Научная статья на тему 'XX ASRNING 70-80-YILLARI O‘ZBEK AYOL IJODKORLARI'

XX ASRNING 70-80-YILLARI O‘ZBEK AYOL IJODKORLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
7081
239
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ocherk / drammatik asar / lirik asar / epik asar / davlashtirish / ijtimoiy-siyosiy hayot / she’r tahlili. / essay / dramatic work / lyric work / epic work / periodization / social and political life / analysis of poetry.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sugdiyona Ashurovna Ismoilova, Nodira Djoxongirovna Xolikova

Ushbu maqolada XX asrning 70-80-yillaridagi o‘zbek ayol ijodkorlari, xususan, Zulfiyaxonim ijodi kengroq tahlilga tortilgan. XX asr o‘zbek adabiyoti davlashtirilib o‘quvchiga sodda tilda tushuntirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UZBEK WOMEN POETESSES OF THE 70-80s OF THE XX CENTURY

The article presents a broad analysis of the creativity of Uzbek artists of the 70-80s of the twentieth century, in particular Zulfiyakhanim. Uzbek literature of the twentieth century was periodized and explained to the reader in simple language.

Текст научной работы на тему «XX ASRNING 70-80-YILLARI O‘ZBEK AYOL IJODKORLARI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022

XX ASRNING 70-80-YILLARI O'ZBEK AYOL IJODKORLARI

Sug'diyona Ashurovna Ismoilova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Nodira Djoxongirovna Xolikova

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada XX asrning 70-80-yillaridagi o'zbek ayol ijodkorlari, xususan, Zulfiyaxonim ijodi kengroq tahlilga tortilgan. XX asr o'zbek adabiyoti davlashtirilib o'quvchiga sodda tilda tushuntirilgan.

Kalit so'zlar: ocherk, drammatik asar, lirik asar, epik asar, davlashtirish, ijtimoiy-siyosiy hayot, she'r tahlili.

UZBEK WOMEN POETESSES OF THE 70-80s OF THE XX CENTURY

ABSTRACT

The article presents a broad analysis of the creativity of Uzbek artists of the 70-80s of the twentieth century, in particular Zulfiyakhanim. Uzbek literature of the twentieth century was periodized and explained to the reader in simple language.

Key words: essay, dramatic work, lyric work, epic work, periodization, social and political life, analysis of poetry.

KIRISH

San'at turlari orasida adabiyot alohida o'rin tutadi. Adabiyotda insonning ichki tuyg'ulari goh oshkora, goh yashirin holda bayon etiladi. Badiiy adabiyot xoh lirik, xoh nasriy turda bo'lsin, o'quvchiga birdek ta'sirchanlik bag'ishlaydi. Ko'p asrlik o'zbek adabiyotida XX asr adabiyotining o'rni beqiyosdir. Jumladan, aynan shu davrda adabiyotimiz xazinasida roman, qissa, drama, komediyalar va jahon adabiyoti namunalari o'rin egallay boshladi. XX ars adabiyoti turli davrlarga bo'lib o'raganishni taqazo etadi. Bu davlar quyidagilardan iborat:

1. XX asr boshidagi o'zbek adabiyoti ( 1905-1917) yillar.

2. 30-40-yillar adabiyoti.

3. 50-80-yillar adabiyoti.

4. Hozirgi adabiy jarayon ( 90- yillar )

Bu davriy bosqichlar va undagi ijodkorlar bo'yicha adabiyotshunoslikda bir necha tadqiqotlar, ilmiy va badiiy asarlar yaratilgan. Xususan, 50-80-yillar adabiyotidagi o'zbek ayol ijodkorlari haqida so'z ketganda Hakima Hasanova, Qozoqboy Yo'ldoshev, Laziz Qayumov, Ozod Sharafiddinov, Abdulla Oripov va

173

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

boshqa ijodkorlarning Zulfiyaxonim she'rlari jozibasi, o'zgachaligi haqida bildirgan fikrlari alohida e'tiborga loyiqdir.

ASOSIY QISM

Ushbu davr adabiyotida ko'p ijodkorlar xalqning yurak-yuragiga kirib boruvchi asarlar yaratishdi. Ayniqsa ayol ijodkorlarimiz qizlarimiz va ayollarimizning og'ir mehnatga jalb qilinganligi, ularning ruhiy iztiroblari haqqoniy chizgilar orqali asarlarida bayon etilgandir. Ulardan Y.Rahimova, Z.Isroilova, O.Tojiboyeva, Sh.Isaxonova, D.Saidova. S.Vafo, H.Hudoyberdiyeva, Z.Qurolboy qizi, M.Ahmedova va boshqalar samarali ijod qilishgandir. Bu o'rinda baxt va muhabbat kuychisi, sadoqat ramzi hisoblangan Zulfiyaxonim ijodiga alohida to'xtalishimiz lozimdir. O'zbekiston xalq shoirasi, Hamza nomli Respublika davlat mukofoti, Javaharlal Neru va xalqaro "Nilufar" mukofotining laureati bo'lgan Zulfiyaxonim o'zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biridir. Uning ijodida xalqlar do'stligi, tinchlik, insoniy muhabbat, vafo va sadoqat, hijron iztiroblari, ona va farzandga mehr, eskilik sarqitiga qarshi kurash, yangilik g'alabasini ulug'lash kabi qator mavzular sevib ishlandi. Zulfiyaxonimda o'zbek ayolining qalbi butun murakkabligi bilan o'z ifodasini topdi. U 1915-yildaning 1-martida Toshkentning O'qchi mahallasida tug'ilgan. Zulfiyaxonimning onasi to'g'risida shunday gaplari bor: "Hozirgiday zamon va sharoitda yashaganda onam kim bo'lardi - shoirami, olimami bilmadim. Lekin shunga aminmanki, mo'jizalar yatatishga qodir, jahonni ko'zga keng ochuvchi, insonni go'zallik sari yetaklovchi, so'zga shaydolik hissini mening qalbimga ostona xatlab ko'chaga chiqmagan oddiy ayol - onam uyg'otgan", - degan edi. Shoiraning ilk she'riy to'plami "Hayot varaqlari" 1932-yilda chop etilgandir. Uning "Men ishchi qizi", "Bizlar", "Ikki o'rtoq", "Ona", "Ozod qizi", "Maktab yo'linda" kabi ko'pgina she'rlarida mehnatni sevuvchi qizlar keltirilgan deyilgan. Aslida esa sovet tuzumi davrida og'ir mehnatdan qiynalgan o'zbek ayol va yoshgina qizlar aks etgan. Zulfiyaxonimga "O'g'lim sira bo'lmaydi urush", "Mushoira", "Men chizolmagan sur'at" kabi ko'pgina she'rlar katta shuhrat keltirdi. 70-yillardan boshlab uning ijodidagi milliy hayot tasvirida yangi ranglar kamalagi paydo bo'ldi, haqqoniylik his-tuyg'usi kuchaydi. "O'ylar", "Visol", "Yillar-yillar" sheriy kitoblari davom etib, shoira davrida chinakam badiiy yuksalish davri boshlanganini namoyish etdi.

Zulfiyaxonimga atalgan she'rlar u haqida yozilgan maqola va ocherklar adabiyot olamida bisyordir. Shoiraning sh'erlari xalq orasida mashxurligi bejiz emas, u tug'ma istedod sohibasi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Zulfiyaxonim o'zining tarjimai holi to'g'risida aytganda, onasi haqida shunday deydi: mening onam o'zining ta'biricha, "usti butun - ichi tutun" ayollardan edi. U hamma vaqt kamgap, xayolchan edi, lekin fikrlari, o'ylari mudroq emasligini, unga mutelik, zaiflik yot ekanligini bilar edim.

Ruhidagi ma'yuslik, ovozdagi hazinlik, faqat uning xarakteriga xos sifatgina edi, xolos. Zulfiyaxonimning she'rlari ana shunday pokiza buloqdan suv ichgan ijoddir. Tuyg'ular ifodasi bo'lgan she'rda, o'sha davr kishisining hissiyotlari aks etgan bo'ladi. "Ijodkor badiiy asar yaratarkan, o'z zamonasi, millati, urf-odati, dini, turmusht tarzi, siyosiy, ijtimoiy muhitidan keta olmaydi", - deya ta'kidlaydi adabiyotshunos Qahhor Yo'lchiyev. Shuning uchun she'r tahlil qilganimizda, millatning ayni damdagi yetakchi tuyg'usini yoki yozuvchining ichki kechinmalarini anglashimiz lozimdir. Biz Zulfiyaxonimning "Sensiz" she'rini tahlil qilishga va so'zlaridagi jozibani anglashga harakat qildik.

Bu she'mi shunchaki o'qish mumkin emas. She'rning har bir satridan muhabbat, ayriliq, hijron iztiroblari ufurib turibdi. She'rda boshdan oxirigacha sog'inch hislari aks etib turibdi. Bu she'rni o'quvchi shunchaki o'qimaydi, o'zini Zulfiyaxonimga qismatdosh, darddoshdek his qiladi. Zulfiyaxonimning umr yo'ldoshi bo'lgan H.Olimjon 1944-yilda vafot etadi va ayriliq alamlarini yillardan so'ng shu she'rga joylaydi. Ayniqsa qaytmas shodliklarning qaytishini kutib, degan satrida Zulfiyaxonim H.Olimjonni shodlikka o'xshatadi va bir umr unga sodiq qolganini, uni kutganini go'zal satrlarga tushiradi.

Tirik ekan nega tashlab ketmading? Mendan nafisroqning husniga oshiq, Mendan yoniqrog'i tortmadi seni, Endi nigohingga bor jannat oshiq.

Ushbu to'rtlikda esa Zulfiyaxonim yoriga qarata xitob qilib, tirikligida boshqani tanlab, tashlab ketishi, bu dunyoni tashlab ketishidan ko'ra yaxshi ekanligini aytadi. Bu she'rda yana shunday satrlar borki, "meni tashlab ketsang, balkim rashkdan ado bo'lar edim, ammo qayerdadir nafas olayotgan bo'larding", deydi. Hozir esa, endi husniga jannatlar oshiqligini aytib, meni ham olib ketsang, ya'ni boshlab ketsang bo'lmasmidi, deydi. Bu she'r toshday qattiq yuraklarni ham eritib yuborishi aniq. H.Olimjonning ham Zulfiyaxonimga atalgan she'rlari ichida "Eng gullagan yoshlik chog'imda" she'ri ayniqsa ahamiyatlidir. U xalqimiz sevib o'qiydigan, qo'shiq qilib kuylagan she'rlardan biridir. Ozod Sharafiddinovning "Sizni sog'indim Zulfiya opa" maqolasida "Zulfiya opa o'zlarining she'rlari bilan, iboli va hayoli fe'li atvori bilan, pokiza etiqodiyu zukko fíkrlari bilan mening hayotimda katta o'rin olgan, manaviy dunyomni katta bir qismini tashkil qilgan inson bo'lgan ekan", - degan edi. O.Sharafíddinov Zulfiya haqida ko'p yozgan, she'rlariga taqrizlar yozgan, maqolalarida u to'g'risida mulohazalar yuritgan,

Mana, bir umrni yashadim sensiz, Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib, Tobuting boshida cho'kkanimda tiz, Farzandlar ko'tardi qo'limdan tutib.

bir so'z bilan aytganda, Zulfiyaxonimning adabiy portretini yaratgan ijodkordir. Eng qizig'i, O.Sharafiddinov ham Zulfiya ijodining jozibasini to'liq ochib bera olmaganman, degan ekan. Vafo va sadoqat kuychisi, ayol qalbi tarjimoni 1996-yilda vafot etadi. Lekin Zulfiyaxonim asarlarida abadiy yashaydi. Hozirgi kunda ham Zulfiyaxonimning sadoqatiga, bardoshiga she'rlaridagi rang-barang tasvirlarga oshufta bo'lmagan, havas qilmagan inson yo'q.

Xulosa qilganda, Zulfiyaxonim o'zbek she'riyatida o'ziga xos o'ringa ega shoira bo'lishi bilan birga inson sifatida ham shu xalqning barcha olijanob xislatlariga ega bo'lgan ayol bo'lgan. Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi barcha xotin-qizlarga ibratdir. Chunki uning hayot yo'lidagi mehnatsevarlik, doimo olg'a intilish, sevgiga sadoqat hamda badiiy ijod borasida tinimsiz izlanuvchanlik har qanday qiz yoki ayol qalbida havas uyg'otadi. Shoiraning she'rlari haqida, ularning latofati, jozibasi, teranligi to'g'risida juda ko'p gapirish mumkin. Lekin Zulfiyani odamlarga ardoqli qilgan, adabiyotimizni yorqin yulduzlaridan biriga aylantigan, XX asrning buyuk ayollari qatoriga qo'shgan asosiy omil - bu uning etiqodi, juda yuksak ma'naviy va axloqiy fazilatlari, dili bilan tilining birligi, she'rlarida madh etgan insoniylik, vafo, sadoqat va diyonat degan narsalarga og'ishmay amal qilganidadir. Sheriyatga hamma o'z qo'shig'i bilan kiradi, Zulfiyaxonim she'riyatga vafo qo'shig'i bilan kirdi. Bu ayol sadoqatining yuksak tarannumiga aylandi. Shoiraning o'zligi, betakror iste'dodi she'rdan-sherga, kitobdan-kitobga yangi qirralari bilan namoyon bo'lib bordi. Shuning uchun ham Zulfiya she'rlari o'zining bor jozibasi bilan ko'z oldimizda yuksalib boraveradi. Zulfiya iste'dodi umumxalq adabiyotida alohida hodisa va o'chmas izdir. Biz shunday ijodkorlarning avlodi ekanligimizdan faxrlanishimiz va ularga munosib izdosh bo'lishga harakat qilishimiz kerak. Ayniqsa shu dorilomon kunlarga shukuronalar keltirishimiz lozimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES)

1. Hasanova H. (1976). Ayol qalbining kuychisi. Fan.

2. Hasanova H. (1981). Nozik qalblar ehtirosi. Fan.

3. Qayumov L. (1985). Zulfiya. Toshkent.

4. Zulfiya. (1965). Kuylarim sizga. Toshkent.

5. Zulfiya asarlari. (1986). Uch jildlik. Toshkent.

6. Jo'raboyeva Sh. (2019). Zulfiya sadoqat kuychisi.

7. Yo'ldoshev Q. (2013). O'zgarishlar doimiyligi // Sharq yulduzi, № 3.

8. Isroilova Z. (2014). Nazm // Sharq yulduzi 2014 № 6.

XULOSA

9. Холикова, Н. (2020). Узбек мумтоз адабиётида хотин-кизлар образининг бадиий тадрижи (Ширин образи мисолида). Academic research in educational sciences, (3).

10. Kholikova, N. D. (2020). The genesis and poetic evolution of character Shirin Alisher Navoi and the XXI centure.

11. Djokhongirovna, K. N. (2020). The period of national awakening in uzbek poetry echo of the treasure voice of the nation. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 4045-4054.

12. Холикова, Н. (2020). 9-синф адабиёт дарсида ширин образини генезисига кура урганиш. Science and Education, ^(Special Issue 2).

13. Kholikova, N. (2020). POETIC FEATURES OF UZBEK POETRY OF THE NATIONAL AWAKENING PERIOD. Theoretical & Applied Science, (4), 615-623.

14. Ziyouz.com.kutibxonasi.

15. Xurshid Davron kutubxonasi.

16. https//kitobxon.com

17. https//arboblar.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.