Научная статья на тему 'ZULFIYA QUROLBOY QIZI IJODIDA AYOL MAVZUSI'

ZULFIYA QUROLBOY QIZI IJODIDA AYOL MAVZUSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
17
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekspozitsiya / monolog / dialog / detal / pozitsiya / assotsiativ syujet. / Exposition / monologue / dialogue / detail / position / associative plot.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Orazbaeva Asal

Ushbu maqolada bugungi oʻzbek hikoyanavisligiga oʻzining hikoyalari bilan katta hissa qoʻshib kelayotgan Zulfiya Qurolboy qizining “Ayol” hikoyasi tadqiqot obyekti sifatida tanlab olingan. Maqolada yozuvchining oʻziga xos ijodiy yoʻnalishi asosida yuzaga kelgan ayol psixologiyasi va ruhiy olamini tasvirlash badiiy detallar asosida monologik nutq vositasida yozilganligi talqinga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TOPIC OF WOMEN IN THE CREATIVE WORK OF ZULFIYA KHUROLBOY'S DAUGHTER

In this article, the research object of the story "Ayol" by Zulfiya Khurolboy's daughter, who contributes to contemporary Uzbek storytelling with her own stories, is considered. The article focuses on the author's unique creative direction in portraying a woman's psychology and spiritual world through literary details written in a monologic speech style.

Текст научной работы на тему «ZULFIYA QUROLBOY QIZI IJODIDA AYOL MAVZUSI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

TOPIC OF WOMEN IN THE CREATIVE WORK OF ZULFIYA KHUROLBOY'S DAUGHTER

Orazbaeva Asal

The named of Berdakh Karakalpakh State University At the Faculty of Uzbek Philology. Student https://doi.org/10.5281/zenodo.12696901

EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 04th July 2024 Accepted: 08th July 2024 Online: 09th July 2024 KEYWORDS

Exposition, monologue, dialogue, detail, position, associative plot.

ARTICLE INFO

In this article, the research object of the story "Ayol" by Zulfiya Khurolboy's daughter, who contributes to contemporary Uzbek storytelling with her own stories, is considered. The article focuses on the author's unique creative direction in portraying a woman's psychology and spiritual world through literary details written in a monologic speech style.

ZULFIYA QUROLBOY QIZI IJODIDA AYOL MAVZUSI

Orazbaeva Asal

Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.12696901

ABSTRACT

Received: 04th July 2024 Accepted: 08th July 2024 Online: 09th July 2024 KEYWORDS

Ekspozitsiya, dialog, detal, assotsiativ syujet.

monolog, pozitsiya,

Ushbu maqolada bugungi o'zbek hikoyanavisligiga o'zining hikoyalari bilan katta hissa qo'shib kelayotgan Zulfiya Qurolboy qizining "Ayol" hikoyasi tadqiqot obyekti sifatida tanlab olingan. Maqolada yozuvchining o'ziga xos ijodiy yo'nalishi asosida yuzaga kelgan ayol psixologiyasi va ruhiy olamini tasvirlash badiiy detallar asosida monologik nutq vositasidayozilganligi talqinga tortilgan.

"Tarixiy taraqqiyot nuqtai nazaridan istiqlolga erishilganiga ko'p bo'lgani yo'q. Binobarin, uning ijtimoiy, ma'naviy va o'ziga xos belgilarini ayirib ko'rsatish anchagina mushkul. Ayni vaqtda o'tgan yillar shunday salmoqqa, shunday o'zgartuvchilik qudratiga egadirki, xalq psixologiyasi, dunyoni idrok etish, tushunish va tushuntirish tarzida shunchalik katta o'zgarish yasadiki, avvalgi bir necha o'n yillarda ham bunday qilib bo'lmasdi".[1] Bu narsa adabiyotga ham o'z ta'sirini o'tkazdi.

Badiiy asar qahramonlari hamisha biror kurash: sinfiymi yoki o'zi bilanmi yo biror obraz bilanmi - band holda tasvirlanishi ham o'tmishda qoldi. Endi badiiy adabiyot odamning tuyg'ulari, o'y-fikrlari, xatti-harakatlarini tasvirlay boshladi. Ya'ni yozuvchi ham asarda o'z idealidagi shaxsni bosh qahramon sifatida tasvirlay boshladi.

Bugungi kunda o'zbek hikoyachiligida boshqa janrlarga nisbatan ko'proq qalam tebratilmoqda. X.Do'stmuhammad, N.Eshonqul, I.Sulton, L,Bo'rixon, A.Yo'ldoshevlar qatorida Zulfiya Qurolboy qizi ham milliy proza taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Zulfiya Qurolboy qizi ijodida hikoyalarning mazmun-mundarijasi rang-barang. Yozuvchi ijodida ayol obrazi yetakchi hisoblanadi. U ayol timsolini tasvirlashda ayol hayotining biz unchalik e'tibor bermaydigan jihatlarini mahorat bilan tasvirlaydi.

Yozuvchining "Ayol" hikoyasida kasalmand ayolning ichki kechinmalari va ruhiyati badiiy tarzda gavdalantiriladi.

Yozuvchi hikoyada qahramon ruhiyatini taftish qilishda birdan inson kechinmalarini tasvirlashga oshiqmaydi, balki asar ekspozitsiyasi kasalxonaning devorlari oppaq xonasi tasviri-yu, xonaga tushib turgan quyosh nuridan boshlanadi. So'ngra ayolning yana bir tongni tirik qarshi olganiga shukrona keltirishi, uning ruhiy holati tasviri boshlanadi.

Qahramonning ruhiy dunyosini monolog nutqda ochib berishda bevosita qahramon hayotidan olinayotgan voqelik darajasi va voqelikni ifodalashda syujet tiplaridan assotsiativ syujet bevosita monologni yuzaga keltiradi. Buning uchun asarning voqealar rivojida qahramon xarakteri to'laqonli ravishda shakllangan bo'lishi kerak. Bu esa o'z navbatida qahramonning inson va jamiyat haqida qarashlari kengroq namoyon bo'lishiga yordam beradi. Bu ijodkorning pozitsiyasi bilan bog'liq jarayonlar hisoblanadi. Zulfiya Qurolboy qizi ham qahramon ruhiy dunyosini badiiy yo'sinda tasvirlashda monolog va dialog nutqlar orqali, shu bilan bir qatorda vaziyat taqazosi va mazmuniy mantiq asosida badiiy yuk vazifasini bajaradigan detallar orqali tasvirlab berishga harakat qiladi.[2]

"Ayol" hikoyasininng ekspozitsiyasi bosh qahramon - Nazokatning hayotga bo'lgan muhabbatini ko'rsatib berishga xizmat qiladi: " Deraza oynasiga to'kilayotgan oppoq nur ayolning yumuq qovoqlarini qizartirdi, jilva qildi, yanoqlariga ilingan marvarid tomchilarida va barmoqlaridagi uzukning olmos ko'zchalarida aks etdi".[3] Ayolning yanoqlaridagi marvarid tomchilari bu uning tuni bilan yig'lab chiqqanidan dalolatdir. Hikoyada Nazokat farzandlarini qayg'uruvchi mehribon ona , eriga suyukli rafiqa ekanligini sezish qiyin emas. Eri uni ko'rgani kelganda yuziga darrov upa surib olardi. Hikoyada quyosh nuri va upa ikki motiv hisoblanadi. Quyosh nuri hali hayot tugamaganligini anglatsa, upa Nazokatga kasal holida ham ayollik jozibasini baxsh etish motivi sanaladi.

Nazokat hali hayotdan umidvor. U yashab ketishiga ishonadi. Eri radioni o'chirib uning tinch uxlashi kerakligini aytganida ham u qattiq uxlab qolmasligi uchun uni g'ing'illatib qo'yganligini aytadi. Balki u qattiq va abadiy uyquga ketishdan qo'rqib uni o'chirmas.

Farzandlari va erining yonida avvalgidek baxtli yashash uchun qiynalsa ham qornidagi suyuqlikni oldirmoqchi bo'ladi. Kundan kunga sog'lig'i yomonlashar, oyoqlaridagi shish qorniga ham o'tgandi. Bu ahvolda harakatlanish unga noqulaylik tug'dirardi. Hatto bu ahvolda eriga ko'rinishni ham istamaydi va shuning uchun vrachga uzugini beradi. Shunday qiyin kunlarning birida: "Kechga borib Nazokatni hiqichoq tutdi. Ikki-uch marta "hiq-hiq" etdi-yu, birdan ichidan qandaydir suyuqlik otilib chiqdi." Endi uni operatsiya qilishdan boshqa chora qolmaydi. Voqealar shunday qizg'in tus oladiki, yozuvchi oxirgi jumlalarga xuddi asar ekspozitsiyasidegidek quyosh tasvirini kiritadi: "Shu'la shu lahza karovatda yotgan xushbichim va go'zal ayol yuzida jilva qildi, qovoqlarini qizartirmoqchi bo'ldi, lekin tosh qotgan qovoqlar qilt etmadi, shu'la o'ziga qadrdon qorachiqlarda akslanmoqni istadi, ammo ularni topa olmadi, u faqat ayolning barmoqlarida paydo bo'lib qolgan uzukning olmos ko'zlaridagina aks eta oldi".[3] Ushbu jumlalar orqali kitobxon Nazokatning vafot etganligini sezishi qiyin emas.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Xulosa qilib aytganda, Zulfiya Qurolboy qizi "Ayol" hikoyasida Nazokat obrazi orqali ayollarning ichki kechinmalarini, ruhiy dunyosini va qiyinchiliklarga bardoshli ekanligini yoritib bergan. Hikoyaning hech qanday bo'rttirishlarsiz hayotiy tasvirlanganligi uning ta'sirchanligini oshirgan.

References:

1. Q.Yo'ldoshev "Yoniq so'z" Toshkent: Yangi asr avlodi 2006

2. S.Abdisalomov "Zulfiya Qurolboy qizi ijodida ayol timsoli" dissertatsiya Qarshi 2012

3. Z.Qurolboy qizi "Ayol" hikoyalar to'plami Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot 2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.