Научная статья на тему 'ZULFIYANING HAYOTI VA IJODIDAGI O’ZIGA XOSLIK'

ZULFIYANING HAYOTI VA IJODIDAGI O’ZIGA XOSLIK Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4051
450
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zulfiya / Hamid Olimjon / she’r / she’riyat / adabiyot / muhabbat / sevgi / sadoqat / sog’inch. / Zulfiya / Hamid Olimjon / poetry / law / literature / love / fidelity / melancholy.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Musurmonova, Feruza

Maqolada O’zbekning buyuk shoirasi Zulfiyaning hayoti, ijodi va faoliyati yoritilgan bo’lib, o’zbek adabiyotidagi o’rni atroflicha tahlil qilingan. Zulfiya she’rlaridagi insonparvarlik, muhabbat va sadoqat kabi tushunchalar ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INDIVIDUALITY IN ZULFIYA'S LIFE AND CREATION

The article highlights the life, work and activities of the great Uzbek poet Zulfiya, examines in detail his role in Uzbek literature. Such concepts as humanity, love and fidelity are revealed in Zulfiya's poems.

Текст научной работы на тему «ZULFIYANING HAYOTI VA IJODIDAGI O’ZIGA XOSLIK»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ZULFIYANING HAYOTI VA IJODIDAGI O'ZIGA XOSLIK

Musurmonova Feruza

Surxondaryo viloyati Jarqo'rgon tumanidagi 63-sonli umumta'lim maktabining

ona-tili va adabiyot fani o'qituvchisi

Maqolada O'zbekning buyuk shoirasi Zulfiyaning hayoti, ijodi va faoliyati yoritilgan bo'lib, o'zbek adabiyotidagi o'rni atroflicha tahlil qilingan. Zulfiya she 'rlaridagi insonparvarlik, muhabbat va sadoqat kabi tushunchalar ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Zulfiya, Hamid Olimjon, she'r, she'riyat, adabiyot, muhabbat, sevgi, sadoqat, sog'inch.

The article highlights the life, work and activities of the great Uzbek poet Zulfiya, examines in detail his role in Uzbek literature. Such concepts as humanity, love and fidelity are revealed in Zulfiya's poems.

Keywords: Zulfiya, Hamid Olimjon, poetry, law, literature, love, fidelity, melancholy.

Shoira she'rlarining el aro mashhurligi tasodifiy emas. U bolaligidan olamga hayrat ko'zi bilan qarovchi, uning boshqalar ko'rolmaydigan jihatlarini ilg'ovchi qizaloq ekanligi bilan ajralib turardi. Buning ustiga, oilasidagi muhit ham yosh Zulfiyada badiiy ijodga ishtiyoqni alangalatardi. Shoira bolaBSTRACTligini shunday eslaydi: "Otamni... Isroil degrez der edilar. Otam zahmatkash temirchi edi. Otamning hamma vaqt olovga yo'ldosh kasbidan faqat zavq ko'rar edim. Otamday qudratli odam yo'q edi men uchun. Temirlar otam qo'lida chaqmoqlar taratishiga boqib, hayratda qolar edim. Uning qo'llari cho'g'ga aylangan temir parchasini istagan shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga qodir edi. Men hali-hanuz otamday bolishni orzu qilaman, ammo na iloj, inson qalbiga kira bilish temirga ishlov berishdan mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish har kimga ham muyassar bo'lavermas ekan. Mening onam o'zining ta'bincha, "usti butun - ichi tutun" ayollardan edi. U hamma vaqt kamgap, xayolchan edi, lekin fikrlari, o'ylari mudroq emasligini, unga mutelik, zaiflik yot ekan-ligini bilar edim. Ruhidagi ma'yuslik, ovozidagi hazinlik faqat uning xarakteriga xos bir sifatgina edi, xolos. Onamning qancha-qancha qo'shiq va afsonalarni, doston va er-taklarni bilisjiiga aqlim bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va ertaklar bizga benihoya huzur bag'ishlar,

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'ziga rom qilib olar, har safar yangi jilva kasb etardi. Aminmanki, mo'jizalar yaratishga qodir, jahonni ko'zga keng ochuvchi, insonni go'zallik sari yetaklovchi so'zga shaydolik hissini mening qalbimda ostona hatlab ko'chaga chiqmagan oddiy ayol - onam uyg'otgan..." Zulfiya she'riyati ana shunday pokiza buloqlardan suv ichgan ijoddir. Ayni shu sababdan uning tinchlik haqidagi, inson ruhiya-tini g'ajib tashlay oladigan hijron to'g'risidagi, tabiatning ajib bir holati borasidagi she'rlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Shu bois shoiraning barcha ayollarga, barcha onaiarga, barcha ma'shuqalarga xos, tushunarli, anglanarli bo'lgan she'riyati aslo eskirmaydi. Uning asarlarida halol inson tuyg'ularining porloq yulduzi charaqlab turadi

Zulfiya Isroilova - taniqli va iqtidorli o'zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o'tkir his qilgan - mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she'riyatining nufuzi - bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o'ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. O'zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro "Nilufar", Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofatlari sohibasidir. Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang'ich maktabda, so'ng xotin - qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935-1938-yillarda O'zekiston fanlar akademiyasining til va adabiyot instituti aspiranturasida o'qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1935-yildan 1980-yilgacha, qariyib o'ttiz tilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan "Saodat" nomli xotin - qizlar jurnalida bosh muharrir bo'lgan. Zulfiyaxonim Isroilova Hamid Olimjon bilan turmush qurgan. Biroq ular orzularga to'la hayot kechirayotgan pallada 1944-yili mashina halokati tufayli turmush o'rtog'idan ayrildi. Shoira esa 1996-yilda 81-yoshida vafot etadi. Shoira badiiy ijodga juda erta kirishdi. O'n yetti yoshida "Hayot varaqalari" deb atalmish dastlabki she'riy kitobini chop ettirdi. Uzoq ijodiy umri davomida o'ttizga yaqin she'riy to'plamlar, o'ndan ortiq dostonlar yaratdi. Shoira hammani o'ylatadigan, barcha kishilarga Jaxldor bo'lgan holatlarni she'rga soladi. Shuning uchun ham yozganlari ko'pchilikka manzur bo'ladi. Zulfiyaning ulkan iste'dodi faqat yurtimizdagina emas balki dunyo miqyosida ham e'tirof etilgan. U - xalqaro "Nilufar" mukofoti egasi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Xalq orasida "Oydinda", "Sensiz", "Yurak", "Falak", "Bahor keldi seni so'roqlab", "O'g'irlamang qalamim bir kun", "Bo'm-bo'sh qolibdi bir varaq qog'oz" kabi she'rlari, "O'g'lim, sira bo'lmaydi urush", "Mushoira" kabi she'rlari mashhur. "Uni Farhod der edilar", "Quyoshli qalam", "Xotiram siniqlari" kabi lirik va liro-epik dostonlar muallifi. 1935 yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurgan va uning bevaqt vofotidan so'ng ko'plab mahzun she'rlar yaratgan. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L. Ukrainka, V. Inber va boshqa ko'plab shoirlarning asarlaridan namunalarni o'zbek tiliga tarjima qilgan. Zulfiya she'riyati tabiatga hamda uning ajralmas qismi va yuqori cho'qqisi bo'lmish odamzotga nisbatan hayajonli sevgi bilan burkangan. Uning she'rlarida tabiat och ranglarda, yorqin bo'yoq va timsollarda gavdalanadi.

Zulfiyaning olijanoblik, jasorat, haqqoniy xalq g'ururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyg'ular va hurmat, boy ranglar va kutilmagan yangi timsollar bilan bajarilgan lirikasi, kitobxon qalbini larzaga keltiradi, insoniyatning kelajakka bo'lgan ishonchini mustahkamlaydi. Iqtidorli shoira va yozuvchi, inson qalb tug'yonlarini o'tkir bilimdoni bo'lib, turli janrlarda asarlar yaratgan: dostonlar, balladalar, elegiyalar, nasriy she'rlar, hikoyalar, ocherklar, publististik maqolalar va gazeta xabarlari. Uning ko'p she'rlari SSSR xalqlari tinchligi va do'stligi sari kurashga bag'ishlangan edi. Urush yillari u vatanparvarlik she'rlarini yozgan. U tomonidan, shuningdek, o'zbek bastakorlarining operalariga librettolar ham yozilgan, masalan, "Zaynab va Omon" operasiga libretto. Shu bilan birga, turmush o'rtog'i Hamid Olimjon qalamiga mansub "Semurg'" dostoni mavzusi asosida, ertak-sahna asarini ham yozgan. Shoira adabiy-ijtimoiy faoliyati uchun ko'pgina davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.Zulfiyaxonim hayoti davomida yozgan she'rlar va dostonlari quyidagilardir:

'Iqror

Hasad

Bahor keldi, seni so 'roqlab

'Zaynab va Omon

Ona

Alatau qo 'shig 'i tomon

'Do 'stlarimga

Hayot sahifalari " (1932)

Yulduzli alla

Oydin tun

Lolalar

Orzu

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Nastarin

Noma 'lum sovg 'a

"Bu yerda men tug 'ilganman "

Mevaning toti u yetishgan og'ochga qanchalik bog'liq bo'lsa, ijodkorning bitganlari uning shaxsiyatiga ham shunchalik aloqadordir. Sobiq sho'ro davridagi ijodkorlar orasida Zulfiya she'riyati shu jihatdan, ayniqsa, ajralib turadi. Uning nozik chizgilar, go'zal tashbihlar bilan bir vaqtda "inson ruhiyatini g'ajib tashlay oladigan" ayriliqdan tug'ilgan tiyiqsiz iztirob, taqdirning notantiligiga po'rtanavor isyon aks etgan lirikasi shoira shaxsiyati va ruhiyatidagi inja manzaralardir, deyish mumkin. Zulfiya ijodida hijron, sadoqat to'g'risidagi she'rlar salmoqli o'rin egallaydi. Bu -tabiiy hol. Negaki, u o'zining ikki kishi uchun yashalgan uzoq umri davomida ayriliqning ellik ikki yillik yo'lini bosib o'tib, hijron kuychisi va sadoqat timsoliga aylandi. Shoiraning nihoyasiz ayriliqning hasratlari aks etgan she'rlarida badbinlik, umidsizlik, noshukurlik, so'ngsiz qayg'uga asirlik tuyg'ulari yo'q. Uning hijronzada she'rlarida suyguvchi, suygani bois ayriliqdan qattiq kuyguvchi, ammo hayotdagi yorug'liklarni ko'ra olguvchi va ko'rganiga shukronalik qilguvchi shokira ayol sezimlari aks etgan. Zulfiyaning mashhur "Bahor keldi seni so'roqlab" asarida uning hijron mavzusidagi barcha boshqa she'rlaridagi kabi kuchli dard, chegarasiz hijron aks etgan. Ulkan insoniy alam, o'kinchning she'rga yo'g'rilgan samimiy ifodasi she'rxonning ko'nglini titratadi. Chunki titragan ko'ngilning manzarasi o'qirman ruhiyati va hissiyotini ham titratishi tayin. She'rda ifoda etilgan shoira, bahor, ye l timsollarining bari sog'inch dardiga mubtalo. Ularning uchalasi ham o'rik gullariga maftun bo'lib, bahor yellarini "baxtim bormi deya" so'roqqa tutgan, shoiranida, bahornida, yelnida yaxshi ko'rgan jingala sochli xayolchan yigit Hamid Olimjonni birday sog'inishgan. Bu dard uch qayg'ukashni bir-biriga yaqinlashtiradi, ularni bir-birini suyashga, bir-birini tuyishga undaydi.

Birinchi to'rtlik mazmun-mohiyati bilan she'rga kirish vazifasini o'taydi. Lirik qahramonning atrofidagi hamma narsa bahor qaytib kelganidan darak beradi. Tabiat marhamatli, unda fasllar aylanib kelaveradi. Ko'klam go'zalligiga burkangan olam -to'kis. Unda bultur bor bo'lgan narsalarning deyarli barchasi bu yil ham mavjud. Lekin lirik qahramon, bahorning o'zi va sarin yel uchun olam to'kis emas. Ular kimnidir qo'msaydi, qidiradi, topgisi keladi.

She'rning ikkinchi bandida lirik qahramon izlayotgan odamining tabiati qandayligini tuydirishga diqqat qaratiladi:

Qancha sevar eding, bag 'rim, bahorni,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O 'rik gullarining eding maftuni.

Har uyg 'ongan kurtak hayot bergan kabi

Ko 'zlaringga surtib o 'parding uni.

O'qirman ko'klamni yaxshi ko'rgan, o'rik gullariga maftun bo'lib, sha'niga she'rlar bitgan, bahorda uyg'ongan har bir kurtak go'yo unga hayot berganday ko'zlariga surtib o'padigan odamning tabiati, hissiyot olamini sezganday bo'ladi. Bahorning uni izlab sarsari kezishini ham bu shaxsning qandayligini ko'rsatuvchi belgi deyish mumkin. She'rda bahorning holati: "Qishning yoqasidan tutib so'radi seni, Ul ham yosh to'kdi-yu chekildi nari" misralari orqali berilishi ko'klamga muhabbat qo'yib, uni ham o'ziga shaydo qilgan shaxs tabiati haqida muayyan tasavvur uyg'otadi. Bahorning qish yoqasidan tutishi shoira ko'ngil holatini ifodalashi bilan birga yaralish fasli ko'klamning yo'qotish fasli qishga munosabatini ham aks ettiradi. Olamni ramziy idrok etishga odatlangan xalqimizning badiiy tajribasi bu o'rinda "qish" timsoli o'lim ramzi sifatida kelayotganligini anglatadi. Qishning bahor bergan haq savolga javob topolmay ko'z yoshi to'kishi, nari chekinishi bilan lirik qahramonning ko'klam yeli so'roqlari qoshida lol qolishi holatidagi uyg'unlik tasviri she'rxonni o'ziga rom etadi. O'qirman o'z husnu ko'rkini ko'rsatmoqchi bo'lib shoir yigitni bog'lardan, yashil qirg'oqlardan qidirgan shabbodaning uni topolmagach, qahr bilan bo'ronga aylanib jarliklarga bosh olib ketishi, alamdan tog'larning toshini soylarga qulatishi tasvirini tabiiy qabul qiladi. Sezgir o'qirman lirik qahramonning yanoqlari za'faronligi sabablari to'g'risida ham o'yga toladi.

She'rda lirik qahramon yotog'iga kirib, uni savolga tutgan tong yelining dardi insonning dardi kabi samimiy va chin tasvirlangan. Bu misralar bilan tanishayotgan o'qirman tomog'iga yig'i tiqilganday bo'ladi. Lirik qahramon, yel va bahorning she'rda aks etgan qayg'uzada holatlarini tuyish she'rxon hissiyotini junbushga keltiradi. She'rning kuchi ham odamni ana shu holatga sola bilganida:

... Qani o'sha kuychi, xayolchanyigit?

Nechun ko'zingda yosh, turib qolding lol?

Nechun qora libos, sochlaringda oq?

Nechun bu ko 'klamda sen parishonhol?

Yelning sog'inch va alam to'la bu savollari qarshisida lol qolgan, o'ttizga ham kirmay sochlariga oq oralagan, qora libos kiygan parishonhol ma'shuqa ne qilarini bilmay, uning etagidan tutib, u bilan birga qabristonga - oshiq yoniga ketadi. Yelning alam zo'ridan aftoda kezib, og'ochlarning hali uyg'onmagan kurtaklariga g'amnok so'zlashi, hali ochilmagan g'unchalar bag'rini chok-chok etishi holati tasviri katta

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ta'sir kuchiga ega. She'rda tabiat hodisalari bilan shoira dardining mohirona uyg'unlashuvi inson ham, tabiat ham taqdir irodasi oldida ojiz ekanini ko'rsatadi. Ko'klam ham, yel ham ma'shuqa singari bu yo'qotishga ko'nishga majbur. Ular ko'nmay ilojlari yo'qligini bilishadi, ammo ayriliqqa ko'nikish ham qo'llaridan kelmaydi. Tirik jonki bor hayotning azaliy qonunlari bilan hisoblashishga majbur. Ana shu majburiyat she'r qahramonini yashashga mahkum etadi. Qolaversa, shoira suyuklisining hayotini davom ettirish, jo'shqin ovozini so'ndirmaslik uchun ham yashashi kerak. She'rning so'nggi bandidagi: "Hijroning qalbimda, sozing qo'limda, Hayotni kuylayman, chekinar alam. Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda, Men hayot ekanman, hayotsan sen ham" misralarida aks etgan nekbin samimiyat, ikki kishi uchun yashash mas'uliyatini zimmasiga olgan lirik qahramonning qat'iy ishonchi o'qirman ko'nglida chuqur iz qoldiradi. So'nggi bandning ifoda tarziga e'tibor qilgan she'rxon shoiraning qator badiiy kashfiyotini sezadi. Chunonchi, misralarda "h" tovushining to'rt bor qaytarilgani, "t" bilan boshlanadigan ikki so'zning yonma-yon keltirilgani, "qalbimda", "qo'limda", "yodimda" so'zlarining musiqiy ohangdoshligidan mohirona foydalanish she'rning ta'sir darajasini oshirib, uni hijron lirikasining yuksak namunalaridan biriga aylantirgan.

Shoiraning ayriliq ifodasi bo'lmish yana bir she'ri "Ko'rganmiding ko'zlarimda yosh" deb ataladi. She'rning birinchi bandida gul berishning ikki shakli tasvir etilgan. Oldin oshiq lirik qahramon - ma'shuqaga gul keltirgan bo'lsa, o'lim ularning o'rnini almashtiradi. Lirik qahramonning: "Endi har chog' men eltaman gul", - degan hasrati sababi shunda.

Zulfiyaning hijron lirikasida unga hamisha tabiat hamdard. Bu holat she'rning ikkinchi bandida yaqqol aks etgan:

Keldim. Uzoq qoldim men sokin,

Sening aziz boshingda yolg'iz.

Osmon tiniq edi va, lokin

Parcha bulut yetib keldi tez.

Osmon tiniq bo'lishiga qaramay, yo'q yerdan parcha bulutning yetib kelishi, lirik qahramonning ko'zlarida yosh ko'rib, uning iztiroblariga bardosh qilolmay, duv-duv yosh to'kishi tasvirining ta'sir darajasi, samimiyligi, haqqoniyligi, hayotiy asosi she'rxonni o'yga toldiradi.

She'rning so'nggi bandidagi dastlabki ikki misra o'qilganda, ikki munglug' jonning holatidan o'qirman yuragida ham ismsiz bir og'riq paydo bo'lib, ko'zga yosh qalqitadi. Bu misralar o'qirman ko'nglida qani edi, shoira izlayotgan odam: "Keldingmi?" - deb yotgan joyidan bosh ko'tara qolsa, degan istakni uyg'otadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

She'rxonda ana shunday tuyg'uni paydo qilishning o'zi shoir uchun eng yuksak natijaga erishmoqdir. Asl intim lirika namunasigina shunday quvvatga ega bo'ladi. Odam o'zganing emas, o'zining tuyg'ulari tasvirini bergandagina samimiy bo'la oladi. Zero, sinchkov adabiyotshunos Fayzulla Salay qayd etganidek, intim lirika:"... samimiy do'stlik, muhabbat, vafo va sadoqatni tarannum etuvchi lirik asarlardir. Intim lirika paydo bo'lishi jihatdan g'oyat qadimiydir. Negaki, ilk san'at asarlarida kishilararo munosabatlar yetakchi o'rin tutganligiga shubha yo'q... Dil rozi, muhabbat izhori, hijron dardi, visol quvonchi barcha xalqlar she'riyatining doimiy motivlaridan sanaladi".

Zulfiyaning "Sen qaydasan, yuragim" she'ri Hamid Olimjon vafotidan bir yil o'tgach yozilgan bo'lib, unda hijron o'tida qovrilayotgan alamdiyda ayolning chin tuyg'ulari yorqin aks ettirilgan. O'quvchini she'rning ohangi o'ziga jalb etadi. Mazmuni g'amdan iborat she'rning ohangi ham g'amgin. Bu ohangda adoqsiz g'am og'ushidagi shoiraning shikasta ovozi, yo'qsil ruhi aks etadi. Hazin ohang o'qirman tuyg'ulari ko'zini ochib, she'r ruhi tuyilishini osonlashtiradi.

Zulfiya uchun Hamid Olimjon ham sevimli yor, ham maslakdosh do'st, ham ustoz edi. Endi u - yo'q. Yig'lamaslik, g'amga cho'kmaslik imkonsiz. Iroda ojizlik qilmoqda. Atrofda odam ko'p-u, lirik qahramon "yakka-yolg'iz". Chunki uning suygani olamda birgina edi, xolos. Uning o'rnini bosib, qahramonni yolg'izlikdan xalos eta oladigan odam yo'q. Uning xayoli o'zi bilmagani holda yo'qotganini izlash bilan ovora. Yorini yo'qotganidan dunyoning rangsizlanib qolganini shoira: "Birdan qalbim keksarib", - deya ifodalaydi. Bor-yo'g'i o'ttiz yoshdagi shoiraning dardu hasrati she'rda bandma-band oshib boraveradi: "Qayga ketding, yuragim, Bitdi bardosh va toqat. Suhbatingdir tilagim, Tilda hasratim qat-qat". Ayriliq zo'ridan tili va dilida hasratlar qat-qat bo'lgan mushtipar ayolning ruhiyati ushbu misralarda yaqqol aks etgan.

Zulfiya yoridan ayrilgan kezlarda odam o'z g'amini aytish imkonidan ham mahrum ekani fojia ko'lamini yana kuchaytiradi. Negaki, hukmron mafkura sovet tuzumida yashayotgan odamlarning hammasidan yoppasiga baxtiyorlikni talab qilardi. Qayg'u haqida gapirayotgan odam mavjud tuzumning dushmani sanalardi. Zulfiyaga, yuragi alamlardan pora bo'lgan yorga, hijrondan o'rtanayotgan beva ayolga, norasida farzandlarining so'roqlariga javob topib bera olmayotgan bag'ri qon onaga, baxtsizlikdan o'rtanayotgan shoiraga g'am to'g'risida, hijron to'g'risida keragidan ortiq yozmoqda degan ayb qo'yiladi! Bu da'voni begonalar emas, uni yaxshi biladiganlar, yonida yurganlar qilishadi. Ushbu holat she'rda, garchi, "Yig'laysan deb do'stlarim ta'na qilar. Netay men?" tarzida muloyim bir hazinlik

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bilan ifodalangan esa-da, bu misralar zamirida adoqsiz va unutilmas alam silqib yotibdi.

Ahdida ustuvor va tuyg'ulariga xiyonat qilmagan shoiraning kechinmalari sovimaydi. Alami, hijroni har zumda yangilanib, tobora kuchayib boraveradi. Ro'zg'ori, farzandlari, kitoblari, do'stlari yo'qotgan kishisini qayta-qayta esga solavergani bois quyidagi o'tli satrlar qog'ozga inadi: "Sovush bermaydi menga, Yoqib ketganing olov". Muhabbatning olovi - mangu yongulik qudratga ega. Aql yorning qaytib kelmasligiga iqror bo'lsa ham, ruh bunga ko'nikmaydi, u berahmlik bilan qaytmas bo'lib ketgan yorga talpinaveradi. Sadoqatli shaxsning azoblari tinimsiz davom etaveradi. Ushbu dramatik holat shoiraning shaxsigagina tegishli bo'lsa-da, u kechirgan tuyg'ular chin bo'lgani bois boshqalarga ham begona emas.

Shoiraning "Ne baloga etding mubtalo" she'rida Hamid Olimjon nomi to'g'ridan-to'g'ri tilga olinmaydi. Ammo shoiraning hayot yo'li bilan birmuncha tanish bo'lgan har bir o'qirman she'rning u haqda ekanligini tuyishi tayin. She'rdagi alamli murojaat, javobsiz savollar kimga atalganini aniqlashga urinish shunga olib keladi. She'r 1945 yilda yozilgan. Fojia ro'y berganiga yil o'tgan, lekin uning alamlari eskirgan emas. "O'tdi oylar g'am bilan oqib, Dil topmadi zarra tasallo" misralarida shoiraning insoniy dardi ko'lami tasvir etiladi. Oylarning g'am bilan oqishi tasviri tuyg'uning miqyosi va shiddatini o'qirman tasavvurida gavdalantirishga xizmat qiladi. Ayriliq tufayli paydo bo'lgan g'am daryoday oqmoqda. Hijron oylari ana shu g'am o'zanida oqib bormoqda. Vaqt tinimsiz o'tib borayotir. U har qanday dardni unuttirishi kerak. Lekin vaqtning o'tishidan shoira dili zarra qad ar tasalli topa olmayapti. Haqiqiy va ulkan yo'qotish oldida vaqt ham ojiz.

Ikkinchi banddagi "Ko'z ochgani qo'ymaydi alam, Boshim qo'ysam kuydirar bolish" misralarida teran poetik ma'no o'ta ta'sirli shaklda ifoda etilgan. Alamning zo'ridan ko'zini ocholmaydigan holga tushgan, yuragidagi g'am o'tining kuchi beva ayolning aslida muzday bo'ladigan bolishini kuydirar darajaga yetgani ifodasi shoira tuyg'ularini o'qirmanga ham to'la yuqtiradi. Ko'ngilda yonayotgan ayriliq alangasi sabab yostiq boshni kuydirishi ifodasining shu qadar shoirona berilishi o'qirmanni befarq qoldirmaydi. She'rda iztirobli tuyg'ular g'oyat izchil tasvirlangan: vujud va yurak qiynog'i ifodasidan keyin bu qiynoqlarni bosish uchun kitob va qalamga qo'l urilgani, ammo na kitob, na qalam qahramonni yupata olgani aks etadi. "Misralarim ko'tarar nolish" satrida esa kuchli mantiq juda chiroyli ifodasini topadi: ayriliq iskanjasidagi odam g'amni unutmoq uchun qo'liga qalam olsa-da, qalam o'z-o'zidan yana nolani, yana dardni, yana hijronni ifodalayveradi! Chunki chinakam she'r ko'ngil holatining manzarasidir. Ko'ngilda esa ayriliq dardi hukmron. Shoira o'z

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hissiyoti xurujining quyuq manzarasini bergach, so'raydi: "Nahot shuncha ma'sum, shuncha pok Sevishmoqda alam bor shuncha". Sirtdan qaraganda, bu so'zlar oshiqqa qaratilganday ko'rinsa-da, aslida taqdir, qismat so'roqqa tutilmoqda. "Shuncha" so'zining takror ishlatilishi g'amining naqadar kattaligini o'zi ham tuzukroq tasavvur qilolmayotgan kishi holatini aks ettirgan. Hushyor she'rxon yuqoridagi misralarda Hamid Olimjonning mashhur "Ofeliyaning o'limi" she'ridagi "Hali sevishmoqda shumidir ma'no? Faqat azob bordir qismatda, nahot?" satrlarining nuqsi borligi va bu tabiiy ekanini anglaydi.

She'rning so'nggi bandi o'qirmanni o'ylashga undashi, tuyg'ular rang-barangligini sezishga yo'naltirishi bilan ajralib turadi: Erib ketmagandim sevgingdan, Bo 'Imaslikchun baxtingdan judo, Birga qolish uchun sen bilan Kuyamanu bo 'Imayman ado.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Shoira vujudidagi tuyg'ular mavji uni baxtiyor damlar qatlanib yotgan xotiralar qirg'og'iga keltirib tashlaydi. U armon bilan eslaydi: tirikligingda sendan ayrilmaslik, baxtdan judo bo'lmaslik uchun olovli muhabbating taftida erib ketmagandim. Endi qabring poyida sen bilan birga qolish uchun shamday kuyamanu, ammo ado bo'lmayman! Demak, avval, erish mumkinligida ayrilmaslik uchun atay erimagandim, endi senga qo'shilish uchun atay kuyib ketmoqchimanu eriy olmayotirman! Bir yuksak tuyg'uning ikki qarama-qarshi ma'nolar tashiydigan baytlarda ifodalanishidagi ifoda go'zalligi she'rning badiiy qimmatini oshiradi. Zulfiyaning "Sensiz" she'ri 1970 yilda yozilgan. Mazkur she'rni shoira hayotidagi fojianing bevosita aks-sadosi deyish qiyin, chunki oradan chorak asrdan ko'proq vaqt o'tgan, oddiy tasavvurlarga ko'ra, har qanday g'am-alam unutilishi uchun yetarli fursat kechgan. She'rning ohista boshlangan dastlabki misralari ham shuni tasdiqlaganday bo'ladi: "Mana bir umrni yashadim sensiz, Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib" O'quvchi ilk misralarning ma'nosini chaqib, ular zamiridagi go'zallikni ko'ra olsa, quyidagilarni kashf etgan bo'lardi: shodliklar oshiq bilan qabrga kirgan, shu bois qaytmas, lirik qahramon buni juda chuqur his etadi. Ammo u umidvor inson, baribir qandaydir mo'jiza yuz berib yorining qaytishini kutaveradi. Shu taxlit aldamchi umid bilan butun bir umr yashab qo'yilibdi! Shuning o'zi - bir insonga yetgulik fojia. Ammo she'rdagi fojiaviy ohang misrama-misra yanada yuksalib boraveradi. Chunki lirik qahramonning yarador qalbini baxt ham, bahor ham, qish ham qiynaydi. Negaki, birovning baxti o'zining baxtsizligini esiga soladi, yorning sevgan fasli bahor qaytib kelaveradi, bahorni sevuvchi insonning o'zi esa

144

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yo'q. Qish - og'ir kechadigan fasl, shu bois barí - bir bahomi - yo'qotilgan sevgini esga tushiraveradi. Qayg'uga ham befarq bo'lolmaydi, zotan, har qanday insonning har qanday qayg'usi qahramon qayg'usiga o'xshash, hamohang! U seviklisini unuta olmaydi, esdan chiqarishga urinsa ham, buning uddasidan chiqolmaydi. Va ayriliqdan hadsiz qiynalib ketganlarida xayolan yoridan so'raydi: "Tirik ekan nega tashlab ketmading?" Bu misra - suygan odamning ilojsizlikdan, muhabbat va ayriliq qarshisidagi ojizlikdan bildirgan noroziligining avj ifodasi. Shundan keyingi misralarda yorning tirikligida shoirani tashlab ketishiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan xayoliy go'zalning sifatlari keltiriladi. Shoiraning tasviricha, suyganidan tiriklikda ayrilganda, keyingi hijron bu qadar og'ir kechmagan bo'lardi! Lirik qahramonning tuyg'ulari - pokiza. U biladi hijron azobli, tirik turib ayrilish har nedan qiyin, lekin sevgan kishisining hayoti uchun har qanday azobga-da tayyor: "Bilardim, qaydadir olasan nafas". Shoira tuyg'ular tasviri maromini buzmaydi. Lirik qahramon sevgisi rad etilgan har qanday ayol singari: "Bilaman, rashk meni etardi halok, Afzal ko'rganingni qarg'ab o'tardim", - degan so'zlari bilan o'zining bir ayol sifatidagi asl tuyg'ularini ochiq aytadi. Jonidan ortiq yaxshi ko'rgan kishisining qandaydir boshqa birov bilan qaydadir nafas olishini his qilish qahramon uchun oson emas. Garchand, u bugunga kelib, qaytarilmas yo'qotishlar qarshisida shunga ham rozi esada. Shu bois u nega tirikligingda tashlab keta qolmading, ayriliqni kechirish osonroq bo'larmidi deb iddao qiladi. Zulfiya she'rlarining aksariyatida kuchli obraz, porloq fikr ko'pincha so'nggi bandda beriladi. Lirik qahramon o'z qismatining taxirligidan nolib kelar ekan, tuyg'ular junbushi borgan sari yuksalib boraveradi. So'nggi bandda, nihoyat, shoira tan oladi: "Ma'yus taqdiringga yashab men sherik, Mushkul bo'layotir shodlik yaratmoq" U yorining qismatisiz, uning ma'yus taqdiriga sherik bo'lmasdan yashay olmaydi. Noravo hayot esa undan "shodlik yaratishni" talab etadi. Shu bois lirik qahramon suyganidan norozi bo'ladi, shu sabab alam bilan unga murojaat etadi: "Nega tirik ekan tashlab ketmading, Tashlab ketmading-sa boshlab ketmading?!" Lirik qahramon holatining, tuyg'ulari ko'lamining yorqin ifodasi she'rning so'nggi ikki misrasiga go'zal joylangan. She'rning eng so'nggi qatorida "ekansan" so'zining "sa" tarzida o'ta qisqartirib berilishi ham, - sa shakli tufayli jumla qurilishidagi o'zgarishlar ham qahramon ruhiy holatini quyuqroq ifodalashga, tasvirning ta'sirchanligini oshirishga xizmat qilgan.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Xulosa qilib aytadigan bo'lsam Zulfiyaxonim o'zbek she'riyatida o'ziga xos o'ringa ega shoira bo'lishi bilan birga inson sifatida ham shu xalqning barcha olijanob xislatlariga ega ayol bo'lgan. Bugun shu maqolani yozish va Zulfiyaxonimni ijodiga chuqurroq nazar solish orqali yana bir karra amin bo'ldimki, o'zbek adabiyoti XX asrda har qancha ziddiyatli, mashaqqatli va murakkab yo'lni bosib o'tgan bo'lmasin, unda bir qator tom manodagi ijodkorlar etishib chiqgan va ularni ichidagi porloq yuzluzlardan biri bu Zulfiyaxonim bo'lgan. Bugungi istiqlol kunlarida ularning ijodlari yangi qirralari bilan namoyon bo'lmoqda. Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi barcha xotin-qizlar uchun ibrat. Negaki, uning hayotidagi mehnatsevarligi, doimo olg'a intilishi, sevgi bobida sadoqatli yor ekanligi, badiiy ijod borasida tinimsiz izlanuvchanligi hamda hayot qiyinchilik larida esankiramasligi, erishilgan yutuqlar oldida o'zini yo'qotmasligi har qanday qiz yoki ayol qalbida havas uyg'otadi.

REFERENCES

1. Sultonova M., Ijod sahifalari, Toshkent, 1975; Zulfiya [bibliografiya], Toshkent, 1977; Sultonova M., Zulfiya, Toshkent, 1985; Ibrohimov M., Quyoshli she'riyat ijodkori, Toshkent, 1986; Ehtirom [nashrga tayyorlovchilar: Rahima Shomansurova, Ra'no Rahmonova], Toshkent, 1995.

2. Naim Karimov. m. G. Gulyama, 1983.

3. Qayumov L. Shoira Zulfiya. Toshkent, O'zadabiynashr, 1965.

4. Mirvaliev S. O'zbek adiblari. Toshkent: Yozuvchi", 2000.

5. Tanlangan asarlar (3 jildli), Toshkent, 1985.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.