Научная статья на тему 'ZULFIYA QUROLBOY QIZI NASRIDA REALIZM TAMOYILLARI'

ZULFIYA QUROLBOY QIZI NASRIDA REALIZM TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1393
149
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiyot / Zulfiya / nasr / realizm / mafkura / literature / Zulfiya / prose / realism / ideology

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Kamola Egamberdiyeva

Zulfiya Qurolboy qizi hikoya va romanlari o„zbek adabiyotda yaratilgan asarlar orasida o„zining qiziqarligi, ta'sirchanligi, hayot haqiqati va insoniy harakterlarni ishonarli gavdalantirganligi hamda turmushning murakkab muammolarini dadil ko„tarib chiqilgani bilan ajralib turadi. Z.Qurolboy qizi asarlarining adabiyotda jiddiy hodisa darjasiga ko„tarilganligi mazkur maqolaning dolzarbligini belgilaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRINCIPLES OF REALISM IN THE PROSE OF ZULFIYA KUROLBOY KIZI

Relevance of the topic. Zulfiya Kurolboy qizi's stories and novels are among the most popular works in Uzbek literature. The fact that the works of Z.Kurolboy kyzy have risen to the level of a serious event in the literature determines the relevance of this dissertation.

Текст научной работы на тему «ZULFIYA QUROLBOY QIZI NASRIDA REALIZM TAMOYILLARI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-776-780

ZULFIYA QUROLBOY QIZI NASRIDA REALIZM TAMOYILLARI

Kamola Egamberdiyeva

Respublika ta'lim markazining Adabiyot fani metodisti

ANNOTATSIYA

Zulfiya Qurolboy qizi hikoya va romanlari o'zbek adabiyotda yaratilgan asarlar orasida o'zining qiziqarligi, ta'sirchanligi, hayot haqiqati va insoniy harakterlarni ishonarli gavdalantirganligi hamda turmushning murakkab muammolarini dadil ko'tarib chiqilgani bilan ajralib turadi. Z.Qurolboy qizi asarlarining adabiyotda jiddiy hodisa darjasiga ko'tarilganligi mazkur maqolaning dolzarbligini belgilaydi.

Kalit so'zlar: adabiyot, Zulfiya, nasr, realizm, mafkura.

PRINCIPLES OF REALISM IN THE PROSE OF ZULFIYA KUROLBOY

KIZI

Relevance of the topic. Zulfiya Kurolboy qizi's stories and novels are among the most popular works in Uzbek literature. The fact that the works of Z.Kurolboy kyzy have risen to the level of a serious event in the literature determines the relevance of this dissertation.

Keywords: literature, Zulfiya, prose, realism, ideology.

KIRISH

Adabiyotshunoslik uzoq vaqt mobaynida badiiy asarni asosan ijtimoiylik nuqtai nazaridan tekshirishga moslashgan bo'lsa, endi mavjud ilmiy qoliplarni tark etgan holda, estetik talablar asosida ruhiy-hissiy sehrli hodisa tarzida yondoshishga urinmoqda.

Hozirgi ijtimoiy yangilanish davrida inson shaxsiyatida ham katta o'zgarishlar, rivojlanish yuz bermoqdaki, natijada o'quvchilarning ma'naviy, ruhiy olamini bilish murakkab tus olmoqda, ularning ongida ma'naviy uyg'onish va g'oyaviy yangilanish sezilmoqda. Bu jarayon esa, o'quvchilarga badiiy adabiyot namunalarini taqdim etishning ta'sir kuchini oshirish yo'llarini izlashni taqozo etadi. Garchi badiiy asarlar tahlili bo'yicha o'zbek adabiyotshunosligida keng ko'lamdagi ilmiy tadqiqotlar e'lon qilingan bo'lsada, hozirgacha o'quvchiga asarni mavzu dolzarbligiyu ijtimoiy ahamiyati jihatidan tekshirib, taqdim etish hollari kamaymayotir. Badiiy asar tadqiqida birinchi navbatda badiiy matnning o'zigina turishi, hyech bir ijodkorning

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-776-780

yoshi, qaysi partiyaga mansubligiyu jinsining, qanchalar tajribaga ega ekanligining butkul ahamiyatsizligi hamisha ham yodda turmaydi. Endi adabiyotshunoslik oldidagi vazifalar o'zgardi: asarni matndan kelib chiqqan holdagina tadqiq etish va matn tabiatiga mos tarzda xulosalash.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Adabiyot hamisha o'zgarish, yangilanishda bo'ladi. Unda ko'pchilik ko'nikkan, normaga aylangan ifoda tarzi, fikr yo'siniga zid yangi janr, yangi talqin mavjud bo'laveradi. Shu bois so'ng yillarda o'zbek adabiyotida sifat o'zgarishlari, turli shakliy o'yinlar tobora ko'p ko'zga tashlana boshladi. Bunday shakliy yangiliklar o'zbek adabiyotini, ifoda usuliyu o'quvchilar didini o'zgartirib yubordi.

O'tgan yigirma yil mobaynida butun jamiyat mafkurasi xususan, madaniyat, san'at va adaiyot sohasida misli ko'rilmagan yangiliklar ro'y berdi. Bu davrda o'zbek adabiyoti sotsiolistik realizm qoliplari doirasidan chiqib, erkin taraqqiyot yo'liga kirdi. Uning rivojida uchta muhim yo'nalish bugungi kunda taraqqiyotni belgilovchi omil bo'lib xizmat qilmoqda. Uning birinchisi, realizmning hayotbaxsh an'analarini novatorona rivojlantirish bo'lib, ikkinchisi, muttasil davom etayotgan modernistik izlanishlar hisoblanadi. Uchinchi yo'nalish esa, realizm va modernizmning asosiy xususiyatlarini sintezlashtirish asosida tug'ilayotgan bo'lib, u adabiyotshunoslikda norealizm deb atalmoqda. Hozirgi davrda bu yo'nalishlarning uchalasida ham ijod qilayotgan ko'plab so'z ustalari mavjud bo'lib, ular orasida realistik an'analar izidan borayotganlari jiddiyroq muvaffaqiyatlarga erishayotgandek ko'rinadi. Bunday ijodkorlar safi yildan yilga ortib borayotgandek ko'rinadi. O'tgan yigirma yil davomida realistik adabiyotning imkoniyatlari cheksiz ekanligi Said Ahmad, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Shukur Xolmirzaev, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, O'tkir Hoshimov, Muhammad Ali singari yozuvchilarning asarlarida yaqqol isbotlandi. XX asrning oxirlarida ular qatoriga Abduqayum Yo'ldosh, Luqmon Bo'rixon, Halima Ahmedova, Guljamol Asqarova, Zulfiya Qurolboy qizi kabi yosh nosir va nozimlar avlodi kelib qo'shildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mustaqillik davri o'zbek adabiyoti janrlar borasida shakllangan tasavvurlarni buzishi, yaratilayotgan asarlarning nazariy qonun-qoidalarga to'g'ri kelmasligi bilan harakterlanadi. Zero, ijod erkinligi faqat "nimani yozish"ga emas, balki, "qanday yozish"ga ham tegishlidir. Istaganiday yozish erki ijodiy tajribalar o'tkazish imkonini beradi. Bugungi kun adabiy jarayonining salmoqli qismini nasr tashkil qiladi. Hozirgi

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-776-780

o'zbek nasri taraqqiyotiga katta hissa qo'shayotgan ijodkorlardan biri Zulfiya Qurolboy qizi bo'lib, so'nggi yillarda uning bir qancha e'tiborga sazovor asarlari yuzaga keldi. Zulfiya Qurolboy qizi hikoya va romanlari o'zbek adabiyotida yaratilgan asarlar orasida o'ziing qiziqarliligi, ta'sirchanligi, hayot haqiqati va insoniy harakterlarni ishonarli gavdalantirganligi hamda turmushning murakkab muammolarini dadil ko'tarib chiqqanligi bilan ajralib turadi. Muallif asarlarida o'quvchi ko'nikkan qahramonlar, voqyealar rivoji va intiho uchramaydi. Bu asarlar o'zbek adabiyotida e'tibor bermaslik mumkin bo'lmagan badiiy hodisaga aylandi, o'z o'quvchilariga ega bo'ldi. Unga xos xususiyatlarni tadqiq qilish, uning ichki mexanizmi, badiiyatini ta'minlagan omillarni aniqlash hozirgi adabiyotni to'la anglash imkonini beradi. Shu zarurat tufayli mazkur mavzuga qo'l urildi.

Tadqiqot maqsadi. Zulfiya Qurolboy qizi asarlari tadqiqi va tahlili asosida istiqlol davri o'zbek adabiyotiga xos jihatlar va ijodkor nasriy asarlarining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.

Tadqiqot vazifalari:

- hikoyaning nazariy tamoyillari va tasvir yo'sini, taraqqiyot bosqichlarini aniqlash;

- adiba hikoyalaridagi milliy va umuminsoniy qadriyatlar ifodasi tadrijiga oid yangiliklarni kuzatish va tahlil qilish;

- Zulfiya Qurolboy qizi ijodi o'ziga xosligini ta'minlovchi omillarni aniqlash.

Tadqiqot manbai. Zulfiya Qurolboy qizi qalamiga mansub "Armon asirasi",

"Mashaqqatlar girdobi" romanlari, "Ayol", "Hilola", "O, hayot!", "Tafakkur", "Ikki manzil", "Ko'lanka" va shu kabi hikoyalari tadqiqot manbai sifatida tekshirildi.

Muammoning o'rganilish darajasi. Iste'dodli yozuvchi Zulfiya Qurolboy qizi ma'naviyatimiz xazinasini adabiyotda jiddiy hodisa darajasiga ko'targan bir qator asarlari bilan boyitayotgan bo'lsa-da, adabiyotshunoslikda bugungi kungacha uning ijodini mufassal tahlil etuvchi tadqiqotlar yaratilganicha yo'q. Shu vaqtga qadar yozuvchi asarlari yuzasidan Umarali Normatov, Qozoqboy Yo'ldoshev, Nusratilla Jumaxo'ja, Xurshid Do'stmuhammad singari adabiyotshunos olimlarning maqolalari chop etilgan, Nilufar Haydarova "Armon asirasi" romanini Jenni Erpenbek qalamiga mansub "Makon istab" romani bilan qiyoslagan, Isroilova Caodat adiba asarlarida misolida millat ma'naviyatidagi evrilishlarning hozirgi hikoyachilikdagi o'rnini tekshirgan malakaviy bitiruv ishlari mavjud. Jumladan, Nilufar Haydarova olmon yozuvchisi Jenni Erpenbekning "Makon istab" romani bosh qahramoni bilan Zulfiya Qurolboy qizi romani "Armon asirasi" qahramoni Hulkar Armon orasida bog'liqlik mavjud deb hisoblaydi. Nilufarning fikricha, Jenni Erpenbek qahramoni real urush

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-776-780

oqibatida o'z makonidan, Vatanidan ayrilgan bo'lsa, Zulfiya Qurolboy qizi qahramoni ko'ngil istagi va tirikchilik orasidagi azaliy, ko'zga ko'rinmas jang tufayli o'z makonidan judo bo'lgan. Har ikki roman asosini insonlarning tug'ilib o'sgan go'shasiga talpinish, faqat o'ziniki bo'lgan go'shasini yaratish istagi tashkil qiladi, deydi tadqiqotchi.

Isroilova Caodat esa adiba hikoyalarini tahlilga tortib, ulardagi shafqatsizlik, qahramonlarning fojeali taqdiri Zulfiya Qurolboy qizi ijodi o'ziga xosligini ta'minlashini ta'kidlaydi.

Biz har ikki tadqiqotchi fikrini inkor etmagan holda, adiba "Armon asirasi" romanida Hulkar Armondan ham ko'ra Nasiba hamda Donish zimmasiga asosiy yukni ortganini, makonini dastlab Donish yo'qotganini, shuning oqibatida Nasiba ham tinchini yo'qotganini, ularning farzandlarini kutayotgan kelajak ma vhum qolgani esa makonsizlik davom etishi mumkinligini ko'rsatishini ta'kidlashni istardik.

Isroilova Caodat qahramonlar tasviridagi shafqatsizlik haddan ziyodligini, bu o'quvchini charchatishini aytadi. Bizningcha esa, ayni jihat Zulfiya Qurolboy qizi asarlari hayotiyligini ta'minlaydi, o'quvchini sergaklantiradi, umuman, adiba ijodi o'ziga xosligini belgilaydi.

Bu va matbuotdagi turli adabiyotshunoslar qalamiga mansub boshqa chiqishlar yozuvchi ijodi haqida o'quvchilar ommasida taassurot va ma'lumot hosil qilgan bo'lsa-da, uni ilmiy tekshirish va qat'iy xulosaga kelish ehtiyojini qondirmagan edi. Z.Qurolboy qizi asarlarini alohida ish sifatida tadqiq etish zaruratini bitiruv ishimiz doirasida bajarishga ahd qildik. Va asosiy e'tiborni qissada ustuvor ruhiyat, ifoda uslubi, qahramonlar tabiati, asarlar badiiyatini o'rganish va izohlashga qaratdik.

XULOSA

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Zulfiya Qurolboy qizining badiiy ijod olamiga kirib kelganidan tortib, to bugungi kungacha bo'lgan ijodiy kamolotini tadrijiy tarzda tadqiq etish orqali adibaning nasriy asarlaridagi o'ziga xos xususiyatlari, yutuq va kamchiliklari sabablarini ko'rsatib berishga urinildi. Xususan, muallifning "Armon asirasi", "Mashaqqatlar girdobi" romanlari va bir necha hikoyalari misolida yosh yozuvchi nasriga xos ko'plab asosiy xususiyatlar aniqlandi. Shunday xususiyatlar jumlasiga yozuvchining ayol qalbini va harakterini chuqur badiiy tadqiq qilib, ular to'g'risidagi haqiqatni ifodalashga intilishi, syujetning qiziqarliligi va ko'pincha noan'anaviy qurilganligi, hayotning muammolari jasorat bilan yoritilganligi hamda ezgu ijtimoiy ideallar tasdiqlanganligi kabi belgilar kiradi. Mazkur xususiyatlar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-776-780

Zulfiya Qurolboy qizining "Ayol", "Hilola", "O, hayot!", "Tafakkur", "Ikki manzil", "Ko'lanka", "Mashaqqatlar girdobi" asarlari tahlili vositasida yuzaga chiqarildi.

REFERENCES

1. Adabiy turlar va janrlar. 3 jildlik. 1-jild. Akademik B.Nazarov tahriri ostida. - T., 1991.

2. Anri Barbyus. Zolya v 1932. V knige "Nazwvat vern,i svoimi imenami". - M.: 1986, S. 76.

3. Aristotel. Poetika. - T.: "Adabiyot va san'at", 1980.

4. Ahmedova. M. Xulio Kortasar: XX asr ma'naviy hayotidan bir lavha. Jahon adabiyoti. 2009 yil, oktyabr.

5. Boboev T. "Adabiyotshunoslik asoslari" Toshkent. 2002, 470-471 betlar.

6. Boltaboev H. Nasr va uslub. - T.: "Fan", 1992.

7. G'afurov I. O'ttiz yil izhori. - T.: "G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti", 1981-1983.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.