Научная статья на тему 'MAQSUD SHAYXZODA HAYOTI VA IJODINING O’ZBEK MILLIY ADABIYOTIDAGI TUTGAN O’RNI'

MAQSUD SHAYXZODA HAYOTI VA IJODINING O’ZBEK MILLIY ADABIYOTIDAGI TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1725
145
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hayoti / asarlari / she`riy to`plamlar / ocherklar / tarjima kitoblar / falsafa / adiblarning fikri / ijodiy do`stlari. / life / works / poetry collections / essays / translated books / philosophy / writers' opinions / creative friends.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abdujalilova, Mohinur Valijonovna, Axmatjanov, Ravshanjon Nematjonovich

Maqsud Shayxzoda san`at, adabiyot tarix va falsafaga qiziqgan ko`p qirrali istedod soxibi bo`lgan. Bundan tashqari u mohir tarjimon ham bo`lgan. Uning yaratgan asarlari manaviy merosimiz va boyligimiz hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko`p joylarga Maqsud Shayxzoda nomiga berilgan. Bundan tashqari uning nomiga medal , stipendiyalar ham ta`sis etilgan..

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF MAKSUD SHAYKHZODA'S LIFE AND WORK IN UZBEK NATIONAL LITERATURE

Maksud Shaykhzoda was a multi-talented man interested in art, literature, history and philosophy. He was also a skilled translator. His works are our spiritual heritage and wealth. Today, many places are named after Maqsud Shaykhzoda. In addition, medals and scholarships were established in his name.

Текст научной работы на тему «MAQSUD SHAYXZODA HAYOTI VA IJODINING O’ZBEK MILLIY ADABIYOTIDAGI TUTGAN O’RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

MAQSUD SHAYXZODA HAYOTI VA IJODINING O'ZBEK MILLIY ADABIYOTIDAGI TUTGAN O'RNI

Abdujalilova Mohinur Valijonovna

Toshkent davlat transport universiteti Ekologiya atrof muhit muhofazasi lkurs

talabasi

Axmatjanov Ravshanjon Nematjonovich

Ilmiy rahbar: Transport energetik qurilmalar kafedrasi mudiri PhD

ANNOTATSIYA

Maqsud Shayxzoda san^at, adabiyot tarix va falsafaga qiziqgan ko^p qirrali istedod soxibi bolgan. Bundan tashqari u mohir tarjimon ham bolgan. Uning yaratgan asarlari manaviy merosimiz va boyligimiz hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko^p joylarga Maqsud Shayxzoda nomiga berilgan. Bundan tashqari uning nomiga medal, stipendiyalar ham ta^sis etilgan..

Kalit so zlar: hayoti, asarlari, sheMy to^plamlar, ocherklar, tarjima kitoblar, falsafa, adiblarning fikri, ijodiy doлstlari.

ABSTRACT

Maksud Shaykhzoda was a multi-talented man interested in art, literature, history and philosophy. He was also a skilled translator. His works are our spiritual heritage and wealth. Today, many places are named after Maqsud Shaykhzoda. In addition, medals and scholarships were established in his name.

Keywords: life, works, poetry collections, essays, translated books, philosophy, writers' opinions, creative friends.

АННОТАЦИЯ

Максуд Шайхзода был разносторонне одаренным человеком, интересовавшимся искусством, литературой, историей и философией. Он также был искусным переводчиком. Его произведения - наше духовное наследие и богатство. Сегодня многие места названы в честь Максуда Шайхзода. Кроме того, были учреждены медали и стипендии его имени.

Ключевые слова: жизнь, произведения, поэтические сборники, очерки, переводные книги, философия, мнения писателей, творческие друзья.

KIRISH

Ozarbayjon naslidan bo'lib, keyinchalik o'zbek xalqining chinakam sevimli shoiri, yozuvchisi, dramaturgi, zabardast olimi sifatida dong taratgan Maqsud Shayxzoda 1908 yili Ozarbayjonning Ganja viloyatiga qarashli Oqtosh shahrida tug'ilgan. Otasi Ma'sumbek elu-yurtda katta obro'ga ega shifokor edi.

1198

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Dastlabki she'riy to'plami — „Loyiq soqchi" (1932). Shundan keyin shahrining „O'n she'r" (1932), „Undoshlarim" (1933), „Uchinchi kitob" (1934), „Jumhuriyat" (1935), „O'n ikki", „Yangi devon" (1937), „Saylov qo'shiqlari" (1938), „Kurash nechun?" (1942), „Jang va qo'shiq", „Ko'ngil deydiki" (1943), „O'n besh yilning daftari" (1947), „Yurt she'rlari" (1948), „Zamon torlari", „Olqishlarim" (1949), „Yillar va yo'llar" (1961), „She'rlar" (1964) va boshqa she'riy to'plamlari nashr etilgan. Shoirning dastlabki ijodida va qisman 50 yillardagi ayrim she'rlarida ozarbayjon she'riyatiga xos ohanglar, minbar she'riyat belgilari ustuvorlik qilgan. Ammo Shayxzoda o'zbek mumtoz va zamonaviy she'riyatining tili va uslubini egallagani sayin uning she'rlarida o'zbekona musiqiy ravonlik kuchaya bordi. Shayxzoda voqelikka faol munosabatda bo'lishga intilib, xalq va mamlakat hayotida ro'y bergan muhim voqealarni tasvirlashga, mehnat va kurash qahramonlari obrazini yaratishga alohida e'tibor berdi. U shu maqsadda doston janriga qo'l urib, „O'rtoq mulk" (1933), „Chirog'", „O'rtoq", „Meros", „Tuproq va haq" (1936), „Ovchi qissasi", „Iskandar Zulqarnayn" (1940), „O'n birlar", „Jenya", „Oqsoqol" (1943), „Axmadjonning hikmatlari", „Uchinchi o'g'il" (1944), „Nurmat otaning tushi" (1947) singari liroepik asarlar yozdi. Shoirning 30-40 yillardagi she'riyatiga ham, keyingi ijodiga ham xos muhim fazilatlardan biri syujetlilikdir. Shayxzoda lirik syujet yaratishga moyil shoir sifatida xalq afsonalari va tarixiy o'tmish sahifalariga, shuningdek, zamondoshlari hayotiga murojaat etib, o'z she'rlariga balladaga xos poetik belgilar va turli poetik tafsillarni olib kirgan, so'zning she'riy qurilmadagi mavqeini oshirish choralarini ko'rgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Maqsud Shayxzoda san'at va adabiyotni sevar, tarix va falsafaga qiziqgan. Maqsud Shayxzoda Oqtoshdagi ibtidoiy maktabni bitirgach, 1921 yili Boku dorilmuallikka o'qishga kiradi va uni tugatgach Dog'istonning Darband, Bo'ynoq shaharlarida muallimlik qilgan. U 1926 yili Adhem Fayziy tashkilotiga a'zo etilgan «Milliy firqa» tashkilotiga a'zo bo'lib, musovotchilar harakatida faol qatnashgani uchun 1928 yili hibsga olinib, Toshkentga surgun qilingan. Umrining oxiriga qadar shu yerda yashab, ijod qilgan. Albatta, sho'ro hukumati Shayxzodani O'zbekistonda ham ta'qiblar va tahqirlardan benasib qoldirgani yo'q.

Shayxzoda Toshkentga kelgach, avval Narimonov nomidagi texnikumda dars beradi, keyin "Sharq haqiqati", "Qizil O'zbekiston", "Yosh leninchi" gazetalarida ishlaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

1929 yili yosh shoiming o'zbek tilidagi dastlabki she'ri "Sharq haqiqati" gazetasi sahifalarida bosilib chiqadi. Oradan ko'p o'tmay, Shayxzodaning birinchi to'plami "O'n she'r", keyinroq "Undoshlarim" (1933), "Uchinchi kitob" (1934), "Jumhuriyat" (1935) kabi to'plamlari nashr etiladi.

"Qo'llar" she'rida qo'llarda insonning borlig'ini, uning ichki olamining muhrini ko'radi. Uningcha, "g'oyat shafqatli, hayotbaxsh qo'llar" ham "ayovsiz, yovuz, go'r kabi sovuq, tanbal" qo'llar ham bor, qisqasi, har bir qo'l "yurakning navkarlaridir", yurak neni buyursa, qo'l shuni ijro etadi deb ta'riflaydi.

Maqsud Shayxzoda ijodiy balog'atidan dalolat beruvchi asarlaridan biri "Toshkentnoma" dostonidir. Adabiy jamoatchilik o'z vaqtida bu dostonni shoirning adabiyotimizning yirik ijodiy muvaffaqiyati sifatida baholadi. Chindan ham, "Toshkentnoma" Shayxzoda dostonlari ichida eng barkamoli bo'lib, unda shoir shaxsiyatining o'ziga xos qirralari ancha yorqin namoyon bo'lgan. Dostondagi o'ziga xoslik shundaki, asar yaxlit voqea asosiga qurilgan emas.

Shayxzoda ko'p qirrali iste'dod sohibi bo'lgan. U she'rlar va dostonlar bilan birga, juda yuksak badiiy quvvatga ega bo'lgan dramalar ham yaratadi. Shayxzoda umrining so'ngida yozishga kirishgan, lekin tugatib ulgurmagan "Beruniy" dramasini hisobga olmaganda ham, uning "Jaloliddin Manguberdi" va "Mirzo Ulug'bek" dramalari allaqachon xalqimizning badiiy mulkiga aylanib qoldi.

Shayxzoda ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan "Jaloliddin Manguberdi" (1944) tragediyasida o'z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mo'g'ul istilochilariga qarshi kurashgan so'nggi Xorazm shohining jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirlagan. Oybek bilan G'afur G'ulom o'sha vaqtda asarga yuqori baho berishib: "Tarixiy jarayonning haqiqiy mazmunini, uning ichki ma'nosini" ochib bergan deyishgan edi.

1946 yilgacha "Jaloliddin Manguberdi" dramasidan ayrim parchalar "Armug'on" to'plamida bosilgan edi. Shundan keyin 43 yil davomida asar tilga olinmadi va dunyo yuzini ko'rmadi. Asar sahnadan olingandan keyin ko'p o'tmay Shayxzoda qamaladi. Bu asarga o'tmish ideallashtirilgan degan siyosiy ayb qo'yiladi.

Musodara etilgan buyumlar ichida dramaning qo'lyozmasi ham bor edi. Muallif oqlanib, qaytib kelganidan keyin muayyan tashkilotlar "yo'qoldi" degan bahonalar bilan qo'lyozmani qaytarib bermadilar. Shayxzoda uni bir necha yil qidirishga majbur bo'ldi va nihoyat, teatrning sobiq suflyorlaridan uning bir nusxasini topishga muvaffaq bo'ladi. Lekin shunda ham asarning matni e'lon qilinmay qolaveradi.

Taqdirning o'yinini qarangki, muallif bu asarining chop etilganini ko'rmay olamdan ko'z yumdi. "Jaloliddin Manguberdi"ning to'la matni birinchi marta Bokuda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ozarbayjon tilida Shayxzodaning ikki jildlik saylanmasida bosilib chiqarildi. Faqatgina 1988 yildagina Jaloliddin Manguberdi" birinchi marta o'zbek tilida yozuvchining "Boqiy dunyo" degan kitobida to'la bosilib chiqarildi.

Shayxzodaning yozuvchilik va ijodkorlik zehnining o'tkirligi yana bir bor isbotlanadi. Maqsud Shayxzodaning o'zbek adabiyotiga qo'shgan yana bir ulkan hissasi "Mirzo Ulug'bek" tragediyasidir. Tragediya 1964 yili yoziladi, o'sha yili bu asar Hamza teatri sahnasida qo'yiladi, keyinchalik uning asosida kinofilm yaratiladi.

Shayxzoda adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali qalam tebratib, o'zbek xalq og'zaki ijodining Fozil shoir singari namoyandalari, „Alpomish", „Shirin bilan Shakar" kabi asarlari, o'zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Sh.Rustaveli, A.S.Pushkin, N.A.Nekrasov, A.N.Ostrovskiy, T.G.Shevchenko, A.P.Chexov singari namoyandalariga bag'ishlangan asarlar yezadi. Pedagog olim va shoir sifatida esa talaygina shoir, adabiyotshunos va tanqidchilar avlodining yetishib chiqishiga munosib hissa qo'shadi.

Maqsud Shayxzoda yuksak ilm egasi edi. Ayniqsa, u o'zbek mumtoz adabiyotini chuqur bilar edi. 1941 yilda Toshkentda nashr etilgan "Genial shoir" to'plami adabiyotshunos olim Shayxzodaning Navoiy ijodiga oid ilmiy maqolalaridan tashkil topgandir. Navoiy she'riyatining bu chuqur ilmiy tadqiqi navoiyshunoslikda hamisha alohida o'rin egallab qoladi.

Maqsud Shayxzodaning butun ijodi chuqur siyosiy publitsistik ruh bilan to'la. Uning she'riy, dramatik asarlari qaysi mavzuga bag'ishlangan bo'lmasin, zamona bilan hamohangdir. Shuning uchun ham ijodkorning shu tipdagi bevosita publitsistika janrida xizmat qilishi tasodifiy hol emas. Uning zo'r badiiy janrga ega bo'lgan publitsistik maqolalari va nutqlari ushbu iste'dodli adib ijodining mazmundorligi va rang-barangligidan yorqin nishonadir.

Iste'dodli shoir mohir tarjimon ham edi. U jahon adabiyoti mumtoz shoirlarining asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilishda katta xizmat qiladi. Jumladan, Shekspirning "Hamlet" hamda "Romeo va Juletta" asarlari o'zbek drama teatrlari sahnasida Shayxzoda tarjimasida sahnalashtiriladi.

Shoir mahoratining o'sishiga, uning jahon adabiyotining klassik asarlarini g'oyat sevib o'rgangani, ularning boy badiiy tajribasini ustalik bilan o'zlashtirgani ham sabab bo'ldi. U G'arbiy Yevropa va rus adabiyotini mukammal bilgani holda o'zining Vatan adabiyotini - Sharq she'riyati merosini ham to'la o'rgangan edi.

Maqsud Shayxzodani 50-yillar boshida mutlaqo asossiz ravishda qamoqqa oladilar va 25 yilga surgun qiladilar. Stalin vafot etgach, tuhmat bilan nohaq

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qamalganlarning ishi qayta ko'rildi. Shu tariqa 1955 yili ko'pgina fidoyi ziyolilarimiz qatori Shayxzoda ham oqlanib chiqdi. Lekin 5 yillik qamoqxona azoblari natijasida shoirning sog'ligi juda yomonlashib qolgan edi. Shunga qaramay, umrining oxirigacha 10 yil davomida baland uyning eng yuqori qavatida yashashga majbur bo'ldi. Ana shunday og'ir sharoit va xastalikda ham hayotidan sira nolimay umrining oxirigacha ijod qilishdan to'xtamadi.

Boshidan qanchadan-qancha musibatli kunlar o'tgan bo'lmasin, u hech zorlanmagan. Uning iymon-e'tiqodi, dunyoqarashi, yuqoridagi misralarda teran bayon qilingan. U hech qachon alamzadalik bilan yashamadi. Aksincha, unga xiyonat qilgan, uni azob uqubatlarga, jiddiy xastaliklarga duchor qilganlar haqida hech qayerda, hech narsa demagan. Shayxzoda o'zining insoniy fazilatlariga sodiq qolib, doimo xayrixohlik va balandlik xislatlari bilan yuksalib yashadi. Chunki uning chinakam, sodiq do'stlari ham oz emas edi. Bular Oybek, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, Komil Yashin, Mirtemir, Shukur Burxon kabilar edi.

Shayxzoda adabiy bilim doirasining kengayishi, ijodining mumtoz jahon yozuvchilari badiiy tajribasi bilan boyishida tarjima muxim rol o'ynadi. U Sh.Rustavelining „Yo'lbars terisini yopingan paxlavon" (hamkorlikda) eposi, U.Shekspirning sonetlari, A.S.Pushkinning she'rlari, „Mis chavandoz" dostoni, „Motsart va Salyeri" tragediyasi, M.Yu.Lermontovning she'rlari va „Kavkaz asiri" dostonini, shuningdek, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nozim Hikmat va boshqa yozuvchilarning ayrim asarlarini o'zbek tiliga katta mahorat bilan tarjima qildi.

Maqsud Shayxzoda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)da, Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirgi Toshkent Davlat pedagogika universiteti)da uzoq yillar davomida o'zbek adabiyoti tarixidan o'qigan ma'ruzalari, maxsus kurslari o'zbek adabiyoti tarixi bo'yicha eng qimmatli darslar edi. Yozuvchi, adabiy dramaturg, tarjima ustasi, buyuk pedagog, tilshunos va adabiyotshunos Maqsud Shayxzoda nomidagi o'quv zali va ekspozitsiya g'oyat nozik did va mohiyatan uyg'unlikda tashkil etilganini Shukur Burxonovdek ulkan san'at darg'asiyu, Jaloliddin Manguberdidek buyuk tarixiy shaxslar siymolari ham aytib turibdi.

Maqsud Shayxzodaning xalqimiz tarixiga, jumladan, Jaloliddin Manguberdi taqdiri va kurashiga odilona yondoshganligi, haqiqatni himoya qilganligi Prezidentimiz Islom Karimov imzosi bilan e'lon qilingan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 sentyabrdagi "Jaloliddin Manguberdi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tavalludining 800 yilligini nishonlash to'g'risida"gi qarori ham yana bir bor tasdiqlaydi.

Shoir 1967-yilning 19-fevralida xastalikdan vafot etadi. Uning vafotidan so'ng olti jildlik «Asarlar»i nashr etiladi. Mustaqillik yillarida marhum Maqsud Shayxzoda ijodi va qilgan xizmatlari haqiqiy qadr topdi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Maqsud Shayxzoda Ozbarbayjon va Ozbek xalq adabiyotining eng zabardast shoir va adiblaridan hisoblanadi. Mana necha yildirki ijodiy asarlari so'ngan emas va qalbimizning tub tubidan joy olgan. 1-prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan Maqsud Shayxzoda nomiga medal, order, va stipendiyalar joriy etilgan . Uning asarlari va hayotiga qiziquvchi yoshlarimiz juda ko'p va bundan keyin ham kamaymaydi . Maqsud Shayxzodaning ijodi shu qadar qiziqki u faqat bir yo'nalishda emas balki turli xil yo'nalishlarda juda qiziq faoliyat ko'rsatgan

REFERENCES

1. Zokirov M. Maqsud Shayxzoda. Adabiy tanqidiy ocherk, T., 1969 y.

2. Yusuf Shomansur. Shayxzoda — bunyodkor shoir, T., 1972 y. - 179 b.

3. G'afurov I., O'rtoq shoir. Maksud Shayxzoda ijodiyoti, T., 1975 y. - 215 b.

4. Maksud Shayxzoda zamondoshlari xotirasida, T., 1983 y.

5. XX asr o'zbek adabiyoti tarixi, T., 1999 y. - 25 b.

6. Shayxzoda Maksud. Shoir qalbi dunyoni tinglar (Tanlangan asarlar) // Toshkent, „Nihol", 2008. - 28 b.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.