Научная статья на тему 'ABDULLA QODIRIYNING “DIYORI BAKR” ASARIDA AYOLLAR OBRAZI'

ABDULLA QODIRIYNING “DIYORI BAKR” ASARIDA AYOLLAR OBRAZI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
624
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Roman / yozuvchi / dramaturg / publitsist / janr / sahna / asar / ayol / muhit / felyeton / qissa / hikoya / O‘tkan kunlar / Mehrobdan chayon / Diyori Bakr. / Novel / writer / playwright / publicist / genre / scene / work / woman / Wednesday / feuilleton / story / story / The Last Days / Scorpio from the Altar / Diori Bakr.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Gulshodaхоn Abdumannob Qizi Tojiboyeva, Nodira Djoxongirovna Xolikova

Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning ayrim asarlaridagi ayollar obrazi haqida fikr yuritiladi. Kumush, Ra’no, Soliha, Habiba, Rahima singari mard, jasur, matonatli va ilmu ma’rifatli ayollar obrazi orqali ijodkor konsepsiyasi tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMAGE OF WOMEN IN ABDULLAH QADIRI'S "DIYORI BAKR"

This article discusses the portrayal of women in some of Abdullah Qadiri's works. The concept of creativity is analyzed through the image of brave, courageous, courageous and enlightened women such as Kumush, Rano, Salih, Khabib, Rahima.

Текст научной работы на тему «ABDULLA QODIRIYNING “DIYORI BAKR” ASARIDA AYOLLAR OBRAZI»

ABDULLA QODIRIYNING "DIYORI BAKR" ASARIDA AYOLLAR OBRAZI

Gulshodaxon Abdumannob qizi Tojiboyeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar fakulteti II

bosqich magistranti

Ilmiy rahbar: Nodira Djoxongirovna Xolikova

Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning ayrim asarlaridagi ayollar obrazi haqida fikr yuritiladi. Kumush, Ra'no, Soliha, Habiba, Rahima singari mard, jasur, matonatli va ilmu ma'rifatli ayollar obrazi orqali ijodkor konsepsiyasi tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Roman, yozuvchi, dramaturg, publitsist, janr, sahna, asar, ayol, muhit, felyeton, qissa, hikoya, O'tkan kunlar, Mehrobdan chayon, Diyori Bakr.

THE IMAGE OF WOMEN IN ABDULLAH QADIRI'S "DIYORI BAKR"

This article discusses the portrayal of women in some of Abdullah Qadiri's works. The concept of creativity is analyzed through the image of brave, courageous, courageous and enlightened women such as Kumush, Rano, Salih, Khabib, Rahima.

Key words: Novel, writer, playwright, publicist, genre, scene, work, woman, Wednesday, feuilleton, story, story, The Last Days, Scorpio from the Altar, Diori Bakr.

O'zbek romanchiligi asoschisi, o'zbek adabiyoti rivojiga munosib hissa qo'shgan buyuk yozuvchi Abdulla Qodiriydir. U buyuk qalamnavis bo'libgina qolmay, haqgo'y va haqiqatparvar inson edi. Abdulla Qodiriy - barchaga ma'lum shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist. Qodiriyning asarlari o'zbek xalqi hayotiga bag'ishlangan. Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894 yil Toshkentda badavlat savdogar oilasida tug'ilgan. Yoshlik va o'smirlik yillaridagi muhit - savdogarlar, boylar va kambag'al dehqonlar, iqtidorli hunarmandlar, doim muhtojlikda kun kechiruvchi kosiblar va yersiz dehqonlardan iborat bo'lgan. Ushbu mehnatkash odamlar dunyosi, shuningdek, shahar ziyolilari bo'lajak yozuvchi shakllanishida muhim o'rin tutdi. Abdulla Qodiriy yoshiligidan uzoq umr kechirgan (102 yil umr ko'rgan) va ko'pni ko'rgan otasining hikoyalarini tinglab o'tirar edi, otasidan u adabiy faoliyatida asqotgan sezgir kuzatuvchanlikni meros qilib olgan. Uning otasi bog'dorchilikni juda yaxshi ko'rgan, shu sababli Qodiriy o'zini bog'bonning o'g'liman, deya e'tirof etadi. Abdulla Qodiriy avvaliga musulmon maktabida (1904-1906), keyin - rus-tuzem maktabida (1908-1012)

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

o'qib, muvaffaqiyatli yakunlaydi. 1912 yilga kelib, Abdulla Qodiriyning birinchi adabiy tarjribalari boshlanadi. O'zining ilk nashr etilgan asarlarida - "Xotinboz" (1915) va "Baxtsiz kuyov" (1915) hikoyalarida eski o'zbek turmushining chizgilari hajviyona ifodalangan. 1915-1917 yillar Qodiriy Abdul Qosim madrasasida arab va fors tillarini astoydil o'rganadi. Yozuvchining inqilobdan avvalgi asarlarida jadidchilik ta'siri sezaladi.

ASOSIY QISM

Sovet davrida Qodiriy V.Ya.Bryusov (1924-1925) nomidagi Moskva adabiy kurslarida o'qiydi, so'ngra 1925-1926 yillar Toshkentda "Mushtum" o'zbek hajviy jurnalida ishlaydi. U yerda kitobxonning katta muvaffaqiyatiga sazovor bo'lgan ijodkorning hajviy hikoyalari va felyetonlari chop etiladi. Qodiriyning roman va qissalari ("O'tkan kunlar", "Mehrobdan chayon"), shuningdek, jamoaviy ijodi ("Obid Ketmon" qissasi) XIX asr toshkentlik va qo'qonlik o'zbeklar hayotiga bag'ishlangan. "O'tkan kunlar" romani katta shuhrat qozongan. Barcha ziyolilar ushbu kitobni o'qishga intilgan. Va hatto, savodsiz kishilar uni tinglash uchun guruh bo'lib to'planishgan. Ko'plab o'zbek oilalarida romanning Otabek va Kumush qahramonlarining ismlari paydo bo'la boshlagan. Abdulla Qodiriy qatag'on qilingan. 1937 yilning 31 dekabrida "xalq dushmani" sifatida hibsga olinadi, bunga hasadgo'y "qalamkash hamkasblari" qo'l urgan. 1938 yilning 4 oktabr kuni yozuvchi otib tashlangan, o'limidan so'ng oqlangan. Toshkentdagi Xo'ja Alambardor (Kamolon) qabristoniga dafn etilgan.

Qodiriyning o'limidan so'ng kimning qo'lida "O'tkan kunlar" romanini ko'rishsa, o'shalarni qamashgan. Keyin vaziyat o'zgargan... 1957 yil Abdulla Qodiriy rasman oqlangan. Ammo uning otib tashlanganligi haqidagi ma'lumot (o'limidan so'ng oqlanganligi haqidagi ma'lumot kabi) uzoq yillar sir saqlangan! Shunday qilib, 1958 yil "O'tkan kunlar" romani rus tiliga o'girilgach, unga Abdulla Qodiriyning o'limi bilan bog'liq hech qanday ma'lumotsiz tarjimai xoli yozilgan. Tarjimai xol muallifi - taniqli yozuvchi Izzat Sultonov. "Mehrobdan chayon" romanining rus tiliga sharh yozishga tarjimai xol uchun notanish ma'lumot taqdim etilgan. Unda qisqagina: "Abdulla Qodiriy 1939 yil vafot etgan", deb yozilgan. Abdulla Qodiriyning XX asrning o'ttizinchi yillari qoraxat bilan yozilgan, nashr etilmagan sahna asari asosida Mark Vayl "Oppoq laylak" sahna asarini o'zining Toshkentdagi Ilhom teatrida sahnalashtiradi. O'zbekiston mustaqil bo'lishidan ozgina oldin xalq Abdulla Qodiriyning to'laqonli tarjimai holini ko'rgan.

"Tog'larning viqorini ko'rish uchun ulardan uzoqlashish zarur, xuddi shunday holat buyuk ishlar va buyuk shaxslarda kuzatiladi. Abdulla Qodiriyning so'nmas ijod bahosining buyukligini ko'rish va tushunish uchunyarim asrdan ortiq vaqt talab etildi" — deb yozadi, Abdulla Qodiriy tavalludining 95-yilligiga bag'ishlangan "bir taqdir

ko'zgusi" (1989 yil) maqolasida Izzat Sultonov. Hozirda Toshkentning markaziy ko'chalariga, Chorsu yaqinidagi madaniyat bog'i va Yunusobod metro bekatiga yozuvchining nomi berilgan.

Abdulla Qodiriy o'z xalqining hayotini birovlar orqali va kitoblardan bilgan emas, u bevosita odamlar bilan suhbat qurib, ularning alohida jihatlarini o'ziga singdirgan. U eski uslubdagi maktabni yakunlab, rus-tuzem maktabida va madrasada tahsil oladi. Navoiy, Lutfiy, Muqimiy, Furqat, Cho'lpon, Fitrat va boshqa o'zbek adabiyoti mumtoz ijodkorlarining asarlari mutolaasi bilan qiziqadi. Ushbu o'ziga xos yozuvchi ikki asr bo'sag'asida shakllangan — mukammal, qarama-qarshi, ijtimoiy, siyosiy va axloqiy iztiroblarning notinch davri. Albatta, bu davrlar uning asarlarida ham qarama-qarshi, ijtimoiy va turmush xurofotlaridan erkin bo'lmagan sezilarli iz va dunyoqarash qoldirdi. Umuman olganda, Abdulla Qodiriyning adabiy izlanishlari doimiy ko'tarilishlar, ajoyib ijodiy siljinishlar bilan belgilanadi. Qodiriyning ijodiy javohiri — "O'tkan kunlar" (1926) va "Mehrobdan chayon" (1929) tarixiy romanlari -o'zbek adabiyoti tarixiy mavzuidagi ilk asarlar. Abdulla Qodiriydagi tarixiy mavzuga bo'lgan qizqishi o'z xalqining o'tmishini tushunishga bo'lgan intilishi, uning sabri, mehnatkashligi, xalqning ozodlik va mustaqillik sari qahramonona kurashi bilan izohlanadi.

1961 yil rus tilida chop etilgan "Mehrobdan chayon" romanining o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, yozuvchi o'zbek xalqi hayoti va tarixini, davr ranglarini yorqin va sidqidildan ifoda etib bera olgan, qahramonlar fe'l-atvorini XIX asrning 40-yillariga xos sharoitlarda ochib bera olgan. Ushbu yangilikni ochishda Abdulla Qodiriy o'zbek tarixiy romannavisligiga asos soladi. O'zining "Mehrobdan chayon" romanida yozuvchi haqiqat yo'nalishi an'analarini sezilarli boyitgan, qahramonlarning psixologik shakliga muhim hissa qo'shgan, insonning ichki dunyosini ifoda etishning yangi usullarini ochgan, qahramonlarning fe'l-atvori o'zgarishini ko'rsatib bergan. "Mehrobdan chayon" romani - ikki asr bo'sag'asidagi turkiston jamiyatining ijtimoiy, axloqiy hayoti haqidagi roy-ro'st asar. A.Qodiriy xalqning feodal tuzumdagi hayot tarzining o'ziga xos mohiyatini ochib berishga intilgan, hukmdorlarning ishlarini va fe'l-atvorini, ma'naviy ustozlarni ko'rsatadi. Ushbu ziddiyatlar tantanavor emas, ular qahramonlarning og'ir turmushidan kelib chiqadi - Abdurahmonning ayolni o'ziga bo'ysundirish istagi va Shohidbekning fítnalariga qaramay, Anvar va Ra'no bir-birini chinakam sevadi va oila qurishga harakat qiladi.

Go'zallik, halollik, olijanoblikka intiluvchi Ra'noning xalq fe'l-atvoriga xos, ajoyib qiz ko'rinishini namoyon bo'ladi - samimiy, toza niyatli, ma'nan sodda va ochiq. U Anvarni toza, yorqin sevgi ila beg'araz va sadoqat bilan yaxshi ko'radi. Anvar -mardlik timsoli, adolatli, cheskiz vijdon egasi.

Abdulla Qodiriy zamondoshlari haqidagi "Obid ketmon" romani, shov-shuvga sabab bo'lgan "Shirvonlik Mallaboy aka" ocherki muallifi. Shuningdek, o'zbek adabiyoti tarixiga sezilarli hissa qo'shgan boshqa ko'plab ocherk va hikoyalar muallifi. "Abdulla Qodiriy o'zbek adabiyotiga momaqaldiroq kabi kirib kelib, yorqin chaqmoq kabi barchaning e'tiborini o'ziga qaratdi", deb yozadi Izzat Sultonov.

Ushbu so'zlarning haqqoniyligini qozoq yozuvchisi Muxtor Avezov ta'kidlab, alohida qayt etadi: "Yoshligimizda Abdulla Qodiriy romanlarini berilib o'qir edik. Biz uning inson fe'l-atvorini yasash, bizgacha inson ehtiroslarining tug'yonini yetkazib berish mahoratidan hayratlanardik". O'zbek adabiyotida roman janrining asoschisi Abdulla Qodiriyning ko'plab asarlari ko'plab Sharq hamda MDH mamlakatlarida e'tirof qozondi.

Yuqoridagi Ra'no obrazi, o'zbeklarning orzusidagi qizni gavdalantiradi. Uning ko'plab asarlarida ayollar obrazi o'ziga xoslikni kasb etgan Uning asarlari orqali biz o'sha davr tarixini, ijtimoiy ahvolini, siyosiy jarayonlardan tortib eng kichik jabhalargacha ko'ra olamiz. Uning asarlari shu qadar keng qamrovliki, uni o'qigan oddiy xalq ham, ziyoli qatlam ham o'ziga nimadir ololadi. Uning shunday yetuk asarlaridan biri "Diyori bakr" asari hisoblanadi. Mazkur asardan o'rin olgan kichik maqola va hikoyachalarda Qodiriyning ichki dunyosi, xolis so'zi, jur'ati va insoniy burchi kabilar aks etadiki, buni ziyrak kitobxon satrlardagi yozuvchining qalb og'riqlari orqali his qiladi. Davr va turmush talabi, bu jarayonda inson ehtiyoji, qarashlari hamda manfaati ekanligini ijodkorning kichik asarlari asosida kuzatishimiz mumkin.

Ushbu asar 1910-20, 30-yillardagi matbuot matni asosida tayyorlandi. Unda ayollar timsoli ham o'ziga xos. Asarda o'sha davr nafasi ufurib turadi. Xususan, "Juvonboz" asarida keltirilgan Soliha obrazi eriga vafodor ayol timsolini ko'zimiz oldida gavdalantiradi. U erining maktubini kutadi, maktub kelgach, o'zida yo'q suyunib ketadi. Lekin uning eri yaxshi, samimiy inson bo'lgani bilan Solihaning farzandi besoqolboz bo'lib, taqdir uni farzandidan kuydiradi. Demak, o'sha davrda besoqolbozlik jamiyat kushandasiga aylangan.

"Baxtsiz kuyov" asaridagi Rahima obrazi yorga vafodor, yori uchun o'z jonini fido qiluvchi ayollar timsolini gavdalantiradi. U yorining qiyin ahvolini ko'rib yuragi achishadi, yori uchun hatto o'z jonini fido qiladi. Bu asar qahramoni Rahimaning eri to'y orqasidan kata qarzga botib qoladi va qiyinchiliklar girdobida qoladi. Ana shu holat asarning asosini tashkil etadi.

Undan tashqari, asarda "Jinlar bazmi", "Uloqda" hikoyalarida ham ayollar obrazi uchraydi. Undagi ayollar sho'x, dard-g'amdan yiroqroq ayol obrazi sifatida gavdalanadi.

Abdulla Qodiriy asarlaridagi ayollar obrazi bilan Cho'lpon, Hamza asarlaridagi ayollar obrazi farqli. Negaki, Qodiriy asarlaridagi ayollar obrazida hurlik holatlari

kuzatilsa, Cho'lpon va Hamza asarlaridagi ayollar obrazida ayollarga o'tkaziladigan zug'um ko'plab uchraydi.

Abdulla Qodiriy Kumush, Ra'no, Soliha, Habiba, umuman olganda, asarlarida o'ziga xos obraz yaratgan ayollar mard, jasur, yori uchun jonini berishga tayyor kuchli ayollardir. Abdulla Qodiriy o'z asarlarida kuchsiz ayollarni tasvirlashdan ko'ra kuchli ayollarni tasvirlashga intilgan, chunki u o'zbek ayollarini ana shunday kuchli, matonatli bo'lishini orzu qilgan, desak mubolag'a bo'lmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Mirvaliyev S. (2004). Abdulla Qodiriy. - T.: Fan.

2. Mirzayev S. (2005). XX asr o'zbek adabiyoti. - T.: Yangi asr avlodi.

3. Qodiriy A. (2019). O'tkan kunlar. - T.: Navro'z.

4. Qodiriy A. (2007). Diyori Bakr. - T.: Yangi asr avlodi.

5. Холикова, Н. (2020). Узбек мумтоз адабиётида хотин-кизлар образининг бадиий тадрижи (Ширин образи мисолида). Academic research in educational sciences, (3).

6. Kholikova, N. D. (2020). The genesis and poetic evolution of character Shirin. Alisher Navoi and the XXI centure.

7. Djokhongirovna, K. N. (2020). The period of national awakening in uzbek poetry echo of the treasure voice of the nation. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 4045-4054.

8. Холикова, Н. (2020). 9-синф адабиёт дарсида ширин образини генезисига кура урганиш. Science and Education, ^(Special Issue 2).

9. Kholikova, N. (2020). POETIC FEATURES OF UZBEK POETRY OF THE NATIONAL AWAKENING PERIOD. Theoretical & Applied Science, (4), 615-623.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.