Научная статья на тему 'ZULFIYA LIRIKASI BADIIYATI'

ZULFIYA LIRIKASI BADIIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
612
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lirika / badiiyat / poetik olam / lirik talqin / lirik qahramon / badiiy obraz / obrazlilik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Zuxra Bolibekova

Maqolada shoira Zulfiya ijodi haqida ma’lumot berilgan. Shoira she’rlaridagi badiiy olam, lirik talqin, lirik kechinma tahlil qilingan. Fikrlar nazariy ma’lumotlar bilan asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZULFIYA LIRIKASI BADIIYATI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ZULFIYA LIRIKASIBADIIYATI

Zuxra Bolibekova

SamDCHTI, O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabasi

Annotatsiya: Maqolada shoira Zulfiya ijodi haqida ma'lumot berilgan. Shoira she'rlaridagi badiiy olam, lirik talqin, lirikkechinma tahlilqilingan. Fikrlar nazariy ma'lumotlar bilan asoslangan.

Kalit so'zlar: lirika, badiiyat, poetik olam, lirik talqin, lirik qahramon, badiiy obraz, obrazlilik.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7608016

Аннотация: В статье представлена информация о творчестве поэтессы Зульфии. Анализируется художественный мир, лирическая интерпретация, лирический опыт стихотворений поэта. Мнения основаны на теоретических данных.

Abstract: The article provides information about the work of the poetess Zulfia. The artistic world, lyrical interpretation, and lyrical experience of the poet's poems are analyzed. Opinions are based on theoretical data.

Ключевые слова: лирика, художественность, поэтический мир, лирическая интерпретация, лирический герой, художественный образ, образность.

Key words: lyric, artistry, poetic world, lyrical interpretation, lyrical hero, artistic image, imagery.

Zulfiya Isroilova - taniqli va iqtidorli o'zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o'tkir his qilgan - mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she'riyatining nufuzi - bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o'ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. O'zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro "Nilufar", Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofatlari sohibasidir. Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang'ich maktabda, so'ng xotin -qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935-1938-yillarda O'zekiston fanlar akademiyasining til va adabiyot instituti aspiranturasida o'qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1935-yildan 1980-yilgacha, qariyib o'ttiz tilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan "Saodat" nomli xotin - qizlar jurnalida bosh muharrir bo'lgan. Zulfiyaxonim Isroilova Hamid Olimjon bilan turmush qurgan. Biroq ular orzularga to'la hayot kechirayotgan pallada 1944-yili mashina halokati tufayli turmush o'rtog'idan ayrildi. Shoira esa 1996-yilda 81-yoshida vafot etadi. Shoira badiiy ijodga juda erta kirishdi. "20-30 she'r yozib, gazeta-jurnallarda bostirgan odam, - shoir bo'lavermaydi, albatta, - deydi Zulfiya o'z tarjimai holida. - Buni yoshlikda anglash qiyin. Men ham ko'p yozdim, she'rlarimda ma'lum adabiy tashbihlar takrorlanayotganini

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

payqamasdim. Shu bois birinchi to'plamimni tavakkal "Hayot varaqlari" deb ataganman" . O'n yetti yoshida "Hayot varaqalari" deb atalmish dastlabki she'riy kitobini chop ettirdi. Uzoq ijodiy umri davomida o'ttizga yaqin she'riy to'plamlar, o'ndan ortiq dostonlar yaratdi. Shoira hammani o'ylatadigan, barcha kishilarga Jaxldor bo'lgan holatlarni she'rga soladi. Shuning uchun ham yozganlari ko'pchilikka manzur bo'ladi. Zulfiyaning ulkan iste'dodi faqat yurtimizdagina emas balki dunyo miqyosida ham e'tirof etilgan. U - xalqaro "Nilufar" mukofoti egasi.

Shoira sherlarining el aro mashhurligi tasodifiy emas. U bolaligidan olamga hayrat ko'zi bilan qarovchi, uning boshqalar ko'rolmaydigan jihatlarini ilg'ovchi qizaloq ekanligi bilan ajralib turardi. Buning ustiga, oilasidagi muhit ham yosh Zulfiyada badiiy ijodga ishtiyoqni alangalatardi. Shoira bolaligini shunday eslaydi: "Otamni... Isroil degrez der edilar. Otam zahmatkash temirchi edi. Otamning hamma vaqt olovga yo'ldosh kasbidan faqat zavq ko'rar edim. Otamday qudratli odam yo'q edi men uchun. Temirlar otam qo'lida chaqmoqlar taratishiga boqib, hayratda qolar edim. Uning qo'llari cho'g'ga aylangan temir parchasini istagan shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga qodir edi. Men hali-hanuz otamday bolishni orzu qilaman, ammo na iloj, inson qalbiga kira bilish temirga ishlov berishdan mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish har kimga ham muyassar bo'lavermas ekan...

Mening onam o'zining ta'bincha, "usti butun - ichi tutun" ayollardan edi. U hamma vaqt kamgap, xayolchan edi, lekin fikrlari, o'ylari mudroq emasligini, unga mutelik, zaiflik yot ekan-ligini bilar edim. Ruhidagi ma'yuslik, ovozidagi hazinlik faqat uning xarakteriga xos bir sifatgina edi, xolos.

"Zulfiya lirikasi teran tafakkur va jo'shqin hissiyot vobastaligidan hosil bo'lgan she'riyatdir. Shoira lirik qahramoni ko'pda yuksak intellekt sohibasi ekanligi sezilib turadi. U biroz o'ychan, ba'zan falsafiy, ba'zida esa jiddiy va ta'sirchan. Shoira ma'naviy-ruhiy izlanishlarida his-tuyg'ular manzarasi, kechinma tarangligi, o'tkir dramatik vaziyat va kolliziyalar bo'rtib turadi" .

Bu fikrlarning isbotini shoira lirikasi bilan asoslasak maqsadga muvofiq bo'lar edi:

Sevmay qo'ydim tunni,

Sevmayman tunni.

Butun vujud bo'lib kunni kutaman.

Nafis, shaftolining guliday nurli -

Shaffof nafasiga yuzim tutaman .

Shoira Zulfiya lirikasining pafosini vafo va sadoqat, mehr va muhabbat, insoniylik tashkil qiladi. Shoira lirikasi kitobxonga vafo darsidan saboq beradi, qalbiga yorug' nur misol kirib boradi:

Mana bir umrni yashadim sensiz, Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib, Tobuting boshida chukkanimda tiz,

Bu misralarda shoira Zulfiyaning turmush o'rtog'I Hamid Olimjonga bo'lgan muhabbati, sadoqati va mehrining in'ikosi tasvirlangan. Zulfiya ijodida hijron, sadoqat

Farzandlar ko'tardi qo'limdan tutib.

JOl R\A L-RESEA RCHS. COM

I

102

FEBRUARY, 2022

I

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

to'g'risidagi she'rlar salmoqli o'rin egallaydi. Bu - tabiiy hol. Negaki, u o'zining ikki kishi uchun yashalgan uzoq umri davomida ayriliqning hijronli yo'lini bosib o'tib, hijron kuychisi va sadoqat timsoliga aylandi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, shoira Zulfiyao'zbek she'riyatida o'ziga xos o'ringa ega shoira bo'lishi bilan birga inson sifatida ham shu xalqning barcha olijanob xislatlariga ega ayol bo'lgan. Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi barcha xotin-qizlar uchun ibrat. Negaki, uning hayotidagi mehnatsevarligi, doimo olg'a intilishi, sevgi bobida sadoqatli yor ekanligi, badiiy ijod borasida tinimsiz izlanuvchanligi i hamda hayot qiyinchiliklarida esankiramasligi, erishilgan yutuqlar oldida o'zini yo'qotmasligi har qanday qiz yoki ayol qalbida havas uyg'otadi. Bu go'zal xislatlari qalblarimizni go'zallikka oshufta etadi.

Adabiyotlar ro'yxati

1. Зулфия. Асарлар. 3-жилд. Камалак. - Тошкент: Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1986. - Б. 125-126.

2. Зулфия. Асарлар. Уч жилдлик. 2-жилд. Мушоира.- Тошкент: Е.Еулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1985, 37-б.

3. Умурова Г. Зулфия бадиий олами поэтик мактаби. Дисс.автореф. Самарканд, 2020, 17-б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.