Научная статья на тему 'BADIIY ADABIYOTDA OTA TIMSOLI'

BADIIY ADABIYOTDA OTA TIMSOLI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1389
150
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
Adabiyot / “OTA” obrazi / din / farzand / portret / ma`naviy ota / Amir Temur / Otabek / Hasanali / ota mehri / oila.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — G. Qayumova

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotida “OTA” timsolining tutgan o‘rni va badiiy obrozlar yordamida ifodalab, real hayotimizda yoritib berishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BADIIY ADABIYOTDA OTA TIMSOLI»

BADIIY ADABIYOTDA OTA TIMSOLI

G. Qayumova1

Ushbu maqolada o'zbek adabiyotida "OTA" timsolining tutgan o'rni va badiiy obrozlar yordamida ifodalab, real hayotimizda yoritib berishdan iborat.

Kalit so'zlar: Adabiyot, "OTA" obrazi, din, farzand, portret, ma'naviy ota, Amir Temur, Otabek, Hasanali, ota mehri, oila.

Kirish:

Adabiyot fanlarning ichida inson ichki kechimalari, his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashadigan yagona fan desak mubolag'a bo'lmaydi. Uning bosh maqsadi ijtimoiy hayotimizni, badiiy obrazlar yordamida ifodalab, real hayotimizda yoritib berishdan iborat. Adabiyot va san'at kishilarining olamini idrok etishi, hodisalarni anglashiga yaqindan ko'maklashadi. Bu jihatdan hech bir fan, san'at va adabiyot bilan raqobat qilolmaydi. Barcha fanlar birlashganda ham odamlarga hayot murakkabliklari, inson dunyosi jumboqlari to'g'risida adabiyotchalik tasavvur berolmaydi.

Ingliz adabiyotshunosi Terri Iglton adabiyot va dinning jamiyatdagi o'rni, ularning kishilar ongiga ta'siri xususida so'z yuritar ekan, adabiyot ham, din ham avvalo, odamlarning hissiyotlariga ta'sir etishi va ular shu asosida mafkura vositasiga aylanishini qayd etadi.2

Sharq uyg'onish davri vakillari, allomalarimiz dunyoga mashhur olim, ulamo sifatida tarix zarvaraqlarini bezab turadi. Ular yashagan davr haqida o'rganishlar natijasida, hamisha dunyoviy bilim zamirida diniy tarbiyaning yotganligining guvohi bo'lganmiz. Buni birgina asarlar ichidagi "ota" timsoli orqali ham yoritish mumkin. Shunday hikoyatlar borki, ota yotgan uyning tomiga chiqish mumkin emasligi, otaga tik boqish oqpadar bo'lishlikga olib kelishi, ota qarg'ishini olish ikki dunyoda ham ko'karmaslik kabi mazmunga ega. Ota nasihati o'laroq farzand kamolotga yetishi, ulug' martabalarni egallashi, ikki dunyo saodatiga erishishi mazmunini ifodalovchi, pandnoma ruhidagi kichik rivoyatlar ham ko'plab uchraydi. Zero, "Ota rozi - Xudo rozi". Ammo aynan "OTA" timsoli keng mushohadada yoritilgan, ya'ni bosh siymo darajasida olib chiqilgan asarlar nihoyatda kam, "ONA" to'g'risidagi hikoyalarimiz va qissalarimiz esa xotiramizga yod bo'lib ketgan. Doimo onalarimizni kuylaymiz, ulug'laymiz. Albatta bu arzirli holat. Ammo ba'zi o'rinlarda ularni yonida tog' bo'lib turgan padaribuzrukvorimiz ham bu alqovga loyiq, nazarimda. Bugungi maqolamiz aynan shu xususida.

ASOSIY QISM:

Adabiy asardagi qahramonlar portreti ularni bir-biridan farqlash imkonini beradi. Portret - fransuzcha "portaire" so'z bo'lib, "tasvirlamoq" demakdir. Portret qahramonlarning tashqi jihatlari haqidagina emas, uning ichki olami-ma'naviy qiyofasi, fe'l-atvori haqida ham muayyan tasavvur beradi.3 Atoqli yozuvchimiz Omon Muxtor qalamiga mansub "Oppoq qor" hikoyasi asosida "Ota" timsoliga baho beramiz.

Hikoyada ikki farzandidan ajralgan ota timsoli yoritilgan. Hikoya hajm jihatidan qisqa, ammo mazmunan teran mohiyatga egaligi bilan kitobxonlar qalbidan chuqur joy egallagan.

No'mon cholning ikki nafar o'g'li bor edi. Allohning inoyati bilan, biri yoshligida vafot etadi. Oradan ma'lum yillar o'tib, ikkinchi farzandi ham voyaga yetib-yetmay urushga jo'natiladi. Shu-shu ahyon-ahyonda xat kelib turadi, uni qo'shni qiz Mayram olib kelar va otani xursand qilib o'qib berar edi. Kunlarning birida Mayram yana qo'lida xat bilan keldi. Tushkun kayfiyatda, yig'lagan, aybdor qiyofada. Ota hammasini sezar, Mayramni aytishini kutardi. Ammo ......

1 Qayumova Gulasal - QarDUPI Tillar fakulteti Ta'lim-tarbiya maslahatchisi, O'zbekiston, Qashqadaryo.

2 qarang, "Adabiyotshunoslik nazariyasi", A.Ulug'ov, G'.G'ulom NMIU, T - 2018

3 "Adabiyotshunoslik nazariyasi", A.Ulug'ov, G'.G'ulom NMIU, T - 2018, 62-63-b

YneHHH XXI BeKa • 2022 • № 3 (84)

No'mon ota ichki dard bilan qichqirdi. Uning og'ir, mo'ysafid boshi quyi egildi. Mayram doka xo'llab cholning peshonasiga qo'ydi, qo'ltig'idan ushlab o'ringa yotqizdi. Chol pechka biqinidagi ko'rpada, ko'zlari yarim yumuq holda cho'zilib yotar, nimalarnidir pichirlar edi.

No'monxon otaning ikkinchi bor ham qalbi farzand dog'ida kuydi, ado bo'ldi. Dunyo ko'zlariga tor ko'ringan kezlarida bozor aylanishni o'ziga odat qilib oldi. Kunlarning birida bozor aylanib, non do'koni yoniga kelib qoldi. Non do'koni yonida uymalanib yurgan choponi yirtiq, qarovsiz bir bolani ko'rib qoldi. U tepalik tagida ko'zlarini yumib junjikib o'tirardi.

Chol Bolani ko'rib,rahmi keldi.

-Nega bu yerda o'tiribsan, bolam?

-Otam o'gay. Haydadi... Non bermaydi, onamni uradi. Haydadi...Sovuq yedim, amakijon.

No'mon otaning qalbiga bosilgan og'ir tosh ustiga yanada og'irroq bir tosh bosildi. Ammo bu alam toshlari qanchalik vazmin bo'lmasin, ularni bir siltanib, uloqtirib tashladi chol.

-Yur, bolam, menikiga yur.

No'mon ota, bola kattagina ekanligiga qaramay, uni ko'tardi-da, keksa yelkasiga mindirib uyiga olib keldi.1

Hikoya so'ngi No'mon ota asrab olgan farzandi, ulg'ayib kamolga yetadi, uylanadi, farzandli bo'ladi. Hikoyamiz qahramoni bir quchoq nevaralar qurshovida, ardog'ida hayot kechiradi.

Shu o'rinda bir naql yodga tushadi: Bolani begonasi bo'lmaydi. Darhaqiqat, buni yuqoridagi hikoya orqali ham guvohi bo'ldik.

Amur Temurdek buyuk sarkarda ham farzandlari o'rtasida tenglikni, adolatni kuylagani, barcha mol-mulkini taqsimlashda ham adolat bilan yondoshganligi tarixga muhrlangan. Bunda farzandlariga saltanatni taqsimlash jarayoni, to'la-to'kis misol bo'la oladi. Otalik maqomiga erishgan har bir inson, xoh shoh yoki oddiy bir inson, u farzandlari uchun o'z mavqeiga ega. Amur Temur farzandlari orasidan saltanat uchun bosh ko'targan o'g'illariga jazoni shunday tartibda belgilaganki, bunda otalarcha mehrni bilmaslikning, sezmaslikning imkoni yo'q.

"Amir qildimki,agar o'gMllarimdan qaysi birovi saltanat martabasiga da'vogarlik qilib bosh ko'tarar ekan, uni o'ldirishga qo'llarini bog'lashga yoki muchasidan biror joyini kamaytirishga hech kim jur'at qilmasin. Lekin o'z da'vosidan kechmaguncha, uni asrlikka saqlasinlar, toki Xudoning mulkida urush chiqmasin."2

Bu o'rinda Amur Temurning siyosatiga yoki, uning adolatga putur yetkazayotgan shoh sifatida fikr bildirishdan yiroqmiz. Umuman olganda fikrimiz otalik maqomiga qaratilgan ekan, otaning farzandlariga bo'lgan mehri degan bo'lar edim.

Shu o'rinda savol tugMladi: Agar shoh farzandini o'rniga boshqa bir zadogon yoki oddiy xalq farzandi bo'lganida uning ahvoli ne kechar edi?

Navbatdagi masala Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romanidagi ota timsoli xususida. Bu romanni bilmagan, o'qimagan o'zbek kitobxoni yo'q desak, mubolag'a bo'lmas. Asarda, o'zbekona urf-odatlar, milliy qadriyatlar, ota- ona va farzand munosabatlari juda ajoyib tarzda o'z ifodasini topgan. Ayniqsa, Otabek va Yusufbek hoji obrazlari orqali haqiqiy o'zbek otasi obrazi ochib berilgan. Bundan tashqari Otabek va Hasanali o'rtasidagi munosabatda Otabekning nechog'liq tarbiya sohibi ekanligi yaqqol namoyon bo'ladi.

-O'g'lim, Otabek.

-So'zlangiz.

-Ayting-chi, men sizning kimingiz?

Otabek, Hasanalining maqsadiga tushunolmay majhul unga nazar tashladi:

-Sizmi?-deb kulimsiradi. -Otam bo'lmasangiz ham, meni otaliq muhabbati bilan suygan sodiq va mehribon bir kishimsiz,ya'ni ma'naviy otam.3

1 "O'zbek hikoyalari antologiyasi", "Sharq" nashriyot-matbaa kontsernining bosh tahririyati. T - 1997

2 "Temur tuzuklari", " shodlik" nashriyoti. Toshkent - 2019-yil, 99-bet).

3 A.Qodiriy "O'tkan kunlar" romani, "NavroV Toshkent - 2019-yil,25-bet.

Bu o'rinda biz Hasanali Otabekga nisbatan qanday fikrdaligi, uning qanday inson ekanligi, unga qilgan xizmatlari, mehr-muhabbati qay darajadaligini romanni o'qigan har bir kitobxon biladi, his qiladi. Aslida-chi?

Aslida, Hasanali Otabekga ota, nainki, ota hatto unga qarindoshlik aloqasi ham yo'q bir uy xizmatchisi hisoblanar edi. Yusufbek hoji , aql va zakovatli, xalqparvar inson. Uni har bir gap-so'zidan ma'no olish mumkin bolgan, ziyoli va bilimli obraz. Otabek ham o'z navbatida otasiga tik boqqan farzand emas. Buni quyidagi suhbat orqali ham bilib olish mumkin.

-O'g'lim, hali san eshitdingmi, yo'qmi haytovur , biz saning ustingdan bir ish qilib qoydiq...

Otabek ma'lumki, ularning "qilib qo'ygan yoki qilmoqchi bo'lgan ishlarini", albatta , bilar edi. Shundoq ham bo'lsa, bilmaganga solindi:

-Aqllik kishilarning o'g'ullari ustidan qilg'anishlari, albatta noma'qul bo'lmas, -

dedi.1

Endi Otabek o'rnida zamonaviy o'g'il va ota timsolini bir ko'z oldingizga keltirib ko'ringchi...?

Xulosa:

Ha, darhaqiqat, natijasi bizni taajjubga solmasligi aniq. Yuqorida uchta asar asosida badiiy adabiyotimizda ota timsoliga qisqacha o'rinlarida to'xtalib o'tdik. O'zbek adabiyotida oilaviy munosabatlar asosida qurilgan va oilaviy munosabatni ochib beradigan asarlar nihoyatda ko'p. Bunda asar markazida asar mazmunidan kelib chiqib: yo yor, yoki ona timsoli turadi. Ota obrazi ko'plab asarlarda ikkinchi darajali qahramonlar qatoriga tushib qoladi. Yuqoridagi maqoladan ko'zlangan asosiy maqsad, "Ota" obrazini asar markaziga chiqarish edi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Adabiyotshunoslik nazariyasi", A.Ulug'ov, G'.G'ulom NMIU, T - 2018

2. "Adabiyotshunoslik nazariyasi", A.Ulug'ov, G'.G'ulom NMIU, T - 2018, 62-63-b

1. "O'zbek hikoyalari antologiyasi", "Sharq" nashriyot-matbaa kontsernining bosh tahririyati. T - 1997

3. "Temur tuzuklari", " shodlik" nashriyoti. Toshkent - 2019-yil, 99-bet)

4. A.Qodiriy "O'tkan kunlar" romani, "Navro'z" Toshkent - 2019-yil,25-bet.

5. A.Qodiriy "O'tkan kunlar" romani, "Navro'z" Toshkent - 2019-yil, 134-135-betlar)

6. Aslonov, S., & Ruzimurodova, Z. (2020). THE USE OF ACRONYMS AND INITIALISMS IN BUSSINES ENGLISH. Студенческий вестник, (12-5), 34-35.

7. Sherzodovich, A. S. (2020). The role of online teaching and innovative methods. Science and education, 1(3), 524-528.

8. Ахмеджанoва, Н., & amohob, Ш. (2020). Семантические типы предикатов и фазoвая членимoсть глагoльнoгo действия. Интернаука, (12-1), 27-29.

9. Aslonov, S. S. (2020). INGLIZ TILI STILISTIKASI FANINI O'QITISHDA FONOSTILISTISTIKANING O'RNI. Интернаука, (16-4), 57-59.

10. Ruzimurodova, Z., & Aslonov, S. (2020). WHAT TO TEACH TO THE STUDENTS? TO TEACH STANDARD ENGLISH OR WORLD ENGLISHES?. In МОЛОДОЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ (pp. 367-369).

© G. Qayumova, 2022.

1 A.Qodiriy "O'tkan kunlar" romani, "Navro'z" Toshkent - 2019-yil, 134-135-betlar)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.