Научная статья на тему 'ZULFIYA HAYOTI VA IJODIGA BIR NAZAR'

ZULFIYA HAYOTI VA IJODIGA BIR NAZAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shoira / ijod / Hamid Olimjon / hijron azoblari / sadoqat / tuyg’ular

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rahmonova Umida Tohir Qizi, Shodmonqulova Diyora Bobur Qizi, Mingyasharova Mehriniso Anvar Qizi

Maqolada O`zbekiston xalq shoirasi,taniqli jamoat va davlat arbobi, jurnalist,tarjimon va Sotsialistik Mehnat Qahramoni Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligi munosabati bilan uning hayot va ijod yo’llari yoritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Rahmonova Umida Tohir Qizi, Shodmonqulova Diyora Bobur Qizi, Mingyasharova Mehriniso Anvar Qizi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZULFIYA HAYOTI VA IJODIGA BIR NAZAR»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

ZULFIYA HAYOTI VA IJODIGA BIR NAZAR Rahmonova Umida Tohir qizi Shodmonqulova Diyora Bobur qizi Mingyasharova Mehriniso Anvar qizi

Toshkent Tibbiyot akademiyasi talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.10618140

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-February 2024 yil Ma'qullandi: 04- February 2023 yil Nashr qilindi: 05- February 2023 yil

KEY WORDS

shoira, ijod, Hamid Olimjon,hijron azoblari,sadoqat, tuyg'ular.

Maqolada O^zbekiston xalq shoirasi,taniqli jamoat va davlat arbobi, jurnalist,tarjimon va Sotsialistik Mehnat Qahramoni Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligi munosabati bilan uning hayot va ijodyo'llariyoritiladi.

Zulfiya Isroilova-1915-yil Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avvalo boshlang'ich maktabda so'ng xotin-qizlar bilim yurtida tahsil olgan.Shundan keyin turli nashriyotlarda, 1936-1980-yillar oralig'ida qariyb 30 yil mobaynida respublikamizda keng tarqalgan"Saodat"nomli xotin-qizlar jurnalida bosh muharrir bo'lgan. Shoira badiiy ijodga juda erta kirishdi. O'n yetti yoshida "Hayot varaqalari" deb atalmish dastlabki she'riy kitobini chop

ettirdi. Uzoq ijodiy umr^i davomida o'ttizga yaqin she'riy to'plamlar, o'ndan ortiq dostonlar yaratdi. Shoira hammani o'ylatadigan, barcha kishilarga jaxldor bo'lgan holatlarni she'rga soladi. Shuning uchun ham yozganlari ko'pchilikka manzur bo'ladi.

Zulfiyaxonim Isroilova Hamid Olimjon bilan turmush qurgan. Biroq ular orzularga to'la hayot kechirayotgan pallada 1944 yil 3 iyulda Hamid Olimjon hayotdan ko'z yumadi. Zulfiyaning boshiga og'ir musibat tushdi. Ayrilik alamlari, hijron azoblari tufayli tug'yon urgan shoiraning qalbiga yana she'r xamdard bo'ldi. Zulfiya ijodida hijron, sadoqat to'g'risidagi she'rlar salmoqli o'rin egallaydi. Bu - tabiiy hol. Negaki, u o'zining ikki kishi uchun yashalgan uzoq umri davomida ayriliqning ellik ikki yillik yo'lini bosib o'tib, hijron kuychisi va sadoqat timsoliga aylandi. Shoiraning nihoyasiz ayriliqning hasratlari aks etgan she'rlarida badbinlik, umidsizlik, noshukurlik, so'ngsiz qayg'uga asirlik tuyg'ulari yo'q. Uning hijronzada she'rlarida suyguvchi, suygani bois ayriliqdan qattiq kuyguvchi, ammo hayotdagi yorug'liklarni ko'ra olguvchi va ko'rganiga shukronalik qilguvchi shokira ayol sezimlari aks etgan. Vafodor yor va sadoqatli do'stning murakkab insoniy tuyg'ulari " Hijron kunlarida", "Baxtiyor sevgini kuylardi sozim", " Ne baloga etding mubtalo", "Sen haydasan yuragim" kabi she'rlarida hazin ohangda yangragan edi.

Zulfiya she'riyati tabiatga hamda uning ajralmas qismi va yuqori cho'qqisi bo'lmish odamzotga nisbatan hayajonli sevgi bilan burkangan. Uning she'rlarida tabiat och ranglarda, yorqin bo'yoq va timsollarda gavdalanadi. Xalq orasida shoiraning "Oydinda", "Sensiz", "Yurak", "Falak", "Bahor keldi seni so'roqlab", "O'g'irlamang qalamim bir kun", "Bo'm-bo'sh qolibdi bir varaq qog'oz" kabi she'rlari, "O'g'lim, sira bo'lmaydi urush", "Mushoira" kabi she'rlari mashhur.

Iqtidorli shoira va yozuvchi, inson qalb tug'yonlarini o'tkir bilimdoni bo'lib, turli janrlarda asarlar yaratgan: dostonlar, balladalar, elegiyalar, nasriy she'rlar, hikoyalar, ocherklar, publististik maqolalar va gazeta xabarlari."Uni Farhod der edilar", "Quyoshli qalam", "Xotiram siniqlari" kabi lirik va liro-epik dostonlar muallifi. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L. Ukrainka, V. Inber va boshqa ko'plab shoirlarning asarlaridan namunalarni o'zbek tiliga tarjima qilgan.

U tomonidan, shuningdek, o'zbek bastakorlarining operalariga librettolar ham yozilgan, masalan, "Zaynab va Omon" operasiga libretto. Shu bilan birga, turmush o'rtog'i Hamid Olimjon qalamiga mansub "Semurg'" dostoni mavzusi asosida, ertak-sahna asarini ham yozgan. Shoira adabiy-ijtimoiy faoliyati uchun ko'pgina davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Zulfiya she'riyati hissiy ta'sirchanligi, tuyg'ulari rozining originalligi, mushohada va ifoda tarzining o'ziga xosligi bilan betakrordir. Ayniqsa, ijodining

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

umumbashariyligi va zamonaviyligini, asarlarida sadoqatu vafo tuyg'ulari insoniylikning bosh mezoni darajasiga ko'tarilganligini kashf etish hamon dolzarbdir. Zulfiya yangi davr ayollar she'riyatining manshaida turib XX asr o'zbek adabiyotining ayol shoiralari poetik maktabini yaratdi.

Xulosa qilib aytganda Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi barcha xotin-qizlar uchun ibrat. Negaki, uning hayotidagi mehnatsevarligi, doimo olg'a intilishi, sevgi bobida sadoqatli yor ekanligi, badiiy ijod borasida tinimsiz izlanuvchanligi hamda hayot qiyinchilik larida esankiramasligi, erishilgan yutuqlar oldida o'zini yo'qotmasligi har qanday qiz yoki ayol qalbida havas uyg'otadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sultonova M., Ijod sahifalari, Toshkent, 1975; Zulfiya [bibliografiya], Toshkent, 1977; Sultonova M., Zulfiya, Toshkent, 1985; Ibrohimov M., Quyoshli she'riyat ijodkori, Toshkent, 1986; Ehtirom [nashrga tayyorlovchilar: Rahima Shomansurova, Ra'no Rahmonova], Toshkent, 1995.

2. Qayumov L. Shoira Zulfiya. Toshkent, O'zadabiynashr, 1965.

3. Mirvaliev S. O'zbek adiblari. Toshkent: Yozuvchi", 2000. 5. Tanlangan asarlar (3 jildli), Toshkent, 1985

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.