Научная статья на тему 'JAMILA ERGASHEVA HIKOYALARIDA AYOLLAR OBRAZI'

JAMILA ERGASHEVA HIKOYALARIDA AYOLLAR OBRAZI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
526
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
obraz / hikoya / o‘zbek adabiyoti / ayollar obrazi / ijodkor uslubi / qahramon ruhiyati. / image / story / Uzbek literature / image of women / creative style / heroic spirit.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Islomova Begoyim Uktam Qizi, Obid Shofiyev

Ushbu maqolada Jamila Ergasheva hikoyalarida ayollar obrazi tasviri haqida gap boradi. Shuningdek, yozuvchi hikoyalarining uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMAGE OF WOMEN IN THE STORIES OF JAMILA ERGASHEVA

This article is about the image of women in the stories of Jamila Ergasheva. There is also information about the style and peculiarities of Jamila Ergasheva's stories.

Текст научной работы на тему «JAMILA ERGASHEVA HIKOYALARIDA AYOLLAR OBRAZI»

JAMILA ERGASHEVA HIKOYALARIDA AYOLLAR OBRAZI

Islomova Begoyim Uktam qizi

Termiz davlat universiteti magistranti Obid Shofiyev Ilmiy rahbar: dots. https://doi.org/10.5281/zenodo.6772834

Annotatsiya. Ushbu maqolada Jamila Ergasheva hikoyalarida ayollar obrazi tasviri haqida gap boradi. Shuningdek, yozuvchi hikoyalarining uslubi, o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: obraz, hikoya, o 'zbek adabiyoti, ayollar obrazi, ijodkor uslubi, qahramon ruhiyati.

Аннотация. Данная статья посвящена образу женщины в рассказах Джамили Эргашевой. Также есть информация о стиле и особенностях рассказов Джамилы Эргашевой.

Ключевые слова: образ, рассказ, узбекская литература, образ женщины, творческий стиль, героический дух.

THE IMAGE OF WOMEN IN THE STORIES OF JAMILA ERGASHEVA Abstract. This article is about the image of women in the stories of Jamila Ergasheva. There is also information about the style and peculiarities of Jamila Ergasheva's stories.

Keywords: image, story, Uzbek literature, image of women, creative style, heroic spirit.

Badiiy asarda obraz yarata olish, uni mukammallashtirish ijodkor iste'dodining bir qirrasi. San'atkorona tarzda qayta yaratilgan, emotsional ta'siri va jonliligi bo'lgan obrazlargina yashovchan bo'ladi. Asarlarda o'z millati siymosi darajasiga ko'tarilgan qahramonlar talaygina. Jumladan, yapon adabiyotida Otikubo ("Go'zal Otikubo haqida ertak"), rus adabiyotidagi Tatyana Larina ("Yevgeniy Onegin"), ingliz adabiyotida Elezabet Bennet ("G'urur va andisha"), amerika adabiyotida Skarlet Ohara ("Shamollarda qolgan hislarim"), fransuz adabiyotida Bovari xonim ("Bovari xonim") obrazlari ana shunday o'lmas qahramonlar sirasidandir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Jahon xalqlari adabiyotida ayollar obrazi, ularning turfa qiyofalarini yaratish ildizi qadim miflarga, dostonlarga borib taqaladi. Ayolni ilohaga, kultga tenglashtirilganiga ham tarix guvoh. Adabiyot tarixiga nazar solsak, ayollar obrazi asarlarda davr va zamon, ijtimoiy muhit talabidan kelib chiqqan holda tasvirlandi. XX asr boshiga kelib o'zbek adabiyotida yangi janrlarning paydo bo'lishi bilan ayollar obrazi ham badiiy adabiyotda yangicha namoyon bo'la boshladi. Kumush, Zaynab, Zebi, Ra'no, Unsin kabi o'zida milliy o'zligimizni aks ettirgan obrazlar bunga misoldir.

Zamonaviy adabiy jarayonda esa Erkin A'zam, Isajon Sulton, Salomat Vafo, Zulfiya Qurolboy qizi, Jamila Ergasheva kabi ijodkorlar asarlarida ham ayollar obrazi yangi qirralarini kashf etdi.

ОБРАЗ ЖЕНЩИНЫ В РАССКАЗАХ ДЖАМИЛИ ЭРГАШЕВОЙ

KIRISH.

TADQIQOT NATIJALARI

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Taniqli adib Shukur Xolmirzayev Jamila Ergashevaning "Ayol jodusi" to'plamiga so'zboshi yozaturib shunday degan edi: "uning uchun ASAR YOZISH - amal edi. Ana uni chindan ham "avvalo, o'zi uchun, O'ZINI QANOATLANTIRISH uchun yozib kelayotir" deyish mumkin... Qolaversa, u hamon o'zini "to'laqonli adib" deb hisoblashga tili bormas ekan. YOZUVCHILIK - uning uchun shu qadar mas'uliyatli kasb-mo'tabar nom ekan."

Jamila Ergasheva ijodida ayollar obraziga alohida urg'u beriladi. Uning "Qaytish azobi", "Boybichcha", "O'lim", "Devor", "Uchrashuv", "Dard" hikoyalarida ijodining o'ziga xos xususiyatlarini ko'rish mumkin. Ijodkor hikoyalari qahramoni oddiy odamlar. Voqealar ham aksariyat hollarda qishloq hayoti bilan bog'liq ravishda yuz beradi. Lekin muallif bir qarashda oddiy bo'lib tuyilgan qahramonlar misolida umrning murakkab sinovlariga qarshi chiqqan chigal taqdirli insonlar hayotini ko'rasatib bergan.

"Dard" hikoyasi boshqa hikoyalardan mavzu va uslub jihatidan ajralib turadi. Unda insoniylik burchi,bir insonning baxti uchun o'zgasidan fidoyilik va go'zal oqibat talab qilinadi. Bosh qahramonlardan biri ona o'zidan keyin shu mas'uliyatni oluvchi kelin istaydi. Ammo har kim ham bunga rozi bo'lmaydi, chunki o'g'il "ba'zan katta ko'chalarda ham qo'shiq aytib yuraveradi, bir xayolga berilsa, manglayida turgan qirqyillik qadrdonini ham tanimaydi, ba'zan yetti yot begonaga yetti bukilib salom berib, hol-ahvol so'rab qoladf " Odamlar nazdida devona ko'rinadigan bu qahramonning o'z dunyosi, halol yashash tarzi bor. Ona yolchiyman deb kelin qilgani Oymomo (Oygul) ota-onasiz, o'zi turtunib, yaxshilik ko'rmay o'sgani uchunmi,juftiga ham yaxshilik ko'rsatishni bilmaydi. Uyiga qaytib ketadi, Sulton kampir bosh urganda ham qaytmaydi. Kenja esa ishqi tushgan Oymomosi qaytib kelmaganidan haqiqiy devonaga aylanadi: "har kuni, qishin-yozin, ertadan kechgacha soch-soqollari o'siq yigit tentirab yuradigan yo'lga kelganda mashinalar tezlikni birozpasaytiradi. Uni taniganlar esa tavba qilishadi... muhabbat og'ir dard ekarí'. Hikoyada Sulton kampir va Oygul obrazlari o'zaro qarama-qarshi qo'yilgan. Voqelik o'rtasiga kelib, to'ydan so'ng, onaning vazifasini olishi kerak bo'lgan qahramon, kutilmaganda bundan voz kechadi. Hikoya badiiyatini boyitgan omillardan biri, muallifning ana shu kontrastdan ustalik bilan foydalanganidir. Sulton kampir obrazi mehribon, qat'iyatli, hayotda kurashuvchan obrazlardan, nomiga monand sulton. Muallifning "Dard","Boybichcha", hikoyalarda ona obrazi bir-biriga xarakter jihatidan yaqin tursa, "Uchrashuv" hikoyasi, "Zufizar" qissasidagi ona obrazlari farqli va o'zgarishga uchragan qahramonlardandir.

Asarlarda yechimning kitobxonga havola etilishi o'quvchilarni personajlar taqdirini o'ylashga, qahramon dardi bilan yashashga, ularni ko'proq his qilishga sabab bo'ladi. Ana shunday hikoyalardan biri "Qaytish azobi" hikoyasidir. Oilada erkak va ayolning o'rni, vazifalari haqida mushohada qilishga undaydigan bu hikoya bosh qahramoni Gulandom. U beburd erini, bolalarini boqish uchun faxsh ko'chasiga majburan kirgan ayollardan. Turmush o'rtog'i esa ayolining topgan xarom pullariga kun ko'rishdan uyalmaydigan, orsiz va hamiyatsiz erkak. Gulandom qing'ir yo'lga kirgan bo'lsa-da ruhiyatida o'zidan norozi, oila boqaman deb shu yo'lga kirgani uchun qalban o'zini aybdor his qiladi. Bu obraz bir qarashda yozuvchi Erkin A'zam qahramonlaridan biri - Safuraning ("Bayramdan boshqa kunlar") mutatsiyaga uchragan, o'zligiga qaytgan shakli. Bu ikki qahramonning hayot tarzida, ruhiy iztiroblarida o'xshashlik bor. Safura 80-yillarda ba'zi insonlar ideal hayot deya qaragan ovrupalashgan yashash shaklida, bexayolik va andishasizlik erkinlik hisoblangan davralar to'ridagi ayol obrazi. U o'jar va tushunish qiyin bo'lgan qahramonlardan. Safura aldangan, butun umr hayotini yaxshilaydigan

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

insonni kutib yashagan, ishratparastlikdan o'zi chiqishga kuch topolmagan obraz. Gulandom biz yashab turgan davr qahramoni, u Safuranikiga o'xshash taqdirni kechirgan bo'lsa-da taqdiri uchun kurashgan, o'zining jirkanch hayotidan nafratlanib uni yangidan boshlashga kuch topolgan ayoldir: Tomirlarida gupirgan qon miyasiga tepdi: «Ie, bu so 'tak o'ziga nega buncha erk beradi? Agar osmon uning mulki bo'lsa, boshi ustidan yig'ishtirib olsa-olsin, ammo uni bu taxlit xo'rlamasin! »

Ko'ngliga kelganlarni aytish uchun lab juftlab, qarshisida uni ayblab turgan beshafqat odamning ko'zlarida unga nihoyatda aziz bo'lgan bir mehrni ko'rib qoldi: qing'ir yo'ldan qaytara olmagan bolasini urib qo'ygan darg'azab onaning ko'zlaridagina bo'ladigan azob, alam qorishiq jonsarak bir mehrni. Uning ko'zlariga yosh qalqdi. Erining shapaloq tushirgan qo'llarini olib, labiga bosdi: — Rahmat sizga!"

MUHOKAMA

Jamila Ergasheva "Qaytish azobi"da millat hayotida yuz berayotgan fojealarni ayol obrazi orqali tasvirlaydi. Sharq xalqlarida qadim-qadimdan e'tirof etilgan oilaning muqaddasligi, erlik, ayollik mas'uliyatiga beparvolik bilan qarovchi insonlar fojeasini ko'rsatib beradi. Adiba hikoyasida ayolni qing'ir yo'lda bo'lsa ham unga "e'tiroz" bildirmaslikni sevgi deb qabul qilish erkaklik emas, aksincha, uning qo'lidan tutib uni o'zligiga, to'g'ri yo'lga va pok kelajakka birga hamroxlik qiluvchi erkak haqiqiy erkakdir, degan xulosani beradi.

Zero, rus hikoyanavisi Yuriy Kazakov bunday deb yozadi: "Adabiyotning vazifasi inson qalb kechinmalarini ifodalashdir. Bizning rus adabiyotimizda Lev Tolstoy hanuz bosh siymo ekanining sababi ham shunda... Chunki Tolstoy inson qalbini aks ettiradi. Bunday asarlar hech qachon eskirmaydi".

"Boybichcha" hikoyasi bosh qahramoni Gulnor kampir nafaqat Surxon onasi balki, o'zbek onalarining umumlashma obrazidir. Hikoyada milliy turmush-tarzimiz, metalitetimizdagi "yozilmagan" an'analar tasvirlanadi. O'zbek xonadonlarida aksariyat hollarda kenja o'g'ilga ota-onaning "chirog'ini yoquvchi", qariganda holiga yaraydigan farzand deb qaraladi va ota-onadan qolguvchi mulk unga me'ros qoldiriladi. Hikoya bosh qahramoni Gulnor kampir butun umr kenja farzandi dardi bilan o'tadi. O'g'lining yumshoqfe'lligi bir ko'nglini ko'tarsa, ishlari yurishmasligi bir ko'nglini cho'ktirar edi. Kampir shu kamxarj o'g'ilga, uning bolalariga o'zgacha mehr qo'yadi. Biror tansiqroq narsa bo'lsa, kenjasi Sodiqqa ilinadi. Katta o'g'illarini uzoq yurtlarda o'qitganda kenjasi kuniga yaraginini eslaydi. Akalarining hozirgi yaxshi sharoitlarda yashayotganiga Sodiqni ham sababchi qiladi, ammo u kunlarni kampir va kenjasidan boshqa hech kim eslamaydi. Gulnor kampir qolgan o'g'illarining Sodiqqa yordam berishi, uning ham oyoqqa turib olishidan umid qiladi. Ammo o'g'illari beburd va ukasiga bemehr chiqadi. Kampir kenjasiga jabr bo'lmasin deb, boshqa o'g'illarinikida ham yashaydi, biroq ularnikida sig'inda bo'lishdan charchaydi. Mehmonga kelgan kenjasiga kelini izzat ko'rsatilmaganligidan o'g'li Odildan bir aytarli gap istab unga yozg'iradi. Undan olgan javobi esa boybichchani larzaga soladi: "E-e, ona, shuningizni to'q kuni bormi? Sizning ko'nglingizni deb hamisha qarashib kelaman. Lekin to'ymaydi, doim och. Bir umr shuni g'amini yedingiz, nafaqangizni shunga berasiz, uyida yashab, cho'riligini qilasiz. Endi, hech bo'lmasa menikida yashayotganda shuni o'ylamang. Lapashangligi uchun biz aybdormi? Hadeb xafa bo'lasiz? Yana nima qilay? Uyimning to'ridan joy berib qo'yibman, yeb-ichib o'tiribsiz. "

Besh o'g'illi boybichcha o'g'illarini bir-biriga mehr-oqibatli qildirolmay dunyodan o'tadi. Armon

bilan o'tadi. Shuncha o'g'il tug'ib bir qiz tug'maganidan afsuslanib o'tadi: "Bir ota-ona o'n o'g'ilni boqadi, o'n o'g'il bir ota-onani boqolmaydi deganlari shumikin? Esiz, besh o'g'il tuqqan, besh o'g'ilni o'qitgan boybichcha-ya, "Ko'nglingizda nima gap bor?" degan mehrga yo'g'rilgan savolni eshitmaganiga necha-necha yillar bo'lib ketdi-ya. Esiz, alloh undan bir qiz farzandni ayagan ekan-a. O'g'illar ham o'z kuniga o'lmasin, qiz ich kuylak bo'lardi-da. Ay, dunyo-ya!.. "

Jamila Ergasheva hikoyalarida ayolning taqdiri, iztroblari, dardlari asosiy o'rinda samimiylik, tabiiylik bilan tasvirlanadi. Bu hikoyalarda ijodkor ayolni ona, rafiqa va opa timsolida tasvirlaydi. To'g'ri, ba'zi asarlarini kamchiliklardan holi deb aytolmaymiz, ammo ijodkorning Alloh yuqtirgan iste'dodi o'z uslubi, o'z mavzusi, o'z yo'li bor. Va ijodi bilan Surxon adabiyotiga o'z hissasini qo'sholgan ijodkordir.

1. Quronov D."Adabiyotshunoslik nazariyasi" T.:"akademnashr" 2018

2. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/iamila-ergasheva-1956/iamila-ergasheva-dard-hikoya

3. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/iamila-ergasheva-1956/jamila-ergasheva-boybichcha-hikoya

4. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/iamila-ergasheva-1956/iamila-ergasheva-qaytish-azobi-hikoya

5. https://inscience.uz/index.php/socinov/article/download/883/1074

6. https://kgeu.ru/News/Item/141/10325

7. https://www.elle.ru/stil-zhizni/books/kultovye-zhenskie-obrazy-v-literature-raznyh-stran-

XULOSA

Foydalanilgan adabiyotlar:

id6766651/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.