Научная статья на тему 'ZULFIYA HAYOTBAXSH TUYG‘ULAR KUYCHISI'

ZULFIYA HAYOTBAXSH TUYG‘ULAR KUYCHISI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
339
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
she’riyat / Zulfiya / hayotbaxsh tuyg‘ular / xalqchillik

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nafisa Quvvatova

maqolada xalqimizning sevimli va faxrli ijodkori Zulfiya Isroilova she’riyatining o‘ziga xos jihatlari, xususan o‘tkir mushohadasi, jo‘shqin ehtirosi hamda hayotbaxsh lirik tuyg‘ulari to‘g‘risida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZULFIYA HAYOTBAXSH TUYG‘ULAR KUYCHISI»

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

lW

>

ZULFIYA - HAYOTBAXSH TUYG'ULAR KUYCHISI

)> l )>*

Nafisa Quvvatova

SamDChTI akademik litseyi ona tili va adabiyot o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6783550

' t

1> -Hí**-

Annotatsiya: maqolada xalqimizning sevimli va faxrli ijodkori Zulfiya Isroilova she'riyatining o'ziga xos jihatlari, xususan o'tkir mushohadasi, jo'shqin ehtirosi hamda hayotbaxsh lirik tuyg'ulari to'g'risida so'z boradi.

Kalit so'zlar: she'riyat, Zulfiya, hayotbaxsh tuyg'ular, xalqchillik.

IjtM ^ijt

She'riyat - qanday mo'jizaki, u na vaqt, na millat va na bir chegara bilmaydi. O'zbek she'riyatida shunday ijodkorlar borki, ularning ijodi asrlar o'tsa hamki o'z

r\n o n m rnr\m im nn-hr inmirnimi T t/~\ ' /^i rvlm nxr/11 W nnr r\ ' TKal^ o nzi ' n\rnfi mnrr T tí~\ rn 1 n

ohangi, rangi va nafis tarovatini yo'qotmaydi. XX asr o'zbek she'riyatining yorqin

>

*

namoyondasi Zulfiya Isroilova ijodiga ham shunday baho berish mumkin. Zulfiya ijod ufqi keng, badiiy mushohadasi o'tkir, ehtirosi jo'shqin ijodkor edi. Uning she'riyatida hayotbaxsh lirik tuyg'ular barq urib turadi. Ularda kelajakka ishonch va

umid, yangi-yangi fikrlarga boy chuqur g'oyaviy mazmun uning she'rlarida yaqqol namoyon bo'ladi. Shoiraning ijodi hali hanuzgacha ayol-qizlarimizning yo'lchi yulduzi, sabr va matonat timsoli, vafo-sadoqat barq urib turgan mo'jizaviy g'oyalar to'plami bo'lib kelmoqda. Zulfiya hayotidagi qiyinchiliklarni, sinovlarni sabot bilan

yengib o'tdi. Hayotga bo'lgan ishonch va umidlari so'nmadi. Bu esa shoiraning har

............ .....„ ......... .

bir she'rlarida o'z aksini topadi. Fikrimiz tasdig'i sifatida shoiraning "Seni kuylayman hayot" nomli she'rida ham ko'rishimiz mumkin: "Yashash aziz hissi tanda kezganda, Umr ko'pi kechib, armon dilni ezganda, Hatto o'zni xasta, zaif sezganda, Og'ir, benaf o'ydan yurak bezganda Seni kuylayman, hayot!"

Chindan ham, shoira "Umr ko'pi kechib, armon dilni ezganda ham Seni

m

kuylayman, hayot!", deya baralla kuylar ekan, o'quvchiga ham o'zining tuyg'ularini,

fikrlarini singdira oladi. She'riyatida lirika va publitsistik ruh birdek ufurib turadigan

Zulfiya ustoz shoirimiz Mirtemir aytganidek: "Zulfiyaxonim she'riyatiga xos J "l > \ 1 >

tomonlar - poeziyaning hamma turlarida va vaznlarida qalam tebrata olishidadir. Siyosiy lirika ham, muhabbat o'lanlari ham, minbar she'rlari ham, erkin she'r ham birdek o'z o'rnida - o'z jarangdorligida. Ayniqsa, zamona zarurligi jihatdan

voqeaband she'r ta'sirchan-u, minbar egallashga to'la haqqi bor. Zulfiyaxonim

„i^-i™ _____________________i; „u;.™- 1_____u:______•

she'rlari ko'proq voqeaband, manzarali, ko'z oldingizda hayotning bir parchasi, bir

* : j*

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

bo'lagi yarqirab turgani-turgan. Bu birinchi galda katta mahorat belgisi, yetuklik

#

>

belgisi, hayotga yaqinlik belgisidir. Asllik, ya'ni taqliddan yiroqlik ham shoira she'riyatining yaxshi xususiyatidir"[2.8].

Zulfiya ijodining har bir satrida hayotsevarlik hissi ufurib turadi. Proffessor Saydulla Mirzayev shoira Zulfiya haqida shunday yozadi: "Hayotda en g aziz va eng sevimli insonidan judo bo'lgach, g'oyat qiynaladi, ruhan azob chekadi. Lekin hayotdan voz kechmaydi, tushkunlikka tushmaydi. U hayotni kuylash, el-yurtiga sitqidildan xizmat qilish orqali o'z dardiga davo topadi va ana shu hayot haqiqatini

i 11 or- ./11

g'oyat bosiqlik va mohirlik bilan she'r misralarining mag'iz- mag'iziga joylaydi". [3.301]. "Hayot jilosi" she'ridan olingan quyidagi misralar ham yuqoridagi fikrlarni

[j.joij. Hayot jilosi sue ridan omigaii quyidagi misral^ ham yuqoridagi iikilaim

to'laligicha tasdiqlaydi:

"Qaradim-u ko'zimni ortiq Uzolmadim tirik hayotdan. Sozim, qalbim, qo'shig'im bilan Maftun bo'ldim men qayta boshdan".

Faxriy shoira Zulfiyadagi hayotga bo'lgan qaynoq mehr-muhabbat go'yo she'r misralaridan oqib turgandek bo'ladi. El dardiga kuyingan, xalqning quvonchiga qo'shilib quvongan shoira o'zgacha matonat va ilhom egasi edi. Zulfiya ijodida

+H

»

m?

"Xotiram siniqlari" nomli dostoni o'ziga xos o'rin egallaydi. Doston mustaqillik davri mahsuli bo'lib, unda mustaqillik dil-dildan ulug'langan. Shoira asarda umri davomida o'z boshidan kechgan yaxshi va yomon kunlarini eslab hayot va jamiyat taraqqqiyoti haqida, baxt va baxtsizlik to'g'risida teran poetik mulohaza yuritgan. Sho'rolar davridagi achchiq hayot qoldirgan dard-u alamlarini, orzu-istaklarini doston misralari qat-qatiga to'kib slogan:

"Hurriyat, keldingmi - nahotki kelding... Pinhona sog'indim, pinhona kutdim. Yomg'irga bag'rini tutgan sahrodek -Sening nasimingga bag'rimni tutdim... Kelding-ey, Istiqlol, istiqbol bo'lib, Qalbimga nasiming bilan yo'l solding. Sen shu hur nazmga ixtiyor berib, Men og'ir bulutdek bir yog'ib oldim"

Shoira yangi hayot - mustaqillik haqida hayajon bilan kuylar ekan, yangi-yangi

tashbehlar, yorqin obrazlar yaratgan. Mustaqillikning buyuk ne'mati bo'lgan j "1 > ' ^^ i haqiqiy hurriyatni, chin erkinlikni katta quvonch bilan olqishlagan, shu tarzda el-yurt

! K*

ko'ngliga harorat baxsh etgan.

Xulosa qilib aytganda, shoira Zulfiya ijodi asrlar oshsa ham o'z xalqchilligini yo'qotmaydi. She'riyatida tarannum etilgan sof-samimiy tuyg'ular, insoniy dard-

i__i •______1 ^ ^ 1 Jx^u ___1____11' A ~ _ _ i •

kechinmalar kitobxonlar qalbida yashayveradi.

34 | ' L

is* » J

SWfS ■

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6 Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Бобоев T. Адабиётшунослик асослари. - Тошкент: Узбекистан, 2002.

2. Mirtemir. Tong kuychisi. Zulfiya. Asarlar (ikki jildlik, 1-jildiga yozilgan so'zboshi). - Toshkent.:1974.

3. Mirzayev S. XX asr o'zbek adabiyoti. - Toshkent.: Yangi asr avlodi, 2005.

>4*

Ш

-^fV-iiT }»--^SfV-^Y ¡s.—

B5

jW^ y

q ж**

ЩУ>

ц

Ы >

q > >

wi >

Ы:>

q

Ы >

^й >

q

>

^й >

И**

>

q

>

q > >

q щъ q

*4>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.