Научная статья на тему 'ZULFIYAXONIM – O‘ZBEK AYOLLARINING YORQIN TIMSOLI'

ZULFIYAXONIM – O‘ZBEK AYOLLARINING YORQIN TIMSOLI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zulfiya / o‘zbek adabiyoti / ayollar obrazi / madaniyat / ma’naviyat / Зульфия / узбекская литература / образ женщины / культура / духовность.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — D.I. Xurramova, N.A. Askarova

zulfiya – o‘zbek adabiyotining yorqin yulduzi, ijodiy mehnati va jahon adabiyotiga qo‘shgan hissasi orqali o‘zbek ayollarining erkinlik, ma’naviyat va madaniyatdagi obrazini yorqin ko‘rsatib bergan shoiradir. Ushbu maqolada Zulfiya hayoti va ijodi asosida o‘zbek ayollari uchun ilhom manbai sifatidagi qiyofasi o‘rganiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ULFIYAKHANIM – A BRIGHT EXEMPLARY OF UZBEKISTAN WOMEN

Зульфия – яркая звезда узбекской литературы, поэтесса, своим творчеством и вкладом в мировую литературу ярко отразившая образ узбекской женщины в свободе, духовности и культуре. В данной статье рассматривается образ Зульфии к ак источник вдохновения для узбекских женщин на основе ее жизни и творчества.

Текст научной работы на тему «ZULFIYAXONIM – O‘ZBEK AYOLLARINING YORQIN TIMSOLI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© D.I. Xurramova1^, N.A. Askarova2H_

1'2Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: zulfiya - o'zbek adabiyotining yorqin yulduzi, ijodiy mehnati va ja hon adabiyotiga qo'shgan hissasi orqali o'zbek ayollarining erkinlik, ma'naviyat va madaniyatdagi obrazini yorqin ko'rsatib bergan shoiradir. Ushbu maqolada Zulfiya hayoti va ijodi asosida o'zbek ayollari uchun ilhom manbai sifatidagi qiyofasi o'rganiladi.

MAQSAD: maqolaning maqsadi Zulfiya ijodining o'zbek ayollari madaniy va ma'naviy rivojlanishidagi ahamiyatini yoritish hamda shoiraning ijodiy asarlari orqali ayollarning jamiyatdagi rolini targ'ib qilishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot davomida adabiy asarlarni tahliliy o'rganish, tarixiy va biografik manbalarga tayangan holda izlanish olib borildi. Zamonaviy o'zbek adabiyoti va madaniyatidagi Zulfiya obrazini tadqiq etishda qiyosiy metoddan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: zulfiya ijodi jamiyatdagi ayollarni ilm-ma'rifatga chorlash va ma'naviy ko'tarilishga undaydi. Uning she'rlari erkinlik, tenglik va mehr -muhabbat kabi g'oyalarni targ'ib qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, Zulfiya o'zbek ayollarining yorqin timsoli sifatida milliy qadriyatlarni yangi bosqichga olib chiqqan.

XULOSA: Zulfiya hayoti va ijodi orqali o'zbek ayollarining ma'naviy, madaniy va ijtimoiy rivojlanishidagi o'rni ko'rsatiladi. Uning ijodi nafaqat o'z davrida, balki zamonaviy jamiyatda ham ayollar uchun ilhom manbai bo'lib qolmoqda.

Kalit so'zlar: Zulfiya, o'zbek adabiyoti, ayollar obrazi, madaniyat, ma'naviyat

ЗУЛФИЯХАНИМ - ЯРКОЕ ВОПЛОЩЕНИЕ УЗБЕКСКОЙ ЖЕНЩИНЫ_

© Д.И. Хуррамова1И, Н.А. Аскарова2И

12Ташкентская медицинская академия, Ташкент, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: Зульфия - яркая звезда узбекской литературы, поэтесса, своим творчеством и вкладом в мировую литературу ярко отразившая образ узбекской женщины в свободе, духовности и культуре. В данной статье рассматривается

Iqtibos uchun: Xurramova D.I., Askarova N.A. Zulfiyaxonim - o'zbek ayollarining yorqin timsoli.// Inter education & global study. 2024. №9(1). B.222-228.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

образ Зульфии как источник вдохновения для узбекских женщин на основе ее жизни и творчества.

ЦЕЛЬ: цель статьи - пролить свет на значение творчества Зульфии в культурном и духовном развитии узбекских женщин и пропагандировать роль женщины в обществе через творчество поэтессы.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в ходе исследования было проведено аналитическое изучение литературных произведений, исследование на основе историко-биографических источников. сравнительный метод был использован для изучения образа зульфии в современной узбекской литературе и культуре.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: работа Зульфии побуждает женщин в обществе искать знания и духовный подъем. его стихи пропагандируют такие идеи, как свобода, равенство и любовь. результаты исследования показывают, что зульфия, как яркий символ узбекских женщин, вывела национальные ценности на новый уровень.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: на примере жизни и творчества Зульфии показана роль узбекских женщин в духовном, культурном и социальном развитии. ее творчество остается источником вдохновения для женщин не только своего времени, но и современного общества.

Ключевые слова: Зульфия, узбекская литература, образ женщины, культура, духовность.

Для цитирования: Хуррамова.Д.И., Аскарова Н.А. Зулфияханим -яркое воплощение узбекской женщины.// Inter education & global study.2024. №9(1). С. 222-228.

ZULFIYAKHANIM - A BRIGHT EXEMPLARY OF UZBEKISTAN WOMEN

© Durdona I. Xurramova1®, Nargiza A. Askarova2®

12Tashkent Medical Academy, Tashkent,Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: Zulfiya is a bright star of Uzbek literature, a poet who, through her creative work and contribution to world literature, vividly demonstrated the image of Uzbek women in freedom, spirituality and culture. This article examines Zulfiya's image as a source of inspiration for Uzbek women based on her life and work.

AIM: The purpose of the article is to highlight the importance of Zulfiya's work in the cultural and spiritual development of Uzbek women and to promote the role of women in society through the poet's creative works.

MATERIALS AND METHODS: the study involved an analytical study of literary works, research based on historical and biographical sources. the comparative method was used to study the image of zulfiya in modern uzbek literature and culture.

DISCUSSION AND RESULTS: Zulfiya's work encourages women in society to seek knowledge and enlightenment and to rise spiritually. Her poems promote ideas

©intereduglobalstudy.com2024,

ISSUE9(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

such as freedom, equality and love. The results of the study show that Zulfiya, as a bright symbol of Uzbek women, brought national values to a new level.

CONCLUSION: the life and work of Zulfiya shows the role of Uzbek women in the spiritual, cultural and social development. Her work remains a source of inspiration for women not only in her time, but also in modern society.

Keywords: Zulfiya, Uzbek literature, image of women, culture, spirituality

Benazir ayol, buyuk ona hamda sadoqat va vafo timsoliga aylangan Zulfiya Isroilova inson qalb tug'yonlarining o'tkir bilimdoni bo'lib, turli janrlarda asarlar yaratgani ham bizda boy taassurot uyg'otdi. Uning dostonlari, balladalari, elegiyalari, nasriy she'rlari, hikoya va ocherklari, publitsistik maqolalari har qanday o'quvchini chuqur mushohada yuritishga chorlaydi. Aksariyat she'rlari butun dunyo xalqlarini tinchlik va do'stlik atrofida birlashtirishga da'vat etadi. Urush yillaridagi vatanparvarlik hissi yo'g'rilgan she'rlari insonni jasoratga undaydi.

Zero, ulug' shoira she'rlaridan birida inson ruhining boqiyligi, ezgulik va adolatning abadiyligi xususida so'z yuritib, "Baxtim shu - o'zbekning Zulfiyasiman" deya yozganida ham chuqur ma'no mujassam. Zulfiya ijodi o'z davrining pokiza buloq laridan suv ichgan nafis va go'zal durlardir. Shu bois ham inson ruhiyatining betakror kuychisi she'rlari kitobxonni nafosatga, ezgulikka do'st tutinib, navnihol bahor faslining oppoq tongiga etaklaydi.

Qalbini o'zgacha harorat bilan isitadi. Otashqalb shoiraning tinchlik haqidagi, inson ruhiyatini g'ajib tashlay oladigan hijron to'g'risidagi, tabiatning ajib bir holati tasvirlangan she'rlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Shu bois shoiraning barcha ayollarga, onajonlarga, ma'shuqalarga xos, tushunarli, anglatarli bo'lgan she'riyati aslo eskirmaydi. Uning asarlarida halol inson tuyg'ularining porloq yulduzi charaqlab turadi. Zulfiya she'riyati tabiatga hamda uning ajralmas qismi va yuqori cho'qqisi bo'lmish odamzodga nisbatan hayajonli sevgi bilan burkangan.

O'zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 mart kuni Toshkentda hunarmand oilasida tug'ilgan. Shoira xotin-qizlar bilim yurtida o'qigan vaqtlaridayoq (1931—1934) adabiy to'garaklarda she'rlar mashq qila boshladi. 1935—1938 yillarda O'zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi. So'ngra 1938—1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, O'zbekiston Dav-lat nashriyotida bo'lim boshlig'i, 1950—1953 yillarda esa «O'zbekiston xotin-qizlari» («Saodat») jurnalida bo'lim boshlig'i. 1953—1980 yillarda esa bosh muharrir bo'lib ishladi.

Zulfiya 17 yoshida yozgan «Xayot varaqlari» (1932) birinchi she'rlar to'plami bilan Oydin, Muzayyana Alaviya, Xosiyat Tillaxonovalar safiga kirib keldi.Zulfiyaning ijodiy kamolotida o'zbek va rus mumtoz adabiyoti, xalq og'zaki ijodiyoti va jahon adabiyoti

For citation: Durdona I. Xurramova, Nargiza A. Askarova (2024) 'Zulfiyakhanim - a bright exemplary of Uzbekistan women', (9(1)), pp. 222-228. (In Uzbek).

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №9(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

an'analarining roli benihoya bo'ldi.Shoira «She'rlar» va «Qizlar qo'shig'i» (1938) kabi poetik asarlarini ona-Vatan va uning dala, cho'llarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, mexanik, traktorchi qizlarning qaynoq hayotlariga bag'ishlaydi. Ayni chog'da mazkur to'plamlardagi she'rlari shoiraning she'riy mahorat sirlarini egallayotgan davrini xarakterlovchi asarlar sifatida ham muhim edi.Urush davrida shoiraning «Uni Farhod der edilar» (1943), «Hijron kunlarida» (1944) kabi to'plamlarining nashr etilishi Zulfiyaning peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib kelayotganligidan nishona edi. To'plamdagi she'rlar vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va g'alabaga ishonch ruhida yaratilganligi bilan xarakterlidir.

Zulfiyaning «Mening Vatanim», «Qo'limda qurolu ustimda shinel», «Bizni kut» kabi umidbaxsh she'rlari urush davri o'zbek she'riyatining jangovar ruhini ifodalovchi asarlar qatoridan o'rin olgan.Shoiraning urushdan so'nggi yillarda yozilgan «Dalada bir kun» (1948), «Tong qo'shig'i» (1953) kabi bir qator she'rlar turkumi, «Men tongni kuylayman», «Yuragimga yaqin kishilar» (1958), «Kuylarim sizga» (1965) to'plamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik ko'rsatayotgan kishilar hayoti jo'shib kuylanadi. Uni «So'roqlaydi shoirni she'rim» (1960), «Oydin» (1953), «Quyoshli qalam» (1967) kabi ocherk va dostonlari H. Hakimzoda, Oybek, Oydin, Hamid Olimjon kabi ustoddarning yorqin xotiralariga bag'ishlangan. Zulfiya H. Olimjonning «Semurug'», «Zaynab va Omon» dostonlari asosida pesa va opera librettosini ham yaratgan. Zulfiya «Uylar», «Shalola» kabi she'riy majmualari uchun Hamza nomidagi respublika Davlat mukofoti sovrindori bo'lgan.

Hind mavzuidagi she'rlari uchun Javoharlal Neru nomidagi xalqaro sovrin, tinchlik va do'stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro «Nilufar» mukofotiga sazovor bo'lgan.Shoira Hindiston, Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstriya kabi mamlakatlarda bo'ldi. U 1956 yilda Osiyo va Afrika yozuvchilarining Dehlida o'tkazilgan birinchi konferensiyasida qatnashib, mashhur «Mushoira» (1958) asarini yaratdi.Uning she'rlari rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira Nekrasov, Lermontov, V. Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognesvet, M. Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini o'zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

1940-yillar oxirida e'lon qilingan Sovet Ittifoqining san'at va adabiyot to'g'risidagi qarorlari o'zbek adabiyotiga ham katta zarar keltirdi. Zulfiya badbin kayfiyatlar — pessimistik kechinmalar kuychisi sifatida ta'na toshlari ostida qoldi. Shundan keyin u, boshqa qalamkash birodarlari singari, „davr g'oyalari"ni ifodalovchi she'rlar yozishga o'tdi. Lekin ko'p o'tmay, o'zbek ayollari hayotini yaxshi biluvchi shoira va jurnalist sifatida dugonalari haqida she'r va publitsistik maqolalar yozdi, ularni ijtimoiy faollikka chaqirdi, insoniy haq-huquqlarining poymol bo'lmasligi uchun kurashdi.

1950-yillarning 2-yarmida u Osiyo va Afrika yozuvchilarining tinchlik va xalqaro birdamlik shiori ostida o'tgan harakatida faol qatnashib, jahonning ko'pgina mamlakatlarida bo'ldi. Hindiston, Misr, Yaponiya va qo'shni respublikalarga qilgan safari

©intereduglobalstudy.com2024, ISSUE9(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

shoira ijodida chuqur iz qoldirdi. „Mushoira", „O'g'lim, sira bo'lmaydi urush", „Qozog'iston o'lanlari", „Men chizolmagan surat" singari she'rlari Zulfiyaga shuhrat keltirdi. Zulfiya she'rlarida tasvir etilayotgan hayot ko'lami kengayb, ijodiga xorijiy xalqlar hayoti manzaralari ham kirib keldi. 70-yil lardan boshlab uning ijodidagi milliy hayot tasvirida yangi ranglar kamalagi paydo bo'ldi, haqqoniylik va his-hayajon kuchaydi. „O'ylar" (1965) she'riy guldastasi bilan boshlangan voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili „Visol" (1972),

„Yillar, yillar^___" (1975) she'riy kitoblarida davom etib, shoira ijodida chinakam badiiy

yuksalish davri boshlanganini namoyish etdi. U yana doston janriga qaytib, ustoz Oybekning so'nggi safariga bag'ishlangan „Quyoshli qalam" (1970) dostonini yaratdi. Ayni paytda shoira bolalarga bag'ishlangan turkum she'rlar ham yozdi („ Lolaqizg'aldoq", 1975).

Zulfiya hayotining muhim bir qismini Hamid Olimjonning adabiy merosini o 'rganish va nashr etish ishiga bag'ishladi. Ana shu jarayonning uzviy qismi sifatida u shoirning „Semurg' yoki Parizod va Bunyod" dostoni asosida qo'g'irchoq teatri uchun „Semurg'" pyesasi (S. Somova bilan hamkorlikda) hamda „Zaynab va Omon" operasi librettosini yozdi.

Buyuk shoira, sadoqatli yor va vafo kuychisiga yuksak e'tibor, chuqur ehtirom sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyunda qabul qilingan farmoni bilan mamlakatda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining ta'sis etilishi adabiyot, fan, ta'lim, madaniyat va san'at sohalarida izlanayotgan, faol, fidoyi, tashabbuskor va iqtidorli qizlarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ham biz, O'zbekiston xotin- qizlariga juda manzur bo'ldi. O'tgan davrda o'zining a'lo bilimi, xulqi, adabiyot, san'at kabi sohalardagi iste'dodini keng namoyon etgan yuzdan ortiq iqtidorli qiz ushbu mukofotga sazovor bo'lgan. Demak, Zulfiyaxonim ijodi o'zbek xalqi qalbida hamisha porlab turadi.

Zulfiyaxonim ijodiga nazar solish orqali yana bir karra shunga amin bo'lish mumkinki, o'zbek adabiyoti o'tgan asrda har qancha ziddiyatli, mashaqqatli va murakkab yo'lni bosib o'tgan bo'lmasin, unda qator chin ma'nodagi ijodkorlar etishib chiqqan va ularning orasidagi porloq yulduzlardan biri bu

Zulfiyaxonim bo'lgan. Hayotidagi mehnatsevarligi, intiluvchanligi, sadoqatli yor ekani, badiiy ijodda betinim izlanuvchan bo'lgani, hayot qiyinchiliklarini mardonavor engishi, erishilgan yutuqlari oldida o'zini yo'qotmasligi har qanday o'zbek xotin-qizlari qalbida o'zgacha havas uyg'otadi. Atoqli shoiramiz Zulfiyaning she'rlari hozirgi kunga ham o'z mazmun mohiyatini yo'qotmagan, minglab adabiyot ixlosmandalarining qalbidan chuqur iz olib kelmoqda.

Zulfiya o'zining ibratli umri, benazir iste'dodi va yorqin shaxsiyati bilan millatimiz qalbidan teran joy olganiga, uning qutlug' nomi va o'lmas merosi bezavol yashayotganiga yaqqol dalildir. Zulfiya she'riyatining nafisligi va o'ziga xosligi - murakkab davrning haqqoniy ifodasi, zamondoshlarimizning qalbi hamda harakatlarining yorqin tasviridadir.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

BAHOR KELDI SENI SO'ROQLAB

Salqin saharlarda, bodom gulida Binafsha labida, erlarda bahor, Qushlarning parvozi, ellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...

Qancha sevar eding, bag'rim, bahorni,

O'rik gullarining eding maftuni.

Har uyg'ongan kurtak hayot bergan kabi

Ko'zlaringga surtib o'parding uni.

Mana, qimmatligim, yana bahor kelib, Seni izlab yurdi, kezdi sarsari. Qishning yoqasidan tutib so'radi seni, U ham yosh to'qdiyu, chekildi nari.

Seni izlar ekan, bo'lib shabboda, Sen yurgan bog'larni qidirib chikdi. Yozib ko'rsatay deb husn-ko'rkini, Yashil qirg'oqlarni qidirib chiqdi.

Topmay, sabri tugab bo'ron bo'ldiyu, Jarliklarga olib ketdi boshini. Farhod tog'laridan daraging izlab, Soylarga qulatdi tog'ning toshini.

Qirlarga ilk chiqqan qo'ychivonlardan Qayda shoir, deya ayladi so'roq. Barida sukunat, ma'yuslik ko'rib, Horib-charchab keldi, toqatlari toq...

So'ngra jilo bo'lib kirdi yotog'imga, Hulkar va Omonning o'pdi yuzidan, Singib yosh kuydirgan za'far yonog'imga Sekin xabar berdi menga o'zidan.

Lekin yotog'imda seni topolmay, Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib. Yana el bo'ldiyu, kezib sarsari, Mendan so'ray ketdi qalbimni tilib:

Qani men kelganda kulib qarshilab, Qo'shig'i mavjlanib bir daryo oqqan «Baxtim bormi deya, yakkash so'roqlab». Meni she'rga o'rab suqlanib boqqan?

O'rik gullariga to'nmaydi nega, Elda hilpiratib jingala sochin? Nega men keltirgan sho'x nashidaga Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?

Qanday ishkqa to'lib boqardi tongta, Kamol toptirardi keng xayolimni. Uning rangdor, jozib qo'shig'ida Mudom ko'rar edim o'z jamolimni.

Qani o'sha kuychi, xayolchan yigit? Nechun ko'zingda yosh, turib qolding lol? Nechun qora libos, sochlaringda oq, Nechun bu ko'klamda sen parishonhol?»

Qanday javob aytay loldir tillarim, Baridan tutdimu, keldim qoshingta. U ham g'aming bilan kezdi aftoda, Boqib turolmayin qabring toshiga.

Alamdan tutoqib daraxtga ko'chdi, Kurtakni uyg'otib so'yladi g'amnok. Sening yoding bilan elib beqaror, Gullar g'unchasini etdilar chok-chok.

Gulu rayhonlarning taraldi atri Samoni qopladi mayin bir qo'shiq Bu qo'shiq naqadar oshino, yaqin, Naqadar hayotbaxsh, otashga to'liq.

Bahorga burkangan, sen sevgan elda Ovozing yangradi jo'shqin, zabardast. O'lmagan ekansan, jonim, sen hayot, Men ham hali sensiz olmadim nafas.

Hijroning qalbimda, sozing qo'limda, Hayotni kuylayman, chekinar alam. Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda, Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!

©intereduglobalstudy.com2024,

ISSUE9(1)

iccl (A

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Sultonova M., Ijod sahifalari, Toshkent, 1975.

1. 2.Naim Karimov. m. G. Gulyama, 1983.

2. 3.Qayumov L. Shoira Zulfiya. Toshkent, O'zadabiynashr, 1965.

3. 4.Mirvaliev S. O'zbek adiblari. Toshkent: „Yozuvchi". 2000.

4. 5.Tanlangan asarlar (3 jildli), Toshkent, 1985.

5. Z.A.TURSUNOVA A.N.ASKAROVA. ZULFIYAXONIM - SADOQAT VA MATONAT TIMSOLI. USLUBIY QO'LLANMA. Х.индистон.^^ 978-93-25942-45-8.

6. Tursunova Zebunniso Avazbek qizi, & Askarova Nargiza Abdivalyevna. (2023). ZULFIYAKHANIM IS THE SYMBOL OF A STRONG AND INTELLIGENT UZBEK WOMAN. British Journal of Global Ecology and Sustainable Development, 12, 126 -129.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. Shavkatova Ismigul Sharif qizi, & Askarova Nargiza Abdivalievna. (2023). ZULFIYAXONIM HAYOTI VA IJODIGA BIR NAZAR. E Global Congress, (1), 73-77.

8. Boymurodova Xolisa, & Askarova Nargiza Abdivalievna. (2023). ZULFIYAXONIM -BAXT VA XAYOT KUYCHISI. E Global Congress, (1), 68-72.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Xurramova Durdona Ibadulla qizi, talaba, Askarova Nargiza Abdivalievna,

Pedagogika va psixologiya kafedrasi v/b. dotsent,[ Хуррамова Дурдона Ибадулла кизи. студентка, Аскарова Наргиза Абдивальевна, кафедра педагогики и психологии в/а. Доцент], [Durdona I. Xurramova, student, Nargiza A. Askarova,

Acting Associate Professor of the Department of Pedagogy and Psychology];manzil:O'zbekiston,Toshkent tibbiyot akademiyasi 100109, Toshkent, O'zbekiston Forobiy ko'chasi 2, [аддрес:Узбекистан, Ташкентская медицинская академия 100109. Ташкент. Узбекистан ул. Фараби 2], [address: Uzbekistan, Tashkent Medical Academy 100109, Tashkent, Uzbekistan Farabi street 2]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.