. Bosqin tepamizda turar edi zil, 692

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Uni tag-tubidan buzmoq shart edi. Asriy vayronaning o'rnida dadil, Yangicha mamlakat tuzmoq shart edi. Foniy bu dunyoning baland-pastiga, Teran nazar tashlab o'tdi bu Inson. Millat qadri deya yashab aslida, Xalqining dardiga bo'loldi darmon. Bugun judolik bor gar qalbimizda, Lekin g'urur yashar havas qilgulik. Abadiyat o'sdi ko'z oldimizda, Shundoq yonimizdan o'tdi Mangulik.

Bu marsiyani o'qigan kitobxon birinchi prezidentning o'z vatani, mil lati, tili uchun jon olib-jon berganligi, qat'iyatligini yana bir br ko'z oldiga keltirsa, O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning "Amir Temur" nomli she'rida quyidagi satrlarni o'qish oraqali buyuk sohibqiron bobokalonimiz o'z faoliyatida xushomadlar, yolg'onlarga qayrilmagan (tinglamagan)ligi uchun ham mana shunday buyuk sarkarda bo'lib yetishganligini yanada teranroq xis etadi: Maqtov - manzil malomatlarga, Shohni riyo yetaklar jarga. Qayrilmadi xushomadlarga, Yolg'onlarga uchmadi sulton [6, 78].

O'zbek adabiyotida mavjud bo'lgan marsiya va bag'ishlovlardan bu kabi misollarni ko'plab keltirish mumkin.

Shuni ta'kidlash mumkinki, har qanday insonning o'ziga xosliklarini qisqa muddatda bilib bo'lmagani kabi, rahbar muloqot xulqining serqirra tomonlarini ham yillar davoida o'rganish mumkin. Rahbar muloqot xulqining o'ziga xos tomonlarini hayotiy misollar, ishonchli dalillar yordamida bilib olishda memuar va bag'ishlov va marsiyalarning o'rni katta ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. Бак Л.М. Муъжиза содир булмайди. - Тошкент: ZUKKO KITOBXON, 2021.

2. Ильчиев Б. Сохибкироннинг бошкарув санъати // Тошкент: EKO HAYOT, 2017 йил, 8 март, 5 (314)- сон.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

а. Муминов, С., Хршимова, Ф., Муминов Ш. "Темур тузуклари"да суз кудрати хакида // Замонавий услубшуносликнинг долзарб маммолари. -Фаргона, 2017.

3. Рашидов А. Акам хакида. - Тошкент: Фан, 1992.

4. Темур тузуклари. - Тошкент: Еафур Гулом номидаги нашриёт матбаа бирлашмаси, 1991.

5. Юсуф М. Халк бул, элим. - Тошкент: O'zbekiston, 2017.

б. Узбек тилининг изохли лугати. 5 жилдли. Биринчи жилд. - Тошкент: Узбекистон миллий энциклопедияси, 2006.

7. Узбек тилининг изохли лугати. 5 жилдли. Учинчи жилд. - Тошкент: Узбекистон миллий энциклопедияси, 2006.

8. Куронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик лугати. -Тошкент: Akademnashr, 2013.

9. Рашидов А. Акам хакида. - Тошкент:Янги аср авлоди, 2017

10. Муминов, С., Эхсонова, М. (2021). Linguapoetic features of English derivations in literary text. Международный журнал языка, образования, перевода, 4(2), 90-67.

11. Umarjonov, S. S. O. G. L. (2021). IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O 'QITISHDA FAHRIDDIN ROZIYNING ONTOLOGIK QARASHLARINING O 'RNI VA AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 1029-1038.

12. Umarjonov, S. S. O. G. L., & Safarov, M. K. O. G. L. (2021). FAHRIDDIN ROZIYNING "LATOIF UL-G'IYOSIYOT" QO'LYOZMA ASARIDA AQL VA E'TIQOD MASALASINING QO'YILISHI VA UNING DINIY-FALSAFIY GERMENEVTIK TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1058-1068.

13. Safarov, M. K. O. G. L., & O'G'Li, U. S. S. (2021). ABU BAKR AR-ROZIY ETIKASIDA BEFOYDA O'Y SURISH VA OCHKO'ZLIK MUHOKAMASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1045-1049.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.