Qalb va bahor kuychisi
Farangiz Xurshidovna Payg'amova Toshkent tibbiyot akademiyasi
Annotatsiya: O'zbek adabiyotida o'zining dilga yaqin ijodi bilan o'chmas iz qoldirgan Zulfiyaxonim Isroilova bugungi o'zbek qizlarining haqiqiy siymosidir. Bahorning ilk kunlari barchamizga Zulfiyaxonimni eslatadi. Shuning uchun ham Bahor kuychisi deymiz. Zulfiyaxonim Toshkent viloyatida temirchi oilasida dunyoga kelgan. U yoshlikdanoq intiluvchan bo'lgan. U ni biz iste'dodli shoira, tarjimon, jurnalist, mehribon ona, sadoqatli yor va barcha insoniy fazilatlarni o'zida jamlagan inson timsolida ko'ramiz. Zulfiya maktab davrida ham boshqalardan o'z bilim va salohiyati bilan ajralib turgan. Uning ilk she' riy to'plami o'n yetti yoshida nashr etilgan. Uning qalbga yaqin she'rlari barchaga birdek yoqqan. Shu sababli ham Xalqaro davlat mukofotlari sohibasi bo'lgan. Zulfiya tur xil doston, ballada, ocherk, elegiya, hikoya va publisistik maqolalar yaratgan. Uning ko'plab she'riy to'plamlari bo'lib, "Semurg'" pyesasi hamda "Zaynab va Omon" opera librettolari teatrlarda sahnalashtirilgan. Har yil bahorning ilk kunlaridayoq mamlakatimiz barcha maktab, litsey, kollej va instutlarida Zulfiyaxonim xotirasiga bag'ishlab tur xil tadbirlar o'tkaziladi. Unga o'zbek xalqining haqiqiy jasoratli ayoli sifatida qarladi. Yorqin xotirasiga bag'ishlab Zulfiyaxonim nomli davlat mukofot va davlat stipendiyalari ta'sis etilgan. Har yili mamlakatimizning 28 nafar eng iqtidorli har tomonlama iste'dod sohibasi bo'lgan qizlarimiz saralab olinib ushbu mukofotni shaxsan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning qo'llaridan olishadi.
Kalit so'zlari: Javoharlal Neru, jurnalist, muharrir, Hamid Olimjon, Hulkar va Omon, "Hayot varaqlati", "Nilufar" mukofoti
Singer of heart and spring
Farangiz Khurshidovna Paygamova Tashkent Medical Academy
Abstract: Zulfiyakhanim Israilova, who left an indelible mark in Uzbek literature with her heartfelt works, is the true image of today's Uzbek girls. The first days of spring remind us all of Zulfiya Khan. That's why we call it Spring Song. Zulfiyakhanim was born in the family of a blacksmith in Tashkent region. He was ambitious from a young age. We see her as a talented poetess, translator, journalist, loving mother, devoted husband and a person who embodies all human qualities. Zulfia stood out from
others with her knowledge and potential even during her school days. His first poetry collection was published at the age of seventeen. Everyone liked his heartfelt poems. For this reason, he was the recipient of international state awards. Zulfiya wrote various epics, ballads, essays, elegies, stories and journalistic articles. He has many poetry collections, the play "Semurg" and the opera librettos "Zaynab and Amon" were staged in theaters. Every year, in the first days of spring, all schools, lyceums, colleges and institutes of our country hold various events in memory of Zulfiyakhanim. She was regarded as a truly courageous woman of the Uzbek people. Zulfiyakhanim state award and state scholarships were established in memory of Yorkin. Every year, 28 of our country's most talented girls are selected and receive this award from the hands of our President Shavkat Mirziyoyev Miromonovich.
Keywords: Jawaharlal Nehru, journalist, editor, Hamid Olimjon, Hulkar and Amon, "Life sheet", "Nilufar" award
Asosiy qism:
Taniqli o'zbek shoirasi, inson qalb tug'yonlarining o'tkir bilimdoni, bahor kuychisi-Zulfiyaxonim Isroilova. U 1915-yil 1-mart sanasida Toshkent viloyati, Degrez mahallasi, Isroil temirchi oilasida tug'ligan. Bolalik vaqtlaridan boshlab adabiyotga o'zgacha mehr qo'ygan. 1922-yildan 1931-yilgacha maktabda, so'ng 1931 - 1934-yillar orasida qizlar bilim yurtida tahsil oldi. 1931-yil Xotin-qizlar pedagogika bilim yurtiga o'qishga kirgan. Kuchli bilim va salohiyati bilan ajralib turgan Zulfiya bilim yurtini 1934-yilda a'lo baholar bilan tugatgan. 1935-yil O'zbekiston SSR Fanlar qo'mitasi qoshidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasiga o'qishga qabul qilindi. Bilim olish bilan birga o'z iste'dodini namoyon qilib borgan.
Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935 - 1938- yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948-yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, O'zbekiston davlat nashriyoti bo'lim mudiri, 1953- yilgacha «Saodat» jurnalida bo'lim mudiri, 1953-yildan to 1980-yilga qadar, salkam o'ttiz yil davomida, shu jurnalning Bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. Mashhur o'zbek shoirasi, o'ziga xos she'riyati bilan minglab qalblarga yetib borgan. O'z ijodini Zulfiyaxonim taxallusi bilan boshlagan. Zulfiya ko'p qirrali ijodkor bo'lib shoira, jurnalist, tarjimon bo'lishi bilan birga jamoat ishlarida ham faol bo'lgan. O'zbekiston xalq shoirasi (1965). Mehnat Qahramoni (1984). Xotin-qizlar pedagogika bilim yurtini tugatgach (1931-1934), 1935 yilda esa O'zbekiston Fanlar qo'mitasi qoshidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasiga o'qishga kirgan. Shu yili shoiramiz taniqli ijodkor Hamid Olimjon bilan turmush quradi.
1-rasm. Xislari varaqlarga ko'chgan Zulfiya Keyinchalik Omon va Hulkar farzandlari dunyoga keladi. Zulfiya endi ham ijodkor, ham mehribon ona, suyukli rafiqa ma'sulyatini oladi. So'ng Yoshlar va o'smirlar adabiyoti nashriyotida muharrir (1938-1940), O'zbekiston davlat nashriyotida bo'lim mudira (1941-1950), "O'zbekiston xotin-qizlari" ("Saodat") jurnalida bo'lim mudirasi (1950-1953) va bosh muharrir (1954-1985) bo'lib ishlagan. Uning ilk she'ri 1931 yilda "Ishchi" gazetasida bosilgan. Dastlab 1932 yillar "Hayot varaqalari" she'rlar to'plami nashr etilgan. Shundan keyin uning "Temiroy" (1934), "She'rlar", "Qizlar qo'shig'i" (1939) she'riy kitoblari e'lon qilingan. Zulfiy she'riy ijodining porlashi "Uni Farhod der edilar" (1943), "Hijron kunlarida" (1944) va "Hulkar" (1947) to'plamlari bilan bog'liq. Ayniqsa, Hamid Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) yozilgan, ruhiy silsilalar va qalb iztiroblari bilan to'la she'rlar Zulfiya ijodida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'lganidan darak beradi.
2-rasm. Ikki qalb ilhomi birlashgan on U shaxsiy fojiasi tasviri orqali 2-jahon urushidan katta talafot va yo'qotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodaladi. 40-yillar oxirida e'lon qilingan Sovet davlatining san'at va adabiyot to'g'risidagi qarorlari o'zbek adabiyotiga ham katta zarar keltirdi. Zulfiya badbin kayfiyatlar - pessimistik kechinmalar kuychisi sifatida ta'na toshlari ostida qoldi. Shundan keyin u, boshqa qalamkash birodarlari singari, "davr g'oyalari" ni ifodalovchi she'rlar yozishga o'tdi. Lekin ko'p o'tmay, o'zbek
ayollari hayotini yaxshi biluvchi shoira va jurnalist sifatida dugonalari haqida she'r va publitsistik maqolalar yozdi, ularni ijtimoiy faollikka chaqirdi, insoniy haq-huquqlarining poymol bo'lmasligi uchun kurashdi. 50-yilarning 2-yarmida u Osiyo va Afrika yozuvchilarining tinchlik va xalqaro birdamlik shiori ostida o'tgan harakatida faol qatnashib, jahonning ko'pgina mamlakatlarida bo'ldi. Hindiston, Misr, Yaponiya va qo'shni respublikalarga qilgan safari shoira ijodida chuqur iz qoldirdi. "Mushoira", "O'g'lim, sira bo'lmaydi urush", "Qozog'iston o'lanlari", "Men chizolmagan surat" singari she'rlari Zulfiyaga shuhrat keltirdi. Har yili erta bahorda ikki bog'lam binafsha ko'tarib, o'zbekning sevimli shoirasi Zulfiyaxonim haykali qoshiga borar ekanmiz, beixtiyor qalbga yaqin misralari jaranglaydi: Hamon e'tiqodim - haqiqat, haqdir, So'zlayman yuzimni tutib Ka'baga. Yemira olmaydi o'tkinchi taqdir, Osuda o'tadi ruhim abadga. E'zozlar, ardog'lar uchun tashakkur, Asli Siz oftobim, men ziyosiman. Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur, Baxtim shul - O'zbekning Zulfiyasiman
3-rasm. Toshkentdagi Zulfiya haykali Zulfiya she'rlarida tasvir etilayotgan hayot ko'lami kengayib, ijodiga xorijiy xalqlar hayoti manzaralari ham kirib keldi. 70-yillardan boshlab uning ijodidagi milliy hayot tasvirida yangi ranglar kamalagi paydo bo'ldi, haqqoniylik va his-hayajon kuchaydi. "O'ylar" (1965) she'riy guldastasi bilan boshlangan voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili "Visol" (1972), "Yillar, yillar..." (1975) she'riy kitoblarida davom etib, shoira ijodida chinakam badiiy yuksalish davri boshlanganini namoyish etdi. U yana doston janriga qaytib, ustoz Oybekning so'nggi safariga bag'ishlangan "Quyoshli qalam" (1970) dostonini yaratdi. Ayni paytda shoira bolalarga bagishlangan turkum she'rlar ham yozdi ("Lolaqizg'aldoq", 1975).
1935 yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurgan va uning bevaqt vofotidan so'ng ko'plab mahzun she'rlar yaratgan. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L.Ukrainka, V. Inber va boshqa ko'plab shoirlarning asarlaridan namunalarni o'zbek tiliga tarjima
qilgan. Zulfiya she'riyati tabiatga hamda uning ajralrnas qismi va yuqori cho'qqisi bo'lmish odamzotga nisbatan hayajonli sevgi bilan burkangan. Uning she'rlarida tabiat och ranglarda, yorqin bo'yoq va timsollarda gavdalanadi. Zulfiya hayotining muhim bir qismini Hamid Olimjonning adabiy merosini o'rganish va nashr etish ishiga bag'ishladi. Ruhidagi ma'yuslik, ovozdagi hazinlik, faqat uning xarakteriga xos sifatgina edi, xolos. Tuyg ular ifodasi bo'lgan she'rda, o'sha davr kishisining hissiyotlari aks etgan bo'ladi. "Ijodkor badiiy asar yaratarkan, o'z zamonasi, millati, urf-odati, dini, turmusht tarzi, siyosiy, ijtimoiy muhitidan keta olmaydi", - deya ta'kidlaydi adabiyotshunos Qahhor Yo'lchiyev. Shuning uchun she'r tahlil qilganimizda, millatning ayni damdagi yetakchi tuyg'usini yoki yozuvchining ichki kechinmalarini anglashimiz lozimdir. Biz Zulfiyaxonimning "Sensiz" she'rida huddi o'sha xislar gavdalangan:
Mana, bir umrni yashadim sensiz.
Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib.
Tobuting boshida cho'kkanimda tiz.
Farzandlar kotardi qolimdan tutib.
She'rning har bir satridan muhabbat, ayriliq, hijron iztiroblari ufurib turibdi. She'rda boshdan oxirigacha sog'inch xislari aks etib turibdi. Bu she'ri o'quvchi shunchaki o'qimaydi, o'zini Zulfiyaxonimga darddoshdek his qiladi. Zulfiyaxonimning umr yo'ldoshi bo'lgan Hamid Olimion 1944-yilda vafot etadi ya ayriliq alamlarini yillardan so'ng shu she'rga joylaydi.
ii im n mtm
4-rasm. Hamid Olimjon bilan birgalikda ijodlari Zulfiya she'riyatining nufuzi - bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o'ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. O'zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro "Nilufar", Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofatlari sohibasidir.
Shoira esa 1996-yilda 81-yoshida vafot etadi. Uzoq ijodiy umri davomida o'ttizga yaqin she'riy to'plamlar, o'ndan ortiq dostonlar yaratdi. Shoira hammani o'ylatadigan, barcha kishilarga Jaxldor bo'lgan holatlarni she'rga soladi. Shuning uchun ham
yozganlari ko'pchilikka manzur bo'ladi. Zulfiyaning ulkan iste'dodi faqat yurtimizdagina emas balki dunyo miqyosida ham e'tirof etilgan. U - xalqaro "Nilufar" mukofoti egasi. Shoira she'rlarining el aro mashhurligi tasodifiy emas. U bolaligidan olamga hayrat ko'zi bilan qarovchi, uning boshqalar ko'rolmaydigan jihatlarini ilg'ovchi qizaloq ekanligi bilan ajralib turargan. Uning yorqin xotirasiga bag'ishlab O'zbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga ko'ra o'zbek kinostudiyasi tomonidan filmlar suratga olingan. Filmning televidenie orqali namoyishi xalqimizga manzur
5-rasm. Hamid Olimjon va Zulfiyani gavdalantirgan O'ZMTRK yosh xodimlari Zulfiya nomidagi davlat mukofoti - O'zbekiston Respublikasining Davlat mukofotlaridan biri. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta'sis etish bo'yicha takliflarni qo'llab-quvvatlash to'g'risida" 1999-yil 10-iyundagi farmoniga binoan ta'sis qilingan. Maktab, litsey, kollej va oliy o'quv yurtlarida a'lo xulqi, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi, o'qishdagi muvaffaqiyatlari bilan alohida iste'dodini namoyon qilib ta'lim olayotgan, istiqlol g'oyalarini amalga oshirish yo'lida astoydil mehnat qilayotgan 30 yoshgacha bo'lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, sport, san'at, fan, ta'lim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun beriladi. Mukofot Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ikkitadan vakillariga jami 28 nafarga beriladi.
Xulosa qilib aytganda Zulfiyaxonim o'zbek she'riyatida o'ziga xos o'ringa ega shoira bo'lishi bilan birga inson sifatida ham shu xalqning barcha olijanob xislatlariga ega ayol bo'lgan. Maqolani yozish davomida shunga amin bo'ldimki, o'zbek adabiyoti XX asrda har qancha ziddiyatli, mashaqqatli va murakkab yo'l bo'lmasin shu yo'lni bosib o'tkanlardan biri Zulfiyaxonimdir. Bugungi istiqlol kunlarida Zulfiyaxonim kabi
ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 406 LME^^H]
bo'ldi.
6-rasm. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti
Xulosa:
o'zida odamiylik xislatlarini yuksak tutgan shoiralar biz yosh avlod uchun ibratdir. Uning ijodini chuqur o'rganish bizga ham ilhom bag'ish etadi. Negaki, uning hayotidagi mehnatsevarligi doimo olg'a intilishi, sevgi bobida sadoqatli yor ekanligi, badiiy ijod borasida tinimsiz izlanuvchanligi hamda hayot qiyinchilik larida esankiramasligi, erishilgan yutuqlar oldida o'zini yo'qotmasligi har qanday qiz yoki ayol qalbida havas uyg'otadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Hasanova H. (1976). Ayol qalbining kuychisi. Fan.
2. Hasanova H. (1981). Nozik qalblar ehtirosi. Fan.
3. Qayumov L. (1985). Zulfiya. Toshkent.
4. Zulfiya. (1965). Kuylarim sizga. Toshkent
5. Zulfiya asarlari. (1986). Uch jildlik. Toshkent.
6. Joraboyeva Sh. (2019). Zulfiya sadoqat kuychisi.
7. Yoldoshev Q. (2013). O'zgarishlar doimiyligi / Sharq yulduzi, Ne 3
8. Isroilova Z. (2014). Nazm // Sharq yulduzi 2014 Ne 6
9. Karimov N.Zulfiya. Ma'rifiy biografik asar. - T., G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015.
10. Umurova G. (2014). SHoira Zulfiyaning badiiy olami. Monografiya. -Toshkent, "Navro'z", 156 b.
11. Umurova G. (2018). Zulfiya lirikasida tuyg'ular tadriji // Xorijiy filologiya. Samarqand, 4(4), B.83-88
12. Umurova G. (2017). Zulfiya badiiy mahoratining ba'zi qirralari //O-zbek tili va adabiyoti.- Toshkent, 5(5), B.85-90.
13. Zulfiya. Adabiy o'ylar. - Toshkent: "Fan", 1985
14. SHarafiddinov O. Sizni sog'indim, Zulfiya opa! - ljodni anglash baxti.- T.,17. SHarq, 2004.
15. Hljieva O. To*rt tanho. Toshkent, "Ozbekiston", 2013 WITHIN
16. Blotirova Sh.I. (2020). FORMING ATRIOTIC S P IRIT PEDAGOGICAL EDUCATION CLUSTER. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(10),200-205 otirova SH.I. (2020). Problemnble aspektbl, svyazannbie primenenien
17. pedagogicheskix texnologii i interaktivnbix metodov na urokax. "Science and Education" Scientific Journal, 1(7), 465-472
18. Botirova Sh.1. (2018). The Role of Artistic Literature In The Spiritual Development of Youth. Mirovaya nauka, 5(14), 26-28
19. Botirova SH.I. (2020). Inson va hayot voqeligini metaforik uyg'unlashtirishda badiy psixologizmning o'rni. So'z san 'ati, 2(3), 19-23.
20. Botirova SH.I. (2020). Badiiy psixologizm kriteriylari va zamonaviy ozbek romanchiligi. Tafakkur ziyosi, 2(2), 146-148.
21. Botirova Sh.I. (2018). Methodology And Technology of Social And Pedagogical Activity. Teoriya i praktika sovremennoy nauki, 1(31), 14-16.