Научная статья на тему 'ZULFIYA QUROLBOY QIZI ASARLARIDA AYOLLAR RUHIY OLAMI TASVIRI'

ZULFIYA QUROLBOY QIZI ASARLARIDA AYOLLAR RUHIY OLAMI TASVIRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
605
92
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ruhiyat / motiv / detal obrazlar / badiiy-estetik kompozitsiya / qahramon.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Lobar Rajabboyeva

Ushbu maqolada XXI asr adabiyotining taniqli vakilasi Zulfiya Qurolboy qizining hikoyalaridagi ayollarning ruhiy olami tadqiq etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZULFIYA QUROLBOY QIZI ASARLARIDA AYOLLAR RUHIY OLAMI TASVIRI»

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8

ZULFIYA QUROLBOY QIZI ASARLARIDA AYOLLAR RUHIY OLAMI

lW

>

TASVIRI

j § i>j*

Lobar Rajabboyeva

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 19-son maktabi ona tili va adabiyot o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7295095

J J>

Annotatsiya: Ushbu maqolada XXI asr adabiyotining taniqli vakilasi Zulfiya Qurolboy qizining hikoyalaridagi ayollarning ruhiy olami tadqiq etiladi.

Kalit so'zlar: ruhiyat, motiv, detal obrazlar, badiiy-estetik kompozitsiya,

qahramon.

\S*i M >

XX asr oxiri va XXI asr boshida o'ziga xos yo'nalishda qalam tebratayotgan

aniKnl at*Hnn Kit*t / nlriTrn i Ii irrvl Kai t /iirzi/itt" \/ r\ ti it n 1 n 1 n rx nrnrl ot*i xrnnmnnn in I nm irn

adibalardan biri Zulfiya Qurolboy qizidir. Yozuvchining asarlari yangicha talqin va

mazmunda bo'lganligi uchun ko'plab adabiyotshunos va tanqidchilar adiba haqida fikr-mulohazalar bildiradilar. Xususan, taniqli munaqqid Umarali Normatov "Qalbdagi benazir ziyo" maqolasida adibaning roman va hikoyalarini tahlil qiladi.

m?

Qozoqboy Yo'ldoshev o'zining "Kichik janrdagi katta yutuqlar" maqolasida5 Zulfiya Qurolboy qizi asarlari haqida fikr bildiradi. Saodat Komilovaning "Ko'ngil mayllari nag'malari" maqolasida, adabiyotshunos A.Eshqobilovning Zulfiya Qurolboy qiziga bitilgan "Hikoyangizni o'qib" nomli ochiq xatida muallif asarlari talqin va tahlil qilinadi. Adiba o'z asarlarida hayot ma'nosi, umr mazmuni, insonlarning o'y-kechinmalari xususida mulohaza yuritadi. Ijodkor inson obrazini yaratar ekan,

n OT t~x 7a ir un Knrli 1 t r +ot ra 1 -p linlnin ntirrn +nt*1i inm Anrl nn -r-iT-y-rv» nAln/ii Vi lnnonn

tasavvur va badiiy tavsif uchun unga turli tomondan razm soladi. Xususan, yozuvchini insondagi hamma narsa -uning tashqi va ichki dunyosi, odat va fikrlari, yashash va xizmat joyi, atrofidagi odamlar va tabiat olami bilan o'zaro munosabatlari - barcha-barchasi qiziqtiradi. Adiba ijodida, ayniqsa, ayol obrazini tasvirlashda ayricha munosabat ko'zga tashlanadi. Ayollarga xos bo'lgan sadoqat, muhabbat, nafrat, rashk, makr sodda, ammo jonli va samimiy tarzda tasvirlanadi. Uning "Ayol", "Kelin", "Rashk", "Momo Havo" kabi hikoyalarida turli tip va xarakterdagi m

/""*- 1r r~S 1 n M'i nl n »"1 Min fllTTrr'limfl T in /A T7ftTrr»11 Af1 +nriT 71-t"! r>-Mn/4l WS -r

ayollarning kechinmalari, his-tuyg'ulari va o'y-xayollari tasvirlanadi.

"Ayol" hikoyasi A.Qahhorning "Ming bir jon" asariga hamohangroq. Har ikkala

asarda ham bemor ayollar hayot uchun, yashash uchun, oilasi uchun tirik qolishga

j 1 > ' ^^

harakat qiladi. Buning uchun ular jismonan va ruhan kurashadilar. Adabiyotshunos

1W"

! K*

A.Eshqobilovning Zulfiya Qurolboy qiziga yozgan "Hikoyangizni o'qib" noml ochiq xatida munaqqid "Ayol" hikoyasi haqida quyidagicha fikr-mulohazalarni bildiradi:

> | :

-

5. Q.Yo'ldoshev. Yomq so'z. - Tosh.,Yangi asr avlodi. 2006. - B.130-131.

I 'j*

•"^'lÄr8'- gg l

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8

"Sizning "Ayol" hikoyangiz neoromantizm usulida yaratilgan. Ehtimol, kimdir bu

fikrga qo'shilmas, biroq asarda chindan realizmdan ko'ra ko'proq romantizm ruhi ustunlik qiladi. Bosh qahramonning hayotda shunday bo'lishi mumkinligi ehtimoldan

ko'ra, muallif uni shu taxlit harakat qilishini ko'proq xohlaydi. Bu esa romantizmning

№1

birinchi alomatidir. Aynan muallifning tasvirlanayotgan voqelikka bo'lgan munosabati uning badiiy metodini aniqlashda asosiy kalitdir... Og'ir xasta, umrining so'nggi kunlari, soatlarini yashayotgan Nazokat bu hayotni Ayol sifatida tark etishni

istaydi, ya'ni u umrining so'nggi damlarida, o'ta "xunuklashgan" onlarda, dastlab hamshiradan eri Shavkatni oldiga kirgizmaslikni so'raydi, keyin so'nggi pullarini unga tutqazib bunga erishadi ham, oxirida esa vrachdan oyoqlari va butun a'zoyi badanini shishirib kelayotgan suyuqlikni olib tashlashni iltimos qiladi. Yoshi ulug', hayotda ko'p narsa ko'rgan va anglab ulgurgan vrach bemorning holatini yaxshi bilib, ko'rib turadi va shu sababli unga "bu muolajalar qilinganligini, endigisi faqat juda qattiq og'riq berishi" mumkinligini aytadi. Bu bilan vrach o'lim ostonasida

fiirrrn-n i-nnrv-n lAtimn Artinnnn atai* Kan f nim ifi+omnirni T ûl/in A t ja! i 1 mnmn a Avirm

turgan inson joniga ortiqcha ozor berishini istamaydi. Lekin Ayol umrining oxirgi

daqiqalarini o'z hayotiy falsafasiga monand yashaydi, qanday bo'lmasin oxirgi nafasigacha o'z qiyofasi, tashqi surati go'zalligini saqlab qolishni xohlaydi va bunga erishadi. Tanlangan mavzuga bunday qiziqarli tus berilishi asarning badiiy-estetik

qiymatini belgilaydi. Nazokatning bu tutgan yo'li - badiiy "yo'l" - sujet dinamikasi, diqqatimizni tortdi va muallifning katta iste'dod sohibasi ekanligiga e'tiborimizni qaratadi".6

Asar mavzusi yangiligi va unda mahorat bilan qo'llangan detallar, motivlar talaygina va o'zgacha; ifoda uslubidan yuksak nozikta'b did va badiiy-estetik layoqat ufurib turadi.

"Ayol" hikoyasining kompozitsiyasida ikki motiv muhim badiiy-estetik va funksional-kompozitsion vazifa bajaradi; bular quyosh va uzuk motivlaridir. Hikoya ekspozitsiyasi "Derazalari oppoq xona. Deraza oynasidan to'kilayotgan nur ayolning yuzida jilva qiladi, va. barmoqlaridagi uzukning olmos ko'zchalarida aks etdi"7 kabi jumlalardan boshlanib, uning hayotida hali intiho emasligini, hali ayol ko'zlarini yumib, quyosh nurlarini simirishi" va "Seni qanchalik yaxshi ko'raman, quyosh!.." deya olishi kabi holatlarni kuzatamiz. Quyosh esa go'yo bunga javoban "nurlarini J-jt mo'l-ko'l to'kdi. Ayol oftob nurlariga butkul g'arq bo'ldi..."Bu yerda muallif so'zni asar mavzusi va badiiy mantig'iga mos ravishda mahorat bilan ishlatadi. Ayolning hokisorligi, beminnatligi-yu betamaligi quyoshga mengzalyapti. Quyosh nuri poklik, yorug'lik timsolidir. Zulfiya Qurolboy qizi esa shu timsol va uning in'ikosi

ïw ~

>*

o'rtasidagi uzviylikni tasvirlashni maqsad qilgan. "Deraza oynasidan to'kilayotgan

oppoq nur uzukning olmos ko'zchalarida aks etdi. Ayol ko'zlarini ochdi. Shula endi --

. Eshqobilov A. Hikoyangizni o'qib// "Yoshlik" jurnali, 2014-yil, 11-son. 7. Z.Qurolboy qizi. "Ayol" hikoyalar to'plami. - Tosh.,G'.G'.nom.nash. 2019. - B.3.

Sp^^ J^ ' JSP^"

^-w-isr88- a ^ 'i

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8

uning qorachiqlarida akslandi." Aytilgandek, ushbu tasvirdan boshlangan asar tezisi

aynan yechimda uning antitezasi bilan yakun topadi. Sujet dinamikasidagi quyosh motivining qo'llanilishida muallif mahoratini ko'rishimiz mumkin. Chunki

b 4

ekspozitsiyada keltirilgan oftob badiiy qahramonning Ayolligida, ya'ni uning

mi

mohiyatan ulug'vorligidan darak beruvchi qiyos, timsol sifatida tasvirlansa, adabiyotning mumtoz nazariyasiga muvofiq matnning keying tadrijida quyosh - tabiat qahramonning holatiga, tabiatiga uyg'un holatda tus oladi, o'zgarib turadi va

!

oqibatda xarakter ochilishiga va g'oya ifodasiga xizmat qiladi.

Adibaning "Kelin" va "Rashk" hikoyalari mavzu va qahramonlar ruhiyati nuqtayi nazaridan bir-biriga o'xshab ketadi. Asar qahramonlari Xoldor va Xosiyat, ularning umr yo'ldoshlari Fayzimurod va Sherali oilasiga xiyonat qiladi. Bu ikki ayol xiyonatni turlicha qabul qilishadi. "Kelin" dagi Xoldor erining haftalab uyga kelmasligini, cho'ntagidan begona uy manzili chiqqanini ko'rib-bilib ham "miq" etmay yuraveradigan, sodda, mehnatkash, kamsuqum, to'pori juvon hamma narsani

rnnnl ППТГ1ЛАГ\Г1 пттл+nfiirrn virimn+ m 11 P n /1 KAI on AO nnfnrn А С»1Л -f I ioniinn/11 Dnllnm

faqat qaynona-qaynotasiga xizmat qilish, 4 bolasiga qarash deb tushunadi. Balkim,

muallif Xoldor obrazi orqali o'zbek ayollariga xos bo'lgan sadoqat, mehr, fidokorlik tushunchalarini hikoya qahramoniga singdirgan holda ko'rsatayotgandir, lekin ayol har qanday holatda ham ayollini unutmasligi kerak. Bu o'rinda "Ayol" hikoyasidagi

Nazokatni Xoldorga namuna qilamiz. Nazokat og'ir xastalikda ham ayolligini unutgisi, eriga "xunuk" ko'ringisi kelmaydi. Xoldor esa vaqti yo'qligi va hafsalasizligi uchun buni qilmaydi. Xoldor o'zini oilasi uchun qurbon qiladi, lekin baribir eri Fayzimurod ham, uning ota-onasi Tursunboy chol va Muslim momo ham

Oygulni Xoldorga solishtirib, begona ayolni o'z kelinlaridan ma'qulroq ko'rishadi.

„ _ „ „ . ..... . „ .......

Bu esa Xoldorning ruhiy jihatdan toptalishiga sabab bo'ladi.

"Rashk" hikoyasidagi Xosiyat ham haqiqiy o'zbek ayoli. Uyi, oilasi, bolalari uchun ertadan kechgacha tinim bilmay xizmat qiladi. Yoshligidan suluv bo'lgan ayol o'zini unutib qo'yadi va natijada eri unga xiyonat qiladi. Erining o'ziga qaramasligi haqidagi tanqidlari dastlab ayolni sergaklantirmaydi, shubhalantirmaydi. Hamma narsani boricha qabul qilib yuraveradi. Bu loqaydlik esa xiyonat yuz berishiga sabab bo'ladi. Jafokash, mehnatsevar, sadoqatli ayolidan erini "shantaj" qilib muzqaymoqxona ochtirgan ayolning Sherali tomonidan tanlanishi va u bilan ketib J-jt qolishi Xosiyatga qattiq ta'sir qiladi. Xosiyat Xoldordan farqli tarzda bundan eziladi, yig'laydi, o'zining begona ayol tomonidan "to'pori" deb oyoqosti qilinishini hazm qilolmaydi. Qalbi alam va nafratga to'lgan ayol hovlidagi qopag'on itni qo'yib

I i <j "i>

yuboradi: "Jazavaga tushib hurayotgan it "oshiq-ma'shuqlar" tomon yugurib ketdi.

>*

Bir lahza o'tar-o'tmas ayol kishining jon holatda qichqirgani eshitildi"8.

Asarda it detali ham yozuvchi tomonidan mohirlik bilan qo'llanilgan, ayol ichidagi alamini itni "bexosdan" yechib yuborishi bilan bosmoqchi, shu bilan

-

8. Z.Qurolboy qizi. "Ayol" hikoyalar to'plami. - Tosh.,G'.G'.nom.nash. 2019. - B.292.

J ^ ' J^"

: * ^ * n>

ы> >>

* : > й*

3>> #ф>

^ >3> 1

Я>

>3» Ы у! Й> #ф>

>j*

>

Я*

Ы>

i >5 '

j ]> f V

i > >)>

»

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

m

j

-иф

>

зй* *ф>

Шл

Ы >

i >i>

* - >

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8

noгoziligini bildirmoqchi bo'ladi. Demak, Xosiyat eгi, oilasi uchun kurashmoqda. Ikki ayol ham bir xil vaziyatda, lekin ularning bunga munosabatlari va o'zini tutishlari turlicha.

Xoldor sodda, oilasidagilarning unga nisbatan qilgan ishlari nafsoniyatiga tegmaydi, eri xiyonatini bilsa ham taqdiriga ko'nib yashab ketaveгadi.

Xosiyat esa o'zligini anglagan, tanqidlarni to'g'гi qabul qiladigan, g'umri poymol etilishiga, aldanishiga yo'l qo'ymaydigan ayol. Muallif bu ikki obrazni tasvirlash orqali kim haq-u kim nohaq ekanligini o'ylashni yana kitobxonga havola etadi.

Ijodkoming yana Ыг hikoyasi "Momo Havo" bo'lib, bu asaгdagi Nafosat obrazi yuqoridagi qahramonlarimizdan faгq qiladi. Asarda Nafosat o'z makr-hiylasini, yovuzligini mohirlik bilan niqoblaydi. Asaгda Akbaг o'z mahbubasiga "Momo Havoyim" deb murojaat qiladi. U Akbarning fojiasidan o'z manfaati yo'lida foydalanadi. Mol-dunyoga bo'lgan hirs, Akbaг uyiga egalik qilish uni shu darajada tubanlashtiгadiki, bu uni Akbami zahaгlab o'ldiгish, nogiron qizidan esa o'z maqsadi yo'lida foydalanishga undaydi. Asar boshida farishta misol ko'гingan, Akbami yashashga ruЫantirgan "munis" ayolni hikoya so'nggida barcha yovuzliklarni o'zida mujassam etgan yovuzlik timsoli sifatida ko'ramiz: "Nafosat jilmaydi. Lekin bu tabassum sira avvalgisiga o'xshamasdi. Ayol nigohlarida o'zgarish yuz bergan, yuziga o'ta mohirlik bilan yopishtirilgan samimiyat o'pirilib tushgan edi"9...

Mana shu so'nggi satrlardanoq adiba Nafosatning jirkanch yuzini ochib tashlaydi. Asardagi bu ayolning Akbar va uning hayotiga ta'siri orqali yozuvchi ayolning ichki psixologizmini va portretini tasvirlaydi.

Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalaridagi portret, peyzaj, interyerlar asar g'oyasini ochishga xizmat qiladi. "Rashk" va "Kelin" hikoyalaridagi atir-upa va tappi, "Momo Havo" dagi uy detali, "Rashk" da yana it detali, "Ayol" dagi uzuk va quyosh motivining qo'llanilishi qahramonlarning ichki olamini, ruhiyatini ochishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Q.Yo'ldoshev. Yoniq so'z. - Tosh.,Yangi asr avlodi. 2006. - B.130-131.

2. Z.Qurolboy qizi. "Ayol" hikoyalar to'plami. - Toshkent. 2019.

3. Eshqobilov A. Hikoyangizni o'qib// "Yoshlik" jurnali, 2014-yil, 11-son.

q

V

1*4 >

Щ >

<\ J>

^ чк

4 >i*;

*4>

;*Ф>

]>j*=

9

i*4> q

S ]>>> *4>

*ф>

ym*

]>Ж

)Й*= j*4>

¡3^

q ><*

M

j

jiX)

>

. Z.Qurolboy qizi. "Ayol" hikoyalar to'plami. - Tosh.,G'.G'.nom.nash. 2019. - B.229.

24

щ>

q q

4H>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.