Научная статья на тему 'ZULFIYA IJODINING TADRIJIY TARAQQIYOTI'

ZULFIYA IJODINING TADRIJIY TARAQQIYOTI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
138
207
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZULFIYA IJODINING TADRIJIY TARAQQIYOTI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ZULFIYA IJODINING TADRIJIY TARAQQIYOTI

Xalova M.A.

SamDCHTI dotsenti, PhD

Annotatsiya:Maqolada Zulfiya badiiy olami haqida ma'lumot berilgan. Ijodkor lirik olamining tadriji, taraqqiyoti, o'ziga xos jihatlari haqida she'riy asarlari tahlili orqali munosabat bildirilgan. Nazariy ma'lumotlarga munosabatlar bildirilgan.

Kalit so'zlar: badiiy olam, lirik kechinma, lirik qahramon, ayol qalbi, mavzu va motiv, baddiy g'oya, zamov va makon, hayot haqiqati.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7510257

Abstract: The article provides information about the art world of Zulfiya. Through the analysis of his poetic works, he expresses his attitude to the fate, progress, and specific aspects of the lyrical world of the Creator. The connection with theoretical data is expressed.

Аннотация: В статье представлена информация о мире искусства Зульфии. Через анализ своих поэтических произведений высказывается отношение к судьбе, прогрессу, специфическим аспектам лирического мира творца. Выражена связь с теоретическими данными.

Ключевые слова: художественный мир, лирический опыт, лирический персонаж, женское сердце, сюжет и мотив, художественная мысль, время и пространство, жизненная реальность.

Key words: artistic world, lyrical experience, lyrical character, female heart, subject and motive, artistic idea, time and space, reality of life.

KIRISH

XX asr ayollar she'riyatida Zulfiya ijodi, adabiy-estetik qarashlari, shaxsiyati alohida sahifani tashkil etadi. Kechgan asrning 40-yillaridan so'ng yuz yillik poyoniga qadar Zulfiya fenomenichalik xalqaro e'tirofga sazovar bo'lgan ayol ijodkorlar qardosh xalqlar adabiyotida ham kamdan-kam topiladi. U 1968 - yil Hindistonning Javoharlal Neru mukofotiga, 1969 - yil Hamza nomidagi Davlat mukofotiga, 1970 - yilda Xalqaro Nilufar mukofotiga sazovor bo'ldi.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

O'nlab nomdor shoiralarga ustozlik qilganligi, ayollar she'riyatida o'ziga xos maktab yaratganligi va boshqa faktorlar Zulfiyani nafaqat o'zbek, balki sharq xalqlari adabiyotining peshqadamlari qatoriga olib chiqdi. Shoira ijodi haqida qator maqolalar, monografiyalar yaratildi, ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Biz ham ishimizning mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda shoira ijodining muhim nuqtalariga, u kuylagan mavzu va motivlarga bir qur nazar tashlab o'tishni lozim topdik.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Zulfiya o'zbek adabiyotiga mas'um va pokiza bir hayajon bilan kirib keldi. Uni tabiatning g'uborsiz manzaralari, oyning nuri tukilgan sokin kechalar, tarovatga to'lgan bog'lar, mehnat qaynagan dalalar yoshlikning ilk, toza kechinmalari - urinmagan, to'zmagan, zavol bilmagan sevgining yuraklarni to'lqinlantirgan nashidalari o'ziga tortdi, qo'liga qalam olishga o'ndadi. Zulfiyaning o'ttizinchi yillarda yaratgan eng yaxshi she'rlarida juda toza, bokira intilishlar, bokira tuyg'ular mavjlanib turadi. Hamma ijodning ilk davrida bo'lganidek, Zulfiyaning ilk davr she'rlarida bahor, mayin yellar, bog'larda ochilgan chaman gullar, chechaklar yaproqlarida jilvalangan oy nurlari, oftobning hayotbaxsh shu'lalari, shaldirab oqqan tiniq soylar suyi, zavq bilan tasvirlanadi. Nimaiki toza, beg'ubor bo'lsa, yosh shoiraning xayoli shunga maftun bo'ladi, maftunligi she'rga ko'chadi. Shoiraning 1935 - yilda yozilgan "Bahor kechasi" deb atalgan, so'lim oydin kecha manzarasi tasvirlangan she'rida shunday qiziq bir satrlar bor:

Ko'k baxmalga gullar burkangan, Lab ochmagan, bulbul o'pmagan Ko'zim tushdi olma guliga, Dedim: taqsam eng go'zal birin -So'ylab bersa... mening chakkamda Dilbarligin, go'zallik sirin.

Nima uchun yosh shoirani "lab ochmagan, bulbul o'pmagan" olma guli o'ziga tortadi? Shoira o'z hissiyotlarida unga yaqinlik ko'radi, hissiyotlaridan o'nga o'xshashlik topadi. Olma gulidagi mujassam tabiatning bokira kuyini o'z qalbiga uyg'un ko'radi. Gul tabiat sahifasida qanchalik bir qo'shiq bo'lsa, inson ham olam qarshisida shunday bir qo'shiqdir. Yosh shoira shu ikki qo'shiqning bir-biriga mutanosib ekanligini his qiladi va bokira gulni bokira so'z bilan kuylatadi. Zulfiyaning ilk she'rlari juda manzaradordir. Ularda tabiatning masarratga to'lgan manzaralari nurli bir nigoh bilan kuzatiladi. Yosh shoiraning tashbehlari va sifat-tavsiflarida

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ham tabiatga oshufta bir odamning ko'z qarashlari aks etadi. Uning tasvirlarida yaproqlar zilol, havolar beg'ubor, ko'k, tonglar nurli, oq, shamollar mayin, dalalar zumrad liboslarga burkanib ko'rinadilar. O'ttizinchi yillar Zulfiya she'rlarining ichki qurilishi sodda, ularda murakkab obrazlar, mushkul kechinmalar yo'q, tashbehlar ham shular barobarida hiylagina an'anaviy bo'lib qolgan tashbehlar edi... Ayni zamonda uning she'ri tarkibining pishiqligi, bandlarning gul-yaproqlariday bir-biriga mutanosibligi, ohanglarning tiniqligi bilan ajralib turadi: Yonar yulduz, ko'kda oy kular, Bari qarar qizning yuziga. Goh suqlanar, gohi rashk bilan Qaray-qaray oqar yo'liga.

"Kutish" deb atalgan she'rdan olingan bu parchada qofiyaning odatiy ayon nishonlari ko'rinmaydi. Lekin boy ichki qofiyalar tufayli misralar o'ziga xos bir jarang bilan o'qiladi. Ayni choqda shoira misralarda va ayniqsa, ularning boshi va oxirida bir-biriga ohangdosh so'zlarni shunday ustalik bilan ishlatadiki, ulardan misraning xonasi yop-yorug' bo'lib turadi. Zulfiyaning birinchi uch kitobi - "Hayot varaqalari", "Qizlar qo'shig'i" va "Hulkar" bir-birlaridan ancha farq qiladilar. Nazarimizda bu jihatda shoiraning uchinchi kitobi bilan uning adabiy taqdirida jiddiy burilish ro'y beradi, uning she'ri kamolotining barcha ayon belgilariga ega bo'la boshlaydi. Shoiraning ilk ijodidan uning kelgusi she'rlariga qator xususiyatlar bir umrga ko'chib o'tdilar.1 Zulfiya bir umr tabiatga oshiq hassos shoira bo'lib qoldi. Uning ij odida tabiatning jonli nafasi tegmagan, tabiatning alvon bo'yoqlari aks tashlamagan, tabiatning ona ko'ksidan oziqlanmagan she'r kamdan-kam uchraydi. Uning she'riyatida ayol qalbining: qiz, xotin, ona qalbining nozik kechinmalari, orzu-umidlarini ochib beriladi. O'zbek ayoli taqdirining yorqin badiiy tarixini chizadi. Shular va shunga o'xshash yana boshqa qator jihatlar Zulfiyaning ilk davr lirikasidan uning keyingi davr she'riyatiga albatta sifat tomonidan juda ham boyigan holda o'tib bordi va Zulfiya she'rining xos tomonlarini belgilaydigan bo'ldi.

Muttasil shodlik va muttasil baxtiyorlikda yashaydigan odamlar yo'q. Inson hayotiga nogohon qattol urushlar, og'ir ayriliqlar yana nomi talay - talay bo'lgan baxtsizliklar dam-badam o'z hukmini o'tkazib turadi. Bularning bari odamzodning bardoshini, uning ruhiy kamolotini, qoyalarda ham yo'q irodasini sinash uchun yaratilganga o'xshab ko'rinadi. Zulfiyaning urush davri lirikasi insonning kelajagiga butkul ishonch bilan to'liq. Zulfiya bu

1 Fa^ypoB H. ^M-amni gapaxT. T.: F.Fy^OM HOMHgara AgaônëT Ba cam^T HampnëTH, 1976, 189-6.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

davrda mardlikni, hech bir istisnosiz vafodorlik va sadoqatni, Vatan manfaatlari uchun jon olib jon bermoqqa tayyorlikni madh etdi. Zulfiyaning urush yillarida yozgan har bir she'rini umidning ovozi deyish mumkin. U juda ham chuqur va juda ham insoniy. U juda ham toza va yetuk tafakkurdan tug'ilgan. Uning chashmasi tuzumning jon qobig'ida. U qurimaydigan, aynimaydigan chashma. Zulfiyaning satrlariga shu chashma o'zgacha bir havo bag'ishlaydi. U ayriliq tunlarida insonga hamdam bo'lgan, uning qaddini rostlagan, cho'ktirishga yo'l qo'ymagan umid.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zulfiya she'riyatining elliginchi yillar mavzu doirasi g'oyatda kengaydi. Jahonning xaritasi siyosiy jihatdan o'zgardi. Shu o'zgarish Zulfiya she'riyatiga ham o'zgacha kuylar olib kirdi:

Hayot go'zalligi she'riyatining Yoniq nafasiga to'lsin bu jahon. Xavfdan xalos bo'lgan bashariyatning Qo'shig'in to'qisin ozod, tinch inson. Davrimiz mehrga to'liq bir olam, Do'stlar bari jam, Buyuk mushoira etadi davom, Kelingiz siz ham!

Bu - Zulfiya she'riyatining gultojlaridan bo'lgan "Mushoira". U o'zida tinchlik, tenglik, ozodlik istagan ellarning orzularini aks ettirdi va shu orzularning chinakam gimni bo'lib jarangladi. Shoira mushoira - bu hayot, u hayotni kuylaydi deb aytadi va o'z kuylariga inson hayotining jonli hayotni singdiradi.

Oltmishinchi yillardan boshlab Zulfiyaning she'riy kamolotida yangi bir davr boshlandi. U o'zining "O'ylar", "Shalola" singari yoniq insoniy mehr bilan to'liq she'riy turkumlarini o'rtaga tashladi. "Quyosh qalami" dostonini yaratdi. U bu asari bilan she'riyatda chinakam yangi so'z aytdi. O'zbek she'riyatining hali ochilmagan imkoniyatlarini - inson ruhini tasvirlashda qanchalar qudratli bo'la olishini namoyish qildi. Uning she'rida inson murakkab ruhiy olamining tasviri kuchaygan va noziklashgan sari she'riyatning tasviriy imkoniyatlari ham boyib, yaxshi ma'noda murakkablashib bordi. Filologiya fanlari doktori G.Umurova "Shoira Zulfiyaning badiiy olami" nomli monografiyasida shoira she'riyatining mavzu-mundarijasini quyidagi olti tamoyil asosida o'rganishni maqsadga muvofiq hisoblaydi:

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

1. Muhabbat mavzusidagi she'rlar;

2. Vatan mavzusidagi she'rlar;

3. Tabiat va inson munosabatlari aks ettirilgan she'rlar;

4. Aralash mavzudagi she'rlar;

5. O'lim mavzusidagi she'rlar;

6. Publisistik mavzudagi she'rlar.

Uning fikricha, shulardan ikkinchi, to'rtinchi va oltinchi tamoyillarda shoira estetik olami, badiiy tafakkuri real mohiyat kasb etgan. Tuyg'ularning toshqin suvrati, alam va hijron, yolg'izlik va mahzunlik kayfiyati poetik obraz darajasiga ko'tarilganida mangulik va yo'qlik chegarasiga aniqlik kiritiladi. Shuningdek, ta'sirdorlik, musiqiylik muhabbat manzumalarida ham o'ziga xos betakrorlikni yuzaga chiqaradi .

Adabiyotshunos Ibrohim G'afurov "Zulfiya siymosi" maqolasida shoira ijodiga yangicha ijtimoiy-falsafiy qarashlar bilan yondoshadi. Olimning fikriga ko'ra Zulfiya fenomenini yuzaga chiqargan olimlar bu ular sulolasining uzoq asrlar davomida avloddan avodga o'tib kelayotgan va muqaddas bilgan qadriyatlari kompleksidir. Shundan kelib chiqqan holda Zulfiya ijodini o'rganishda "tug'ma oliy tuzilma", "tug'ma g'oya" kabi yangicha falsafiy istilohlarni qo'llaydi2.

"Hayot varaqlari"dan boshlangan ijod yo'lining "Xotiram siniqlari"gacha bo'lgan masofa tarix oldida uncha katta davr emas, biroq ijodkor hayotida juda uzoq va mashaqqatli masofa. "Hayot varaqlari" nashr etilganda shoira navqiron sevgi yoshida edi, "Xotiram siniqlari"da yozganidek:

Menmi? Men shu qadar yosh edim hali,

Yoshlik-g'am-begona biri-biriga.

Qutulmoqqa anduh botqoqlaridan

Osildim muhabbat shodliklariga.

"Xotiram siniqlari" yozilganda shoira 80 yoshda edi. "Hayot varaqlari"dagi romantik ko'tarinki kayfiyatdagi lirik qahramon 1995 - yil yozilgan "Xotiram siniqlari"ga kelib shafqatsiz realizmga yuzma-yuz keldi. Bir tuzum boshqa bir tuzumga, bir mafkura boshqa mafkuraga joy bo'shatdi.

Hurriyat, keldingmi - nahotki kelding,

2 Fa^ypoB H. chhmoch // fflapK; ro^gy3H, 2015, №1. - E. 114-120.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Pinhona sog'indim, pinhona kutdim...

Yomg'irga bag'rini bergan sahrodek,

Sening nasimingga qalbimni tutdim.

"Pinhona sog'inib", "pinhona kutmoq" - bu 80 yoshli shoiraning xotira siniqlaridan zada bo'lgan qalb nidosi, munojoti, dil iqrori. Nafaqat bu yoshda balki Zulfiyadan o'n, yigirma yosh kichiklar ham bu achchiq haqiqatni tan olishmadi. Zulfiya she'riyatining badiiyatini va abadiyatini belgilagan omillardan biri ham shu haq va haqiqatga ishonch, yorug' kunlarga umidvorlik bilan qarashda.

... Aka ko'zingizda otash bor edi, Aka, joningizda quyosh bor edi, Sultonlikka loyiq kelbat, layoqat, Sardorniki yanglig' bardosh bor edi.

Sizni-da qora tun oldilarmikin, Qo'lingizga kishan soldilarmikin, Yukinish, yalinchmas - g'ururni ko'rib, Vahshiy g'azablarda yondilarmikin?!3

"Xotiram siniqlari"ni XX asrning barcha fojealarini boshdan kechirgan sulola tarixi desak xato bo'lmas. Bu doston shoira ijodining yangi sifat bosqichiga ko'tarilganligini ta'kidlayotgandek bo'laveradi.

Quyoshimiz tahqir dog'in kuydirgan, Qullikmas, Zakovat esh bo'lib azal, San'ati o'lmasga haykal qo'ydirgan! Sizni Zebuniso dardidan voqif, Nodirabegimga etay oshno! Siz nomi she'r, She'ri qalbidan oqib

Chiqqan pok dillardan o'qing chin vafo! (Zulfiya "Saylanma", 258-b.)

Ayollar she'riyatining xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, har bir shoira o'z asarlarida o'ziga tengdosh yo o'zidan oldin yashab o'tgan shoiralar shaxsiyatiga, ijodiga murojaat qilgan, munosabat bildirgan. Ba'zan o'z asarlarini ular ijodi bilan qiyoslagan. Bu

3 CaräaHMa. T.: "Sharq"HampHeT - MaT6aa a^uagop^HK KOMnaHuacu 6om TaxpupHHTH, 2015, 261-6.

JOl 1RNA L-RESEA RCHS. COM

I

51

JANUARY, 2023

I

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

shundan shohidlik beradiki, "ayollar adabiyoti" degan istiloh uncha keng iste'molda bo'lmagan esada, biroq shoiralar tasavvurida shu istilohni ifoda etadigan tushunchalar mavjud bo'lgan. Zulfiyaning "Sharqning o'zi ona bo'lgan hamisha" dostonidan keltirilgan yuqoridagi she'riy misralar ham buni ta'kidlab turibti.

Shoiraning Jahon otin Uvaysiy tavalludining ikki yuz yilligi munosabati bilan yozgan muxammasi ayollar lirikasining adabiyot gulzorida alohida bir buston ekanligini ko'rsatadi. Bu yonda Nodirabegim, bu yon Mahzuna lutf etsa, Nazmgo'ylik tuzar bo'lsak, ko'ngil torin quvonch chertsa, Umidni she'r etib sochsak, tuman dilga borib yetsa, Necha Gulchehralar ozod, ko'yingga jo'r bo'lib ketsa,

Bu xil mumtoz shuhratdin ko'ngil tog' o'ldi, tog' o'ldi. (Zulfiya "Saylanma",

189-b.)

Adabiyotshunos G.Umurova Zulfiya kuylagan adabiy mavzularni to'rt guruhga ajratadi: a) taqdir; b) qalb; v) burch va baxt; g) taqdir ustidan g'alaba. Bu, albatta shoira kuylagan mavzularning umumlashma ko'rinishi. Shu bilan bir qatorda bahor, kuz, hijron, sevgi va sadoqat, tong, yaqin insonlar yodi kabi mavzu va uning o'zagi bo'lib xizmat qilgan motivlarni ham aytib o'tish mumkin. Zulfiyaning istalgan she'rini, uning tarkibini tekshirib ko'rish mumkinki, ularning barida ana shu yuqorida sanab o'tgan motiv va tushunchalar ba'zan alohida holda, ba'zan uyushgan holda ko'zga tashlanadi.

Taqdir zarbalariga bardosh berib, XX asrning deyarli barcha ko'rguliklariga shohid bo'lgan shoira umri davomida tong va baxtni kuylashga intildi, yorug' kunlar umidi bilan yashadi va ijod qildi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Adabiyot tarixida nom qozongan yetuk iste'dod egalari juda ko'p. Biroq hayotligidayoq poetik maktab yaratganlar barmoq bilan sanarli. Shulardan biri shubhasiz, shoira Zulfiyadir. Poetik maktabning shakllanishi, rivoj topib adabiyotda muayyan salmoqqa ega bo'lishi turlicha yo'llar bilan kechganligiga guvoh bo'lamiz. Ba'zida yetuk ijodkor vafotidan so'ng uning an'analarini kengaytiradigan izdoshlari paydo bo'lib adabiy maktab maqomiga erishadi. Ayrim hollarda esa ijodkor bevosita yetishtirgan shogirdlari bilan birgalikda shunday maktabga asos solishi mumkin. Zulfiya poetik maktabi haqidagi ilmiy mulohazalar o'tgan asrning yetmishinchi yillari avvalida bildirila boshlangandi. T.Jalolov, O.Ikromov, keyinchalik O.Sharafiddinov, I.G'afurov turli chiqishlarida bu maktab xususida to'xtalib o'tishgan. O'tgan

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

yillar davomida bunday mulohazalar o'z isbotini topdi. G.Jo'rayeva, E.Oxunova, G.Nurullayeva, H.Xudoyberdiyeva, O.Hojiyeva, X.Bobomurodova kabi o'nlab shoiralar Zulfiya izdoshlari sifatida e'tirof etildilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Зулфия. Сайланма. Т.: "Sharq"нашриёт - матбаа акциядорлик компанияси бош тахририяти, 2015.- Б.271.

2. Умурова Г. Шоира Зулфиянинг бадиий олами. Т.: "Навруз" нашриёти, 2014. -Б.99.

3. Шукуров Н.ва бошкалар. Адабиётшуносликка кириш. Т.: "Укитувчи", 1984. -Б.269.

4. Гафуров И. Ям-яшил дарахт. Т.: Е.Еулом номидаги Адабиёт ва санъфт нашриёти, 1976. - Б.228.

5. Гафуров И. Зулфия сиймоси // Шарк юлдузи, 2015, №1. - Б. 114-120.

6. Aslanova, H. A. UDK: 891.709 IJODIY MUTANOSIBLIK VA GADOIY IJODI. ILMIY AXBOROTNOMA, 22.

7. Мамирова, Д. Ш. (2020). REKLAMA MATNLARINING TIL XUSUSIYATLARI. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(4).

8. Aslanova, H. (2020). The concept of features of «Beauty» in the creative heritage of Gadoi. JOURNAL of CRITICAL REVIEWS (ISSN-2394-5125. Vol 7. ISSUE 15.2020. SCOPUS Q4, 6 H index), 2672-2676.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.